Afg‘oniston 1918-1945 yillarda Reja



Yüklə 154,73 Kb.
tarix14.01.2020
ölçüsü154,73 Kb.
#30152
Afg‘oniston 1918-1945 yillarda

Afg‘oniston 1918-1945 yillarda

Reja :

1.Afg‘onistonning mustaqillik uchun kurashi.

2.Yosh afg‘onlar hukumatining islohatlari.

3.30- yillarda Afg‘onistonda ijtimoiy – iqtisodiy o‘zgarishlar

4.Afg‘oniston ikkinchi jahon urushi yillarida

Afg‘onistonning mustaqillik uchun kurashi.

Birinchi jahon urushi oxirida kelib Afg‘onistonda milliy ozodlik harakati avj oldi. Afg‘onistonda inglizparast amir Xabibullaxon hukumatiga nafrat va g‘azab o‘sib bordi, uning mamlakat mustaqilligini poymol etgan siyosatini qaralovchi kuchlar paydo bo‘ldi. Xabibullaxon siyosatiga qarshi oppozitsiyaga “yosh afg‘onlar” harakati tarafdorlari boshchilik qilardi. Bu harakat safida progressiv ruhdagi ofitserlar, hukumat amaldorlari, milliy savdogarlar va birmuncha liberal kayfiyatdagi pomeshchiklar birlashgan bo‘lib, ular mamlakat mustaqilligiga erishish, konstitutsiya joriy etish, ayrim fuqaro huquqlarini e’lon qilish, markaziy hokimiyatni kuchaytirish talablarini ilgari surdilar. Amirning o‘g‘li Omonnulaxon shu harakatga yaqin turardi hamda uni qo‘llab quvatladilar. Harakat asosan mulkdor doiralar manfaatlarini ko‘zlasada, lekin ilg‘or ijtimoiy – siyosiy talablari tufayli xalq ommasi ishonchi va qo‘llab quvvatlashiga sazovor bo‘lgan edi.1918 yil o‘rtalarida amir Xabibullaxonga suiqasd uyushtirilganligi mamlakatda progressiv arboblarni qattiq ta’qib qilish uchun boxona bo‘ldi. Buning ustiga amir harbiylar maoshini kamaytirdi. Turli xil soliqlarni oshirdi.



1919 yil 21 fevralda amir takror uyushtirilgan suiqasd natijasida Jalolobodda o‘ldirildi. Mamlakatda ikki hokimiyat paydo bo‘ldi. Inglizlar tarafdorlari bo‘lgan saroy ahllari Xabibullaxonning ukasi Nasrullaxonni jalolobodda amir qilib ko‘tardilar. Qobulda esa, harbiy gornizon va aholi yordami bilan Omonnulloxon amir deb e’lon qilindi. Omonulloxon hukumati darhol 28 fevralda Afg‘onistonning ozod, mustaqil va suveren davlat bo‘lishi to‘g‘risida manifest chiqardi.

1919 yil 27 fevralda qo‘shni sobiq RSFSR hukumati mustaqil afg‘on davlatini taniganligini , uning mustaqilligi va suverenitetini hurmat qilishini e’lon qildi. Uning bu qo‘llab quvvatlashi afg‘onistonning mustamlakachilariga qarshi kurashida mavqeini mustahkamladi. Angliya 1919 yil mayida o‘zining 340 ming kishilik qo‘shinlarini Ag‘oniston chegarasiga to‘pladi. Afg‘oniston bunga qarshi 60 ming kishilik armiyani qarshi qo‘ya olardi. Shunday qilib uchinchi ingliz – afg‘on urushi boshlanib ketdi. Saflari xalq lashkarlari bilan to‘ldirilganafg‘on armiyasi ingliz bosqinchilariga qarshi qattiq kurash olib bordi. O‘rta osiyoda RSFSR armiyasi ingliz internentlariga qarshi muvaffaqiyatli harakatlari Afg‘onistonni inglizlarga qarshi urushida qulay sharoitlar yaratdi.

Angliya mustamlakalariga qarshi qo‘zg‘alon ko‘targan pushtun qabilalari xind – afg‘on chegaralariga afg‘on qo‘shinlariga faolharbiy yordam ko‘rsatdilar. Ingliz agressorlarining ahvoli Hindistonda antiimperialistik harakatni ko‘tarilishi bilan murakkablashdi. Urush davomida inglizlar tomonidan zo‘rlab safarbar etilgan ko‘p xind askarlari bosqinchilikda qatnashishdan bosh tortib qurollari bilan afg‘onlar tomonga o‘tib ketdilar. Shu paytda Afg‘oniston xalqaro vaziyat o‘zi uchun qulay bo‘lganidan foydalanib butun kuchni Hindiston chegarasidagi inglizlarga qarshi qaratdi. Ingliz qo‘mondonligi odam soni, harbiy texnikaviy ustunligiga qaramay yarash bitimini tuzishga majbur bo‘ldi. 1919 yil avgustida Revalpindida dastlabki tinchlik shartnomasi imzolandi. Shartnomaga ko‘ra Afg‘onistonning mustaqilligini tan oldi.



1921 yil noyabrida angliya uzil – kesil ingliz – afg‘on tinchlik shartnomasini tuzishga va Afg‘oniston bilan diplomatik munosabatlarni o‘rnatishga majbur bo‘ldi. Afg‘oniston boshqa bir qancha mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi.



Yosh afg‘onlar hukumatining islohatlari.

Uchinchi ingliz – afg‘on urushi tugagandan keyin omonullaxon markaziy hokimiyatni kuchaytirish, feodal tarqoqlikka barham berish, qulchilikni tugatish, dunyoviy maktablar ochish, armiyani mustahkamlashga va boshqa islohatlar o‘tkazishga kirishdi. Bu islohatlar ichki va tashqi reaksiyaning qattiq qarshiligiga uchragani tufayli to‘xtab qolgan edi.

Markaziy va mahalliy davlat apparati mustahkamlandi. Mamlakatda konstitutsion boshqaruvning kurtaklari paydo bo‘ldi. 1923 yili birinchi konstitutsiya qabul qilindi, unda mulk va turar joy daxlsizligi qonun oldida fuqarolar tengligi va boshqa inson huquqlari e’lon qilindi. Hukumat qabila boshliqlari hokimiyatni chekladi, ularni davlat soliqlarini yig‘ish huquqidan mahrum etdi. Shuningdek ruhoniylarni sud ishlarini yuritish va maorif sohasidagi vakolatlari cheklandi. Dunyoviy o‘quv muassasalarining soni oshdi.

1921 yilda qabul qilingan “Sanoatni rag‘batlantirish haqida” gi qonun milliy tadbirkorlarga katta imtiyozlar berishni ko‘zda tutardi.

Hukumat savdo aksionerlik jamiyatlari (shirkat)ni tuzishda yordam berdi. 1923 yili “Yerga cheklanmagan mulkdorlik huquqi, uning oldi – sotdisi xaqida” qonun chiqdi. Bu qonun yerga xususiy mulkchilikni mustahkamladi va pomeshchiklar hamda boshqa yer egalarini yer solig‘i to‘lashdan tashqari davlat oldida har qanday majburiyatlardan ozod qildi. Natural soliqlarni pul solig‘i bilan almashtirilishi haqida e’lon qilindi.

Islohatlar Afg‘onistonda kapitalizm rivojlanishiga yo‘l ochdi. Soliqlarni o‘sishi, qishloqlarda savdo – sudxo‘rlik kapitali faoliyatini o‘sishi dehqonlarni tabaqalanishini, dehqonlar yerlarini pomeshchiklar, savdogarlar, sudxo‘rlar, amaldorlar qo‘liga o‘tishini tezlashtirdi. Bu esa aholini mehnatkash qatlamlari noroziliklarini keltirib chiqardi.

Yangicha tartib qoidalarni joriy qilinishidan manfaatlari siqib qo‘yilgan reaksionerlar, xonlar, ruhoniylar ingliz mustamlakachilarining qo‘llab quvvatlashidan foydalanibbu norziliklardan yosh afg‘onlar hukumatiga qarshi kurashda foydalanmoqchi bo‘ldilar.

1927-1928 yillarda Amir Omonulloxon Hindiston , Misr, turkiya, Eron va Yevropa mamlakatlariga, shuningdek sobiq SSSR ga safar qiladi va o‘zining islohatchilik faoliyatini kengaytirishga intiladi. Ammo 1928 yil kuzida ko‘tarilgan angliya agenturasini bevosita ishtirokida tashkil qilingan reaksion qo‘zg‘alon yosh afg‘onlar hukumatini qulashga olib keldi. Taxt uchun boshlangan o‘zaro ichki kurashlar natijasida 1929 yil yanvarida reaksiyani qo‘llab – quvvatlashi bilan hokimiyatga bagayi Saka (Saqo) keldi. Qo‘zg‘alon boshlangan vaqtda mamlakat shimolida yashovchi tojiklar bagayi Saqo (suv tashuvchini o‘g‘li ) boshchiligida qobulga yurish boshlagandilar. Qo‘zg‘alonchilar bagayi saqoni Habibullaxon nomi bilan amir qilib ko‘tardilar. Omonulloxon Afg‘onistondan chiqib ketishga majbur bo‘ldi. 1929 yili kuzda Afg‘onistonda amirlik o‘zgardi. Omonulloxon islohatlariga qarshi chiqqan general Nodirxon (Omonulloxon hukumatiga sobiq harbiy vazir) Fransiyadan qaytib qo‘shin to‘pladi. Afg‘on qabilalari boshliqlari, oliy martabali ruhoniylar, savdogarlar Nodirxonni qo‘lladilar. Ular past tabaqa kishisi bo‘lgan Bagayi Saqodan ko‘ra amirlikda Nodirxon o‘tirishini istar edilar.

Ko‘p o‘tmay Nodirxon otryadlari Qobulni egalladilar. Bagoyi saqo qatl etildi. 1929 yil oktyabrida Nodirxon Afg‘onistonni amiri deb e’lon qilindi.

Afg‘oniston 30- yillarda .

Yangi hukumatni ichki siyosati pomeshchik – burjua davlatini mustahkamlashga qaratildi. Pomeshchik va savdogarlar manfaatlariga mos tushuvchi markaziy hokimiyatni mustahkamlash yo‘lini tutib, Nodirshoh hukumati ayni vaqtda qabila boshliqlari va ruhoniylarni ba’zi imtiyozlarini qayta tikladi. Musulmonruhoniylari maorif va sud tizimida ilgari o‘rnini egalladi. Lekin ular faoliyati davlat tomonidan nazorat qilinadigan o‘ldi. Shu bilan birga boshqaruvda savdo burjuaziyasining yuqori qatlami qatnashgan bo‘ldi.

Yangi hukumatni siyosati 1931 yil e’lon qilingan Konstitutsiyada o‘z aksini topdi. Konstitutsiya ruhoniylarni maorif va huquq sohasidagi mavqesini mustahkamladi. Qabila zadagonlarining markaziy va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatida to‘g‘ridan – to‘g‘ri ishtirokini ta’minlash.

Ayni vaqtda u qonunchilik sohasida maslahat huquqiga ega bo‘lgan doimiy saylab qo‘yiladigan organ xalq kengashini ta’sis etdi.

1931 yil Konstitutsiyasi afg‘on davlatini absalyut monarxiyadan konstitutsion monarxiyaga rivojlanish yo‘lida yangi qadam edi. U mamlakatda yuzaga kelgan pomeshchiklar va milliy yirik savdo kapitali vakillaridan iborat hukumron doiralar bloki manfaatlariga mos tushardi. Imperialistlar kirdikorlariga qaramay nodirshox xukumati SSSR bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini saqlash yo‘lini tutdi. Bu mamlakatni siyosiy va iqtisodiy manfaatlariga , uning jamoatchiligi, tadbirkor doiralar istaklariga mos tushardi. 1931 yil 24 iyunda Afg‘oniston bilan sobiq SSSR o‘rtasida neytraliter va o‘zaro hujum qilmaslik haqida shartnoma tuzildi.

1933 yili Nodirshox vafotidan so‘ng , uning o‘rniga o‘g‘li 1973 yilgacha afg‘oniston shohi bo‘lib turgan muhammad Zoxir shox taxtga chiqdi. Zokir shohni hokimiyatga kelishi bilan ichki va tashqi siyosatda aytarli o‘zgarish bo‘lmadi.

Afg‘onistonda 30 - yillarda milliy savdo kapitalini qattiq markazlashtirish ruy berdi. Yirik aksionerlik shirkatlar mamlakat iqtisodiyotida muhim mavqelarni egalladilar. Dastlabki davrda ular faoliyatida asosan ichki bozorda import sanoat mollarini sotish, qishloq xo‘jalik xom ashyosini eksport qilishdan iborat bo‘ldi.

Tashqi savdo operatsiyalarini boshqarishdagi monopoliya huquqlarini davlatdan olib , shirkatlar mamlakat tashqi savdosidan ingliz – xind savdo – mudxo‘rlik kapitali vakillarini siqib chiqardilar.

Afg‘oniston milliy iqtisodiyotini rivojlanishga sobiq sovet - afg‘on iqtisodiy aloqalarini kengayishi ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatdi.

Afg‘onistonda urush arafasi yillarida davlat sarmoyalari ishtirokida yengil sanoat bir qancha korxonalari qurildi, bular mamlakatni o‘z sanoat ishlab chiqarishini barpo etilishini boshlanishiga asos soldi. Bir qator muhim korxonalar sobiq SSSR yoodamida qurildi.

Urush arafasi yillarida imperialistik mamlakatlar Afg‘onistonni siyosiy va iqtisodiy bo‘ysundirishga intilishlarini to‘xtatmadilar. Ayniqsa bunda Gitler Germaniyasi va Italiya faollikni namoyon qildi. Germaniya monopoliyalari Afg‘oniston bilan iqtisodiy aloqalarni kengaytirdilar. Nemis va italyan “mutaxassis” va “maslahatchilari” mamlakat armiyasi va davlat apparatiga suqilib kirdilar. Fashist ainturasi ayniqsa sobiq sovet – afg‘on munosabatlarini izdan chiqarishga qattiq harakat qildi.

Afg‘oniston ikkinchi jahon urushi yillarida.

Yevropada urush boshlangandan keyin 1939 yil sentyabrida Afg‘oniston hukumati neytralitet siyosatini o‘tkazish yo‘lini e’lon qildi. Shunga qaramay nemis va italyan agenturasi Afg‘onistonda uning hududidan antisovet diversiyalar, shuningdek, afg‘on – xind chegarasida harbiy avantyuralar tashkil qilishda foydalanishga harakat qilib ko‘rdi. Sobiq sovet – afg‘on chegarasiga tutash mamlakatni shimoliy rayonlarida fashist agentlarini qo‘poruvchilik faoliyati gitlerchilar germaniyasini sobiq sovet Ittifoqiga hujumidan keyin keskin kuchaydi.

1941 yil oktyabrida Afg‘oniston hukumati sobiq SSSR va Angliya hukumatining murojatlari munosabati bilan mamlakatdan german va italyan elchixonalari a’zolari bo‘lmagan nemis va italyan fuqorolarini chiqarib yubordi. 1941 yil noyabrda Qobulda yig‘ilgan Katta jirha (aholi vakillari yig‘ilishi) Afg‘onistonni neytralitetga rioya qilishda qat’iyligini bildirdi. Barcha urush yillarida Afg‘oniston neytralitet siyosatiga amal qilib keldi.

Afg‘oniston urushda ishtirok etmaganligiga qaramay jahon xo‘jalik aloqalarini izdan chiqishi tufayli birmuncha iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. Keng iste’mol sanoat tovarlarining importini keskin qisqartirish ularni o‘tkir yetishmovchiligiga va narxlarni o‘sishga olib keldi. Moliyaviy ahvol ham yomonlashdi, chunki davlat byudjeti daromadlarini anchagina qismini tashkil qilgan bojxona tushumlari keskin qisqarib ketdi. Qog‘oz pullarni ko‘plab chiqarilishi inflyatsiyani keltirib chiqardi. Mamlakatdagi mavjud ijtimoiy shart – sharoitlar afg‘on dehqonlariga 1943-1944 yilga qurg‘oqchilik va shuningdek 1944-1945 yil qishida misli ko‘rilmagan sovuqlar oqibatlarini yengib o‘tishni qiyinlashtirdi.



Urush davrida imperialistlar Afg‘onistonning iqtisodiy qiyinchiliklardan mamlakatda o‘z mavqelarini mustahkamlash uchun foydalanishga urindilar. Angliya monopoliyachilari afg‘on savdogarlari uchun Britaniya Hindistoni bilan savdo – sotiq sharoitlarini yomonlashtirdilar. AQSH kompaniyalari eksportni qariyib yarmini tashkil qilgan afg‘on qorako‘lini sotish ishlarini monopollashtirdilar.
Yüklə 154,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin