Paint.NET — NET Framework platformasi asosida Windows NT operatsion tizimi uchun
yaratilgan rastrli grafik muharrir. Paint.NET dasturi Microsoft kompaniyasi yetakchiligida
Vashington Universitetining bir guruh talabalari tomonidan ishlab chiqilgan loyihadir.
Uning dastlabki versiyasi 2004-yilda yozilgan va 1.0 deb nom olgan. Keyinchalik uning 1.1, 1.2 va
boshqa versiyalari ham yaratildi.
U Windows operatsion tizimining standart dasturidagi Paint grafik muharririning ajoyib
o‘rinbosari hisoblanib, quyidagi imkoniyatlari bilan undan ustun turadi:
• dastur qo‘llanilishi va tarqatilishining bepulligi;
• ikki va to‘rt yadroli mikroprotsessorlar uchun optimallashtirilganligi;
• Photoshop dasturiga o‘xshash interfeysga egaligi;
• bir vaqtning o‘zida bir necha hujjat bilan ishlay olish imkoniyatiga egaligi;
• qatlamlar bilan ishlashni amalga oshira olishi;
• unda ishlash jarayonining qulayligi.
PAINT.NET dasturi va uning imkoniyatlari
Paint.NET dasturi kompyuterga o‘rnatilgandan so‘ng, ko‘pgina dasturlar kabi ish stolida
uning yorlig‘i (dasturning grafik belgisi) aks etib turadi.
Dastur, odatdagidek,
пуск Панель управления
языкирегиональные
yoki
orqali ishga tushiriladi va «Всепрограммы»
ro‘yxatidan Paint.NET. tanlanadi.
Paint.NET dasturini ishga tushirish
Kompyuter texnikasi va yangi texnologiyalarning kundan-kunga takomillashib borishi
rassomlik, san’at, dizayn, arxitektura sohalarida ham yangi imkoniyatlarni yaratdi va buning
natijasida “Kompyuter grafikasi” deb nomlangan tizim vujudga keldi.
Kompyuter grafikasi — kompyuter texnologiyalarining bir qismi, grafik tasvirlarni
yaratish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan maxsus dastur va vositalar tizimi.
Ularga: Paint, Paint.Net, TuxPaint kabi dasturlar misol bo‘la oladi va ular umumiy
nom bilan grafik muharirlar deb yuritiladi. Ular o‘zining oddiyligi va qulayligi bilan kichik
yoshdagi foydalanuvchilar uchun ham ajoyib ilova hisoblanadi.