Adobe Photoshop dasturiga kirish



Yüklə 5,31 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü5,31 Kb.
#166357
1.Adobe Photoshop dasturiga kirish


Adobe Photoshop dasturiga kirish
Zamonaviy kompyuter texnolgiyasida kompyuter grafikasi bilan ishlash eng ommobop yo’nalishlardan biri bo’lib bormoqda. Hozirda bu yo’nalish bilan hatto professional rassom va dzaynerlar ham shug’ullanmoqda.
Kompyuter grafikasi - kompyuterdan foydalanish jarayonidagi eng mashhur yo’nalishlardan biri. Kompyuter grafikasisiz har qanday zamonaviy multimediya dasturi ish yurita olmaydi. Redaksiya va nashriyotlarda ko’pgina tasvir va bezak ishlari grafika dasturlari orqali amalaga oshiriladi. Internetning rivojlanishi bilan esa grafik dasturlar keng qo’llanila boshlandi.
Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib borishi va undagi texnikaviy, dasturiy vositalarining yangilanib borishi ushbu sohaning hamisha takomillashtirishga, bu sohadagi yangi yo’nalishlarni tinmay o’rganib borishni taqozo etadi.
Oxirgi yillarda bu sohada juda katta o’zgarishlar (siljishlar) yuz berdi, ya`ni 16 mln.dan ortiq rang va rang turlarini o‟zida aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni (paper part) kirituvchi moslama - skanerlar, grafik ish majmualari; dasturiy vositalar sohasida esa haqiqiy kompyuter dunyosini kashf qila oladigan amaliy dasturlar vujudga keldi
Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ulrga ishlov berish, shuningdek, grafik ob’ektlar va fayllarda bo’lgan nografik ob’ektlar o‟rtasida bog’lanish o‟rnatishni informatikada kompyuter grafikasi deb ataladi.
Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni o’zida mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to real borlikdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga zeb berish, dastur vositasi yordamida hatto tasvirga oid yangi loyihalarni yaratish ko’zda to‟tiladi. U multimedia muhitida ishlash imkoniyatini beradi. Kompyuter grafikasi mustaqil yo‟nalish sifatida XX asrning 60-yillarida paydo bo‟ldi va maxsus amaliy dasturlar paketi ishlab chiqildi.
O’sha paytda kesmalar yordamida chizish, ko‟rinmas chiziqlarni o’chirish, murakkab sirtlarni akslantirish usullari, soyalarni shakllantirish, yoritilganlikni hisobga olish tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Bu yo’nalishdagi ilk ishlar vektorli grafikani rivojlantirishga ya`ni, chiziqlarni kesmalar orqali chizishga yo’naltirilgan edi. 70- yillardan boshlab nazariy va amaliy ishlarning aksariyati fazoviy shakl va ob`ektlarni o‟rganishga qaratildi.
Bu yo‟nalish uch o’lchovli grafika (3D) nomi bilan ataladi. Uch o‟lchovli tasvirlarni modellashtirish fazoning va jismlarinnig uch o’lchovliligini, kuzatuvchi va yoritish manbalarining joylashishini hisobga olishini talab etadi. Murakkab sirtlarni akslantirish, releflar va ularning yoritilganligini modellashtirish bilan bog’lik masalalarning paydo bulishi uch o‟lchovli grafikaga bo’lgan ehtiyojni yanada oshirdigan ehtiyojni yanada oshirdi. 90-yillarda kompyuter grafikasining qo‟llanish sohalari ancha kengaydi, ya`ni uni keng tadbiq qilish imkoniyatlari paydo buldi. Natijada kompyuter grafikasini faoliyati dasturlash va kompyuter texnikasi bilan bog’liq bo‟lmagan mutaxassislarining ish vositasiga aylandi.
Kompyuter grafikasining yangi yo‟nalishlardan biri haqiqiy tasvirlarni shakllantirishning uslub va tamoyillarini ishlab chiqishga bag’ishlangan. Bu tamoyillarga ko’ra tasvirlarni bevosita kuzatish yoki optik qurilmalar yordamida ro‟yxatga olish imkoniyati mavjud bo‟lishi kerak. Shunday tasvirlarga extiyoj dizayn, arxitektura, reklama va boshqa sohalarda paydo bo‟ldi. Kompyuterlar funktsional imkoniyatlarining kengayishi kompyuter grafikasining rivojlanishiga asos yaratdi va tasvirlar animatsiyasini ta`minlovchi tizimlar ham yaratilishiga olib keldi.
Yüklə 5,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin