1. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida Alisherning bolaligi haqida so‘zlab bering. 2. Muqimiy “Sayohatnoma” sidan parcha yod ayting.
13-bilet
G‘afur G‘ulomning bolaligi va adibning “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasi qahramonining qanday o‘xshash tomonlari bor?
M. Shayxzodaning “Iskandar Zulqarnayn” ertak-dostonidan parcha yod ayting.
14-bilet
Erkin Vohidovning “Nido” dostonida tasvirlangan urush voqealari hamda urushning oqibati haqida fikrlaringizni ayting.
Quyida berilgan rasmlarga qarab 2 ta topishmoq ayting. Topishmoq rasmda berilgan javobiga mos bo‘lsin.
15-bilet 1. “Uch og‘a-ini botirlar” ertagida, sizningcha, ota nima uchun farzadlarini safarga yuboradi va qanday nasihatlar beradi. Ertakning qaysi qahramoni sizga yoqdi va qaysi qahramoni yoqmadi?
2. Abdulla Oripovning “O‘zbekiston” she’ridan parcha yod ayting.
16-bilet
1. Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi haqida qisqacha so‘zlab bering. 2. Erkin Vohidovning “Nido” dostonidan parcha yod ayting.
17-bilet
Oybekning “Fonarchi ota” hikoyasidagi obrazlari haqida gapiring.
Usmon Nosirning “Bolaligimga” she’rini yoddan ifodali ayting.
18-bilet 1.Asqad Muxtorning “Hafta” she’ri mazmunini tushuntiring. Haftani vaqt bilan taqqoslang.
Boburning ruboiylaridan yod ayting.
19-bilet
Boburning hayoti va ijodi haqida nimalarni bilasiz? Nima uchun “Shoh va shoir” deymiz? 2. Usmon Nosirning “Yurganmisiz birga oy bilan” she’ridan parcha yod ayting.
20-bilet 1. Usmon Nosir “Gulzor –chaman ” she’rida kimga murojaat qilgan?
Fikringizni misollar bilan isbotlashga harakat qiling.
Sa’diy Sheroziyning hikmatlaridan davom ettiring. Chumoli yoz bo‘yi yig‘ar yemak –don, Toki qishda uyi bo‘lsin farovon....
21-bilet 1. O‘.Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidan olingan “Gilam paypoq” hikoyasida onaning bolasiga fidoiyligi qanday tasvirlangan?
2. Asqad Muxtorning “Hafta” she’ridan parcha yod ayting.