Uyg`un. Tavtalogik qofiya:
Men she’r aytdim, ular sizga sehr bo`lib qo`ndilar,
Javdiragan nigohlarga ajib ma’no indi- ku,
SHo`x - sho`x qizlar birdaniga o`ychanlikka qo`ndilar,
Quvnoqqina quv bolaning quvliklari tindi-ku.
T.Sodiqova. Men she’r aytdim.
Sinonim:
Erur bas chu husnu malohat senga,
Yasanmoq, bezanmoq na hojat senga
Navoiy.
So`zlardagi yolqin, alanga,
Lablardagi tovush, harorat.
Pushkin.
Ohangdosh tovushlarning miqdoriga qarab, qofiya och va to`q bo`ladi. To`q
qofiya bir-biriga to`la ohangdosh so`zlardan tuzilgan qofiyadir. Unda so`zlar bir-
biriga to`la yoki muvofiq bo`ladi. Biroq qofiyaning to`q yoki ochligi undagi
tovushlarning ko`p yoki oz ohangdoshligi bilangina belgilanmaydi.
To`q qofiya shunday qofiyadirki, unda qofiyadosh so`zlar ma’no jihatidan bir-
biridan qanchalik uzoq bo`lib, tovush tarkibi jihatidan yaqin bo`lsa, qofiya
shunchalik to`q sanaladi. Demak, qofiyaning to`q yoki ochligi qofiyalanuvchi so`zda
mujassamlashgan informatsiyaga ham bog`liqdir. Aks holda omonim qofiya eng to`q
qofiya sanalgan bo`lardi.
Shahlo ko`z bir qizni ko`rdi bastakor
Shahlo ko`z bir qizga bo`ldi oshiq u Ko`zlar dil ovlashga g`oyat ustakor
Ko`zlarga bag`ishlab tuzdi qo`shiq u. Shayxzoda
bastakor oshiq ustakor qo`shiq u Keltirilgan qofiyalarning birinchisida so`z oxirida 5 ta, ikkinchisida ham xuddi
shuncha tovush ohangdosh bo`lib kelgan. So`z oxiridanhisoblaganda ohangdosh
tovushlar qancha ko`p bo`lib, ichkari borsa, qofiya shuncha boy va chuqur sanaladi.
Bunday qofiyalarni rus tilida glubokaya rifma deb ham ataydilar.
OCH QOFIYa. Bunday qofiyada ohangdoshlik juda kuchsiz yoki qariyb yo`q
bo`ladi. Bunday qofiyada asosan qo`shimchalargina (qo`shimcha bo`lganda ham bir
ma’noli, bir xil qo`shimcha) ohangdoshlik tasavvurini yaratib keladi. Demak, och
qofiya to`la bo`lmagan ohangdoshlikdir:
SHodlik yo`lga boshladi meni