Atributsiya - muallifi noma’lum manbalarning muallifini aniqlashdir.
Masalan, Xomer masalasi, SHekspir masalasi, Lutfiyning «Gul va Navro`z» asari,
Durbekning «Yusuf va Zulayho» dostoni va boshqalar.
«Yusuf va Zulayho» dostoni an’ana bo`yicha Durbekniki deb kelinadi.
Frantsuz olimi E.Bloshe doston Navoiyniki deydi. D.Voronskiy dostonni Ulug`bekka
nisbat beradi. Afg`on olimi Juzjoniy Homidiy Balhiyga nisbat beradi. 1979
yilda
M.Diyoriy dostonni YOdgorbek Jahonmulk o`g`liniki deydi. J.Lapasov XU asr shoiri
«Sozlar munozarasi» asarining muallifi Ahmadiy bo`lsa kerak, - deydi.
YOki «Gul va Navro`z» dostoni Lutfiyga nisbat berilgan. Lekin tadqiqotlar
doston Haydar Xorazmiy qalamiga mansubligini to`la tasdiqladi.
Bibliografiya
(biblio-so`z,
grafo-yozuv)
-
badiiy
adabiyot
va
adabiyotshunoslikka oid adabiyotlar ro`yxatini tuzish, ularga annotatsiya, obzor
yozish. Ilmiy o`rganish lozim bo`lgan manbalar ko`rsatkichi.
Yangi chiqqan
adabiyotlar, badiiy asarlar, maqola va materiallarni hisobga olib boradi.
Bibliografik to`plamlar, bibliografik ko`rsatkichlar, kitob yilnomalari, jurnal
materiallari yilnomalari,
gazeta materiallari, kutubxonalardagi kataloglar (katalog -
yunoncha «qayd etish»), alfavit katalog, sistematik katalog.
Bibliografiya - kitoblarning yozilgan, ko`chirilgan, bosib chiqarilgan vaqti,
joyi, ba’zan mazmuni, muallifga oid to`plamlarni ma’lumotlarini to`playdi, ularga
annotatsiya yozadi.
Dostları ilə paylaş: