Агар хосил кутиларда сакланса улар тахлаб куйилади



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#43700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
qx max saq qayta

 

 

KARTOSHKA, SABZAVOT VA MEVALARNI SAQLASHNING NAZARIY 

ASOSLARI 

 

Meva-sabzavotlar  sifati  o’simlikning  o’sishi  va  rivojlanishi  hamda  hosilning 

hajmi,  kimyoviy  tarkibi,  tovarligi  va  saqlanishi  asosan  yetishtiradigan  sharoitga 

bog’liqdir.  

Uzoq  muddatga  saqlashga  va  turli  konservalash  maqsadlariga  mo’ljallangan, 

sifatli mahsulot olish muammolari har bir yetishtirish mintaqasiga mos keladigan tur, 

navning tanlashga va shunga yarasha 

agrotexnik tadbirlar ishlab chiqilgan 

bo’lib, 

uning 


biologik 

xususiyatlariga to’g’ri kelishi kerak.  

Bizning  mamlakatimizda  30  ga 

yaqin 


meva-sabzavotlar 

yetishtiriladigan  mintaqalar  mavjud 

bo’lib,  ularning  ob-havo  va  tuproq 

sharoitlari  bir-biridan  keskin  farq 

qiladi. 

Boshqa 


tomondan 

mintaqalarni 

o’zlariga 

mos 


keladigan  o’simlik  tur  va  navlari 

yetishtirishga 

ixtisoslashtirilgan 



 

 

 



bo’lishi kerak. Masalan: Xorazm, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida qovun, Farg’onada 

o’rik,  Samarqand  viloyatida  uzumning  kishmish  navlarini  yetishtirish  va  quritish, 

Toshkent viloyatida sabzavotlar yetishtirish va boshqalar. Bunday misollarni ko’plab 

keltirish mumkin.  

Sifatli meva-sabzavotlar, ayniqsa kartoshka va ild-

iz mevaliklarni yetishtirishda tuproq xususiyatlari, bi-

rinchi  navbatda  uning  mexanik  tarkibi  yengil 

tuproqlarda  (qum  va  qumloq)  yetarli  oziqa  modda-

lariga  va  namga  ega  bo’lsa,  yuqori  oziq-ovqat  si-

fatlariga  ega  bo’lgan  kartoshkaning  mo’l  hosili  oli-

nadi.  Mevalar  yaxshi  yetilib,  ularda  qalin  po’stloq 

yuzaga  kelib,  shakllansa  ularda  tinim  davri  o’z 

vaqtida 


boshlanadi 

va 


turli 

fitopatogen 

mikroorganizmlarga 

nisbatan 

qarshiligi 

oshadi, 


mevalar yaxshi saqlanadi.  

Tuproq  turlari  ayniqsa  ko’p  darajada  uzum 

hosilining  hajmi  va  sifatiga  ta’sir  etadi.  Bu  o’simlik 

drenaj  qilingan,  tezda  qiziydigan  va  karbonatlarga 

boy bo’lgan tuproqlarda yaxshi o’sadi va hosil beradi. 

Hozircha 

ob-havo 

sharoitlariga 

agronomik 

o’zgarishlarga 

erishilayotgani 

yo’q 


(do’l 

yog’diriladigan  bulutlarni  artileriya  moslamalari 

yordamida tarqatish bundan mustasnodir). 

Namlikning  ortiqchaligi  o’sish  davrini  uzaytiradi  va  meva-sabzavotlarni  yetilish 

muddatlarini  orqaga  suradi  hamda  ularning  kimyoviy  tarkibidagi  komponentlari 

miqdorining yig’ilishiga ta’sir ko’rsatadi. 

SHunday  qilib,  o’stirish  mavsumidagi  ob-havo  sharoitida  yetishtirilgan 

mahsulotlarni  saqlashda  ularning  holatini  va  muhitini  muntazam  ravishda  kuzatib 

borish zarur. 

Sug’orish va o’g’itlash hosil hajmini 

oshirishda va uning sifatini yaxshilashda 

xizmat  qiladi.  Ammo  sug’orish  va 

o’g’itni noaniq miqdorda qo’llash salbiy 

natijaga,  ya’ni  sifat  ko’rsatkichlarini 

pasayishiga,  ayniqsa  meva-sabzavotlarni 

yomon 


saqlanishiga 

olib 


keladi. 

Sug’orish  va  o’g’itlashdan  tashqari, 

meva-sabzavotlarni 

sifatiga 

va 

saqlanishiga  agrotexnik  tadbirlarning 



boshqa  usullari  ham  muhim  ta’sir 

ko’rsatishi  mumkin  (qirqish,  xomtok,  o’sishini  susaytiruvchi  moddalar  qo’llash  va 

nihoyat hosilni yig’ishni to’g’ri tashkil etish kiradi).  



 

 

 



Meva-sabzavotlarni  saqlashdagi  asosiy  vazifa  ularning  fizikaviy  va  kimyoviy 

tarkibini,  ya’ni  tashqi  ko’rinishi  rangi,  ta’mi,  hamda  oziq-ovqat  qiymati  va  boshqa 

xususiyatlarini saqlab qolishdan iborat. 

Meva-sabzavotlarni  oz  miqdorda  yo’qotib  saqlanish  xususiyati  ularni  saqlashga 

chidamliligini  belgilaydi.  Meva-sabzavotlarni  mikroorganizmlar  bilan  ta’sirlanishiga 

qarshilik ko’rsatish xususiyati ularning immunitetligi deb yuritiladi. Mahsulotlarning 

saqlashga chidamligi ularni qulay sharoitda saqlash muddati bilan aniqlanadi. Meva-

sabzavotlarni  saqlash  chidamliligi  ma’lum  mintaqa  va fasl, agrotexnik va texnologik 

rejimda  namoyon  bo’lishi  saqlanuvchanlik  deb  ataladi.  Saqlanuvchanlik  odatda 

saqlash davrida mahsulotlarni yo’qotish og’irligini foizlarda hisoblangan miqdori bi-

lan  belgilanadi.  Umuman  olganda  meva-sabzavotlarning  saqlashga  bo’lgan  chidam-

lili-gini  o’zi  tabiiy  xususiyatdir.  Shuningdek  bir  navning  o’zi  har  xil  sharoitda  yet-

ishtirilishiga qarab turlicha saqlanishi mumkin. 

Meva-sabzavotlarni  saqlashga  bo’lgan  chidamliligi  ko’p  omillarga  bog’liq. 

Mevalarning katta-kichikligi, zichligi, po’stining qalinligi, shakli va po’stining butun-

ligi,  rangi  hamda  boshqa  ko’rsatkichlari  ma’lum  nav  uchun  xos  bo’lsa  bunday 

mevalar yaxshi saqlanadi. Mevalarning o’ziga xos xususiyatlaridan cheklanishi ularn-

ing saqlanuvchanligini susaytiradi. 

Meva-sabzavotlar  hosilini  yig’ib  olingandan  keyingi  biologik  xossalariga  ko’ra 

uch  guruhga  bo’linadi:  kartoshka  va  ikki  yillik  sabzavotlar;  mevalar  va  mevali  sab-

zavotlar, ko’katlar, rezavor mevalar va danakli mevalarning ko’pchiligi. 

Kartoshka  va  ikki  yillik  sabzavotlarning  saqlashga  chidamliligi  ularda  kechi-

ladigan  fiziologik  tinim  davriga  bog’liq.  Bu  mexanizm  xujayralarning  o’ziga  xos 

o’zgarishi  va  moddalar  almashinuviga  bog’liq  bo’ladi.  Masalan:  kartoshka  va  piyo-

zlarda fiziologik tinim davri ancha uzoq bo’lib, unda o’suv nuqtalari hatto qulay sha-

roitda ham uyg’onmaydi. Fiziologik tinim davrida mahsulotlarning tabiiy yo’qotilishi 

juda kam bo’lib, sifati esa deyarli o’zgarmaydi. 

Meva-sabzavotlarning  saqlashga  chidamliligini  ularni  yig’ilgandan  keyingi 

yetilish davrining davomiyligiga qarab baholanadi. Mevalar yig’ilgandan so’ng ularda 

bo’ladigan  fiziologik  va  biokimyoviy  jarayonlar  natijasida  urug’i,  kurtagi  va  meva 

mag’zining to’la shakllanishi yig’ishtiriladigan keyingi yetilish davrining davomiyligi 

bilan  mevalarning  saqlanish  muddati  ham  aniqlanadi.  yetilish  davri  qancha  davom 

etsa, uni saqlash muddati ham shuncha uzoq bo’ladi.  

Meva-sabzavotlarni  saqlash  jarayonida    ularning  fizik  xususiyatlarini  bilish, 

saqlashda bu xossalardan ilmiy asosda foydalanish muhim hisoblanadi. Ularning fizik 

xossalari mahsulotni yig’ib-terib olishda, tashishda hamda saqlashda katta ahamiyatga 

ega. Meva-sabzavotlarning fizik xossalariga ularning suv bug’latishi, terlashi, issiqlik 

almashinuvi,  mexanik  pishiqligi,  sochiluvchanligi,  o’z-o’zidan  navlarga  ajralishi, 

g’ovakligi  va  boshqalar  kiradi.  Mevalar  saqlashning  dastlabki  kunlarida  suvni  juda 

tez bug’latadi, ya’ni mevalar o’z tarkibidagi erkin suvdan xalos bo’ladi. 

Meva-sabzavotlar idishga to’kma holda qalin qilib va ustidan havo o’tishi uchun 

ochiq joy qoldirmay joylanganda ular terlay boshlaydi. YAshik yoki uyum o’rtasidagi 

harorat  odatda  ombor  haroratidan  yuqori  bo’ladi.  SHu  sababli  ular  tez  buziladi, 




 

 

 



chunki  sirtidagi  namlik  turli  mikroorganizmlarning  rivojlanishiga  qulay  sharoit 

tug’diradi. 

Fizik  xossalaridan  yana  biri  sochiluvchanlik  xususiyati  ham  meva-sabzavotlarni 

saqlashda  muhim  ahamiyatga  egadir.  Ular  turli  xil  shakl  va  o’lchamda  bo’lganligi 

uchun  ularning  to’kiluvchanligi  past  bo’ladi.  Mahsulotlarning  o’z-o’zidan  sara-

lanishini  oldini  olish  uchun  ularning  o’lchamlariga  qarab  navlarga  ajratish va katta-

kichikligiga  qarab  kalibrovka  o’tkazish  muhim  hisoblanadi.  Bunda  mahsulot-larni 

tuproq, qum va boshqa chiqitlardan ham tozalash mumkin. 

Saqlash  davomida  mahsulotlar  orasidagi  havoning  almashinuvi  ularning 

g’ovakligiga  bog’liq.  Meva-sabzavotlarning  1  metr  kub  uyumidagi  bo’shlik  hajmi 

ularning g’ovakligi deb yuritiladi. Odatda g’ovaklik 30-50% gacha bo’ladi.  

Meva-sabzavotlarni  saqlashda  asosiy  saqlash  sharoiti-  harorat,  havoning  nisbiy 

namligi  va  gaz  muhitining  tarkibiga  bog’liq.  Haroratni  pasaytirish  mahsulotlarni 

saqlash  davrida  biokimyoviy  jarayonlarni  sekinlashtiradi,  shuningdek,  fitopatogen 

mikroorganizmlarning  rivojlanishini  cheklaydi.  SHuning  uchun sun’iy sovutiladigan 

omborlarning  bunyod  etilishi  sabzavot  va  mevalarni  uzoq  muddat  saqlashga  erishi-

ladigan yo’llardan biridir.  

Meva-sabzavotlarni saqlash uchun sun’iy usulda - sovutgichlarda va tabiiy usulda 

shamollatish tashqi havo yordamida sovutiladi. Meva-sabzavotlarni muzlashi -0,5 dan 

-3

0

  gacha  ro’y  beradi.  Mevalarning  muzlash  harorati  ular  tarkibidagi  suvning  mi-



qdoriga  bog’liq.  Meva-sabzavotlarni  haroratga  nisbatan  munosabati  bir-biridan  tub-

dan farq qiladi. Ularni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: 0

0

 dan biroz past va bi-



roz yuqori haroratda yaxshi saqla-nadigan - piyoz, sarimsoq, karam; olma, olxo’ri va 

uzumning  ba’zi  navlari;  ammo  bunday  harorat  urug’lik  sabzavotlarga  to’g’ri 

kelmaydi;  0

0

  ga  yaqin  va  undan  biroz  yuqori  haroratda  yaxshi  saqlanadigan  -  bu 



guruhga meva-sabzavotlarning ko’pchilik tur va navlari to’g’ri keladi.  

2-asosiy  sharoit  bu  sabzavot  va  mevalarni  saqlashdagi  havoning  nisbiy  namligi. 

Ko’pchilik  sabzavot  va  mevalar  uchun  havoning  nisbiy  namligi  90-95  %,  piyoz  va 

sarimsoq uchun esa eng past ya’ni 75 % bo’ladi. CHunki ularni bundan yuqori nam-

likda  saqlansa  bo’g’in  kasalligiga  duchor  bo’lishi  aniq.  Ombordagi  havoning 

solishtirma  birligi  va  tarkibi-  saqlanadigan  mahsulotda  kechadigan  biokimyoviy  ja-

rayonlarga, shuningdek, tovar holatiga va isrofiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri 

hisoblanadi. 

 

 


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin