Adliya vazirligi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar uchun o‘tkaziladigan
(ichki va tashqi) tanlovning suhbat bosqichi uchun
umumiy qonunchilikka oid tahminiy
SAVOLLAR RO‘YXATI
Yo‘nalishi:
Vazirlik tizimidagi mutaxassis va boshqaruv xodimlar uchun
1. Fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari qaysilar?
2. Fuqarolik qonunchiligida belgilangan zararni qoplash tushunchasiga tarif
bering?
3. Fuqarolarning huquq layoqati deganda nimani tushunasiz?
4. Fuqarolarning muomala layoqati deganda nimani tushunasiz?
5. Yakka tartibdagi tadbirkorning va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini
yo‘qotgan jismoniy shaxslarning bankrot bo‘lish asoslari haqida ma’lumot bering?
6. Emansipatsiya instituti haqida ma’lumot bering?
7. Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish hamda fuqaroning muomala
layoqatini cheklash tushunchalari hamda ushbu tushunchalarning bir-biridan
farqlarini izohlab bering?
8. Fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish va uning oqibatlari haqida
ma’lumot bering?
9. Fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish hamda vafot etgan deb e’lon qilingan
fuqaro qaytib kelishining oqibatlari haqida ma’lumot bering?
10. Davlat tomonidan qayd etilishi lozim bo‘lgan fuqarolik holati hujjatlari
hamda ularni amalga oshirilishi haqida ma’lumot bering?
11. Yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari deganda nimani tushunasiz?
12. Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli haqida ma’lumot bering?
13. Yuridik shaxslarning vakolatxonalar va filiallar nima va ular qanday
asoslarda faoliyat olib boradi?
14. Yuridik shaxsni qayta tashkil etish tartibini tushuntirib bering.
15. Yuridik shaxsni qayta tashkil etishda topshirish hujjati va taqsimlash
balansi deganda nimani tushunasiz.
16. Muassasa deganda nimani tushunasiz hamda muassasa mol-mulkini
tasarruf etish tartiblarini tushuntirib bering?
17. Yuridik shaxslar birlashmalari haqida ma’lumot bering ?
18. Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qanday tartibda ishtirok
etadi?
19. Ashyolar fuqarolik huquqlarining obyektlari sifatida qanday tasniflari
mavjud ?
20. Shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlari deganda
nimani tushunasiz?
21. Fuqarolik qonunchiligi asosan shartli bitimlar tushunchasiga ta’rif bering?
22. Bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik oqibatlari haqida
ma’lumot bering?
23. Bitimning notarial shakliga va uni ro‘yxatdan o‘tkazish talabiga rioya
qilmaslikning oqibatlari haqida ma’lumot bering?
24. Ishonchnomaning bekor bo‘lishi asoslari nimalardan iborat?
25. Da’vo muddati tushunchasi, umumiy va maxsus da’vo muddatlar hamda
da’vo muddatlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi bitimning haqiqiy sanalmasligi haqida
ma’lumot bering?
26. O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut)
huquqi deganda nimani tushunasiz?
27. Mulk huquqining vujudga kelish asoslari nimadan iborat? Topilma mulk
huquqini vujudga kelishga asos bo‘lishi mumkinmi?
28. Topilma bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash va ashyoni topib olgan shaxsni
taqdirlash haqida ma’lumot bering?
29. Natsionalizatsiya, rekvizitsiya va musodara tushunchalarini tushuntirib
bering?
30. Respublika va munitsipal mulk deganda nimani tushunasiz?
31. Vindikatsiya nima va mol-mulkni insofli egallovchidan talab qilib olish
asoslari so‘zlab bering?
32. Majburiyat tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari haqida ma’lumot
bering?
33. Majburiyatni bajarishni uchinchi shaxs zimmasiga yuklash deganda
nimani tushunasiz?
34. Majburiyatning bajarilishi usullarini sanab bering.
35. Neustoyka tushunchasi hamda uning shakllari haqida ma’lumot bering.
36. Garov tushunchasi, uning vujudga kelish asoslari va turlari haqida
ma’lumot bering?
37. Kafillik shartnomasi nima, kafilning javobgarligi to‘g‘risida ma’lumot
bering?
38. Shartnoma tushunchasi, shartnoma tuzish erkinligi deganda nimani
tushunasiz?
39. Ommaviy shartnoma haqida ma’lumot bering?
40. Dastlabki shartnoma tushunchasi haqida ma’lumot bering?
41. Kimoshdi savdosida shartnoma tuzish to‘g‘risida ma’lumot bering?
42. Kimoshdi savdosini tashkil etish va uni o‘tkazish tartibi haqida ma’lumot
bering?
43. Vaziyat jiddiy o‘zgarishi munosabati bilan shartnomani o‘zgartirish va
bekor qilish mumkinmi, ushbu holat haqida batafsil ma’lumot bering?
44. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish hamda shartnomani haqiqiy emas
deb topish haqida ma’lumot bering, ularning bir-biridan farqini aytib bering?
45. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining
fuqaroligini tan olish tartibini tushuntirib bering?
46. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olish qanday asoslarda amalga
oshiriladi?
47. O‘zbekiston Respublikasida fuqarolikni tug‘ilganlik bo‘yicha olish
asoslari haqida ma’lumot bering?
48. Bola farzandlikka olinganda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi
hamda bola farzandlikka olingan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini
saqlab qolishi asoslarini tushuntirib bering?
49. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilish
asoslari haqida ma’lumot bering?
50.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda
qabul qilish haqida ma’lumot bering?
51. Ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan
taqdirda bolaning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi mumkinmi, ushbu
holatni batafsil yoritib bering?
52. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari
komissiyasi va uning vazifalari haqida ma’lumot bering?
53. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid qarorlarni ijro
etuvchi organlarni aytib bering?
54. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni rejalashtirish
deganda nimani tushunasiz?
55. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi
oʻtkazish haqida ma’lumot bering?
56. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishish tartibi haqida ma’lumot
bering?
57. Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining monitoringi va nazorati deganda
nimani tushunasiz?
58. Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy sharhlash haqida ma’lumot bering?
59. Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish
deganda nimani tushunasiz?
60. Normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirishi deganda nimani
tushunasiz?
61. Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunnining qo‘llanish sohasi
haqida ma’lumot bering?
62. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat fuqarolik
xizmati sohasidagi vakolatlari haqida ma’lumot bering?
63. Maxsus vakolatli davlat organining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi
vakolatlari haqida ma’lumot bering?
64. Davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini uzluksiz
ravishda oshirish haqida ma’lumot bering?
65. Davlat fuqarolik xizmati tizimi haqida maʼlumot bering?
66. Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnat va ijtimoiy ta’tillari haqida
maʼlumot bering?
67. Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi haqida maʼlumot bering?
68. Davlat fuqarolik xizmatchisining intizomiy javobgarligi haqida maʼlumot
bering?
69. Davlat fuqarolik xizmatchisi va uning huquqlari haqida maʼlumot bering?
70. Davlat fuqarolik xizmatchisining majburiyatlari haqida maʼlumot bering?
71. Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar deganda nimani
tushunasiz?
72. Davlat fuqarolik xizmatida sovg‘alarga nisbatan munosabatda bo‘lish
shartlari haqida ma’lumot bering?
73. Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri deganda nimani
tushunasiz?
74. Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi monitoringi haqida ma’lumot bering?
75. Davlat fuqarolik xizmatchisini rag‘batlantirish haqida ma’lumot bering.
76. Davlat fuqarolik xizmatchisini huquqiy jihatdan himoya qilish deganda
nimani tushunasiz?
77. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini tugatish asoslarini sanab bering?
78. Davlat fuqarolik xizmatida xizmat tekshiruvi tushunchasini yoritib
bering?
79. Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida
ma’lumot bering?
80. Qanday murojaatlar anonim murojaat deyiladi?
81. Murojaatlarga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?
82. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tartibi
haqida ma’lumot bering?
83. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalarining va Virtual
qabulxonasining asosiy vazifalari haqida ma’lumot bering?
84. Murojaatlarning shakllari va turlarini tahlil qiling?
85. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalarining huquq va
majburiyatlari nimalardan iborat?
86. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan murojaat etish huquqini amalga
oshirish kafolatlari haqida ma’lumot bering?
87. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan murojaatlarni berish tartibi haqida
ma’lumot bering.
88. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan murojaatlarni berish muddatlari
haqida ma’lumot bering?
89. Murojaatlar bo‘yicha ish yuritish tartibini yoriting?
90. Murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida ma’lumot bering?
91. Murojaat etuvchini eshitish deganda nimani tushunasiz?
92. Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari haqida ma’lumot bering?
93. Murojaatga berilgan javobni tuzatish qanday tartibda amalga oshiriladi?
94. Murojaatlarni ko‘rib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari
nimalardan iborat?
95. Murojaatlarning ko‘rib chiqilishini monitoring va nazorat qilish deganda
nimani tushunasiz?
96. Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish haqida ma’lumot berish?
97. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilik
yuzasidan moddiy zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya
qilish haqida ma’lumot bering?
98. Murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
asoslarni bayon qiling?
99. Shaxsiy huquq va erkinliklar sirasiga qaysilar kiradi, ular haqida batafsil
ma’lumot bering?
100. Siyosiy huquqlar deganda nimani tushunasiz?
101. Konstitutsiyada belgilangan iqtisodiy huquqlar haqida ma’lumot bering?
102. Konstitutsiyada belgilangan ijtimoiy huquqlar haqida ma’lumot bering?
103. Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari deganda nimani
tushunasiz?
104. Konstitutsiyada belgilangan fuqarolarning burchlari haqida ma’lumot
bering?
105. Jamoat birlashmasi tushunchasi, tuzilishi va faoliyatining qoidalari
haqida ma’lumot bering?
106. Jamoat fondi tushunchasi va turlari haqida ma’lumot bering?
107. Jamoat birlashmalarini tarqatib yuborish, ular faoliyatini taqiqlab yoki
cheklab qo‘yish mumkinmi? Siyosiy partiyalar o‘z faoliyatlarini moliyaviy
ta’minlanish manbalari yuzasidan kimning oldida hisobdordir?
108. Konstitutsiyaning 63-moddasida nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va
teng huquqliligiga asoslanishi belgilangan. Oilaviy munosabatlarda ayol va
erkakning teng huquqliligi deganda nimani tushunasiz?
109. Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilish deganda nimani
tushunasiz?
110. Konstitutsiyaning 67-moddasiga asosan, ommaviy axborot vositalari
erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ommaviy axborot vositalarining erkinligi
deganda nimani tushunasiz?
111. Konstitutsiyaning 67-moddasiga asosan, senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi.
Senzura deganda nimani tushunasiz?
112. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalari
bo‘yicha komissiyalar faoliyati haqida ma’lumot bering?
113. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi shakllantirish tartibi haqida
ma’lumot bering?
114. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va
Senatining birgalikdagi vakolatlari nimalardan iborat?
115. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlari
nimalardan iborat?
116. Qaysi subyektlar qonunchilik tashabbusi huquqiga ega hamda
qonunchilik tashabbusi huquqi qanday amalga oshiriladi?
117. Konstitutsiyaga muvofiq qonun qabul qilish tartibi haqida ma’lumot
bering?
118. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimiga qo‘yilgan talablar
haqida ma’lumot bering?
119. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati
tarqatib yuborilish instituti haqida ma’lumot bering?
120. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining asosiy vakolatlari
nimalardan iborat?
121. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining asosiy vazifalari
nimalardan iborat?
122. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimi nomzodni taklif qilish
hamda tasdiqlash jarayonini yoritib bering?
123. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga tayanib mahalliy hokimiyat
organlari vakolatlari haqida ma’lumot bering?
124. O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi haqida ma’lumot bering?
125. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi vakolatlari nimalardan
iborat?
126. Referendum nima, qanday masalalar Referendum predmeti bo‘la
olmaydi?
127. O‘zbekistonda saylov tizimining konstitusiyaviy-huquqiy asoslari haqida
gapiring?
128. O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda
bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ tizimi haqida ma’lumot
bering?
129. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish
tartibi haqida ma’lumot bering?
130. Markaziy bank uchun taqiqlangan faoliyat turlari nimalardan iborat?
131. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining huquqiy maqomi haqida
ma’lumot bering?
132. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish huquqi deganda nima tushunasiz?
133. Soliq tizimining yagonaligi hamda Soliq to‘lovchining haqligi
prezumpsiyasi prinsiplari haqida ma’lumot bering?
134. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining budjet sohasidagi
vakolatlari nimalardan iborat?
135. Jamoatchilik nazorati obyekti va subyektlari haqida ma’lumot bering?
136. Jamoatchilik nazoratining shakllari haqida ma’lumot bering?
137. Jamoatchilik muhokamasi deganda nimani tushunasiz?
138. Jamoatchilik eshituvi deganda nimani tushunasiz?
139. Jamoatchilik ekspertizasi deganda nimani tushunasiz?
140. Jamoatchilik monitoringi deganda nimani tushunasiz?
141. Jamoatchilik nazorati subyektlarining huquq va majburiyatlari haqida
ma’lumot bering?
142. Jamoatchilik fikrini o‘rganish deganda nimani tushunasiz?
143. Jamoatchilik nazoratining natijalari deganda nimani tushunasiz?
144. Elektron hujjat deganda nimani tushunasiz, elektron hujjatning
rekvizitlari haqida ma’lumot bering?
145. O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlar sudloviga taalluqli ishlar haqida
ma’lumot bering?
146.
Qaysi hollarda sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatiladi?
147. Sudyalik lavozimiga nomzodga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat,
kimlar sudyalik lavozimiga nomzod bo‘lishi mumkin emas?
148. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish tartibi
haqida ma’lumot bering?
149. Saylov komissiyalari tizimi haqida ma’lumot bering?
150. Saylov qonunchiligida saylov natijalarini belgilash tartibi qanday?
151. Saylov natijalarini e’lon qilish (hammaga ma’lum qilish) haqida
ma’lumot bering.
152. Parlament nazorati shakllari haqida ma’lumot bering.
153. “Hukumat soati” deganda nimani tushunasiz?
154. Mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
nimalardan iborat?
155. Saylov kodeksiga binoan, nomzodning ishonchli vakillari faoliyatining
huquqiy asoslari haqida ma’lumot bering?
156. Sudyalar intizomiy javobgarligining asoslari qanday?
157. Nomoddiy ne’matlar haqida ma’lumot bering?
158. Bir taraflama bitimlar to‘g‘risida ma’lumot bering?
159. Qonun analogiyasi va huquq analogiyasi o‘rtasidagi farq nimada?
160. Takroriy saylovni o‘tkazish asoslari va tartibi haqida ma’lumot bering.
161. Fuqarolik qonunchiligi tayanib xazina to‘g‘risida ma’lumot bering?
162.
Bosh
vazirga
nisbatan
ishonchsizlik
votumi
bildirishning
Konstitutsiyaviy asoslari haqida ma’lumot bering?
163. Imtiyozli sotib olish huquqi deganda nimani tushunasiz?
164. Reklamaga doir asosiy talablar nimalardan iborat?
165. Parlament nazorati natijalari haqida ma’lumot bering?
166. Xalq deputatlari Kengashi va hokim faoliyatining qonuniyligini nazorat
qilish qanday tartibda amalga oshiriladi?
167. Davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
tomonidan yetkazilgan zararni to‘lash tartibini yoritib bering?
168. Soliq qonunchiligiga muvofiq, doimiy muassasa deganda nimani
tushunasiz?
169. Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati haqida yoritib bering?
170. Tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat tomonidan rag‘batlantirilishi
qanday amalga oshilishi mumkin?
171. Kichik tadbirkorlik subyektlari haqida ma’lumot bering?
172. Jazo chorasi sifatida majburiy jamoat ishlari deganda nimani tushunasiz?
173. Bandlik deganda nimani tushunasiz? Qanday fuqarolar band deb
hisoblanadi?
174. Aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
nimalardan iborat?
175. Mahalliy mehnat organlarining aholi bandligi sohasidagi vakolatlari
haqida ma’lumot bering?
176. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligi bilan qaysi
munosabatlar tartibga solinadi?
177. Yuridik shaxslarning tugatilishi toʻgʻrisida ma’lumot berig?
178. Atrof-muhit monitoringi deganda nimani tushunasiz?
179. Tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilikni buzganlik uchun
javobgarlik masalasi haqida ma’lumot bering.
180. Ijtimoiy soliq deganda nimani tushunasiz?
181. Har kim axborot olishni so‘rab bevosita o‘zi yoxud qonuniy vakillari
orqali murojaat etish huquqiga ega. So‘rovning shakllari va uni qarab chiqish
muddatlari haqida ma’lumot bering?
182. Metsenatlik (metsenatlik faoliyati) hamda metsenatlik ko‘magi deganda
nimani tushunasiz?
183. Madaniy meros obyektlarini davlat tomonidan muhofaza qilishda qanday
chora-tadbirlarni amalga oshiradi?
184. Referendum tayinlash huquqiga kim ega, shu haqida ma’lumot bering.
185. Referendum o‘tkazishning asosiy prinsiplar nimalardan iborat?
186. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining huquqiy maqomi haqida
ma’lumot bering.
187. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishdagi ochiqlik va
oshkoralik deganda nimani tushunasiz?
188. O‘zbekiston Respublikasida saylov o‘tkazishning asosiy prinsiplari
nimalardan iborat?
189. Saylov qonunchiligiga muvofiq, Senatni shakllantirish asoslari haqida
ma’lumot bering.
190. Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish haqida ma’lumot bering.
191. Hisob palatasi mansabdor shaxslarining faoliyatidagi cheklovlar
nimalardan iborat?
192. Bojxona maqsadlari deganda nimani tushunasiz?
193. Oʻzbekiston xalqi nomidan kimlar ish olib borishi mumkin?
194. Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari nima uchun tuziladi?
195. Mudofaa tushunchasi haqida ma’lumot bering?
196. Tuman (shahar) adliya boʻlimlarining asosiy vazifalarini ayting.
197. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari
nimalardan iborat?
198.
Saylov okruglarini tuzish haqida ma’lumot bering.
199. Vatandosh deganda nimani tushunasiz? Fuqaroligni olishda
vatandoshlarga nisbatan qanday imtiyoz berilgan?
200. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat?
201. Davlat organining vakolatiga kirmaydigan murojaatlarni ko‘rib chiqish
tartibini tushuntirib bering?
Dostları ilə paylaş: |