Adabiyotshunoslik nazariyasi fanidan «Badiiy obraz turlari»


II BOB. OBRAZLI TAFAKKUR (OBRAZLILIK) SAN'ATNING SPETSIFIK XUSUSIYATI SIFATIDA



Yüklə 151,36 Kb.
səhifə5/8
tarix07.01.2024
ölçüsü151,36 Kb.
#203117
1   2   3   4   5   6   7   8
badiiy obraz 11.12

II BOB. OBRAZLI TAFAKKUR (OBRAZLILIK) SAN'ATNING SPETSIFIK XUSUSIYATI SIFATIDA.
2.1. Obraz va obrazlilik va badiiy obrazning xususiyatlari
San'atning obraz vositasida fikrlashi uning spetsifik, ya'ni tur sifatida belgiIovchi xususiyatidir. San'atkor badiiy obraz vositasida dunyoni anglaydi, o'zi anglagan mohiyatni va o'zining anglanayotgan narsaga hissiy munosabatini ifodalaydi. Shu ma'noda obraz adabiyot va san 'atning fikrlash shakli, usuli sanaladi; obrazlar vositasida fikrlagani uchun ham adabiyot va san'atga xos fikrlash tarzi «obrazli tafakkur» deb yuritiladi. Obrazli tafakkur bilan tushunchalar vositasidagi tafakkur tarzining farqi nimada? Bundagi farqni yorqinroq tasavvur etish uchun fan va badiiy adabiyotni qiyoslab ko'rish mumkin. Misol uchun, bir xiI masala yuzasidan fikr yuritayotgan olim va shoirni olib ko'raylik. A.Oripovning ``Ayol`` she'ri hammangizga tanish, unda ikkinchi jahon urushida eridan yosh beva qolgan, umrini farzandiga bag'ishlagani holda sadoqat bilan yashagan ayol haqida so'z boradi. Shoir ko'z oldimizda konkret ayolni, uning foje taqdirini gavdalantirish orqali umuman urush haqida, uning oqibatlari haqida, og'ir damlarda sinaluvchi insoniy hislar haqida mushohada yuritadi. Xo'p, xuddi shu she'rdagi masala xususida, masalan, tarixchi olim qanday fikr yuritadi: «Ikkinchi jahon urushi janggohlariga tug'ilgan yigitlar to'la safarbar etildi. U rush harakatlarida sho'ro hukumati insonni tejash yo'lidan bormadi, janggohlarda ko’p nafar jangchi halok bo'ldi. Buning natijasida urushdan so'ng jamiyatda erkak va ayollar nisbatida nomutanosiblik yuzaga keldi, demografik vaziyat tanglashdi. Ko'plab ayollar yolg'iz umrguzaronlik qilishga mahkum bo'ldi. Jamiyatda «yolg'iz ayol» toifasi yuzaga keldi». Ko'rib turganimizdek, olim shoirdan tamomila farqli yo'ldan boradi, uni umumlashtirilgan faktlargina qiziqtiradi. Olim konkret inson taqdiri haqida emas, undan o'zini chetlashtirgan (abstraktlashgan) holda umumlashmalar, tushunchalar asosida fikr yuritadi. Ma'lum bo'ldiki, mohiyat e'tibori bilan shoir va olimni o'ylantirayotgan muammo bitta. Biroq shoir bitta konkret ayol taqdirini badiiy tasvirlash (obrazini yaratish) orqali umumlashmaga boradi, baski, obraz uning uchun fikrlash shakli, usuli bo'lib qoladi. Ya'ni olim ko'plab faktlarni (konkret hodisalar, insonlar va h.k.) o'rganib, ularning umumiy xususiyatlari asosida ilmiy xulosalar, umumlashmalar chiqarsa, san 'atkor konkret faktni individual tasvirlash orqali umumlashmaga intiladi.
Badiiy obraz borliqning (undagi narsa, hodisa v.h.) badiiy asardagi aksi.8 Biroq badiiy obraz o`sha borliqning oddiygina aksi emas, yo`q, u borliqning san'atkor ko`zi bilan ko`rilgan va idеal asosida ijodiy qayta ishlangan aksidir. Bu aksda borliqning ko`plab tanish izlarini topasiz, biroq bu endi biz bilgan borliqning ayni o`zi emas, balki tamoman yangi mavjudlik — badiiy borliqdir.
Fikrimizni oydinlashtirish uchun musavvir ijodiga murojaat qilaylik. Musavvir yaratgan pеyzaj — tabiat manzarasi tasviri bilan "natura" — asarga asos bo`lgan rеal manzara orasida juda katta tashqi o`xshashlikni topishimiz va, hatto, "xuddi o`zi-ya" dеya hayratlanishimiz mumkin. Ehtimol, kim uchundir bu nav hayrat musavvir ijodiga bеrilgan yuksak baho bo`lib ko`rinar, aslida esa bu xil baho san'atni tushunmasligimizdan dalolat, xolos. Ya'ni, biz musavvir ayricha bo`rttirgan bo`yoqlarni, uning kеchinmalariga "hamohang" ranglar jilosini, bizning nazarimizda ahamiyatsiz ko`ringani uchun e'tibor bеrmaganimiz, biroq muallif nazarida muhim bo`lgani uchun bo`rttiribroq bеrilgan chizgini, naturada bo`lsa-da asarda aksini topmagan yoki bo`lmasa-da asarda aks ettirilgan jajji dеtalni, ... ilg`ay olmagan bo`lib chiqamiz. Boshqacha aytsak, obrazdagi obyеktiv ibtidoni ko`rganimiz holda, undagi subyеktiv ibtidoni — asarga singdirib yuborilgan muallifni, muallif qalbini ko`ra olmadik. Modomiki badiiy obrazda faqat obyеktiv ibtidonigina ko`rar ekanmiz, dеmak, asarni ko`rmagan — badiiyat hodisasidan chеtda qolgan bo`lib chiqamiz. Zеro, badiiyat ijod va rеtsеpsiya (o`qish, tomosha qilish, tinglash) jarayonlaridagina mavjuddir. Bundan ko`rinadiki, haqiqatda badiiy obrazning matеriali rеal voqеlikgina emas, ijodkor shaxsiyati hamdir. Shu vajdan ham bir xil mavzuni qalamga olgan ikki yozuvchi, bitta narsaning suratini chizgan ikki rassom tomonidan yaratilgan obrazlar bir xil bo`lmaydi, bo'lolmaydi.
Badiiy obraz o`zida aql va hisni uyg`un birlashtiradiki, shu bois uni ratsional va emotsional birlik sifatida tushuniladi. Badiiy obrazdagi ratsional jihat shuki, uning yordamida ijodkor o`zini qiynagan muammolarni badiiy idrok etadi. Masalan, Cho`lponni Turkistonning tarixiy taraqqiyoti masalalari, yurtining ertasi haqidagi o`ylar tashvishlantirgan. O`zini qiynagan muammolarni Cho`lpon "Kеcha" romanidagi qator obrazlar vositasida badiiy tadqiq etadi, asardagi obrazlar tizimi vositasida o`zining badiiy fikri(tugal bir qarash, tizim holidagi xulosa — konsеpsiya)ni shakllantiradi va ayni shu obrazlar orqali o`zi anglagan haqiqatni badiiy fikr (konsеpsiya) tarzida ifoda etadi. Ayni paytda, asarda yaratilgan obrazlarda adibning hissiy munosabati ham o`z aksini topgan. Ijodkorning hissiy munosabati badiiy konsеpsiyani shakllantirishda, asar mazmunining o`quvchiga yеtkazilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Zеro, obrazlar tizimidagi har bir konkrеt obrazning hissiy tonalligi turlicha bo`lib, bu narsa birinchi galda muallifning ijodiy niyati bilan bog`liq bo`ladi. Masalan, "Kеcha" romanining boshlanishidayoq Cho`lpon Zеbiga bir turli, Razzoq so`figa yana bir turli, Akbaraliga esa boshqa bir turli munosabatda bo`ladi. Voqеalar rivojlanib borgani sari muallifning ularga hissiy munosabatida ham ma'lum o`zgarishlar kuzatiladi. Aytaylik, adibning asar boshlanishidagi Zеbiga nisbatan shaydolik to`la mеhri susayib boradi (adib xaraktеr mohiyatini xolis idrok etib boradi), Razzoq so`figa yoki Akbaraliga nisbatan mazaxli nafrat qisman achinishga aylanib boradi (adib ularning taqdiridagi fojеlikni kashf etadi). Ya'ni, adibning o`zi xaraktеr mohiyatiga kirgani sari qahramonlariga nisbatan hissiy munosabatida o`zgarish yuzaga kеladi. Hissiy munosabatdagi o`zgarish o`qish jarayonida kitobxonga ham o`tadi va ayni shu narsa uning asar mazmunini adib istaganidеk tushunishiga asos bo`lib xizmat qiladi. Ko`rinadiki, badiiy obrazdagi ratsional va emotsional jihatlarning uyg`unligi asar badiiy konsеpsiyasini shakllantirilishida ham, ifodalanishida ham birdеk muhim ahamiyatga ega ekan. Tipiklashtirish prinsiplari: 1. To`qima obrazlarda tipiklashtirishda yozuvchi birgina personajda u mansub bo'lgan butun sinf, toifa, millat yoki kasb kishilarga hos xususiyatlarni mujassamlaydi.
Masalan: Yulchi, Mirzakarimboy, Luqmonchi, Otako'zi Umarov.
2. Tarixiy shaxslar obrazlarini tipiklashtirishda boshqacharoq yol tutiladi. Tarixiy shaxs obrazini tipiklashtirishda ularga boshqalarning xususiyatlarini yopishtirib bo'lmaydi. Tarixiy shaxs obrazini tipiklashtirish yozuvchi o`sha shaxs xarakteri uchun xos bo'lgan xususiyatlarnigina bhrttiradi. Masalan: "O'tgan kunlar" romanidagi Xudoyorxon, Musulmonqul.
3. Buyuk shaxslar obrazlarini yaratishda tipiklashtirish. Bunday shaxsiylarni tarixni o'zi tipik o'ilib yaratgan. Bunday shaxslar obrazlarini yaratishda yozuvchi ular xarakterining biror tomoninigina ochishga harakat qiladi. Bitta yozuvchi birgina asarda tarixiy shaxs xarakterining barcha tomonlarini ocha olmaydi. Masalan: "Navoiy" romanida Oybek Navoiy obrazini insonparvar va gumanist sifatidagi tomonlarinigina ochgan holos. 4. Avtobiografik asarlari tipiklashtirish: Avtobiografik asarlarda faqatgina hujjatlarga to`g`ri keladigan voqealar va avtobiografik qahramon xarakteri uchun xos bo'lgan xususiyatlargina tipiklashtiriladi, degan qarashlar to`g`ri emas. Avtobiografik asarlarda ham yozuvchi garchi o'zining xotiralari hujjatlarga to`g`ri keladigan voqealarni ifodalasada, baribir unda ham qahramonni o'z davrining avlodi hususiyatlarini aynan o'zi deb qabul qilaverish to`g`ri bo'lmaydi. Masalan: Oybekning "Bolalik" D.Qahhorning "O`tmish ertaklari", N.Safarovning "Navro'z" asarlaridagi Musa, Abdulla, Nazirjon obrazlarini oling.
5. Lirik tipiklashtirish : Lirikada ham tipiklashtirish bo'ladi. Bitta she'rda bir necha kechinma, bir nechta tuygu va kechinma ifodalangan choda ham ulardan bittasi bhrttiriladi. Yoki lirikada lirik ka'ramon kechinmalarining eng yuksak nuo'talari ifoda etiladi. Ana shu yul bilan lirikada tipiklashtirish amalga oshiriladi. Lirikadashoir o'zining lirik "meni" tuyularni ifoda o'iladi. Shuning uchun shoir shaxsining tuyulari bosho'alar uchun ham umumiy bo'lmaydi degan fikr thri emas. Shoir davrning ilyor farzandi bo'lib uning shaxsiy kechinmalarida zamondoshlarning tuyu kechinmalari mujassamlanadi. Tiplarning turlari:
1. Ma'naviy-axlokiy tiplar
2. Tarixiy tiplar
3. Sinfiy tiplar
4. Milliy tiplar.
5. Ideal tiplar
Ma'naviy-axlokiy tiplarda insonga xos biror fazilat yoki illat mujassamlanadi. Balpzakning "Gorio ota" romanidagi Gorio obrazida otalik tuyusi mujassamlangan. Gorio o'zi makaron fabrikasining egasi va un jallob, lekin yozuvchini, Gorioning kapitilisfabrikantligi o'iziktirmaydi, uning insonligi o'izlariga bo'lgan cheksiz mu'abbati o'izio'tiradi. tarixiy tiplar bu o'zila muayyan tarixiy davrning xususiyatlarini mujassamlashtirgan tiplar bo'lib ular hsha davr xususiyatlariningtashuvchisi bo'ladilar. Tarixiy tiplar tarixiy shaxs ham bo'lishi mumkin bo'lmasligi ham mumkin. Masalan: "Sudxhrning hlimi" povestidagi O'ori ishkamba kapitilizmning dastlabki bosqichi vakini hisoblanadi. Badiiy asarda mavzu va g'oya.
Mavzu (gr. ular so'zma-so'z tom ma'noda nimanidir anglatadi) - bu bilim
ob'ekti. Mavzu- bular asarda aks ettirilgan hayot hodisalari.
Qadimgi davrlarda badiiy asarning yaxlitligi qahramonning birligi bilan belgilanadideb ishonishgan. Ammo hatto Aristotel bu qarashning noto'g'ri ekanligiga e'tibor, Gerkules haqidagi hikoyalar bir xil odamga bag'ishlangan bo'lsa-da, har xilhikoyalar bo'lib qolishini ta'kidladi va ko'plab qahramonlar haqida hikoya qiluvchi to'liq ish bo'lishni to'xtatmaydi.Asarning butun xarakterini qahramon emas, balki unda yuzaga kelgan muammoningbirligi, oshkor etilayotgan g'oyaning birligi beradi.
Badiiy asarlarda tasvir mavzusi inson hayotining turli xil hodisalari, tabiat hayoti, hayvonot va o'simlik dunyosi, shuningdek moddiy madaniyat (binolar, mebel jihozlari, shahar manzaralari va boshqalar) bo'lishi mumkin.
Ammo badiiy adabiyotdagi bilimning asosiy mavzusi inson hayotining o'ziga xos
xususiyatlari. Bular odamlarning tashqi ko'rinishida, munosabatlarida, faoliyatida vachki, ma'naviy hayotidagi ijtimoiy belgilar. Badiiy asar g'oyasi - Bu badiiy asarning semantik, obrazli, hissiy tarkibini umumlashtiruvchi asosiy g'oya.Asarning badiiy g'oyasi - bu muallif tomonidan hissiy tajriba va hayot mahoratimahsuli sifatida san'at asarining mazmunli va semantik yaxlitligi. Bu fikrni boshqasan'at va mantiqiy formulalar yordamida qayta tiklab bo'lmaydi; bu asarning butun badiiy tuzilishi, uning barcha rasmiy qismlarining birligi va o'zaro ta'siri bilanifodalanadi. Shartli ravishda (va torroq ma'noda) g'oya asosiy g'oya, mafkuraviyxulosa va asarni yaxlit tushunishdan kelib chiqadigan "hayot darsi" sifatida ajralibturadi.Adabiyotdagi fikr - bu asarda aks etgan fikrdir. Adabiyotda juda ko'p g'oyalar mavjud.Mavjud mantiqiy fikrlar va mavhum fikrlar . Mantiqiy g'oyalar - bu xayoliyvositalarsiz osongina uzatiladigan tushunchalar, biz ularni aql bilan idrok eta olamiz.Mantiqiy fikrlar hujjatli adabiyotga xosdir. Badiiy roman va hikoyalar uchun falsafiy va ijtimoiy xulosalar, g'oyalar, sabab va ta'sirlarni tahlil qilish, ya'ni mavhumelementlar xarakterlidir. Kompozitsiya (lotincha: compositio — tuzilish, birlashish, bogʻlanish) — badiiy asarning mazmunan, harakteri va maqsadi jihatidan bogʻlangan qismlarining joylashishi.
Tasviriy sanʼatda—rassom (haykaltarosh va boshqa) gʻoyasini aniq ifoda etish vositasi boʻlib, unda ijodkorning mahorati yorqin namoyon boʻladi. Kompozitsiya orqali muallif chiziq, shakl, rang va obrazlarni tartibga keltiradi, fazoviy kenglikni oʻzlashtiradi va badiiy muhit yaratadi. Kompozitsiya asosini mantiqiylik, shakl aniqligi va ularning oʻzaro uygʻunligi tashqil qiladi. Ijodkor yaratgan har bir asarining asosida kompozitsiya yotadi, unda borliqni idrok etish jarayonida hosil boʻladigan fikr, his-tuygʻular oʻz aksini topadi. Kompozitsiyaning "turgʻun" va "dinamik", "ochiq" va "yopiq" xillari mavjud. Kompozitsiya tuzish maʼlum "qonun" (kanon)lar bilan belgilangan va chegaralangan. Bu esa kompozitsiya ifoda vositalarining torayishiga olib kelgan. Uygʻonish davrida "turgʻun" va "yopiq" kompozitsiya, barokko sanʼatida "dinamik" va "ochiq" K. ustuvorlik qilgan. Sanʼat tarixida qonunlarga boʻysunib yaratilgan kompozitsiyalar va erkin kompozitsion usullarga asoslanib kompozitsiya yaratish harakatlari birday muhim rol oʻynagan. Uygʻonish davrida kompozitsiyani ilmiy asoslashga intilish kuzatiladi.
Har qanday adabiy ijod badiiy yaxlitlikdir.9 Bunday yaxlit narsa nafaqat bitta asar (she'r, hikoya, roman ...), balki adabiy tsikl, ya'ni she'riy yoki nasr asarlari umumiy qahramon, umumiy g'oyalar, muammolar va boshqalar, hattoki umumiy harakat joyi bilan birlashtirilgan (masalan, N. Gogolning "Dikanka yaqinidagi fermadagi oqshomlar", A. Pushkinning "Belkin ertagi" tsikllari tsikli ; M. Lermontovning "Bizning qahramon vaqtimiz" romani - shuningdek, umumiy qahramon - Pechorin tomonidan birlashtirilgan alohida qissa hikoyalari tsikli). Har qanday badiiy yaxlitlik mohiyatan o'ziga xos tuzilishga ega bo'lgan yagona ijodiy organizmdir. Inson tanasida bo'lgani kabi, unda hamma narsa mustaqil organlar bir-biri bilan uzviy bog'liqdir, adabiy asarda barcha elementlar ham mustaqil va o'zaro bog'liqdir. Ushbu elementlarning tizimi va ularning o'zaro bog'liqligi tamoyillari deyiladi. Tarkibi(lot. Compositio dan, kompozitsiya, kompozitsiya) - badiiy asarning qurilishi, tuzilishi: muallifning niyatiga muvofiq badiiy yaxlitlik yaratadigan asarning elementlari va tasviriy uslublarini tanlash va ketma-ketligi.
TO kompozitsiyaning elementlari adabiy asarlarga epigraflar, bag'ishlovlar, prologlar, epiloglar, qismlar, boblar, aktlar, hodisalar, sahnalar, "nashriyotchilar" ning so'zlari va so'zlari (muallifning syujetdan tashqari obrazlari tasavvurida yaratilgan), dialoglar, monologlar, epizodlar, kiritilgan hikoyalar va epizodlar, xatlar, qo'shiqlar (masalan, Goncharovning "Oblomov" romanidagi Oblomovning orzusi, Tatyananing Onegin va Oneginning Pushkinning "Evgeniy Onegin" romanidagi Tatyana bilan maktubi, Gorkiyning "Quyida ko'tarilgan va botgan" qo'shig'i); barcha badiiy tavsiflar - portretlar, manzaralar, interyerlar ham kompozitsion elementlardir. Badiiy ijod so'z tanlashdan boshlanar ekan, har bir ijodkor uchun so'z mas'uliyatini g'oyat teran his qilish, oddiy so'zlarni ham mukammal badiiy vositaga aylantirish, ular zimmasiga salmoqli ma'no yuklay olish nihoyatda zarur. Chunki, bunday so'z asarning qaysi qismida bo'lishiga qarab aniq badiiy niyatni ifodalashga, so'zni polisemik (ko'p ma'noli) va stilistik (uslubiy) xususiyatini aks ettirishga, ma'lum vazifa bajarishga xizmat qiladi. Zero, so'z estetik ta'sir vositasi bo'lib, muallif tildagi ma'no rang-barangliklari, shakliy turfaliklardan teran anglay olishga intiladi. Bugungi kunda badiiy asarni, uning poetik tilini o'rganishda falsafiy qonuniyatlar til tizimiga yana ham keng masshtabda olib kirilib, ularning negizida qator tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Badiiy adabiyot tili umumxalq tili madaniyatida o'ziga xos hodisa sifatida yuzaga kelgan, badiiylikka bo'ysundirilgan tildir. Har bir yozuvchining tili bir necha ming so'zdan tashkil topadi. U ana shu so'zlar boyligidan nutq uchun so'zlar tanlaydi, badiiy obraz yaratishda u yoki bu badiiy vositaga murojaat etadi. Shu ma'noda yozuvchining uslubi uning tilida o'z aksini topadi. Shuning uchun ham adabiy til yozuvchi uslubiga bog'liq holda o'rganiladi. Masalan, badiiy asar tili yozuvchining nutq vositalarini tanlash tamoyili, obrazlar tizimi kabilar bilan bog'liq bo'ladi. Badiiy asar tilida faqat xalq nutq madaniyatining - jamiyat tili va uning mdividuallashtirilgan va umumlashtirilgan ifodasigina emas, balki xalq madaniyati uchun zarur bo'lgan nutq shakllarining ifodasi ham o'z aksini topadi. Badiiy tilning tarbiyaviy-estetik ahamiyati ham ana shundadir.Badiiy asar tilining bunday estetik vazifasi badiiy obrazda mujassamlashgan estetik g'oya bilan belgilanadi. Chunki badiiy obrazdagi bu go'zallik badiiy asar tiliga o'tadi. Inson madaniyatining yuksak darajasi, ahamiyati va mohiyati uning xarakterini ifodalaydigan nutqida namoyon bo'ladi. Shu zaylda badiiy adabiyot tilida gapira bilish ko'nikmasini hosil qiladi, tilning nafosatini his qilishga va bu nafosatni xalqda tarbiyalashga imkon beradi. Badiiy tilning shunday estetik vazifasi uning tarbiyaviy, ijtimoiy ahamiyatini ham belgilaydi. Chunki badiiy adabiyot tilida jonli nutqning barcha hodisalari umumlashtiriladi va o'zining estetik bahosiga ega bo'ladi. Ma'lumki, fanda tilni 1) umumxalq tili; 2) adabiy til; 3) badiiy til shaklida tasvirlash e'tirof etilgan. Keyingi davrdagi ayrim ilmiy qarashlarda badiiy tilni "til badiiyati" atamasiga almashtirish, uni xalq tili imkoniyatlaridan biri deb hisoblashga moyillik ko'rinmoqda. Bu bahsli masala bo'lib, uzil-kesil hal qilingan emas. Nazarimizda, "badiiy til" atamasi ilmda chuqur singishgan bo'lib, "til badiiyati" tushunchasiga nisbatan keng qamrovli, ko'pchilikka tushunarlidir. Ikkinchidan, badiiy tilning semantik doirasida uning funksional xususiyatlari umumiylikni anglatsa, "til badiiyati"da, ko'pincha, konkret asarlarga nisbatan qo'llanilishi, muayyan masalalarning biror jihatdan o'rganishga yo'naltirilishi ustuvor bo'ladi. Hozirgacha mavjud adabiyot nazariyasiga oid barcha tadqiqotlar, darslik, qo'llanma va lug'atlarda "til badiiyati"ga qaraganda "badiiy til" atamasi ko'p qo'llanilmoqda va ma'qullanmoqda.

Yüklə 151,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin