O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN
VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA
TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
ENERGO-MEXANIKA FAKULTETI
“Avtomatlashtirish va boshqaruv”
kafedrasi
АVTОMАTIK BОSHQАRISH
NАZАRIYASI
fanidan kurs ishini bajarish uchun
Uslubiy ko‘rsatma
Navoiy – 2023
«Avtomatik boshqarish nazariyasi» fanidan kurs ishini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatmalar. Navoiy- 2023y. – 28 b.
Uslubiy ko‘rsatmada «Avtomatik boshqarish nazariyasi» fani bo‘yicha kurs ishini bajarishga doir qisqacha ko‘rsatmalar hamda chiziqli va nochiziqli sistemalarni tekshirishga oid misollar keltirilgan.
Ushbu uslubiy ko‘rsatma oliy o‘quv yurtlarining 60711400 – «Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqaruv» (tarmoqlar bo‘yicha) yo‘nalishi bakalavr talabalari hamda unga turdosh mutaxassislik talabalari uchun mo‘ljallangan.
K I R I SH
Kurs ishining maqsadi «Avtomatik boshqarish nazariyasi» kursining nazariy qismlarini mustahkamlash, avtomatik boshqarish sistemalarini (ABS) hisoblash usullarini egallash va shu sistemalarni elektron hisoblash mashinalarida (EHM) tekshirishni o‘rganishdan iboratdir.
Kurs ishining mazmuni chiziqli va nochiziqli avtomatik boshqarish sistemalarini EHM yordamida hisoblash va tekshirishdan iboratdir. Bunday sistemalar xalq xo‘jaligining ko‘pgina tarmoqlarida texnologik jarayonlarni va obyektlarni boshqarishda keng qo‘llaniladi. ABSni tekshirishning samaradorligini oshirish uchun hisoblash ishlarida EHMni keng qo‘llash zarur.
Kurs ishi 20-25 bet hajmdagi hisoblash tushuntirish xatidan va zaruriy grafik va sxemalardan iborat. Tushuntirish xati va grafik qism mazmuni kurs ishi vazifasi bilan aniqlanadi. Tushintirish xatining matn texnik jihatdan to‘g‘ri, qisqa va ixcham bo‘lishi shart.
Himoya qilish jarayonida talaba mantiqiy fikr yurita olishi va kurs ishi yo‘nalishi bo‘yicha yetarli bilimini hamda kurs ishida qo‘llanilmagan ABSni hisoblashning boshqa usullarini egallaganligini ko‘rsatishi kerak.
Bajarilgan ishni chuqur tushinishi taklif etilgan echimlarni har tomanlama asoslab berishi qobiliyatini shakllantirishda kurs ishining himoyasi muhim o‘rin tutadi. Kurs ishining himoyasi kafedra tomonidan belgilangan 2-3 nafar o‘qituvchidan tashkil qilingan hay’atda, kurs ishi rahbari va guruh talabalari qatnashuvida tashkil qilinadi. Ochiq himoya guruh talabalariga shu guruh a’zolari tamonidan bajarilgan ishlar bilan tanishishga imkoniyat beradi.
Himoya uchun 5-8 minut ma’ruza va savol-javobdan iborat bo‘ladi.
Kurs ishi 100 ballik tizimda baholanadi. O‘rnatilgan grafik bo‘yicha sifatli rasmiylashtirilgan kurs ishiga eng ko‘pi bilan 40 ball, himoya vaqtidagi ma’ruza uchun 30 ball va berilgan savollarga to‘g‘ri javoblarga 30 ball ajratiladi.
Topshiriqda ko‘rsatilgan muddatda kurs ishini himoyaga taqdim etmagan va sababsiz kurs ishini himoyasiga kelmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |