Adliya vazirligi markaziy apparati hamda hududiy-fayllar.org
Yuridik ta’lim va sud ekspertiza sohasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunidan kelib chiqib ta’lim va tarbiyaning o‘xshash va farqli jihatlarini yoritib bering.
Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari nima va ularning farqi nimalardan iborat?
Ta’lim turlari va shakllari haqida ma’lumot.
Professional ta’lim to‘g‘risida ma’lumot bering.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim olish tartibini tushuntirib bering.
Ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari qaysilar va ularning qanday vakolatlari mavjud?
Ta’lim tashkilotlarini attestasiyadan va davlat akkreditasiyasidan o‘tkazish tartibi haqida ma’lumot bering.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim qanday shakllarda amalga oshiriladi?
Ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumot bering.
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun talablar va qanday hujjatlar taqdim qilinadi?
Adliya vazirlik yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, yurisprudensiya sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishni ta’minlash sohasida qanday funksiyalarni amalga oshiradi?
Oliy o‘quv yurtining bakalavriatiga qabul qilish tartibini tushuntirib bering.
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish tartibi bo‘yicha ma’lumot bering.
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qaysi ta’lim yo‘nalishlarini tamomlagan fuqarolar o‘qishga kirish uchun hujjat topshirishi mumkin?
Toshkent davlat yuridik universiteti faoliyatini tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar haqida ma’lumot bering.
Ta’limning kredit-modul tizimi deganda nimani tushunasiz.
Akademik mobillik deganda nimani tushunasiz va uni misollar yordamida yoritib bering.
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalariga akademik mustaqillik sohasida qanday qo‘shimcha vakolatlar berildi?
Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish tartibi haqida tushuntirib bering.
Ta’lim tashkilotlarining huquqiy maqomi haqida ma’lumot bering?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987- son Farmoni bilan yuridik kadrlarni tayyorlashga buyurtma shakllantirishning qanday tartibi joriy etilgan?
TDYUni “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash bo‘yicha bazaviy oliy ta’lim va ilmiy-metodik muassasasi etib belgilashning huquqiy asosi qaysi normativ-huquqiy hujjat va ushbu hujjat bilan yuridik ta’lim soxasida qanday yangiliklar joriy etilgan.
TDYU qoshidagi akademik liseyiga o‘qishga qabul qilish tartibi qanday?
Yuridik texnikumlarni faoliyatini tartibga soladigan qanady normativ- huquqiy hujjatlarni bilasiz?
Yuridik texnikumlarga o‘qishga qabul qilish tartibi qanday? Yuridik texnikumlar qaysi soha mutaxassisliklarda qadrlar tayyorlaydi?
Yuridik texnikum bitiruvchilariga “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi mavjud oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun yo‘llanma berishda qanday minimal talablar hisobga olinadi?
TDYU qoshidagi akademik liseyi bitiruvchilariga Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga kirish uchun yo‘llanma berishda qanday minimal talablar hisobga olinadi?
Kimlar yuridik texnikumlarga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi?
Yuridik texnikumlar o‘quvchilarining o‘qishni ko‘chirish tartibi haqida ma’lumot bering.
Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga kirish uchun yakka tartibda suhbat komissiya faoliyati haqida gapiring.
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi bo‘yicha gapirib bering.
Yuridik texnikumlarga o‘quv-metodik jarayonini muvofiqlashtirish, ularga amaliy va axborot-resurs jihatidan ko‘maklashish ularning faoliyatiga rahbarlik qilish va nazoratni tashkil etish hamda tashkiliy-kadrlar bazasini mustahkamlash qaysi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
TDYUning yuridik texnikumlarda o‘quv-metodik jarayonni muvofiqlashtirishning samarali mexanizmini yaratish bo‘yicha qanday funksiyalarni amalga oshiradi?
Adliya vazirligining yuridik texnikumlari reytingini aniqlash tartibi haqida gapirib bering.
TDYUning magistraturasiga qabul tartibi huquqiy asosi va tartibi haqida gapirib bering.
Yuristlar malakasini oshirish markazi qaysi normativ-huquqiy hujjatlar asosida faoliyat yuritadi?
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash deganda nimani tushunasiz?
Yuristlar malakasini oshirish markazi qanday faoliyat bilan shug‘ullanadi?
Yuristlar malakasini oshirish markazida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari qanday usullarda tashkil etiladi va qancha muddat davom etadi?
Yuristlar malakasini oshirish markazida tashkil etilgan qayta tayyorlash kurslari haqida nimalarni bilasiz?
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarini ochish tartibini gapirib bering.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi bo‘yicha oliy ta’lim tizimini rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlarini gapirib bering.
Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida ta’limning kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish tartibi to‘g‘risida gapirib bering.
Xalq ta’limi, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida yuridik fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik ma’lumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash kurslari haqida tushuntirib bering.
Adliya vazirligining yuridik texnikumlari o‘quvchilari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni o‘tash tartibini tushuntirib bering.
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga ayrim toifadagi abituriyentlarni qabul qilish tartibi qanday?
“Huquq” ta’lim sohasi uchun davlat ta’lim standarti qaysi tashkilot tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash tartibini tushuntirib bering.
O‘quv dasturi va o‘quv yuklamasi deganda nimani tushunasiz va farqi qanday?
Kadrlarni yuridik soxaga qayta tayyorlash tayyorlash faoliyati bilan qaysi tashkilotlar shug‘ullanadi va ularning huquqiy asoslari qaysilar?
Sud ekspertiza deganda nima tushuniladi?
Sud eksperti va davlat sud eksperti kim va ularning farqi?
Sud ekspertizasini o‘tkazishga nimalar asos hisoblanadi?
Fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha sud ekspertiza o‘tkazilishi mumkinmi?
Sud ekspertining xulosasi qanday hujjat?
Sud ekspertlik faoliyatining asosiy prinsplari nimalardan iborat?
Sud ekspertiga nisbatan malakaga oid qanday talablar mavjud?
Qo‘shimcha va qayta ekspertiza nima uchun tayinlanadi va qanday o‘tkaziladi?
Ekspertiza xulosasi berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risidagi hujjat qaysi holatlarda tuziladi?
Qo‘shimcha va qayta ekspertizasining bir biridan qanday farq qiladi.
Sud-ekspertlik faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari haqida ma’lumot bering?
Adliya vazirligiga sud-ekspertiza sohasida qanday vakolatlar berilgan?
Komissiyaviy va kompleks ekspertizalarni ta’riflab bering?
Ekspertiza ob’yektlari nima va qanday taqdim etiladi?
Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish deganda nimani tushunasiz?
Sud ekspertlarining huquq va majburiyatlari nimadan iborat?
Nodavlat sud ekspertiza muassasini tashkil etishga doir talablar haqida nimalarni bilasiz?
Nodavlat sud ekspertlarini qayta tayyorlash haqida nimalarni bilasiz?
Sud ekspertining mustaqilligi bo‘yicha huquqiy asos va uning oqibatlari qanday?
Davlat sud-ekspertiza muassasalari faoliyatining moliyalashtirish tartibi qanday?
Ekspert va mutaxassisning qanday farqli jihatlari mavjud?
Sud ekspertizasi qachondan boshlab tayinlangan hisoblanadi?
Davlat sud ekspertiza muassasalarining faoliyatini tashkiliy va ilmiy- uslubiy ta’minlash kim tomonidan amalga oshiriladi?
Davlat sud-ekspertiza muassasalarining sud-ekspertlik faoliyatini axborot bilan ta’minlash qanday amalga oshiriladi?
Sud-ekspertizasini amalga oshirish muddatlari qanday?
Qanday hollarda sud-ekspertizasi o‘tkazish tayinlangan muassasa yoki tashkilot rahbari sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrimni ijro etmasdan hamda sud ekspertiza o‘tkazish uchun taqdim etilgan tekshirish ob’yektlari va ish materiallarini qaytarish huquqiga ega?
Agar sud ekspertizasini o‘tkazish tayinlangan tashkilotda tekshirishlarni o‘tkazish uchun tegishli mutaxassislar yoki zarur moddiy-texnik baza yoxud maxsus sharoitlar bo‘lmasa, necha kun muddatda sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrimni ijro etmasdan qaytarish huquqiga ega?
Komissiyaviy sud-ekspertizasi qanday tarzda o‘tkaziladi.
Kompleks sud-ekspertizasi qanday tarzda o‘tkaziladi.
Sud ekspertining xulosasida nimalar aks ettiriladi?
Advokat so‘roviga ko‘ra ekspertiza o‘tkazilishi mumkinmi? Mumkin bo‘lsa tartibi qanday?
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari ekspertlarini attestasiyadan o‘tkazish tartibini aytib bering.
Sud-ekspertiza sohasida kadrlarni tayyorlash tartibi qanday?
Takroriy sud ekspertizasini o‘tkazish tartibini tushuntirib bering.
Sud ekspertlari malakasini va huquqiy bilimlarini oshirib borishi tartibi haqida tushuntirib bering.
Sud eksperti sifatida jalb etilishi mumkin bo‘lmagan shaxsalr xususida gapirib bering.
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari reytingi yuritilish tartibini tushuntirib bering.
Sud ekspertini kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikatni bekor qilish tartibini tushuntirib bering.
Ekspertizani o‘tkazish muddatlarini muddatlarini hisoblash tartibi qanday?
Ekspertiza o‘tkazishning ikki va undan ko‘p ekspertiza muassasalari tomonidan amalga oshirish tartibi qanday?
Nodavlat sud ekspertiza tashkilotlari tomonidan qaysi tadqiqot turlarini o‘tkazishga ruxsat berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-iyuldagi
PF-6256-son “O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan sud-ekspertiza soxasida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud- ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutining asosiy vazifalari va funksiyalarini aytib bering.
Sud-ekspertlik faoliyati sohasiga zamonaviy ilmiy yondashuvlarni qo‘llash orqali uning samaradorligini oshirish, ushbu sohadagi ilmiy-tadqiqot ishlarini yangi bosqichga ko‘tarish, davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza
tashkilotlariga ilmiy-uslubiy jihatdan ko‘maklashish, ularning faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirishda ishtirok etish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot qaysi va u haqida nimalarni bilasiz?
Sud ekspertiza sohasida dual ta’lim bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish tartibi haqida gapirib bering.
Ekspertiza o‘tkazish uchun yuboriladigan materiallarni rasmiylashtirish tartibini tushuntirib bering.
Sud ekspertizasini o‘tkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish tartibini tushuntirib bering.
Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi bo‘yicha anonim murojaat qilgan shaxslarning shaxsiga doir ma’lumotlarni maxsus belgilar asosida qayd etish orqali tadqiqotlarni o‘tkazish tartibini tushuntirib bering.
Qanday hollarda sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat bekor qilinadi?
Inklyuziv ta’lim nima u haqida ma’lumot bering?
Yoʻnalishi: Davlat boshqaruvi tizimini tahlil va monitoring qilish sohasi
Davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash va davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish uchun qanday elektron portallar va ma’lumotlar bazalari yaratilgan?
Idoralararo kollegial organlar deganda qaysi organlar tushuniladi va ularning faoliyatida Adliya vazirligining roli qanday?
Kollegial organlarning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Qaysi holatlarda kollegial organlarni tashkil etish taqiqlanadi?
Kollegial organlar faoliyatining natijadorligi qanday baholanadi?
Respublika davlat boshqaruvi organlari jumlasiga qaysi tuzilmalar kiradi?
Respublika davlat boshqaruvi organlarining asosiy vazifalari va funksiyalariga nimalar kiradi?
Davlat faoliyatini amalga oshirish shakli bo‘yicha davlat organlari qanday turlarga ajratiladi?
Davlat organlarining qanday belgilari mavjud?
Davlat hokimiyatining vakillik organlari qatoriga qaysi tuzilmalar kiradi?
Xo‘jalik boshqaruvi organlari deganda qanday organlar tushuniladi?
Qaysi holatda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati cheklanadi?
Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati boshlig‘ini lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod etish tartibini keltiring
Hokimiyat vakillik organlari va hokimlarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro munosabatlari qanday shakllarda olib boriladi?
Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning O‘zbekiston Respublikasi boshqa ma’muriy-hududiy tuzilmalari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan o‘zaro munosabatlari qanday shakllantiriladi?
Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari shakllanish tartibini yoriting
Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari struktura bo‘linmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish tartibini tushuntiring
Ma’muriy islohotlar konsepsiyasiga ko‘ra, vertikal boshqaruv tizimi va ijro etuvchi hokimiyat organlari hamkorligining mexanizmlarini takomillashtirish qanday elementlarga asoslanadi?
Ma’muriy islohotlar konsepsiyasiga ko‘ra, davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilishning 6 ta asosiy yo‘nalishi belgilab berildi. Ularni keltiring va sharxlab bering.
Qanday turdagi organlar tomonidan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar majburiy tarzda ochiqlanishi belgilangan?
Qanday toifadagi ma’lumotlar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Ochiq ma’lumotlar portaliga va rasmiy veb-saytlarga joylashtirib borilishi lozim?
Qanday toifadagi ma’lumotlar davlat organlari va tashkilotlari o‘z huzuridagi faoliyat yurituvchi jamoatchilik kengashlari bilan birgalikda rasmiy veb- saytlarga joylashtirib borishi lozim?
“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunga asosan, davlat organi deganda nima tushuniladi?
“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunga asosan, davlat fuqarolik xizmati tushunchasiga nima deb ta’rif berilgan?
“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunga asosan, davlat organlarining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari nimalardan iborat?
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining virtual makonda ishtirokini faollashtirish Konsepsiyasi qanday yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi?
Davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish uchun tanlov o‘tkaziladi. Tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon qanday tartibda keng ommaga ochiqlanadi?
Davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish uchun tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa qanday ma’lumotlar ko‘rsatiladi?
Davlat ijtimoiy buyurtmalarini olish uchun tanlovda ishtirok etadigan nodavlat notijorat tashkilotlari tegishli davlat boshqaruvi organiga qanday hujjatlarni taqdim etadilar?
Davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat boshqaruvi organi va tanlovda g‘olib deb topilgan nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida davlat ijtimoiy buyurtmasini amalga oshirish shartnomasi tuziladi. Shartnoma qanday tusdagi qoidalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim?
Qanday hollarda davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat boshqaruvi organi tanlovda ishtirok etgan va yuqori baho olgan keyingi ishtirokchiga shartnomani imzolashni taklif etishga haqli?
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlarining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Davlat boshqaruvi organi hay’atiga qanday vazifalar yuklanadi?
Davlat boshqaruvi organi hay’ati tarkibiga kimlar kiradi?
Davlat boshqaruvi organi hay’ati raisiga qanday vazifalar yuklanadi?
Davlat organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir jismoniy yoki yuridik shaxs so‘rovlarini davlat organlari tomonidan qabul qilish tartibini tushuntiring
Davlat organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir jismoniy yoki yuridik shaxs so‘rovlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini keltiring
Davlat organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir jismoniy yoki yuridik shaxs so‘rovlarini qayta ishlash tartibini batafsil tushuntiring
Davlat organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir jismoniy yoki yuridik shaxslarning og‘zaki so‘rovlarni qabul qilish qanday tashkillashtiriladi?
Davlat organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir jismoniy yoki yuridik shaxslar so‘rovlarining ko‘rib chiqilishini monitoring qilish tartibini keltiring
Davlat xizmatchilari o‘z kasbiy faoliyatini qanday prinsiplarga asosan amalga oshiradi?
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligining asosiy prinsiplari nimalardan iborat?
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga nimalar kiradi?
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot manbalarini keltiring
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash usullari nimalardan iborat?
Ma’muriy organlar deganda qanday organlar tushuniladi?
Parlament nazorati ob’ektlarini keltiring
Qonunchilik palatasi, Senat majlislarida hukumat a’zolarining, davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish tartibini yoriting
Qonunchilik palatasi majlislarida hukumat a’zolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitish tartibini keltiring
Senat majlislarida viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish tartibini tushuntiring
Davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining parlament so‘roviga javob berish shakllari va tartibini yoriting
Qonunchilik palatasi, Senat qo‘mitalari tomonidan davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish tartibini keltiring
Qonunchilik palatasi, Senat parlament tekshiruvini o‘tkazish uchun tegishincha Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari orasidan komissiya tuzadi. Mazkur komissiyaning parlament tekshiruvini o‘tkazishda qanday vakolatlari mavjud?
Davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan parlament nazorati natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni ko‘rib chiqish va ijro etish tartibini tushuntiring
Parlament nazorati sub’ektlari parlament nazoratini amalga oshirayotganda davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining majburiyatlari nimalardan iborat?
“Davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida”gi Qonunga asosan, davlat sherigi toifasiga qanday sub’ektlar kiradi?
Davlat-xususiy sheriklik sohasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatlariga nima kiradi?
Davlat-xususiy sherikchilik bitimidagi davlat sherigining huquqlarini keltiring
Davlat-xususiy sherikchilik bitimidagi davlat sherigining majburiyatlarini keltiring
Davlat-xususiy sheriklik loyihasini tashabbus qilishda davlat organlarining o‘rni qanday?
Davlat-xususiy sheriklik loyihalari to‘g‘risidagi qanday turdagi ma’lumotlar davlat sherigi va vakolatli davlat organi tomonidan ochiqlanishi lozim?
Davlat organlari va ular mansabdor shaxslarining qanday vakolatlari jamoatchilik nazoratining ob’ekti hisoblanadi?
Elektron hukumat tizimining davlat organlari faoliyatidagi vazifalarini keltiring
Davlat organlarining elektron hukumat sohasidagi faoliyati ochiqligi va shaffofligi hamda “bir darcha orqali” elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish prinsiplari o‘z ichiga qanday belgilarni qamrab oladi?
Davlat organlarining elektron hukumat sohasidagi vakolatlarini keltiring
Davlat organlarining ijtimoiy sheriklik sohasidagi huquqlari nimalardan iborat?
Davlat organlarining ijtimoiy sheriklik sohasida qanday majburiyatlari mavjud?
Vazirlar Mahkamasining maqomi haqida so‘zlab bering
Vazirlar Mahkamasi tizimiga maqomi bo‘yicha kimlar a’zo sifatida kiradi?
Vazirlar Mahkamasining qonunchilik tashabbusi huquqi qanday amalga oshiriladi?
Vazirlar Mahkamasi tomonidan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qilish tartibini yoritib bering
Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etishda Bosh vazirning vakolatlarini keltiring
Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etishda Hukumat a’zolarining vakolatlarini bayon eting
Vazirlar Mahkamasining apparati faoliyati haqida to‘xtaling
Vazirlar Mahkamasining Rayosati va tarkibi hamda uning majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalar to‘g‘risida so‘zlab bering
Vazirlar Mahkamasining qarorlari haqida to‘xtaling
Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari haqida so‘zlab bering?
Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan hamkorligi qanday amalga oshiriladi?
Vazirlar Mahkamasining mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi qanday amalga oshiriladi?
Vazirlar Mahkamasi faoliyatining ochiqligini ta’minlash tartibi qanday?
Vazirlar Mahkamasi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish tartibini tushuntiring
Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qiladigan hujjatlar to‘g‘risida gapirib bering
Xalq deputatlari Kengashining sessiyalarini o‘tkazish tartibini keltiring
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyati faoliyati haqida to‘xtaling
Mahalliy ijroiya hokimiyatning rahbariyati faoliyati haqida to‘xtaling
Xalq deputatlari Kengashining vakolatlariga nimalar kiradi?
Hokimning vakolatlariga qanday masalalar kiradi?
Xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishincha hududiy adliya boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlari boshliqlarining axborotini eshitish tartibini yoriting
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda
maqsadli vazifalarga erishishini baholashning qo‘shimcha mezonlari qanday hollarda qo‘shimcha ko‘rsatkichlar sifatida inobatga olinadi?
Davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyatini baholash tizimi qanday belgilarni o‘z ichiga oladi?
Davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlari faoliyatini baholash tizimi tartibini yoriting
Davlat organlari va tashkilotlari uchun professional boshqaruvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida masofaviy ta’lim texnologiyalarini joriy qilish orqali «Boshqaruv kadrlari portali» ishga tushirildi. Portalning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmalariga hokimning ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimi joriy etilgan. Hokim yordamchisining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi foydalanilishi cheklab qo‘yilgan qanday toifadagi axborot belgilangan?
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot izlashni amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs axborotdan foydalanuvchi hisoblanadi. Ularning huquqlarini keltiring
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash sohasidagi vakolatlarini yoritib bering
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar toifasiga nimalar kiradi?
Qanday tusdagi ma’lumotlar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining binolari ichida joylashtirilishi shart?
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ommaviy axborot vositalarining akkreditatsiya qilingan vakillarini o‘tkaziladigan tadbirlar to‘g‘risida oldindan xabardor qiladi, ularga o‘z kasbiga doir vazifalarini bajarishda ko‘maklashadi. Ommaviy axborot vositalarining akkreditatsiya qilingan vakillari qanday huquqlarga ega?
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rov axborotdan foydalanuvchining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida axborot taqdim etish haqida ushbu organlarga va (yoki) ularning mansabdor shaxslariga yo‘llanadigan og‘zaki yoki yozma shakldagi talabidir. Mazkur so‘rovni ko‘rib chiqish muddatlari va tartibini yoriting.
Yoʻnalishi: