Adobe premiere pro dasturi va uning imkoniyatlari individual loyiha ishiga hisobot yozuvi



Yüklə 4,1 Mb.
səhifə1/7
tarix05.09.2023
ölçüsü4,1 Mb.
#141521
  1   2   3   4   5   6   7
individual loyiha




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TОSHKЕNT AХBОRОT TЕХNОLОGIYALARI UNIVЕRSITЕTI

TELEVIZION TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI
AUDIOVIZUAL TЕXNOLOGIYALAR” KAFЕDRASI


ADOBE PREMIERE PRO DASTURI VA UNING IMKONIYATLARI

INDIVIDUAL LOYIHA ISHIGA HISOBOT YOZUVI
Bajardi: 512-20 guruh talabasi
Batasheva Durdona
Qabul qildi: Kafedra katta o‘qituvchisi
Boymurodov Bobur

Toshkent – 2023


MUNDARIJA

KIRISH……………………………………....................................................... 3


I BOB. NAZARIY QISM…………………………………………….…..….... 5
1.1. Adobe Premiere Pro – video tahrirlash uchun eng yaxshi dastur .…. 5
1.2. Adobe primere proning afzalliklari va kamchiliklari ……....…........ 5
1.3. Adobe Premiere Pro dasturi va uning imkoniyatlari …..................... 7
II BOB. AMALIY QISM………………………………………….…….…..... 31
2.1. Adobe Premier Pro dasturida video komtent tayyorlash ………….. 31
2.2. Perexodlar bilan ishlash ………………………….…..…………… .34
2.3. Adobe premiere Pro dasturida matnlar bilan ishlash …….……........ 35
XULOSA………………………………………………………….……………. 38 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………….…………….. 39

KIRISH
Zamonaviy axborot texnologiyalari iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga kirib borgani va shu sohaning rivojlanishiga o’z xissasini qo’shib kelayotgani bir vaqtda, aynan mazkur yo’nalishlarga bog’liq axborot texnologiyalarining tadbiqi alohida fan sifatida vujudga keldi. Bu esa axborot texnologiyalari fani sohasi ko‟lamining kengayishiga olib kelmoqda. Kompyter texnologiyasi sanoat va maishiy dizayn ko’rinishini o’zgarishiga sabab bo‟ldi. “Kompyuter grafikasi” termini endilikda kino sanoatida “kompyuter maxsus effektlari” deb qo’llanilmoqda. Kompyuter animatsiyalari va maxsus effektlarsiz bugungi kunda kino, televidenie va reklamani mukammal tarzda olishning imkoni yo’q. Bunga erishish uchun kompyuter maxsus effektlarini berish va tasvirlar ustida ishlashga mo’ljallangan ko’plab dasturiy vositalar mavjuddir. Kompyuter grafikasining hozirda mashxur va qo’llanishga qulay dasturlardan biri bo’lgan Adobe Premirere Pro dasturini o’rganish lozim.
Adobe Premiere Pro dasturi bu qulay interfeysli dastur bo’lib, hozirgi kunda kino sanoatida keng qo’llaniladi. Dastur asosida yaratilgan elektron darslik esa bu dasturni keng tarzda yoritib, unda foydalanuvchilar uchun video darsliklar ham kiritligan. Video darsliklar ham qulay interfeysga ega. Darslik quyidagicha qismlarga bo‟lingan: Adobe Premiere Pro haqida ma’lumotlar; video darslik o’zbek tilida; Video darslik rus tilida qismlarga bo’lingan. Adobe Premiere Pro haqida ma’lumotlar yani dastur funksiyalari, qo‟llanishi, yangicha ko‟rinishi va imkoniyatlari ham berilgan. Ikkinchi qismda esa u haqidagi o’zbek tilidagi video ishlanmalar aks ettirilgan. Uchinchi qismni qaraydigan bo‟lsak, barcha video ishlanmalar rus tilida berilgan bo’lib, dastur jarayonlari ketma-ket tarzda olib borilgan. Bu dastur foydalanuvchilari uchun yaratilgan elektron darslik hamma dastur boshlovchilariga qulay tarzda yoritilgandir. Undagi mavjud video ishlanmalar endi dasturni o’rganmoqchi bo’lgan foydalanuvchilar uchun keng va foydalanuvchiga mos interfeysda yaratildi. Bu elektron darslikdan foydalanish unchalik murakkab vazifani foydalanuvchiga yuklamaydi. Adobe Premiere Pro dasturi ham boshqa dasturlar kabi kino sanoatida hali misli ko’rilmagan imkoniyatlarni kashf etadi va kelajakda uning yangicha versiyalari ustida ko’p ishlanadi. Bu esa foydalanuvchilar faoliyati uchun yangicha ko’rinish aks etadi. Dasturning bunday imkoniyatlar berishi turli sifatli mahsulotlar ishlab chiqilishini yanada osonlashtiradi. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, bu kabi texnologiyalar yanada yuqori natijalar ko’rsatib, dastur foydalanuvchilari uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Kino yaratuvchilar uchun bu kabi dasturlarning mavjudligi, bu kabi yo’nalishda borayotgan dasturchilar zimmasiga katta ma’suliyatni beradi. Shak shubhasiz, Adobe Premiere Pro dasturi funksiyalari har qanday murakkab jarayon vazifasini yengillashtirish uchun hizmat qiladi.

Yüklə 4,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin