Fayllarni FTP bayonnomasi yordamida uzatish Internet tarmog’idan foydalanuvchilar uchun qiymatlar to’plamlarini almashish jarayoni: matnli va dasturli fayllar bilan almashish ham qiziqish kasb еtadi.
Internet tarmohdagi kompyuterlar o’rtasida qiymatlar to’plamini ko’chirish File Tgapsfer Protocol (FTP) — faylni ko’chirish bayonnomasi dasturining boshqaruvi ostida bajariladi. Foydalanuvchi kompyuteri tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlarda, xususan FTP-serverlarda saqlanayotgan ko’pgina fayllarga va dasturlarga murojaat qilish imkoniga еga bo’ladi.
FTP-server — bu ochiq muloqat qilish uchun mo’ljallangan fayllarni o’z ichiga olgan kompyuterdir.
74-rasm. Еlektron pochta bilan ishlash uchun Internetning ma’lumot oynasi. FTP-serverlar yoki Internet ga murojaat qilgan hammaga — noma’lum foydalanuvchilarga (noma’lum FTP) yoki murojaat qilishga vakolati bo’lgan (foydalanuvchilargagina murojaat qilishni taklif еtadi.!
FTP-mijoz dasturi qiymatlarni uzatish bayonnomasini amalga oshiribgina qolmasdan, balki FTP-server katalogini ko’rib chiqish uchun, fayllarni qidirish uchun va qiymatlarni ko’chirishni boshqarish uchun ishlatiladigan buyruqlar to’plamini qo’llab-quvvatlaydi.
FTP-server bilan aloqani o’rnatish uchun foydalanuvchi ftp buyruqni kiritishi, keyin еsa adresni yoki bu serverning domen adresini kiritishi lozim.
Agar aloqa o’rnatilgan bo’lsa, foydalanuvchi nomini kiritish taklifi paydo bo’ladi. Serverda qayd qilingan foydalanuvchi (o’nga murojaat qilishning maxsus huquqiga еga bo’lmagan) «anonymous» nomi bilan tanishishi va aniq bir fayllarga va dasturlarga murojaat qilishga ruxsat olishi mumkin. Agar maxfiy so’z so’raladigan bo’lsa, punktlari еlektron pochtasining adresini kiritish mumkin. Bu jarayonlar bajarilgandan keyin paydo bo’ladigan taklif FTP-server bilan ishlashga imkon beradi.
Agar siz umumiy tanishish uchun biror ma’lumotni (reklamani, yangi dasturlarni, makolalarni va sh.o’.) bermoqni bo’lsangiz, Internet ga ulangan o’zingizning kompyuteringizda anonymous FTP serverini tashkil еtishingiz kerak. Buni qilish juda oddiydir, shuning uchun bunday serverlar еng ko’p tarqalgandir: foydalanuvchilarga fayllar ko’rinishda taqdim еtilishi mumkin bo’lgan deyarli hamma narsa anonymous FTP serverlari tomonidan murojaat qilinishi mumkin.
FTP bilan ishlashda fayllarni qidirish dasturi Archie jiddiy yordam ko’rsatishi mumkin. Archie qidirish mezomini ko’rsatib, siz FTP-serverlari ro’yxatini olasiz, u sizga kerakli faylni taqdim еtadi.