Fuqaronibedarakyo‘qolgandebtopishvauningoqibatlarihaqidama’lumot bering? Agar fuqaroning qayerdaligi haqida uning yashash joyida bir yil davomida ma’lumotlar bo‘lmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud bu fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topishi mumkin. Yo‘qolgan shaxs to‘g‘risida oxirgi ma’lumotlar olingan kunni aniqlash mumkin bo‘lmasa, bedarak yo‘qolgan deb hisoblash muddati yo‘qolgan shaxs to‘g‘risida oxirgi ma’lumotlar olingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan, bu oyni belgilash mumkin bo‘lmagan taqdirda esa —keyingi yilning birinchi yanvaridan boshlanadi. 34-modda. Fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish oqibatlari Bedarak yo‘qolgan deb topilgan fuqaroning mol-mulkini doimiy suratda boshqarib turish zarur bo‘lsa, bu mol-mulk sudning qaroriga muvofiq vasiylik va homiylik organi tomonidan belgilanadigan va ushbu organ bilan tuziladigan ishonchli boshqaruv to‘g‘risidagi shartnoma asosida ish olib boradigan shaxsga topshiriladi. Ushbu mol-mulkdan bedarak yo‘qolgan shaxs qonunga muvofiq boqishi kerak bo‘lgan fuqarolarga ta’minot beriladi va uning soliqlar va boshqa majburiyatlar bo‘yicha qarzlari to‘lanadi. Vasiylik va homiylik organi yo‘qolgan fuqaroning qayerdaligi to‘g‘risida ma’lumot olingan kundan boshlab bir yil o‘tganga qadar ham uning mol-mulkini muhofaza qiluvchi shaxsni belgilashi mumkin. Shaxsni bedarak yo‘qolgan deb topishning ushbu moddada nazarda tutilmagan oqibatlari qonun bilan belgilanadi. . Fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish haqidagi qarorning bekor qilinishi Bedarak yo‘qolgan deb topilgan fuqaro qaytib kelgan yoki uning turar joyi aniqlangan taqdirda, sud uni bedarak yo‘qolgan deb topish haqidagi qarorni bekor qiladi. Sudning qarori asosida fuqaroning mol-mulkini boshqarish bekor qilinadi.Fuqaronivafotetgandebe’lonqilishhamdavafotetgandebe’lonqilinganfuqaroqaytib kelishining oqibatlarihaqidama’lumot bering?