Mavzularni o‘rganish uchun – 39 soat (B1+: 65 soat)
Yozma ishlar uchun – 8 soat
Mustaqil o`qilgan asarlar muhokamasi (4 soat) (B1+: 8 soat)
Takrorlash (B1+: 4 soat)
Jami: 51 soat, (B1+: 85 soat)
11-sinf (2-kurs)
ADABIYOT (51 soat, haftasiga 1,5 soat) (B1+: 85 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetentsiyalar elementlari:
Axborot bilan ishlash kompetentsiyasi:
B1
mavjud axborot manbalari (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), kompyuter, elektron pochta va boshq.)dan o‘quv maqsadlari doirasida foydalana olish va ulardagi materiallarga ongli munosabat bildirish, xulosa chiqarish, ibrat olish va o‘z faoliyatida qo‘llash;
media vositalardan adabiy ta’limga oid zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish.
B1+
media vositalardan adabiy ta’limga oid zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish , saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va tag`dimotlar tayyorlash, foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish.
Dostları ilə paylaş: |