G`arb adabiyotining quyidagi bosqichlari mavjuddir:
1. Qadimgi (antik).
2. Qadimdan o`rta asrga o`tish (ellinizm).
3. O`rta asrdan yangi zamonga o`tish ( renessans).
4. Yangidan eng yangiga o`tish.
Bularning har biri daho asarlar bilan nishonlangan.
Adabiyot tarixi deganda barcha xalqlarining adabiyot tarixi tushuniladi. Qirg`iz
adabiyoti tarixi, ingliz, xitoy, arab, rus, olmon va hokazo. Ingliz adabiyoti tarixi
deganda qaerda ingliz xalqi yaShasa, o`Sha er adabiyoti tushuniladi. Markaziy Osiyo
xalqlari adabiyoti bor. Bunda o`zbek, qirg`iz, qozoq, tojik adabiyotlari jamuljam.
Yana turkiy xalqlar adabiyoti ham bor. Bunga Sibirdan Markaziy Osiyogacha bo`lgan
adabiyotlar kiradi. G`arbiy Ovrupo va hokazo adabiyoti bor. Umumjahon xalqlari
adabiyoti tarixi ham bor.
Markaziy Osiyoda dastlab adabiyot tarixi tazkiralar tarzida yuzaga kelgan.
Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkirat ush-shuaro», Navoiyning «Majolis un-
nafois» asarlarida adiblar to`g`risida biografik va bibliografik ma’lumotlar,
asarlaridan ayrim namunalar keltiriladi.
Adabiyot tarixi faqat buyuk siymolarnigina o`rganib qolmasdan, adabiy
jarayonda ishtirok etgan barcha ijodkorlar merosini ham o`rganadi. CHunki buyuk
cho`qqilarning paydo bo`lishida buyuklik darajasiga ko`tarilmasdan qolgan
ijodkorlarning ham roli beqiyosdir.
Adabiy oqimlar, maktablar, adabiy tashkilotlar ham adabiyot tarixining
predmetidir.
Adabiyot tarixi (istoriya literaturp1) atamasi 1659 yilda Frantsiyada paydo
bo`ldi. XIX asrda adabiyot tarixi falsafa, ritorika, publitsistika, istoriografiya va
adabiy tanqid tushunchalarini qamrab olgan.
Adabiyot tarixiga quyidagilar kiradi: konkret adabiy asar, yozuvchi ijodi, oqim,
adabiy bosqich, adabiy muassasalar, milliy adabiyot.
Dostları ilə paylaş: