Masofaviy ta’lim texnologiyalari. Masofaviy o’qitish - eng yaxshi an’anaviy va innovatsion metodlar, o’qitish vositalari va shakllarini o’z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi ta’lim singari axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarita asoslangan ta’lim shaklidir.
Masofaviy o’qish - bu yangi axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya texnologiyalari va texnik vositalariga asoslangan ta’lim tizimidir. U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida o’quv shart-sharoitlari va o’qituvchi bilan muloqotni ta’minlab berib, o’quvchidan ko’proq mustaqil ravishda shug’ullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda o’qish jarayoni ta’lim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda bo’lishiga bog’lik emas.
Masofaviy ta’lim — masofadan turib o’quv axborotlarini almashuvchi vositalarga asoslangan, o’qituvchi maxsus axborot muhit yordamida, aholining barcha qatlamlari va chet ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim xizmatlarini ko’rsatuvchi ta’lim kompleksidir. Demak masofaviy o’qitish masofaviy ta’lim kompleksidagi jarayon ekan. Masofaviy o’qitishning va masofaviy ta’limning o’ziga xos xususiyatlari, pedagogik tizimi, zarurligi va maqsadi mavjud. Masofaviy ta‘limning tarkibiy qisimlari
O’qituvchi O’quvchi Kommunikatsiya Masofaviy ta‘lim vositasida o‘quvchi uchun qulay bo‘lgan joyda individual jadval asosida maxsus imkoniyatlar, telefon, elektron aloqa va boshqa ta’lim vositalari yordamida bir maqsadga qaratilgan nazorat qilish mumkin bo‘lgan ta’lim jarayoni tashkil etiladi.Yuqoridagilarga asoslanib, ta’lim jarayonida ayni vaqtda qayta-qayta tilga olinayottan ayrim terminlar tavsifi va ta’riflarni keltirib o’tamiz.
Masofaviy ta’lim- masofaviy o’qitishga asoslangan ta’lim.
Masofaviy o’qitish - o’zaro ma’lum bir masofada Internet texnologiya yoki boshqa interaktiv usullar va barcha o’quv jarayonlari komponentlari — maqsad, mazmun, metod, tashkiliy shakllar va o’qitish usullariga asoslangan talaba va o’qituvchi o’rtasidagi munosabat.