MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASHNI XALQ
XO’JALIGIDAGI O’RNI VA AHAMIYATI.
Qishloq xo’jalik mahsulotlari, jumladan meva-sabza-votlarni saqlash va qayta ish-
lash texnologiyasi - xom ashyoni saqlash va dastlabki qayta ishlov berishni
o’rgatuvchi fandir.
Ushbu fan agronomiya ixtisosliklari uchun o’qilishidan avval dasturda o’tilgan
fanlarga: o’simliklar fiziologiyasi va biokimyosi, agrokimyo, umumiy dehqonchilik,
mikrobiologiya, entomologiya, fitopatologiya, qishloq xo’jalik mashinalari, meteor-
ologiya, o’simlikshunoslik, mevachilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqalarga
asoslangan. Meva-sabzavotlarni saqlash va dastlabki ishlov berish fanining asosiy va-
zifasi xom ashyoni kamayishini ogohlantirish va to’xtatish hamda ulardan sifatli va
ko’p miqdorda mahsulot olish hisoblanadi. Texnologiya xom ashyodan unumliroq
foydalanishni, shuningdek, uni qayta ishlagandan keyin chiqqan chiqitlardan
o’simlikshunoslik va chorvachilikni rivojlantirishda foydalanishni o’rgatadi. Hosilot
o’zi yetishtirgan mahsulotni nima maqsadda ishlatilishini bilishi shart. Bu fanni
bilish yuqori va sifatli hosil olishda xizmat qiladi.
Shuningdek, sohani rivojlantirish uchun qishloq xo’jaligidagi barcha yo’nalishlar
qishloq xo’jalik fani bilan ishlab chiqarish o’rtasida aloqani kuchaytirish,
xo’jaliklarning qayta ishlash korxonalari, savdo va jamoat ovqatlanish tizimlari bilan
to’g’ridan-to’g’ri aloqalarni rivojlantirish, tayyorlov tashkilotlari va xo’jaliklar
o’rtasida tuzilgan shartnomalarni bajarishda o’zaro ma’suliyatni oshirishdan iborat.
Ishlab chiqarish jarayonlari va realizatsiya paytida mahsulot sifatini yaxshilash
hamda kamayishiga yo’l qo’ymaslik, qayta ishlash korxonalarini joylashtirishni
takomillashtirish, ularni xom ashyo bazasiga yaqinlashtirish, yangi sovutgichlar
texnikasini qo’llash va rivojlantirish, mahsulotlarni tashish va saqlash uchun soha
tarmoqlarini refrijerator transporti hamda konteynerlar bilan to’liq ta’minlash zarur.
Respublika xo’jaliklarida keng ko’lamda sabzavotlarni tuzlash punktlari, kompot
va sharbat tayyorlaydigan korxonalar, meva-uzumlarni quritish maydonchalarini tash-
kil etish lozim.
Meva-sabzavotlarni sifatli saqlash va qayta ishlash ko’p jihatdan hosilot, iqtisod-
chi va zoomuxandislarga bog’liq. Ular va boshqa qishloq xo’jalik xodimlariga
mahsulotlarni saqlashda quyidagi talablar qo’yiladi:
1. mahsulotlarni va urug’lik fondini imkoniyati boricha yo’qotmasdan hamda si-
fatini tushurmasdan saqlash;
2. mahsulotlarni saqlayotgan paytda tegishli texnologik usullar va rejimlar qo’llab
ularning sifatini yanada oshirish;
3. oz mehnat va sarf harajat qilib, mahsulotlarni saqlashda rentabellikni oshirgan
holda saqlash.
Oxirgi masala juda zarur bo’lib, ba’zi mahsulotlarni saqlashda (kartoshka, karam
va boshqalar) harajatlar mahsulotni ishlab chiqarishdagi qiymatidan ham ortib ketadi.
Inson qishloq xo’jalik mahsulotlarini iste’mol eta boshlagandan buyon uni
saqlash va qayta ishlash bilan shug’ullanib keladi. yetishtirilgan mahsulotni nes-
no’bud qilmasdan va sifatini pasaytirmasdan saqlash va undan unumli foydalanish
4
qadimdan inson ehtiyojlaridan biri bo’lgan. Ko’chmanchi qabilalar yig’ilgan meva va
urug’larni saqlash uchun tabiiy omborlar - g’or, daraxtlarning g’ovaklaridan foyda-
lanishgan, keyinchalik esa maxsus yerto’lalar qurishgan. Qabilalar o’troq bo’lib yash-
ay boshlagan paytda ortiqcha mahsulotlarini saqlash, shuningdek, ularni zararkunan-
dalardan asrashni o’rgana boshlagan.
Dostları ilə paylaş: |