Ishlab chiqarish zonasiga passajirlar, bagaj, yuklar, pochta va HK lari oqimiga xizmat ko‘rsatish, aviatsiya yonilg‘isini qabul qilish, saqlash va tarqatish bilan bog‘liq binolar va inshootlar kiradi. Ularning boshqalardan ajralib turadigan xususiyati shuki, aerodrom bilan funksional aloqador. SHuning uchun passajir va yuk komplekslari passajirlar va yuk perronlariga, aviatsiya-texnika bazasining bino va inshootlari–HK larini saqlash TJ lariga yaqin joylashtiriladi.
Aytilgan oqimlarga xizmat ko‘rsatish texnologik jarayonlari turli tuman bo‘lishini hisobga olib, bino va inshootlarni yanada maydaroq guruhlarga ajratish maqsadga muvofiq.
Perronning gabarit o‘lchamlarini dalillash uchun hisobiy vaqt ichida harakatdagi HK lari tarkibini aniq bilish kerak. Passajir perrondagi TJ lari soni HK larining kutilayotgan soniga xizmat ko‘rsatish uchun etarli bo‘lishi lozim. Ayniqsa, hamma keng va eng uzun fyuzelyajli HK lari birinchi navbatda TJ bilan ta’minlanishi kerak
Aeroportda HK larining harakati doimo muntazam emas. SHu sababdan perron ham muntazam band bo‘lmaydi. HK larining kelib qo‘nishi vaqtlari ham tasodifiy omillar ta’sirida o‘zgarib turadi, ilgari tuzib qo‘yilgan jadval 100 % aniq bajarilmaydi. HK larining qo‘nish oraliqlari, ularga xizmat ko‘rsatish davomiyligi ham tasodifiy omillar ta’sirida o‘zgaradi.
Perron va samolyotlarni turar joyini loyihalashtirish
Aerodromning rejaviy echimlari ko‘p jihatdan HK larining turish joylari (TJ) soniga bog‘liq. TJ ning zaruriy soni quyidagi omillarga bog‘liq: qatnov ko‘p bo‘lgan paytda HK larining harakat jadalligi; hisobdagi HK lari soni; kelayotgan va ketayotgan HK lari oqimining tavsifi; muayyan turdagi HKga TJ da xizmat ko‘rsatish davomiyligi; qatnov ko‘p paytlarda HK lari manevrda bo‘lgani sababli hamma TJ lari 100% band bo‘lmasligi.
Perronning gabarit o‘lchamlarini dalillash uchun hisobiy vaqt ichida harakatdagi HK lari tarkibini aniq bilish kerak. Passajir perrondagi TJ lari soni HK larining kutilayotgan soniga xizmat ko‘rsatish uchun etarli bo‘lishi lozim. Ayniqsa, hamma keng va eng uzun fyuzelyajli HK lari birinchi navbatda TJ bilan ta’minlanishi kerak.Keyingi yillarda TJ sonini hisoblab topishda yalpi xizmat nazariyasi (navbatlar nazariyasi) degan matematik usul qo‘llanayapti. Bu - quyidagi holatlardan kelib chiqadi. Aeroportda HK larining harakati doimo muntazam emas. SHu sababdan perron ham muntazam band bo‘lmaydi.
Turish joylari (TJ) ning geometrik o‘lchamlari quyidagi omillarga bog‘liq: HK sining gabarit o‘lchamlari; ularni TJ ga qo‘yish sxemasi; TJ ga kirish va undan chiqish usullari; HK lari binolar, inshootlar va TJ ga qo‘yilgan uskunalar oralig‘idagi masofa.
Havo kemalari passajir perronidagi joylarga odatda o‘z dvigatelining kuchi bilan kirib, chiqishda yo o‘z kuchi bilan, yo shatakchi yordamida chiqadi. O‘z kuchi ostida rullash, odatda, manevr uchun maydon cheklanishi kam bo‘lgandagina mumkin. Og‘ir reaktiv HK larini perrondan olib chiqish uchun shatakchi ishlatiladi. Aerovokzal binosiga yoki o‘tkazish galereyasiga yondashgan TJ dan rulni orqaga, oldinga burib, chiqish, odatda, 1800 gacha burilishni talab qiladi. SHuning uchun hisobdagi HK sini burish radiusi va o‘lchamlari TJ larining o‘lchamlariga ta’sir etadigan asosiy omil bo‘ladi. TJ dan rullanib chiqishning ikki usuli bor. Bittasi ikkita TJ o‘rtasidan to‘g‘ri chiziq bo‘ylab chiqish, ikkinchisi HK burilib o‘z TJ iga perependikulyar turib oladi, keyin rullanib chiqadi. Ikkinchisida zaruriy maydon xiyol kichikroq bo‘lsa ham kifoya.