Aeroport yoki aerodromda turli vazifalarni bajaradigan maxsus maydonchalar bo‘ladi: aviadvigatellar ishga tushiriladigan; angaroldi; ishlar nihoyasiga etkaziladigan; og‘ishlar bartaraf etiladigan; gazlar yo‘qotilib, moylanadigan (aviatsiya kimyoviy apparatlarini ham); perron mexanizatsiyasi va maxsus avtotransport uchun.
Aviadvigatellar ishga tushiriladigan maydonchalar HK ning perrondan startga o‘tish yo‘lida joylashadi; yonilg‘ini tejash maqsadida SUQM ning uchiga yaqin joylashtiriladi; bunda to‘siqlarga bo‘lgan cheklash, radiotexnika vositalarning barqaror ishlashini ta’minlash, shovqin va radionavigatsiya tizimining o‘ta yuqori chastotali nurlanishiga bo‘lgan talablar bajarilishi kerak. Bunday maydonchalar perron yaqinida ham joylanishi mumkin.
Aviadvigatellar ishga tushiriladigan maydonchalarda bir vaqtning o‘zida turadigan HK lar soni bir soatda uchib ketadigan HK lari soni orqali aniqlanadi.
HK si angaroldi maydonchada, unga kirishdan oldin to‘xtaydi. Bu maydonchalar angar darvozasi tarafida bo‘ladi, TJ va ishlar nihoyasiga etkaziladigan maydonchalar bilan rullash yo‘llari vositasida tutashadi.