jamiyatga ta’siri, xalq manfaatlariga qay darajada muvofiqligini hisobga olish zarur.
Uchinchidan, badiiylik ustivor mezon bo`lib xizmat qilmog`i kerak. Bunda Shakl
bilan mazmunni bir-biridan ajratib qo`ymaslik kerak. To`rtinchidan, san’at
hodisalarini o`rganishda davr, Sharoitni hisobga olmoq juda muhim.
Taraqqiyot,
harakat va rivojlanish ziddiyatdan iboratligini esdan chiqarmaslik kerak. Ijodda aql
bilan hissiyot uzviyligini nazarda tutmoq zarur. Beshinchidan, tasavvuf bilan bog`liq
majoziy yo`nalishni esdan chiqarmaslik kerak.
Demak, metodologiyaga ko`ra adabiy asarga
yaxlit badiiy mahsulot deb
qaraladi. Shakl bilan mazmun ajratilmaydi. Uni yaxlit, bir butun idrok qilish kerak.
Undagi har bir element muhim mazmun va ahamiyat kasb etadi.
Ana shu unsur
boshqa unsurlar bilan birlikda yaShaydi. Bir bo`lakda sodir etilgan o`zgarish butun
asarning xarakteriga ta’sir qiladi. SHuning uchun adabiy asar bir-biriga bog`liq
narsalarning haddan tashqari nozik ravishda birikishidir.
Uni tahlil qilishda alohida
qismlar ajratib olinadi. Biroq bunday deformatsiya (emirilish) minimum darajaga
keltirilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: