ma’noda ishlatiladi. SHundan keyin «Qizil bayroq» gazetasining 1922 yil 14 va 16
mart sonlarida A.Sa’diyning « O`zbek adabiyoti to`g`risida o`qiladigan
dokladning asoslari» nomli maqolasi bosiladi. 1926 yilda S.Ayniyning «Namunai
adabiyoti tojik», Fitratning «O`zbek adabiyoti namunalari» (1926) darslik-
majmualari, shu yili «Adabiy parchalar» nomli to`plam nashr etiladi. Mana shular
a
d a b i yo t atamasining qaror topganligini ko`rsatdi. Lekin bu ham osonlikcha
bo`lgan emas. O`zbek tiliga kirib qolgan barcha arabcha-forscha so`zlarni
chiqarib,
ularning o`rniga yasama so`zlarni qo`yish talabi bilan chiqqan puristlar bu atamaning
qaror topishiga qarshilik qilganlar. Elbek «adabiyot» so`zini «yozg`ichlar» so`zi bilan
almashtirmoqchi bo`ladi. A.Qodiriy, Oltoy, Botu, Oybek va boshqalarning
asarlaridan tuzilgan to`plamni Elbek «Go`zal yozg`ichlar» deb nomlagan.
Adabiyotshunoslik fanini anglatadigan atama o`rniga «ilmi qofiya, ilmi bayon,
ilmi aruz, ilmi maoniy» atamalari va shularni o`z ichiga olgan «ilmi adab» atamalari
ishlatilgan.
Adabiyot so`zi arabcha bo`lib, odob so`zidan olingan.
»A d a b i yo t» atamasi
keng ma’noda umuman yozma adabiyot, yozilgan narsalar, bosilgan kitoblarni
anglatadi. Tor ma’noda esa badiiy so`zni, san’at turlaridan biri, so`z san’ati bo`lgan
badiiy adabiyotni anglatadi.
Aslida XIX asrlargacha hozirgi ma’noda adabiyot bo`lmagan. Oldingi alabiyot
namunalari ko`pincha ijro, deklamatsiya uchun va musiqaga mo`ljallab
yozilgan
bo`lib, ijro san’atiga mansub edi. Gegelp uchun ham adabiy asarlarning ijro uchun
yozilishi tabiiy bo`lgan. XIX asrga kelibgina ijro etishga ehtiyoj bo`lmagan, ya’ni
o`qish uchun adabiyot yaratildi. Badiiy asarlarni «poeziya» atamasi bilan yuritish
sababi esa, oldinlari nasrning san’at hisoblanmaganligidir. CHunki oldinlari badiiy
adabiyot to`la ma’noda badiiy so`zni qayta ishlash san’ati hisoblanardi.
Qadimgi adabiyotda so`z san’ati unsurlari mifologiya, din, fan kurtaklari bilan
aralash, uyg`un edi, unda turli amaliy maslahat va ahloqiy o`gitlar berilardi.
«Adabiyot» atamasining «odob» ma’nosi ham shundandir. Biroq qadimgi
adabiyotning sinkretik (aralash) xarakteri uning estetik qimmatini yo`qqa
chiqarmaydi. O`rta
asrlarda adabiyot normativlik, badiiy vositalarning turg`unligi
bilan ajralib turardi. U davr adabiyotida san’atkor Shaxsi hali juda kuchsiz namoyon
bo`lardi. Bu narsa u davr san’atidagi monumentallik (asoslilik, chuqur
mazmunlilik)ni keltirib chiqaradi, lirikani esa falsafiy va aforistik qiladi.
Hozirgi ma’nodagi adabiyotning paydo bo`lishiga texnika taraqqiyoti va kitob
bosishning kelib chiqishi sabab bo`ldi. Natijada so`z san’ati bo`lgan adabiyot
mustaqil san’atga aylandi. SHuning oqibatida nazmning o`ziga xos alohida qonunlari
emirilib, so`z san’ati xalq tiliga yaqinlashdi. Shundan keyingina adabiyot
to`g`risidagi fan ham, nazariy tushunchalar ham o`zgardi. Oldia.ngi nazariyachilar
adabiyotga so`z san’ati
sifatida qarab, uning Shakliy tomonlari (nutq, kompozitsiya,
uslub va janr kabi) ga asosiy e’tiborni berganlar. Yangi adabiyotning paydo bo`lishi
bilan badiiy adabiyotning mazmuniga e’tibor kuchaydi, mavzu, g`oya, xarakter,
metod kabilarga katta e’tibor beriladigan bo`ldi.
Adabiyotshunoslik fani tilshunoslik, tarix, estetika,
psixologiya va boshqa
fanlar bilan aloqada bo`ladi. Masalan, adabiyotshunoslik so`z bilan ifodalanadi,
so`zni esa tilshunoslik o`rganadi. SHuningdek, tuyuq janri haqida gapirilsa, u
omonimik qofiyada bo`ladi. Omonim so`zlar qoidasini esa tilshunoslikdan
topishimiz mumkin.
Adabiyotshunoslik tarix fani bilan ham bog`liq.
Adabiyotshunoslik adabiy
jarayonga, uning asarlariga baho beradi. SHunda tarix bilan bog`liq holda tahlil
qiladi.
Estetika bu barcha san’atlarning nazariyasidir. Bu rassomlik, haykaltaroshlik
va kino san’atidir. Adabiyot ilmi o`z qoidalarini yaratishda estetikaga suyanadi. Bu
unga obraz yaratishda kerak bo`ladi.
Adabiyotshunoslik tibbiyot bilan ham aloqada bo`ladi. Masalan, adabiy
asarlarda,
jumladan, A.Qahhorning «DahShat» hikoyasida Unsinning o`limi, «Ming
bir jon»da Masturaning kasalliklari. Bunday hollarda yozuvchi, albatta, kasallikni
tasvirlash uchun avvalo, kasallik sirlarini o`rganadi.
Psixologiya fani esa odamlarning xarakterini bilish, ularning ruhiy holatlarini
tasvirlash uchun zarur.
Dostları ilə paylaş: