Adliya vazirl



Yüklə 134,7 Kb.
səhifə10/69
tarix21.10.2023
ölçüsü134,7 Kb.
#158556
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69
2Umumiy-qonunchilikka-oid-100-savolla Ulugbekke-te 8s9ZiJB (3)

12. Majburiyat tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari haqida malumot bering?
234-modda. Majburiyat tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari
Majburiyat — fuqarolik huquqiy munosabati bo‘lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, pul to‘lash va hokazo yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, kreditor esa — qarzdordan o‘zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi. Majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda ushbu Kodeksda ko‘rsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi.
235-modda. Majburiyatning taraflari
Majburiyatning taraflari — kreditor yoki qarzdor sifatida bir yoki bir paytning o‘zida bir necha shaxs ishtirok etishi mumkin.
Majburiyatda qarzdor tomonida ishtirok etgan shaxslardan biriga kreditor bildirgan talablarning haqiqiy emasligi, shuningdek bunday shaxsga talab qo‘yishga doir da’vo muddati o‘tib ketganligi kreditorning qolgan shaxslarga bo‘lgan talablariga o‘zicha daxl etmaydi.Agar taraflar shartnomaga binoan bir-birlariga nisbatan majburiyatli bo‘lsa, taraflardan har biri boshqa taraf oldida uning foydasiga nima qilishi shart ekanligi jihatidan uning qarzdori va ayni bir paytning o‘zida undan nima talab qilishga huquqli ekanligi jihatidan uning kreditori hisoblanadi. Majburiyat unda taraflar sifatida qatnashmagan shaxslar (uchinchi shaxslar) uchun burchlar hosil qilmaydi. Qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan hollarda majburiyat uchinchi shaxslar uchun majburiyatning bir tarafi yoki har ikkala tarafiga nisbatan huquq vujudga keltirishi mumkin.

Yüklə 134,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin