Adliya vazirl



Yüklə 134,7 Kb.
səhifə61/69
tarix21.10.2023
ölçüsü134,7 Kb.
#158556
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   69
2Umumiy-qonunchilikka-oid-100-savolla Ulugbekke-te 8s9ZiJB (3)

87. Qonun analogiyasi va huquq analogiyasi ortasidagi farq nimada?
fuqarolik qonunlari ijtimoiy hayot munosabatlarida kun sayin vujudga kelayotgan
munosabatlarni to’la o’z ichiga olgan qoidalarni bera olmaydi. Turmushda fuqarolik huquqi normalari bilan nazarda tutilmagan yangi munosabatlar ham paydo bo’lishi mumkin. Shu sababli fuqarolik huquqida analogiyaga (qiyos, o’xshatishga) yo’l qo’yiladi. O’zbekiston Respublikasi FKning 5-moddasiga asosan fuqarolik huquqiy munosabatlari qonun hujjatlari yoki taraflarning kelishuvi bilan to’g’ridan-to’g’ri tartibga solinmagan hollarda fuqarolik
qonun hujjatlarining o’xshash munosabatlarni tartibga soluvchi normasi qo’llaniladi (qonun o’xshashligi). Agar qonun o’xshashligidan foydalanish mumkin bo’lmasa, taraflarning huquq va burchlari fuqarolik qonun hujjatlarining umumiy negizlari, oqillik va adolat talablariga amal qilgan holda belgilanadi.
Yuqorida ko’rsatilgan normaga binoan o’xshatish ikki turga bo’linadi: birinchisi – qonun bo’yicha qiyoslash, ikkinchisi – huquq bo’yicha qiyoslash. O’xshash munosabatlarni tartibga soladigan qonunni tadbiq etishga qonun analogiyasi deyilsa, nizoli munosabatni qonunlarning umumiy asoslari va manosiga tayanib hal qilishga huquq analogiyasi deb ataladi. Analogiya to’g’risidagi qonun (qoida) larni tadbiq etishda quyidagilarni nazarda tutish lozim. Birinchidan, yuqorida ko’rsatilgan qoidalarga faqat mazkur masala yuzasidan tegishli qonun va
farmoyishlar bo’lmagan holdagina asoslanib ishni hal qilish mumkinligini, ikkinchidan, bunday analogiya tariqasida sud qarori faqat nizo uchun kuchda bo’lishligini va, uchinchidan, sud qonunlarining umumiy negizlari va mazmuniga quruqdan-quruq havola qilmay, balki qarorni ifodalashda sud qaysi qonunning umumiy asoslariga tayanib, o’z qarorini chiqarganligini ko’rsatish lozim.

Yüklə 134,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin