Агар хосил кутиларда сакланса улар тахлаб куйилади


Respublikamiz xududida etishtirilgan meva-sabzavot va uzum maxsulotlari



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#43700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
qx max saq qayta

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Jami
Respublikamiz xududida etishtirilgan meva-sabzavot va uzum maxsulotlari 

xaqida ma’lumot 

 

 



Meva-

sabzavot turi  

2011 

yilda 

et-

ishtirish 

meva-

sabzavot maxsuloti  

(ming.t.) 



2011 

yilda 

amalga  oshiril-

gan 

eksport 

xajmi  

(ming.t.) 



Eksportning  et-

ishtirilgan 

meva-

sabzavotga  nis-

bati (%) 

Meva  



1545.2 

71.9 


4.7 

Sabzavot  



5750.2 

98.2 


1.7 

Uzum  



927.16 

56.8 


6.1 

Poliz  



1065.27 

73.6 


6.9 

 

Jami  



9446.8 

300.5 

3,2 

 

O’zbekiston sharoitida qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashga 



alohida  e’tibor  berib  kelishgan.  Mintaqamizda  ob-havo  yil  va  bir  kecha-kunduzda 

o’zgaruvchan bo’lganligi sababli go’sht, yog’, sut, baliq, tuxum kabi mahsulotlar is-

siqda  tez  ayniydi,  juda  qattiq  sovuqda  esa  sabzavot  va  mevalar  muzlab  qoladi. 

O’zbekistonda qishloq xo’jalik mahsulotlarini 

saqlash  va  qayta  ishlashning  eng  qadimgi 

usullaridan  ko’mib  yoki  ilib  saqlash,  qoqi 

olishda  quritish  kabilar  keng  qo’llanilgan. 

Mahsulot  saqlashda  sabzavot,  don,  meva, 

go’sht,  qazi  va  tuxumni  ko’mib,  poliz 

mahsulotlarini osib saqlash, turli meva, qovun, 

pomildorilardan  qoqi  olish,  uzum,  rayxon, 

kashnich, jambil va qizil qalampirni quritishni 

amalda 

keng 


qo’llanilishi 

shular 


jumlasidandir.  Asosan,  quruq  mahsulotlar  tez 

buzilmaydigan  hisoblanib,  ular  quruq  joyda, 

shisha,  chinni  yoki  sopol  idishlarda,  yopi-

ladigan 


qog’oz  va  yog’och  qutilarda, 

sandiqlarda saqlangan. 




 

 

 



Qishloq  xo’jalik  mahsulotlarini  saqlash  va  qayta  ishlash  bo’yicha  ma’lumotlar 

Markaziy Osiyoda IX-XII asrlarda yoritilgan. Ibn al Xaysam (965-1035), Ibn Xatib ar 

Roziy (1149-1209), Ibn Rashta (XII asr), Ibn Hammar (942 yilda tug’ilgan) Muham-

mad  Ibn  Baxrom  (1194  yilda  vafot  etgan),  Abu  Hamid  Ibn  Ali  Ibn  Umar,  Xasrat 

Mashxadiy  Sayid  Muhammad  (XVII  asr)  kabilarning  asarlarida  dehqonchilik 

mahsulotlarini  qayta  ishlash  tilga  olingan.  Ular  bu  mahsulotlarning  foydaliligini  va 

ularni  qi-shin  -  yozin  iste’mol  qilish 

zarurligini batafsil bayon etganlar.

 

 



Mustaqil  Respublikamizda  yil-

dan-yilga  sabzavot  va  mevalar  yet-

ishtirish ortib bormoqda. Sabzavot va 

mevalarning  sifati,  bir  tomondan, 

ularning  turi  va  naviga  bog’liq 

bo’lsa, ikkinchi tomondan ularni ter-

ish va uzish muddatlari hamda ularni 

saralash, tovar holatiga keltirish, joy-

lash,  tashish,  saqlash  usullariga 

to’liq rioya qilib borishga ham bog’liqdir. Bu ishlar o’z vaqtida va a’lo bajarilganda 

mahsulotning sifati va ta’mi yanada ortadi. 

Shuningdek, inson organizmi uchun juda zarur bo’lgan qand, vitaminlar, biologik 

faol  va  mineral  moddalarning  ko’pligi  noz-ne’matlarining  oziqaligi,  to’yimligi  va 

shifobaxshlik  ahamiyatini  yanada  oshiradi.  SHu  sababli  ho’l  sabzavot,  meva  va 

uzumni imkoni boricha yuqori sifatli holda uzoq vaqt saqlash asosiy vazifadir. 

Etishtiriladigan  joyning  o’zida-xo’jaliklarda  yangi  sabzavot,  meva  va  uzumni 

saqlash maqsadga muvofiqligini fan va amaliyot tomonidan isbotlangan. Sabzavot va 

mevalarni  mahsulot  yetishtirilgan  xo’jalikning  o’zida  saqlansa,  ular  ancha  uzoq 

muddat saqlanadi va chirib no’bud bo’lishi 15-20 foizga kamayadi. SHuni ta’kidlash 

kerakki,  xususan  O’zbekiston  sharoitida  meva,  sabzavot  hosilini  yig’ishtirish, 

transportda tashish va saqlash masalalari hali chuqur o’rganilmagan sabzavotchilik va 

mevachilik sohalarida erishilgan fan yutuqlari va ilg’or ishlab chiqarish tajribalari esa 

xo’jaliklar o’rtasida unchalik ko’p tarqatilmayapti.  

Qo’lda 


bajariladigan 

meva-


sabzavotlarni  saqlash  usullari  qim-

matga tushadi va ishlab chiqarish sha-

roitlariga  mos  kelmaydi.  Eskicha 

saqlash  usullari  hozirgi  bozor  iqtisodi 

talablariga  javob  bera  olmay  qoldi. 

SHu  boisdan  ko’p  miqdorda  sabzavot 

va 

meva 


mahsulotlarini 

yaxshi 


saqlashga imkon beradigan yangi usul-

larni qidirib topish va ishlab chiqarish 

zarur.  Yoz  oylari  jazirama  issiq 

O’zbekiston uchun bu mahsulotlarni saqlash rejimi ham, bo’lakcharoq har xil turdagi 

omborlar, hosil yig’ishtirish usullari ham birmuncha boshqa bo’lish kerak.  



 

 

 



Ma’lumki,  deyarli  hamma  sabzavotlarni  bir  necha  soatdan  8-9  oygacha  saqlab 

qo’yiladi.  Ammo,  yangi  mahsulot  saqlangandan  vaznining  tabiiy  ravishda  kama-

yishini  atigi  bir  foizga  tushurish-ning  o’zi  o’n  minglab  tonna  mahsulotni  tejash  im-

konini beradi. 

SHuning uchun sabzavot va meva yetishtiradigan xo’jaliklarning hamda mahsulot 

tayyorlash idoralari va saqlash manzillarining xodimlarida ana shu masalalarga jiddiy 

e’tibor berilishi talab qilinadi, shundagina aholi yetishtirilgan meva, uzum, kartoshka, 

sabzavot  va  poliz  mahsulotlaridan  o’z  talabiga  muvofiq  ravishda  to’la  baxramand 

bo’lishi mumkin. Aholini meva va sabzavotlar bilan yil bo’yi bir tekis ta’minlab turish 

uchun  har  qaysi  ekinni,  ekish  muddatlarini  navlar  bo’yicha  rejalashtirilishi  va 

mahsulot tasdiqlangan reja asosida yetkazib turilishi lozim. 

Ma’lumki,  keyingi  yillarda  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  majlisi  tamonidan 

qishloq xo’jaligiga taaluqli bir qator qonunlar qabul qilindi. Ularga «Fermer xo’jaligi 

to’g’risida», «SHirkat xo’jaliklari to’g’risida», «Mahsulotlarni yetishtirish, saqlash va 

qayta  ishlashni  takomillashtirish»,  «Qishloq  xo’jaligida  islohotlarni  yanada 

chuqurlashtirish»  shular  jumlasidandir.  2008  yilda  9446,8  tonna  meva-sabzavot, 

uzum va poliz maxsulotlari etishtirilib, ularning 10,6 % ya’ni 998 ming to’nnasi qay-

ta ishlangan.  

SHuningdek  Vazirlar  mahkamasining  «O’zbekiton  qishloq  xo’jalik  ekinlarini 

1998  yilda  nes-no’bud  qilmasdan  yig’ib  olish».  «Mahsulotlarni  yetishtirish,  saqlash 

va qayta ishlashni takomillashtirish» kabi qarorlar qabul qilindi. 




Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin