Asos solganlar - olmon mutafakkiri I.G.Gerder, ingliz olimi Dj.Denlon (X1U).
Dj.Benfeyning hind eposi «Panchatantra»ning olmoncha tarjima nashriga so`zboshisi
(1859) qiyosiy adabiyotshunoslik-ning asosiy qoidasi bo`lib qoldi. Rossiyada
F.I.Buslaev, A.Vese-lovskiylar qiyosiy adabiyotshunoslikning
Shakllanishiga katta
hissa qo`shdilar.
Qiyosiy adabiyotshunoslik bir nechta xalq va mamlakat adabiyotini bir-biriga
solishtirib o`rganadi. Turli milliy adabiyotlarni bir-biriga solishtirish yo`li bilan
ulardan har birining jahon madaniyati xazinasiga qo`shgan hissasini aniqlanadi.
Adabiyotlarni qiyosiy o`rganish natijasida
ayrim asarlargina emas,
adabiyotning bosqichlari, adabiyotlar o`rtasidagi o`xShashliklar, umumiyliklar
aniqlanadi. Ayrim hollarda bunday o`xShashliklar bir-biridan
butunlay bexabar
adabiyotlar o`rtasida ham uchrashi mumkin. Bunday o`xShashlik tipologik
aloqadorlik deyiladi. Bir-biridan o`rganib, o`zaro ta’sir natijasida paydo bo`lgan
o`xShashlikka kontakt aloqa deyiladi. Har qanday adabiyot boshqalarning ta’sirisiz,
o`z qobig`ida rivojlana olmaydi. Biror adabiyotni ana shunday mutlaq mustaqil qilib
ko`rsatish bu mahalliychilik bo`lib, haqiqatga to`g`ri kelmaydi. Biroq o`zaro ta’sir va
yaqinlik u yoki bu xalq adabiyotining milliy xususiyatlarini yo`qqa chiqarmaydi.
Ammo adabiy ta’sirni hal qiluvchi deb ta’riflash ham to`g`ri emas. Adabiy ta’sir
yo`qni bor qilmaydi, balki milliy adabiyot taraqqiyotini tezlashtiradi. SHu bilan birga,
bir adabiyotni to`laqonli va hammaga ta’sir qiladigan, boshqa adabiyot esa taqlidi deb
qarash to`g`ri emas.
Dostları ilə paylaş: