Аграномия (деҳқончилик маҳсулотлари бўйича) таълим йўналиши негизидаги 5А410202-Ўсимликшунослик (экинлар гуруҳлари бўйича) мутахассислигининг давлат таълим стандарти лойиҳасига



Yüklə 59,5 Kb.
səhifə1/2
tarix08.09.2023
ölçüsü59,5 Kb.
#141995
  1   2
МТ ga тақриз -2023


70810501 – Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti
magistratura mutaxassisligining malaka talabiga
T A Q R I Z
Mamlakatimizda keyingi yillarda barcha sohalar qatorida qishloq va suv xo‘jaligini energiya ta’minot tizimlarida ham olib borilgan keng qamrovli islohotlar natijasida elektr energiya ishlab chiqarishida yil sayin o‘sishga erishilmoqda. Bu esa sanoat tarmoqlarini ham rivojlanishiga zamin yaratmoqda. Ma’lumki, qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minot tarmog‘ining rivojlanishida zamonaviy texnologiyalar yordamida elektr energiyalarni yaratilishi, iste’molchilarga elektr energiya isrofini kamaytirgan xolatda yetkazib berish texnologiyalarining takomillashtirib borilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Qishloq va suv xo‘jaligi energetika tizimining o‘ziga xos xususiyatlari elektr energiya ishlab chiqishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash va uni muntazam rivojlantirib borishni talab etadi. Sohadagi mavjud muammolarni hal etadigan, iqtidorli, saviyasi keng, chuqur bilimga ega, mutaxassisligi bo‘yicha respublika va dunyodagi holatdan xabardor mutaxassislarni tayyorlash ham bugungi kunda muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu vazifalar yechimiga qaratilgan, ya’ni qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti tarmog‘ini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shadigan, zamonaviy axborot texnologiyalaridan erkin foydalana oladigan, soha bo‘yicha dunyoda yangiliklaridan xabardor, yangi texnologiyalarni yarata oladigan va qo‘llay oladigan, intellekti boy yetuk mutaxassisni shakllantirishga qaratilgan ushbu malaka talablari va o‘quv rejasi o‘z ichiga majburiy va tanlov fanlari, ilmiy faoliyat bloki mazmuni hamda sifatiga qo‘yiladigan umumiy va maxsus talablarni qamrab olgan.
Ushbu malaka talablari loyihasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 iyundagi “Davlat oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to'g'risida”gi PQ-279-son, 2017 yil 20 apryeldagi “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” PQ-2909-son, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3151-son, 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'grisida”gi PQ-3775-son Qarorlariga hamda oliy ta'lim sohasini tartibga soluvchi boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar, shuningdek, xalqaro talablarga asoslangan bo‘lib, 70810501 – Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlovchi oliy ta’limning ta’lim dasturi bo‘lib, u amalga oshirilsa, talaba nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirib, yetuk mutaxassis bo‘lib chiqadi. Bu dastur yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan bo‘lib u magistrni har tomonlama shakllanishini ta’minlaydi, jumladan, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida texnologik ishlarni bajara oladigan va yangi texnologiyalarni yarata oladigan keng saviyali mutaxassis bo‘lib shakllanadi.
Malaka talablari va o‘quv rejasiga tarmoq bo‘yicha zamonaviy yutuqlarni aks ettiruvchi va talablarga javob beruvchi fanlar kiritilgan. Bunda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish ko‘zda tutilgan.
Malaka talablarida uning qo‘llanish sohasi, 70810501 – Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti magistratura mutaxassisligi kasbiy faoliyatining tavsifi va ushbu mutaxassislik bo‘yicha magistrlarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablar, magistratura mutaxassisligi o‘quv rejasi va fan dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar keltirilgan.
Mazkur malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalari vazirligining 2023-yil 9-iyundagi “Oliy ta’limning me’yoriy-uslubiy hujjatlarini ishlab chiqish jarayonini takomillashtirish” to‘g‘risidagi №259-sonli buyrug‘iga muvofiq unga qo‘yilgan talablarni hisobga olgan holda takomillashtirilgan. Malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligiga, standartlashtirish Davlat va tarmoqlararo tizimlari hamda sertifikatlashtirish milliy tizimi talablariga to‘liq mos keladi va tasdiqlashga tavsiya etiladi.




Yüklə 59,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin