Afandining qirq bir pashshasi (Qissadan boblar)



Yüklə 82,5 Kb.
səhifə2/2
tarix05.06.2023
ölçüsü82,5 Kb.
#125137
1   2
AFANDINING QIRQ BIR PASHSHASI

IKKI MIRSHAB
Nodir mirshab bilan Sodir mirshabning aslida xizmat joylari shaharda. Ammo katta bozor kunlari dalaga chiqih, o'zlarining tilida aytganda havo o'zgartirishardi. Ham sayohat, ham tijorat deganla-riday, bozor yo'lida turib olib, o'tgan-ketgan dehqon va cho'ponni aldab-suldab yoki do'q-po'pisa qilib jindek-jindek shilishar edi.
Nodir mirshab bilan Sodir mirshab mo'ljallaridagi vaqtdan xiyla kechikib qolishgandi. Bunga Sodir mirshab aybdor edi.
Boyadan beri bir necha marta koyigan bo'lishiga qaramay, tu-rib-turib Nodir mirshabning achchig'i yana tutib ketardi.
Hey, ha ^huncha ham uxlaysanmi, galvars! Nas bosib yura-san-a! — dedi u tosh supada yelkasini chiqargancha qo'llariga su-yanib o'tirarkan...
Sodir mirshab otining oldingi oyog'ini ko'tarib, taqaning bo'shab ketayozgan mixini tosh bilan chiqillatib qoqardi. Sherigining bu gapini ko'p eshitgani uchun javob bermay ishini davom ettirdi.
— Bugun endi hemiriyam yo'q, ikki qo'lni burunga tiqib qaytamiz!
Sodir mirshab: «Ana!» deb baqirib yubordi Baqirig'iga monand qo'li ham «Laylak» tomon cho'zildi.
— Ana! — xitobini takrorladi Sodir mirshab. — Aytrrmdimmi, xudoyim bugungi rizqirriiz uchun ham biror narsa sochib qo'ygandir, deb!
«Laylak» tomondan bir arava ke,lardi.
BIRINCHI O'ljA
Bu Abdukarim edi. Mirshablar o'ljani ko'rgach, xuddi hech narsa bilan ishlari yo'q odamlardek, toshsupaga yonma-yon o'tirdilar. Abdukarim uzoqdan ularning mirshablar ekanini bildi. Ko'ngli xijillanib, hurmatlarini joyiga qo'ysam, zora tirg'alishmasa degan umidda ancha naridanoq aravasidan tushib piyodalandi. Besh-o'n qadamcha qolganda salom berdi.
— Hormang, katta aka! Yo'l bo'lsin! — dedi Nodir mirshab qush o'tirishda o'tirgan ko'yi alik olib. Shu soniyada u o'zini fil, Abdukarimni chumoUdek chog'ladi.
— Bor bo'ling! Bozorga ketyatuvdim!
Shunday deb AMukarirnning nafasi ichiga tushib ketdi. Mirshab-larning albatta tirg'alishlari, rejalari barbod bo'lishi mumkinligini sezdi. Ko'zlari mo'ltiradi.
Mirshablar uning mo'ltirashini o'z salobatlariga yo'ydilar. Abdu­karim esa tezroq shaharga tushib chiqish, bo'z, chit olib, yangi qo'rg'onda kutib o'tirgan ayoli, bola-chaqasini sevintirish, so'ng ro'zg'ordagi boshqa ishlarga unnash singari bugunga mo'ljallangan rejalarning buzilishidan qo'rqardi.
— Bola-chaqaning tishiga bosarmiz deb uch-to'rtta urug' tashlab qo'ygandim. Nasib qilmagan ekan, sotgani olib ketyapman.
Abdukarim bu gaplarni o'sha rejalarning amalga oshmay qolishi qo'rquvidan ezilib aytdi.
— Ha, yaxshi, yaxshi. Omadjngizni bersin.
Nodir mirshab shunday deb, chetani yo'nilmagan tayoq va qamishlardan yasalgan aravaga yaqinlashdi. Ko'z qirini tashlab uning ichidagi handalaklarni ko'rdi.
— Qani, aravangiz butmi? Yo'l-po'lda to'kilib tushmaydimi? Nodir mirshab aravaning sahnini, g'ildiraklarini siltab-siltab tortib
ko'ra boshladi
— Eski bo'lsa ham pishiq, — Abdukarim yaltoqlanib kuldi. — Chatoq arava bilan shaharga tushib bo'larkanmi?

  • Iya! — Aravaning sal kam bo'yidek keladigan g'ildiragini siltab turib aytgan Nodir mirshabnirig bu xitobi Abdukarimning jilmayi-shini so'ndirdi.

  • Ha, buni shalog'i chiqib yotibdi-ku! — dedi mirshab ko'zlarining paxtasini chiqarib do'q bilan.

Abdukarim norg'ul gavdasiga yarashmagan chaqqonlik bilan lip etib mirshabning oldiga o'tib, g'ildirakni siltadi. — J-joyida-ku!
— Menga ishonmaysizmi?! — Nodir mirshab do'qini kuchay-tirdi. — Sodir! Bu yoqqa qara!
Sodir mirshab hech xohishi yo'qdek qo'zg'aldi. Boshiga salla-sini, aftiga esa ensa qotish ifodasini qo'ndirdi-da, shoshilmay ya-qinlashdi. G'ildirakni hazar qilgandek ushlab siltadi.

  • Shalog'i chiqib yotibdi, — dedi u qo'llarini qoqqancha uzoqlarga tikiUb. — Chiqib ketadi.

  • Nega chiqib ketarkan!? Mustahkam arava! Usta Mannon ish-lagan. Men tugul, o'g'limning kuniga ham yaraydi hali!

Abdukarimning bu uzun nidosidan supa tomon qaytayotgan Sodir mirshab to'xtadi. Istamay o'girildi. Zamirida zo'r dag'dag'a sezilib turgan beparvolik bilan dedi:

  • Nima, sizga podsholikning odami yolg'on gapiradimi?

  • Ha, — dedi Nodir mirshab. — Buningiz shaharga borganda chiqib ketib, bironta bandai mo'iriinni shikastlaydi. Tovoniga qola-siz!

  • E, nima bo'lsa peshonamdan ko'rdim! Jon akalar, buni sotib, puiiga mayda-chuyda olib qaytishim kerak. Olis yo'l, qorong'iga qolib ketmay!

  • Iya! Bizni bu yerga nimaga qo'yib qo'yibdi?! Qiyshiq, buzuq aravalarrii o'tkazmagin deyishgan-da! Tuzating aravangizni!

Bu buyruqni eshitgan Abdukarim boshiga musht tushgandek ga-rangsib, ancha vaqtgacha nima deyishini, nima qilishini bilmay qoldi. Nodir mirshab esa gap tamom degandek, Sodirning yoniga — supaga borib o'tirdi. Ikkovi yolg'ondan qizg'in suhbatga berilishdi
Abdukarim anchadan keyin o'ziga keldi. Nochor qiyofada supaga yaqinlashdi:

  • Nima qil deysizlar?

  • Hech qayoqqa bormaysan! Aravangni shu yerda, ko'zimizning oldida tuzatasan!

Sal ziyrakroq bo'lgan Nodir mirshab Sodir mirshabning bu-naqa do'q-po'pisalari bilan asl niyatlarini Abdukarimga baribir tushun-tirib bo'miasligini sezdi. «Qo'yib bersang bu galvars aravasini hozi-roq sozlashga kirishadi-yov!» deb o'yladi.
— Sen nari tur! — deb yolg'on po'pisa bilan Sodir mirshabni nari haydadi-da, odamga o'xshab Abdukarimga gap qotdi: — Endi, uka, sizni shunday o'tkazib yuborsak, siz, xudo ko'rsatmasin-u mabodo birovni jarohatlasangiz, bizni mirshabboshi qattiq so'kadi.
Biz nima deymiz? .. Ha endi, ishi zaril ekan, juda iltimos qildi, deymiz... Handalak obketayotgan ekanlar. Mana, yangilik, sizning ham og'zingiz tegsin, deb uch-to'rtta handalak bersak, javobimiz ancha chiroyli chiqadi, a? To'g'rimi? Abdukarim sevinib darrov ko'ndi:

  • Mayli, olinglar, besh-o'nta handalak gapirishga arzimaydi.

  • Yo'q, siz o'zingiz ayting-da! — Nodir mirshab do'stona kulib Abdukarimning yelkasiga qoqdi. — Iltimos, deng, siz o'nta, oshnan-giz o'nta, mirshabboshiga yigirmata handalak oling, deng, aravam-ning chatog'ligiga qaramay o'tkazib yuboringlar, deng. Qani, o'z og'zingiz bilan qaytaring-chi?

Abdukarirrming yana nafasi ichiga tushib, mirshabni insofga cha-qirmoqchi bo'ldi.

  • O'zi oltmish-yetmishta handalak obketyapman, akajon! Yar­midan ko'pini olsanglar! Aravani shaharga ovora qilganimga arzimay-di-ku!

  • E, gapga tushunmasakansiz! Bo'pti, aravangizni shu yerda tuzating-da, ketavering! Hech narsangiz kerakmas! — Nodir rnirshabning basharasi odam siyoqidan chiqib, muomalasi yana sovuqlashdi, dimog'idan eshakqurt yog'gancha yana mirshablik siyo-qiga o'tdi. Abdukarim noiloj uning yengidan ushlab yalindi.

  • Jon og'a, o'ttizta handalak olib meni ko'rmagandek bo'ling!

  • Bu boshqa gap! — Nodir mirshabning afti yana odam siyoqiga qaytib jilmaydi. — Qani, o'zingiz qirqta yirik-yirigidan tanlab sardobaning orqasiga olib qo'ying-da, jo'nayvering.

Hammasidan ham Abdukarimga mana shu handalaklarni tashish alam qildi. Boz ustiga rejalari barbod bo'lgandi. Yuzidagi yalinchoq-lik yo'qolib, o'rnini aqlh qahr egalladi. Indamay uch-to'rt qatnab, qirqta handalakni tushirdi-da, yana indamay jo'nadi.

  • Xayr, o'v, dehqonboy aka! Nega bu qovog'ingizdan qor yog'ilib qoldi? — dedi Nodir mirshab.

  • Odamlarga yaxshilik qilib baloga qolasan! — po'ng'illadi Sodir mirshab.

Abdukarim aravada o'tirgancha o'girildi.
— Bilib qo'ylaring, ho' og'alar! Handalak emas, qizchamning bo'z ko'ylagini oUb qoldilaring! Hayitlik qilmoqchi edim. Qizcham-ga aytaman: o'lguncha qarg'ab yursin!
Abdukarim otiga qamchi urdl


Yüklə 82,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin