Adliya vazirl



Yüklə 134,7 Kb.
səhifə19/69
tarix21.10.2023
ölçüsü134,7 Kb.
#158556
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69
2Umumiy-qonunchilikka-oid-100-savolla Ulugbekke-te 8s9ZiJB (3)

28. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini tugatish asoslarini sanab bering.
50-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini tugatish asoslari
Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini tugatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq mehnat shartnomasining bekor qilinganligi;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan yo‘qotilganligi;
davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini davom ettirish imkoniyatini istisno etuvchi jazoga tortilganligiga doir sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi, shuningdek unga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi sudning ajrimi;
davlat fuqarolik xizmatchisining davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan yolg‘on axborot taqdim etilganligi;
davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etilganligi;
davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlarga davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan rioya etilmaganligi.
Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining tugatilganligi davlat fuqarolik xizmatchisi huquqiy maqomining yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi.


29. Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnatiga haq tolash togrisida malumot bering.
43-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnatiga haq to‘lash
Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnatiga haq to‘lash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
bazaviy lavozim maoshi;
ko‘p yillik xizmat uchun qo‘shimcha to‘lov;
malaka darajasi uchun qo‘shimcha to‘lov;
davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishganlik uchun qo‘shimcha ustama;
hisobot davri yakunlari bo‘yicha rag‘batlantirish to‘lovlari.
Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnat sharoitlari, u alohida muhim topshiriqlar va murakkab vazifalarni bajarganligi, boshqa shartlar munosabati bilan uning bazaviy lavozim maoshiga qonunchilikda belgilangan rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar to‘lanishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan to‘lovlarni hisoblash tartibi va ularning miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.

Yüklə 134,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin