Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchilik haqida ma’lumot bering.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlari hamda xalqaro aloqalari to‘g‘risida ma’lumot bering.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari qaysilar?
Nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari tushunchalariga ta’rif bering?
Nodavlat notijorat tashkilotlari qanday tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil etiladi?
Jamoat birlashmasi tushunchasiga tarif bering.
Jamoat fondi tushunchasiga tarif bering.
Muassasa tushunchasiga tarif bering.
Xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti tushunchasiga ta’rif bering?
Nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish tartibi to‘g‘risida tushuntirish bering.
Nodavlat notijorat tashkilotining ustavida nimalar nazarda tutiladi?
Qonunchilikda nodavlat notijorat tashkilotining muassislariga, qatnashchilariga (a’zolariga) qanday umumiy talablar nazarda tutilgan?
Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini tushuntiring.
Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun nima hujjatlar talab etiladi?
Bosh tashkiloti O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun nima hujjatlar talab etiladi?
Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi qanday?
Nodavlat notijorat tashkilotining ma’lumotlarini yuridik shaxslarning yagona davlat reestriga kiritish tartibi haqida tushuncha bering hamda Nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat reestrida nima ma’lumotlar aks ettiriladi?
Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish asoslarini keltirib o‘ting.
Nodavlat notijorat tashkilotini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini tushuntiring.
Nodavlat notijorat tashkilotining mol-mulkini shakllantirish manbalarini sanab o‘ting.
Nodavlat notijorat tashkilotlari qaysi davlat organlariga hisobotlar taqdim
etadi?
Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyatini to‘xtatib qo‘yish tartibi va
uning oqibatlarini tushuntiring.
Nodavlat notijorat tashkilotini tugatish tartibi haqida ma’lumot bering.
Respublika jamoat birlashmalari va boshqa jamoat birlashmalari to‘g‘risida tushuncha bering.
Jamoat birlashmalarini tuzish qanday amalga oshiriladi?
Jamoat fondi turlari haqida ma’lumot bering.
Jamoat fondi ustavida nimalar nazarda tutiladi?
Qonunchilikda jamoat fondlarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan dastlabki mablag‘larning eng kam miqdori qancha etib belgilangan?
Fondning vasiylik kengashi haqida tushuntirish hamda uning vakolatlarini sanab bering.
Fondning boshqaruvi haqida tushuntirish hamda uning vakolatlarini sanab bering.
Fondning taftish komissiyasi hamda uning tekshiruvlar o‘tkazishi tartibi haqida ma’lumot bering.
Fond faoliyatini to‘xtatib qo‘yish qanday amalga oshiriladi?
Fondni tugatish tartibi haqida ma’lumot bering.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash sanab bering.
Davlat subsidiyasi, davlat granti hamda davlat ijtimoiy buyurtmasi tushunchalariga tarif bering.
Kasaba uyushmasi, boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti, kasaba uyushmalarining birlashmasi hamda kasaba uyushmasining bo‘linmasi tushunchalariga tarif bering.
Kasaba uyushmalarini, ularning birlashmalarini, bo‘linmalarini va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarini tashkil etish tartibi haqida ma’lumot bering.
Kasaba uyushmasining, kasaba uyushmalari birlashmasining ustavida nimalar nazarda tutiladi?
Siyosiy partiya tushunchasiga tarif bering.
Siyosiy partiyalarga a’zolik haqida ma’lumot bering.
Kimlar siyosiy partiyalarga a’zo bo‘la olmaydilar?
Siyosiy partiyani tuzish tartibi qanday?
Siyosiy partiyani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun nima hujjatlar talab etiladi?
Qaysi hollarda siyosiy partiyani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etiladi?
Siyosiy partiyaning faoliyatini to‘xtatib turish va tugatish tartibi haqida ma’lumot bering?
Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish manbalarini qaysilar?
Vijdon erkinligi, missionerlik, qonunga xilof diniy faoliyat hamda prozelitizm tushunchalariga tarif bering?
Diniy tashkilotning huquq va majburiyatlari sanab o‘ting.
Diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish kim tomonidan amalga oshiriladi?
Diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?
Respublika nodavlat notijorat tashkiloti deganda qanday tashkilot tushuniladi?
Xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotining vakolatxonasi qanday tashkilot?
Xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotining filiali qanday tashkilot?
Ikkita nodavlat notijorat tashkiloti bir xil nomda ro‘yxatdan o‘tishi mumkinmi?
Nodavlat notijorat tashkiloti pochta manzili, bank rekvizitlari o‘zgargan taqdirda NNT tomonidan qanday harakatlar amalga oshiriladi?
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma yoxud ta’sis hujjatlari yo‘qolganda yoki ular yaroqsiz holga kelganda NNT tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ularning dublikatlarini olish uchun qanday hujjatlar taqdim qilinadi?
NNT ramzlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun qancha miqdorlarda yig‘im undiriladi?
Qaysi NNTlari ramzlarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazilganligi davlat boji undirilmaydi?
NNT ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxatini keltirib o‘ting.
Qaysi hollarda NNT ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etiladi?
NNT ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlarni ko‘rib chiqish tartibi haqida ma’lumot bering.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramog‘idagi oila a’zolarini akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun qancha miqdorda yig‘im undiriladi?
NNTning chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaga qaysi hujjatlar ilova qilinadi?
Adliya vazirligi tomonidan NNTning chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?
Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan akkreditatsiya kartochkasi o‘rniga yangi akkreditatsiya kartochkasini olish uchun Adliya vazirligiga NNT tomonidan qaysi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beriladi?
Akkreditatsiya kartochkasi egasi, O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishining maqomidan qat’i nazar, nimalarga majbur hisoblanadi?
Nodavlat notijorat tashkilotini tugatish qanday tartibda amalga oshiriladi?
NNTni ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qarorda nimalar ko‘rsatiladi?
NNTni tugatish komissiyasi tarkibiga kimlar kiritiladi?
NNTni tugatish komissiyasining vakolatlarini sanang.
Tugatish komissiyasining vakolatlari qaysi holatlarda to‘xtatiladi?
Tugatish komissiyasi NNT tugatilganligi to‘g‘risida yuridik shaxslarning yagona davlat reestriga yozuv kiritish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga qaysi hujjatlarni taqdim etadi?
Qaysi holatlarda NNT tugatilganligi to‘g‘risida yuridik shaxslarning yagona davlat reestriga yozuv kiritish ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan rad etiladi?
Nodavlat notijorat tashkilotlarini majburiy tugatish tartibi haqida tushuntirish bering.
Qaysilar nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida o‘rganishlarni o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida o‘rganishlarni tashkil qilish tartibi yuzasidan tushuntirish bering.
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh o‘rganishni amalga oshirishdagi huquqlarini sanab o‘ting.
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh o‘rganishni amalga oshirishdagi majburiyatlarini sanab o‘ting.
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh rahbari o‘rganish o‘tkazish davomida bajarishi shart bo‘lgan vazifalarni sanab o‘ting.
Faoliyatida o‘rganish o‘tkazilayotgan NNTning huquqlarini sanab o‘ting.
Faoliyatida o‘rganish o‘tkazilayotgan NNTning majburiyatlari to‘g‘risida ma’lumot bering.
NNT faoliyatida o‘rganish ma’lumotnomasini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida ma’lumot bering.
Adliya organining mas’ul xodimi NNT tomonidan o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etish natijalari bo‘yicha ma’lumotnoma tuzishi lozim. Mazkur ma’lumotnomada nimalar nazarda tutiladi?
Adliya organi rahbari monitoring qilish yoki o‘rganish o‘tkazish va tadbirda ishtirok etish natijalariga ko‘ra besh ish kuni ichida aniqlangan qonunbuzilish holatlaridan kelib chiqib, belgilangan tartibdagi ta’sir choralarini ko‘radi. Ular qaysilar?
Qaysi holatlarda nodavlat notijorat tashkilotga chet ellik shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk ajratilishi adliya organlari bilan kelishish talab etilmaydi?
Qaysi holatlarda nodavlat notijorat tashkilot tomonidan chet ellik shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish rad etiladi?
Nodavlat notijorat tashkilotlari tegishli adliya organini o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida qancha muddatlarda xabardor qilishi kerak?
Nodavlat notijorat tashkiloti qaysi tadbirlarni o‘tkazilishini rejalashtirgan hollarda tadbir o‘tkazilishidan kamida 3 ish kuni oldin tegishli adliya organiga xat yuboradi?
Qaysi holatlar adliya organi tomonidan Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlarini o‘tkazishni taqiqlash uchun asos bo‘ladi?
Yoʻnalishi: