O`xshashi yo`q bu go`zal bo`ston, Dostonlarda bitgan guliston- O`zbekiston deya atalur, Uni sevib el tilga olur. Chiroylidir go`yo yosh kelin, Ikki daryo yuvar kokilin. Qorli tog`lar turar boshida, Gul vodiylar yashnar qoshida Chor atrofga yoyganda gilam, Aslo yo`qdir bundayin ko`klam. Unda O`zbekiston ham –obraz, “Chiroylidir go`yo yosh kelin, ikki daryo yuvar kokilin” – o`xshatishi ham obraz. Lekin ularning barchasi ham – ko`z o`ngimizda o`xshashi yo`q O`zbekistonni betakror ranglari, ijodi, turmushi, baxti, tolesi, iqboli, yallasi, allasi, shirmoni, butun bag`ri-yu aziz tuprog`i bilan yaqqol va butunligicha aniq gavdalantiradi, qalbimizni g`ururga to`ldiradi.
Biroq V.G.Belinskiy ta`kid etganidek, san`atdagi eng oliy predmet- inson hisoblanarkan, demak, “obraz” atamasi insonga (badiiy asardagi insonga) nisbatan qo`llash ma`quldir. Chunki, “Yozuvchining materiali- uning o`zi kabi xususiyatlar, niyatlar, xoxishlarga ega bo`lgan, did va kayfiyatlari o`zgarib turadigan insondir”. Adabiyotda ana shu Insonga va unga asoslanib hayotning qolgan barcha predmetlari, hodisalari ham insoniylashadi, Insonning badiiy kashfi uchun xizmat qiladilar. Badiiy obraz ko`rgazmali obrazdagi umumlashtirishni va suratli obrazdagi individuallikni o`zida birdaniga birlashtiradi. Aslida har bir mavjudot kabi inson- umumiy va individual tomonlarning birligidan iborat: bir tomondan, u jonli mavjudotning bir vakili, tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan biron-bir urug`ning, millatning, sohaning, mutahasislikning vakili. Unga o`xshshs minglab, millionlab kishilar bor. Lekin, ayni paytda, u boshqa biron kishiga tashqi jihatdan ham, xarakteri jihatidan ham o`xshamaydi, ulardan farqlanib turuvchi o`z dunyosiga ega. Yozuvchi muayyan obrazda voqea – hodisalarning eng muhim xususiyatlarini umumlashtiradi. Jumladan, “Sudxo`rning o`limi”dagi Qori Ishkambada bosh xususiyat qilib xasislik, ochko`zlik, sudxo`rlik xislatlari shunchalik umumlashtirilganki, biz hayotda uchratgan xasis va sudxo`r kishilarni – qori Ishkamblar deb atayveramiz. Ayni paytda, Qori Ishkambaning xarakterli aniq qiyofasi, o`ziga xos original qilig`I, odati, o`y-orzusi, muhokamayu mushohadasi, tili, odobi, madaniyati bor. Bu o`ziga xosliklar- individuallashgan tarzda ro`yobga chiqqan va ular ta`kidlab ko`rsatiladi, esda qoladigan qilib tasvirlanadi. Misol tariqasida uning portretini keltiraman: “U o`rta bo`yli, qorni katta, semiz, bo`yni kalta va yo`g`on, boshi ham katta va sergo`sht biro dam edi, bo`ynining yo`g`onligi va yuzining sergo`shtliligi shu darajada ediki, uning gavdasi suv to`ldirilgan meshday tekis ko`rinar edi. Agar uning qalin soqoli va soci olinib, kiyimlari ham yechilib tashlansa, nortuyaning oshqozoniga o`xshab qolardi. Faqat farqi shundagi, bu tuyaning oshqozonidan kattaroq va tusi ham qizg`ishroq bo`lib, oyu kuni to`lgan semiz, tullagan keksa bo`g`oz cho`chqaning xuddi o`zi bo`lib qolar edi”. Ko`rinadiki, bu qiyofa faqatgina “Sudxo`rning o`limi”dagi Qori Ishkambagagina tegishlidir; xasis, ochko`z, tekinni ko`rsa yeb to`ymaydigan qorining judayam aniq, judayam ishonchli, judayam esda qoladigan tarzdagi portretidir; ikkala unsurning – umumlashtirish va individuallashtirishning hayotiyligini, yaxlitligini yaqqol ko`rsatuvchi isbotdir.
Demak, umumlashmadan individuallik, individuallikdan umumlashmalik tug`ilgandagina, tog`rirog`i ular bir-birlarining ichlarida mujassamlashganlaridagina (mazmun va shakl hodisasiga o`xshab) – yaxlitlik vujudga kelgandagina obraz betakrorlikka, jonlilikka, ta`sirdorlikka erishadi. Obraz yaratila boshlaydi. Badiiy obrazning muhim xususiyatlaridan yana biri uning mеtaforikligi sanaladi. Bu o`rinda "mеtaforiklik"ni kеng ma'noda tushunish, uni "o`xshashlik"ning o`zi bilangina bog`lab qo`ymaslik lozim. Ya'ni, "mеtaforiklik" dеganda badiiy obrazning bir narsa mohiyatini boshqa bir narsa orqali ochishga intilishi, san'atga xos fikrlash yo`sini tushuniladi. Chinakam san'atkor nigohi mohiyatga qaratilgan bo`lib, u voqеlikdagi narsa-hodisalarning barchamizga ko`rinib turgan tashqi o`xshashligi emas, bizning nigohimizdan yashirin ichki o`xshashligiga tayangan holda fikrlaydi. San'atkor biz uchun kutilmagan ichki o`xshashlikni inkishof etadiki, natijada o`sha biz bilgan narsa-hodisa ko`z oldimizda butkul yangicha bir tarzda suratlanadi, o`zining bizga noayon qirralarini namoyon etadi.
Xulosa Albatta, rang-tasvirda ranglar "gapirishi" hammamizga ma'lum, biroq ayni shu fikrning "gapirayotgan qon rangi" obrazi orqali bеrilishi — kashfiyot, mеtaforik fikrlash natijasi va xuddi shu narsa bizni hayratga soladi, shuurimizda muqim o`rinlashadi. Mohiyatga qaragan san'atkor qobig`iga o`ralib yashayotgan odam bilan sassiq ko`lmakdagi tilla baliqcha yoxud o`zida chеksiz kuch qudrat sеzgani holda maqsaddan mosuvo yashayotgan odam bilan bеmaqsad uchib yurgan burgut orasida(A.Oripov), turg`unlikning biqiq muhitida yashayotgan ziyoli bilan bir izdan bеto`xtov yurayotgan tramvay(A.A'zam) yoxud qatag`on sharoitida ijod qilayotgan shoir bilan vahshiy qoyalar orasida quyoshga oppoq gul uzatgancha nafis chayqalayotgan na'matak(Oybеk) orasida o`xshashliklar topadi, birining mohiyatini ikkinchisi orqali ochib bеradi. Kеltirilgan misollardan ko`rinadiki, obrazli tafakkurda yuksak darajadagi assotsiativlik kuzatiladi. . Tanqidiy realizm yozuvchidan insonni har tomondan cheklovchi, ezuvchi, buzuvchi va maʼnaviy inqirozga olib keluvchi hayotning ijtimoiy asoslarini tanqidiy aks ettirishni talab etadi. Tanqidiy realizm adabiyoti va sanʼatida tarixiylik prinsipi hayotiy voqealar, kishilarning xarakterlari va ularni qurshagan sharoitning muayyan davr uchun muhim vokealar, xarakterlar va sharoitlar sifatida tasvir etilishida zuxur beradi. Tanqidiy realizm asarlaridagi personajlar "ortiqcha kishilar", "otalar" va "bolalar" yoki yangilik va eskilik tarafdorlari boʻladimi — ular oʻz davrining mahsulidir. Ammo tarix harakati, ijtimoiy taraqqiyot jarayoni Tanqidiy realizmning aksar asarlarida kishilar subʼyektiv faoliyatining natijasi sifatida talqin etiladi. Shuning uchun ham bu asarlarda faqat kishilarning ruhiy olami, ishonch va eʼtiqodi ulardagi ijobiy (ezgu) ibtidoning manbai boʻlib xizmat qiladi. Tanqidiy realizm insoniyatni baxtli va nurli hayotga olib boruvchi yoʻlni koʻrsatmaydi, balki kishilarning shunday xayot sari intilishlarida ularga duch kelgan toʻsiqlar, illatlar, sharoitni koʻrsatadi.
San'atning boshqa turlari kabi badiiy adabiyot ham hayotni undagi insonlarning ruhiy holati, o'y-fikrlarini aks ettiradi. Hayot hamisha insonlarning tirikchiligi, mehnat faoliyati, kurashi, his-tuyg'ulari, kechinmalaridan iborat. Adabiyotning tasvir mavzuyi, avvalambor, insondir. Inson tasviri yo'q, u ko'zda tutilmagan joyda badiiy adabiyot ham bo'lmaydi. Shunga ko'ra adabiyotshunoslik ilmida markaziy o'rinni egallovchi tushuncha ham obraz qahramon tushunchasidir. Obraz - timsol tushunchasining keng va tor ma'nolari mavjud. Keng ma'nodagi timsol tushunchasi ijodkorning fikr-tuyg'ulari singdirilgan hayot manzarasini anglatsa, tor ma'noda badiiy asarda aks ettirilgan inson siymosini ifodalaydi. Biz bu o'rinda timsol tushunchasining ko'p qo'llaniladigan tor ma'nosi haqida fikr yuritamiz. Keng ma'noda ishlatiladigan badiiy obraz tushunchasi haqida ushbu kitobning kirish qismidagi «Badiiy so'z qudrati» maqolasida atroflicha to'xtalingan. Yozuvchi hayotni badiiy timsollar orqali tasvirlaydi. Shuning uchun ham biror badiiy asar o'qiganimizda unda aks ettirilgan voqelik ongimizda shu asarda tasvirlangan kishilarning obrazlari qiyofasida muhrlanib qoladi. Mana, siz «Ravshan» dostonini o'qib chiqdingiz. Buning natijasi o'laroq, Ravshan, Zulxumor, Hasanxon, Aynoq, Jaynoq, Ersak, Tersaklarning mahorat bilan chizilgan timsollari, Shirvon bozori, Zulxumorga qarashli bog'ning ajoyib-g'aroyib manzaralari xotirangizda mahkam o'rnashib qoladi. Badiiy adabiyotda inson timsoli u yashayotgan jamiyat va undagi jarayonlar bilan, uni o'rab olgan tabiat, ijtimoiy muhit, narsa-hodisalar bilan birgalikda, ular bilan chambarchas aloqada tasvirlanadi. Chunki inson hamisha shular qurshovida bo'ladi. Biroq bularning hammasi inson timsolini yo o'ziga xosligini ko'rsatishga, yoki uning ham boshqalarga o'xshash tomonlari borligini ta'kidlashga, yoxud inson obraziga hissiy ta'sirchanlik bag'ishlashga, yoinki uning biror jihatini to'ldirishga xizmat qiladi. Demak, ular yordamchi vositalardir. Badiiy tasvirning maqsadi sifatida ko'pincha insonning o'zi turadi. Narsa va hodisalar tasviri o'z-o'zicha mustaqil badiiy qiymatga ega bo'lmaydi, ular insonni yorqinroq ko'rsatish, uning tabiatini teranroq ochish uchun kerak. Lekin inson yolg'iz o'zi mavjud bo'la olmaydi. Odam odamday yashashi va o'z insonligini namoyon etishi uchun juda ko'p narsalar kerak. Badiiy adabiyotda inson bilan bir qatorda, narsa-hodisalar muhit tasviri ham zarurdir. Faqat ularning badiiy adabiyotdagi tasviri inson holati, kechinmalariga bo'ysundirilgan bo'ladi. Yozuvchi voqelikni aks ettirar ekan, uni o'zi anglaganicha talqin qiladi. Hayotdagi voqea-hodisalar, odamlar va ularning dunyoqarashi, xarakter xususiyati, madaniy-ilmiy saviyasi, niyati, orzu-istagi ishlovidan o'tgandan keyingina obraz timsollar qiyofasida namoyon bo'ladi, badiiy asar shaklini oladi. Qisqasi, yozuvchi ijod jarayonida asaridagi obrazlarni individuallashtiradi, umumlashtiradi. Inson tasvirlash, avvalo, uning ichki dunyosini, kechinmalarini tasvirlash demakdir. Odam odamlar orasida, ya'ni jamiyatda yashaydi. Insonning kechinmalari jamiyatga oid turli-tuman masalalar bilan chambarchas aloqador bo'ladi. Shunday ekan, badiiy adabiyot inson kechinmalarini barcha murakkabliklari bilan aks ettirishi kerak. Bu esa ijodkordan yuksak iste'dod va badiiy mahorat talab qiladi. U hayot va odamlarni yaxshi bilishi, insonning holatini, imkoni boricha, haqqoniy, o'z qalbi bilan tuyganday aks ettirishi kerak. Shundagina yaratgan asarlari odamlar qalbiga kuchli ta'sir etib, zavq-shavq uyg'otishi, kishilarni ezgulikka e'tiqod va go'zallikka muhabbat ruhida tarbiyalashi mumkin. Demak, badiiy adabiyotda insonning alohida shaxs qiyofasida yaratilgan, ayni paytda badiiy umumlashma xususiyatiga va hissiy ta'sir kuchiga ega bo'lgan surati badiiy obraz deyiladi. Obrazlar bosh va epizodik singari turlarga bo'linadi. Asarning boshidan oxirigacha qatnashib, tasvirda muhim o'rin tutuvchi ishtirokchi bosh qahramon deyilsa, asarning bir-ikki o'rnidagina qatnashib, keyin tushib qoladigan ishtirokchilar epizodik qahramonlar deyiladi. «Ravshan» dostonidagi Ravshan, Zulxumor, Hasanxonlar bosh timsollar bo'lsa, shirvonlik kampir ena, aka-uka kallar, Oqqiz, uning Maston onasi epizodik obrazlardir. Biroq epizodik obrazlar ham voqealar rivojida muhim o'rin tutishi mumkin («Ravshan» dostonidagi Oqqiz va onasi, kallar obrazlari singari). Badiiy adabiyot asosida go'zallik haqidagi tasavvur yotadi. Bunday tasavvur insonning odam, hayot va jamiyat haqidagi orzu-armonlaridan tug'ilgan. Badiiy asar ana shu orzu-armonlarni aks ettirsagina tarbiyaviy quvvatga ega bo'ladi.