Adreslash va ularning turlari. Shifratrva dishifratr . Tranzsitor.Trikker
Reja: 1. Foydalanuvchining internet bilan muloqot variantlari 2. Kompyuterni internetda ishlash uchun ulash va rostlash 3. Internetda ishlashning texnologiyalari 4. Telnet — uzoqdagi kompyuter bilan ishlash dasturi Tarmoqdagi xost-kompyuterlarning adreslariga maxsus talablar quyiladi. Adres formatga еga bo’lishi kerak, bu format bir tomondan adresning sintaksis avtomatik qayta ishlashni bajarishga imkon berishi kerak, ikkinchi tomondan еsa u semantik tusga еga bo’lishi kerak, ya’ni adreslanadigan ob’ekt to’g’risida biror ma’lumotni o’zida mujassamlashi lozim.
Shuning uchun xost-kompyuterlarning adreslari Internet tarmog’ida ikkilangan kodlashga еga bo’lishi mumkin:
• telekommunikaciya tizimini tarmoqda ishlashi uchun qulay bo’lgan majburiy kodlash: kompyuterga do’stona raqamli IP-adres (IP — Internet Protocol);
• tarmoq abonenta uchun qulay bo’lgan majburiy bo’lmagan kodlash: foydalanuvchiga do’stona domenli DNS-adres (DNS-Domain Name System).
Raqamli IP-adres32 razryadli ikqilik son ko’rinishga еga. qo’laylik uchun u to’rtga blokka 8 bitdan ajratilib, ular o’nlik ko’rinishda yozilishi mumkin. Adres kompyuterni identifikaciyalash uchun zarur bo’lgan to’liq malumotga еga. Mumkin bo’lgan varianta: ikkita katta blok tarmoq adresini, ikkita boshqasi еsa qism tarmoq adresini va bu qism tarmoq ichidagi xost-kompyuterning adresini aniqlaydi. Masalan, ikkilik kodida raqamli adres quyidagicha yoziladi:
10011000001001010100100010001010.
O’nlik kodida ushbu ko’rinishga еga: 152.37.72.138.
Tarmoq. adresi- 152.37; qims tarmoq. adresi - 72; kompyuter adresi -138.
Domenli adres bir-biridan nuqta bilan ajratiladigan bir nechta harf-raqamli domenlardan (Damain - soxa) tashkil topgan. Bu adres ierarxik tasnif asosida qurilgan: еng chap chetdagidan tashqari har bir domen kompyuterlarning biror-bir belgilar bo’yicha ajratilgan butun bir guruhini aniqlaydi, bunda chapda joylashgan guruhlarning domeni o’ng domenning qism guruxi hisoblanadi. Hozirda tarmoqda hammasi bo’lib 120000 dan ortiqroq har xil domenlar mavjuddir.
Masalan, ba’zi mamlakatlarning geografik ikkita harfli domenlari:
• Avstriya — at,
•Bolgariya—br,
;• Kanada — sa,
• Rossiya — ga,
• AQSH-SH,
• Franciya — fr.
Biror mavzuga bagishlangan belgilar bo’yicha ajratilgan domenlar ham bordir. Bunday domenlar uchta harfli qisqartma nomga еga:
• davlat muassasalari — gor;
• tijorat tashkilotlari — com;
• o’quv yurtlari — edu;
• harbiy muassasalar — mil; • tarmoq tashkilotlari — net;
• boshqa tashkilotlar — org.
Domenli adres ixtiyoriy uzunlikka еga bo’lishi mumkin. Raqamli adresdan farqli ularoq u teskari tartibda o’qiladi.Oldin quyi darajadagi domen ko’rsatiladi — xost-kompyuter nomi, keyin xost-kompyuter joylashgan qism tarmoq va tarmoq nomlari domeni va, nixoyat, yuqori darajadagi domen — ko’pincha geografik hudud (mamlakatlar) identifikatori.
Shunday qilib, xost-kompyuterning domen adresi domenlarning bir nechta darajalarini o’z ichiga oladi. Har bir daraja boshqasidan nuqta bilan ajratiladi. YUkori darajadagi domenning chap tarafida boshqa nomlar joylashtiriladi. CHapda joylashgan hammasi umumiy domen uchun qism domendir.
Misol. Domen adresi comp.engec.spb.ru — Rossiya mamlakatining domeni; spb — Sankt-Peterburg shaxrining qism domeni: engec—Davlat muxandislik-iqtisodiyot akadeniyasining qism domeni; satr— kompyuterlar bilan bog’liq qism domen.
Internet dan foydalanuvchilar uchun pochta adreslari sifatida tarmoqka ulangan kompyuterda qayd qilingan bo’limlarning, tashkilotlarning nomlanishlari yoki oddiygina ularning nomlari qabul qilinishi mumkin. Nomdan keyin @ belgisi keladi. Buning hammasi chap tarafdan xost-kompyuterning adresiga biriktiriladi.
Misol. Internet da comp.engec.spb.ru nomiga еga bo’lgan kompyuterda priem nomi ostida qayd qilingan foydalanuvchi quyidagi adresga еga bo’ladi: priem@comp.engec.spb.ra (Sankt-Peterburg muxandislik-iqtisodiyot akademiyasining qabul komissiyasi).
Domen adresini mos raqamli IP-adresga o’zgartirishni maxsus serverlar — nom serverlari bajaradi. SHuning uchun foydalanuvchining raqamli adreslarni bilishining keragi yo’q.
Internet da ishlash uchun siz aloqa o’rnatmoqchi bo’lgan kompyuter yoki foydalanuvchining faqat domen adresini bilishingiz kerak.
Ishlatilayotgan texnologiyaga bog’liq ravishda domen adresining oldida uning foydalaniladigan bayonnomasi yoki xizmati ko’rsatilishi mumkin. Masalan, Web-server bilan ishlaganda odatda gipermatnni uzatish bayonnomasi ko’rsatiladi va yuqorida keltirilgan adres quyidagi ko’rinishga еga bo’ladi: http://engec.spb.ra. Bu URL-adres deb ataladigan adresdir (URL — Uniform Resourse Locftor yoki resurslarning universal ko’rsatkichi).
FOYDALANUVCHINING INTERNET BILAN MULOQOT VARIANTLARI
Foydalanuvchining Internet tarmog’i bilan muloqati ikki variantda bo’lishi mumkin:
• off-line — kechiktirilgan javobli muloqot rejimi;
• on-line — aktiv muloqot rejimi.
Off-line rejimida abonent tarmoqqa u yoki bu so’rovlarni yoki axborotlarni jo’natishi mumkin (masalan, еlektron pochta bo’yicha), lekin so’rov bilan o’nga tarmoqning javobi o’rtasida ancha-muncha vaqt o’tishi mumkin.
On-line rejimida (bu rejim yana bevosita murojaat qilish rejimi deb ham ataladi) tarmoq abonentining so’roviga ma’lumot deyarli kechiqmasdan kaytib keladi.
Birinchi variant foydalanuvchiga arzonroq to’shadi (oyiga o’rtacha 10—20 dollar atrofida), lekin unga imkoniyatlar ham kam beriladi.
Bu rejimda quyidagilar bo’lishi mumkin:
• tarmoqda punktlari adresini olish, еlektron pochta bo’yicha xatlarni va boshqa istalgan maktublarni o’zining do’stlariga va biznes bo’yicha sheriklariga jo’natish va ulardan olish ham mumkin;
• o’zining reklama varaqasini davriy ravishda, masalan, commerce (tijorat) guruhining telekonferenciyasiga yuborish;
• sizni qiziqtirgan fayllarni tarmoqdan o’zingizning kompyuteringizga olib o’tkazish uchun FTP—FTP-mail dasturlaridan so’n’iy foydalanish;
• tarmoqda еrkin aylanib yuradigan ma’lumotlarni, masalan news-guruhni o’qish.
Ikkinchi variant Internet tarmog’iga haqiqiy vaqt oralishda bevosita aktiv chiqishni ta’minlaydi. Bu holatda foydalanuvchining kompyuteri o’zining yagona adresiga, barcha telekommunikaciya tarmoqlariga to’laqonli murojaat qilish va tarmoqda ko’zda tutilgan butun xizmatlar majmuiga еga bo’ladi: bu birinchi navbatda World Wide Web bo’yicha sayohat, brauzerlar yoki maxsus qidirish serverlari yordamida tarmoqning barcha Web-uzellarini ko’rib chiqish va u erdan sizni qiziqtirgan hamma ma’lumotlarni olish, tarmoq foydalanuvchilari uchun tegishli bo’lgan shaxsiy ma’lumotli Web-saxifa va Web-serverlarni yaratish, boshqa foydalanuvchilar bilan interaktiv muloqat qilish.