23
Ellipticheskaya oblast:
Tasvirda doira shaklidagi maydonni belgilab olish
uchun qo‟llaniladi. Bu uskuna yordamida
tasvirdagi alohida maydonni
belgilab olingandan keyin tasvirga kiritilgan barcha o‟zgarishlar faqatgina
belgilangan maydon ichiga ta‟sir etadi.
Stroka pikseley:
Tasvirda gorizontal shakldagi chiziqni belgilaydi.
Amalda bu uskuna juda kam qo‟llaniladi.
Stolbes pikseley:
Tasvir yuzida vertikal chiziqni belgilaydi.
Amalda bu
uskuna juda kam qo‟llaniladi.
Kadrirovanie:
Ushbu uskuna asosan tasvir chetlarini va keraksiz
qismlarini kesib tashlash uchun qo‟llaniladi.
Kadrirovanie uskunasi
faollashtirilganda tasvir yuzasida to‟g‟ri-to‟rtburchak shaklidagi ramka
hosil bo‟ladi. Ramkaning chetlari kichik kvadratchalardan iborat bo‟lib, bu
kvadratchalar yordamida ramka hajmi o‟zgartiriladi.
Tasvir ramka ostiga
olingandan so‟ng “Enter” tugmasi bosilsa,
ramka tashqarisida qolgan
ortiqcha bo‟laklar kesib tashlanadi. Ushbu buyruqni “Esc” tugmasini bosib
rad etish mumkin.
Peremehenie:
Ushbu uskuna tasvirdagi belgilangan maydonni yoki
qatlamni siljitish va kesib olish uchun xizmat qiladi. Ba‟zan Peremehenie
uskunasi bajaradigan ayni jarayonni boshqa
ayrim uskunalar yordamida
ham amalga oshirish mumkin. Masalan Volshebnaya palochka uskunasini
ishlatish chog‟ida.
Dostları ilə paylaş: