8. Mulkhuquqiningvujudgakelishasoslarinimadaniborat? 182-modda. Mulk huquqining vujudga kelish asoslari. Mulk huquqining vujudga kelish asoslari quyidagilardan iborat: mehnat faoliyati; mol-mulkdan foydalanish sohasidagi tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik faoliyati, shu jumladan mol-mulkni yaratish, ko‘paytirish, bitimlar asosida qo‘lga kiritish; davlat mol-mulkini xususiylashtirish; meros qilib olish; egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat; qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa asoslar.
183-modda. Mulkni yaratish va ko‘paytirish Mulk huquqi yangi mol-mulkni yaratish hamda mulkdor ixtiyoridagi mol-mulkni ko‘paytirish natijasida vujudga kelishi mumkin. Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, mol-mulkdan xo‘jalik usulida va o‘zgacha usulda foydalanish natijalari, shu jumladan mahsulot, hosil va boshqa daromadlar mulkdorga tegishli bo‘ladi. 9. Topilmamulkhuquqinivujudgakelishga asosbo‘lishimumkinmi? 192-modda. Topilma Yo‘qolgan ashyoni topib olgan shaxs bu haqda uni yo‘qotgan shaxsni yoki ashyo egasini yoxud uni olish huquqiga ega bo‘lgan o‘zga ma’lum shaxslardan birontasini darhol xabardor etishi hamda topilgan ashyoni shu shaxsga qaytarishi shart. Basharti, ashyo binoda yoki transportda topilgan bo‘lsa, u shu binoning yoki transport vositasining egasi bo‘lmish shaxsga topshirilmog‘i lozim. Topilma topshirilgan shaxs ashyoni topib olgan shaxsning huquqlarini qo‘lga kiritadi va uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.Basharti, topilgan ashyo qaytarilishini talab qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxs noma’lum bo‘lsa yoki uning manzili ma’lum bo‘lmasa, ashyoni topib olgan shaxs topilma to‘g‘risida ichki ishlar organiga, tegishli davlat organlariga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga ma’lum qilishi shart.Ashyoni topib olgan shaxs uni o‘zida saqlab turishga yoki saqlash uchun ichki ishlar organi, tegishli davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga yoxud ular ko‘rsatgan shaxsga topshirishga haqlidir.