Afrika iqlimi, iqlim mintaqalari va tabiat zonalari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə1/7
tarix27.05.2022
ölçüsü1,37 Mb.
#59730
  1   2   3   4   5   6   7
Afrika iqlimi, iqlim mintaqalari va tabiat zonalari


Afrika iqlimi, iqlim mintaqalari va tabiat zonalari


Reja:


I. Kirish
II. Asosiy qism
2.1. Afrika materigining iqlimi va o’ziga xos hususiyatlari
2.2. Afrikaning iqlimi zonalari, Afrikaning iqlim zonalaridagi holati
2.3. Afrika iqlimining xususiyatlari
2.4. Afrika iqlim mintaqalari
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar


I. Kirish
Kurs ishi mavzuning dolzarbligi:
Afrika Yer yo’zida shimoliy va janubiy yarimsharlarda taxminan bir xil masofaga cho’zilgan yagona materikdir. Materikning ana shu hususiyati har ikkala yarim sharda bir xil kengliklarda bir xil iqlim paydo bo’lishi uchun sharoit yaratgan. Afrika territoriyasida deyarli barcha iqlim mintaqalari ikki martadan uchraydi.Lekin,Afrikaning shimoliy qismining maydoni janubiy qismining maydonidan, ya’ni (ekvatordan janubdagi qismidan) ikki marta kattaligi muhim ahamiyatga ega.
Afrikadan shimol va shimoli - sharqda juda katta Yevrosiyo quruqligi joylashgan. Kontinentlar orasidagi iliq, dengizlar O’rta dengiz bilan Qizil dengiz Afrikani Yevrosiyodan ajratib turadi. Janubiy subkontinent Atlantika okeani bilan Hind okeani orasidadir. Shuning uchun ham ekvatordan shimol va janubda iqlimning vujudga kelish sharoiti bir xil emas.
Materikning asosiy qismi tropiklar orasida bo’lib, butun yil davomida quyoshdan ko’plab issiqlik oladi va juda qizib ketadi. Shimoliy yaxlit qismi esa ayniqsa kuchli qiziydi. Butun Afrika (bir ozgina territoriyani istisno qilganda) yiliga 160 kkal. sm2 dan ko’proq issiqlik oladi. Shimoliy qismida esa yalpi radiatsiya 200 kal. sm2 dan oshadi. Bunday yo’qori temperaturalar Afrikaning Yer sharidagi eng issiq materik ekanligidan dalolat beradi.
Materik Yer yo’zasining ancha tekisligi va chekka qismining ichki qismlarga nisbatan bir oz ko’tarilganligi sababli Afrika iqlimiga okeanlar u qadar katta ta’sir qilmaydi va Afrika iqlimi o’ziga xos kontinental iqlimdir, Shimoliy qismi juda katta bo’lganidan va Yevrosiyoga yaqin joylashganligidan iqlimi ayniqsa kontinentaldir.
Afrikaning katta qismi har ikkala yarimsharning subtropik antisiklonlari va passat sirkulyasiyasi ta’siridadir. Shimoliy yarimsharning quruqlikdan esadigan passatlari nisbiy namligi kam bo’lgan kontinental havo olib keladi. Hind okeani tomonidan esadigan janubiy yarimshar passatlari materikning chimoliy chekkasiga beqaror sernam havo massalari keltiradi. Materikning g’arbiy chekkalari shimoliy va janubiy yarimsharlarda Atlantika subtropik antitsiklonlarining sharqiy chekkasi ta’sirida bo’lib, ular uchun passat inversiyasi harakterlidir. Bu inversiya Atlantika okeanining sovuq oqimlari tasirida ancha kuchayadi. Bu esa yog’in yog’ishi uchun noqulay sharoit yaratadi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin