74-modda. Sudyalar intizomiy javobgarligining asoslari Sudya faqat tegishli sudyalar malaka hay’ati qaroriga binoan quyidagi hollarda intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin: odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzganligi uchun; sud ishini tashkil etishda beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun; sudyalik sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda sudning obro‘sini tushiradigan nojo‘ya xatti-harakat sodir etganligi uchun; Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganligi uchun. Sud qarorining bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishining o‘zi, sud qarorini chiqarishda qatnashgan sudyaning, agar u ataylab qonun buzilishiga yoki jiddiy oqibatlarga olib kelgan vijdonsizlikka yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, javobgar bo‘lishiga sabab bo‘lmaydi. Agar intizomiy jazo choralari berilganidan keyin bir yil mobaynida sudya ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etmasa, u intizomiy javobgarlikka tortilmagan deb hisoblanadi. Sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish tartibi qonun bilan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.
86. Bir taraflama bitimlar to‘g‘risida ma’lumotbering. 102-modda. Bitim turlari Bitimlar bir taraflama, ikki taraflama yoki ko‘p taraflama (shartnomalar) bo‘lishi mumkin. Bitim tuzish uchun qonunchilikka yoki taraflarning kelishuviga muvofiq bir tarafning xohishi zarur va yetarli bo‘lsa, bunday bitim bir taraflama bitim hisoblanadi. Shartnoma tuzish uchun ikki taraf (ikki taraflama bitim) yoki uch yoxud undan ko‘p taraf (ko‘p taraflama bitim) kelishib xohish bildirgan bo‘lishi kerak. 103-modda. Bir taraflama bitimlarni huquqiy tartibga solish Bir taraflama bitim uni tuzgan shaxs uchun burchlar keltirib chiqaradi. U boshqa shaxslar uchun qonun hujjatlarida yoki bu shaxslar bilan kelishuvda belgilangan hollardagina burchlar keltirib chiqarishi mumkin. Bir taraflama bitimlarga nisbatan, basharti qonunchilikka, bitimning tabiati va mohiyatiga zid bo‘lmasa, majburiyatlar va shartnomalar to‘g‘risidagi umumiy qoidalar (ushbu Kodeksning III bo‘limi) tegishincha qo‘llaniladi.