Adliya vazirl


-modda. Soliq tizimining yagonaligi prinsipi



Yüklə 134,7 Kb.
səhifə45/69
tarix21.10.2023
ölçüsü134,7 Kb.
#158556
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   69
2Umumiy-qonunchilikka-oid-100-savolla Ulugbekke-te 8s9ZiJB (3)

11-modda. Soliq tizimining yagonaligi prinsipi
Soliq tizimi O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagonadir.
O‘zbekiston Respublikasining yagona iqtisodiy makonini buzuvchi, xususan, O‘zbekiston Respublikasining hududi doirasida tovarlarning (xizmatlarning) yoki moliyaviy mablag‘larning erkin muomalada bo‘lishini bevosita yoki bilvosita cheklab qo‘yadigan soliqlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
13-modda. Soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsipi
Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlaridagi barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq to‘lovchining foydasiga talqin etiladi.


65. Jamoatchilik nazorati obyekti va subyektlari haqida malumot bering?
3-modda. Jamoatchilik nazorati subyektlari
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi), fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati subyektlaridir.
Jamoatchilik nazorati jamoatchilik kengashlari, komissiyalari va boshqa jamoatchilik tashkiliy tuzilmalari tomonidan ham qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
4-modda. Jamoatchilik nazoratining obyekti
Davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining:
qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek rivojlanish davlat, tarmoq va hududiy dasturlarida jamoatchilik manfaatlarini, jamoatchilik fikrini hisobga olishga;
fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik talablarining ijro etilishini ta’minlashga;
o‘z zimmasiga yuklatilgan, ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxldor bo‘lgan vazifalar va funksiyalarni bajarishga;
davlat xizmatlarini ko‘rsatishga;
ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni bajarishga doir faoliyati jamoatchilik nazoratining obyektidir.



Yüklə 134,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin