9
Fraktal grafika matematik hisoblashlar asosida tasvirlarni avtomatik yaratish
uchun qo‟llaniladi. Shuning uchun ham uning asosi sifatida rasm, shakl, tasvir
hosil qilishning dasturlash usuli tanlangan.
Bu grafika, odatda, turli
jarayonlarni modellashtirish, tahlil qilish, turli
qiziqtiruvchi dasturlar yaratishda keng qo‟llaniladi.
Grafik formatlar
GIF
(Graphics Interchange Format) grafik formati –Internetda eng keng
tarqalgan grafik format bo‟lib, u Internet tarmoqda birinchi bo‟lib paydo bo‟lgan.
Internet tarmoqdagi rangli tasvirlar va fonlarning ko‟p qismi GIF formatli
fayllaridir.
GIF tasvirni zichlashtirishga imkon beradi, tasvirlarning rang palitrasi 256,
yoki undan kamroq rangni saqlaydi. Bu zichlashtirish jarayoni sifatga ta`sir
qilmaydi, ya`ni, zichlashtirishdan keyin olingan tasvir boshlang‟ichi kabi bo‟ladi.
Agar tasvir 256 dan ortiq rangga ega bo‟lsa,
ularning soni chegaralangan
qiymatgacha qisqartiriladi. Shuni aytib o‟tish kerakki, ranglar sonini qisqartirish
bosqichida tasvir sifatiga zarar etkazilishi mumkin.
GIF da boshlang‟ich tasvirni zichlashtirishda faylning o‟lchamini faqatgina
palitradagi ranglar sonini 2 dan 256 gacha chegaralagan holda kichraytirish
mumkin. Shunday qilib, GIF chegaralangan sonli ranglardan tarkib topgan grafik
fayllarni zichlashtirishda qo‟llanilsa, juda yaxshi natijalarga erishiladi.
Bu grafik
format tarmoqda logotip, matn, diagramma, grafik va chizmalarning tasvirini
taqdim qilishda juda katta imkoniyatga ega.
JPEG
(Joint Photographic Experts Group) grafik formati ko‟p rangli tasvir
fayllarini tarmoqda ishlatish uchun mo‟ljallangan bo‟lib, foydalanish darajasi
bo‟yicha ikkinchi o‟rinda turuvchi grafik format hisoblanadi.
JPEG rang palitrasi 16 777 216 (True Color) tagacha bo‟lgan
rangni
saqlaydigan tasvirlarni zichlashtirish imkoniyatini beradi. Bunday zichlashtirish
tasvirning sifati yo‟qolishi (lossy compression) hisobidan sodir bo‟ladi.
JPEGda boshlang‟ich tasvirni zichlashtirishda “zichlashtirish darajasi”ni
juda keng chegaralarda boshqarish mumkin. Bu formatda “zichlashtirish darajasi”
tasvir sifatining yomonlashuviga olib kelishini yodda tutish kerak, zichlashtirish
darajasi qancha yuqori bo‟lsa tasvirning ko‟rinishi boshlang‟ich tasvirga nisbatan
shuncha ko‟p yomonlashadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, JPEG juda ko‟p
ranglarni, mayda rangli detallarni saqlovchi fototasvirlarning sifatli grafik fayllarni
zichlashtirish uchun mos keladi. Bu format ko‟p
hollarda tarmoqda sifatli
10
fototasvir va illyustratsiyalarni taqdim qilish uchun qulay hisoblanadi. Afsuski,
JPEG ranglarning tiniqligini qo‟llamaydi, bu esa uning qo‟llanish sohasini
kamaytiradi.
Tarmoqda keng tarqalgan bu ikkala grafik fayllar formati o‟zining
rivojlanishini
davom
ettirmoqda,
ya`ni
grafikaning
yuklash
jarayonini
osonlashtirish maqsadida yuklanish tugashiga qadar past ruxsatda boshlang‟ich
tasvir variantlarini ko‟rsatish imkoniyatini beruvchi texnologiyalar ishlab
chiqilgan.
JPEG da bunday maqsadlarga erishish uchun bosqichma-bosqich algoritm
o‟rnatilgan (progressive JPEG). Bu algoritmga asosan dastlab past sifatli tasvir,
keyin esa uning ustiga to‟liq asosiy tasvir yuklanadi.
PNG
grafik format Web – sahifalarda tasvir va grafiklarni joylashtirish
uchun maxsus yaratilgan zichlashtirish formati bo‟lib
Deflate zichlashtirish
algoritmidan foydalanadi. Bu format GIF va JPEG formatlarining afzallik
tomonlarini o‟zida mujassamlashtirgan.
TIF
grafik format Aldus kompaniyasi tomonidan PhotoStyler dasturi uchun
ishlab chiqilgan bo‟lib “tegni tasvirlaydigan fayl” ma`nosini anglatadi. Bu grafik
format etarlicha murakkab bo‟lsa ham uning strukturasi ma`lumotlarni yozishning
qulayligi va tasvirni kengaytirishda katta imkoniyat mavjud. Tasvirning raqamli
ma`lumotlarni ifodalovchi barcha axborotlar boshqa ko‟pgina format fayllari
singari uning boshlang‟ich
qismida emas, balki maxsus bloklarda, tasvir
parametrlarining ichki belgilashlarida saqlanadi. Unda 45 dan ortiq turli teglar
mavjud bo‟lib ularning qo‟llanilishi ko‟pgina qo‟shimcha funktsiyalarni tashkil
etish imkoniyatini beradi.
PCX
grafik format Zsoft firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va Paintbrush,
hamda PhotoFinish dasturlarida qo‟llaniladi. Bu grafik
faylning tuzilishi sodda va
ranglar palitra hajmi bo‟yicha chegaralangan bo‟lishiga qaramasdan yaqin
vaqtgacha ommabop sanalib kelingan.
BMP
grafik formati Windows operatsion tizimi uchun Microsoft firmasi
tomonidan ishlab chiqarilgan. U favqulotda sodda strukturani ifodalaydi va uncha
katta bo‟lmagan piktogramma-tasvirlarning namoyish etilishini izohlash uchun
xizmat qiladi. U grafik interfeyslarda keng qo‟llaniladi.
Dostları ilə paylaş: