Adabiyotshunoslikka kirish



Yüklə 160,44 Kb.
səhifə14/37
tarix02.12.2023
ölçüsü160,44 Kb.
#171432
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
Маъруза матни

Ijodiy niyat – asarning yaratilishi haqidagi fikr va g‘oyaning paydo bo‘lishi, badiiy mazmunni yuzaga chiqaruvchi ilk omil bolib, u badiiy shakl komponentlari orqali yuzaga chiqadi.
Badiiy niyat amalga oshishi uchun hayot materiali saralanib, yozilajak asarning rejasi tuziladi. Reja qaysi janr orqali yozilishi aniqlanadi. Asarning mavzusi taxmin qilinadi, asar orqali ifodalanmoqchi bo‘lgan fikr oldindan taxminiy belgilanadi. Asarda aks etishi mumkin bo‘lgan muammolar uning echim yo‘llari, ijro davomida amal qilinadigan hodisalar, tendensiya, an’analar davomiyligi, asarning ifoda uslubi belgilanadi. Ko‘rinadiki, badiiy niyat asar hayot materialining qayta ishlanishidan tortib asar yozilib bo‘lgunga qadar kechgan jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
Muallif niyati – badiiy ijod jarayonidagi ilk bosqich. Ijodiy niyat san’atkorning voqelik b-n munosabati, voqelikni o‘zicha (o‘zining estetik ideali, dunyoqarashi, sajiyasi, madaniy-ma’rifiy darajasi, hayotiy va ijodiy tajribasi, tug‘ma iste’dodi kuvvati asosida) qabul qilishi va idrok etishi natijasi o‘laroq yuzaga keladi. Ijodiy niyatda yaratilajak asarning asosiy chizgilari, biroz xiraroq tarzda bo‘lsa-da, ko‘zga tashlanib turadi, boshqacha aysak, ijodiy niyatasarning san’atkor ongidagi xomaki eskizidir. Badiiy ijod jarayonining o‘ziga xosligi shundaki, san’atkor ijodiy niyatdayok o‘quvchiga muayyan ta’sir qilishni ko‘zda tutadi, ya’ni maqsad ijroga ta’sir qiladi, niyat va ijro birlashadi. Zero, san’atkorning estetik ideali bilan mavjud voqelik orasidagi nomuvofiklik badiiy ijodga undovchi motiv bo‘lsa, idealga yaqinlashish uning maqsadidir. Demak, ijodiy niyat bilan uning ijrosi, ijod motivi bilan maqsadining birligi badiiy ijod jarayonini yaxlit, butun hodisaga aylantiradi. SHunga ko‘ra, ijod – ijodiy niyatni amalga oshirish, san’atkorning o‘y-fikrlari, baxosi, badiiy konsepsiyasini badiiy obrazlar tizimi vositasida moddiylashtirish jarayoni demakdir. Albatta, ijodiy niyat turg‘un tushuncha emas, ya’ni u ijod jarayonining boshida paydo bo‘lganicha qolmaydi, aksincha, bevosita ijod jarayonida saykallanib, konkretlashib boradi, muayyan o‘zgarishlarga uchraydi. YAna bir tomoni, ijodiy niyat turli darajada amalga oshadi va bu tabiiy ham. CHunki ijodiy niyatning qay darajada amalga oshishi qator omillar (muallifning ijodiy tajribasi, badiiy maxorati, konkret davr sharoiti va sh.k.) bilan bog‘liqdir.
Badiiy to‘qima – ijodiy tafakkurning o‘ziga xos tarkibiy qismi bo‘lib, asarga olib kiriladigan real faktlar, hayot hodisalalri, arxetip va prototiplarning muayyan badiiy shaklga “joylashtirilishi”dir. Bundan tashqari, badiiy to‘qima tarkibiga ijodkor taxayyuli, uning fantaziyasiga ko‘ra asarga jalb qilingan hodisa, obraz va kechinmalar ham kiradi. “SHoir aynan hayotda shunday bo‘lganini emas, balki shunday bo‘lishi mumkinligini yozadi” (Arastu). Muallif badiiy to‘qima natijasida hosil bo‘lgan model turmushning ayni bir hodisasi emas, uning varianti bo‘lishi mumkin. Ijodkor iste’dodining yaratuvchanlik tabiatiga ko‘ra, badiiy to‘qima ijodiy tafakkur atributi bo‘lib, uning konsepsiyaga muvofiq estetik talablar asosida shakllantiriladi va bir butun poetik birlik – yaxlit badiiy asar holiga keltiriladi.
Badiiy to‘qima istilohi rus t.dan kalkalab tarj. etilgan, turk va ozarboyjon t.larida “badiiy uydurma” deb yuritiladi.
Badiiy umumlashma tasvir ob’ektining muhim jihati bo‘lib, badiiy asar uchun to‘plangan materiallarning betakror badiiy shaklda taxayyulda birlashtiri-lishi, san’atkorona qayta ishlanib, adresatga etkazish usuli. Ilmiy asar-dagi umumlashtirish usulidan farqli ravishda B.u. badiiy obraz yaratishga yo‘naltirilganligidadir. Badiiy umumlashma jarayonida barcha estetik kategoriyalar, jumla-dan, muallifning badiiy asar uchun belgilagan hayotiy materialdan tortib, mavzu, g‘oya, badiiy shakl unsurlari: syujet va kompozitsiya, badiiy nutq va uslubiy jihatlar ishtirok etadi. Bu jarayonda muallif niyati muayyan badiiy butunlikda shakllantiriladi. Badiiy umumlashma jarayonida me’yor va muvofiqlikni his qilish salohiyati muhim natija beradi.



Yüklə 160,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin