45-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan rag‘batlantirish choralarining qo‘llanilishi Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan rag‘batlantirish choralarini qo‘llash davlat organining rahbari tomonidan yoki uning tavsiyasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan rag‘batlantirish choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi masalani hal etish chog‘ida quyidagilar e’tiborga olinadi: oy, chorak, yarim yil, yil yakunlari bo‘yicha faoliyatning eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini bajarganlik va oshirib bajarganlik;
o‘ta muhim vazifalarni bajarganlik; zimmasiga yuklatilgan vazifaning murakkabligi va muhimligi, shuningdek uning faoliyatida erishilgan yuqori natijalar; bayram kunlari, yubileylar, nishonlanadigan sanalar va pensiyaga chiqish.
27.Davlatfuqarolikxizmatchisinihuquqiyjihatdanhimoyaqilishdeganda nimanitushunasiz? 52-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisini huquqiy jihatdan himoya qilish Davlat fuqarolik xizmatchisi davlat organining qonunga xilof qarorlari, shuningdek ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi davlat organiga yoki maxsus vakolatli davlat organiga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli. Davlat organining qonunga xilof qarorlari, shuningdek ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida davlat fuqarolik xizmatchisining buzilgan, nizolashilayotgan huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Davlat fuqarolik xizmatchisiga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish bilan bog‘liq nizolar fuqarolik protsessual qonunchilik bilan belgilangan tartibda hal etiladi.