Yer rentasi - yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir. Yer rentasining bir qancha tarixiy ko’rinishlari mavjud. Masalan, uch shaklida bo’lgan barshina (ishlab berish), obrok berish (natura soliq) va pul solig’i shakllaridan feodal rentalaridan iboratdir. Hozirgi vaqtda renta quyidagi turlarga bo’lingandir:
1. Absolyut yer rentasi;
2. Differentsial (tabaqalashgan) renta I va II;
3. Monopol renta;
4. Qazilma boyliklar rentasi;
5. Qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta.
Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik - tadbirkorlar o’rtasida qayta taqsimlanmaydigan qo’shimcha sof daromadning vujudga kelishi shart-sharoit va sabablarini ochib berilishi hisoblanadi. Bunday holat vujudga kelishining sabablaridan biri samarali xo’jalik yuritish uchun yaroqli bo’lgan yerlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo’lmasligida o’z ifodasini topadi. Ikkinchi sababi – yerga boshqa tabiiy resursga mulkchilik ob‘ekti yoki xo’jalik yuritish ob‘ekti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, ko’p mamlakatlarda qishloq xo’jaligidagi kapital uzviy (organik) tuzilishi, ya‘ni doimiy va o’zgaruvchi kapital o’rtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi.
Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha daromad (qiymat)ning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differentsial renta deb ataladi. Yerning miqdori va uning sifati (tabiiy unumdorligi) cheklanganligi sababli, yaxshi, o’rtacha va yomon yerlardan foydalaniladi, renta hosil qilinadi.
Yerning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoiti qishloq xo’jalik tovarlariga narx shakllantirishni tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijasida o’rtacha yoki yaxshi yerlarda xo’jalik yurituvchi ishlab chiqaruvchilar qo’shimcha mahsulot va binobarin foyda oladilar. Demak, differentsial renta hosil bo’lishining tabiiy sharti miqdori cheklangan yerning sifati (unumdorligi)dagi farqlardir. Uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan yerlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda mustaqil xo’jalik yuritishdir.
Differentsial renta o’zining kelib chiqish sharoitlariga qarab differentsial renta I va differentsial renta II ga bo’linadi.
Differentsial renta I yerning tabiiy unumdorligi bilan bog’liq bo’lgan. Sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo’llariga yakin joylashgan serunum yer uchastkalarida vujudga keladi. Differentsial renta I ning hosil bo’lishini misol yordamida ko’rsatish mumkin.
Differentsial renta I ning hosil bo’lishi
Yer uchastkasi
|
Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari (so’m)
|
O’rtacha foyda (so’m)
|
Ijtimoiy qiymat (so’m)
|
Yalpi mahsulot (tonna)
|
Mahsulotning individual qiymati (so’m)
|
Ijtimoiy qiymat. Bozor narxi (so’m)
|
Sotilgan yalpi mahsulot qiymatining pul ifodasi (so’m)
|
Differentsial renta I
|
A
|
8000
|
2000
|
10000
|
20
|
500
|
500
|
10000
|
-
|
B
|
8000
|
2000
|
10000
|
25
|
400
|
500
|
12500
|
2500
|
V
|
8000
|
2000
|
10000
|
30
|
333
|
500
|
15000
|
5000
|
Keltirilgan misoldan ko’rinadiki, uch xil yer uchastkalaridan olingan mahsulotning ijtimoiy qiymati bir xil, ya‘ni 10000 so’mni tashkil qiladi. Yalpi hosildorlik A-uchastkasida 20 tonna, B va V uchastkalarida 25 va 30 tonnani tashkil qiladi. Har bir uchastkadan turlicha hosil olinganligi tufayli ularda yeetkazilgan mahsulotlarning individual qiymati ham turlicha bo’lib chiqadi. Ya‘ni, A-uchastkasida har bir mahsulot birligining qiymati 500 so’m bo’lsa, B-uchastkasida 400 so’m, V-uchastkada esa 333 so’mni tashkil qiladi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlari sifati yomon uchastkada yetishtirilgan mahsulot narxida sotiladi (misolda 500 so’m). Natijada yomon yer uchastkasi (A) o’zining yakka ishlab chiqarish xarajatlari 8000 ming so’m qoplaydi va 200 so’m foyda oladi, lekin differentsial renta I hosil bo’lmaydi. O’rtacha (B) va yaxshi (V) yer uchastkalarida esa yomon yer uchastkasi (A)ga nisbatan 2500 va 5000 so’m miqdorda qo’shimcha daromad olinadi. Bu olingan qo’shimcha daromad yerning tabiiy unumdorligi bilan bog’liq bo’lgan differentsial renta I ni tashkil qiladi.
Differentsial renta II ning hosil bo’lishi
Ishlabchiqarishdavri
|
Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari (so’m)
|
Yalpimahsulot (tonna)
|
Bir tonna mahsulotning individual qiymati (so’m)
|
Bir tonna mahsulotning ijtimoiy qiymati (so’m)
|
Sotilgan mahsulot summasi (so’m)
|
Qo’shimcha mahsulot, ya‘ni differentsial renta II (so’m)
|
1- yil
|
10000
|
20
|
500
|
500
|
10000
|
-
|
2-yil
|
15000
|
40
|
375
|
500
|
20000
|
10000
|
Differentsial renta II xo’jaliklarni intensiv rivojlantirish, yerning hosildorligini oshirish uchun qo’shimcha xarajatlar sarf qilish bilan, ya‘ni qishloq xo’jaligida kimyoviy o’g’itlarni qo’llash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish, mexanizatsiyalash va elektrlashtirish darajasi bilan bog’liq holda vujudga keladi. Keltirilgan misolda yerga qo’shimcha 5ming so’m xarajat sarf qilish natijasida qo’shimcha 20 tonna mahsulot olinsa, u holda birinchi yilga nisbatan qo’shimcha olingan 10 ming so’m daromad differentsial renta II ni tashkil etadi.
Intensiv rivojlantirishni amalga oshirish qishloq xo’jaligi taraqqiyotida bosh yo’l hisoblanadi. Buni amalga oshirmasdan kengaytirrilgan takror ishlab chiqarishni va jamiyat a‘zolarining o’sib borayotgan talabini qondirib bo’lmaydi. Buning uchun qishloq xo’jaligini agrar sanoatlashgan asosga qo’uish. Intensivlashtirishni tezkorlik bilan amalga oshirish choralari ishlab chiqilishi lozim. Hozirgi vaqtda qishloq ho’jaligi sanoat asosida intensiv rivojlantirilmoqda.
Qishloq xo’jalik mahsulotining ijtimoiy qiymati bilan yakkka tartibdagi qiymati o’rtasidagi tafovut xo’jaliklarning ustama qo’shimcha mahsulotini tashkil qiladi. Ya‘ni, differentsial rentaning har ikkala ko’rinishini (renta I va renta II ni) o’z ichiga oladi. Differentsial renta I va II mahsulotning muayyan ijtimoiy qiymati bilan zona bo’yicha yoki alohida olingan xo’jalikning individual qiymati o’rtasidagi tafovutdan iboratdir. Shu hosil qilingan daromadlar davlat bilan xo’jalik o’rtasida taqsimlanadi. Uning davlatga to’langan qismi yer rentasi ko’rinishini oladi. Chunki yer – davlat mulkidir.
Differentsial renta I xo’jaliklar faoliyatiga bog’liq bo’lmagan tabiiy sharoitda vujudga keladi. Shuning uchun ham qishloq xo’jaligi korxonalarida hosil qilingan bu xildagi renta yer davlat mulki bo’lganligi sababli uning manfaatlari yo’lida sarf qilish maqsadida markazlashtirilgan davlat fondida (byudjetida) to’planishi lozim. Bu markazlashtirilgan fonddan (differentsial renta I) mamlakat oldida turgan vazifalarni amalga oshirish, xususan yangi yerlarni o’zlashtirish va yer unumdorligini oshirish bilan bog’liq bo’lgan tadbirlarni amalga oshirish uchun sarflash mumkin bo’ladi.
Differentsial renta II yerdan intensiv foydalanish, ya‘ni uning iqtisodiy unumdorligini oshirish bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham bu xildagi rentaning asosiy qismi xo’jaliklarning o’zlarida qoldirilishi ta‘minlanadi. Uning faqat bir qismi davlat foiziga jalb qilinishi mumkin, chunki davlat ma‘lum darajada bu rentani hosil qilishda o’z hissasini kutadi, ya‘ni transport yo’llari qo’rilishiga, irrigatsiya-melioratsiya ishlarini amalga oshirish uchun kapital mablag’lar sarflaydi, texnikalar, kadrlar, mineral o’g’itlar yetkazib beradi. Shunday qilib, differentsial renta I va differentsial renta II yer egasi bo’lgan davlat bilan xo’jalik yurituvchi sub‘ektlar o’rtasida taqsimlanadi.
Absolyut renta. Yerga xususiyat mulkchilik bilan bir qatorda boshqa mulkchilik shakllari ham mavjud. Masalan, davlat mulki, vaqf (machit, cherkov) mulklari va boshqalar. Yerga bo’lgan bu mulkchilik monopoliyasi ijaraga beriladigan barcha yer uchastkalarining sifatidan qat‘iy nazar, yer egalariga absolyut renta deb atalgan rentani olishga imkon beradi.
Yer egalari yerni ishlovchi ijarachilarga foydalanish uchun ijarga beradilar va ulardan yerdan foydalanganlik uchun to’lovlar oladilar. Mana shu to’lov absolyut yer rentasi deb nom olgan. Agar yer ijaraga berilganda shu yerda turli xil inshootlar, binolar qo’rilgan bo’lsa, ularning ijara haqi alohida hisoblanadi.
Agrar munosabatlarni o’rganishda qo’yidagi savollar kelib chiqadi:
- nima uchun qishloq xo’jalik ishchilari yaratadigan qo’shimcha mahsulot jamiyat miqyosida barcha mulk egalari o’rtasida qayta taqsimlanadi?
- nima uchun qishloq xo’jaligida olinadigan daromad o’rtacha foydadan yuqori bo’ladi? Bu xodisaning sababi nimada?
Ko’pgina mamlakatlarda va O’zbekiston Respublikasida ham qishloq xo’jaligi kapitalning uzviy tuzilishi (c : v) sanoatdagidan pastdir. Shuning uchun qishloq xo’jaligida yaratilgan tovarlarning bozor qiymati ishlab chiqarishning ijtimoiy qiymatidagi qo’shimcha qiymat (m) miqdori jamiyatda ishlangan o’rtacha foydadan ortiq bo’ladi. Qishloq xo’jalik tovarlarining bozor narxi bilan ijtimoiy ishlab chiqarish narxi o’rtasidagi tafovut absolyut renta manbai bo’lib xizmat qiladi.
Monopol renta – bu tabiiy sharoit bilan bevosita bog’liq. Ya‘ni noyob qishloqxo’jalik mahsulotlari (uzumning alohida navlarni, tsitrus ekinlari, choy va boshqalar) yetishtirish uchun imkoniyat yaratadi. Bunday tovarlar monopol narxlar bilan sotiladi. Bunday tovarlarni individual qiymatidan monopol narxdar yuqori bo’ldai, yer egalariga monopol renta olish imkoniyatini beradi.
Undirma sanoatdagi renta. Foydagi qazilmaqonlari joylashuvi jihatidan ham, konning boyligi jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Huddi qishloq xo’jaligidagi singari, o’rta va yaxshi konlaridan korxonalar qo’shimcha foyda oladilar, u ham differentsial rentaga aylanadi.
Ijara haqi. Renta munosabatlarining qarab chiqishda rentaning ijara haqidan farqiga e‘tiborni qaratish zarur. Agar ijaraga beriladigan yerga oldin bino, inshoot va shu kabilar qurish bilan bog’liq ravishda kapital qo’yilmalar sarflanmagan bo’lsa, ijara haqi va renta miqdori bir-biriga to’g’ri keladi. Aks holda, ijara haqi yer rentasidan farq qiladi. Ijara haqi qo’yidagilardan iborat: yerdan foydalanganlik uchun to’langan renta (R), yerga ilgari sarflangan kapital uchun foiz (F), yer uchastkasini ijaraga berguncha qadar unga qurilgan inshootlar amortizatsiyasi (A). Buni formulada qo’yidagicha yozish mumkin:
IX = R+ F+ A (1)
Ma‘lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida yer faqat ijara ob‘ekti emas, balki oldi-sotdi ob‘ekti hamdir. Yer ham qishloq xo’jalik mahsuloti yetishtirish va tabiiy qazilma boyliklar qazib olish uchun, har xil ishlab chiqarish va turar joy binolari, inshootlar, yo’llar, aeroportlar qurish uchun sotib olinadi. Bunday hollarda yerning narxi nima bilan belgilanadi?
Ma‘lumki, yer inson mehnati mahsuli bo’lmaganligi sababli almashuv qiymatga ega emas. Shunga ko’ra, nazariyotchilar yer va boshqa tabiat in‘omlari narxini irratsional narxlar deb aytaydilar. Yer uchastkasining egasi uni sotishdan olingan summani bankka qo’yilganda, u keltiradigan foiz tarzidagi daromad shu yer uchastkasidan olinadigan rentadan kam bo’lmagan taqdirdagina yerni sotadi. Boshqacha aytganda, yerning narxi kapitallashtirilgan rentadir. Boshqa sharoitlar teng bo’lganda, xuddi shu renta miqdori yer narxini belgilaydi. U renta miqdoriga to’g’ri va ssuda foizi normasiga teskari mutanosibdir. Shunday qilib, yerning narxi ikkita miqdorga bog’liq:
1) yer uchastkasi egasi olish mumkin bo’lgan yer rentasi miqdoriga;
2) ssuda foizi me‘yoriga.
SHundan kelib chiqib, yerning narxi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Yeb = R × 100% (2).
F’
Bunda: Yeb – yerning bahosi, narxi; R – renta; F’- ssuda foizi me‘yori.
Misol keltiramiz: R – 15 ming dollar, F’- 5% bo’lsa, bunda yerning narxi Yeb – 300 ming dollarga teng bo’ladi. Yerning egasi faqat shu narxdagina yerini sotish mumkin, chunki muayyan miqdordagi kapitaldan olinadigan foiz unga bankdan shunday yillik daromad olishga imkon beradiki, u rentaga teng bo’ladi.
Renta miqdori o’sib, ssuda foizi me‘yori passayib borgan taqdirda yerning narxi o’sib boradi. Yer narxini aniqlashning bu usuli nazariy ahamiyatga ega. Amalda yer narxi, yer uchastkasiga talab va taklifga ta‘sir ko’rsatuvchi ko’plab omillarga bog’liq. Jumladan, yerga narxning o’sishini, unga noqishloq xo’jalik maqsadlari uchun foydalanishga talabning o’sishi bilan tushuntirilishi mumkin. Inflyatsiya va asosan giperinflyatsiya sharoitida yer narxining o’sishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |