Adabiyotshunoslik asoslar


F o l p k l o r sh u n o s l i k -



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/49
tarix25.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#89956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   49
adabiyotshunoslik asoslar

F o l p k l o r sh u n o s l i k - xalq donoligidir. Folpklor atamasi ham keng, 
ham tor ma’noda ishlatiladi. Keng ma’noda folpklor og`zaki adabiyotdan tashqari 
xalq og`zaki musiqasi, tibbiy fikrlarni, urf-odatlarni ham o`z ichiga oladi. Tor 
ma’noda esa, og`zaki badiiy adabiyot ma’nosini beradi. 
Folpklorshunoslik - xalq og`zaki badiiy ijodini o`rganuvchi fandir. Folpklor - 
xalq dostonlari, qo`shiq, maqol, drama, ertak va hokazolarni bildiradi. 
Folpklor bilan yozma adabiyot o`rtasida birlik bor: folpklor ham, badiiy 
adabiyot ham so`z san’ati bo`lib, hayotni aks ettiradi. 
Yozma adabiyot folpklor materialidan foydalanadi, undan oziqlanadi, ayrim 
g`oya va Shakllarni oladi. Lekin yozuv adabiyoti bilan folpklor o`rtasida ham katta 
farq bor, bu esa quyidagilarda ko`rinadi: 
1) folpklor badiiy ijodning boshlanish davri uchun xosdir. YOzma adabiyot 
madaniyat tarqqiyoti, yozuvning paydo bo`lishi bilan bog`liq bo`lib, u hayotni aks 
ettirish uchun folpklordan ko`ra mukammalroq tamoyil va usullardan foydalanadi; 
2) folpklor jamoa ijodi mahsulidir, uning muallifi yo`q; 
3) folpklor asarlari muttasil qayta ishlanib, o`zgarib turadi. 
Adabiyotshunoslik folpklor materiali va folpkloristika xulosalarini hisobga 
oladi. Xususan, yozma badiiy adabiyotga folpklor asarlari ta’siri masalalarini 
o`rganishda adabiyotshunoslik folpkloristika va folpklor asarlariga murojaat qiladi. 
Qiyosiy adabiyotshunoslik - o`nlab yillar davomida qatag`on qilindi. Bugungi 
kunda o`zbek va xorij adabiyoti bor. O`zbek adabiyoti xorijiy adabiyotga etib olishi 
uchun unga o`zini qiyoslab, undan o`rnak olishi zarur. Qiyosiy adabiyotshunoslik 
turli milliy adabiyotlarni bir-biriga qiyoslab o`ranadi. Umumiy qonuniyatlarni ochadi. 
Adabiyotshunoslikni boshqalardan ajratib o`rganishga yo`l bermaydi. Adabiyotning 
millati bo`lmaydi, milliy xususiyati bo`ladi. 
Adabiyotni qiyoslab o`rganish XIX asrda paydo bo`ldi. Gul obrazi eron 
adabiyotida paydo bo`ldi. Hind adabiyotida esa bulbul obrazi yo`q, balki kakku 
obrazi bor. 
Adabiy ta’sir adabiyot taraqqiyotiga, uning rivojiga muhim ta’sir vositasidir. 
Adabiy ta’sir adabiyot taqdiriga ta’sir qilmaydi. 


Asos solganlar - olmon mutafakkiri I.G.Gerder, ingliz olimi Dj.Denlon (X1U). 
Dj.Benfeyning hind eposi «Panchatantra»ning olmoncha tarjima nashriga so`zboshisi 
(1859) qiyosiy adabiyotshunoslik-ning asosiy qoidasi bo`lib qoldi. Rossiyada 
F.I.Buslaev, A.Vese-lovskiylar qiyosiy adabiyotshunoslikning Shakllanishiga katta 
hissa qo`shdilar. 
Qiyosiy adabiyotshunoslik bir nechta xalq va mamlakat adabiyotini bir-biriga 
solishtirib o`rganadi. Turli milliy adabiyotlarni bir-biriga solishtirish yo`li bilan 
ulardan har birining jahon madaniyati xazinasiga qo`shgan hissasini aniqlanadi. 
Adabiyotlarni qiyosiy o`rganish natijasida ayrim asarlargina emas
adabiyotning bosqichlari, adabiyotlar o`rtasidagi o`xShashliklar, umumiyliklar 
aniqlanadi. Ayrim hollarda bunday o`xShashliklar bir-biridan butunlay bexabar 
adabiyotlar o`rtasida ham uchrashi mumkin. Bunday o`xShashlik tipologik 
aloqadorlik deyiladi. Bir-biridan o`rganib, o`zaro ta’sir natijasida paydo bo`lgan 
o`xShashlikka kontakt aloqa deyiladi. Har qanday adabiyot boshqalarning ta’sirisiz, 
o`z qobig`ida rivojlana olmaydi. Biror adabiyotni ana shunday mutlaq mustaqil qilib 
ko`rsatish bu mahalliychilik bo`lib, haqiqatga to`g`ri kelmaydi. Biroq o`zaro ta’sir va 
yaqinlik u yoki bu xalq adabiyotining milliy xususiyatlarini yo`qqa chiqarmaydi. 
Ammo adabiy ta’sirni hal qiluvchi deb ta’riflash ham to`g`ri emas. Adabiy ta’sir 
yo`qni bor qilmaydi, balki milliy adabiyot taraqqiyotini tezlashtiradi. SHu bilan birga, 
bir adabiyotni to`laqonli va hammaga ta’sir qiladigan, boshqa adabiyot esa taqlidi deb 
qarash to`g`ri emas. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin