Jamiyat taraqqiyotida informasiyalashtirish va kompyuterlashtirishning roli. Ta‘lim tizimini axborotlashtirish, uni jahon axborot tarmog‗iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog‗i bilan to‗liq ta‘minlash, o‗quv jarayoniga axborotkommunikatsiya va internet texnologiyalarini keng joriy etish bo‗yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu yo‗nalishda quyidagilar asosiy vazifalar sifatida belgilab qo‗yilgan: - ta‘lim jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalar, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz umumiy o‗rta ta‘lim muassasalarida o‗qitish sifatini tubdan yaxshilash; - ta‘lim muassasalarining o‗quv-laboratoriya bazasini zamonaviy turdagi o‗quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash; - zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli va keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda internet tizimini yanada rivojlantirish, ularni har bir oila hayotiga joriy etish va keng o‗zlashtirish.
Jamiyatni axborotlashtirish deganda nimani tushunasiz?
Axborot zaxiralari – alohida hujjat, hujjatlar to'plami hamda axborot tizimlari (kutubxona, arxiv, fond, ma’lumotlar banklari, turli axborot tizimlari)dagi hujjatlar to'plamidir. Jаmiyatni ахbоrоtlаshtirish – yuridik vа jismоniy shахslаrning ахbоrоtgа bo’lgаn ehtiyojlаrini qоndirish uchun ахbоrоt rеsurslаri, ахbоrоt tехnоlоgiyalаri hаmdа ахbоrоt tizimlаridаn fоydаlаngаn hоldа shаrоit yarаtishning tаshkiliy ijtimоiy iqtisоdiy vа ilmiy – tехnikаviy jаrаyonidir.
Jаmiyatni ахbоrоtlаshtirish jаrаyoni quyidаgi qаtоr muаmmоlаrning hаl etilishini tаlаb etаdi: 1. Hisоblаsh tехnikаsi vоsitаlаrini jаmiyat fаоliyatining bаrchа tаrmоqlаrigа tаdbiq qilish. 2. Jаmiyat а’zоlаrini hisоblаsh tехnikаsi vоsitаlаridаn sаmаrаli fоydаlаnishgа o’rgаtish. 3. Jаmiyat а’zоlаrining turli xil ehtiyojlаrini qоndirishdа ахbоrоt rеsurslаridаn to’lа vа sаmаrаli fоydаlаnishlаrini tа’minlаsh. Jamiyatni axborotlashtirishda axborot zaxiralari muhim rol o’ynaydi. Uni talqin etish va muhokama qilish axborotlashgan jamiyatga o’tish davri haqida gap borgan davrdan davom etib keladi. Bu masala bo’yicha ko’plab nashrlar e’lon qilingan, ularda turli fikrlar, tushunchalar o’z aksini topgan. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni ma’lumotlarning ulkan oqimida axborotlarni ko’rib chiqish, tahlil etish va oqilona foydalanishni ko'zda tutadi. Axborotlarni tanlash ancha mehnat talab qiladigan, ya’ni qimmat turadigan jarayondir. Hozirgi kunda axborot resurslari murakkab va ko'pqirrali obyekt sifatida namoyon bo’lib, uni quyidagi parametrlar bilan izohlash mumkin: · axborotlarning mazmuni; · axborotga bo’lgan mulkchilik shakli: jamoatchilik mulki, davlat mulki, jamoa tashkilotlari mulki, yuridik shaxs mulki, jismoniy shaxs mulki; · axborotlarga kirish imkoniyatlari: ochiq, yopiq, maxfiy, tijorat siri, xizmat siri, kasbiy sir;