Osnovnoy svet: Ushbu uskuna ustida kursor ikki marta ketma-ket
bosilganda Adobe Photoshop dasturining yangi darchasi
(Vibor sveta) hosil bo‟ladi. Bu darchada kerakli rang tanlanib, OK yoki "Enter" tugmasi
bosiladi va tanlangan rangni "Karandash", "Kist", "Aerograf", "Gradient"
kabi uskunalari yordamida qo‟llash mumkin.
Svet fona : Ushbu tugmacha ustida kursor ikki marta ketma-ket bosilganda
Adobe Photoshop dasturining yangi darchasi
( Color Picker) hosil bo‟ladi.
Bu darchada tasvir fonining rangi aniqlanadi. Tavsvir fonidagi rang
"Lastochka" va "Gradient" uskunalari uchun qo‟llaniladi.
Pereklyuchenie svetov: Ushbu belgi ustida kursorni bosish bilan asosiy
rang bilan tasvir foni ranglari o‟rni almashtiriladi.
Sveta po umolchaniyu : Bu belgi ustida kursorni bir marta bosish bilan
asosiy rang qoraga va tasvir foni ranglari oqqa aylanadi.
"Marshiruyuhie muravi": Bu tugmacha yordamida Adobe Photoshop
dasturida tez niqoblash holati bekor qilinadi. Ekranda belgilash chegaralari
chumolilar harakatini eslatuvchi punktir chiziq yordamida aks ettiriladi.
Bu Adobe Photoshop dasturida odatda standart holat deb ataladi.
Bistraya maska: Ushbu tugmacha ustida kursorni bir marta bosilishi bilan
Adobe Photoshop dasturi tez niqoblash holatiga o‟tadi va natijada
tasvirdagi niqoblanmagan hudud qizil rang bilan bo‟yaladi. Ushbu uskuna
tasvirdagi turli obyektlarni aniq niqoblashda ishlatiladi. "Kist" uskunasi
yordamida niqobga ishlov berish mumkin. Bunda qora rang bilan tasvir
niqoblanadi, oq rang bilan tavsvirdagi niqob o‟chiriladi.
Standartnoe okno: Uskuna faollashtirilganda tasvir standart holatda
bo‟ladi.