Аграномия (деҳқончилик маҳсулотлари бўйича) таълим йўналиши негизидаги 5А410202-Ўсимликшунослик (экинлар гуруҳлари бўйича) мутахассислигининг давлат таълим стандарти лойиҳасига


Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi boshlig‘i



Yüklə 59,5 Kb.
səhifə2/2
tarix08.09.2023
ölçüsü59,5 Kb.
#141995
1   2
МТ ga тақриз -2023

Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi boshlig‘i


U.Toxtarov


60810500 – Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti
bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talabiga
T A Q R I Z
Hozirgi kunda eng avvalo aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash, qolaversa qishloq va suv xo‘jaligi sohalarini va sanoat tizimlarini elektr energiya bilan ta’minlash, shuningdek ishlab chiqarish sanoat-korxonalarini, zavod va fabrikalarni yuqori samarali elektr energiyasi bilan ta’minlash, bu o‘rinda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida oqilona foydalanish qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti sohasi oldida turgan asosiy dolzarb vazifa hisoblanadi. Ushbu sohadagi murakkab muammolarni hal etadigan, iqtidorli, saviyasi keng, chuqur bilimga ega, mutaxassisligi bo‘yicha respublika va dunyodagi holatdan xabardor mutaxassislarni tayyorlash ham bugungi kunda muhim tadbir va yechim hisoblanadi. Ushbu maqsadlarga qaratilgan, ya’ni qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti tarmog‘ini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shadigan, zamonaviy axborot texnologiyalaridan erkin foydalana oladigan, soha bo‘yicha dunyoda yangiliklaridan xabardor, yangi texnologiyalarni yarata oladigan va qo‘llay oladigan, intellekti boy yetuk mutaxassis - muxandis-energetik, elektrik, elektr tizimlarini loyixalovchi, elektr montajchi, elektr slesar, elektr texnik servis xizmati faoliyati, elektr uskunalarni sozlash va montaj xizmati faoliyati, elektr mexanik, elektr uskunalarni eksplutatsiya qilish faoliyati, operativ dispetcherlik xizmati, rele ximoyasi va avtomatika xizmati faoliyati kvalifikatsiyalarigani shakllantirishga qaratilgan ushbu malaka talablari loyihasi o‘z ichiga gumanitar va ijtimoiy fanlar, matematik va tabiiy-ilmiy fanlar, umumkasbiy fanlar, ixtisoslik fanlari bloklari mazmuni hamda sifatiga qo‘yiladigan umumiy va kasbiy talablarni qamrab olgan.
Ushbu malaka talablari loyihasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 iyundagi “Davlat oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to'g'risida”gi PQ-279-son, 2017 yil 20 apryeldagi “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” PQ-2909-son, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3151-son, 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'grisida”gi PQ-3775-son Qarorlariga hamda oliy ta'lim sohasini tartibga soluvchi boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar, shuningdek, xalqaro talablarga asoslangan bo‘lib, 60810500 – Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlovchi oliy ta’limning ta’lim dasturi bo‘lib, u amalga oshirilsa, talaba nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirib, yetuk mutaxassis bo‘lib chiqadi. Bu dastur yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan bo‘lib u bakalavrni har tomonlama shakllanishini ta’minlaydi, jumladan, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida texnologik ishlarni bajara oladigan va yangi texnologiyalarni yarata oladigan keng saviyali mutaxassis bo‘lib shakllanishini ta’minlaydi.
Malaka talablari va o‘quv rejasiga tarmoq bo‘yicha zamonaviy yutuqlarni aks ettiruvchi va talablarga javob beruvchi fanlar kiritilgan. Bunda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish ko‘zda tutilgan.
60810500 – Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasida majburiy fanlar bloki umumiy yuklamasi 75 foizgacha, tanlov fanlari bloginiki 25 foizgacha hajmda bo‘lib, bu bloklardagi fanlar ixtisoslik xususiyatidan kelib chiqqan holda alohida-alohida kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalari vazirligining 2023-yil 9-iyundagi “Oliy ta’limning me’yoriy-uslubiy xujjatlarini ishlab chiqish jarayonini takomillashtirish” to‘g‘risidagi №259-sonli buyrug‘iga muvofiq 60810500 – Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talablari amaldagi malaka talablaridan farq qilib, unga qo‘yilgan talablarni hisobga olgan holda takomillashtirilgan bo‘lib kadrlar tayyorlashning zamonaviy talablariga javob beradi va tasdiqlashga tavsiya etiladi.

Andijon mashinasozlik instituti,
Elektrotexnika, elektromexanika va
elektrotexnologiyalari” kafedrasi mudiri,
texnika fanlari falsafa doktori (PhD) A. Shukuraliyev
Yüklə 59,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin