Adabiyotshunoslik asoslar


Adabiy jarayon adabiyotning rivojlanish yo`lidir. Adabiyotshunoslik



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/49
tarix25.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#89956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
adabiyotshunoslik asoslar

 
Adabiy jarayon adabiyotning rivojlanish yo`lidir. Adabiyotshunoslik 
adabiyotni o`rganar ekan, mumtoz yozuvchi va shoirlar ijodi, ularning adabiyot 
haqidagi fikrlariga asoslanadi. Adabiyotshunoslikka kirish umuman badiiy 
adabiyot 
to`g`risidagi 
dastlabki 
va 
umumiy 
ma’lumotlarni 
beradi. 
Adabiyotshunoslikka kirish adabiyot nazariyasidan soddaroqdir. 
 
O`zbek tilida «adabiyot» atamasi XX asr boshlarida paydo bo`ldi. Oldinlari 
badiiy adabiyotni anglatadigan yagona atama bo`lmagan. Uning o`rniga «nazm, 
so`z, sanoi nafisa, abyot, nasr, she’r, musannifot» kabi so`zlar ishlatilgan. 
Jumladan, Alisher Navoiy ham adabiyotga nisbatan «so`z» degan. SHunday qilib, 
she’riy va nasriy badiiy so`zni birlashtirib «adabiyot» deb atash odat tusiga 
kirmagan edi. 
Birinchi marotaba Abdulla Avloniy 1909 yilda «Adabiyot. Milliy she’rlardan 
birinchi juz’» nomli kitob bostirib chiqardi. SHu kitobdagina «adabiyot» so`zi hozirgi 


ma’noda ishlatiladi. SHundan keyin «Qizil bayroq» gazetasining 1922 yil 14 va 16 
mart sonlarida A.Sa’diyning « O`zbek adabiyoti to`g`risida o`qiladigan
dokladning asoslari» nomli maqolasi bosiladi. 1926 yilda S.Ayniyning «Namunai
adabiyoti tojik», Fitratning «O`zbek adabiyoti namunalari» (1926) darslik-
majmualari, shu yili «Adabiy parchalar» nomli to`plam nashr etiladi. Mana shular  a 
d a b i yo t atamasining qaror topganligini ko`rsatdi. Lekin bu ham osonlikcha 
bo`lgan emas. O`zbek tiliga kirib qolgan barcha arabcha-forscha so`zlarni chiqarib
ularning o`rniga yasama so`zlarni qo`yish talabi bilan chiqqan puristlar bu atamaning 
qaror topishiga qarshilik qilganlar. Elbek «adabiyot» so`zini «yozg`ichlar» so`zi bilan 
almashtirmoqchi bo`ladi. A.Qodiriy, Oltoy, Botu, Oybek va boshqalarning 
asarlaridan tuzilgan to`plamni Elbek «Go`zal yozg`ichlar» deb nomlagan. 
Adabiyotshunoslik fanini anglatadigan atama o`rniga «ilmi qofiya, ilmi bayon, 
ilmi aruz, ilmi maoniy» atamalari va shularni o`z ichiga olgan «ilmi adab» atamalari 
ishlatilgan. 
Adabiyot so`zi arabcha bo`lib, odob so`zidan olingan.»A d a b i yo t» atamasi 
keng ma’noda umuman yozma adabiyot, yozilgan narsalar, bosilgan kitoblarni 
anglatadi. Tor ma’noda esa badiiy so`zni, san’at turlaridan biri, so`z san’ati bo`lgan 
badiiy adabiyotni anglatadi. 
Aslida XIX asrlargacha hozirgi ma’noda adabiyot bo`lmagan. Oldingi alabiyot 
namunalari ko`pincha ijro, deklamatsiya uchun va musiqaga mo`ljallab yozilgan 
bo`lib, ijro san’atiga mansub edi. Gegelp uchun ham adabiy asarlarning ijro uchun 
yozilishi tabiiy bo`lgan. XIX asrga kelibgina ijro etishga ehtiyoj bo`lmagan, ya’ni 
o`qish uchun adabiyot yaratildi. Badiiy asarlarni «poeziya» atamasi bilan yuritish 
sababi esa, oldinlari nasrning san’at hisoblanmaganligidir. CHunki oldinlari badiiy 
adabiyot to`la ma’noda badiiy so`zni qayta ishlash san’ati hisoblanardi. 
Qadimgi adabiyotda so`z san’ati unsurlari mifologiya, din, fan kurtaklari bilan 
aralash, uyg`un edi, unda turli amaliy maslahat va ahloqiy o`gitlar berilardi. 
«Adabiyot» atamasining «odob» ma’nosi ham shundandir. Biroq qadimgi 
adabiyotning sinkretik (aralash) xarakteri uning estetik qimmatini yo`qqa 
chiqarmaydi. O`rta asrlarda adabiyot normativlik, badiiy vositalarning turg`unligi 
bilan ajralib turardi. U davr adabiyotida san’atkor Shaxsi hali juda kuchsiz namoyon 
bo`lardi. Bu narsa u davr san’atidagi monumentallik (asoslilik, chuqur 
mazmunlilik)ni keltirib chiqaradi, lirikani esa falsafiy va aforistik qiladi. 
Hozirgi ma’nodagi adabiyotning paydo bo`lishiga texnika taraqqiyoti va kitob 
bosishning kelib chiqishi sabab bo`ldi. Natijada so`z san’ati bo`lgan adabiyot 
mustaqil san’atga aylandi. SHuning oqibatida nazmning o`ziga xos alohida qonunlari 
emirilib, so`z san’ati xalq tiliga yaqinlashdi. Shundan keyingina adabiyot 
to`g`risidagi fan ham, nazariy tushunchalar ham o`zgardi. Oldia.ngi nazariyachilar 
adabiyotga so`z san’ati sifatida qarab, uning Shakliy tomonlari (nutq, kompozitsiya, 
uslub va janr kabi) ga asosiy e’tiborni berganlar. Yangi adabiyotning paydo bo`lishi 
bilan badiiy adabiyotning mazmuniga e’tibor kuchaydi, mavzu, g`oya, xarakter, 
metod kabilarga katta e’tibor beriladigan bo`ldi. 
Adabiyotshunoslik fani tilshunoslik, tarix, estetika, psixologiya va boshqa 
fanlar bilan aloqada bo`ladi. Masalan, adabiyotshunoslik so`z bilan ifodalanadi, 
so`zni esa tilshunoslik o`rganadi. SHuningdek, tuyuq janri haqida gapirilsa, u 


omonimik qofiyada bo`ladi. Omonim so`zlar qoidasini esa tilshunoslikdan 
topishimiz mumkin. 
Adabiyotshunoslik tarix fani bilan ham bog`liq. Adabiyotshunoslik adabiy 
jarayonga, uning asarlariga baho beradi. SHunda tarix bilan bog`liq holda tahlil 
qiladi. 
Estetika bu barcha san’atlarning nazariyasidir. Bu rassomlik, haykaltaroshlik 
va kino san’atidir. Adabiyot ilmi o`z qoidalarini yaratishda estetikaga suyanadi. Bu 
unga obraz yaratishda kerak bo`ladi. 
Adabiyotshunoslik tibbiyot bilan ham aloqada bo`ladi. Masalan, adabiy 
asarlarda, jumladan, A.Qahhorning «DahShat» hikoyasida Unsinning o`limi, «Ming 
bir jon»da Masturaning kasalliklari. Bunday hollarda yozuvchi, albatta, kasallikni 
tasvirlash uchun avvalo, kasallik sirlarini o`rganadi. 
Psixologiya fani esa odamlarning xarakterini bilish, ularning ruhiy holatlarini 
tasvirlash uchun zarur. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin