Adobe Illustrator


Ishchi dasturlar va ularning turlari, vazifalari



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə97/144
tarix14.05.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#113286
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   144
Adobe Illustrator

Ishchi dasturlar va ularning turlari, vazifalari. Utilita-dasturlar bu operatsion tizimni imkoniyatlarini kuchaytiruvchi dasturlar. 

Masalan: disklar ustidan har xil amallarni bajaruvchi dasturlar, kompyuter ishini 
tezlashtiruvchi dasturlar, ma’lumotlar hajmini o‘zgaruvchi dasturlar, viruslarni 
aniqlovchi dasturlar va hokazo. Masalan, qattiq disk (vinchester) bilan turli ishlarni
amalga oshirish uchun maxsus dasturlar zarur. 
Vinchesterni bo‘laklarga bo‘lish, uning ma‘lum bo‘laklarini parol bilan 
himoyalash uchun Disk Manager deb ataluvchi dastur ishlatiladi. 
Diskning holatini tekshirish uchun esa NDD (Norton disk doctor) dasturi 
ishlatiladi. Bu dastur yordamida disk segmentlari tekshirilib, undagi xatoliklar topiladi 
va bartaraf etiladi. 
Diskdagi ma‘lumotlarni optimizatsiya qilish, ya‘ni bir tartib bilan joylashtirib 
chiqishga xizmat qiluvchi SD (Speed Disk) dasturi mavjuddir. Uning yordamida 
diskdagi ma‘lumotlar tartibga keltiriladi, bu esa diskdagi ma‘lumotlarga murojaat 
qilishni yengillashtirib, kompyuter ishini tezlatadi. 
Yuqorida sanab o‘tilgan dasturlarni ishlatish qulay bo‘lib, dialog darchasida hosil 
bo‘ladigan menyu punktlaridan mosini tanlash va ishlatishdan iboratdir. Utilitlar 
guruhlarga birlashtirilib, ularning eng ko‘p ishlatiladiganlari 
Norton Utilities
, PC Tools 
Deluxe, Mace Utilities lar bo‘lib hisoblanadi. Utilitlarni quyidagi tartibda guruhlarga 
bo‘lib chiqish mumkin: 
• Siqadigan dasturlar maxsus usullarni qo‘llagan holda ma‘lumotlarni siqilgan 
holda joylashtirib, ularning arxiv nusxalarini hosil qilishga yordam beradilar. Masalan, 
PKZIP, PKUNZIP va ARJ dasturlari bularga misol bo‘la oladi. 
• Disklardagi ma‘lumotlarning rezerv nusxalarini hosil qiladigan dasturlar qattiq 
u1076 diskka yozilgan ma‘lumotlarni tezlik bilan disketlarga yoki strimmerlarga 
nusxalash uchun yordam beradilar. Masalan, Norton Backup, Fast Back Plus. 
• Antivirus dasturlari, ular xilma-xil turdagi viruslarga qarshi samarali kurashish 
uchun xizmat qiladilar. 
• Kommunikatsion dasturlar kompyuterlararo ma‘lumotlarni almashinish uchun 
ishlatiladilar. Masalan, Brooklin Bridge, DeskLink, LapLink, Fast Link. Telemate, 
Procomm, Dataline dasturlari kompyuterlarning telefon kanallari orqali muloqot 
qilinishiga yordam bersa, WinFax Pro, Bit Fax, Fax It dasturlari telefon ma‘lumotlarini 
faks modem orqali uzatish imkoniyatini yaratadilar. 
• Kompyuterni diagnostika qilish dasturlari uning konfiguratsiyasini va ishga 
layoqatliligini tekshirishga imkon beradi. Masalan, Cheeck It, ND lags, Control Room, 
System Sleuth dasturlarini shu dasturlar turkumiga kiritish mumkin. Disklarni tekshirish 
uchun Disk Technician Advance, Calibrate dasturlari qo‘llanilishi mumkin. 
• Disk uchun mo‘ljallanilgan dastur-kesh diskdan ma‘lumot o‘qishni ancha 
tezlashtirishga imkon beradi, chunki ushbu holda operativ xotirada diskning tez-tez 
ishlatilib turadigan bo‘laklarini o‘z ichiga olgan kesh-bufer hosil qilinadi. 
Masalan, 
Smart Drive
, NKache, Super PC Kwik. 
• Disklarni optimizatsiya qilish dasturlari disklarda saqlanadigan ma‘lumotlar 
hajmini ancha oshirishga va ma‘lumotlarni tezroq topishga yordam beradi. Masalan, 
Speed Disk yoki Fast Trax dasturlari. 
• Disklarni dinamik siqishtirishga imkon beruvchi dasturlar disklarda saqlanilishi 
mumkin bo‘lgan informatsiya hajmini ancha oshirishga yordam beradi. Masalan, 
Stacker, Double Space, Super Stir dasturlari. 
• Avtonom ravishda chop qilish dasturlari (skulerlar) fayllarni chop qilishni 
boshqa ishlar bilan bir vaqtda amalga oshirishga imkon beradi. Masalan, Print Cashe 
dasturi. 
• Xotirani boshqarish uchun mo‘ljallanilgan operativ xotirani yaxshiroq 
boshqarish uchun ishlatiladi. Masalan, Software Carousel va Switch It dasturlari 
xotiraga bir qancha dasturlarni yuklashga va biridan ikkinchisiga osonlik bilan o‘tishga 
yordam beradi. 
Boshqa ko’p tarqalgan tizimli dasturlardan biri bu drayver dasturlari va dastur-
qoplamalar. Drayverlar-dasturlar bu operatsion tizimga tashki va ichki qurilmalar bilan 
ishlashda qulayliklar yaratuvchi dasturlar. Bu dasturlar asosan shu qurilmalar 
chiqaruvchi firmalarda yaratiladi va qurilmalar bilan birga tarqalinadi. Masalan: 
monitorlar drayverlari, CD-ROM lar drayverlari va hokazo. 
Dastur qoplamalar bu operatsion tizimning imkoniyatlardan chiroyli va qulay 
holda foydalanishni ta’minlovchi dasturlar. Shulardan eng taniqlisi bu NORTON 
COMMANDER dasturi. 


Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin