Xo`sh, shunday ekan, adabiyot nazariyasi materialni qaerdan oladi?
Adabiyot nazarayasi o`z xulosalarini chiqarar ekan, avvalo:
- konkret badiiy asarlarga, adabiy jarayonga, adabiyot tarixi materiali va ana shu
badiiy adabiyotning taraqqiyot jarayoniga suyanadi;
- o`tmish va hozirning badiiy asarlar, yozuvchilar va adabiyot to`g`risidagi fikrlariga
suyanadi;
- insoniyat badiiy dahosining eng
nodir namunalariga suyanadi, eng mukammal
taraqqiy etgan adabiyotlarning tajribasiga asoslanadi. Bu bilan birga adabiyot
nazariyasi badiiy adabiyotning barcha namunalari,
barcha xalqlar adabiyotlari
yutuqlari tajribasini ham umumlashtirib, o`z qoidalarini boyitadi.
Adabiyot tarixi adabiyotning taraqqiyot yo`llarini o`rgansa, adabiyot nazariyasi
adabiyotning taraqqiyot qonuniyatlarini o`rganadi. Adabiyot tarixi Alisher Navoiy
qachon yaShagan, degan savolga javob bersa, adabiyot
nazariyasi Navoiy nima
uchun XU asrda yaShaganligiga javob beradi. Adabiyot nazariyasi adabiy asarning
xususiyatini, ichki tuzilishini o`rganadi. Ichki mazmunni adabiyot tarixi o`rganadi.
Adabiyot nazariyasi soatsoz soatni qanday qilib buzib, tuzatsa, nazariya ham badiiy
asarni o`Shanday tekshiradi. Fitratnikidan mukammalroq «Adabiyot nazariyasi»
darsligini 1940 yilda I.Sulton yozgan. O`zbekistonda adabiyot nazariyasi fan sifatida
1925-1926 yillarda paydo bo`ldi. U jahon mutafakkirlarining
adabiyot nazariyasi
haqidagi bilimlaridan paydo bo`ldi. Jumladan, Arastu «Poetika» asarini yozdi. Unda
tragediya nima, lirika nima, degan saollarga javob berdi. Gegelp «Estetika» (4
tomlik) asarini, XIX asrda V.Belinskiy «Poeziyaning xil va turlarga bo`linishi»
haqida yozdi. Bunda u adabiyotni tur va janrlarga ajratadi.
Sharq adabiyotida nazariy fikrlar asosan X asrlardan boshlab yozilgan.
Forobiy «SHe’r san’ati», Beruniy «Osor ul-boqiya» va «Hindiston» asarlarida
adabiyot haqida juda ko`p ma’lumotlar berilgan. Masalan, hindlarning she’r tuzilishi
haqida ma’lumot beriladi. Alisher Navoiy «Mezon ul-avzon», Bobur «Muxtasar»
kabi asarlarida adabiyot nazariyasining ba’zi bir masalalari (aruz, she’rshunoslik)
yoritiladi. XX asrgacha, ya’ni Gegelgacha adabiyot nazariyasini o`z ichiga olgan asar
yozilmagan edi.
Dostları ilə paylaş: