Adabiyotlar.
Asosiy
1.Агрокимия (учебник) Б.А.Ягодин,М.Агропромиздат 1989 год
2.Агрохимия В.Г.Миниев МГУ 1990 г.
3.П.М.Смирнов, Э.К.Муравин. Агрохимия. Т. O’қитувчи. 1984 й
4.Б.С.Мусаев “Агрохимия”, Т. 2001 й.
Qo`shimcha
1. И.А.Каримов “O’збекистон 21 аср бo’саg’асида: Хавфсизликга тахдид
баркарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари ” Тошкент. O’збекистон 1998
2. .И.А.Каримов “Қишлоқ хo’жалик тараққиёти тo’кин ҳаёт манбаи Т.
O’збекистон 1998
3. Қишлоқ хo’жалигида ислоҳатларни чуқурлаштириш дастури (1998-2000) Т.
O’збекистон 1998
4. Протосов, И.Н.Ниёзалиев, Т.З.Тоиров ”Пахтачиликда агрохимия ” 1981
5.Х.Х.Зокиров Агрохимия. Т. Университет 1998
6.Б.С.Мусаев. O’g’ит қo’ллаш тизими (o’қув қo’лланма) Т 1998
7.В.Н.Эфимов, и др. Система бремипемия удобрений. М. ”Колос ” 1968
1-MA’RUZA: KIRISH. AGRОKIMYO FANINING PRЕDMЕTI, O`RGANISH
USULLARI, MAQSADI, VAZIFLARI, UNING BОSHQA FANLAR ОRASIDAGI
TUTGAN O`RNI VA ULAR BILAN ALОQASI
RЕJA:
1.
Agrоkimyo fani nimani o`rganadi?
2.
Agrоkimyo fanining prеdmеti, maqsad va vazifalari.
3.
Agrоkimyo fanini o`rganish va tеkshirish usullari.
4.
Agrоkimyo fanining bоshqa fanlar bilan alоqasi va ular оrasida tutgan o`rni.
5.
Agrоkimyo fanining хalq хo`jaligidagi ahamiyati.
6.
Хulоsa.
7.
Tayanch ibоralar
8.
O`z-o`zini tеkshirish uchun savоllar
9.
Fоydalanilgan adabiyotlar
AGRОKIMYO FANI NIMANI O`RGANADI?
Agrоkimyo fani - qishlоq хo`jalik ekinlarini еtishtirish va оziqlanish jarayonida
o`simliklar, tuprоq va o`g’it o`rtasidagi o`zarо munоsabatni o`rganadi.
Bundan tashqari dеhqоnchilikda mоddalar aylanishi to`g’risida va linadigan
hоsilni ko`paytirishda o`g’itlardan samarali fоydalanish, hоsilning sifatini yaхshilash
hamda tuprоq unumdоrligini оshirish to`g’risidagi bir qatоr masalalarni o`rganadigan
fandir. Hоzirgi zamоn Agrоkimyo fani qishlоq хo`jalik ishlab chiqarishiga
to`g’ridan-to`g’ri amaliy va almiy yordam bеradigan ham biоlоgik ham kimyoviy
fandir.
Agrоkimyoda o`rganiladigan uchtalabalar asоsiy оbеkt - o`simliklar, tuprоq va
o`g’itlar bir-birlari bilan dialеktik o`zarо alоqada bo`lib, bir-biriga taosir etib turadi.
Bu bоg’lanishlar sistеmasini D.N.Pryanishnikоv uchburchak ko`rinishdatasvirladi,
uning uchtalabalar uchi o`simlik, tuprоq va o`g’it, qo`sh, qarama-qarshi yo`nalishdagi
strеlkalar esa bu оbеktlarning bir-birlari bilan o`zar taosirini ifоdalaydi, chunki
uchburchak markazida esa agrоkimyo turadi.
O`simliklar оziqlanish jarayonida tuprоq va o`g’it bilan tuprоq - o`simlik va
o`g’it bilan, o`g’it-tuprоq va o`simlik bilan o`zarо taosirlashadi.
Bunday o`zarо taosirning sharоitlari va хaraktеri оlinadigan hоsilning
miqdоrini va sifatini bеlgilaydi. «O`simlik, tuprоq va o`g’it оrasidagi o`zarо
munоsabatlarni o`rganish, - dеb yozgan edi D.N.Pryanishnikоv, - hamma vaqt
agrоkimyogarlarning asоsiy vazifasi bo`lib kеlgan».
D.N.Pryanishnikоv faqat agrоkimyogina tuprоqning unumdоrligini va qishlоq
хo`jalik ekinlirining hоsildоrligini оshirish uchun tеgishli bo`lgan o`g’itlarni sоlish
yo`li bilan yuqоrida aytib o`tilgan o`zarо taosir etuvchi uchtalabalar оmilga dоir
bilimlarning sintеzi bilan shug’ullanishini taokidlagan edi. O`simliklarning
оziqlanishi va o`simlik, tuprоq hamda o`g’itlar оrasidagi o`zarо taosirni o`rganish
agrоkimyoning nazariy asоsini tashkil etadi.
Nazariy asоslarni bilish o`g’itlar ishlatishga dоir amaliy masalalarniijоdiy хal
etishga imkоn bеradi. Bunday masalalarni esa agrоkimyo ishlab chiqadi.
O`g’itlarning eng samarali shakllarini, dоzalari va nisbatlari, ularni har хil
tuprоq-iqlim sharоitida turli qishlоq хo`jalik ekinlariga sоlishning оptimal muddatlari
va usullari, o`g’it sоlishni tuprоqqa ishlоv bеrish, almashlab ekish, sug’оrish va
bоshqa agrоkimyoviy tadbirlar bilan muvоfiq ravishda birga оlib bоrish ana shunday
masalalar jumlasiga kiradi.
o’simlik
o
o
o
tuproq
o’g’it
1-rasm. Agrokimyo fanining asosiy mazmunini D.N.Pryanishnikov talqinida
ifodalanishi.
AGROKIMYO FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
Agrokimyo fanining asosiy perdmeti - bu o’simlik, tuproq va o’g’itlar hamda
ular orasidagi o’zaro taosir munosabatlarini o’rganishdir.
Agrokimyo fanining maqsadi - o’g’itlarning har xil turlari va shakllari,
xususiyatlarini xisobga olgan holda o’simliklarning oziqlanishi uchun eng yaxshi
sharoit yaratishdir. SHuningdek, o’g’itlarning tuproq bilan o’zaro taosir
xususiyatlarini, ularning eng samarali shakllarini, yerga solish usullari va muddatlari
tizimini yaratishdir.
Agrokimyoning bosh vazifasi o’simlik, tuproq va o’g’it sistemasida kimyoviy
elementlar balansini va aylanishini boshqarishdir. Agrokimyo maktabining asoschisi
D.N.Pryanishnikov agrokimyoning asosiy vazifasini ifodalab, shunday yozgan edi:
«Agrokimyoning bosh vazifasi dehqonchilikda moddalar aylanishini o’rganish,
tuproq va o’simliklarda kechadigan kimyoviy jarayonlarga taosir qiluvchi turli xil
omillarni aniqlash, qaysiki bu omillar olinadigan hosilni oshirish va kamaytirishi, shu
bilan birga uning tarkibini ham o’zgartirishi mumkin.
O’g’itlarning qo’llanilishi esa ushbu moddalar aylanishiga insoniyatning
aralashuvini bosh usulidir.
Zamonaviy agrokimyoarning vazifasi - har xil qishloq xo’jalik ekinlarini
berilgan har xil mahsuldorlik darajasida va ularning navlarini yetishtirish
mintaqalarini hisobga olgan holda barcha biogen elementlarnig aylanishini aniq
parametrlarini aniqlashdir.
Mineral o’g’itlarning qo’llanishi xo’dalikdagi yetishtiriladigan o’simliklarning
oziqlanishida yagi ozuqa elementlarini kpayishiga imkon yaratdi, organik
o’g’itlarning va boshqa har xil chiqindilardan foydalanish esa ozuqa elementlaridan
qaytadan foydalanish imkoniyatini beradi, yani o’simlik bargi, poyasi, ildizi
tarkibidagi ozuqa elementlaridan o’simliklar keyingi rivojlanish davrlarida
foydalaniladi. Mineral o’g’itlar ham, organik o’g’itlar ham tuproqning
xususiyatlariga (uning kimyoviy, fizikaviy, biologik xususiyatlariga) kuchli taosir
etuvchi
vositalardir.
SHuningdek,
o’simliklarning
oziqlanishiga,
o’sishiga,
rivojlanishiga va hosil sifatiga kuchli taosir etuvchi omillardir. Mineral va organik
o’g’itlarning qo’llanilish,
ularning
samaradorligini oshirish dehqonchilikni
kimyolashtirishning asosini tashkil etadi.
O’g’itlar bilan har xil ozuqa elementlarini tuproq tarkibiga kirishi va ularning
hosilni shakllanishida sarflanishi boshqa jarayonlarni murakkablashtiradi. Yani ozuqa
elementlarining taosirida tuproq xususiyatlari buzilishi, sizot suvlarining tarkibiy
o’zgarishi va ozuqa elementlari shamol va suv eroziyasi taosirida atrof muhitni
ifloslantirishi mumkin.
SHu bilan birga bazi ozuqa elementlari tuproqqa atmosfera yog’inlari va
mikroorganizmlar faoliyati natijasida ham tushishi mumkin (azot).
Bundan tashqari hosilning keyingi taqdiri moddalar aylanishiga kuchli taosir
etadi. yani hosilning tovar qismida ozuqa elementlari hosilning sotilishi, qayta
ishlanishi va boshqa jarayonlarda xo’jalikdan tashqariga chiqib ketadi, ikkilamchi
tovar bo’lmagan qismi (poyasi, bargi, poxoli va boshqalar) chorvachilikda yem-
xashak va to’shama sifatida ishlatilib, yana xo’jalik yerlariga qaytadi. SHuning uchun
Agrokimyoda hosilning tovar qismidagi chiqib ketadigan ozuqa elementlariga
alohida eotibor beriladi.
AGROKIMYO FANINI O’RGANISH VA TEKSHIRISH USULLARI
Agrokimyoviy tekshirishlarda qo’llaniladigan asosiy usullar ikki guruhga
bo’linadi: biologik va laboratoriya usullariga bo’linadi. Bu usullar deyarli birgalikda
qo’llanilib, bir-birini to’ldiradi.
1) biologik usullar: dala tajribalari, vegetatsion va mezimetrik usullardan ibort
bo’ladi. Dala tajribasi usuli - taosir qiluvchi sharoitlar yoki ekinlarning parvarish
qilish usullarining ekinlar hosiliga taosirini aniqlash maqsadida tabiiy sharoitda,
yani dalaning o’zida maxsus ajratilgan maydonlarda olib boriladi. Dala tajribasi
turli tuproq-iqlim sharoitlarida agrotexnika va boshqa omillarga bog’liq holda
qo’llaniladigan o’g’itlrning samaradorligini o’rganishning asosiy usulidir.
Vegetatsion usul - alohida omillardan har birining o’simliklarning o’sishi,
rivojlanishi, moddalar almashinuvi, oziqlanishi va hosiliga taosirini tekshirib
ko’rishga imkon beradi.
Vegetatsion tajribalarda o’simliklar shishadan yasalgan maxsus uychalarda, suvli,
qumli va tuproqli muhitlarda sim to’r ostida o’stiriladi.
Vegetatsion tajribalarda o’simliklarning oziqlanish sharoitlarini va maolum
darajada tashqi muhit sharoitlari - nam rejimi, yorug’lik, harorat va shu kabi
omillarni ham qatiy tekshirish ham boshqarib turish mumkin bo’ladi.
Olib boriladigan tadqiqotlarning maqsadiga qarab, vegetatsion tajribalar mustaqil
ahamiyatga ega bo’lishi mumkin yoki dala tajribasiga qo’shimcha ravishda
o’tkazilishi mumkin.
Mezimetrik usul - tabiiy sharoitda maxsus qurilmalar - mezimetrlar yordamida
tuproq qatlamlarida suvning harakati va sizib o’tishini o’rganishga yordam beradi.
Agrokimyoviy tadqiqotlarda mezimetrik usul o’g’itlar bilan qilinadigan tajribalarda
suv rejimini, mineral tuzlarning va ekinga solinadigan o’g’itlarning tuproqdan
yuvilib ketishi darajasini o’rganishda, shuningdek tuproqdagi oziq moddalar
balansini ularning tuproqqa tuishi bilan o’simliklar tomonidan olib chiqib ketilishi
va yo’qoladigan miqdorlarini taqqoslab ko’rishda qo’llaniladi.
2) Laboratoriya usuli o’simliklarni, tuproq va o’g’itlarni agrokimyoviy analiz
qilishning laboratoriya usuli biokimyoviy, mikrobiologik, fizikaviy, kimyoviy
usullarini o’z ishlab chiqarishiga oladi. Laboratoriya usullari yordamida
agrokimyoviy obektlarni analiz qilish yetakchi o’rinni egallaydi.
Tajribalarning aniqligi va olingan natijalarning to’g’riligi haqida xulosa
chiqarish, o’g’itlar bilan hosildorlik orasidagi bog’liqlikni aniqlash, o’simliklarning
yutish jarayonlarini modellashtirish, oziq moddalarning tuproqda aylanishi va
ularning tuproqdan hamda o’g’itlardan yo’qolishini aniqlashga doir agrokimyoviy
tadqiqotlarda matematik usullardan ham foydalaniladi.
AGROKIMYO FANINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI VA ULAR
ORASIDA TUTGAN O’RNI
Agrokimyo fani bir qator fanlar bilan o’zaro aloqadorlikda rivojlanadi va
faoliyat olib boradi.
Yashil o’simliklarning oziqlanishini o’rganish uni o’simliklar fiziologiyasi fani
bilan uzviy bog’laydi.
Agrokimyo fani nafaqat yashil o’simliklarni oziqlanishini o’rganibgina
qolmay, balki uni ishlab chiqarish sharoitida boshqarib turadi, yani qishloq xo’jalik
ekinlarining hosildorligini oshiradi va sifatini yaxshilaydi.
Qishloq xo’jalik kinlarini yetishtirishda agrokimyo fani tuproqning
xususiyatlarini chuqur o’rganadi va tuproqshunoslik fani bilan chambarchas aloqada
bo’ladi. Agrokimyo fani, xususan har bir agrokimyogar chorvachilik asoslarini har
tomonlama mukammal bilishi kerak.
CHorvachilikdan chiqadigan go’ng va boshqa chiqindilar qishloq xo’jalik
ekinlai uchun qimmatli o’g’it hisoblanadi. SHuning uchun Agrokimyo fani
chorvachilik sohasidagi fanlar bilan uzviy aloqada bo’ladi.
Bundan tashqari, Agrokimyo fani dehqonchilik, o’simliklarni himoya
qilishsohasidagi fanlar entomologiya, fitopotologiya, fitotsenologiya kabilar bilan
uzviy munosabatda bo’ladi.
Hozirgi paytda Agrokimyo fani biokimyo, genetika, selektsiya va fanning
yangi sohalari - gen injeneriyasi, biotexnologiya, iqtisodiy yo’nalishdgi bir qator
fanlar, matematika va zamonaviy informatika - hisoblash texnikasi kabi fanlar bilan
aloqadorlikda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
AGROKIMYO FANINING XALQ XO’JALIKDAGI AHAMIYATI
Agrokimyo qishloq xo’jalik ekinlarini intensiv texnologiya asosida
yetishtirishda muhim rol o’ynaydi, hosilni yuzaga kelishida ishtirok etuvchi hamma
omillarni optimal darajada bir-biri bilan muvofiqlashtirib turadi. Eng yuqori, iqtisodiy
jihatdan samarali hosil olish uchun qishloq xo’jalik ekinlarining eng yaxshi
navlaridan foydalaniladi, tuproqning kimyoviy va fizikaviy xususiyatlarini
yaxshilash, o’simliklarning o’suv davrida kimyolashtirish vositalaridan foydalanish,
hamma agrotexnik tadbirlar o’z vaqtida va sifatli qilib olib boriladi.
Agrokimyo fani tez suratda rivojlanib bormoqda, bunday rivojlanish esa ishlab
chiqarishning va amaliyyotning talabi bilan belgilanadi. Mineral va organik o’g’itlar
qo’llanilishining o’sishi asosida qishloq xo’jalik ekinlari mahsuldorligini doimiy
ravishda ko’payib borishi bilan qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish texnologiyasini
yaxshilanishi, selektsiya va boshqa fanlarning rivojlanishi bilan belgilanadi.
Qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishda ularni Mineral va
organik o’g’itlar bilan oziqlantirishni balanslashtirish, tabaqalashtirish, turli xil
tuproq -iqlim sharoitlarida yetishtiriladigan qishloq xo’jalik ekinlarini biologik
xususiyatlarini o’rganish, tuproqlarni har xil ozuqa elementlarib taominlanganligini
aniqlash, tuproqlarni kimyoviy melioratsiyalash (ohaklash, gipslash) va yuqoridagi
ko’rsatkichlar asosida agrokimyoviy kartogrammalar tuzish va boshqa bir qator
agrokimyoviy tadbirlar asosida amalga oshiriladi.
Agrokimyo fani qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga va xalq xo’jaligining
boshqa tarmoqlariga malakali, yetuk mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyatga
ega.
Agrokimyo kimyo sanoatining rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Mineral
o’g’itlarni ishlab chiqarish va ulardan turli xil tuproq -iqlim sharoitlarida foydalanish
borasidagi davlat tadbirlarini tuzishda juda katta ahamiyatga egadir. Hozirgi kunda,
aniqsa atrof-muhitni muhofaza qilish, sof, toza agrokimyoning ahamiyati kun sayin
ortib bormoqda.
Agrokimyo dehqonchilikni kimyolashtirishning nazariy asosi hisoblanadi.
O’Z-O’ZINI TEKSHIRISH UCHUN NAZORAT SAVOLLARI
Agrokimyo fani nimani o’rganadi?
1.
Agrokimyo fanining maqsadi nimadan iborat?
2.
Agrokimyoning bosh vazifasi nimadan iborat?
3.
Moddalar aylanishiga insoniyatning aralashuvining bosh omili nima?
4.
Xo’jalikda mineral va organik o’g’itlarning qo’llanilishidan qaysi
imkoniyatlar yuzaga keladi?
5.
Agrokimyo qanday tekshirish usullaridan foydalanadi?
6.
Agrokimyo fani qaysi fanlar bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanadi?
7.
Agrokimyoning qishloq xo’jalikdagi ahamiyati?
8.
Agrokimyoning kimyo sanoatining rivojlanishidagi ahamiyati.
9.
Agrokimyoning fan sifatida malakali mutaxassis tayyorlash borasidagi
ahamiyati.
Adabiyotlar
1.
Agroximiya. Pod. red . V.M.Klechkovskogo i prof. A.V,Peterburgskogo.
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 3-8 str.
2.
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989.
3.
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984.
4.
Metodika polivnqx opqtov s xlopchatnikom. Trudq Soyuz NIXI, Izd. 5,
tashkent. 1981.
5.
Skryabin F.A. novoe v sisteme udobreniya xlopchatnika. Izd-vo. Fan.
Tashkent. 1970.
2-MA’RUZA: AGROKIMYONING RIVOJLANISH TARIXIDAN. O’ZBEKISTON
VA CHET ELLIK OLIMLARNING AGROKIMYONING RIVOJLANISHIGA
QO’SHGAN XISSALARI. LIBIX NAZARIYALARI VA UNI TANQID.
REJA:
1.
Agrokimyoviy bilimlarning paydo bo’lishi.
2.
Agrokimyoning rivojlanishiga horijiy olimlarning qo’shgan xissalari.
3.
Agrokimyoning rivojlanishiga rus olimlarining qo’shgan xissalari.
4.
O’zbekiston Respublikasida Agrokimyoviy tadqiqotlarning boshlanishi va
uning rivojlanishiga xissa qo’shgan olimlar.
5.
Xulosalar.
6.
Tayanch iboralar
7.
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
8.
Foydalanilgan adabiyotlar
AGROKIMYOVIY BILIMLARNING PAYDO BO’LISHI
Agrokimyoviy bilimlarning paydo bo’lishi, ularning ilk ko’rinishlari qadimgi
dehqonchilik davrlariga boribg’ qoladi. Ajdodlarimiz bndan bir necha ming yillar
ilgari tuproq unumdorligini oshirish uchun turli-tuman chiqindilardan, go’ngdan, eski
kuygan devorlarning tuproqlaridan va chuchuk suv xavzalarida to’plangan
loyqalardan unumli foydalanganlar. Qadimgi Rim imperiyasi davridanoq ko’kat
o’g’itlardan yerlarning unumdorligini oshirishda foydalanganlar, kulning, ohakning
va gipsning o’g’it sifatidagi ahamiyati maolum bo’lgan.
Evropa kolonizatorlari Amerika mintaqasiga birinchi marta qadam
bosganlarida indeytslarning dalalarga ekilgan makkajo’xorini baliqlar bilan
oziqlantirayotganliklarini ko’rib hayron qolgan edilar. Lekin bu qilingan ishlarning
ahamiyati o’simliklarning oziqlanish sirlari ochilgunga qadar noaniqligicha
qolaverdi. Qalimgi Gretsiyaning materialist faylasuflari o’simliklarning hayoti uchun
olov, tuproq, suv va hvo zarur ekanligini aytganlar.
Ular bu fikrlari bilan haqiqatga juda yaqin kelgan edilar, yani katta olov -
quyosh o’simliklaridagi fotosintez jarayonining borishida yorug’lik va energiya
manbai bo’lib xizmat qiladi, tuproq esa mineral elementlar bilan oziqlanish manbai,
havodan karbonat angidrid olinadi va suv esa o’simliklardagi bo’ladigan barcha
jarayonlarda ishtirok etadi.
AGROKIMYONING RIVOJLANISHIGA XORIJIY OLIMLARNING
QO’SHGAN XISSALARI
Turli xil ekinlarning hosildorligini oshirish uchun tuproqni go’ng, kul, ohak va
boshqa mahalliy o’g’itlar bilan o’g’itlash o’simliklarni oziqlantirishning hozirgi
nazariyalari ishlab chiqilishidan ancha ilgari dehqonlar tomonidan qo’llanilar edi.
Lekin o’sha paytlarda o’g’itlrning ijobiy taosiri nazariy jihatdan tushuntirib
berilmagan bo’lib, bu hol tuproqni o’g’itlashning turli usullarining rivojlanishi va
takomillashish yo’lini berkitib qo’ygan edi.
Qadimgi mualliflarning asarlarida tuproqning «yog’i», yani tuproq
unumdorligini oshirishda muhim omil haqida so’z yuritiladi. bu esa o’simliklarning
chirindi bilan oziqlanish nazariyasi edi.
Mineral moddalar va o’g’itlarning ahamiyati to’g’risidagi fikrlar frantsuz
tabiatshunosi Bernar Pallisi tomonidan 1563 yilda bildirilgan edi va u shunday
yozgan edi: Hamma ekinlarning hayoti va rivojlanishi uchun qandaydir tuz asos
bo’ladi, ekinlarga solinayotgan go’ngning ham ahamiyati uning tarkibida pichan va
poxollarning chirishi natijasida hosil bo’lgan tuzning borligidadir, dean edi.
SHundan 100 yil o’tgandan keyin, 1956 yilda ingliz kimyogari Glauberning
tajribalari shuni ko’rsatdiki, tuproqqa selitra solinishi natijasida u ekinlarning
hosildorligiga kuchli taosir qiladi, yani hosilini keskin oshirib yuborgn.
Lekin 17-asr olimlari ushbu fikrni to’g’ri baholay olmadilar, chunki hali
azotning kashf etilishi uchun 100 yil bor edi, azotning o’simliklar hayotidagi bebaho
ahamiyati yana ham kechroq aniqlandi.
O’simliklarning havodan oziqlanishi to’g’risidagi jahonshumul ahamiyatga ega
bo’lgan fikrni kimyo fanining asoschilaridan M.V.Lomonosov 1753 yilda birdirgan
edi.
18-asrning oxirida G’arbiy Yevropada o’simliklarning chirindi bilan
oziqlanishi to’g’risidagi nazariya tarqalgan edi. Bu nazariyani dastlab 1761-1766
yillarda shved kimyogari Vamrius ilgari surdi.
Bu nazariyaga ko’ra tuproqdagi chirindi o’simliklar oziqlanishining yagona
manbaidir, mineral moddalar (kul) esa chirindining oson o’zlashtiriladigan shaklga
o’tishiga yordam beradi, xolos.
«CHirindi nazariyasi»ning keng tarqalganiga va ommalashib ketishiga 19-
asrning birinchi yarmida, ayniqsa nemis olimi Teer katta xissa qo’shgan.
1775 yilda atmosferada azot borligini kashf etgan Lavuaz’e o’simliklarning
havodan va ildizdan oziqlanishi o’rtasida aloqadorlik borligini bildirgan edi.
O’simliklarning havodan oziqlanishi va kislorodning kashf etilishi munosabati
bilan Pristli (1775), Ingenguz (1779) va Senebe (1782) kabi olimlar o’simliklarning
yashil bargi karbonat kislotadan kislorodni havoga ajratib chiqaradi, o’zida uglerodni
qoldiradi yoki o’zi karbonat angidrid gazi bilan oziqlanadi, ko’rsatib berdilar.
SHunday qilib, o’simliklardagi kechadigan fotosintez jarayonining ilk
mohiyatiga qadam qo’yildi.
Agrokimyoning rivojlanishida ulkan, olamshumul ahamiyatga ega bo’lgan
voqea sodir bo’ldi, yani 1836 yilda frantsuz olimi Jorj Bussenganing olib borgan
ishlari natijasida dehqonchilikda moddalar aylanishiga asoso solindi va dukkakli
ekinlar tuproqda azot to’plashini aniqlandi.
O’simliklarning chirindi bilan oziqlanishi to’g’risidagi nazariya o’rniga
J.Bussengo azot bilan oziqlanish nazariyasini ilgari suradi va azotning ahamiyatini
birinchi darajaga ko’tarib, dukkakli ekinlar almashlab ekishda azot balansini
yaxshilaydi va hosilni sezilarli darajada ko’paytiradi, deydi.
J.Bussengo dukkakli ekinlar azotni havodan o’zlashtiradi, degan to’g’ri
taxminni aytgan edi.
Bir vaqtning o’zida uning ishlarida hosil tarkibidagi uglerodning miqdori
go’ng tarkibidagi uglerodga bog’liq emasligi, o’simliklar uchun zarur bo’lgan
uglerod manbai bo’lib havodagi karbonat angidrid gazi xizmat qilishi to’g’ri
ko’rsatilgan. 1740 yilda taniqli nemis olimi Yustus Libix «Ximiyani dehqonchilik va
fiziologiyaga tatbiqi» nomli kitobida «chirindi nazariyasi»ni qattiq tanqid qiladi va
o’simliklarning mineral oziqlanishi nazariyasini taoriflagandan so’ng o’simliklarning
oziqlanishiga doir qarashlarda tubdan o’zgarishlar sodir bo’ldi.
Yu.Libix bir xil ekin ekilavergandan tuproqning unumdorligi pasayishi
sabablarini ishonarli dalillar bilan tushuntirib berdi va o’zining hosildorlikni saqlash
uchun va tuproqning unumdorligini saqlash uchun tuproqni o’g’itlash nazariyasini
ilgari surdi, bu nazariya tuproqdan olingan barcha mineral moddalarni tuproqqa
qaytarish lozimligiga asoslangan edi.
Yu.Libix tuproqda juda kamayib ketgan moddalarni, yani birinchi
minimumdagi moddalarni qayta ishi zarur deb hisoblardi.
Bu qoida keyinchalik «minimum qonuni» degan nom oldi. Yu. Libix kuldagi
moddalardan birinchi navbatda fosforni tuproqqa qaytarish lozim, chunki tuproqdan
don bilan birga eng ko’p fosfor chiqib ketadi, deb xisoblar edi.
O’g’it tarkibidagi azotning ahamiyatiga esa yetarlicha baho bermadi, havodan
keladigan yog’in-sochin suvlari bilan tuproqqa tushadigan ozgina ammiak miqdori
o’simliklar uchun bemalol yetadi, deb noto’g’ri o’ylagan edi. Yu.Libixning go’ng
o’rniga uning kulini ishlatsa ham bo’laveradi, degan fikri ham noto’g’ri edi.
1843 yilda Looz-Angliyadagi Rotasted tajriba stantsiyasining asoschisi,
o’zining bir qator dala tajribalaridan olinan maolumotlar asosida ibixning yuqoridagi
noto’g’ri fikrlarini rad etdi.
Hosilni oshirish uchun o’g’itlar tarkibidagi kul elementlari bilan birgalikda
azot ham, albatta bo’lishligi lozimligi ko’rsatilgan edi.
19-asrning o’rtalarida Yevropa va Amerikada o’g’it sifatida chili selitrasini
ishlata boshladilar, u juda katta samara berdi. Bu hol o’simliklarning oziqlanishida
azotning birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatgan J. Bussengoning
fikrlari to’g’ri ekanligini tasdiqladi.
Yu.Libixning tuproqqa olingan oziq moddalarning qatishi haqidagi talabini
ham absolyut ahamiyatga ega deb bo’lmaydi, umuman o’simliklar olgan oziq
moddalarning tuproqqa qaytarish zarurligi haqidagi g’oyaso’zsiz to’g’ri bo’lsa ham
oziq moddalarni tuproqqa to’liq qaytarish mutlaqo shart emasligi hozir aniqlangan.
SHu munosabat bilan keyinchalik K.A. Timiryazev Yu. Libixning «to’la
qaytarish» to’g’risidagi taolimotini fanning eng buyuk kashfiyoti deb baholagan edi
va shunday yozgan edi: «Qaytarish zarurligi haqidagi taolimotning ahamiyatini
cheklashga har qancha urinishlardan qatiy nazar, bu taolimot fanning eng buyuk
kashfiyotlaridan biri bo’lib qolaveradi».
Yu. Libix dehqonchilikda moddalar aylanishini ongli ravishda boshqarish
lozimligi, chunki uning buzilishi tuproq unumdorligining pasayishiga olib kelishi
haqidagi g’oyani birinchi bo’lib aniq aytib bergan edi. Uning bazi fikrlari xato
ekanligiga qaramay, uning ishlari o’simliklarning oziqlanishi va o’g’itlar ishlatish
masalalariga qiziqish uyog’otdi, shu sohadagi tadqiqotlarning rivojlanishiga yordam
berdi.
Ko’pgina mamlakatlarda agrokimyoviy tajriba stantsiyalari vujudga keldi, ular
agrokimyoning yanada rivojlanishida va qishloq xo’jalik amaliyotida o’g’itlar
ishlatilishida muhim rol o’ynaydi.
O’simliklarning oziqlanishi haqidagi talimotni rivojlantirishda o’simliklarni
suniy muhitda - suvda va qumda o’stirishga doir tajribalar muhim ahamiyatga ega
bo’ldi. Ularda zaruriy oziq moddalar, mineral tuzlar holida qo’shilganda ko’pchilik
olilar Knop, Saks va boshqalar 1858-1859 yillarda o’simliklarning normal o’sishiga
va o’simliklarning oziqlanishi uchun qaysi elementlar qanday miqdorlarda va
nisbatlarda zarur bo’lishini anqlashga erishdilar.
Gel’rigellining 1886 yilda dukkakli o’simliklarning azot bilan oziqlanish
xususiyatlarini o’rganishga doir tekirishlri ham katta ahamiyatga ega bo’ldi, ular
dukkakli o’simliklar ildizlarida rivojlanadigan tuganak bakteriyalari yordamida
atmosferadan molekulyar azotni o’zlashtirishini va tuproqni azot bilan boyitishni
ko’rsatdi.
O’simliklarning oziqlanish nazariyasining rivojlanishi bilan birga qishloq
xo’jalik amaliyotiga o’g’itlar ishlatish ham tatbiq etila bordi. 19-asrning
o’rtalaridayoq G’arbiy Yevropa mamlakatlarida superfosfat va CHili selitrasini
ishlata boshladilar, keyinroq (1865) esa kaliyli tuzlarning tabiiy qatlamlaridan
olinadigan kaliyli o’itlardan ham foydalana boshlandi.
AGROKIMYONING RIVOJLANISHIGA RUS OLIMLARINING
QO’SHGAN XISSALARI
Agrokimyo fanining rivojlanishida rus olimlari ham nihoyatda katta rol
o’ynaydilar.
Rossiyada o’simliklarning oziqlanish masaalarini ishlab chiqish va o’g’itlar
ishlatishning boshlanishi 19-asrning 60-70-yillariga to’g’ri keladi. Bu sohada
A.A.Engelgardt, D.I. Mendeleev, P.A.Kostichev, timiryazev, I.M. Komov,
A.Bolotov, M.G.Pavlov va boshqalarning olib borgan ishlari,ayniqsa diqqatga
sazovordir.
O’sha darning ilg’or agronom-olimlari I.M.Komov, A.T. Bolotov ,
M.G.Pavlov tuproqning unumdorligini tiklash uchun go’ng, kompostlar, kul, ohak va
boshqa mahalliy o’g’itlar ishlatishga katta eotibor berdilar. olimlarning ancha ilgari,
19-asrning boshlaridayoq o’simliklarning oziqlanishi uchun go’ng parchalanganda
tuproqda hosil bo’ladigan mineral tuzlarning o’simliklarning oziqlanishidagi
ahamiyatini ko’rsatib bergan edilar.
Professor A.N.Engeldardt (1832-1893) o’z zamonasining buyuk demokratik
arboblaridan biri bo’lib, dehqonchilikning kimyoviy asoslari, qiloqdan xatlar kabi
qator asarlarida dehqonchilikda o’g’itlardan foydalanishni targ’ibot qilgan edi.
Olim tomonidan Smolensk guberniyasida fosforli o’g’it sifatida fosforit unidan
foydalanib, qator tajribalar olib borilgan. A.N.Engeldardt yashil o’g’itlarga, yani
sideratsiyaga juda katta ahamiyat bergan edi.
A.N.Engeldardt fosforit uni va sideratsiya juda katta maydondagi shimol
yerlarini madaniy holga kelishida asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi, degan edi. U
yerlarni kimyoviy melioratsiyalash, yani ohaklash va gipslash ilarini go’ng bilan
birga qo’shib olib borishni qizg’in tarafdorlaridan biri edi.
D.I. Mendeleev (1834-1907) dehqonchilik sohasida faol ilmiy-tadqiqotlar olib
borgan ulug’ russ kimyogari. U tomonidan o’g’itlarning taosirini o’rganish bo’yicha
Peterburg, Moskva, Smolensk va Simbirsk guberniyalarida tajriba stantsiyalari
tashkil etilgan va bu tajriba stantsiyalarida suniy mineral o’g’itlardan foydalangan
holda ilmiy-tadqiqot ilariolib borilgan.
D.I.Mendeleev dehqonchilikdan olinadigan mahsuldorlikni har tomondlama
ko’paytirish sohasida juda ko’p ishlarni amalga oshirgan va bu ishlarga raxbarlik
qilgan.
D.Mendeleev
tomonidan
o’g’itlar
samaradorligini
oshirish
bo’yicha
Rossiyaning turli tuproq-iqlim sharoitlarida dala tajribalari olib borilgan va turli
tuproq -iqlim sharoitlarida o’g’itlarning qanday taosir etish xususiyatlari ochib
berilgan va dala tajribalarining geografik to’rini tashkil bo’lishiga asos solgan. Ilmiy-
tadqiqotlarning natijasi asosida shunday xulosaga kelindiki, Rossiyaning Yevrova
qismida go’ng hamma joyda samarali taosir etgan, fosfor qora tuproqlarda, azot va
ohak chimli -podzol tuproqlarda yaxshi taosir qilgan, kaliy esa dukkakli jkinlarga va
idiz mevalilarga samarali taosir ko’rsatganligi ko’rsatib berilgan.
P.A. Kostichev - rus agronomiya fanining asoschilaridan biri, 1894 yilda uning
«O’g’it to’g’risida talimot» nomli kitobi chop etildi. U o’zining ushbu asarida
Yu.Libixning «To’la qaytish nazariyasi»ni tanqid qiladi.
P.A. Kostichev shunday deydi: «Tuproqning unumdorligi uning tarkibijagi
ozuqa elementlariing miqdorigagina bog’liq bo’lmasdan, balki uning strukturasiga va
boshqa fizik xususiyatlariga ham bog’liqdir. Tuproqning strukturasi esa uning
tarkibidagi chirindiga bog’liqdir». Kostichev tomonidan tuproqning fosfat rejimiga
oid ilmiy-tadqiqotlari amalga oshirilgan.
Professor G.G.Gustavson (1834-1908) o’zining «Agrokimyodan 20 talabalar
MA’RUZA» degan kitobida tuproq va o’g’itlar kimyosi, tuproq, o’g’it va yem-
xashaklar analizlari to’g’risida masalalarni yoritgan edi.
Agrokimyoning ilmiy asoslarini yaratishda K.A.Timiryazevning (1843-1920)
mumtoz ilmiy-tadqiqotlari katta o’rin tutadi. Uning ilmiy amaliyotga vegetatsion
tajribalar olib borish uslubiyoti tadbiq etilgan. K.Timiryazev tajriba ishlarini olib
borishni juda yuqori baholagan edi. 1872 yilda Rossiyada birinchi bo’lib vegetatsion
tajribalar olib boriladigan uy, pavilon qurdirgan va bu pavilon hozirgi kungacha
faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
K.A.Timiryazev dehqonchilik va agrokimyoning oldida turgan vazifalarini
izohlab, shunaday yozadi: dehqonchilik va agrokimyoning oldida turgan asosiy ilmiy
vazifasi - bu yetishtirilayotgan qishloq xo’jalik ekinlarining o’ziga xos xususiyatlarini
o’rganish, madaniy o’simliklarni tashqi muhit sharoitiga bo’lgan talabini aniq
hisobga olishdir. Timiryazev o’simliklar fiziologisining nazariy masalalarini
chuqurlashtirgan holda asimilyatsiya sohasidagi ishlarni olib bora turib, dehqonchilik
va agrokimyoning bir-biri bilan chambarchas bog’liq sohalar ekanligini ko’rsatib
berdi.
Agrokimyo fanining keyingi rivojlanishi ulug’ olim D.N.Pryanishnikov (1865-
1948) ning ilmiy faoliyati bilan bog’liqdir. D.N.Pryanishnikov ilmiy izlanishlarining
masshtabining kattaligi, o’zining qamrab olgan vazifalarining kengligi va kattaligi
bilan boshqalardan farq qiladi. Uning rahbarligi ostida o’simliklarning fosfor bilan
oziqlanishi masalalari o’rganilgan. Xususan o’simliklarning fosforitlardan fosforni
qanday o’zlashtirishi va fosforit unining o’g’it sifatida ishlatilishi batafsil
o’rganilgan. Solikamsk kaliy konining ishga tushirilishi munosabati bilan olim va
uning shogirdlari tomonidan o’simliklarning kali tuzlaridan foydalanishi yuzasidan
bir qator ishlar amalga oshirilgan.
D.N.Pryanishnikov har doim dehqonchilikda biologik azotning rolini
o’rganishga alohida eotibor berib kelgan, organik o’g’itlardan foydalanish zarurligini
har doim taokidlar edi.
D.N.Pryanishnikov o’simliklarga mikroelementlarning taosirini o’ganish
bo’yicha ilmiy ishlarni tashkil etgan edi. o’simliklarning azot bilan oziqlanishida
ammoniyli tuzlar ham azot kislota tuzlari bilan teng qimmatga, xususiyatga ega
ekanligini isbotlab berdi.
Ammoniy tuzlari bilan o’simliklar oziqlantirilganda ularda hech qaysi noxush
holatlar ro’y bermagan. Bu ishning ahamiyati shundan iboratki, ammoniyli tuzlarni
azotli o’g’it sifatida ishlatish to’g’risida qaror tayyorlanayotgan edi.
Mineral o’g’itlarning ishlatilishi va azotli o’itlar ishlab chiqarish sanoatining
rivojlanishi D.N.Pryanishnikovning klassik ishlari bilan bog’liqdir. Uning
redaktorligi ostida 17 tomlik «Vegetatsion tajribalar va laboratoriya ishlarining
natijalari» nomli asarlar to’plami chop etildi.
Uning rahbarligi va faol ishtirokida o’g’itlar bo’yicha ilmiy institut,
Butunittifoq o’g’itlar, agrotexnika va tuproqshunoslik instituti, markaziy ilmiy-
tadqiqot
institutlari
tashkil
etilgan.
D.N.Pryanishnikovning
«Agrokimy,
«Dehqonchilik va o’simlik hayotida azotning roli» kabi fundamental asarlari hozirgi
kunda ham agrokimyogar mutaxassislar tayyorlashda dastur sifatida foydalanib
kelinadi.
K.K.Gedroyts (1872-1932) tomonidan tuproqning singdirish qobiliyati va
singdirish turlari aniqlandi. Tuproqda bo’ladigan almashinish hodisasida chirindi,
tuproqning organik qoldiqlari, tuproqning mineral qismi va mikroorganizmlari itirok
etishini tushuntirib berdi. Gedroyts ishlari natijasida tuproqning potentsial kislotaligi
aniqlandi va bu tuproqlarni ohaklash va gipslash ishlari uchun nazariy asos bo’lib
xizmat qiladi.
A.N. Lebedyantsev (1878-1941) Qora tuproq zonasining shimoliy qismida
fosforit unidan samarali foydalanish imkoniyatini birinchi bo’lib aniqlagan.
Olim tomonidan Rossiyaning turli tuproq-iqlim zonalarida o’g’itlardan
foydalanishning solishtirma samaradorligini aniqlash bo’yicha ilmiy-tadqiqotlar olib
borgan.
V.M.Klechkovskiy (1900-1972) o’simliklarning fosfor bilan oziqlanishi
masalalarini, o’g’itlar taosirning miqdoriy qonuniyatlarini, o’simliklar oziqlanishida
oziq elementlarining optimal nisbatlarini o’rgangan.
V.M.Klechkovskiy - suniy radionukleidlar agrokimyosining asoschilaridan
biridir. Qishloq xo’jalik mahsulotlari tarkibidagi radionukleidlarning miqdorini
kamaytirishning usullaridan biri - mineral va organik o’g’itlarni birga qo’shib
foydalanishdir.
Ya.V.Peyve (1906-1976) o’simlikshunoslikda mikroo’g’itlarni tabaqalashtirib
ishlatish nazariyasining asoschisidir. Bu nazariga asosan tuproq tarkibidagi o’zlasha
oladigan mikroelementlarni va o’simliklarning fiziologik xususiyatlarini xisobga
olish lozim.
Ya.Peyve metall mikroelementlarining fermentlar va fermentlar sistemasiga
taosiri nazariyasini ishlab chiqishda o’zining bebaho xissasini qo’shdi.
L.V.Peyve tomonidan kaliy, alyuminiy, kaltsiy va fosforning agrokimyosini
o’rganishga
oid
ilmiy-tadqiqotlar
qilindi,
tuproq
tarkibidagi
xarakatchan
mikroelementlarning miqdori va tarqalish qonuniyatlarito’g’risida izlanishlar olib
borildi.
N.S.Avdonin (1903-1980) o’simliklarning har hil o’suv davridagi oziqlanish
xususiyatlarini va o’simliklarni oziqlantirishning nazariy asoslarini ishlab chiqdi.
A.V.Sokolov (1898-1980) tomonidan oldingi ittifoqdagi tuproq turlariga
agrokimyoviy xarakteristika berish va ularning o’g’itlarga bo’lgan talabini o’rganish
bo’yicha kompleks ilmiy-tadqiqotlar olib borgan.
A.Sokolov tomonidan tuproqning almashinuvchi kislotaligini, tuproq
tarkibidagi fosfatlarning shakllarini aniqlash bo’yicha va o’simliklar tarkibidagi
fosforli birikmalarni miqdorini aniqlash usullari ishlab chiqildi. A.V.Sokolov
tomonidan donador superfosfat ishlab chiqarish usuli taklif etilgan.
O’ZBEKISTONDA AGROKIMYOVIY TADQIQOTLARNING
BOSHLANISHI VA UNING RIVOJLANISHIGA XISSA
QO’SHGAN OLIMLAR
O’rta Osiyoda, xususan O’zbekistonda agrokimyoviy tadqiqotlarning
boshlanishi, asosan chor Rosiyasining O’rta Osiyoni bosib olishi va uning paxta va
boshqa qishloq xo’jalik xomashyosiga bo’lgan talabini qondirish bilan bog’liqdir.
O’rta Osiyoda qishloq xo’jaligi, xususan paxtachilikni rivojlantirish maqsadida
taniqli, shu sohaga taaaluqli olimlar yuboriladi.
Bunday olimlar qatoriga R.R.SHreder, M.M.Butuev, I.K.Negodnov, A.I.
Kurbatov, Ye.A. Joripov, D.A. Sabinin va boshqalarni kiritish mumkin.
O’rta Osiyoga mineral o’g’itlar birinchi marta XX asrning boshlarida aniqrog’i
1906 yilda keltirilgan.
Qishloq xo’jalik ekinlariga mineral o’g’itlarni qo’llash borasidagi ilk tajribalar
SHreder, Butuev, Negodnovlar tomonidan amalga oshirilgan. 1906-1928 yillar
mobaynida 121 talabalar dala tajribalari amalga oshirilgan.
Bundan
tashqari
O’zbekistonda
agrokimyoning
va
agrokimyoviy
tadqiqotlarning rivojlanishida O’zbekiston Respublikasi FA tarkibiga kiruvchi
tuproqshunoslik va Agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutining tashkil etilishi juda katta
ahamiyatga ega bo’ldi. CHunki bu ilmiy maskandan juda ko’p taniqli tuproqshunos,
agrokimyogar olimlar yetishib chiqdilar va o’zlarining ilmiy izlanishlari bilan
O’zbekistonda, O’rta Osiyoda agrokimyoning rivojlanishiga munosib xissa qo’shib
kelmoqdalar. Bular jumlasiga D.V.Xarkov, L.M.Golodkovskiy, N.K,Bolyabov,
S.A.Kudrin, J.S.Sattorov, I.N.Niyozaliev, M.Umarov, T. Zokirov, I.Turopov,
Q.M.Mirzajono, A.Rasulov, X.M.Maxsudov, T.Piroxunov, I.Turopov va boshqa
ko’pgina tadqiqotchilarni kiritish mumkin.
O’Z-O’ZINI TEKSHIRISH UCHUN NAZORAT SAVOLLARI
1.
Dastlabki agrokimyoviy tasavvurlar nimalarda ifodalangan edi?
2.
Agrokimyo fanining rivojlanishiga xorijiy olimlar ishlarining ahamiyati?
3.
O’simliklarda kechadigan fotosintez jarayonini ilk mohiyatiga qachon va
kimlar tomonidan qadam qo’yilgan edi?
4.
Rossiyada o’simliklarning oziqlanishi va o’g’itlar ishlatishga doir
tekshirishlar qachon boshlangan?
5.
Agrokimyo fanining rivojlanishida professor A.N.Engilgardt-ning roli.
6.
Agrokimyo fanining rivojlanishida D.I.Mendeleev qilgan ishlarining
ahamiyati.
7.
Agrokimyo fanining rivojlanishida akad D.N.Pryanishnikovning roli.
8.
O’rta Osiyoda agrokimyoviy tadqiqotlar qachon va kimlar tomonidan
boshlangan edi?
9.
Agrokimyo fanining rivojlanishiga xissa qo’shgan O’zbekistonlik olimlarni
sanab bering.
10. Libix nazariyasining mohiyatini gapirib bering.
ADABIYOTLAR
1.
Agroximiya. Pod. red V. M. Klechkovskogo i prof. A.V,Peterburgskogo.
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 3-8 str.
2.
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989.
3.
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984.
4.
Musaev B. Tajriba ishlari uslubiyoti. T. Universitet. 1995.
5.
Udobreniya i osnovnie usloviya ix effektivnogo primenenie. Trud.
VASXNIL. Moskva. Kolos. 1970.
3-MA’RUZA: O’SIMLIKLARNING KIMYOVIY TARKIBI. O’SIMLIKLARDA
SUV QURUQ MODDA
REJA:
1.
O’simliklarning kimyoviy tarkibi.
2.
O’simliklardagi suv va uning ahamiyati.
3.
O’simliklardagi quruq modda
4.
O’simliklar quruq moddasining organik birikmalari.
5.
Tayanch iboralar
6.
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
7.
Foydalanilgan adabiyotlar
O’SIMLIKLARNING KIMYOVIY TARKIBI
O’simliklar o’z organizmlarini tashqi muhitda bo’lgan maolum bir kimyoviy
elementlardan tuzadi.
Tirik o’simlik va qurib qolgan o’simliklar massasi bir-biridan elementar tarkibi
bilan farq qiladi.
O’simliklar organizmi suv va quruq moddadan tashkil topadi. Quruq modda
esa organik va mineral birikmalardan iborat.
Ko’pchilik qishloq xo’jalik ekinlarining vegetativ organlaridagi suvning
miqdori 70-95 %, urug’larida esa 5 % dan 15 % gacha bo’ladi. O’simliklar quruq
massasining 90-95 % ni organik birikmalar va 5-10 % ni mineral tuzlar tashkil etadi.
O’simliklardagi asosiy organik moddalar: oqsillar va boshqa azotli birikmalar,
yog’lar, kraxmal, qand moddalari, klechatka va pektin moddalaridan iborat bo’ladi.
O’simliklarda kechadigan fotosintez jarayonida o’simliklarning bargi orqali
yutilgan karbonat angidrid gazi va ildizi orqali olingan suvdan uglerod, kislorod va
vodoroddan iborat bo’lgan oddiy azoti bo’lmagan organik moddalar hosil bo’ladi.
O’simliklar quruq massasining 95 % ni uglerod, kislorod, vodorod va azot tashkil
etadi. Bu yuqoridagi 4 element organogen elementlar deb yuritiladi. O’simliklarni
kuydirganda qoladigan elementlarni kul elementlar deyiladi va ular o’simliklar quruq
massasining 5 % ni tashkil qiladi. Bunday elementlarga natriy, magniy, fosfor,
oltingugurt, kaliy va birnecha miqdor mikroelementlar kiradi.
XX asrning boshlarida shu narsa aniqlandiki, o’simliklarningnorma o’sishi va
rivojlanishi uchun uglerod, kislorod va vodoroddan tashqari yana 7 elementlar azot,
fosfor, kaliy, kaltsiy, magniy, oltingugurt va temir ham kerak bo’ladi. Bu elementlar
makroelementlar deyiladi. Keyinroq yana shu narsa ko’rsatib o’tildiki, ushbu 7
elementdan tashqari o’simliklarga juda oz miqdorda boshqa elementlar ham zarur
ekan. Bular jumlasiga marganets, bor, molibden, mis, rux, kobald, yod. Ulardan
o’simliklardagi miqdoriy foizning mingdan hatto yuz mingdan bir ulushiga to’g’ri
keladi. Bunday elementlarni mikroelementlar deb ataladi.
Makro va mikroelementlardan tashqari o’simliklarda juda oz miqdorda
ultramikroelementlar ham uchraydi. Bunday elementlarga rubidiy, tseziy, selen,
kadmiy, kumush, simob va boshqalar kiradi. Agarda o’simliklar tarkibidagi kimyoviy
elementlarning hammasini qo’shib hisoblaganda 70 dan ortiq elementlarni tashkil
etadi.
O’simliklardagi azot va kul elementlarining miqdori o’simlikni yoshiga va uni
yetishtirish sharoitiga bog’liq bo’lib, har xil organda, to’qimalarda har xil miqdorda
bo’ladi.
Masalan, o’simliklarning ildizida, poyasida va bargida kul elementlari ko’p
bo’lsa, urug’ida esa kam bo’ladi. O’simliklarning kuli tarkibidagi fosfor va kaliy
miqdori ushbu elementlarning oksidlari shaklida ifodalash qabul qilingan. Ko’pchilik
o’simliklar bargining kulida kaliy 30-50 % ni tashkil etadi. Beda va vikaning bargida
esa kaliyga nisbatan kaltsiy ko’p bo’ladi.
O’simliklarning qari barglarida kaliy, fosfor va oltingugurtning miqdori kam
bo’lib, kaltsiyning miqdori kulning massasiga nisbatan 20-40 % dan 50-60 % gacha
ortadi.
Qishloq xo’jalik ekinlarining har xil organlari kulining tarkibini o’rganish
ayrim qonuniyatlarni keltirib chiqaradi. Donli va don dukkakli ekinlarning kulida
fosfor 40-50 % kaliy 30-40 %, magniy 8-12 % ni tashkil etadi.
Demak, bu 3 elementlar oksidlarining urug’idagi miqdori umumiy kul
miqdoriga nisbatan 90 % ni tashkil etadi. Poxolning kulida fosfor 3-5 marta kam.
lekin kaltsiy va kremniy miqdori ancha ortiq bo’ladi.
Kartoshka va ildizmevalilarning kulida kaliy miqdori 40-60 % ni tashkil etadi.
Agar o’simliklar tarkibini aniq va zamonaviy analiz qilish usullari bilan tekshirilsa,
yuqorida sanab o’tilgan kimyoviy elementlarning sonini yanada ko’paytirish
imkonini beradi.
O’SIMLIKLARDAGI SUV VA UNING AHAMIYATI
Har bir tiri organizm to’qimasi suv va quruq moddadan iborat bo’ladi.
Ko’pchilik qishloq xo’jalik ekinlarining vegetativ organlarida suv 70-95 %,
urug’larida esa 5-15 % gacha bo’ladi. O’simlik hujayrasining suv bilan optimal
darajada taominlanishini o’simliklar organizmida kechadigan hayotiy muhim
jarayonlarning tezligini va yo’nalishini belgilaydi.
O’z navbatida mineral oziqlanish, shningdek suv bilan taminlanishi va
o’simliklarning biologik xususiyatlari ulardagi suvning miqdorini belgilaydi. Suvning
kamayib ketishi o’simliklarda kechadigan moddalar almashinuvi va sintetik
jarayonlarning o’tishi oldin susaytiradi va kein to’xtatadi. Oqibatda o’simlik halok
bo’ladi.
Quyida turli qishloq xo’jalik ekinlari organlaridagi suvning miqdori keltiriladi.
1) pomidor va bodring mevasida - 94-96 %
2) oqboshli karam va rediskada - 90-93 %
3) sabzi, lavlagi, piyozda - 86-91 %
4) kartoshka va qand lavlagida - 75-80 %
5) g’alla ekinlarining donida - 12-15 %
6) kungaboqar urug’ida - 7-10 %
Demak, qishloq xo’jalik ekinlarining ko’pgina vegetativ organlarida suv 85-95
% ni tashkil etar ekan. O’simliklardagi suvning funktsiyalari uning fizik va kimyoviy
xossalari bilan bog’liq va u turli xil funktsiyalarni bajaradi.
Suv yuqori solishtirma issiqlik sig’imiga ega bo’lganligi sababli va parlanish
xususiyatiga ega bo’lganligi uchun o’simliklarni qizib ketishdan saqlaydi.
Suv ko’pgina birikmalar uchun yaxshi erituvchi, suvli muhitda bunday
birikmalar elektrolitik dissotsilanadi va o’simliklar tarkibida zaruriy mineral oziqa
elementlari bor ionlarni o’zlashtiradi. Suvning sirt tarangligi yuqori bo’lganligi
sababli u turli adsorbtsiya jarayonlarida va mineral hamda organik birikmalarning bir
joydan ikkinchi joyga siljishida katta rol o’ynaydi.
Suvning ishtirokida o’simliklardagi sintezning biokimyoviy reaktsiyalari va
organik birikmalarning parchalanishi sodir bo’ladi.
Suv tuproqdan olingan mineral tuzlarning erituvchisi bo’lish bilan birga
o’simliklardagi moddalarning almashinishi va harakatlanishi uchun ham muhim
hisoblanadi.
O’simliklardagi suvning miqdori o’simliklarning turi va yoshiga, suv bilan
taminlanish sharoitiga, transpiratsiyasiga va mineral oziqlanishiga bog’liqdir. Suv
o’simliklardagi energetik o’zgarishlarda avvalo quyosh energiyasini fotosintezida
kimyoviy birikmalar hosil bo’lishida akkumulyatsiyalanishida alohida ahamiyatga
ega.
Suv nurning fotosintez uchun zaruriy ko’rinadigan va shunga yaqin bo’lgan
ultrabinafsha qismini o’tkazib, infraqizil isiqlik radiatsiyasini maolum qismini tutib
qoladi. O’simliklarning to’qimalari hujayralarida suvning bo’lishligi turgorga sabab
bo’ladi, bu turli tuman fiziologik va biokimyoviy jarayonlarning muhim intensivlik
va yo’nalganlik faktoridir.
O’simliklar organizmida organik birikmalarning juda ko’p biokimyoviy sintez
va parchalanish reaktsiyalari suvning bevosita ishtirokida boradi. Boshqa tashqi
muhit omillari bilan bir qatorda suv suv bilan yaxshi taminlanganlik darajasi ham
qishloq xo’jalik ekinlari hosilining miqdori va sifatiga hamda o’g’itlarining
samaradoroligiga sezilarli darajada taosir qiladi.
O’SIMLIKLARDAGI QURUQ MODDA
O’simliklar quruq moddasining 90-95 % ni organik birikmalar, oqsillar va
boshqa azotli moddalar, uglevodlar va yog’lardan tarkib topadi. Bularning miqdori
hosil sifatini belgilaydi, 5-10 % ni esa mineral tuzlar tashkil etadi.
Har bir qishloq xo’jalik ekinlari tarkibida maolum miqdorda oqsillar, qand
tsellyuloza, vitaminlar olish uchun yetishtiriladi.
Masalan, yem-xashaklar tarkibida tsellyuloza ko’p bo’lsa, uning yem-xashakli
qimmati pasayadi, g’o’za zig’ir kanakunjut esa tola olish uchun yetishtiriladi. Qaysiki
ularning tolasi asosan tsellyulozadan iborat bo’ladi.
Qand lavlagining sifati undagi saxarozaning oz-ko’pligi bilan belgilanadi.
Dukkakli ekinlar ularning tarkibida qanchalik oqsil to’planishi bilan
baholanadi.
Turli qishloq xo’jalik mahsulotlari tarkibidagi quruq modda miqdori har xil
bo’ladi. Masalan,
1) pomidor va bodring mevasida - 4-6 %
2) oqboshli karam va rediskada - 7-10 %
3) sabzi, lavlagi, piyozda - 9-14 %
4) kartoshka va qand lavlagida - 20-25 %
5) g’alla ekinlarining donida - 85-88 %
6) kungaboqar urug’ida - 90-93 %
Urug’larning pishishi natijasida ulardagi suvning miqdori kamayib boradi va
quruq moddalarning miqdori 85-90 % gacha ko’payadi.
Ekinlardan yuqori hosil yetishtirish uchun maolum bir maydondan ko’proq
quruq modda olishga erishish lozim. O’simliklarning to’qimalarida suv borligini
hisobga oladigan bo’lsak, u yoki bu qishloq xo’jalik ekinlarining hosilida qancha
quruq modda borligini bilish mumkin.
(ts/ga)
Hosildorlik
Quruq modda
Bug’doy doni
30
25
Makkajo’xori doni
60
50
Kartoshka
250
50
Qand lavlagi
300
60
Karam
500
40
Sabzi
400
40
Agarda asosiy qishloq xo’jalik ekinlaridan nisbatan yuqori hosil olinsa, uning
tovar qismidan har gektar hisobiga 25-60 ts quruq modda olish mumkin. Bundan
tashqari quruq modda o’simliklarning ildiz qismida ham va xo’jalikda
foydalanadigan ikkilamchi qismida qolib ketishi mumkin. O’simliklar quruq moddani
havodan karbonat angidrid gazi, tuproqdan ildizi orqali suv va mineral tuzlarni olish
hisobiga to’playdi.
Ko’pchilik qishloq xo’jalik ekinlari quruq moddasining tarkibi o’rganilganda
ularning tarkibidagi uglerod 45 %, kislorod 42, vodorod 7 % ni tashkil etib, bu
elementlar quruq moddaning 94 % ni, qolgan moddalar esa 6 % ni tashkil etadilar (94
% quruq moddani tashkil etgan qismi o’simlikning karbonat angidrid va suv hisobiga,
qolgan 6 % qismi esa tuproqdan olinadi).
O’SIMLIKLAR QURUQ MODDASINING ORGANIK BIRIKMALARI
O’simliklar quruq moddasining 90-95 % ni organik birikmalar tashkil etadi.
Bular jumlasiga oqsillar va boshqa azotli birikmalar, uglevodlar va yog’lar kiradi.
Bularning miqdori ekinlardan olinadigan hosilning sifatini belgilaydi.
Oqsillar. Ancha cheklangan miqdordagi aminokislotalarning yuzlab va
minglab qoldiqlaridan tuzilgan yuqori molekulyar organik mddalardir.
oqsillar organizmar hayotining asosiy moddalar almashinuvini barcha
jarayonlarida hal qiluvchi rolni o’ynaydi.
Oqsillar struktura va katalitik funktsiyalarni bajaradi. SHuningdek
o’simliklarning asosiy zapas moddalaridan biri hisobanadi.
O’simliklarning vegetativ organlarida oqsillar miqdori odatda ular massasining
5-20 % ni, boshoqli don ekinlari urug’ida 6-20 % ni, dukkakli va moyli ekinlar
urug’ida esa 20-35 % ni tashkil etadi.
Oqsillarning elementar tarkibi ancha o’zgarmas, yani stabil bo’lib,
quyidagichadir.
Uglerod
51-555 %
kislorod
21-24 %
azot
15-18 %
vodorod
6,5-7 %
oltingugurt
0,3-1,5 %
Oqsillar o’z tuzilishiga ko’ra 2 guruhga bo’linadi. 1. Aminokislotalar
qoldiqlaridan tuzilgan oddiy oqsillar yoki proteinlar. 2. Tarkibida oqsillar emas,
birikmalar bilan mustahkam bog’langan oddiy oqsili bor murakkab oqsillar yoki
proteidlar.
Proteinlar yoki oddiq oqsillar eruvchanligiga qarab quyidagi fraktsiyalarga
bo’linadi.
albuminlar - suvda eriydi
globulinlar - neytral tuzlarni tuzsiz eritmalarida eriydi
prolaminlar - spirtda eriydigan oqsillar
gluteinlar - iqorda eriydigan oqsillar
Barcha oqsillarning asosiy struktura birligi bo’lgan aminokisloatalar tarkibida
karboksil guruhlardan va 1 ta yoki 2 aminoguruhdan iborat bo’lib, yog’ qatori yoki
aromatik qatorning organik kislotalari hisoblanadi. O’simlik oqsillari 20 ta
ominokislota va 2 ta omiddan tuzilgan.
Qishloq xo’jalik ekinlaridagi oqsillar o’zining fraktsion va aminokislota tarkibi
jihatidan bir-biridan farq qiladi. Masalan, dukkakli va moyli ekin urug’idagi asosiy
oqsillar massasini globulinlar tashkil etadi, prolaminlar faqat g’allagullilar urug’ida
uchraydi.
Prolaminlar va gluteinlar bug’doyning yelimligi tarkibiga kirib, donni
texnologik va non bo’lish sifatlarani yaxshilaydi.
O’simliklarning oqsillari tarkibida juda qimmatli aminokislotalar (valin, leytsin
va izoleytsin, treonin, metionin, gistidin, lizin, triptofan va fenilalanin) bo’lishining
alohida ahamiyati bor. CHunki bu aminokislotalar odam va hayvonlar organizmida
sintez qilinmaydi. Bunday aminokislotalarni faqat o’simlik mahsulotlaridan olish
mumkin. Oqsillar tarkibida urug’lardagi azotning va ko’pgina o’simliklar vegetativ
organlaridagi azotning ko’p qismi bo’ladi.
Uglevodlar o’simliklarda qand moddalari kraxmal, tsellyuloza va pektin
moddalari holida bo’ladi.
Qand moddalari xususan shakarlar barcha qishloq xo’jalik ekinlarida oz
miqdorda bo’ladi. Ildizmevalilarda va sabzavot ekinlarining ayrim organlarida
uzumda, rezavor meva hamda mevalarda zapas modda sifatida to’planadi.
Ko’pchilik o’simliklarda monosaxaridlar, asosan glyukoza va fruktoza,
oligosaxaridlar esa disaxarid va oligosaxaroza holida bo’ladi. O’simliklarda
glyukoza va fruktoza erkin holatda yani fosfat kislotaning efirlari holida uchraydi.
Monosaxaridalardan glyukoza o’simliklarning nafas olishida asosiy energetik
material hisoblanadi, uning fosfat efirlari esa boshqa saxarofosfatlar bilan birga
fotosintezda murakkab uglevodlar sintezida va boshqa moddalar almashinuvi
jarayonlarida itirok etadi.
Glyukozaning uzumdagi miqdori 8-15 % ni tashkil etadi, fruktozaning danakli
mevalardagi miqdori 6-10 % ni tashkil etadi.
Saxaroza glyukoza va fruktozadan tuzilgan disaxariddir. Sabzi, piyoz,
lavlagida uning miqdori 4-8 % ni tashkil etadi.
Saxaroza qand lavlagida 14-22 %, shakar qamish poyasining shirasida esa 11-
25 % ni tashkil etadi.
Kraxmal. O’simliklarning barcha yashil organlarida ozroq miqdorda bo’ladi,
lekin tuganaklarda, piyozboshda va urug’da asosiy zapas uglevod sifatida to’planadi.
Kartoshkaning ertangi navlari tuganaklarida kraxmal miqdori 10-14 %, o’rta va
kechpishar navlarining tuganaklarida 16-22 % ni tashkil etadi. Bu tuganaklarning
quruq massasiga aylantirib hisoblaganda 70-80 % ni tashkil etadi.
Kraxmal amilaza va amilapektindan yani ko’p miqordagi glyukoza
qoldiqlaridan iborat polisaxaridlardan tarkib topadi.
Kraxmal - odam va hayvonlar organizmi oson o’zlashtiradigan uglevoddir.
TSellyuloza. O’simlik hujayrasi devorlarining asosiy komponenti hisoblanadi.
Paxta tolasining 95-98 % ni, zig’ir, kanop, kunjut tolalarining 80-90 % ni tashkil
etadi.
Suli, guruch, tariq urug’larida tsellyuloza 10-15 %, don-dukkakli ekinlar
urug’ida 3-5 ni tashkil etadi.
TSellyuloza glyukoza qoldiqlarining tarmoqlanmagan zanjiridan tuzilgan
polisaxarid bo’lib, molekulyar massasi bir necha 100 mingdan bir necha milliongacha
bo’ladi. TSellyuloza to’liq gidrolizlanganda glyukoza hosil bo’ladi.
Pektin moddalar. Mevalarda, ildizmevalarda va o’simliklar tolalarida
bo’ladigan yuqori molekulr polisaxariddir. Pektin moddalari kislotalar va shakarlar
ishtirokida jele hosil qilish xususiyatidan qandolatchilik sanoatida foydalaniladi.
Yog’lar
va
yog’simon
moddalar
(lipidlar).
O’simlik
hujayrasi
tsitoplazmasining struktura komponenti hisoblanadi. Moyli ekinlarda esa zapas
birikmalar rolini bajaradi.
Eng muhim moyli ekinlar va soya urug’laridagi moyning o’rtacha miqdori %
hisobida
Kana kunjut urug’ida - 60
kunjut - 50-45
ko’knori - 45-50
zaytun - 45-50
kungaboqar - 24-50
zig’ir - 30
kanop - 30
korchitsa - 30-35
chigit - 25
soya - 20 %.
Kimyoviy tuzilishiga ko’ra yog’lar 3 atomli spirt glitsirinning murakkab efiri
bilan yuqori molekulyar yog’ kislotalar aralashmasidir.
O’simlik moylarida to’yinmagan kislotalardan olein, linol va linonel
kislotalar, to’yinganlaridan esa palmitin va steorin kislotalar bo’ladi.
O’Z-O’ZINI TEKSHIRISH UCHUN NAZORAT SAVOLLARI
1.
Turli xil qishloq xo’jalik ekinlari mahsultlarida suv va quruq moddaning
miqdori qanday bo’ladi?
2.
O’simliklar organizmida suv qanday asosiy funktsiyalarni bajaradi.
3.
O’simliklar quruq moddani qanday paydo qiladi va uning elementar tarkibi
qanday bo’ladi?
4.
Oqsillar va ularning ahamiyati, turlari.
5.
Asosiy uglevodlarni sanab o’ting va ularni o’simliklardagi miqdorini
ko’rsating.
6.
Qanday elementlar organogen elementlar deyiladi?
7.
Qaysi elementlar makro, mikro elementlar deyiladi?
Adabiyotlar
1.
Agroximiya. Pod. red . V.M.Klechkovskogo i prof. A.V,Peterburgskogo.
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 3-8 str.
2.
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989.
3.
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984.
4-MA’RUZA: O’SIMLIKLARNING OZIQLANISHI VA UNING TURLARI.
OZIQLANISH NAZARIYASINING ASOSIY BOSQICHLARI.
REJA:
1.
O’simliklarning oziqlanishi uning hayotidagi muhim omildir.
2.
Oziqlanish nazariyasining asosiy bosqichlari.
3.
Oziqlanish turlari.
a) o’simliklarning havodan oziqlanishi
b) o’simliklarning ildiz orqali oziqlanishi
v) o’simliklarning ildizdan tashqari oziqlanishi
4.
O’simliklarga zarur va nozarur bo’lgan kimyoviy elementlar.
5.
O’simliklar kimyoviy elementlarning to’plovchisidir.
6.
Tayanch iboralar
7.
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
8.
Foydalanilgan adabiyotlar
O’SIMLIKLARNING OZIQLANISHI UNING HAYOTIDAGI MUHIM
OMILDIR
Qishloq xo’jalik ekinlari bir vaqtning o’zida ikki muhitdan oziqlanadi,
1) tuproqdan
2) atmosferaning pastki qatlamidan.
O’simliklar barglari orqali havodan karbonat angidridni yutadi, ildizi orqali
esa suv, mineral moddalar va organik moddalarni ham tuproqdan oladi.
O’simliklarning havodan va ildizdan oziqlanishi o’tgan asrning o’rtalariga kelib
yoritildi. Yani fiziologlar o’simlik bargining yashil rangini va quyosh yorug’ligining
rolini bir-biri bilan bog’laganlaridan so’ng va o’simliklar tomonidan karbonat
angidridning o’zlashtirilishi maolum bo’lganda, shuningdek agroimyogarlar esa
o’simliklarni tarkibi oldindan maolum bo’lgan oziqali tuzlar eritmalarida ham
o’stirish mumkin ekanligini aniqlaganlaridan so’ng maolum bo’ldi.
O’simliklarning havodan oziqlanishi to’g’risida K.A.Timiryazev juda katta
olamshumul ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirdi va o’zining mumtoz asarlarida yoritib
berdi. Uning shogirdi D.N.Pryanishnikov esa o’simliklarning ildizdan oziqlanishi
haqidagi mukammal ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirdi.
D.N.Pryanishnikov dehqonchilikda azot almashinuvi va o’simliklarni azotli
o’g’itlar bilan oziqlantirish mumkin ekanligini ko’rsatib berdi. D.N.Pryanishnikov
1892 yilda G’arbdagi Vlibexning kimyo maktabiga teng keladigan va unga qarshi
tura olish qobiliyatiga ega bo’lgan ilmiy agrokimyo maktabini yaratdi va
agrokimyoda fiziologiya yo’nalishini yaratdi.
O’SIMLIKLARNING MINERAL OZIQLANISHI TO’G’RISIDAGI
NAZARIYALAR VA ULARNING TARAFDORLARI
O’simliklarning mineral oziqlanishi to’g’risida bir necha nazariyalar mavjud
bo’lib, bu nazariyalar 1858 yilda o’z tasdig’ini oldi. Yani shu yilda suniy oziqaviy
muhitda birinchi marta o’simliklarni to’liq rivojlantirib, pishgunga qadar olib borildi.
Keyinchalik o’simliklarni qumli muxitda o’stirish uchun to’laqonli suniy ozuqa
aralashmasi taklif etildi. 1837 yilda Dyutroj tomonidan tirik hujayralar tomonidan
moddalarning yutilishi to’g’risida maolum bir fikrlar aytilgan edi, yani hujayraga
kirayotgan suv va unda erigan moddalar tsitoplazmatik membrananing teshiklari
orqali diffuziya yo’li bilan kiradi degan edi. Saksning fikriga ko’ra, hujayrada ro’y
beradigan kimyoviy jarayonlar hujayra ishlab chiqarishidagi moddalar va uni o’rab
turgan eritma o’rtasidagi kontsentratsiya muvozanatini buzadi.
Diffuzion osmotik nazariyasining tarafdorlari professor Defriz, Mayer va
boshqa olimlar kiradilar.
Bu nazariyaga ko’ra ildiz sistemasi orqali suv bilan birga oziqa moddalari
so’riladi, Suv esa doimo parlanib turadi. SHunday qilib, oziqa moddalarni o’simlikka
qabul qilinishi uning transpiratsiyasiga bevosita bog’liqdir.
Lekin bu fikrlar o’simliklarga oziqa moddalarni qabul qilinishi to’g’risidagi
qonuniyat doirasiga to’g’ri klmaydi. O’simlikka qabul qilinayotgan su va ozuqa
moddalari o’rtasida malum aloqadorlik yo’qligi to’g’risida Timiryazev ham aytib
o’tgan edi. Yani o’simliklarning oziqlanishi uchun parlanishga sarflangan miqdorda
ko’p suv kerak emas.
Bu fikrlar D.A.Sabilinning ishlarida ham o’z ifodasini topgan.
19-asrning oxirida oVerton tomonidan lipoid nazariyasi ilgari suriladi.
Bu nazariyaga ko’ra moddalarning hujayraga kirishi, ularni tsitoplazmatik
membranasining lipid suyuqligida erishi natijasida sodir bo’ladi. Ular bu hodisani
anilin bo’yog’ini o’simlik hujayrasiga kirishi va uni lipid suyuqligida erishini
kuzatganlar.
Traube va Rulandlar esa ultrafiltratsion nazariya tarafdorlari edilar.
Ularning fikrlariga ko’ra hujayraga ozuqa moddalar tsitoplazma qoldig’ining
teshiklari orqali kiradi. Oziqa moddalarning kirishi tsitoplazma qobig’ining teshiklari
va oziqa moddalar molekualarini o’lchamlariga bog’liq. Lekin shunday faktlar ham
maolumki, o’simliklar molekulalarining o’lchami anchagina katta bo’lgan
aminokislotalarni ham yutadi.
XX asrning boshlarida Devo o’simliklar hujayrasining kuchli suyultirilgan
eritmasidan kationlarni tezlik bilan bog’lash mumkinligini aniqladi. Bu holat esa
adsorbtsiya nazariyasining kelib chiqishiga sabab bo’ldi.
Bu nazariyaga asosan bog’langan kation o’z miqdoriga teng bo’lgan boshqa
kationni o’simlik to’qimasidan siqib chiqaradi.
SHunday qilib o’simliklar hujayrasiga bir ionning yutilishi boshqa huddi
shunday miqdordagi ionni siqib chiqaradi. CHunonchi bu jarayo o’simlik hujayrasi
eritmasining kontsentratsiyasiga va vaqtga bog’liqdir.
D.A.Sabinin va boshqa olimlarning ko’pgina tekshirishlari natijasida o’simlik
xujayrasiga moddalarning yutilishi bilan hujayra hayot faoliyati darajasi o’rtasida
bog’liqlik borligi ko’zga tashlanadi. O’simlik ildiz sistemasining hujayraga moddalar
yutilishida aktiv rol o’ynashi ko’rsatib o’tilgan. O’simlik shirasidagi moddaning
miqdori o’simlikning oziqa elementlari bilan qanday taminlanganligiga, tur
xususiyatlariga yoki o’simlikning yoshiga bog’liqdir. Hujayra va to’qimalar
fiziologik aktivligining har xil bo’lishi ularning kimyoviy tarkibi va elektr
xususiyatlarini har xil bo’lishini belgilaydi. O’simliklarning to’qimasidagi modda
almashinuvi darajasi ular moddalarining yutilish darajasiga belgilaydi.
Styuard, Lundegrd, Byurstrem va boshqa olimlar tomonidan o’simliklar
to’qmasining nafas olish bilan mineral tuzlar ionlarining yutilishi o’rtasida bog’liqlik
borligi aniqlandi.
Xogland va Ryuerlarning ishlarida oziqa eritmasi tarkibiga havo va glyukoza
ko’p qo’shilganda harorat ko’tarilganda va boshqa nafas olish jarayonlarini
tezlashtiruvchi omillarni yuzaga keltirganda o’simlik hujayrasi va to’qimalariga oziqa
moddalarning yutilishi ko’payganligini isbotlaganlar.
D.A.Sabinin tomonidan o’simliklarni oziqlanishi bilan malum bir organlarning
paydo bo’lishi va rivojlanishi o’rtasida aloqadorlik borligi isbotlangan.
OZIQLANISH TURLARI
A) O’simliklarning havodan oziqlanishi.
Maolumki o’simliklarning quruq moddasida o’rtacha 45 % uglerod va 42 %
kislorod mavjud. O’simliklarning uglerod va kisloroddan organik moddalar sintez
qilishini manbai esa o’simliklarning havodan oziqlanishidir. Karbonat angidrid gazi
o’simliklarga barg og’izchalari orqali kiradi.
Barg og’izchalaridan bir vaqtning o’zida suv ham parlanib turadi.
O’simlik barglari sathining umumiy yig’indisi o’zi o’sib turgan tuproq sathidan
20-70 marta kattadir. Bu esa yashil barlarni karbonat angidrid gazi va quyosh nuri
energiyasidan ko’proq va to’laroq taminlanishi uchun yaxshi sharoit yaratadi.
Barglarning yashil rangi xlorofill borligidan dalolat beradi.
Xlorofillsiz o’simliklar quyosh nuri energiyasidan foydalana olmas edilar.
O’simliklarning har bir kilogramm yangi bargidagi xlorofillning miqdori 1-3
grammni tashkil etadi yoki 25 sm kv. barg plastinkasida esa 1 m grammni tashkil
etadi.
Yozning yorug’ bir kunida o’simlik bargi 25 % gacha yangidan organik
moddani to’laydi, shunday esa 5-10%ni nafas olish uchun sarflaydi. O’simliklar nafas
olish jarayonida hosil bo’layotgan uglevodlarning 15-20 % dan 30-50 gachasini
oksidlaydi.
O’simliklarda kechadigan fotosintez jarayoni natijasida ulevodlar bilan organik
kislotalar aminokislotalar va oqsillar paydo bo’ladi.
Fotosintez jarayonida ishtirok etayoggan mineral elementlardan azot va
oltingugurtdan tashqari fosfor ham istemol qilinadi va natijada fosolitserin kislota va
saxarofosfatlar hosil bo’ladi. Bundan tashqari xlorofill tarkibida 2,7 % gacha magniy
ham bo’ladi. O’simliklardagi kaliy ham muxim vazifani bajaradi, yani uglevodlarni
barg plastinkalaridan o’simlikning boshqa organlariga xarakatlantiradi.
Agar o’simliklarda temir yetishmasa xlorofilning hosil bo’lishiga salbi taosir
ko’rsatadi.
Fotosintez jarayonida quyosh nuri energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi va
fotokimyoviy reaktsiyalar energiyasi hisobiga yangi organik birikmalar sintez
qilinadi.
Fotokimyoviy reaktsiyalar natijasida ATF hosil bo’ladi.
Uzoq vaqtlar fotosintez jarayoni uchun sarflangan quyosh energiyasi karbonat
angidrid gazini parchalaydi. Atmosferaga kislorodning ajralib chiqishiga va
uglerodning suv bilan birikishiga sarflanadi deb aytiladi. Fotosintez jarayonining
dastlabki mahsuloti formaldegid deb hisoblanar edi. Ammo formaldegid
o’simliklarda hech qachon uchratilmagan.
Bunday holatni formal’degidni tezlik bilan glyukozaga aylanadi, deb
tushuntirilar ediyu ammo radiaktiv uglerod bilan tajribalar o’tkazilganda, fotosintez
boshlangandan so’ng 30 sek o’tganda ham bargda formal’degid uchramagan,
karbonat angidrid gazining parchalanishi ham ro’y bermasligi aniqlangan.
A.P.Vinogradov 1941 yilda bu masalani oydinlashtirdi. U izotop usuli
yordamida fotosintez jarayonida o’simliklar tomonidan ajralib chiqarilayotgan
kislorod suvning parchalanishi natijasida hosil bo’ladi. Karbonat angidridning
parchalanishi natijasida emasligini isbotladi.
Keyinchalik fotosintez jarayonini 2 stadiyada sodir etilishi aniqlandi.
SHulardan birinchisi fotosintezning yorug’likda sodir bo’ladi, suv parchalanadi va
kislorod ajralib chiqadi va vodorod ishtirokida qaytadan hosil bo’lgan birikmalar
vujudga keladi. Ikkinchi stadiyasi qorong’uda sodir bo’ladi va bunda karbonat
angidrid assimilyatsiya qilinib har xil organik birikmalar hosil bo’ladi.
O’simliklarning quyosh nuri energiyasidan foydalanish koeffitsientini oshirish
uchun yuqori hosilli ekinlarni ekish va qayta ekishni joriy etish lozim. Hashaki
ildizmevali ekinlarning quyosh nuridan foydalanish koeffitsienti 1,98 %,
kartoshkaniki 2,38 %, g’alla ekilarida 2,42 - 2,74 %, lyupinda 4,79 % ni tashkil etadi.
Har yili butun yer yuzasida o’simliklar 400 mlrd tonna organik moddani sintez qiladi.
Agar atmosferani karbonat angidrid gazi bilan to’ldirib turilmasa, taminan 4-5 yil
mobaynida to’lig’icha u yashil o’simliklar bilan birikadi.
Atmosferani karbonat angidrid gazi bilan to’ldirilib turilishida dengiz va
okeanlar muhim haroratining ko’tarilishi natijasida karbonat angidrid gazining suvda
eruvanligi pasayadi va bir qismi havoga uchib ketadi. Harorat pasayganda esa
karbonat angidrid gazi suv xavzalariga aralashadi. Lekin o’simliklar uchun karbonat
angidrid gazi o’suv darida kerak bo’ladi. SHuning uchun havoni karbonat angidrid
gazi bilan boyitish lozim.
Atmosferada karbonat angidrid gazi umumiy hajmiga nisbatan 0,03 % ni
tashkil etadi. Bu 1 l suvda 0,5565 m grammga to’g’ri keladi.
Er yuzasiga yaqin bo’lgan 1 m qalinlikdagi havo qatlamida 1 gektar maydon
ustidagi karbonat angidrid miqdori 5-6 kilogrammni tashkil etadi.
Bu o’simliklarni talabiga nisbatan juda ozdir.
O’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun juda ko’p miqdorda karbonat
angidrid gazi zarur bo’ladi.
Masalan, qand lavlagidan har gektar maydondan 400 ts hosil olish uchun 1
kunda tez rivojlanayotgan paytda 1 ga uchun 300 kilogramm karbonat angidrid gazi
kerak bo’ladi.
Karbonat angidrid gizining miqdonini ko’paytirish uchun ko’p miqdordagi
organik o’g’itlardan foydalanish lozim. Organik o’g’itlarning parchalanishi natijasida
juda ko’p miqdorda karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi. Har ga 20-30 t o’g’it
solinganda uning parchalanishi natijasida atmosferaga 5-7 t karbonat angidrid gazi
chiqadi. Agar atmosferadagi karbonat angidrid gazining miqdori 0,01 % dan
kamaysa, o’simliklarda fotosintez jarayoni to’xtaydi.
O’SIMLIKLARNING ILDIZ ORQALI OZIQLANISHI
Tuproqdan azot va boshqa kul elementlari o’simliklari ildiz sistemasining faol
yuzasi orqali ionlar holida yutiladi. Masalan, azot natriy anioni va oltingugurt fosfat
sulfat kislotalarining anionlari holida kaliy, kaltsiy, magniy, natriy, temirlar, kationlar
holida mikroelementlar esa tegishli kation va anionlar holida yutilishi mumkin.
O’simliklar ionlarni faqat tuproq eritmasidangina emas, balki kolloidlarga yutilgan
ionlarni ham o’zlashtiradi.
Bundan tashqari o’simliklar tuproqning qattiq fazasiga aktiv taosir etib, zaruriy
oziq-moddalarni
o’zlashtiradigan
shaklga
aylantiradi.
Ildiz
sistemasining
baquvvatligi, uning tuzilishi va tuproqda tarqalish xarakteri o’simliklarning har xil
turlarida keskin farq qiladi.
Ildiz morfologiyasi ildiz sistemasining shakllanishi dinamikasi uning
rivojlanish darajasi va tuproqda qanchalik chuqur kirib borishi avvalo o’simliklarning
biologik xususiyatlari bilan belgilanadi.
Lekin ildiz sistemasining morfologiyasidan va rivojlanish xususiyatlaridan
qatiy nazar barcha o’simliklarda ildizlarning massasi chuqur kirib borgan sari
kamayadi. Ularning umuiy yuzasi esa ortadi.
Ildiz sistemasining aktiv qismi o’sayotgan yosh ildizchalardan iborat bo’ladi.
Tuproqdan mineral oziq elementlari ana shular orqali yutiladi.
Har bir ildizcha o’sa borishi bilan uning yuqorigi qismi yo’g’onlashib, tashqi
tomonidan po’kaklangan to’qima bilan qoplanadi va oziq-moddalarni yutish
xususiyatini yo’qotadi. Ildiz sistemasining o’sish tezligi va rivojlanish xarakteriga
tuproqning fizik xossalari, unda namlikning va oziq-moddalarning taqsimlanishi katta
taosir ko’rsatadi. O’simliklarning kuchli tarmoqlangan ildiz sistemasi tuproqda
nihoyatda katta yutish sathini hosil qiladi. uning kattaligi o’simliklarning vegetatsiya
davrida o’zgarib turadi va ko’pincha gullash davrida maksimumga yetadi.
O’simliklarni oziq-moddalarni yutish jarayonini tushunib olish uchun ildizning
birlamchi tuzilishini ko’rib chiqish lozim.
O’simlik ildizi ildiz qini bilan himoyalangan uchidan boshlab o’sadi.
Ildizchalarning uchiga bevosita yaqin joyda bo’linuvchi meristematik hujayralar
zonasi joylashadi.
Uning yuqorisida cho’zilish zonasi bo’ladi. Bu yerda hujayralar sistemasining
kattalashishi va ularda markaziy vakuola hosil bo’lishi bilan birga o’tkazuvchi
to’qimalarning differentsiatsiyasi boshlanadi.
CHo’zilish zonasida o’simliklar naychali o’tkazuvchi sistemasini shakllangan
pastlab boruvchi qismi floema bo’ladi, organik moddalar yer ustki organlaridan
ildizga aan shu floema orqali o’tadi, so’ngra o’sayotgan ildiz uchidan 1-3 mm
masofada ildiz tolalari hosil bo’lish zonasi joylashadi. Bu zonada o’tkazuvchi
sistemalarning yuqorilab boruvchi qismining ksilemaning shakllanishi tugaydi. Ana
shu qism orqali suv shuningdek yutilgan ionlarning va ildiz sintezlangan organik
birikmalarning bir qismi ildizdan o’simlikning yer ustki qismiga o’tadi.
Ildiz tolalari hosil bo’lishi tufayli ildiz sistemasining tuproq bilan kontaktda
bo’lgan oziq-moddalarni yuta oladigan faol yuzasi keskin o’nlab marta kattalashib
ketadi. Ildiz uchidan boshlab ildiz tolalari hosil bo’lish zonasi tugaydigan joyga qadar
hujayraning tashqi tsellyuloza qobig’ida kutikulalar bo’lmaydi va oson singdiruvchan
bo’ladi. Ildiz kutikulasiz huddi anashu qismi tuproqdan oziq moddalarni yutishda
ishtirok etadi.
Ionlarning eng intensiv yutilishi ildiz tolalarining hosil bo’lish zonasida sodir
bo’ladi. Va ildizga o’tgan ionlar bu yerdan o’simlikning yer ustki organlari tomon
xarakatlanadi. SHuni takidlash kerakki, ildiz faqat yutish organi bo’libgina qolmay,
balki ayrim organik birikmalarni, shu jumladan oqsillar va aminokislotalarni sintez
qilish organi hamdir.
Ildiz o’sa borishi bilan tuproqdagi aktiv yutilish zonasining uzluksiz ravishda
siljishi sodir bo’ladi. Bunda xemotropizm hodisasi ro’y beradi. Uning mohiyati
shundan iboratki, o’simlikning ildiz sistemasi o’zlashtiriladigan oziq-moddalar
joylashgan yo’nalishda tez o’sadi. Bu musbat xemotropizmdir. O’simliklar ildiz
sistemasining o’sishi ular uchun noqulay bo’lgan ko’p tuz to’plangan zonada to’xtab
qoladi. Bu manfiy xemotropizmdir.
O’sayotgan yosh ildizchalar tuproq eritmasidan ionlarni o’z atrofidagi radiusi
20 mm ga yaqin tuproq hajmidan almashinib yutiladigan ionlarni esa 2 -8 radiusli
tuproq hajmidan tortib oladi. O’simliklarning ildizlari orqali oziq-moddalar yutilishi
passiv va aktiv yo’l bilan sodir bo’ladi. Bunda aktiv yutilish yetakchi rol o’ynaydi.
Passiv yutilish. Suvning bug’lanishi natijasida barg hujayralarida so’ruvchi
kuch vujudga keladi. Bu kuch ildizlarning tuproqdan suvning yutilishiga sabab
bo’ladi. So’ruvchi kuch osmotik bosim bilan turgor bosim orasidagi farqdan paydo
bo’ladi.
O’simlik suvni qanchalik ko’p yo’qotsa, barglardagi hamda ildiz sistemasidagi
osmotik bosim shuncha yuqori, o’simlikning so’rish kuchi shuncha katta bo’ladi.
Gidrostatik sistema ksilemaning erkin bo’shlig’i bilan tutashgan hujayralarning erkin
bo’shlig’idan iborat. Erkin bo’shliq deganda hujayralarning mineral elementlar
diffuziya yo’li bilan ionlar holida kira oladigan bo’shlig’i tushuniladi.
Suv va mineral birikmalarning yuqorilab boruvchi oqim bilan yutilishi va
xarakatida transpiratsiya bilan bir qatorda ildiz bosimi kattaligi ham muhim
ahamiyatga ega.
Ildiz po’stlog’ining parenxima hujayralari suv bilan unda erigan moddalarni
o’tkazuvchi naychali sistemaga aktiv haydaydi va anchagina gidravlik bosim hosil
qiladi.
Oziq elementlarining passiv yutilishi kontsentratsiya gradienti bo’yicha, yaoni
katta kontsentratsiyadan kichik kontsentratsiyaga qarab sodir bo’lishi mumkin va
metabolitik energiya bo’lishi mumkin va metabolitik energiya sarf qilinishini talab
qilmaydi.
Bu jarayon diffuziya hamda osmos jarayonlari bilan bog’liq va erkin sirt
energiyasi, shuningdek transpiratsiya sarflanadigan quyosh energiyasihisobiga sodir
bo’ladi.
Aktiv yoki metabolik yutilish.
O’simliklarga ayrim oziq elementlari tuproq eritmasidagi miqdoriga nisbatda
o’tadi. Elementlarning tevarak atrof-muhitdagi kontsentratsiyasi hatto bir xil
bo’lganda ham bazi elementlarni ildizlar ko’p miqdorda boshqalarini esa kamroq
miqdorda yutadi. O’simliklarning oziqlanishi tanlab yutish harakteriga egadir.
O’simliklarning oziq moddalarni yutishi ildizlarning tuproq eritmasini undagi
tuzlar bilan birgalikda passiv ravishda so’rishdangina iborat bo’lmay, balki aktiv
fiziologik jarayondir. Bu jarayon o’simliklarning ildizlari va yer ustki organlarining
hayot faoliyati bilan fotosintez, nafas olish hamda moddalar almashinuvi jarayonlari
uzviy ravishda bog’liq va energiya talab qiladi.
O’simliklarning tuproq eritmasidan oziq moddalarning yutilishini dastlabki
bosqichi ildizning yutuvchi yuzasida ionlarning adsorbtsiyalanishi doimo tiklanib
turadi. CHunki adrobtsiyalangan ionlar ildiz hujayrasi ishlab chiqarishiga to’xtovsiz
ravishda kirib turadi. Hujayralarga kirgan ionlar o’zgarmas holatda yoki ildizda
sintezlangan organik birikmalar shaklida yer ustki organlariga poya va barglarga ular
eng intensiv assimilyatsiyalanadigan joylarga siljiydi.
Oziq moddalarni ildizlarga yutilishi va keyingi harakati o’simliklar
organizmida moddalar va energiya almashinuvi jarayonlari bilan yer ustki
organlarining ham ildizlarning ham hayot faoliyat va o’sishi bilan bog’liq. nafas olish
jarayoni mineral oziq elementlarining aktiv yutilishi uchun zaruriy energiya manbai
hisoblanadi. Ildizlarning o’sishi yomonlashganda va nafas olish jarayoni
sekinlashganda oziq moddadarning yutilishi keskin kamayadi.
Ildizlarning normal o’sishi va rivojlanishi uchun nafas olish jarayoni uchun
ularga yer ustki organlaridan energetik material fotosintez jarayoni mahsulotlari
doimo kelib turishi zarur.
Fotosintez jarayoni susayganda ildizda assimilyatsiyalarning hosil bo’lishi va
harakatlanishi kamayadi, natijada ularning hayot faoliyati yomonlashadi va tuproqdan
oziq moddalarning yutilishi kamayadi.
O’SIMLIKLARNING ILDIZDAN TASHQARI OZIQLANISHI
O’simliklaring oziqlanishida bir qism kul elementlari va azot ularning barglari
orqali yutiladi, masalan, amiak va oltingugurt oksidi havodan, tuzlar esa yomg’ir
suvlaridan, shuningdek mikroelementlar ham.
Lekin odatda bilan yo’l bilan o’simliklarning ozuqa moddalarga bo’lgan
talabini qondirib bo’lmaydi.
Ammiak oltingugurt oksidlari va boshqa oziq elementlari hamda
mikroelementlar havoda juda kam bo’ladi.
Ildizdan
tashqari
o’simliklarning
oziqlanishida
tuzlarning
kuchsiz
eritmalaridan purkash yo’li bilan foydalanishga umid bog’langan. Lekin o’simliklarni
bunday usul bilan oziqlantirilganda yani ularga kuchsiz eritmalar purkaganda
fotosintez jarayoni va boshva organik birimalarning hosil bo’lish jarayonlariga salbiy
taosir qilar ekan.
Maolum bo’lishicha., ko’pchilik mineral moddalar hatto ular kuchsiz eritma
xolida bo’lsa ham o’simliklarning bargini kuydirar ekan.
SHuning uchun azotli o’g’itlar orasida ildizdan tashqari oziqlantirishda faqat
mochevinaning eritmasidan foydalanish mumkin ekan. Bundan tashqari faqat
ildizdan tashqari oziqlantirishdan o’simliklarning normal o’sib rivojlanishiga erishib
bo’lmaydi. Bu usul ildiz orqali oziqlantirish usuliga yordam to’ldiruvchi omil
hisoblanadi.
O’SIMLIKLARGA ZARUR BO’LADIGAN KIMYOVIY ELEMENTLAR
Hozirgi vaqtda ilmiy bilimlaring rivojlanishi shuni ko’rsatadiki, 20 element
o’simliklarning oziqlanishi uchun eng zarur elementlar, 12 ta element shartli zarur
elementlar hisoblanadi.
1.
H, (Li), Na, K, Cu, (Ag)
2.
Mg, Ca, Zn, (Sc, Cd)
3.
B, (Al)
4.
C, (Si, Ti, ‘b)
5.
N, ‘, V
6.
O, S, Mo (Cr, Se)
7.
Cl, J,Mn (F)
8.
Fe, Co, (Ni)
O’simliklarning oziqlanishi uchun eng zarur bo’lgan elementlarsiz o’simliklar
o’zlarining rivojlanish tsikllarini to’la tugata olmaydilar va ularni boshqa elementlar
bilan almashtirib bo’lmaydi. O’simliklarning oziqlanishi uchun zarur bo’ladigan
elementlarni mikro, makro va ultromikroelementlarga bo’linishi ham mumkin.
O’simliklarning turli organlaridagi mikro elementlarning miqjori maolum bir
qonuniyatga mos holda tarqalgan. Maslan, marganets v molibden o’simliklarning
bargida, ru, bor, kobal va mis gevetativ va generativ organlarda, donli ekinlarning
donida va ko’pchilik dukkakli ekinlarning vegetativ organlarida bor ko’p miqdorda
bo’ladi.
Turli biologik guruhlarga xos bo’lgan o’simliklar mikro elementlarning
maolum bir kontsentratsiyalariga bo’lgan talabiga qarab farq qiladilar.
Masalan, makkajo’xori va tamaki ruxga, g’allali ekinlar esa marganets va
molibdenga talabchan bo’ladilar.
O’SIMLIKLAR - KIMYOVIY ELEMENTLARNING TO’PLOVCHISIDIR
Maolumki, ko’pchilik qishloq xo’jalik ekinlari o’zlarida mineral oziqlanish
elementlarni to’plash xususiyatiga egadir.
Bunday xususiyatni qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish va mahsulot olishda
hisobga olish lozim, chunki ularning ozuqaviy qimmatini baholashda kerak bo’ladi.
O’simliklarda to’plangan elementlar bir qator fiziologik va biokimyoviy
jarayonlarda ishtirok etadi.
Masalan, molibden dukkakli ekinlarda to’planadi va biz bilamizki, bu
elementlar atmosfera molekulyar azotini bog’lashda muhim rol o’ynaydi. Oltingugurt
dukkakli ekinlarda to’planadi va u oqsil almashinuvida ishtirok etadi.
SHunday qilib, mineral oziqlanish elementlarni to’plovchi o’simliklardagi
modda almashinuvi va ushbu o’simliklarning mineral elementlarni to’plash qobiliyati
orasida maolum bir aloqadorlik mavjudligi kuzatiladi.
O’Z-O’ZINI TEKSHIRISH UCHUN NAZORAT SAVOLLARI
1.
O’simliklar necha muhitdan oziqlanadi?
2.
Qanday oziqlanish nazariyalari mavjud va ularning tarafdorlari kimlar?
3.
O’simliklarning havodan oziqlanishida qaysi jarayon asosiy o’rinni
egallaydi?
4.
Fotosintez jarayoni necha stadiyada kechadi?
5.
Nima uchun atmosferani karbonat angidrid gazi bilan boyitish kerak va
boyitishning qanday usulari mavjud?
6.
Qanday holatda fotosintez jarayoni to’xtaydi?
7.
O’simliklarning ildiz orqali oziqlanishida ozuqa moddalar qanday holatda
yutiladi?
Adabiyotlar
1.
Agroximiya. Pod. red . V.M.Klechkovskogo i prof. A.V,Peterburgskogo.
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 3-8 str.
2.
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989.
3.
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984.
4.
Muhammadjonov M.V., Zokirov A. G’o’za agrotexnikasi. T. Mehnat. 1988.
5.
Nazarov M. G’o’zaning oziqlanishi va hosildorlik. T. Mehnat. 1990.
6.
Zikryoev A. Biologiyadan ruscha-o’zbekcha izohli lug’at. T. Qomuslar bosh
tahririyati. 1993.
5-MA’RUZA: O’SIMLIKLAR QABUL QILADIAN OZUQA ELEMENTLARI
BIRIKMALARINING SHAKLI. O’SIMLIKLARNI OZUQA MODDALARNI
QABUL QILISHIGA TASHQI MUHIT JARAYONLARINING TAOSIRI
REJA:
1.
O’simliklar qabul qiladigan ozuqa elementlari birikmalarining shakli.
2.
O’simliklarning
ozuqa
moddalarni qabul
qilishaga
tashqi
muhit
sharoitlarining taosiri.
a) tuproq eritmasi kontsentratsiyasining taosiri
b) ozuqa muhitidagi makro, va mikro elementlarning nisbati va ularni
o’simliklar tomonidan qabul qilinishi
v) tuproqning namligi
g) tuproqdagi havo almashinuvi
d) issiqlik
e) yorug’lik
3.
Tuproq muhitining reaktsiyasi
4.
Tayanch iboralar
5.
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
6.
Foydalanilgan adabiyotlar
O’SIMLIKLAR QABUL QILADIGAN OZUQA ELEMENTLARI
BIRIKMALARINING SHAKLI
To’xtovsiz biologik, fizikaviy, kimyoviy va fizik-kimyoviy jarayonlar
taosirida tuproqdagi murakkab mineral va organik birikmalar oddiy moddalargacha
parchalanadi.
Hosil bo’lgan parchalanish mahsulotlari o’simliklarning oziqlanishi uchun
foydalanilgan bir qismi gaz holiga o’tadi, bir qismi esa tuproqning chuqur
qatlamlariga yuvilib ketadi.
O’simliklar ozuqa elementlarining asosiy qismini ildiz sistemasi orqali oladi.
Ozuqa elementlari ion shaklida o’zlashtiriladi.
Bundan
tashqari
o’simliklar
oziqlanishi
uchun
oz
miqdorda
aminokislotalardan, qand moddalardan va boshqa organik moddalardan foydalanadi.
O’simliklarga qabul qilingan aminokislotalar ammiakgacha qaytariladi va
ammiak sintetiu jarayonlarda ishtirok etadi. Lekin azot asosan nitrat anioni
ko’rinishida va ammoniy kationi ko’rinishida yutiladi.
Bu ionlar tuproqda doimiy ravishda mikroorganizmlar tomonidan sodir
etiladigan ammonifikatsiya va nitrifikatsiya jarayonlarida organik birikmalarning
parchalanishi natijasida hosil bo’ladi. O’simliklarga qabul qiladigan nitrat anioni
shaklidagi azot fermentlar taosirida ammiakgacha qaytariladi.
Azotning tarkibida aylanishi va hosil bo’lishida molekulyar azotning
bog’lanish jarayoni muhim ahamiyatga ega. Atmosferadagi molekulyar azotning
bog’lanishi tuproqdagi mikroorganizmlar va ular bilan simbiotik hayot kechirayotgan
o’simliklar tomonidan amalga oshiriladi. Molekulyar azotning bog’lanish jarayoni
ko’p pog’onali harakterga ega bo’lib, bu jarayonda nitrogenaza, leggemoglobin
fermentlari, V12 vitaminlar guruhi va temir, molibden va boshqa metallar ishtirok
etadi.
Oltingugurt o’simliklar tomonidan sul’fat kislotaning anioni ko’rinishida
qabul qilinadi.
O’simliklarda qabul qilinadigan sulfat, sulfit va sulfidgacha qaytariladi va
vodorod birikishi natijasida sulfogidrid guruhini tashkil etadi.
Vodorod atomining yo’qotilishi natijasida, ikkita sulfogidril guruxi birikib,
disulfid guruxini hosil qiladi. Oltingugurt aminokislotalar va atsetilkoenzim A-
lipidlarsintezida ishtirok etuvchi birikmalar tarkibiga kiradi.
Fosfor - o’simliklarga fosfor kislotaning anionlari ko’rinishida o’zlashadi.
O’simliklardagi fosfor nuklein kislotaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Nuklein
kislota yadroning genetik apparatini tarkibiy qismini tashkil etadi.
Tirik organizmlardagi fosfor, ortafosfor kislotaning qoldig’i ko’rinishida qabul
qilinadi va organik molekulalar bilan birikadi yoki bu kislota qoldig’i bir
molekuladan boshqasiga o’tadi. Hayoti faoliyat bilan bog’liq jrayonlarda energiya
bilan taminlashda ATFning ahamiyati beqiyosdir.
Xlor - o’simliklarga xlor ioni ko’rinishida qabul qilinadi. Xlor ksho’proq
sho’rga chidamli o’simliklarda, yani galofitlarda uchraydi.
Bor va molibden - o’simliklarda borat va molibdat anionlari ko’rinishida qabul
qilinadi.
Kaltsiy, kaliy, magniy, mis temir varux - shu elementlarning kationlari
ko’rinishida.
Marganets - esa ham kation, ham anion ko’rinishida qabul qilinadi.
O’SIMLIKLARNING OZUQA MODDALARNI QABUL QILISHAGA
TASHQI MUHIT SHAROITLARINING TAOSIRI.
Ozuqa moddalarning tuproqdan so’rib olinishi - bu aktiv fiziologik jarayo
hisoblanib, nafaqat ildiz sistemasining, balki butun o’simlikning hayotiy faoliti bilan
bog’liqdir.
O’simliklarning mahsuldorligi va o’simlik tomonidan makro, va mikro
elementlarning singdirilishi tuproqdagi mineral ozuqa elementlarining miqdoriga
bog’liqdir.
Tuproqdagi ozuqa elementlari tuproq eritmasida, yani turli xil mineral va
organik erituvchi brikmalarda, tuproqning organik moddasida va tuproqning qattiq
mineral fazasida bo’lishi mumkin.
O’simliklar uchun hamma erigan hamda almashinuvchi-singdiriluvchi
shaklidagi ozuqa elementlari yaxshi qabul qilinadi.Qolgan moddalar esa
o’simliklarga qabul qiladigan shaklga o’tganda, parchalangandan keyin, organik
moddalar pinerallashgandan so’ng qabul qilinadi.
Tashqi sharoitning o’zgarishi natijasida tuproqdagi bir qism makro va mikro
elementlar o’zlasha olmaydigan shaklga o’tib qolishi ham mumkin. Bu esa ularni
o’simliklarga qabul qilinishini kamaytiradi.
O’simliklarga ozuqa elementlarining oz yoki ko’p qabul qilinishiga
o’simliklarning o’zlari ham sababchi bo’ladilar.
O’simliklardan ajralib chiqadigan har xil moddalar taosirida muhit
reaktsiyasining o’zgarishi natijasida tuproqdagi ko’pina qiyin qabul qiladigan
birikmalar oson o’zlashadigan shaklga o’tishi mumkin.
O’simliklarga ozuqa elementlarining qabul qiladigan o’simliklarning biologik
xususiyatlariga,
tuproqning
xossalariga,
shuningdek
tuproqning
potentsial
unumdorligiga, organik moddalarning miqdoriga, mineral tarkibiga, harorat, namlik,
yorug’lik va boshqa ko’pgina omillarga bog’liq.
Masalan, kechasi o’simliklarga kali, kaltsiy, fosforning qabul qilinishi 1,5-3
marta kamayadi.
Demak, kechasi yorug’likning yetishmasligi, haroratning pasayishi, havo
rejimi, transpiratsiya va fotosintez jarayonilari to’xtaydi.
O’simliklarning ozuqa moddalarining qabul qilishiga bir necha tashqi muhit
sharoitlari taosir qiladi:
a) tuproq eritmasi kontsentratsiyasining taosiri.
Tuproq ozuqa elementlarining kontsentratsiyasi yetarli darajada bo’lmasa,
unda o’simliklar yomon o’sadi va ozuqa elementlariga bo’lgan talabi qondirilmaydi.
Kontsentratsiyaning ortib borishi natijasida esa o’simliklarning nobud bo’lishiga olib
keladi.
O’simliklarning ildiz sistemasi ozuqa moddalarini tuproq ozuqa eritmasining
kontsentratsiyasi 0,01-0,05 % ga teng bo’lganda yaxshi qabul qiladi.
Agarda shu darajada uning kontsentratsiyasi ushlab turilsa, ozuqa moddalarni
qabul qilish jarayoni yaxshi kechadi. Tabiiyo aroitda tuproq ozuqa eritmalarining
kontsentratsiyasi, sho’rlangan tuproqlarda 0,02-0,2 % gacha o’zgarib turadi.
O’simliklarga mineral elementlarning eng ko’p qabul qilinishi tuproq
eritmasidagi ozuqa moddalar kontsentratsiyasi maolum bir darajaga yetgandagina
amalga oshadi.
Suv esa o’g’itlanmagan zonada joylashgan ildiz sistemasi orqali yaxshi qabul
qilinadi.
Tuproq eritmasida tuzlarning kontsentratsiyasini ortib ketishi natijasida uning
osmotik bosimi ortadi va o’simlikka suv hamda ozuqa elementlarini qabul qilinishi
qiyinlashadi.
b) Ozuqa muhitidagi makro va mikro elementlarning nisbati va ularni
o’simliklar tomonidan qabul qilinishi.
O’simliklarning oziqlanishi uning o’suv davridagi ozuqa elementlarini
qanchalik o’zlashtirilishi va bu ozuqa elementlarining bir-biriga bo’lgan nisbatiga
qarab baholash lozim.
Tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, o’simliklarning mmineral ozuqa elementlarini
o’zlashtirishda muhitdagi ionlarning nisbati muhim rol o’ynaydi. Har bir o’simliklar
turiga, o’suv davrida, ozuqa elementlarining malum bir nisbati zarur.
Ildiz orqali ozuqa elementlarining qabul qilinishida gidratlangan holdagi
ionlarning diametri muhim ahamiyatga ega.
SHundan kelib chiqib, shuni aytish kerakki,o’simlik hujayrasiga bir valentli
kationlar ikki va ko’p valentli kationlarga nisbatan tez qabul qilinadi. Lekin eng
muhimi esa qabul qilish sistemasining o’ziga xos xususiyatlari muhim ahamiyatga
ega.
Masalan, o’simliklarning ildiz sistemasiga kaliy rubidiy va tseziyga nisbatan
tez qabul qilinadi, lekin rubidiy va tseziyning gidratlangan anioni diametri
kaliynikiga nisbatan kichikdir.
CHunonchi, har qanday mineal ozuqa elementlarini birdaniga ko’payishi yoki
ortib qolishi natijasida o’simliklarning javob reaktsiyasi bunga qarshi boqa elementni
qabul qilishi ortadi.
O’simliklarning yer usti organlarini normal o’sishida va ildiz sistemasining
yaxshi rivojlanishida tuzlarning eritmadagi nisbati, eritmaning fiziologik
muvozanatlashganligi ham muhim ahamiyatga egadir.
Tarkibidagi alohida-alohida ozuqa moddalar o’simliklar eng samarali
foydalanadigan nisbatlarda bo’lgan eritma fiziologik muvozanatlashgan eritma
deyiladi.
Tarkibida faqat bitta tuz bo’lgan eritma fiziologik muvozanatlashmagan
bo’ladi.
O’simlikda bitta tuzning,ayniqsako’p bo’lishi, xususan bir valentli biror
kationning ortiqcha miqdorda bo’lishi o’simlikk zararli taosir ko’rsatadi.
O’simlik ildizi ko’p tuzli eritmada eng yaxshi rivojlanadi. Unda ionlar
ontogonizmi namoyon bo’ladi. Yani har qaysi ion boshqa ionning ildiz hujayrasiga
ortiqcha miqdorda kirishiga to’sqinlik qiladi.
Antogonizm bir xil zaryadlangan ionlar orasida va eritmada bir ionning
kontsentratsiyasi boshqa ionning kontsentratsiyasidan juda ortiq bo’lgan hollarda
kuchli namoyon bo’ladi.
Eritmaga kaltsiy tuzlari qo’shilganda fiziologik muvozanatlashish juda tez va
oson tiklanadi. Eritmada kaltsiy kationi bo’lganida ildiz sistemasining rivojlanishi
uchun yaxshi sharoit yaratiladi, shu sababli suniy ozuqa aralashmalarida kaltsiy
kationi boshqa barcha ionlardan ko’proq bo’lishi lozim.
v) tuproqning namligi
Tuproqda yetarli darajada namlikning mavjud bo’lishi o’simliklarning
normalo’sib, rivojlanishi uchun va ozuqa elementlarining yaxshi qabul qilinishiga
katta imkoniyat tug’diradi. Tuproq tarkibidagi moneral ozuqa elementlari miqdori
bilan va ularni o’simlikka qabul qilinishida transpiratsiya intensivligi bilan to’g’ridan
to’g’ri bog’lanish mavjud emas.
Lekin tashqi muhitda makro va mikro elementlar miqdorining quyi bo’lganda
va transpiratsiya tez borayotgan bo’lsa, ularning o’simliklarga qabul qilinishi ortadi.
O’simliklarga mineral ozuqa elementlarining qabul qilinishida tuproq
namligining taosirini quyidagi fiziologik va fizik omilar bilan belgilanadi:
1.
O’simliklarning umumiy fiziologik holarini, fotosintez jarayoni, oqsillar
biosintezi va boshqa moddalar almashinuvi jarayonlari yaxshilanadi, qaysiki
bu omillar o’simliklarning ozuqa elementlarini yutishida muhim rol
o’ynaydi.
2.
Tuproq namlik bilan mo’tadil taminlanganda o’simliklarning ildizlari yaxshi
rivojlanadi va joylashadi hamda ildizning umumiy yutish qobiliyati ortadi.
3.
Ozuqa moddalar inolarining tuproq eritmasidan va tuproq singdirish
kompleksidan o’simliklarning ildiz tukchalariga o’tishini yaxshilaydi.
Yuqoridagi sanab o’tilgan omillar o’simliklarga makro va mikro elementlar
qabul qilinishida tuproq namligining ahamiyati katta ekanligini ko’rsatadi. Tuproq
mo’tadil ravishda namlik bilan taminlanganda o’simliklarga azot, fosfor, kaliy,
kaltsiy, marganets, temir va boshqa elementlarning umumiy qabul qilinini ortadi.
Turoqda namlik yetishmasa, o’simliklarga minerl ozuqa elementlarining qabul
qilinishi qiyinlashadi, fermentlar sistema jarayoni ishida buzilish ro’y beradi, gidroliz
jarayoni va organik moddalarning cho’kishi kuchayadi, fotosintez jarayonining tezligi
keskin pasayadi va o’simlikning o’sishi to’xtaydi. Yozning issiq kunida o’simlik 1
soat davomida o’z tanasidagi suv miqdoriga teng bo’lgan suvni bug’latadi. Suv
bargning og’izchalarida parchalanadi. Kunning ikkinchi yarmida o’simliklar
ildizining katta so’ruvchi sathi ham parlanish uchun suvni yetkazib bera olmaydi.
SHuning uchun kunning ikkinchi yarmida fotosintez jarayonining dispersiyasi
boshlanadi, yaoni barg og’izchalari berkiladi, o’simlik suvni bug’latmaydi, bu paytda
o’simliklarga karbonat angidrid gazining yutilishi ham to’xtaydi.
g) tuproqdagi havo almashinuvi
Tuproq va ozuqa ritmasining havosi almashinuvida, o’simliklarga ozuqa
moddalarning qabul qilinishi keskin o’zgaradi. O’simlik ildizini o’rab turgan
muhitdagi kislorod va karbonat angidridning miqdori o’zgarib turadi.
Anaerob sharoitda hujayralarni kislorod bilan taminlanishi yomonlashadi,
karbonat angidrid miqdori ortadi.
Tuproqdagi havo almashinishi yoki unda havoning yangilanib turishi
o’simliklarning ildiz orqali oziqlanishida muhim ahamiyatga ega.
Tuproq haqosining yaxshilash uchun tuproqqa o’z vaqtida ishlov berilishi,
qator oralarining yumshatilishi, qatqaloqni yo’qotish loim bo’ladi.
Bundan tashqari tuproq eroziyasi tuproqda harorat va bosimning o’zgarishi,
yog’in yog’ishi natijasida has kuchayadi.
O’simliklarning ildizlari yoki ajritb qo’yilgan sharoitda o’stirilayotgan o’simlik
ildizi o’sha muhitda 2-3 % kislorod bo’lganda ozuqa elementlarini yaxshi qabul
qiladi.
Tuproqdagi havo almashinuvi yoki aeratsiya shamol taosirida ham sodir
bo’ladi. Odatda g’ovak qovushmali yetilgan tuproqlarda aeratsiya jarayoni normal
kechadi. Tuproqlardagi gaz almashinuvi 25-35 sm qalinligidagi qatlamlarida bir soat
davomida to’la almashinib, yangilanib turadi. Karbonat angidrid miqdori o’simliklar
va mikroorganizmlar hayotiga va shuningdek tuproqqning xossalariga bevosita taosir
qiladi.
Aeratsiyaning yaxshilanishini natijasida tuproqda kislorod ko’payadi,
aerobakteriyalarning faoliyati kuchayadi, o’simliklarning ildizlari yaxshi o’sadi,
tuproqning suv rejimi yaxshilanadi.
Tuproq havosida 20 % kislorod bo’lganda, o’simliklar hayoti uchun mo’tadil
havo sharoiti vujudga keladi.
d) issiqlik va o’simlikning oziqlanishi .
O’simliklarning hamma hayot faoliyati malum bir harorat chegarasida ro’y
beradi.
Issiqlik o’simliklarning unib chiqishi va rivojlanishiga ham taosir qiladi.
Ko’pchilik o’simliklar yetarli darajada yorug’lik va namlik bilan
taminlanganda, harorat 15-30 S daraja bo’lganda, yaxshi oziqlanadi. G’allali
ekinlarga azot fosforning normal qabul qilinishi uchun harorat 23-25 S daraja
bo’lmog’i kerak. Kana kunjut, soya, g’o’za, kabi ekinlar harorat 30-35 S ga yetganda
ozuqa moddalarni yaxshi qabul qiladi.
Haroratni 5-7 S ga pasaytirilganda, bug’doyga kaliyning qabul qilinishi
kamaymaydi, lekin ildizning azot, fosfor, kaltsiy va oltingugurt qabul qilishi kuchli
darajada qisqaradi.
Har bir o’simlik turi va navi uchun mineral ozuqa elementlaridan intensiv
foydalanish uchun malum bir xarorat darajasi bo’ladi. Past haroratda o’simliklarni
fosforni o’zlashtirish yomonlashadi, 5-6 da esa nitratli azot qabul qilinishi qisqaradi.
Umuman olganda, 10 S gradusdan past haroratli sharoitda o’simlik ildiziga
mineral oziqlanish elementlarning qabul qilinishi susayadi yoki to’xtaydi.
e) yorug’lik va o’simliklarning oziqlanishi.
O’simlik quyoshning birinchi nurlari paydo bo’lgandan boshlab, mineral ozuqa
elementlariini kuchli darajada qabul qila boshlaydi.
O’simlik o’sayotgan joyga soya tushishi natijasida fotosintez jarayonining va
ildizning ozuqa moddalarni yutish intensivligi pasayadi.
Agarda o’simliklarni uzoq muddat qorong’ulikda soqlab turilsa, mineral ozuqa
elementlariini qabul qilinishi to’xtaydi. Bu holat shu bilan tushuntiriladiki, fotosintez
jarayonida o’simliklarning nafas olishida foydalaniladigan organik moddalar hosil
bo’ladi.
Qorong’ulikda esa o’simliklarning nafas olishi sekin asta to’xtaydi. SHunday
qilib, yorug’likning o’simliklar oziqlanishiga taosiri fotosintez jarayonining borishi
bilan izohlanadi.
TUPROQ MUHITINING REAKTSIYASI
Tuproq muhitining reaktsiyasi tuproq eritmasidagi vodorod va giroksil
ionlarining nisbatiga bog’liq.
Tuproq muhitining reaktsiyasi hamma o’simliklar uchun muhim fiziologik
ahamiyatga ega.
Tuproqqa ohak solish yo’li bilan Rnni o’zgartirish natijasida vodorod ionining
o’rnini kaltsiy egallaydi, bu esa o’simlikni ko’pgina mineral ozuqa elementlaridan
foydalanish imkoniyatini beradi.
Malumki, kaltsiy vodorod ionini o’simlikka qabul qilinishini to’xtatadi va
tuproq eritmasida kaltsiyning ko’pligi natijasida o’simliklar nordon reaktsiyali
muhitga bardosh bera oladi. Nordon reaktsiyali muhitda temir, marganets, kobalt,
misning o’simliklarga yaxshi qabul qiladigan shakllarini miqdori ortadi.
Malumki, nordo reaktsiyali eritmada vodorod ioni quyi bo’lib, eritmaning
kislotaligini ortishi natijasida anionlarning qabul qilinishi kuchayadi.
Eritmalarning ishqoriyligi ortganda kationlarning qabul qilinishi kuchayadi,
bunda ON- ionlarining miqdori ortadi.
O’simlikka yaxshi qabul qiladigan bir valentli fosfor kislota ikki valentli fosfor
kislotaga va oxiri uch valentli, o’simliklar yomon o’zlashtiradigan fosfatga aylanadi.
Ishqoriy muhitda o’simliklarning o’sishi va rivojlanishining pasayishiga ularga
kerakli bo’lgan fosfor birikmalari miqdorining kamayishi bilan bog’liq ekan.
O’simliklarga salbiy taosir etadigan yuqori kislotali muhit tuproq eritmasida
kaltsiy miqdorining kamligi bilangina emas, balki yorug’likning yetishmasligi
natijasida fotosintez jarayonini susayishi va mineral ozuqa elementlarining
yomonlashuviga ham olib keladi.
Tuproqdagi havo almashinuvining yomonlashuvi, yuqori darajadagi namlik
ham yuqori kislotalilikni o’simlikka salbiy taosirini kuchaytiradi.
Bazi hollarda tuproq muhiti kislotaliligining ortishi natijasida ko’pgina yomon
eriydigan tuproq tuzlarining erishi kuchayadi va ularni o’simlikka qabul qilinishi
yaxshilanadi.
Tuproq eritmasida kislotalilik darajasi ortganda tuproqdagi temir, alyuminiy,
marganets ionlarining xarakatchanligi kuchayadi va o’simliklarda ular zaharli
kontsentratsiyagacha to’planadi va bu o’simliklarning rivojiga o’ta salbiy taosir
qiladi.
Ko’pchilik qishloq xo’jalik ekinlari kuchsiz nordon reaktsiyali muhitda yaxshi
o’sib rivojlanadi. Umuman o’simliklar katta singirish sig’imiga ega bo’lgan
tuproqlarda muhitning noqulay sharoitlarini yengil o’tkazadi.
TAYANCH IBORALAR
Ozuqa
elementlari
birikmalarning
shakli,
parchalanish
mahsulotlari,
o’simliklarning oziqlanishi, natrat anioni, ammoniy, kationlar, ammonifikatsiya,
nitrifikatsiya, molekulyar azotning bog’lanishi, aminokislotalar, molekulyar azot,
nuklein kislotalar, galofitlar, ozuqa moddalarni tuproqdan so’rib olinishi, tuproq
organik qismi, o’simliklarning biologik xususiyatlari, kontsentratsiya, osmotik
bosim, makro, mikro elementlar nisbati, muvozanatlashgan eritma, ionlar
ontogonizmi, tuproqning namligi, tuproqdagi havo almashinuvi, anaerob sharoit,
tuproq muhitining reaktsiyasi, eritmaning kislotaliligi, tuproqning buferlik qobiliyati.
O’Z-O’ZINI TEKSHIRISH UCHUN NAZORAT SAVOLLARI
1.
Azotli oziqlanish birikmalari o’simliklarga qanday shaklda qabul qilinadi?
2.
Fosfor va oltingugurt qanday shaklda qabul qilinadi?
3.
O’simliklarning ozuqa moddalarni qabul qilinishiga qanday tashqi muhit
omillari taosir qiladi?
4.
O’simliklarga ozuqa elementlarining qabul qilinishi qanday omillarga
bog’liq?
5.
Tuproq oziq eritmasining kontsentratsiyasi necha foizga teng bo’lganda
ozuqa moddalarni yaxshi qabul qiladi?
6.
Qanday eritma fiziologik muvozanatlashgan eritma deyiladi?
7.
Ionlar ontogonizmi nima?
8.
O’simliklarning oziqlanishiga namlik qanday taosir ko’rsatadi?
9.
O’simliklarning oziqlanishida issiqlikning ahamiyati.
10. Tuproq muhitining reaktsiyasi qaysi ionlarning nisbatiga bog’liq bo’ladi?
11. Nima uchun kechasi o’simliklarda kechadigan jarayonlar sekinlashadi yoki
to’xtaydi?
Adabiyotlar
1.
Agroximiya. Pod. red . V.M.Klechkovskogo i prof. A.V,Peterburgskogo.
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 3-8 str.
2.
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989.
3.
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984.
4.
Pankov M.A, Tuproqshunoslik. «O’rta va Oliy maktayu» davlat nashriyoti.
T. 1963.
6-MA’RUZA: TUZLARNING FIZIOLOGIK REAKTSIYASI.
O’SIMLIKLARNING OZIQLANISHIDA MIKROORGANIZMLARNING ROLI.
O’SIMLIKLAR OZIQLANISHINING DAVRIYLIGI.
REJA:
1.
Tuzlarning fiziologik reaktsiyasi.
2.
O’simliklarning mineral ozuqa elementlarii qabul qilishida
mikroorganizmlarning roli.
3.
O’simliklarning har xil o’suv davrlarida oziqlanish sharoitiga munosabati.
4.
O’simliklar oziqlanishining davriyligi.
5.
Tayanch iboralar
6.
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
7.
Foydalanilgan adabiyotlar
TUZLARNING FIZIOLOGIK REAKTSIYALARI.
O’simliklarga ozuqa moddalarning mineral o’g’itlardan qabul qilinishiga
boshqa omillar bilan bir qatorda tuzlarning fiziologik reaktsiyasi ham qiladi. O’g’it
sifatida ishlatilayotgan hamma tuzlar kimyoviy xususiyati jihatidan kislotali yoki
nordon, ishqoriyli va neytral bo’lishi mumkin. O’simliklar o’suv davrida ionlarni
tanlab qabul qiladi, hatto tuproq eritmasiga solingan kimyoviy neytral tuzlarning
fiziologik reaktsiyasi ham har xil bo’lishi mumkin.
O’simliklarning oziqlanishida u yoki bu kation va anionlrning ahamiyati
ularning qabul qilinishidagi har xil intensivligini belgilaydi. Natijada tuproq ozuqa
eritmasida qolgan ionlar tuproq eritmasining nordonligini yoki ishqoriyligini
belgilaydi.
O’g’itlarning fiziologik kislotaligi - bu uning muhit reaktsiyasini
nordonlashtirish xususiyatidir.
Bunda o’simliklar tuz tarkibiga kiruvchi kationlardan foydalanadi. Fiziologik
kislotali o’g’itlarga quyidagilar kiradi: ammoniy xlorid, ammoniy sulfat, ammoni
karbonat, kaliy xlorid, kaliy sulfat - o’simliklar asosan ushbu o’g’itlar tarkibidagi
ammoniy, kaliy kationlaridan foydalandi.
O’g’itlarning fiziologik ishqoriyligi - bu ularning muhit reaktsiyasini
ishqoriyligini oshirish xususiyati bo’lib, o’simliklar tuz tarkibidagi anionlardan
ko’proq foydalanadiar.
Fiziologik ishqoriy o’g’itlarga quyidagilar kiradi: natriy nitrat, kaltsiy nitrat,
magniy nitrat, kaliy nitrat.
Agar eritmada ammoniy xlorid bo’lsa, u holda o’simliklar tezroq va ko’p
miqdorda ammoniy ionlariga almashinadi. CHunki ammoni kationi aminokislotalar,
keyin esa oqsillar sintez qilinishida foydalaniladi.
SHu bilan birga xlor ionlari o’simlikka oz miqdorda kerak bo’ladian va
shuning uchun uning yutilishi cheklangan bo’ladi. Bunda tupro eritmasida vodorod
va xlor ionlari to’planadi, eritma esa kislotali bo’lib qoladi.
Agarda eritmada natriy nitrat bo’lsa, u holda o’simlik gidrokarbonat anionlari
o’rniga ko’p miqdorlarda va tezroq nitrat anionini yutadi.
Eritmada natriy va bikarbonat anionlari to’planadi va natriy karbonat hosil
bo’ladi, eritma esa ishqoriy muhitga ega bo’lib qoladi.
Tuzlarning fiziologik reaktsiyasi o’simliklarni suvda va qumda, yani buferligi
kam bo’lgan muhitda o’stirilganda va mexanik tarkibi qumoq bo’lgan yerlarga
solinganda ko’proq namoyon bo’ladi.
Fiziologik kislotali tuzlardan doimiy ravishda foydalaniladi, yerlarni ohaklash
lozim. Tarkibida azot bor tuzlarda birinchi navbatda o’simlikka azot o’zlashadi.
SHuning uchun azotning ammiakli tuzlari fiziologik kislotali tuzlar, selitralar
esa fiziologik ishqoriy o’g’itlar hisoblanadi. Masalan, natri nitrat, kaliy nitrat, magniy
nitrat, kaltsiy nitrat tarkibidagi nitrat anioni o’simlikka tez va ko’p miqdorda qabul
qilinadi, eritmada esa yuqoridagi tuzlarning metall qoldiqlari qoladi.
Natijada eritmada gidrolitik ishqoriy muhit yuzaga keladiyu Tuproq ozuqa
eritmaga ammoniy tuzlarining qabul qilinishi oqibatida ammoniy kationi o’simliklar
tomonidan tez va ko’p miqdorda qabul qilinadi va qolgan kislota qoldiqlari kislotali
muhitni yuzaga keltiradi.
Kaliyli tuzlarning fiziologik reaktsiyasi ekinlarning talabiga qarab, turlicha
bo’lishi mumkin.
Masalan, kaliyga kam talabchan jkinlar uchun kaliyli o’g’itlar fiziologik
neytral hisoblanadi, kaliyga talabchan ekanilar uchun esa fiziologik kislotali
hsoblanadi.
O’SIMLIKLARNING MINERAL OZUQA ELEMENTLARII QABUL
QILISHIDA MIKROORGANIZMLARNING ROLI.
Mikroorganizmlar planetamizda hayotning normal kechishida juda muhim
ahamiyatga ega.
Mikroorganizmlarning
hayot
faoliyati
natijasida
organik
moddalar
minerallashadi va atmosferaga karbonat angidrid gazi to’xtovsiz ajralib turadi.
Fotosintez jarayoni normal kechadi. Tog’ jinslarining yemirilishi, torfning paydo
bo’lishi, neft, toshko’mirning, selitralarning , ohaktoshlarning paydo bo’lishi,
hammasmi to’g’ridan-to’g’ri mikroorganizmlarning ishtirokida amalga oshiriladi.
Birlamchi tirik mikroorganizmlar tuproq paydo bo’lishida ishtirok etgan.
Mikroorganizmlar o’zlaridan kuchli kislotalarni ajratib chiqarganlar, qaysiki bu
kislotalar ona jinsni parchalagan, maydalagan, natijada yangi struktura elementlari
yuzaga kelgan. Vaqt o’tishi bilan yemirilgan jinslar organik moddalar bilan boyigan
va tuproq hosil bo’lish jarayoni boshlangan.
Tuproqning har bir gektar haydov qatlamidagi bakteriyalar miqdori 3 t dan 7-8
t gacha yetadi.
Mikroorganizmlar oziqlanishiga ko’ra avtotrof va geterotrof oziqlanuvchi
mikroorganizmlarga bo’linadi.
Avtotrof bakteriyalar karbonat angidrid gazidagi uglerodni bog’lash uchun yo
fotosintez jarayonidan yoki ayrim mineral moddalarning oksidlanishidagi kimyoviy
energiyadan foydalanadi. Fotosintez jarayonida ishtirok etish xususiyatiga ega
bo’lgan bakteriyalarga yashil oltingugurt bakteriyalari, nitrifikatsiya bakteriyalari va
temir bakteriyalari kiradi.
Geterotrof bakteriyalari esa uglerodni tayyoreaktsiyasi organik birikmalardan
o’zlashtiradi. Ko’pchilik tuproq bakteriyalari, aktinomitsetlar, deyarli hamma
zamburug’lar geterotrof bakteriyalari jumlasiga kiradi.
Vodorod sulfidni, elementar oltingugurtni va tiobirikmalarni sulfat
kislotagacha oksidlanishi sulofikatsiya jarayoni deyiladi. Bu jarayonni oltingugurt
bakteriyalari va tiobakteriyalar amalga oshiradilar.
Nitrifikatsiya jarayoni nitroz va nitrat bakteriyalari ishtirokida amalga oshirilib,
ammiakli tuzlarni nitratlargacha oksidlaydi.
Odatda tuproq tarkibidagi nitratlar har bir kilogramm tuproqda 2 mg dan 20 mg
gacha tashkil etadi.
Nitratlar juda harakatchan bo’lganligi uchun ular tuproqning pastki
qatlamlariga yuqilib ketadi hamda denitrifikatsiya jrayoniga tez uchraydi.
Denitrifikatsiya - bu nitratlarning molekulyar azotgacha yoki oraliq birikmalar, azot
kislota va ammiakkacha qaytarilishidir.
Malumki, organik azotni o’simliklar qabul qilmaydi. O’simliklar uchun nitrat
shaklidagi mineral azot zarur. Tuproqda organik azotning minerallashuvi natijasida
ammiak hosil bo’ladi. Bu biologik jarayon ammonifikatsiya deb yuritiladi.
Bunda geterotrof bakteriyalar, aktinomitsetlar va zamburug’lar ishtirok
etadilar. Mikroorganizmlar o’zlarining oziqlanishi uchun har xil kimyoviy
elementlardan foydalanadilar.
Tuproq mikroorganizmlari, asosan zot bilan oziqlanadilar.
Avtotrof mikroorganizmlar oddiy azotli mineral birikmalardan ammoniyli va
azot kislota tuzlaridan foydalanadilar. Avtotrof mikroorganizmlar orasida fotosintez
qiluvchi organizmlar ham uchraydi, ular atmosferadagi azotni o’zlashtiradi.
Geterotrof mikroorganizmlar esa mineral birikmalar tarkibidagi azotni
o’zlashtiradi.
Tuproqda va mikroorganizmlarning hujayralarida bo’ladigan kimyoviy va
biokimyoviy jarayonlar suvda sodir etiladi.
Mikroorganizmlar 50-60 % maksimal nam sig’imiga ega bo’lgan tuproqlarda
yaxshi rivojlanadi. Anaerob mikroorganizmlar esa 100 % namlikda ham yaxshi
rivojlanadi. Tuproq tarkibida mikroorganizmlarning har xil turlari uchraydi, ular
kletchatkani va pektin moddalarni parchalaydi.
Urobakteriyalar taosirida mochevina ammoni karbonatgacha aylanadi.
Urobakteriyalar rN 7-8 ga teng bo’lganda ham yaxshi rivojlanadi. Mochevina ularga
uzot manbai bo’lib xizmat qiladi. O’simlik o’zining hayot faoliyati davomida ildizi
orqali har xil moddalarni mineral tuzlarni, organik kilotalarni, qand moddalarni
aminokislotalar, vitaminlarni ajratib chiqaradi.
Mikroorganizmlar oziqlanishi uchun o’simlik ildizi ajratmlaridan tashqari
chiriyotgan ildiz qoldiqlaridan, ildiz tolalaridan ham foydalanadi.
O’SIMLIKLARNING HAR XIL O’SUV DAVRLARIDA OZIQLANISH
SHAROITIGA MUNOSABATI.
O’sishning turli darlarida o’simliklarning tashqi muhit sharoitlariga, shu
jumladan oziqlanish sharoitlariga talabi turlicha bo’ladi.
O’simliklarning vegetatsiya davrida azot, fosfor, kaliy va boshqa oziq
elementlarini yutishi har xil bo’ladi. Oziqlanishning kritik davri va oziq moddalar eng
intesiv yutilganda maksimal oziqlanish davri tushunchalarini bir-biridan farq qilish
lozim. O’simliklar o’sishining dastlabki davrida istemol qiladigan barcha oziq
moddalarning absolyut miqdori uncha ko’p bo’lmaydi, lekin eritmada ularning
yetishmasligi ham, ko’pligi ham o’simlikka tez taosir qiladi.
O’sishning dastlabki boshlang’ich davrida fosfor bilan oziqlanishga nisbatan
kritik davrdir.
Yosh nihollarga fosforning yetishmasligi o’simlikka shu qadar kuchli taosir
qiladiki, hatto keyingi rivojlanish davrida fosfor bilan mo’l-ko’l oziqlantirilganda
ham hosil juda kam bo’ladi.
O’simliklarning ildiz sistemasi hali yaxshi rivojlanmagan paytda sintetik
jarayonlarning juda tez ketishi sababli yosh nihollar oziqlanish sharoitlariga ayniqsa
talabchan bo’ladi.
Demak, bu davrda ildizning bo’g’iz zapasida oziq elementlari oson eriydigan
shaklda, lekin ularning kontsentratsiyasi yuqori bo’lmasligi, azot va kaliyga nisbatan
fosfor ko’proq bo’lishi lozim. Vegetatsiyaning boshlang’ich davridanoq barcha
elementlar bilan yetarli darajada taminlanishi mo’l hosil yetishtirishning muhim
omilidir. Masalan, boshoqli don ekinlarida dastlabki 3-4 ta barg yozish
davridanoqreproduktiv organlar - boshoq va ro’vakka asos solinishi va tabaqalanishi
boshlanadi. Bu davrda azot yetishmasligi keyinchalik xatto kuchli oziqlantirilganda
ham, ro’vakdagi yosh boshoqdagi boshoqchalar sonining kam bo’lishiga hamda
hosilning pasayishiga olib keladi.
O’simliklarning yer ustki organlari poya va barglari jadal o’sadigan davrda
bargcha oziq elementlarini isteomol qilishi ancha ko’payadi. O’simliklarning o’sish
jarayonlarida azot yetakchi rol o’ynaydi.
Azot bilan ko’plab miqdorda oziqlantirish vegetativ organlarning tez o’sishiga,
kuchli assimilyatsion apparatning shakllanishiga yordam beradi.
Bunday davrda azotning yetishmasligi esa o’sishning to’xtashiga, keyinchalik
esa hosil miqdori va sifatining pasayishiga olib keladi.
Gullash va meva tuga boshlash davriga kelib, ko’pchilik o’simliklarning azotga
bo’lgan talabi kamayadi, lekin fosfor va kaliyning ahamiyati ortadi.
Bu ularning fiziologik roli - reproduktiv organlarining shakllanishida va
hosilning tovar qismida zapas moddalar hosil bo’lishida, ayniqsa intensiv boradigan
organik moddalar almashinuvida fosfor va kaliyning ishtirok etishi bilan bog’liqdir.
Vegetativ massaning massaning o’sishi to’xtaydigan va hosil tugish davrida
barcha oziq moddalarning istemol qilinishi asta -sekin kamayadi, so’ngra ularning
o’simlikka yutilishi to’xtaydi.
O’SIMLIKLAR OZIQLANISHINING DAVRIYLIGI
Turli xil qishloq xo’jalik ekinlari vegetatsiya davri mobaynida ozuqa
elementlarini yutish miqdori va tezligi jihatidan bir-biridan Farg’ona davlat
universiteti qiladi. Barcha boshoqli don ekinlari, zig’ir, kanop, ertagi kartoshka, bazi
sag’bzavotlar intensiv oziqlanish davrining qisqaligi bilan farq qiladi. Ular oziq
moddalarning asosiy miqdorini qisqa muddatlarda istemol qiladi.
Masalan, kuzgi javdar barcha oziq moddalar miqdorini 25-30 % ni kuz
davrining o’zidayoq
yutadi,
bahorgi
bug’doy
nisbatan qisqa
muddatda
naychalanishdan boshoqlanishgacha bo’lgan davrda ozuqa moddalar barcha
miqdorining 2/3 - 3/4 qismini istemol qilib bo’ladi.
Kartoshkaning o’rta va kech pishar navlari oziq moddalarni eng ko’p miqdorda
iyul oyida isteomol qiladi. SHu o ichida hosildagi miqdoriga nisbatan olganda deyarli
40% azot, 50 % dan ko’p fosfor va 60 % dan ko’proq kaliyni yutadi.
Zig’irda mineral oziqlanish elementlarini maksimal istemol qilish davri
g’unchalashdan gullash darigacha, g’o’zada esa oziq moddalarning asosiy miqdori
shonalash boshlanganidan ko’saklarda yalpi tola hosil bo’lishi boshlanish oralig’ida
yutiladi.
Bazi o’simliklar - makkajo’xori, kungaboqar, qand lavlagi va boshqalar ozuqa
moddalarni bir meyorda va uzoq muddatlarda istemol qilishi bilan xarakterlanadi.
O’simliklar ayrim ozuqa elementlarini turli tezlik bilan yutadi, masalan,
makkajo’xorida eng tez yutiladigan kaliy, so’ngra azot, fosfor ancha sekin istemol
qilinadi. Kaliyning yutilishi ro’vak hosil bo’lishi davrida, azotniki esa don hosil
bo’lish davrida batamom to’xtaydi.
O’simlikka fosforning yutilishi ancha cho’ziladi va deyarli vegetatsiya oxiriga
qadar davom etadi. Kanop dastlabki oyda azot va kaliyni juda tez yutadi. Azotning
kelishi maysalar unib chiqqanidan 3 xafta, kaliyning esa 5 xafta o’tgandan keyin
batamom tugallanadi.
Vegetatsiya
davrining
boshlanishida
va
maksimal
yutilish
davrida
o’simliklarning oziqlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish ayniqsa muhimdir. Bu
o’g’it solishning turli xil muddatlarini asosiy o’g’itni ekishgacha ekish vaqtida solish
va qo’shimcha o’g’it solish usullarini birga qo’llash bilan amalga oshirishladi.
Asosiy o’g’itlashning asosiy vazifasi - butun vegetatsiya davrida
o’simliklarning oziqlanishini taminlashdan iborat, shuning uchun ekish oldidan,
ko’pincha organik o’g’itlarning to’la normasi mineral o’g’itlarning ko’p qismi
solinadi.
Vegetatsiyaning eng masuliyatli davrlarida o’simliklarni oziqlanish elementlari
bilan taminlash uchun asosiy o’itga va ekin vaqtidagi o’g’itga qo’shimcha o’g’itla
usuli qo’llaniladi.
O’simliklarni oziqlanish sharoitlarini ularning ehtiyojiga yarasha o’g’it solish
yo’li bilan o’sish davrlari bo’yicha boshqarib, hosil miqdori va uning mumkin.
G’o’za o’simligiga ozuqa moddalarning qabul qilinishi, %
Vegetatsiya davrlari
N
R
2
O
5
K
2
O
1. shonalashgacha
3-5
3-5
2-63
2. shonalashdan yalpi gullashgacha
25-30
15-20
15-20
3. gullashdan yalpi pishgungacha
65-70
75-80
75-80
G’allali ekinlarda ozuqa moddalarning yutilishi, %
Vegetatsiya
davrlari
bug’doy
arpa
suli
N
R
2
O
5
K
2
O
N
R
2
O
5
K
2
O
N
R
2
O
5
K
2
O
nat o’rash
71
68
88
71
56
73
51
36
54
Gullash
97
100
100
96
74
100
82
71
100
to’liq pishish
90
93
67
100
100
64
100
100
83
TAYANCH IBORALAR
Tuzlarning kislotaliligi, ishqoriyligi, fiziologik reaktsiyasi, fiziologik kislotali
o’g’itlar, fiziologik ishqoriy o’g’itlar anion, anionlar, kation mikroorganizmlar,
avtotrof va geterotrof bakteriyalar, nitrifikatsiya, ammonifikatsiya, denitrifikatsiya,
urobakteriyalar,
rivojlanishning
davlatki
boshlang’ich
davri,
anaerob
mikroorganizmlar, urobakteriyalar, o’suv davri, meva xosil qilish davri, intensivlik
ozuqa moddalarni yutish miqdori, asosiy o’g’itlash, ekish bilan o’g’it solish,
qo’shimcha o’g’itlash.
O’Z-O’ZINI TEKSHIRISH UCHUN NAZORAT SAVOLLARI
1.
O’g’itlarning fiziologik reaktsiyasi nima?
2.
O’g’itlarning fiziologik kislotaliligi va shunday o’g’itlarinng vakillariga
qaysilar kiradi?
3.
O’g’itlarning fiziologik ishqoriyligi nima va ularning vakillari?
4.
Mikroorganizmlarning ahamiyati?
5.
Mikroorganizmlar oziqlanishia qarab necha turga bo’linadi?
6.
Sulfofikatsiya jarayonini bayon eting?
7.
Ultrifikatsiya nima?
8.
Ammonifikatsiya nima?
9.
Tuproq mikroorganizmlari asosan qaysi elementlar bilan oziqlanadi?
10. Mikroorganizmlar qaysi sharoitlarda yaxshi rovijlanadi.
11. Oziqlanishning kritik davri nima?
12. Oziq elementlarining eng ko’p qabul qilishi qaysi davrga to’g’ri keladi?
Adabiyotlar
1.
Agroximiya. Pod. red . V.M.Klechkovskogo i prof. A.V,Peterburgskogo.
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 3-8 str.
2.
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989.
3.
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984.
4.
Sparovchnik po udobreniyam. Izd. 39, izd-vo Kolos, Moskva 1964.
5.
Azizov G’. Tuproq unumdorligini oshirishad mikroorganizmlarning roli, T.
O’zbekiston. 1969.
6.
Petuxov P.M., Panova Ye.N. Dudina N. X. Agroximiya i sistema
udobreniya. Izd-vo Kolos. Moskva, 1979.
7-MA’RUZA: TUPROQNING SINGDIRUVCHANLIK QOBILIYATI VA UNING
TURLARI. TUPROQNING KISLOTALILIGI VA UNING TURLARI.
TUPROQNING BUFERLIGI.
REJA:
1.
Tuproqning singdiruvchanlik qobiliyati va uning turlari.
2.
Tuproqning singdirish sig’imi.
3.
Tuproqning kislotaliligi va uning turlari.
4.
Tuproqning asoslar bilan to’yinganlik darajasi.
5.
Tuproqning buferligi.
6.
Tayanch iboralar
7.
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
8.
Foydalanilgan adabiyotlar
TUPROQNING SINGDIRUVCHANLIK QOBILIYATI VA UNING
TURLARI
Tuproqning singdiruvchanlik qobiliyati uzoq o’tmishdan ham kishilarga
maolum edi. Tuproqning singdiruvchanlik qobiliyatini o’rganish19-asrning
o’rtalariga to’g’ri keladi. 1850-1854 yillarda shu sohada D.Ueyening ishlari chop
etildi. Uning fikriga qaraganda, tuproq tuzlarini to’liq singdirmaydi balki uning
tarkibidagi asosinigina singdiradi va tuproqdan eritmaga ham shuncha miqdordagi tuz
asosi ajralib chiqadi.
Keyingi paytlarda tuproqning singdiruvchanlik qobiliyatini o’rganishda kolloid
kimyo fani katta o’rintutmoqda. Mana shu o’nalishda ko’p ilmiy ishlarni amalga
oshirgan olimlarga K.K.Gedroyts, G.Vinger va S.Matsonlarni o’shish mumkin.
Tuproqning almashinuvchi singdiruvchanligini o’simliklarning oziqlanishi
bilan bog’lab o’rganishda D.N.Pryanishnikovning laboratoriyasida ko’p ishlar amalga
oshirilgan.
Akademik K.K.Gedroyts tuproqning singdiruvchanlik qobiliyatini o’rganishda
uni o’g’itlarning qo’llanilishi, o’simliklarning oziqlanishi, tuproqning kimyoviy
melioratsiyalash ishlari bilan uzviy bog’lab olib bordi.
Keyingi yillarda uning ilarini zamondosh olimlar yanada chuqurroq o’rgandilar
va mukammallashtirdilar.
Akademik
K.K.Gedroyts
o’zining
tekshirishlari
asosida
tuproqning
singdiruvchanlik qobiliyatiga quyidagicha tarif berdi. Tuproqning eritmadagi
birikmalarini,
shuningdek
turli
bug’larni,
gazlarni,
suspenziyalarni
va
mikroorganizmlarni ulab qolishga tuproqning singdiruvchanlik qobiliyati deyiladi.
Tuproq qatlamidan o’tayotgan suvda erigan va erimagan moddalar, turli gazlar
hamda
mikroorganizmlarning
tuproqda
singib
qolishi,
yani
tuproqning
singdiruvchanlik qobiliyati juda murakkab hodisadir.
Bunda kimyoviy fizik-kimyoviy va biologik jarayonlar yuz beradi. akademik
K.K.Gedroyts tuproqning xar xil moddalarini ushlab qolishi, singdirish va bunda
kechadigan jarayonlarni eotiborga olib tuproqning singdiruvchanlik qobiliyatini 5
turga bo’ladi.
1.
Tuproqni mexanik singdirish
2.
Tuproqni fizik singdirish
3.
Tuproqni fizik-kimyoviy singdirish
4.
Tuproqni kimyoviy singdirish
5.
Tuproqni biologik singdirish
1. Tuproqni mexanik singdirish.
Tuproqni qatlami orqali yuqridan pastga xarakat etayotgan yog’in va sug’orish
suvlaridagi loyqa holidagi zarrachalarning shu qatlamlar orasida mexanik ravishda
ushlanib qolishiga mexanik singdirish deyiladi. bu xolda tuproq loyqa suvni suzgichi
bo’lib xizmat qiladi. Bu xildagi singdirish tuproqning mexanik tarkibi strukturasi,
qatlamning zichligi va g’ovakligiga bog’liqdir.
Soz va qumoq mexanik tarkibli tuproqlar g’ovak qovushmali qumloq
tuproqlarga nisbatan suvdagi loyqani yaxshiroq va ko’proq ushlab qoladi.
O’zbekiston
hududidagi
tog’
etaklari
adirliklarida
toshloqliklarni
o’zlashtirishda tajribali dehqonlar tuproqning singdiruvchanlik qobiliyatidan
foydalanganlar. Bir necha o’n yillar mobaynida toshloq yerlarga loyqa cho’ktirganlar.
O’sha joylarda ekin ekish uchun yaroqli unumdor taqir tuproqni vujudga keltirganlar.
Demak, tuproqning mexanik singdirish qobiliyati tuproq unumdorligini oshirishda
o’simliklarning oziqlanishini yaxshilashda va oziq elementlaridan samarali
foydalanishda muhim ahamiyatga egadi.
2.
Tuproqni fizik singdirish
Bunday singdirish paytida tuproq mayda zarrachalarining yuza energiyasi
taosirida ularning sirtida turli gazlar, bug’lar, mikroorganizmlar va suvda erigan
moddalar ushlanib qoladi. Tuproq kolloidlari va uning qattiq qismi qatlami quruq
bo’lganda tuproq haqosidagi gazlarni, nam bo’lganida esa suv va unda erigan
moddalarni molekula holida singdiradi.
Fizik singdirish darajasi tuproq zarrachalarining maydaligiga, chirindi
miqdoriga, minerologik va mexanik tarkibiga bog’liq.
Fizik singdirish chirindisi ko’p soz va og’ir mexanik tarkibli tuproqlarda
yaxshi kechadi.
Tuproq tarkibida temir va alyuminiy oksidlari hamda montmorilaning
guruhidagi minerallarning ko’paytirish natijasida ham tuproqning fizik singdirish
qobiliyati kuchayadi.
Bu xildagi singdirish natijasida ozuqa moddalar tez yuvilib ketishidan
saqlanadi va tuproq eritmasining kontsentratsiyasini yaxshilaydi. Ammo tuproq
eritmasidan bazi moddalarni kolloid zarralar mutlaqo singdirmaydi yokislotali juda
oz singdiradi. Bu holdagi salbiy hodisa ayniqasa nitratlarga xos bo’lganligi sababli,
azotli mineral o’g’itlarni ekish oldidan yokislotali o’suv davrida bir necha bo’lib-
bo’lib solish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, bakteriyalarni ham singdirib qolinishi
mikrobiologik jarayonlarning yaxshilanishiga olib keladi. Lekin shu bilan birga xar
xil zararli mikroblarni ham tuproqda ushlanib qolishiga sabab bo’ladi.
3. Tuproqning fizik-kimyoviy singdirilishi.
Fizik-kimyoviy yokislotali almashinuvchi singdirish tuproqlarning qattiq
qismini xossasi bo’lib, atrof tevarakdagi eritmadan ionlarni singdirib oladi va ularni
mustakam tutib turadi. Bu singdirish tuproq qattiq fazasidagi ionlarning tuproq
eritmasidagi ionlarning ekvivalent miqdoriga almashinuvi orqali amalga oshirishladi.
Tuproqning singdiruvchanlik qobiliyati tuproqdagi diametri 0,1 mm dan ham
kislotalichik, disperslangan mayda zarrachalarga bog’liqdir.
Tuproqning mineral yokislotali organik qismidagi manfiy zaryadga ega
bo’lgan mayda dispers kolloid zarrachalarining tuproq eritmasidan turli kationlarni
singdirishi fizik-kimyoviy yokislotali almashinuvchi singdirish deyiladi.
Bunda tuproq eritmasidan bir xil kationlarning singdirilishi tuproqning qattiq
fazasi tomonidan oldin o’zlashtirilgan unga ekvivalent bo’lgan boshqa kationlarning
siqib chiqarilishi bilan boradi.
Tuproqning almashinadigan kationlarini singdirishda qatnashadigan organik va
mineral holdagi mayda dispers zarrachalari yig’indisi akademik K.K.Gedroyts
tomonidan tuproqning singdirish kompleksi yokislotali qisqacha TSK deb
nomlangan.
Tuproq eritmasidagi kationlarni TSKdagi kationlar bilan almashinishi
ekvivalent miqorda boradi. Kationlarning almashinish reaktsiyasi juda tez o’tadi.
Tuproqqa kal’tsiy, ammoniy nitrat, natriy nitrat kabi oson eriydigan o’g’itlar
solinganda, ular tezda tuproqning sindirish kompleksi bilan reaktsiyaga kirishadi,
ularning kationlari tuproq eritmasidan ilgari sindirilgan holatdagi kationga
almashingan holda singadi:
Tuproq kationlardan tashqari anionlarga ham singdiradi. Anionlarning
singdirilish darajasiga qarab 3 guruhga bo’linadi.
1.
Yaxshi singuvchan anionlar
2.
Kuchsiz singadigan anionlar
3.
Singimaydigan anionlar
Tuproqning fizik-kimyoviy singdirish qobiliyati o’simliklarning oziqlanishida
muhim ahamiyatga ega bo’lib bu jarayon natijasida muhim ozuqa elementlari
tuproqda ushlanib qoladi va pastka qatlamlarda yuqilib ketmaydi. Fizik-kimyoviy
singdirish vaqtida zol holidagi kolloidlarning gel holiga o’tishi sababi tuproqlda
mikrostruktura elementlari paydo bo’ladi.
4. Tuproqning kimyoviy singdirilishi.
Tuproqdagi ayrim eruvchan tuzlarning o’zaro kimyoviy reaktsiyaga kirishishi
natijasida suvda erimaydigan yokislotali juda qiyin eriydigan va cho’kmaga
tushadigan birikmalarni hosil bo’lishi bilan bog’liqdir.
Masalan, karbonat kislota va sulfat kislota anionlari kalitsiy va magniyning 2
valentli kationlari bilan suvda qiyin eriydigan cho’kmalarga tushadiganlarni hosil
qiladi.
Tuproqning kimyoviy singdirish xususiyati aniyqsa tuproqdagi fosforning
o’zgarishida katta ahamiyatga egadir.
Ikki kaltsiy fosfat kuchsiz (...............) kuchsiz kislotalarda eriydi va uning
tarkibidagi fosfor o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladi.
Yomon eriydigan uch kaltsiyli fosfatning hosil bo’lishi bilan fosforning
o’simliklar uchun samarasi yo’qoladi.
5. Tuproqni biologik singdirish.
Tuproqni biologik singdirish xususiyati tuproqda o’simliklarning tirik ildizlari
va mikroorganizmlarning mavjudligi bilan bog’liqdir. O’simliklarning tirik ildizlari
va mikroorganizmlar tuproq eritmasidan azot va boshqa kul elementlarini tanlab
qabul qiladi. Ularni o’z tanalarida turli organik birikmalarga aylantiradi.
Natijada ozuqa moddalar tuproqdan yuvilib ketishidan saqlaydi. Biologik
faolyat natijasida tuproqda ozuqa moddalar to’planadi. Ko’pchilik mikroorganizmlar
oziqlanishi va o’zining tanasini qurishi uchun o’simliklar foydalanadigan ozuqa
elementlaridan foydalanadilar.
Tuproq tarkibida mikroorganizmlar miqdori juda ko’pdir. Mikroorganizmlar
organik moddalarni oziq va energetik material sifatida foydalanib ularni parchalaydi
va ularni mineral oziqlanish elementlariga aylantiradi. O’simliklar bilan bir vatqda
mikroorganizmlar ham azot, fosfor oltingugurt va boshqa elementlarni istemol qiladi.
Tirik mikroorganizmlar plazmasining tanasida sezilarli darajada azot, fosfor,
oltingugurt va kaliy borligi aniqlangan.
E.N.Mishustinning
hisoblashiga
ko’ra
madanilashgan
chimli
podzol
tuproqlardagi mikroorganizmlarning plazmasida har gektar hisobiga 125 kilogramm
azot, 40 kilogramm fosfor va 25 kilogramm kaliy borligi aniqlangan. Tuproqqa
solingan o’g’itlarning bir qismini ham mikroorganizmlar tomonidan istemol qilinadi.
TUPROQNING SINGDIRISH SIG’IMI
Turli xil tuproqlar tarkibida xar xil miqdorda singdirilgan kationlar bilan
almashinishga xos bo’lgan kationlar mavjud.
Tuproqdagi hamma almashinuvchi sinshdirilgan kationlarning umumiy
yig’indisiga tuproqning singdirish sig’imi deyiladi.
U 100 gramm tuproqda milligramm ekvivalentda ifodalanadi. Masalan, 100 g
tuproqda singdirilgan holatda 400 mg kal’tsiy ioni, 60 mg magniy va 9 g ammoniy
oini
bo’lsa,
u
vaqtda
100
g
shu
tuproqning
singdirishi
sig’imi
400/20+60/12+9/18=25,5 m.ekv ga tengdir. Singdirish sig’imi tuproqning mexanik
tarkibi va melorativ holatiga hamda tarkibida qancha miqdorga organik moddalar
saqlashiga bog’liq. Tarkibida kam miqdorda kolloid fraktsiyalar saqlovchi qumli va
qumloq tuproqlarda singdirish sig’imi ham juda past bo’ladi. Organik moddalarga
boy bo’lgan tuproqlarning singdirish sig’imi ham katta bo’ladi.
Singdirish sig’imi past bo’lgan qumli va qumloq tuproqlarda tuproqqa oson
eriydigan g’ilar solinganda uning tarkibidagi ozuqa moddalarning yufilib ketishi va
tuproq eritmasi kontsentratsiyasini haddan tashqari oshib ketishiga olib keladi.
SHuning uchun bunday tuproqlarda azotli va kaliyli o’g’itlarni kichik normalarda
berish va ularni ham ekishdan oldinroq solish kerak.
Singdirish sig’imi yuqori bo’lgan tuproqlarda ozuqa moddalarning yuqilib
ketishi va tuproq eritmasi kontsentratsiyasini ortiqcha darajada ortib ketish hollar
kuzatilmaydi. Kal’tsiy va magniy ioni yig’indisi tuproqdagi umumiy almashinuvchi
singdirilgan kationlarning 90 % ini tashkil etadi. Kislotali muhitga ega bo’lgan
tuproqlarda singdirilgan kationlar orasida vodorod va alyuminiy ionlari, sho’rtob
tuproqlarda natriy kationlari ko’p miqdorni tashkil etadi.
Tuproq tomonidan almashinuvchi singdirilgan kationlardan o’simliklar uchun
eng muhim ozuqa moddalar manbasi hisoblanadi. Ular tuproq eritmasidan oson siqib
chiqariladi va o’simliklar yaxshi o’zlashtiradi.
Tuproqning natriy bilan to’yinishi kolloidlarning peptizatsiyasini vujudga
keltiradi. Bu esa tuproqdagi ozuqa moddalarning yuvilishiga va uning miqdorini
kamayib ketishiga tuproqning donador strukturasining buzilishiga va fizik
xossalarining yomonlashuviga olib keladi. Bundan tashqari tuproqni singirish
kompleksida natriy mavjud bo’lsa, uning tuproq eritmasidagi boshqa kationlar siqib
chiqaradi va bunda soda hosil bo’ladi. Bu esa tuproq eritmasida o’simliklarning
o’sishi uchun noqulay sharoit yani ishqorli reaktsiyani vujudga keltiradi.
Tuproqning singdirish kompleksi tarkibida vodorod va alyuminiy ionlari ortib
ketsa suvda eriydigan tuzlarning kationlari bilan o’zaro taosir natijasida tuproq
eritmasiga o’tishi va uni kislotali qilib qo’yishi mumkin.
Tuproq eritmasining kislotaliligi ortib ketsa va ayniqsa uning tarkibida
alyumini ko’p bo’lsa, u o’simlikning o’sishiga salbiy taosir ko’rsatadi.
TUPROQNING KISLOTALILIGI VA UNING TURLARI
Tuproqning kislotaliligi uning eritmasida va sigdirish kompleksida vodorod
ioni mavjud bo’lgan holda vujudga keladi. Odatda tuproqning aktual va potentsial
kislotaliligi farq qiladi. Tuproqning aktual kislotaliligi tuproq eritmasidagi vodorod
ionnining kontsentratsiyasi yuqori bo’lishiga bog’liqdir. U tuproqdan olingan suvli
so’rim bo’yicha oziqlanadi va tuproq eritmasidagi vodorod ioni kontsentratsiyasining
manfiy logarifmi ko’rsatadigan rN kattalik bilan o’lchanadi.
Neytral raktsiyali muhitda vodorod va gidroksil ionlari kontsentratsiyasi bir
xilda bo’lib, u bir litr eritmada 10-7 yoki eritma rN 0,7 ni tashkil etadi.
Agar eritma rN 7,0 dan kichik bo’lsa, reaktsiya kislotali bo’ladi.
Tuproqning aktual kislotaliligi tuproqda karbonat kislota, shuningdek suvda
eriydigan boshqa kislota va boshqa gidrolitik nordon tuzlar vodorod ionining
dissotsilanishi hisobiga neytrallaydigan moddalarning yetishmasligidan kelib chiqadi.
Tabiiy sharoitda turli xil tuproqlarda suvli so’rim reaktsiyasi rN bo’yicha 3-3,5
dan sho’rtop tuproqlarda rN 9-10 gacha o’zgarib turadi.
Janubiy qora tuproqlarda va kashtan tuproqlarda rN 7,5, bo’z tuproqlarda esa
rN 8,5 gacha va sho’rtoplarda rN 9 gacha va undan ko’proq ishqori reaktsiyaga ega
bo’ladi. oddiy va qalin qavatli qora tuproqlarda muhit reaktsiyasi neytralga yaqin. rN
6,5. Tuproqning aktual kislotaliligi potentsial kislotalilik bilan bevosita bog’liq bo’lib
bu ham o’znavbatida almashinadigan va gidrolitik kislotalikka bo’linadi.
Tuproqning singdirish kompleksidagi vodorod va alyuminiy ionlari tuz
eritmalarining o’zaro taosirida singdirilgan holatdan siqib chiqariladi, natijada tuproq
eritmasi reaktsiyasini nordonlashtiradi. Eritmada xlorid kislota va alyuminiy xlorid
yani gidrolitik nordon tuzlar xosil bo’ladi.
Tuproqda singdirilgan holatda va birorta neytral tuz taosirida siqib chiqarishga
moyil bo’lgan vodorod va alyuminiy ionlari vujudga keladigan kislotalilikka
almashinadigan kislotalilik deyiladi. U tuproqni 1 n kaliy xlorid eritmasida ishlov
berish yo’li bilan aniqlanadi va 100 gramm tuproqqa to’g’ri keladigan m ekvivalent
yokislotali rN kattalik bilan ifodalanadi. tuproq 1 normal kaliy xlorid bilan
ishlanganda tuproqning singdirish kompleksidan hamma vodorod ham siqib
chiqarilmaydi. Ularning tufaqat tuproqqa gidrolitik ishqorli tuzlar eritmasi masalan,
natriy atsetatni taosir ettirib siqib chiqarish mumkin.
Tuproqqa vodorodni nisbatan kam harakatchan ionlarga bog’liq holdagi va ular
tuproq gidrolitik ishqorli tuz eritmasi bilan taosir ettirilganda siqib chiqarilganda
sodir bo’ladigan kislotalilik gidrolitik kislotalilik deyiladi.
Tuproqning ushbu kislotaliligida TSKda asosan kamharakatchan vodorod ioni
bo’lib, ular tuproq eritmasidagi kationlar bilan qiyin almashinadi, shunga ko’ra ular
o’simliklarga bevosita zararli taosir ko’rsatmaydi.
TUPROQNING ASOSLAR BILAN TO’YINGANLIK DARAJASI
Tuproqqa tavsif berish uchun faqat uning kislotaliligini absolyut o’lchami, yani
yutilgan vodorod ionlarining umumiy miqdorini belgilashdan tashqari ularning o’zaro
nisbati va boshqa yutilgan kationlar bilan o’zaro nisbatini ham bilish kerak.
Vodorod va alyuminiydan tashqari yutilgan hamma kationlar miqdori ham har
yuz gramm tuproqqa n ekvivalent hisobida S harfi bilan yutilgan vodorodning
umumiy miqdori yani gidrolitik kislotaliligi Nch bilan ifodalanadi.
Ularning yig’indisi har 100 gramm tuproqqa m ekv hisobida to’g’ri keladigan
umumiy yutilish sig’imini T ko’rsatadi. S + Nch = T yutilgan asoslarning singdirish
sig’imiga nisbatan foizlarda ifodalangan summasi xissasiga tuproqni asoslar bilan
bo’yinganlik darajasi deyiladi va u V harfi bilan belgilanadi.
Tuproqning asoslar bilan to’yinganlik darajasi tuproq kislotalilik darajasini
xarakterlash uchun zarur ko’rsatkich bo’lib, u tuproqqa qancha miqdorda oxak solish
kerakligini aniqlashda hisobga olinadi. Tuproqning asoslar bilan to’yinganlik darajasi
qancha kam bo’lsa, uning oxakka bo’lgan ehtiyoji shunchalik kuchli bo’ladi.
TUPROQNING BUFERLIGI
Tuproqdagi o’simliklar va mikroorganizmlarning normal hayoti va rivojlanishi
uchun hamda tuproq unumdorligini yaxshilashda tuproq eritmasining reaktsiyasi
turg’un holatda bo’lishi, yani kislotali yokislotali ishqoriy tomonga tez o’zgarib
ketmasligi katta ahamiyatga ega.
Tuproqning yokislotali tuproq eritmasining reaktsiyalar taosiriga qarshi tura
olish qobiliyati buferlik deyiladi. Buferlik tuproq reaktsiyasining turg’unligini asl
holatini saqlab turishini va tashqi muhitning har xil reaktsiyalariga qarshi bardoshlilik
xususiyatini ancha oshiradi.
Buferlilik juda murakkab hodisa bo’lib, u tuproqni va tuproq eritmasining
kimyoviy tarkibi xossalari va singdiruvchi kompleksning xarakteriga bog’liq bo’lib,
bir qancha jarayonlar taosirida vujudga keladi.
Tuproqning kislotali reaktsiyaga nisbatan buferliligi tuproq tarkibidagi
karbonatlarga ayniqsa kaltsiy karbonat birikmasining miqdoriga bog’liq. Karbonatli
bo’z tuproqlarga solingan ammoniy sulfat singari fiziologik kislotali o’g’itlar o’g’itlar
karbonat bilan reaktsiyaga kirishib uning taosirida neytrallanadi. Bunda tuproq
eritmasining reaktsiyasi o’zgarmaydi.
Singdiruvchi kompleks asoslar bilan to’yingan tuproqlar kislotali reaktsiyaga
qarshi buferlilikka ega.
Asoslar bilan to’yinmagan tuproqlar esa ishqoriy reaktsiyaga qarshi buferlilik
xususiyatiga ega.
Tuproqning singdirish sig’imi qancha katta bo’lsa, tuproqning buferlilik
qobiliyati ham shuncha yuqori bo’ladi.
Bulardan tashqari tuproq va uning tuproq eritmasi tarkibidagi kislota
ishqorlarning oqsil moddalari bilan o’zaro reaktsiyaga kirishi natijasida kislotalilik va
ishqoriylik daradjasi kamayishi mumkin.
CHunki har bir tuproqdagi organik qoldiqlar va chirindilar tarkibida maolum
miqdorda oqsillar bo’ladi.
O’simliklar neytral yokislotali unga yaqin reaktsiyali sharoitlardagina yaxshi
rivojlanib o’sadi. Ana shunday reaktsiya tuproqning buferliligi bilan saqlanib turadi.
O’Z-O’ZINI TEKSHIRISH UCHUN NAZORAT SAVOLLARI
1.
Tuproqning singdiruvchanlik qobiliyati qachon va kimlar tomonidan
o’rganilgan?
2.
Necha xil singdirish turi mavjud?
3.
Tuproqning fizik singdirishi va fizik-kimyoviy singdirilishi o’rtasida farq?
4.
Biologik singdirishning mohiyati nimadan iborat?
5.
Kimyoviy singdirishning ahamiyati?
6.
Tuproqning singdirish sig’imi nima?
7.
Tuproqning singdirish kompleksi nima?
8.
Tuproqning kislotaliligi necha turga bo’linadi?
9.
Tuproqning asoslar bilan to’yinganlik darajasi deganda nimani tushunasiz?
10. Tuproqning buferliligi nima?
11. Tuproqning buferliligining ahamiyati?
12. Buferlilikni oshirish uchun qanday chora-tadbirlar qo’llash lozim?
Adabiyotlar
1.
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989.
2.
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984.
3.
Pankov M.A. Tuproqshunoslik «O’rta va oliy maktab nashriyoti». T. 1963.
4.
K.K.Gedroyts. Uchenie o poglotitelnoy sposobnosti pochv. Izb. soch. M.
Selxozizdat. 1955. t.1.
5.
Petuxov P.M., Pankova Ye.N. Dudina N. X. Agroximiya i sistema
udobreniya. Izd-vo Kolos. Moskva, 1979.
8- MA’RUZA: MINERAL O’G’ITLAR. AZOTLI O’G’ITLAR. AZOTNING
O’SIMLIKLAR OZIQLANSHIDAGI ROLI. TUPROQ TARKIBIDAGI AZOT VA
UNING BIRIKMALARI DINAMIKASI. DEHQONCHILIKDA AZOTNING
AYLANISHI.
REJA:
1.
Mineral o’g’itlar va ularning xususiyatlari.
2.
Azotning o’simliklar oziqlanishidagi roli.
3.
Tuproq tarkibidagi azot va uning birikmalari.
4.
Dehqonchilikda azotning aylanishi.
5.
Tayanch iboralar
6.
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
7.
Foydalanilgan adabiyotlar.
MINERAL O’G’ITLAR VA ULARNING XUSUSIYATLARI
Hamma o’g’itlar ikkita asosiy guruhga bo’linadi:
1.
Organik o’g’itlar
2.
Mineral o’g’itlar
Bundan tashqari ishlab chiqarilishiga qarab sanoatda ishlab chiqarilgan
o’g’itlarga va mahalliy o’g’itlarga bo’linadi.
Qo’llanilayotgan mineral o’g’itlarning samaradorligini oshirish uchun,
saqlashni to’g’ri tashkil etish uchun, ularni bir joydan boshqa joyga olib borishda
isrofgarchilikning oldini olish uchun mineral o’g’itlarning o’zlariga xos fizik,
kimyoviy va mexanik xususiyatlarni bilish lozim.
Bunday xususiyatlar jumlasiga mineral o’g’itlarning suvda eruvchanligi,
gigroskopikligi, mushtlashib qolishi, namligi, donadorlik tarkibi, shuningdek
donachalarning mustahkamligi va boshqalar kiradi.
Mineral o’g’itlarni saqlashda ularning zichlanishini, olovga va portlashga
xavfli yokislotali xavfli emasligini, ammiak ajralib turishi kabi bir qator
xususiyatlarni bilish lozim.
Mineral o’g’itlarning namligi.
Mineral o’g’itlarning namligi GOST va texnik shartlarda ko’rsatilgan
ko’rsatkichlardan yuqori bo’lmasligi kerak. Ammoniyli - azotli o’g’itlarning namligi
0,2-0,6 % dan oshmaslishi lozim, ammoniy nitratli va amidli o’g’itlarlarning esa 0,2-
0,3 %, nitratli o’g’itlarniki 1-2 %, kalitsiy nitratniki esa 14 % dan oshmasligi lozim.
Suvda eruvchan fosforli o’g’itlarning maksimal namligi 3-5% , suvda
erimaydigan fosforli o’g’iting 1,5-2% dan 8%gacha bo’lishi kerak, kaliyli o’g’itlar
uchun 1-4% dan 5-6 % gacha bo’ladi, ohak tsnining namligi 1,5-4% dan oshmasligi
lozim.
Gigroskopikligi. Mineral o’g’itlarning xarakterli xususiyatlaridan biri bu
havodagi namlikni o’ziga yutishidir. Gigroskopiklik 10 ballik sistma bilan
baholanadi.
Kuchli gigroskopik o’g’itlarga kaltsiy nitrat kiradi, uning gigroskopikligi 9,5
ga, ammiakli selitraniki 9,3 ga, mochevina 3,6 ga, donador qo’sh superfosfatniki 4,7
ga tengdir. Yuqori gigroskopiklik o’g’itlarni qovushtiradi, donachalarning
mustahkamligi kamayadi. Soqiluvchanligi kamayadi. Mineral o’g’itlarning bir joydan
ikkinchi joyga olib borish uchun ularning gigroskopikligi 3 ballga teng bo’lishi va
undan past bo’lishi kerak. 4-6 ballga teng gigroskopiklikka ega bo’lgan o’g’itlarni
bitum shimdirilgan qabat qatlamli qog’oz qoplarda yokislotali polietilen qoplarda
tashiladi. Gigroskopikligi 7-10 ga teng o’g’itlarni faqat germetik idishlarda saqlanishi
lozim (polietilen).
Mushtlashib qotib qolishi.
Mineral o’g’itlarning bu xususiyatlari bir qator omillarga bog’liq. Uning
namligiga gigroskopikligiga, donadorlik tarkibiga, saqlanish sharoitlari va vaqtiga
bog’liq. O’g’itlarning bu xossasi 7 ballik sistema bo’yicha baholanadi.
Kuchli mushtlashib qoladigan o’g’itlarga 0,2 -1 mm o’lchamli fraktsiyadagi
karbomid oddiy tolqon superfosfat kiradi 7 ball, donador ammoniylashgan
superfosfat, kaliy xlorid va silvinid 6 ballga teng. Karbonid 1-2, sulfat ammoniy 2-3,
ammiakli selitra 2-4.
Amalda kaliy sulfat, kaliy magniziya o’g’itlarni mushtlashib qolmaydi.
Sochiluvchanlik. Mineral o’g’itlarning bu xususiyatlari biirnchi navbatda uning
donadorlik tarkibiga, xarakatchanligiga, donalarning mustahkamligiga bog’liq.
Mineral o’g’itlarning bu xossalari 12 balli sistemada baholanadi. Mineral
o’g’itlarning bu xususiyatlari ularning xar xil mexanizmlari bilan yerga sepadigan
paytda ekin maydonlari yuzasiga bir tekisda sochilib tushishida muhim ahamiyatga
ega.
Donadorlik tarkibi. Bu o’g’itlar donadorlikning o’lchami bo’lib xar xil
o’lchamdagi elakdan o’tkazish yo’li bilan aniqlanadi. Har xil fraktsiyalarning foiz
miqdori o’g’itlarning qotib qolishi va sochiluvchanligiga taosir qiladi. Bir xil
o’lchamga ega bo’lgan o’g’itlarni mexanizmlar bilan yerga sepilganda agregatning
qamrov kengligiga mos ravishda tushadi.
Donachalarning
mustahkamligi.
Bu
mineral
o’g’itlarning
namligiga
donachalarning o’lchami va shakliga bog’liq. Donachalarning mustahkamligini
muhanik usulda katta kuch bilan singirish yokislotali parchalash bilan maxsus
moslamalarda olib boriladi.
AZOTNING O’SIMLIKLAR OZIQLANISHIDAGI ROLI
Azot bu o’simliklarning oziqlanishida eng muhim elementlardan biridir. Azot
hamma oddiy va murakkab oqsillar tarkibiga kiradigan element bo’lib bu o’simlik
hujayrasi tsitoplazmasining tarkibiy qismini tashkil etadi. Organizmlardagi moddalar
almashinuvi jarayonida muhim ahamiyatga ega bo’lgan RNK va DNK tarkibiga
kiradi.
Azot xlorofill tarkibida fosfatlar, alkaloidlar, fermentlar va boshqa o’simlik
hujayrasidagi organik moddalar tarkibiga kiradi.
O’simliklarning oziqlanishi uchun azotning bosh manba bu azot kislota va
ammoniy tuzlaridir.
O’simliklarga mineral shaklda qabul qilingan oddiy oqsil molekulalari
tarkibiga kirishgacha borgan murakkab jarayonlarni bosib o’tadi.
Oqsillar, aminokislotalardan sintez qilinadi, qaysiki ular organik kislotalarning
ketonguruxlarini ammiak bilan o’zaro taosiri natijasida hosil bo’ladi.
Aminokislotalarning sintezi uchun azotning qaytarilgan shakli zarur. Agar
o’simliklarda uglevod yetarli darajada bo’lsa, nitritlar o’simliklarning ildizidayoq
ammiakkacha qaytariladi.
Azotning asosiy manbalari bu atmosferadagi gaz holidagi azot, tuproqdagi
nitrat va ammoniy ko’rinishidagi azotdir.
O’simliklardagi nitratlarning fermentlar yordamida qaytarilishi uglevodlarning
oksidlanishi natijasida ro’y beradi va quyidagi sxemada boradi.
Bu jarayon 4 bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqichda nitratlar nitrotreduktaza
fermenti taosirida nitratlargacha qaytariladi.
2-bosqichda nitritreduktaza fermenti taosirida nitritlar giponitritgacha
qaytariladi.
3-bosqichda giponitrireduktaza fermenti taosirida gidroksilamin hosil bo’ladi.
4-bosqichda gidroksilamin reduktaza fermenti taosirida ammiakkacha
qaytariladi.
Nitratlarning ammiakgacha qaytarilishi jarayonida molibden, mis, temir va
marganets ishtirok etadi.
Nitrat shaklidagi azot o’simliklarda azotningchagina to’planishi mumkin.
Lekin nitratlarning sabzavotlarda, yem-xashaklarda va boshqa o’simliklar
mahsulotlarida meyoridan ko’p to’planishi ularni istemol qiladigan hayvon va
odamlar organizmiga zararli taosir ko’rsatishi mumkin.
Ammiak yuqori o’simliklarda erkin holda oz miqdorda uchrashi mumkin.
Lekin uning ko’p miqdorda to’planishi ayniqsa uglevodlar yetishmagan sharoitda
o’simliklarni zaxarlashga olib keladi.
O’simliklarni azotning yutishi va uning oqsil hamda boshqa azotli organik
birikmalarning hosil bo’lishida foydalanish butun o’suv davrida amalga oshiriladi.
Azotni o’simliklar tomonidan tuproqdan eng ko’p qabul qilinishi va uni
aminokislotalar va oqsillar sintezi uchun foydalanishi o’suv organlari poyasi va
barglari hamda hsil elementlari paydo bo’lgan davrga to’g’ri keladi.
Azot yetishmasligi oqibatida o’simliklarning o’sishi birdan yomanlashadi,
ayniqsa azot yetishmasligi barglarning rivojlanishida yaqqol ko’rinadi.
SHuningdek, hosil elementlarining paydo bo’lishi va rivojlanishi ham
yomonlashadi. Natijada olingan hosil sezilarli darajada ortadi va undagi oqsil
moddalarning miqdori ham ko’payadi. Lekin azot bilan bir tomonlama ko’p
oziqlatirish ayniqsa o’suv davrining 2-yarmida hosilning yetilishini kechiktirib
yuboradi. Lekin don, tuganaklar, kartoshka, paxta hosili va boshqalar kamayib ketadi.
D.N.Pryanishnikov va uning shogirdlari olib borgan ishlari ammiak va nitrat
azoti muayyan sharoitlarda o’simliklar uchun azotning teng qimmatli manbai bo’lishi
mumkinligini isbotlagan.
Lekin o’simliklarning ammiak va nitrat azotidan foydalanishi bir qator ishlab
chiqarishki va tashqi omillarga ekinning biologik xususiyatlariga, o’simliklarning
uglevodlar bilan taminlanganlik darajasiga muhit reaktsiyasiga, kaltsiy, magniy,
kaliy, fosfor va mikro elementlarning bor yo’qligiga bog’liq. Kal’tsiy, magniy va
kaliy miqdorining ko’p bo’lishi ammiakli azotning o’zlashtirilishi uchun yaxshi
sharoit yaratadi, nitratli azot bilan oziqlantirishda esa fosfor yetarli bo’lishi kerak.
Molibdenning yetishmasligi nitratlarning qaytarilishini sekinlashtiradi va
o’simliklarning nitrat azotini assimilyatsiya qilishini seklab qo’yadi.
TUPROQ TARKIBIDAGI AZOT VA UNING BIRIKMALARI
Er qobig’idagi azotning miqdori A.P.Vinogradov maolumotiga ko’ra 2,3*10
-2
% ni yokislotali uning umumiy zahirasi o’nlab mlrd tonnani tashkil etadi. Tuproq
tarkibidagi azotning asosiy qismi organik birikmalar ko’rinishida bo’ladi.
Bundan tashqari, azotning bir qismi yer qobig’ida ammoniylar
almashinmaydigan ion ko’rinishida alyumoslikatlarning kristall panjaralarida
ushlanib qoladi.
Tuproq tarkibidagi azotning umumiy miqdori uning tarkibidagi organik
moddalarning miqdoriga bog’liqdir. Azotning eng ko’p miqdori chirindiga boy
bo’lgan qora tuproqlarda kam miqdori esa chirindi bilan kam taminlangan chimli
podzol va bo’z tuproqlarda.
Masalan, os tusli bo’z tuproqlarda 0,07-0,22 %, tipik bo’z tuproqlarda 0,1-0,2
%, to’q tusli bo’z tuproqlarda 0,35-0,40 %. 1 gektar yerning haydov qatlamidagi
azotning umumiy zahirasi turli tuproqlarda turlicha bo’ladi. qumoq tarkibli chimli
podzol tuproqlarda 1,5 t bo’lsa, unumdor qora tuproqlarda esa 15 t ni tashkil etadi.
Tuproqlar
umumiy azot
%
ga/t
CHimli-podzol tuproqlarda
Kulrang o’rmon tuproqlarda
Ishqorsizlangan qora tuproqlarda
Unumdor qora tuproqlarda
Oddiy qora tuproqlarda
Kashtan tuproqlarda
Bo’z tuproqlarda
Qizil tuproqlarda
Lekin qishloq xo’jalik ekinlarining azot bilan taminlanishi tuproq tarkibidagi
umumiy miqdorga emas, balki uning o’simliklarga o’zlasha oladigan shakliga
bog’liqdir.
Tuproq tarkibidagi o’simliklarga o’zlasha odadigan azot nitrat ioni va
almashinuvchi ammoniy ioni krinishida bo’lib, 1% ni tashkil etadi.
Tuproq tarkibidagi azotli organik birikmalarning parchalanishi quyidagi sxema
bo’yicha boradi:
Oqsillar, gumin moddalar
aminokislotalar, amidlar ammiak nitritlar
nitratlargacha.
Azotli organik moddalarning ammiakkacha parchalanishi yokislotali
qaytarilishi ammonifikatsiya deyiladi.
Ammonifikatsiya jarayoni aerob va anaerob mikroorganizmlarning katta
guruhlari itirokida amalga oshiriladi.
Bu biokimyoviy jarayon natijasida hosil bo’lgan ammiak tuproqdagi har xil
kislotalar bilan reaktsiyaga kirishadi va o’simliklar uchun azot manbi bo’lgan tuzlar
hosil bo’ladi.
Ammoniikatsiya jarayoni hamma tuproqlarda turli xil reaktsiyali sharoitlarda,
xavo ishtirokida yokislotali havosiz sharoitda boradi, lekin anaerob sharoitda kuchli
kislotali va ishqorli muhitda kuchli darajada sekinlashadi.
Anaerob sharoitlarda azotli organik moddalar ammiakgacha parchalanadi.
Nitrifikatsiya jarayoni maxsus bakteriyalar ishtirokida amalga oshiriladi, bunda
ketma-ket bo’ladigan ikki xil biokimyoviy jarayon natijasida tuproqdagi ammiak
dastlab nitrit kislota, so’ngra esa nitrat kislotaga aylanadi.
Ammiakning bu xildagi oksidlanishi nitrifikatsiya jarayoni deyiladi.
Nitrifikatsiya jarayoni natijasida paydo bo’lgan nitrat kislota tezgina
tuproqdagi kationlar bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishib kaltsiy nitrat, magniy nitrat
kabi tuzlarni hosil qiladi.
Nitrifikatsiya jarayonida qatnashadigan bakteriyalar aerob, yani kislorod taolab
mikroorganizmlardir.
Kislotali (rN=6-3) podzol va botqoq tuproqlardan tashqari hamma tuproqlarda
ana shunday bakteriyalar juda ko’p miqdorda uchraydi, ular ishtirokida
mikrobiologik jarayonlar rivojlanadi.
A.N.Lebedyantsev maolumotlariga ko’ra, agarda tuproqda azotli organik
moddalarning zaxirasi yetarli bo’lsa, nitrifikatsiya jarayoni natijasida bir yilda 1
kilogramm tuproqda 100 mg nitrat to’planadi yokislotali 1 gektarda 300 kilogrammga
to’g’ri keladi.
Bulardan tashqari atmosferadgi erkin molekulyar azotni o’zlashtiradigan
mikroorganizmlar ham bo’ladi. Ko’pchilik yashil o’simliklar ham huddi shnday
xususiyatlarga ega. Bu xildagi bakteriyalar atmosferadagi erkin molekulyar azotni o’z
tanasiga o’zlashtirib, uni murakkab moddalarga aylantiradi. Natijada bu
mikrobiologik jarayon tufayli tuproqda azotli moddalar ko’plab to’planadi.
Atmosferadagi molekulyar azotni o’zlashtiradigan tuproq bakteriyalarining 2
turi, erkin yashovchi aerob va anaerob bateriyalar hamda dukkali ekinlar ildizida ular
bilan birgalikda yashaydigan tuganak bakteriyalar tarqalgan.
O’simliklarning turi, tuproq tipi va olib boriladigan agrokimyoviy tadbirlarning
sifatiga qarab, tuganak bakteriyalari byuir gektar ekin maydonida bir mavsumda 100-
150 kilogrammgacha azotni o’zlashtiradi. Haroratning va tuproq muhiti reaktsiyasi
neytralga yaqin bo’lishi tuganak bakteriyalari uchun eng qulay sharoit hisoblanadi.
Tuganak bakteriyalari o’zlashtirgan va organik modda holida bo’lgan azot ular nobud
bo’lgandn keyin parchalanib, o’simliklar ildiziga oson singadigan azot tuzlarini hosil
qiladi.
DEHQONCHILIKDA AZOTNING AYLANISHI
Tuproq tarkibidagi azotning umumiy zapasi, shuningdek uning tuproqdagi
mineral birikmalarning miqdori har doim o’zgarib turadi, yani bir tomondan azotning
sarf bo’lishi, ikkinchi tomondan uning to’ldirilib turilishidir. Tuproq tarkibidagi
azotning sarf etilishi uni o’simliklar tomonidan foydalanishi va hosil bilan chiqib
ketishi, shuningdek eroziya va denitrifikatsiya jarayonlari natijasida yo’qolishidir.
Suv va shamol eroziyasi vaqtida tuproq zarrachalari bilan birga chirindi
moddalari ham yo’qoladi. Bu esa tuproqda chirindi va umumiy azotning kamayishiga
olib keladi.
Tuproq tarkibidagi mineral shakldagi azot ammoniy va nitrat ionlarining
organik moddalarga aylanishi natijasida kamayadi.
O’simliklarga o’zlasha oladigan azot nitratlarning tuproq chuqur qatlamlariga
yuvilishi va denitrifikatsiya jarayonida eng ko’p miqdorda yo’qoladi.
Nitratlar juda harakatchazotning bo’lganligi sababli, ular sizot suvlarigacha
yuvilishi mumkin va uni o’simliklar qayta ololmaydilar. Ntiratlar tuproq tarkibida
ham vertikal yo’nalish bo’yicha ham gorizontal yo’nalish bo’yicha xarakatlanadi. Bu
holat erta bahorda va kuzda ayniqsa yaqqol bilinadi.
Nitratlarning yuvilish darajasi iqlim sharoitiga, tuproqqa ilov berishga,
dalaning o’simliklar bilan qoplangalik darajasiga va ekin maydonlarini band
ilganligiga bog’liqdir.
Agar maydon o’simliklar bilan qoplangan bo’lsa, nitratlarni yuqilishdan
saqlaydi, chunki o’simliklarning ildizlari nitratlarni maolum miqdorda o’zlariga
singdiradi. SHuning uchun o’suv devorida tuproqdan nitratlar kam yuviladi.
Nitratlarning yuvilishi, asosan bahorda va kuzda sodir bo’ladi, chunki bu
paytda maydonlarda o’simliklar bo’lmaydi. Sug’orilib dehqonchilik qilinadigan
sharoitda to’g’ri sug’orish sistemasi tashkil etilsa, tuproq suvlari sizot suvlari bilan
tutashmagan vaqtda, nitratlar yuvilishidan saqlanadi.
Sug’orish suvlari bilan tuproqning pastki qatlamlarigacha tushgan nitratlar
keyinchalik parlanish natijasida yuqoriga ko’tariladi.
Nitratlarning yuvilishi tuproqlarning mexanik tarkibiga ham bog’liq. Mexanik
tarkibi yengil, toshloq, qumli va qumoq tuproqlarda nitratlar mexanik tarkibi og’ir
tuproqlarga nisbatan ko’p yuviladi. (1 ga dan 20-30 kilogramm).
Tuproq tarkibidan azot, asosan gaz holida, denitrifikatsiya hodisasi natijasida
yo’qoladi. Tuproq tarkibidagi azotning kamayishiga qishloq xo’jalik ekinlarining
hosili bilan chiqib ketishi ham sabab bo’ladi.
NAZORAT SAVOLLARI
1.
O’g’itlar necha guruhga bo’linadi?
2.
Saoatda ishlab chiqarilgan o’g’itlarga, mahalliy o’g’itlarga qaysilar kiradi?
3.
Mineral o’g’itlar qanday xususiyatlarga ega?
4.
Mineral o’g’itlarning gigroskopikligi nima va u qanday ahamiyatga ega?
5.
Mineral o’g’itlarning sochiluvchanligi nima va uning ahamiyati?
6.
Mineral o’g’itlarni saqlashda qanday amillarni hisobga olish lozim?
7.
O’simliklar uchun azotning asosiy manbalari qaysilar?
8.
Tuproq tarkibidagi azotning asosiy qismi qanday ko’rinishda bo’ladi?
9.
Tuproq tarkibidagi o’simlikka o’zlasha oladigan azot necha % ni tashkil
etadi?
10. Ammonifikatsiya jarayoni deb nimaga aytiladi va uning ahamiyati?
11. Nitrifikatsiya hodisasi nima va uning ahamiyatini izohlang.
12. Atmosfera erkin azotning bog’lashda qaysi mikroorganizmlar itirok etadi
va bu hoisani mohiyatini gapiring.
13. Tuproq tarkibidagi azotning sarflanish qismini ko’rsating?
Adabiyotlar
1.
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989.
2.
Agroximiya. Pod. red . V.M.Klechkovskogo i prof. A.V,Peterburgskogo.
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 3-8 str.
3.
Spravochnik po udobreniyam. Moskva, Izd-vo, Kolos. 1964.
9-MA’RUZA: AZOTLI O’G’ITLARNI ISHLAB CHIQARISH. ULARNING
TURLARI, YILLIK MEOYORLARI VA YERGA
SOLISH MUDDATLARI
REJA:
1.
Sanoatda azotli o’g’itlarning ishlab chiqarilishi.
2.
Azotli o’g’itlarning turlar va ularning tavsifi.
3.
Ammiakli selitraning tuproq bilan o’zaro munosabati.
4.
Mochevinaning tuproq bilan o’zaro munosabati.
5.
Azotli o’g’itlarning yillik normalari.
6.
Azotli o’g’itlarning samaradorligi va uni yaxshilash yo’llari.
7.
Tayanch iboralar
8.
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
9.
Foydalanilgan adabiyotlar
Sanoatda azotli o’g’itlarning ishlab chiqarilishi.
Ammiak sintezi. Sanoatda azotli o’g’itlar ishlab chiqarish molekulyar azot va
vodoroddan ammiak sintez qilishga asoslangan.
Ammiak sintezi atmosfera azotini bog’lanishning juda muhim usulidir. Sintez
jarayonida azot yonamunalaryotgan koksli generatorga havoni quyish yo’li bilan
olinadi, vodorod manbai esa metanga boy bo’lgan tabiiy gazdan yokislotali qisman
koks pechlaridan chiqib ketayotgan gazlardan olinadi.
Sintetik ammiak ishlab chiqarishda 3 hajm vodorod va 1 ham azot aralashmasi
kompressorlar bilan so’riladi va zaruriy bosimgacha siqiladi.
So’ngra vodorod azot aralashmasini tozalash maqsadida moy ajratkichdan va
qizdirilgan ko’mir to’ldirilgan filtrdan o’tkaziladi.
Tozalangan aralashma katalizatorlikontakt apparatiga yuboriladi. Bu yerda
400-500 S harorat, yuqori bosim ostida va katalizatorlar ishtirokida azot vodorod
bilan reaktsiyaga kirishadi va gaz holidagi ammiak hosil bo’ladi. hosil bo’lgan gaz
holidagi ammiak sovitilishi natijasida suyuq ammiakgacha aylanadi:
Olingan ammiakni kislorod bilan oksidjlab, ammoniy tuzlari va nitrat kislota
olish uchun foydalaniladi:
Olingan nitra kislota natriyli va ammiak -nitratli o’g’itlar ishlab chiqarish
uchun foydalaniladi.
Sintetik ammiak va nitrat kislotalar azotli mineral o’g’itlar ishlab chiqarish
uchun foydalaniladigan asosiy xom ashyodir.
AZOTLI O’G’ITLARNING TURLARI
Hozirgi vaqtda quyidagi azotli o’g’itlar ishlab chiqariladi6
1) nitratli azotli o’g’itlar - natriy nitrat, kaltsiy nitrat
2) ammoniyli va ammiakli azotli o’g’itlar - ammoniy sulfat, ammoniy xlorid,
ammiakning suvdagi eritmasi.
3) ammiak nitratli -ammiakli selitra, ohak - ammiakli selitra, suyuq
ammiakatlar.
4) Amidli azotli o’g’itlar - mochevina kaltsiy tseonidi.
1.
Natriyli azotli o’g’itlar. Ularga asosan antriy nitrat va kaltsiy nitrat tuzlari
kiradi.
Uzoq vaqtgacha bu guruhning yagona vakili chili selitrasi bo’lib, u tabiiy holda
qazib olingan.
Atmosfera azotini bog’lash usuli kashf etilishi munosabati bilan hozirgi kunda
sintetik selitra ishlab chiqarilmoqda.
Natriyli selitra - uning tarkibidagi azotning miqdori 15-16 % ni tashkil etib, 26
% natriy bo’ladi.
Kaltsiyli selitra - tarkibida 13-15 % azot bor. Bu selitra 40-48 % li nitrat
kislotani mel yokislotali ohak bilan neytrallash yo’li bilan olinadi.
Natriy nitrat va kaltsiy nitrat tuzlari tuproq eritmasida tezda eriydi va bu
selitralar tuproqni singdirish kompleksi bilan almashinuvchi reaktsiyaga
kirishadi.
Natriy va kaltsiy kationlarini tuproq singdiradi. Tuproq singdirish
kompleksidan kaltsiy va vodorod kationlari tomonidan siqib chiqarilgan nitrat
kislota anioni kaltsiy nitrat va nitrat kislotani hosil qiladi.
Natriyli va kaltsiyli selitralar ildizmevali ekinlarga ishlatiladi.
Bu o’g’itlar chimli podzol tuproqlarda yaxshi samara beradi. Bu o’g’itlarni
kuzgi ekinlarni va chopiq talab ekinlarni ekishdan oldin, ekish bilan birga
qatorlarga va oziqlantirishda qo’llaniladi.
Natriyli selitra ayniqsa qand lavlagining urug’ini ekish bilan birga solinganda
yashi samara beradi.
CHimli podzol tuproqlarda kaltsiy nitratning ishlatilishi va samaradorligi
bo’yicha oldingi o’rinda turadi.
Bu tuproqda kaltsiyli selitra solinganda TSK kaltsiy bilan boyiydi. Tuproq
eritmasida kaltsiy bikarbonat hosil bo’ladi va natijada tuproq kislotaliligini
netrallaydi. Natriyli selitrani sho’rlangan va sho’rtop yerlarga solinishi tavsiya
etilmaydi.
2.
Ammoniyli va ammiakli azotli o’g’itlar jumlasiga aamoniy sulfati kiradi.
Tarkibidagi azoti 20,5-21 % ni tashkil etadi. Ammoniy sulfat dunyoda ishlab
chiqarilayotgan azotli o’g’itlarning 25 % ni tashkil etadi. Ammoniy sulfat
suvda yaxshi eriydi. Suyuqlanganda qotib qolmaydi. Gigroskopikligi uncha
katta emas. Sochiluvchanligi yaxshi kristal ko’rinishidagi tuz, rangi oq,
namligi 0,2-0,3 % dan oshmasligi lozim.
Ammoniy natriy sulfat tarkibidagi azoti 16 % dan kam emas. Rangi sariq.
Natriy sulfat, 20-25 % ni, natriy oksidi 9 % ni tashkil etadi.
Ammoniy xlorid tarkibidagi azoti 24-25 %, xlori esa 66,6 % ni tashkil etadi.
Suvda yaxshi eriydi, gigroskopikligi kam, saqlanganda qotib qolmaydi.
Ammoniy karbonat - tarkibidagi azoti 21-24 %, ochiq havoda ammiak ajralib
turadi va tezda ammoniy bikarbonatga aylanadi.
Ammoniy bikarbonat - tarkibida 17 % ga yaqin azot bor.
Tuproqqa solingan ammoniy sulfat tezda eriydi va tuproqni qattiq fazasidagi
kationlar bilan almashinish reaktsiyasiga kirishadi.
Tuproq tarkibida erigan o’g’itning ammoniy kationi tuproqni singdirish
kompleksiga o’tadi va eritmada esa ekvivalent miqdorda boshqa kation qoladi.
Singdirilgan ammoniy kationi o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi.
Tuproq singdirish kompleksiga singdirilgan ammoniy ioni kam harakatchan
bo’lib qoladi. Bu esa ammoniy sul’fatdagi azotning yuvilishini oldini oladi.
Nitrifikatsiya jarayoni natijasida ammoniy sulfatning azoti nitrat shakliga
o’tadi. Nitrat shaklidagi azot tuproq, kolloid zarrachalariga singimaydi.
Eimaydigan tuzlar hosil qilmaydi. Tuproq eritmasiga qoladi.
Bu esa o’simliklarning ildizidan tezda qabul qilishiga sharoit tug’diradi. bu
o’g’itlarni kislotali muhitga ega bo’lgan tuproqlarda qo’llashni tavsiya
etilmaydi.
Suyuq ammiakli o’g’itlar.
1.
Suvsiz ammiak - tarkibidagi azoti 82,3 % ni tashkil etib, eng yuqori
kontsentratsiyali o’g’it hisoblanadi. Gaz holidagi ammiakni suyultirish
yo’li bilan olinadi. Ochiq idishda saqlash mumkin emas.
2.
Ammiakli suv yoki ammiakning suvdagi eritmasi. Ikki xil navda ishlab
chiqariladi. 1 navidagi azot 20,5 %, 2-navidagi azot - 16,4 % ni tashkil
etadi.
3.
Ammiak - nitratli azotli o’g’itlarga ammiakli selitra kiradi. Tarkibidagi
ham ammiakli ham nitratli azoti 34,6 % ni tashkil etadi. 56-60 % li nitrat
kislotasini gaz holidai ammiak bilan neytrallash natijasida olinadi.
Ammiakli selitrani ajratib olish uchun eritma 95-98 % gacha parlatiladi. Qayta
kristallanadi va quritiladi.
Natijada oqilona foydalanish rangli kristall tarkibida 98-99 % ammoniy nitrat
bor modda olinadi.
Ammoniy nitratning gigroskopikligi juda yuqori, ochiq havoda namli juda tez
tortadi va qotib qoladi.
Qotib qolishini kamaytirish uchun oz miqdorda tuyulgan fosforit uni, gips,
kaolinit qo’shiladi.
Qo’shilgan qo’shimcha moddalar selitraga o’ziga xos rang beradi.
4.
Amid shaklida azoti bor o’g’itlar. Bunday o’g’itlar jumlasiga mochevina
kiradi, uning tarkibidagi azoti 46 % dan kam emas. Mochevina karbonat
angidrid gazi bilan ammiakni yuqori bosim va harorat ishtirokidagi o’zaro
taosiri natijasida olinadi.
Mochevina oq rangli kristall modda, hozirgi vaqtda donador qilib ishlab
chiqarilmoqda. Suvda juda yaxshi eriydi. Gigroskopikligi 20 % gacha uncha katta
emas, lekin haroratning ko’tarilib borishi natijasida uning bu xususiyati kuchayib
boradi.
Donador mochevina qotib qolmaydi. Saqlanish davrida sochiluvchanligi yaxshi
saqlanadi. Donachalarining ustki qatlami yupqa yog’ qatlami bilan qoplanadi.
Mochevinani donadorlashtirish maqsadida yuqori harorat taosirida biuret moddasi
hosil bo’ladi.
Biuretning miqdori mochevina tarkibida 3 % dan oshmasligi olzim. Biuret
zaharli modda bo’lganligi uchun 3 % dan ortib ketsa, o’simlikni halok qiladi.
Hozirgi vaqtda sanoatda ishlab chiqarilayotgan mochevinada biuretning
miqdori 1 % dan oshmaydi.
Bu esa o’simliklarga zarar ko’rsatmaydi.
Kaltsiy tsianamid tarkibida 20-22 % azoti bor. texnik maxsulot sifatida uning
tarkibiga 58-60 % katsiy tsianid 20-28 % kaltsiy oksid, 9-12 % ko’mir va oz
miqdorda kremniy kislota, temir oksidi, alyuminiy oksidi va kaltsiy karbidi kiradi.
Kaltsiy tsianidning tashqi ko’rinishi yengil mayda qora yoki to’q kulrang poroshok.
U bilan ishlaganda ehtiyot bo’lib ishlash lozim. CHunki teriga va ko’zga tushsa
kuydiradi.
Kaltsiy tsianid tuproqqa solingandan so’ng gidrolizga uchraydi va TSK bilan
o’zaro taosirga kirishadi.
Hosil bo’lgan tsianid o’simliklar uchun zaharlidir. Lekin u tezlik bilan
mochevinaga aylanadi.
Kaltsiy tsianamid ishqoriy reaktsiyali o’g’itdir, chunki uning tarkibida kaltsiy
oksidining aralashmalari bor.
Bu o’g’itni chimli-podzol tuproqlarda sistemali ravishda ishlatilishi uning fizik
xususiyatlarini ancha yaxshilaydi.
Kaltsiy tsianamidning o’simliklarga zararli taosirini yqotish uchun bahorda uni
yerga ekishdan 7-10 kun oldin solish lozim yoki kuzda haydov ostiga solish lozim.
Kal’tsiy tsianamidni o’simliklarni oziqlantirishda foydalanish mumkin emas.
AMMIAKLI SELITRANING TUPROQ BILAN O’ZARO MUNOSABATI
Ammiakli selitra tuproqning namida tezda to’la eriydi. D.N.Pryanishnikov
laboratoriyasida olib borilgan tajribalarda shu narsa aniqlanganki, o’simlik ammiakli
selitradan ammoniy kationini nitrat anioniga nisbatan tez va ko’p qabul qiladi.
SHuning uchun ammiakli selitra fiziologik kislotali o’g’itlar jumlasiga kiradi. Lekin
uning kislotalilik xususiyati boshqa ammiakli o’g’itlarga nisbatan ancha past.
Tuproqqa solingan ammiakli selitra TSK bilan reaktsiyaga kirishadi.
Natijada ammoni kationi tuproq kolloidlar bilan birikadi va eritmada qolgan
nitrat anioni kaltsiy yoki magniy tuzlarini hosil qiladi. Asoslar bilan to’yingan qora
va bo’z tuproqlarda hatto doimiy ravishda ammiakli selitra yuqori dozalarda
ishlatilganda ham tuproq muhitida kislotalilik sodir etilmaydi.
Tuproqda kaltsiy yetishmaganda esa tuproq eritmasida kislotalilik muhiti
yuzaga keladi.
Bunday kislotalilik vaqtinchalik harakterga ega bo’lib, o’simliklar tomonidan
nitratlar o’zlashtirilgandan so’ng yo’qoladi.
Lekin ammiakli selitrani uzoq vaqt mobaynida ishlatilishi yengil mexanik
tarkibli buferliligi past bo’lgan chimli podzol tuproqlarda kislotalilik xususiyati
ko’payishi mumkin. SHuning uchun kislotali muhitga chidamli bo’lgan ekinlarga
solinganda uning samaradorligi pasayadi.
Ammiakli selitrada yarim azot ammony shaklida qaysiki, tuproqqa solingandan
so’ng tuproq kolloidlarga singadi. Yarmisi esa tuproq eritmasida qoladigan o’ta
harakatchazotning bo’lgan nitrat anioni ko’rinishidadir.
Bundan tashqari tuproqqa solingan ammiakli selitraning ammoniyli va nitratli
azotlarini o’simliklardan tashqari mikroorganizmlar ham istemol qiladi. SHuning
natijasida uning bir qismi o’simliklarda o’zlashtirilgan murakkab organik birikmalar
ko’rinishiga o’tadi. Maolum vaqtlar o’tishi bilan mikroorganizmlar halok bo’lib,
chirigandan so’ng ularning tarkibidagi azot minerallashib yana o’simliklarga ozuqa
sifatida foydalaniladi. ularning bir qismi esa mikrob oqsillarining parchalanishi
natijasida chirindi moddalariga aylanaib uzoq muddat o’simliklarga o’zlashmay
saqlanadi.
Ammiakli selitraning ishlatilishi.
Ammiakli selitra samaradorgigi jihatidan azotli o’g’itlar orasida 1-o’rinda
turadi. Uni hamma tuproqlarda turli hil ekinlar uchun foydalanish mumkin. Kislotalik
buferliligi oz bo’lgan chimli podzol tuproqlarda ishlatish uchun ularni avval ohaklash
lozim. Ammiakli selitraning potentsial kislotaligini ohak yoki dolomit bilan
neytrallash lozim.
Bu o’g’itni o’ta nam iqlimli sharoitda mexanik tarkibi yengil tuproqlarda kuzda
haydov ostiga solib bo’lmaydi. SHo’ri yuvilmaydigan iqlimi quruq joylarda esa
kuzda solinsa ham bo’ladi.
Bizning sharoitda asosan kuzda solinmaydi, bahorda g’allali ekinlarni
oziqlantirishda ishlatiladi. Bir qismi ekish bilan birga qolgan qismi esa
oziqlantirishda beriladi.
MOCHEVINANING TUPROQ BILAN O’ZARO MUNOSABATI
Tuproqqa solinga mochevina tuproq namligida to’la eriydi va urobakteriyalar
ajratib chiqargan arolaza fermenti taosirida ammonifikatsiyaga uchraydi va ammoniy
karbonatga aylanadi.
Yaxshi sharoitda chirindiga boy tuproqlarda mochevinaning ammoniy
karbonatga aylanishi uchun 2-3 kun vaqt o’tadi. Unumdorligi past bo’lgan qumli va
botqoq tuproqlarda ammonifikatsiya juda sekin o’tadi.
Ammoniy karbonat turg’un birikma bo’lmaganligi sababli ochiq joyda
bikarbonat ammoniyga va ammiakka parchalanadi
SHuning uchu mochevinani yer yuziga sepilsa, yoki sayoz solinsa, nam yetarli
bo’lmasa, azot ammiak ko’rinishida havoga uchib ketadi.
Azotning bunday yo’qolishi neytral va ishqoriy reaktsiyaga ega bo’lgan
tuproqlarda ko’proq uchraydi.
Tuproqqa normal holatda solinganda hosil bo’lgan ammoniy karbonat
gidrolizga uchraydi va natijada ammoniy bikarbonat va ammoniy gidroksid hosil
bo’ladi.
Mochevinani tuproqqa solinganda hosil bo’lgan ammoniy kationi tuproq
kolloidlariga singdiriladi va o’simliklar tomonidan asta-sekin o’zlashtiriladi.
Mochevinaning ishlatilishi.
Mochevina hamma tuproqlarda har xil qishloq xo’jalik ekinlari uchun ekishdan
oldin solinadigan o’g’it sifatida ishlatiladi.
Nam yetarli bo’lgan mintaqalarda yengil mexanik tarkibli, chimli podzol
tuproqlarda va sug’oriladigan bo’z tuproqlarda kartoshka, qand lavlagi va sabzavot
ekinlariga solinganda mochevina ammiakli selitraga qaraganda ko’p samara
berganligi tajribada aniqlangan. Bu shu bilan tushuntiriladiki, mochevina tarkibidagi
amid shaklidagi azot tezlik bilan ammoniy shakliga o’tadi va tuproq kolloidlariga
singdiriladi hamda tuproqning chuqur qatlamlariga kam yuviladi. Erta bahorda kuzgi
ekinlarni oziqlantirishda ishlatiladi. Mochevinani ildizdan tashqari yani bargidan
oziqlantirishda ham foydalanish mumkin.
Bunday holda uning kristall holidagi o’g’itidan foydalanish lozim. CHunki
kristall holidagi mochevinada biuret miqdori kam.
Mochevinani ekish bilan birga solinganda u o’simlik niholini paydo bo’lishini
sekinlashtiradi , chunki uning parchalanishi vaqtida ildiz chiqayotgan va
rivojlanayotgan joyda juda ko’p erkin ammiak to’planadi. Mochevinani tuproqqa
solinayotganda bir tekis tushishi uchun uni ayniqsa oziqlantirishda boshqa o’g’itlar
bilan aralashtirib solinadi, chunki uning tarkibida azot ko’p bo’lganligi sababli yerga
solinayotgan miqdori boshqa azotli o’g’itlarnikiga qaraganda kam bo’ladi.
AZOTLI O’G’ITLARNING YILLIK NORMALARI
Azotli o’g’itlar hamma qishloq xo’jalik ekinlari uchun asosan oziqlantirishda
beriladi. Azotli o’g’itlarni ekilayotgan ekinning turiga, tuproq iqlim sharoitlariga,
ekinning biologik xususiyatlariga qarab har xil normada solinadi.
Har gektariga kilogramm/ga hisobida
1.
G’allali ekinlar - 50-60
2.
Bahorgi g’alla ekinlari - 30-60
3.
Makkajo’xori - 60-90
4.
Kartoshka - 60-90
5.
Pomidor - 180-200
6.
SHoli - 120-150
7.
Karam - 150-200
8.
Qand lavlagi - 120-150
9.
Kunjut - 100-120
10. Olxo’ri, shaftoli, malina, xurmo va b. - 60-90
11. Bodring - 150-200
12. Sabzi - 120-150
13. Piyoz - 180-200
14. G’o’za - 200-250
15. Tamaki - 60-90
16. CHoy - 150-200
AZOTLI O’G’ITLARNING SAMARADORLIGI
VA UNI YAXSHILASH YO’LLARI
Azotli o’g’itlar ko’pchilik tuproq -iqlim sharoitlarida yetishtiriladigan qishloq
xo’jalik ekinlaridan yuqori hosil yetishitirishda muhim rol o’ynaydi. Har bir t azotli
o’g’itlar hisobiga qo’shimcha ravishda 10-15 t dan 20-30 t gacha pichazotning, 30-40
t qand lavlagi 2 t zig’ir tolasi va 5-6 t paxta olinishi aniqlangan.
Azotli o’g’itlar faqat hosildorlikni oshiribgina qolmasdan, balki uning sifatini
ham yaxshilaydi.
Azotli o’g’itlarning samaradorgigi ayniqsa namlik bilan yetarli darajada
taminlangan noqora tuproq mintaqasida azot bilan juda kam taminlangan chimli
podzol tuproqlarda ishqorsizlangan qora tuproqlarda yuqoridir. SHimoldan janubga,
g’arbdan sharqa qarab harakatlanan sari azotli o’g’itlarning samaradorgigi kamayib
boradi. Janubiy sahro mintaqasida joylashgan xo’jalikarda azotli o’g’itlar
samaradorgigini oshirish uchun sug’orishni to’g’ridan o’lga qo’yish lozim. O’rta
Osiyo respublikalarida tarqalgan bo’z va boshqa tuproqlarda namlikni sug’orish
evaziga taminlab g’o’za va boshqa ekinlardan azotli o’g’itlardan foydalanish evaziga
yuqori hosil yetishtirilmoqda.
Denitrifikatsiya va nitratlarning yuvilishi natijasida tuproq va o’g’itlar
tarkibidagi azotning yo’qolishini kamaytirishning, shningdek suv manbalarini
ifloslanish xavfini yo’qotish va qishloq xo’jalik ekinlarini nitratlar miqdorini
kamaytirishni yo’llaridan biri bu nitrifikatsiya ingibitorlarini ishlatishdir.
Bu preparatlar tuproqqa 1 ga maydonga 0,5-2 kilogramm miqdorda solinganda
ammoniyli o’g’itlar bilan birga nitrifikatsiya jarayonini 1,5-2 oy to’xtatib turadi
hamda tuproq va o’g’itlarning mineral azotini ammoniy shaklida saqlab turadi.
Ingibitorlar o’g’itlar tarkibidagi azotning nitrifikatsiyasini to’xtatish bilan
uning gaz holida va nitratlarning yuvilishi natijasida yo’qolishini 1,5-2 marta
kamaytiradi.
T.M.Smirnov, E. A.Muravin maolumotlariga qaraganda, nitrifikatsiya
ingibitorlari sug’oriladigan dehqonchilik rayonlarida ayniqsa, g’o’zada va sholi
plantatsiyalarida ishlatilganda yetarli darajada namgarchilik bo’ladigan mintaqalarda
eng keng samara bergan.
NAZORAT SAVOLLARI
1.
Sanoatda azotli o’g’itlar qanday ishlab chiqariladi?
2.
Azot vodorod aralashmasi qanday nisbatda bo’ladi?
3.
Necha turdagi azotli o’g’itlar ishlab chiqariladi?
4.
Nitratli o’g’itlarga qaysilar kiradi?
5.
Ammoniyli va ammiakli o’g’itlarga qaysilar kiradi?
6.
Ammiak nitratli o’g’itlarni ayting?
7.
Amidli azotli o’g’itlar va ularning formulalarini yozing?
8.
Natriy nitratning TSK bilan o’zaro reaktsiyasini yozing?
9.
Ammiakli selitraning ammoniy va nitrat ko’rinishidagi azoti qachon
o’simliklar uchun o’zlashtira olmaydigan shaklga o’tadi?
10. Boshqa azotli o’g’itlardan farqli ravishda mochevinadan qanday
oziqlantirishda foydalaniladi?
11. Ammiakli selitraning qotib qolishini kamaytirish uchun qanday tadbirlar
qo’llaniladi?
12. Mochevinaning tarkibida biuret qancha bo’lishi kerak?
13. Nima uchun ammiakli selitra fiziologik kislotali o’g’itlar jumlasiga kiradi?
14. Molekulyarchevinaning
ammiakgacha
parchalanishi
jarayonini
reaktsiyasini yozing.
15. Azotli o’g’itlarning samaradorligini oshirish yo’llarini ko’rsating.
Adabiyotlar
1.
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989.
2.
Spravochnik po udobreniyam. Moskva, Izd-vo, Kolos. 1964.
3.
Udobreniya i osnovnqe usloviya ix effektivnogo primeneniya. Nauchnqe
trudq. M., Kolos. 1970.
4.
Udobreniya v xlopkovodstve. Trudq Soyuz NIXI, vqp. XXVI. Tashkent.
1974.
10-MA’RUZA: FOSFORLI O’G’ITLAR. FOSFORNING
O’SIMLIKLAR OZIQLANISHIDAGI ROLI. FOSFORLI O’G’ITLARNING
TURLARI, NORMALARI VA YERGA
SOLISH MUDDATLARI
REJA:
1.
Fosforning o’simliklar oziqlanishidagi roli.
2.
O’simliklar uchun fosfor birikmalari.
3.
Tuproq tarkibidagi fosfor birikmalari.
4.
Fosforli o’g’itlarning o’simliklar o’sishi, rivojlanishi, hosili va uning sifatiga
taosiri.
5.
Fosforli o’g’itlarning turlari, yillik meyorlari va yerga solish muddatlari.
6.
Tayanch iboralar
7.
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
8.
Foydalanilgan adabiyotlar
FOSFORNING O’SIMLIKLAR OZIQLANISHIDAGI ROLI
Fosfor ham azot singari o’simliklarning oziqlanishida eng muhim
elementlardan biridir. O’simliklar fosforni asosan ortofosfat kislotaning anianolari
holida o’zlashtiradi. Ular fosforni metafosfat va pirofosfat kislota tuzlaridan, ular
gidrolizlangandan so’ng o’zlashtirishi, shuningdek bazi organik fosfatlarning fitin
glyukoza fosfatlarning fosforini ham o’zlashtirishi mumkin.
Uch asosli kislota bo’lgan ortafosfat kislota rN 7-8 da va undan pastda
dissotsiyalanaib, bitta yoki 2 ta vodorod ajratib chiqaradi va ortafosfat kislota qoldig’i
anionlarini hosil qiladi.
Mineral fosfatlar o’simliklarning to’qimalarida oz miqdorda bo’ladi, lekin ular
hujayra shirsi bufer sistemasining vujudga kelishida muhim rol o’ynaydi va fosforli
organik birikmalar hosil qilish uchun zahira bo’lib xizmat qiladi.
O’simliklarda fosforning organik birikmalaridan nuklein kislotalar, azotli
asoslar, uglevodlarning molekulalari va fosfat kislotadan tarkib topgan murakkab
yuqori molekulyar moddalar eng muhim rol o’ynaydi. Ular organizmlar hayot
faoliyatining eng muhim jarayonlarida oqsil sintezida o’sish, ko’payish, irsiy
xususiyatlarning nasldan-naslga o’tishida ishtirok etadi. Nuklein kislotalar oqsillar
bilan kompleks hujayralarning tsitoplazmasi va yadrosini qurishda ishtirok etadigan
nukleotidlarni hosil qiladi.
Fosfor fosfidlar yoki fosfolipidlar tarkibiga kiradi. Ular oqsil lipidli hujayra
membranalarini hosil qiladi. Ularning turli moddalarni o’tkazishini tartibga solib
turadi.
O’simliklardagi fosforning azotningchagina miqdori fitin yani urug’larni zapas
moddasi tarkibiga kiradi. Bu modda o’simlikning o’sish, fosfor elementining manbai
sifatida foydalaniladi. O’simliklar to’qimalaridagi fosfor organik birikmalarning
muhim guruhi saxarofosfatlar bo’lib ular fotosintez jarayonida uglevodlarni sintez
bo’lishida va parchalanishida muhim ahamiyatga ega.
O’simliklarning hujayralarida fosfor energiya almashinuvida turli hil moddalar
almashinish jarayonida nihoyatda muhim rol o’ynaydi.
Fosfor uglevod va azot almashinishida fotosintez, nafash olish, achish, bijg’ish
jarayonlarida faol ishtirok etadi. O’simliklarda uglevodlarning turli tuman
o’zgarishlari uglevodlar molekulalariga fosfat kislotaning birikishidan yoki uning
ajralib chiqishidan, yani ularning fosforlanishi va defosforlanishidan boshlanadi.
Sintetik jarayonlarning amalga oshishi uchun energiyaga boy fosforli birikmalar
ayniqsa katta ahamiyatga ega. Ular orasida ATF asosiy rol o’ynaydi. ATF nafas olish
jarayonida ajralib chiqadigan fotosintezda to’planadigan asosiy energiya aktseptori va
turli xil sintetik jarayonlarning amalga oshishi uchun asosiy energiya taminotchisi
hisoblanadi.
Uglevod almashishida fosfor katta rol o’ynagani sababli fosforli o’g’itlar qand
lavlagida shakar to’planishiga, kartoshka tuganaklarida kraxmal to’planishiga va
boshqa jarayonlarga ijobiy taosir qiladi. Fosfor o’simliklarda azotli moddalar
almashinuvida ham muhim rol o’ynaydi.
O’simliklarning azotli va fosforli oziqlanishi orasidagi uzviy bog’lanish ham
ana shu jarayonlar bilan ifodalanadi.
Fosfor yetishmaganda oqsil sintezi buziladi va uning o’simlikdagi miqdori
kamayadi.
Azot singari fosfor ham o’simliklarning organik moddalar sintezlanish
jarayonlari intensiv boradigan reproduktiv va yosh o’suvchi organlarida hamda
qismlarida eng ko’p bo’ladi. Fosfor eskiroq barglardan o’sish zonasiga o’tish va
takpror foydalanishi mumkin, shu sababli o’simliklarda fosfor yetishmasligining
tashqi belgilari avvalo eski qari barglarda bilinadi.
O’simliklarda fosfor yetishmasligi yosh nihol paytida, xali rivojlanmagan ildiz
sistemasining o’zlashtirish qobiliyati past bo’lgan davrda ayniqsa yaqqol seziladi.
Bu davrda fosfor yetishmasligining salbiy taosirini keyinchalik fosfor bilan
ko’p oziqlantirish orqali ham tuzatib bo’lmaydi.
O’simlik fosforni vegetativ organlari intensiv o’sayotgan davrda eng ko’p
o’zlashtirsa ham o’sishning boshlang’ich davri fosforli oziqlanishiga nisbatan
olganda kritik davr xisoblanadi.
SHu sababli o’simlikni vegetatsiya boshlanishida oson eriydigan fosfor bilan
taminlash nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Reproduktiv organlarning shakllanish
davrida o’simliklarni fosfor bilan taminlashning muhim ahamiyati bor.
Bu davrda o’simliklarni Farg’ona bilan kuchli oziqlantirish reproduktiv
organlar hosil bo’lishini va o’simliklarning pishib yetilishini tezlashtiradi, hosilni va
uning sifatini oshiradi.
O’SIMLIKLAR UCHUN FOSFOR BIRIKMALARI
Tabiiy sharoitda o’simliklar uchun fosforning bosh manbai - bu ortafosfat
kislotaning tuzlaridir.
Lekin pirofosfat va polifosfatlar ham gidrolizdan keyin hamma o’simliklar
tomonidan foydalanishi mumkin. Metafosfatlarni esa gidrolizsiz ham foydalanadilar.
Lekin ularning ham asosiy massasi gidrolizga uchraydi.
Ortafosfat kislota uchta anionlarga dissotsilanadi.
Bulardan o’simliklar kuchsiz kislotali muhitda anionlardan foydalanadilar.
Ortafosfat kislota qoldig’ining anioni esa o’simliklarning oziqlanishida deyarli
ishtirok etmaydi.
- digidrofosfat ..................... kaltsiy digidrofosfat
- gidrofosfat ............................. kaltsiy gidrofosfat
- fosfat ...........................kaltsiy fosfat
Ortafosfat kislota va uning anionlarini turli muhit ko’rsatkichlari rNda
o’zlashtirilishi, %.
Kislota va
rN
uning anionlari
5
6
7
8
ortafosfat kislota
0,10
0,01
-
-
digidro fosfat kislota
97,99
83,68
33,90
4,88
fosfat kislota
1,91
16,32
66,10
95,12
fosfat ioni
-
-
-
0,01
Tuproq tarkibida uchraydigan ortafosfat kislotaning 1 valentli kationlarining
tuzlari suvda yaxshi eriyda va o’simliklar yaxshi o’zlashtiradi. Ortafosfat kislotaning
2 valentli kationlarining 2 o’rin almashinuvchi tuzlari suvda erimaydi, lekin kuchsiz
kislotalarda mikroorganizmlar hayot faoliyati davomida va o’simliklar ildizidan
tuproqqa ajralib chiqadigan organik kislotalarda ham eriydi.
SHuning uchun bu tuzlar o’simliklarning fosfor bilan oziqlanishida muhim
manba hisoblanadi. Lekin o’simliklarning shunday guruhi mavjudki, ular xudi shu
juda qiyin eriydigan va qiyin o’zlashtiradigan kaltsiy fosfat bilan oziqlanadi. Bunday
o’simliklarga lyupin, gretsixa, gorchitsa, sal kam o’zlashtiradiganlarga no’xat,
ekspartsit, kana kunjut, donnik kiradi. Bu o’simliklarni qiyin eriydigan fosforitlar
bilan oziqlanishi shu bilan izohlanadiki, ularning ildizlaridan ajraladigan
suyuqlikning kislotali muhitga ega ekanligidir. Masalan, lyupinning ildizidan
chiqadian suyuqlikning rN=4-5 ga tengdir. SHuning uchun bu suyuqliklar fosfilarni
eritish xususiyatiga egadir.
Fosfat kislotaning 3 valentli kationlarining tuzlarini o’simliklar o’zlashtira
olmaydilar. Bundy tuzlarga alyuminiy fosfat, alyuminiy gidrofosfat, temir fosfat,
temir gidrofosfat va boshqalar kiradi.
Yuqori o’simliklar organik fosfatlarni ham o’zlashtira oladimi? degan savol
tug’iladi.
Bu savolga javob berish uchun sterillangan sharoitda olib borilgan tajribalar
javob beradi. SHunday tajribani 1913 yilda I.S.SHulov olib bordi. Bu tajribada no’xat
va makkajo’xoridan foydalanildi. Organik fosfatlardan fitin va letsitindan foydalandi.
Fitin no’xatni fosforga bo’lgan talabini yaxshi qondiradi, makkajo’xorini esa
kuchsiz darajada, letsitin esa ikkala o’simlik ham o’zlashtira olmadi.
I.S.SHuvalovning takidlashicha, fitin o’zidagi fosfor kislotani metsitinga
qaraganda azotningcha yengil ajratgan, shuning uchun fitinning gidrolizi natijasida
o’simliklar uchun kerakli mineral fosfor ajralib chiqqan.
Gidroliz esa fosfataza fermenti ishtirokida bo’lgan. Fosfataza fermenti no’xat
ildizi yuzasida aktiv bo’lgan, yani ko’p ajralib chiqqan, makkajo’xori ildizida esa
kam aktiv bo’lgan.
Huddi shunday sharoitda makkajo’xori kaltsiy gelitserofosfat bilan
oziqlantirilgan. Bunda makkajo’xori yaxshi rivojlangan. Lekin bu makkajo’xori
gelitserofosfatni to’g’ridan-to’g’ri singdirdi degan gap emas.
Makkajo’xori ildizidan fosfataza fermentini ajratib chiqargan. Ferment fosfor
kislotani glitserindan tortib oladi, ildizlar fosfor kislota anionini singdiradi, glitserin
esa ozuqa eritmasida qoladi.
Endi shu narsa aniq bo’ldiki, fosfatazi fermenti o’simlik ildizining yuzasida
ajraladi va fosforli organik birikmalarning gidrolizida aktiv faoliyat ko’rsatadi.
TUPROQ TARKIBIDAGI FOSFOR BIRIKMALARI
Fosfor yer po’stlog’ini tashkil etuvchi elementlar orasida 13-o’rinni egallaydi
va 0,12 % ni yoki 1*10
15
tonnani tashkil etadi. Elementar fosforni birinchi bo’lib
1969 yilda gamburglik dorishunos alximik Gening Brandt tomonidan kashf etilgan.
SHundan so’ng fosforni oksidlangan birikmalari hamma tirik mavjudotlar uchun
zarurligi asoslab berilgan. 1804 yilda DeSyussor hamma anliz qilingan o’simliklar
kulining tarkibida kaltsiy fosfat borligini maolum qilgan, bu esa umuman tirik
mavjudot fosforsiz yashashi mumkin emasligini tasdiqladi. Kaltsiy fosfat ammonit
materialidir. Appatitning juda ko’p turlari maolum. ularan eng ko’p tarqalgani ftor
appatitdir. Dunyoda appatitning eng boy qatlamlari Kola yarim orolidagi Kirov shahri
yaqinida joylashgan. Fosforitlarning esa Uralda, Volga bo’yida, Sibirda, SHimoliy
Afrika, Suriya, Amerikada katta-katta konlari mavjud.
Tuproq tarkibidagi fosfor tuproqning mexanik tarkibiga va undagi chirindi
miqdoriga bog’liq bo’ladi.
Tuproq nomi
fosfor 5-oksidi, % 1 ga/t his.
1.
CHimli podzol tuproq
0,04
1,2
2.
Soz tuproq
0,15
4,5
3.
Ishqorsizlangan qora tuproq 0,16
4,8
4.
Qalin qavatli tuproq
0,22
6,6
5.
Janubiy qora tuproq
0,19
5,7
6.
Qizil tuproq
0,11
3,3
Fosforning miqdori tuproqning pastki qatlamlariga qarab kamayib boradi.
D.N.Pryanishnikov maolumotlari:
CHimli -podzol tuproqlarda : 0-5 25-30 30-100 100-150
R
2
O
5
miqdori % 0,12 0,06 0,03 0,02
Tuproqning ustki qatlamlarida fosforning ko’pligi o’simliklarning faoliyati
bilan bog’liq bo’lib, o’simlik ildizlari fosfor kislota birikmalarini tuproqning pastki
qatlamlaridan olishi va o’zida singdirishi bir qism fosfatlar esa tuproqning ustki
qatlamlarida qig’ilgan ko’pgina o’simliklar ildizi qoldiqlari chirishi, parchalanishi
natijasida to’planadi.
Bir joyda uzoq vaqt ekilgan ekinlar ham o’g’it solinmasa, tuproq tarkibidagi
fosforning miqdorini kamaytiradi.
Tuproq tarkibidagi mineral fosfor birikmalari organik fosfor birikmalariga
nisbatan azotningcha ko’pligi bilan xarakterlanadi.
Tuproqlar
haydov qatlamidagi R
2
O
5
miqdori, ga/t
Hammasi
organik
mineral
Kuchli podzollangan tuproq
2,6
0,7
1,9
O’rta podzollangan tuproq
2,3
0,7
1,6
O’rmon sur tusli tuproq
2,5
1,1
1,4
Qalin qavatli qora tuproq
4,4
1,6
2,8
Kashtan tuproqshunoslikroq
3,6
0,9
2,7
Bo’z tuproq
4,2
0,6
3,6
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, SHimoliy mintaqa tuproqlari janubiy tuproqlarga
nisbatan fosfor bilan kam taminlangan. Organik fosfor o’rmon sur tusli va qalin
qavatli qora tuproqlarda ko’p.
SHu ikki xil tuproqdan: ham janubga ham shimolga tomon qarab, organik
fosfor miqdorining kamayib, mineral fosfor miqdorining ko’payib borishini kuzatish
mumkin.
Fosforning organik shakli, asosan chirindi tarkibida bo’ladi. Ornanik fosfor
o’rmon sur tusli tuproqlarida 1,78-2,46 %, qalin qavatli qora tuproqlarda 0,81-1,25
%, to’q tusli kashtan tuproqlarda 0,97-1,30 % ni tashkil etadi.
Tuproq tarkibidagi organik fosforning eng ko’p qismi fitotlar ko’rinishida
bo’ladi. Kislotali tuproqlarda alyuminiy, temir fitotitlari neytral muhitli tuproqlarda
kalitsiy fitotitlari ko’p bo’ladi. Tuproq tarkibidagi nuklein kislotalarning fosfori 5 %
dan oshmaydi.
Mikroorganizmlar taosirida chirindining parchalanishi va boshqa fosforli
organik birikmalarning minerallashuvi taosirida o’simliklarga o’zlashtira oladigan
shakldagi fosfor kislotaning mineral tuzlari ajralib chiqadi.
Lekin ular suvda eruvchan holatda ko’p miqdorda ko’planmaydilar va ularni
tuproq kimyoviy, fizik-kimyoviy va biologik tarzda bog’laydi.
Bazi adabiyotlarda tuproq tarkibidagi fosforning ko’pligini mikroorganizmlar
faoliyati bilan bog’ladilar. Bunga qarshi ravishda I.V.Tyuri shunday yozadi: -
Agarda 1 gramm tuproqdagi bakteriyalar soni 5 mlrd ga yetganda ham ular
tomonidan bog’langan fosforning miqdori 1 ga yerning haydov qatlamiga
hisoblanganda 24 kilogrammdan ortmaydi.
CHimli podzol va bo’z tuproqlarda chirindining 0,5-1 % ni chrindiga bo qora
tuproqlarda esa 0,1 % ni tashkil etadi.
Harorat maolum bir chegaragacha ko’tarilganda o’simliklarning organik
fosforni o’zlashtirishi kuchayadi. AQSHda 17 xil tuproq to’ldirilgan vegetatsion
idishlar suv hammomiga qo’yilgan va harorat 20 S dan 35 S gacha ko’tarilgan. 20 S
gacha ko’tarilganda fosforni o’zlashtirish kuchaygan. 35 S gacha ko’tarilganda esa
organik fosforni o’zlashtirish kuchayganligi kuzatilgan.
N.A.Krasil’nikovning (1951) taokidlashicha, O’rta Osiyoning sug’oriladigan
bo’z tuproqlarida bedaning ildiz sistemasi atrofidagi tuproq qatlamida har 1 g
tuproqdagi mikroorganizmlarning soni 20 mlrd ga yetadi. Agarda shu miqdorni 100g
shunday tuproqqa hisoblanganda, uning tarkibidagi mikroorganizmlardagi fosforning
miqdori 3,2 mg ga yaqin bo’ladi.
Tuproq tarkibida fosfatlar bilan kam taominlangan organik moddalarning
minerallashuvi natijasida fosfor tuzlarining miqdori ko’paymaydi, aksincha, kamayib
ketadi.
Bunday holatni o’rganish uchun L.A.Ivanov tarkibida klechatkasi ko’p bo’lgan
moddalardan natriy fosfat va ammoniy sulfat aralashmasidan qo’shib kompost
tayyorlagan. Malum vaqtdan so’ng tayyoreaktsiyasi bo’lgan kompost analiz
qilinganda uning tarkibida mineral fosfor to’la yo’qolgan. Bunday holat ko’pgina
olimlarning tajribalarida kuzatilgan.
Fosfor kislotaning kal’tsiyli tuzlari ko’proq eruvchanlikka ega,alyuminiy va
temir tuzlarining, ayniqsa, asosli tuzlarning
eruvchanligi juda yomon, amalda erimaydi.
Bu tuzlarning bir ko’rinishdan ikkinchi ko’rinishga o’tishi tuproq
kislotaliligining ortishi bilan kuchayadi.
Tabiiyki, bu tuzlarning eruvchanligining kamayishi ularning o’simliklarga
o’zlashishini kamaytiradi.
FOSFORLI O’G’ITLARNING O’SIMLIKLAR O’SISHI, RIVOJLANISHI, HOSILI
VA UNING SIFATIGA TAOSIRI.
Fosforli o’g’itlar o’simliklarning o’sishi va rivojlanishiga sezlarli darajada
taosir qiladi. Fosfor yetishmasa o’simliklarning barglari ko’kish yashil rangga kiradi.
Bunday holatda o’simliklarda oqsillar sintezi va qand moddalarining pasayishi
pasayadi. Barglar maydalashadi, yupqa bo’lib rivojlanadi, qirralari yuqoriga qarab
buklanadi.
Hamma o’simliklar o’zlarining rivojlanishlarini boshlang’ich davrida fosforga
bo’lgan talabi seziladi, chunki ham bu davrda ularning ildiz sistemasi yaxshi
rivojlanmagan bo’ladi. SHuning uchun o’simliklar shu davrda fosforli o’g’itlar bilan
yaxshi taminlanmasa, bu hol ularning keyingi rivojlanishiga ham salbiy taosir
ko’rsatadi.
Fosfor yetishmasligi o’simliklarda azot va boshqa ozuqa elementlaridan
foydalanishni yamonlashtiradi. G’o’za o’zining dastlabki rivojlanish davrida fosfor
bilanyaxshi taminlanmasa, keyingi rivojlanish fazalarida ko’p miqdordagi fosfor
bilan kuchli oziqlanishi ro’y beradi. Bu esa o’simliklarda kechadigan jarayonlarga
salbiy taosir qiladi.
SHuning uchun g’o’za, makkajo’xori, va ko’pgina boshqa qishloq xo’jalik
ekinlarini ekayotgan vaqtda o’simliklarga yaxshi o’zlasha oladigan shakldagi fosforli
o’g’itlar yoki murakkab o’g’itlar oslib ekiladi.
Agar ekish bilan birga shunday o’g’itlar solinmasa, yosh o’simliklarning
nihollari tuproq tarkibidagi fosforning nihollari tuproq tarkibidagi fosforni o’zlasha
oladigan shakllarini isteomol qilib bo’lib, fosfor yetishmasligi belgilarini namoyon
qiladi.
SHuning uchun g’o’za chigitini ekish bilan har gektarga 20 kilogramm,
makkajo’xori uchun 10-15 kilogramm, g’allali ekinlar uchun 15 kilogramm,
kartoshka uchun 20 kilogrammdan fosfor solib ekiladi. Fosforning o’simliklar hayot
faoliyatiga taosiri har tomonlamadir. O’simliklarning fosfor bilan yaxshi taminlanishi
qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligini oshiradi va hosilining sifatiga yaxshi
taosir ko’rsatadi. G’allali ekinlarda doni ko’payadi.
Mevalarda va ildizmevalarda uglevodlar miqdori ortadi. Tola beruvchi
ekinlarning tolasi uzun, pishiq va ingichkatta o’qituvchi bo’ladi.
G’allali ekinlar poyasini baquvvat qilib ularning yotib qolishidan saqlaydi.
Qishloq xo’jalik ekinlari quyidagi o’suv davrlarda fosforni ko’p miqdorda qabul
qiladi. Zig’ir gullash davrida, bug’doy don o’rash va boshoq tortish davrida,
kartoshka iyulda, qand lavlagi ildiz mevasining kattalashayotgan paytida va
boshqalar. O’simliklar o’sib rivojlanib borayotganda oziq elementlari ularning
vegetativ qismida to’planadi. SHuni takidlash lozimki, har qanday tuproqda ham
shunday bir payt keladiki, tashqaridan o’g’it solish bilan azot va fosfor taminlab
turilmasa, olinadigan hosil doimiy suratda ortib bormaydi. Xo’jalikdagi fosfor
balansini hisobga olayotganda uning sarflanayotgan qismiga nafaqat o’simliklardan
olinadigan hosil bilan chiqib ketayotgan qismi, balki uning chorvachilik mahsulotlari
bilan chiqib ketishini hisobga olish lozim.
Agarda xo’jalikda 100 ta sog’iladigan sigirdan har biridan 5 ming
kilogrammdan sut sog’ib olinsa, sotilgan sut bilan chiqib ketgan fosforning o’rnini
to’ldirish uchun xo’jalik 20 % li superfosfatdan 7 t yerga solish lozim.
Yana shuni ham eslatib qo’yish lozimki, o’simliklarning fosfordan
foydalanishi boshlang’ich 2 yilda 25-30 % dan ortmaydi.
Fosfor bilan to’liq va haqiqiy taominlash uchun olib chiqib ketilgan
chorvachilik mahsulotlariga nisbatan 3-4 marta ko’p fosfor solish lozim bo’ladi.
Fosforli oziqlanish bilan nafaqat o’simliklarni, balki chorva hayvonlarining talabini
ham qondirish kerak.
CHorva hayvonlarining ozuqa ratsionida fosfor kislotaning mineral tuzlari
miqdori yetishmasa, ularning rivojlanishida salbiy o’zgarishlar sodir bo’ladi.
Baxtga qarshi, azot va fosforning sarflanish qismiga ularning tuproqda sizot
suvlariga yuvilib ketgan qismi kirmaydi.
Angliyadagi Rotamsted tajriba stantsiyasining 100 yillik kuzatishlaridan va
boshqa mamlkatlarda olib borilgan izlanishlardan shu narsa aniqlandiki, og’ir
mexanik tarkibli tuproqlar tarkibidan fosfat kislotaning tuzlari yuvilmaydi. Doimiy
ravishda fosforli o’g’itlar solinib haydov qatlami fosfor bilan boyitilgan og’ir soz,
mexanik tarkibli tuproqlardagi fosfor miqdori hatto uning haydov osti qatlamidagi
oldingi mavjud bo’lgan fosfor miqdoriga ham taosir qilmaganligi tajribalarda
isbotlangan.
Lekin yengil mexanik tarkibli tuproqlarda oz miqdorda yuvilish sodir bo’lishi
mumkin.
FOSFORLI O’G’ITLARNING TURLARI, YILLIK MEYORLARI VA
YERGA SOLISH MUDDATLARI.
Tarkibida fosfori mavjud bo’lgan minerallar orasida faqat appatit va cho’kindi
fosforitlar fosforli o’g’itlar ishlab chiqarish uchun xos ashyo bo’lib xizmat qiladi.
Appatit tuproq ona jinsi tarkibida dispers holda keng tarqalgan mineraldir.
Lekin uning konlari juda kam. Eng katta koni 1925 yilda Kola yarim orolidagi
Xidinda ochilgan. Bundan tashqari uning kichikroq konlari Urald,Janubiy Bayka
bo’yi, Braziliya, Ispaniya, Kanada, AQSH va SHvetsiyada ochilgan.
Fosforitlar uzoq geologik davrlarda yer yuzida yashagan tirik mavjudotlar
skeletlarini minerallanishi natijasidan hosil bo’lgan, shuningdek fosfor kislotaning
kaltsiy bilan suvda cho’ktirish yo’li bilan paydo bo’ladi. Fosforitlarning qimmatli
konlari 1937 yilda Qoratov tog’larida topilgan.
Appatitlar kristal modda, fosforitlar esa ham amorf ham kristall holda
uchraydigan moddalardir. Appatit ham, fosforit ham ortofosforkislotasining kal’tsiyli
tuzlaridir.
Hamma fosforli o’g’itlar 3 gruhga bo’linadi.
1.
Suvda eruvchazotning
2.
Suvda erimaydigan lekin kuchsiz kislotalarda eriydigan va shuning uchun
o’simliklarga o’zlashadigan
3.
Suvda erimaydigan kuchsiz kislotalarda yomon eridigan va ko’pchilik
o’simliklar tomonidan o’zlashmaydigan fosfatlar.
Butun dunyoda 1-guruhdagi suvda eruvchazotning fosforli o’g’itlar eng ko’p
ishlatiladi.
1.
Supper fosfat.
a) tolqonsimon oddiy supper fosfat. Appatit kontsentratidan ishlab chiqarilgan
supperfosfatda 18.7 % suvda eriydigan fosfori bor. Qoratov fosforitidan ishlab
chiqarilgan supper fosfatida 14 % o’zlashuvan fosfori bor.
b) donador oddiy super fosfat. Tarkibidagi o’zlashuvchazotning fosfori 19,5 -
22 %, namligi 1-4 %.
v) qo’shaloq supper fosfat, tarkibidagi suvda eruvchazotning fosfori 85 %,
o’zlashuvchazotning fosfori esa 45-50 %.
2.
-guruh fosforli o’g’itlarga quyidagilar kiradi
a) pretsipitat bu suvda erimaydigan, lekin kuchsiz kislotalarda eriydigan va
o’simliklarga o’zlashadigan fosforli o’g’itlardir. Tarkibidagi o’zlashadigan
fosfori 25-35 % ni tashkil etadi.
b) ftorsizlantirilgan fosfat, appatitlarni qayta ishlashdan olingan o’g’itlarda 30-
32 %, fosforitlardan olingan o’g’itlarda 20-22 %, 2% li limon kislotada
eriydigan fosfori bor. Empirik formulasi
v) Tomas shlak, tarkibida 7-8 dan 16-20 % gacha, 2 % li limon kislotada
eriydigan fosfori bor.
g) Marten fosfat shlaki, tarkibida 8-12 %, limon kislotada eriydigan fosfori bor.
3.
-guruh fosforli o’g’itlari
a) fosforit uni, umumiy fosfori oliy navida 25 %, birinchi navida 22 %, 2-
navida 19 % umumiy fosfori bor. Fosforli o’g’itlar orasida fosforit uni
o’simliklarga uzoq muddat taosir qilib turadi.
b) suyak uni, tarkibidagi umumiy fosfori 60 % ni tashkil etadi.
Yana metafosforitlar deb ataluvchi fosforli o’g’itlar ham mavjud bo’lib, ularga
quyidagilar kiradi.
1.
Kaltsiy metafosfat, tarkibida 64 % fosfor 5-oksidi va 25 % kaltsiy oksidi
bor.
2.
Kaliy metafosfat, tarkibida 55 % fosfor 5-oksidi va 35 % kaliy oksidi bor.
3.
Ammoniy metafosfat. Tarkibida 80 % fosfor 5-oksidi va 17 % azoti bor.
Lekin bu o’g’itlarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmagan.
Fosforli o’g’itlar asosan kuzgi yoki bahorgi haydov ostiga umumiy yillik
normaning 70 % solinadi. Qolgan qismi ekish bilan birga har gektariga 15 -20
kilogramm va o’simliklarni oziqlantirishda.
Haydov ostiga solinadigan yoki asosiy o’g’it sifatida solinadigan fosforli
o’g’itlarni tuproqqa solish quyidagi omillarga bog’liq.
1.
Tuproqqa solish muddati
2.
Tuproqqa solish chuqurligi
3.
Eruvchanligi bo’icha shakli
4.
Yillik normasi
5.
Boshqa o’g’itlar bilan birga solinishi
TAYANCH IBORALAR
Ortafosfat kislota tuzlari, nuklein kislotalar, saxaro fosfatlar, ATF, ortafosfat
kislota anionlari, xo’jalikagi fosfor balansi, buferlilik, suvda eriydigan, kuchsiz
kislotalarda eriydigan, suvda erimaydigan, o’simliklarga o’zlashmaydigan fosfor
yetishmasligi, fosforli o’g’itlar, fosfor bilan yaxshi taminlanganda, appatit
kontsentranti, fosforit minerali.
NAZORAT SAVOLLARI
1.
O’simliklarga fosfor qanday birikmalar ko’rinishida qabul qilinadi?
2.
Nuklein kislotalarning ahamiyati?
3.
Fosfor qanday moddalar tarkibida bo’ladi?
4.
Fosfor o’simliklarda qanday jarayonlarda ishtirok etadi?
5.
O’simliklarda fosfor yetishmasligi qachon namoyon bo’ladi?
6.
O’simliklar uchun fosforning bosh manbai?
7.
Ortafosfat kislotaning tuzlari necha turga bo’linadi?
8.
O’simliklarning qaysi guruhi qiyin eriydigan fosfatlarni o’zlashtiradi?
9.
Fosfor tabiatda qanday birikmalar holida uchraydi?
10. Tuproq tarkibidagi qanday shakldagi fosfor birikmalari ko’p?
11. Haroratning o’simliklarda fosfor birikmalarining o’zlashtirilishiga taosirini
gapiring?
12. O’simliklarda fosfor yetishmasligini alomatlarini gapiring?
13. Fosforli o’g’itlar o’simliklarga o’zlashishiga qarab necha guruhga bo’linadi
14. Fosforli o’g’itlarga misollar keltiring?
Adabiyotlar
1.
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989.
2.
Agroximiya. Pod. red . V.M.Klechkovskogo i prof. A.V,Peterburgskogo.
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 3-8 str.
3.
Udobreniya i osnovnqe usloviya ix effektivnogo primeneniya. Natschnqe
trudq. VASXNIL, Kolos, M., 1970.
4.
Spravochnik po udobreniyam. Moskva, Izd-vo, Kolos. 1964.
5.
Udobreniya xlopkovodstvo Trudq Soyuz NIXI vqp. XXVI, Tashkent, 1974.
6.
Muhammadjonov M.V., Zokirov A. G’o’za agrotexnikasi. T. Mehnat. 1988.
11-MA’RUZA: KALIYLI O’G’ITLAR. KALIYNING O’SIMLIK HAYOTIDAGI
ROLI. KALIYLI O’G’ITLARNING KONLARI. KALIYLI O’G’ITLARNING
TURLARI, YILLIK MEOYORLARI VA YERGA SOLISH MUDDATLARI.
REJA:
1. Kaliyning o’simliklar hayotidagi roli.
2. Tuproq tarkibidagi kaliyning birikmalari va uning shakllari.
3. Kaliyning qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi va sifatiga taosiri.
4. Kaliyli o’g’itlarning konlari.
5. Kaliyli o’g’itlarning turlari, normalari va yerga solish muddatlari.
6. Tayanch iboralar
7. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
8. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Kaliyning o’simliklar hayotidagi roli.
Kaliy hayvonlar, o’simliklar va mikroorganizmlar uchun zarur elementlar
qatoriga kiradi.
Kaliyning ko’p qismi o’simlik hujayrasining shirasida bo’ladi. O’simlikning
tunasida yengil harakatchanlikka ea bo’lib, ildizdan kechasi ajraladi va kunduzi yana
singadi. O’simliklarning eski qari bargidan yomg’ir suvlari kaliyni ko’plab yuvadi.
O’simlikda kaliy bir tekis tarqalmagan, uning ko’p qimsi modda almashinivi va
hujayraning bo’linishi intensiv ravishda ketayotgan organlarida mirestemasida, yosh
novdalarida bo’ladi.
Kaliy o’simlik ning changdonida ham ko’p bo’ladi. Makkajo’xorining
changdonida 35,5% gacha bo’ladi. Kaliy o’simlik larning tovar bo’lmagan qismida
ko’p bo’ladi.
Kaliy o’simliklarda fotosintez jarayonini normal o’tishini taominlaydi.
Fermentlar tarkibiga kirmaydi. Lekin ularning faoliyatini tezlashtiradi.
Protoplazma kolloidlarining gidrofillik qobiliyatini kuchaytiradi. Kaliyning
taosiri da o’simliklar suvni o’zida ushlab turish qobiliyatini oshiradi. Qisqa muddatli
qurg’oqchilikka chidamliligini kuchaytiradi.
Kaliy bilan oziqlanish yaxshi bo’lgan sharoitda o’simliklarda uglevodlarning
tez to’planishi natijasida meva va sabzavotlarda qandning, kartoshkada kraxmalning,
zig’ir va boshqa tolali ekinlada tolasining ingichkaligi va mustahkamligi ortadi. X
ujayra shirasining osmotik bosimi va ekinlar sovuqqa chidamliligi ortadi.
O’simliklar kaliy bilan yaxshi taminlansa, oqsil ko’p hosil bo’ladi,azotni
yashshi o’zlashriradi.
Ko’pgina qishloq xo’jaligi ekinlarida kaliy azotga nisbatan ancha kam bo’ladi.
Lekin hamma o’simliklar vamikroblar kaliyni fosforga nisbatan ko’p istemol qiladi.
Kaliy yetishmaganda o’simlik barglarining qirralari qizil-qo’ng’ir tusga
kiradi.U larning rivojlanishi va xosilning yetilishi kechikadi.
O’simliklar o’zlaring har xil o’suv davrlarida kaliyni har xil miqdorda qabul
qilmaydilar.
Masalan, zig’ir gullashdan oldin 25,1 % gullash boshlanganda 73,7%, to’la
gullaganda 98,7% qabul qiladi.
Qishloq xo’jaligi ekinlari kaliyni birday talab qilmaydilar. Kaliyni nisbatan
ko’p talab qiladigan qishloq xo’jalik ekinlariga qand lavlagi, karam kartoshka ildiz
mevalilar, beda, kungaboqar, grechixa, don dukkakli ekinlar va makkajo’xori
kiradi.Arpa, tariq, bug’doy,javdarlarning donida kaliyni miqdori kam bo’ladi.
Kaliy azot va fosfordan farq qilib o’simliklarning vegetatsiya qismida ko’p
bo’ladi. G’allali ekinlarningdonida kam poxolligida esa ko’p bo’ladi.
Kaliyning pichanda g’allali ekinlaning poxolida ko’p bo’lishi kelgusida go’ng
tarkibidan kaliyni ko’p bo’lishini taminlaydi. CHunki poxol va pichanlar chorva
mollariga hamda to’shama sifatida foydalaniladi. To’shama esa go’ngning tarkibiy
qismi xisoblanadi.
Bazi qishloq xo’jalik ekinlarining xosili tarkibidagi kaliyni miqdori
ekin turlari
Mahsulot
i
kaliy
oksidi
ekin turlari mahsuloti
kaliy oksidi
kuzgi donli
doni/pox
ol
0,65/1,10 bodring
mevasi
5,65
bahorgi
g’allali
doni/pox
ol
0,67/1,30 pomidor
mevasi
5,60
makkajo’xori fani/poya
si
0,43/1,93 zig’ir
poxolida
1,10
no’xat
doni/pox
ol
1,46/0,60 g’o’za
tolasi
1,00
qand lavlagi
il.meva/o
’s.
1,0/3,0
yo’ng’ichka pichan
1,80
ozuqa lavlagi il.meva/o
’s.
3,5/2,63 beda
pichan
1,80
kartoshka
kartoshk
a/o’s
2,40/3,70 vika
pichan
1,20
karamda
bosh
4,60
timofelka
pichan
2,42
sabzida
Ild.meva 3,20
2. Tuproq tarkibidagi kaliyning birikmalariva shakllari.
Er qobig’idagi kaliyning miqdori 2,14%ni tashkil etadi. Ko’pgina tuproqlarni
ona jinsi hisoblangan qo’kindi jinslar tarkibida bo’ladi.
Tuproq tarkibidagi kaliyni miqdori azor va fosforning birgalikdagi miqdoridan
hamma vaqt ko’p bo’lgan. Kaliy og’ir mexanik tarkibli tuproqlarda ko’p bo’ladi.
Loyli va soz mexanik tarkibli tuproqlarda kaliyning miqdori 2% bazi hlllarda esa 3%
gacha bo’ladi.
Tuproq tarkibidagi kaliyning ko’p qismi suvda erimaydigan va o’simliklarga
kam o’zlashadigan shaklda bo’ladi.
Tuproqning xaydov qatlamidagi kaliyning umumiy miqdori azotga qaraganda
5-50 marta fosforga nisbatan 8-40 marta ko’pdir. Tuproq tarkibidagi kaliyning
zaxirasi azot va fosforning zaxirasiga nisbatan sezilarli darajada ko’pdir.
Kaliyning umumiy miqdori qizil tuproqlarda 0,86% chimli podzol tuproq larda
2,32%, o’rmon sur tusli tuproqlarda 2,35% ni oddiy qora tuproqlarda 2,03%,
ishqorsizlangan qora tuproqlarda 1,96% qalin qavatli qora tuproqlarda 2,37% oddiy
qora tuproqlarda 2,03% tashkil etadi.
Tuproq tarkibidagi kaliy birikmalari o’simliklarda o’zlasha olishi bo’yicha 4
guruxga bo’linadi.
1. Barqaror alyumoslikat minerallar asosan dala shpatlarihamda slyudalar
tarkibiga kiruvchi kaliy , bu minerallar kam eruvchanligi va o’simliklar yaxshi
o’zlashtira olmaganligi bilan xarakterlanadi.
Dala shpatlardagi kaliyni o’simliklar qiyin o’zlashtiradi. Lekin suv va unda
erigan karbonat angidrid gazi taosirida tuproq temperaturasining o’zgarishi va
tuproqdagi mikroorganizmlarning faoliyati taosirida bu minerallar asta sekin
parchalanadiva kaliyning eruvchan tuzlaring hosil qiladi. Slyudalar tarkibidagi
kaliyni o’simliklar birmuncha oson o’zlashtiradi.
2. Almashinuvchi ,tuproq kolloidlariga yutilgan kaliy. Bu elementlarning
tuproqdagi umumiy miqdorining ko’pi bilan 0,5-1,5%ni tashkil etadi. U
o’simliklarning oziqlanishida asosiy ahamiyatga ega. Almashinuvchi kaliyni
o’simliklar
oson
o’zlashtirishiga
sabab
uning
boshqa
kationlar
bilan
almashingandagina eritmada oson o’tish xususiyatiga va eritmadan kaliyni
o’simliklar o’zlashtirishidir. Almashinuvchi kaliy miqdari tuproqning kaliy bilan
taminlanganlik darajasining ko’rsatkichi bo’lib xizmat qilishi mumkin.
3. Suvda eriydigan kaliy. Kaliyning bunday shakli tuproq eritmasida erigan
har xil tuzlar xolida bo’ladi. Ulaning o’simliklar bevosita o’zlashtiradilar.
Tuproq dagi suvda eriydigan kaliynning paydo bo’lishi bir qator jaryonlarga
bog’liq:
a) kaliyli minerallarning gidrolizi,
b) o’simliklar ildizi ajratmalari tomonidan minerallarning buzilishi
v) minerallarga nitrifikatsiya bakteriyalari to’plagan natriy kislotasining
taosiri.
g) tuproqqa tushadigan o’g’itlarning tuzlaridan va o’simliklar ildizining
ajratmalaridan almashinuvchi kaliyning ajralib chiqishi va boshqalar.
4.Mikroorganizmlar plazmasi tarkibiga kiruvchi kaliy, kaliyning bu shakli kam
o’rganilgan.
Kaliyning eriydigan tuzlari o’simliklarning oziqlanishida eng yaxshi manba
xisoblanadi.
O’simliklar ildizlarining qoldiqlari va mikroorganizmlarning xalok bo’lishi,
chirishi natijasida xosil bo’lgan kaliydan yaxshi foydalanadi. Umumiy kaliy o’zining
tarkibida kaliyli birikmalarning har xil shakllarining birlashtiradi va quyidagilarga
bo’linadi:
1. Suvda eruvchan kaliy.
2. Almashinuvchi kaliy.
3. Xarakatchan kaliy.
4. Almashinmaydigan, gidrolizlangan kaliy.
5. Kislatada eriydigan kaliy.
6. Almashinmaydigan kaliy.
3. Kaliyning qishloq xo’jalik ekinlari xosildorligi va uning sifatiga taosiri.
Kaliy bilan oziqlanish qishloq xo’jalik ekinlarining hosili va uning sifatiga
sezilarli taosir ko’rsatadi. Kaliy yetishmasa o’simliklarda yangi hujayralar kam xosil
bo’ladi. O’simliklar o’sishdan orqada qoladi. Moddalar almashinuv jarayni buziladi.
Buning natijasida esa barglarda xosil bo’lgan uglevodlarning xosil
elementlariga kelish kamayadi. Barglarda uglevodlar ko’p to’planadi va natijada barg
vilt kasaliga chalinganga o’xshab oqarib sarg’ayib to’kiladi.
Kaliy yuqori molekulyar uglevodlvrning sintezini kuchaytiradi, natijada
o’simliklar poyasining xujayralaridevorlari qalinlashadi. Bu esa qishloq xo’jalik
ekinlarini yotib qolishdan saqlaydi va zig’ir, kunjut, paxta tolalarining sifatini
yaxshilaydi.
Kaliyning yetishmasligi natijasida qator fermentlarning faoliyati buziladi,
o’simliklarning nafas olishi uchun qand moddalaring sarfi ortadi, uglevodlar va
oqsillar almashinivi buziladi. Natijada kuch pishmagan don, urug’lar xosil bo’ladi.
Urug’larning unuvchanligi va chiqishi yashash qobiliyatlari pachayadi, bu esa xosil
sifatiga salbiy taosir ko’rsatadi.
Qishloq xo’jalik ekinlarining kaliy bilan yaxshi taminlamaslik ularning har xil
kasalliklarga chalinuvchan qilib qo’yadi,buning narijasida xosilni yig’ishtirib
olgandan so’ng xosil uzoq vaqt saqlanishini yo’qotadi, tez buziladi.
Kaliy yetishmaganda o’simliklarda quyidagicha tashqi belgilar paydo bo’ladi:
o’simliklarning pastki yaruslaridagi eski barglari tezda sarg’ayadi, keyinchalik
barglar yaekkalaridan uchlarigacha qo’ng’ir tusga kiradi. Bazi xollarda qizil
zangsimon dog’lar paydo bo’ladi, barllarning chekkalari quribqoladi.
Qishloq xo’jaligida kaliyning aylanishi azot va fosforni aylanishidan ancha
farq qiladi.
Donli ekinlarda doniga qaraganda somonida kaliy ko’p bo’ladi. SHu sababli
somonning hammasi yem xashaklar va mollarning tagiga to’shama uchun
ishlatilganda kaliyning ko’p qismi go’ng bilan birga yana tuproqqa qaytib keladi.
SHu munosabat bilan go’ngdan ratsional va tshliq foydalanish o’simliklarning
kaliy bilan taminlashda juda katta axamiyatga egadir.
4. Kaliyli o’g’itlarni konlari.
Kaliyli o’g’itlarni ishlab chiqarish uchun tabiiy xaldagi kaliy tuzlari xom-
ashyo bo’lib xizmat qiladi. Bu xom ashyolar kaliy tuzlarining katta-katta konlaridan
qazib olinadi. Bunday konlar Rossiyaning Yevropa qismida Qozog’istondava
Markaziy Osiyo respublikalarida joylashgan.
1. Solikams kaliy koni.Bu kon Kama daryosining chap qirg’og’iga joylashgan.
Ural tizma tog’lari shimoliy qismining g’arbiy qoyalari bo’ylab joylashgan. Bu kon
1925 yilda ochilgan. Kaliy o’g’itlar bu yerda 1929 yildan boshlab ishlab chiqarish
boshlangan.
Bu yerda kaliyli tuzlar qalin yotqiziq jinslar qatlamlari ostida joylashgan.
Qavatning yuqorigi qismi karnalit va boshqa moddalardan iborat.
2. Karpat oldi kaliy koni. Bu konlar Ivano-Frankovsk va Lvov viloyatlarida
joylashgan. Bu konda quyidagi tarkibida kaliy bo’lgan minerallar bor: langbeynit,
poligamit, silvinit,kalushit, kanamag.
3. Belorussiya kaliy koni. Bu kon Soligorsk shaxri yaqinidagi joylashgan. Bu
kon bazasida shaxta hamda kaliy kombinati qurilgan.
Bu konda silvinit, karnolliy va gallit minerallari bor.
4. Zavolje kaliy koni. Bu konda kaliyning qimmatli sulfatli tuzlari mavjud. Bu
kondagi asosiy minerallarga poligamit, glazeritdan tashkil topgan.
5. Turkmaniston kaliy koni. Bu kaliy konida hali ishlab chiqarish ommaviy
holda yo’lga qo’yilmaganligi sababli kaliyli o’g’itlar kam ishlab chiqariladi.
5. Kaliyli o’g’itlar, ularning turlari, yerga solish muddatlari va usullari.
Kaliyli o’g’itlar ishlab chiqarish tayyorlanishiga qarab: xom kaliyli
o’g’itlar,kontsentirlangan kaliyli o’g’itlar va sanoat chiqindilariga bo’linadi.
1. Xom kaliyli o’g’itlar.
Tabiiy kaliy tuzlari maydalash yo’li bilan olinadigan xom kaliyli tuzlar
tarkibida kaliy miqdorining juda kamligi va qo’shimchalar miqdorining ko’pligi bilan
xarakterlanadi.
Xom kaliyli tuzlardan silvinit va kolinit eng ko’p tarqalgan. Ular tarkibida ko’p
miqdaoda xlor bo’ladi. Bu ham uni ishlatishni cheklab qo’yadi.
a) silvinit- tarkibida 14-18% kaliy oksidi, 34-38% natriy oksidi,va 52-55% xlor
bo’ladi. Dag’alroq maydalangan holda chiqariladi. Tashqi ko’rinishidan yirik,har xil
rangli oq, pushti,qo’ng’ir, ko’k rangli kristallar aralashmasidir.suvda yaxshi eriydi.
Salgina gigroskopikligi bor. Silvinit asosiy o’g’it sifatida kuzgi shudgor ostiga
solinadi. Bunda xlorning ko’p qismi pastki qatlamlariga yuvilib ketadi. Kaliy esa
tuproqqa yutiladi. Silvinitda natriyni ko’p bo’lishi lavlvgi va xashaki ovqatga
ishlatiladigan ildizmevalar bazi sabzavot ekinlari uchun foydalidir. Silvinit ular
uchun yaxshi o’g’it xisoblanadi.
v) Kalinit- ko’p miqdorda natriy xlor aralashgan, tarkibida 10-12% kaliy oksid,
8% atrofida magniy oksidi, 40-% ga yaqin xlor va 35% nariy oksidi bo’ladi. Kalnitli
yoki kalnitli -langbonitli jinsni maydalashdan olinadi. Kalnit ham asosiy o’g’it
sifatida ishlatiladi.
2. Kontsentrlangan kaliyli o’g’itlar.
A) kaliy xlorid tarkibida 58 % dan 62 % gacha kaliy oksidi bo’ldi. Silvinitldan
kaliy xloriddan natriy xloridni ajratish orqali olinadi. Ularni ajratish harorat
ko’tarilishi bilan bu tuzlarning eruvchanligi turlicha bo’lishga asoslangan. Harorat 20
S dan 100 S gacha ko’tarilganda kaliy xloridning eruvchanligi 2 marta ortadi, natriy
xloridning eruvchanligi deyarli o’zgarmaydi. Maydalangan silvinitdan kaliy xlorid
110 gradus haroratda natriy xloridning to’yingan eritmasidan eritib olinadi, so’ngra
sovutilganda cho’kmaga tushadi. Natijada mayda kristall holdagi kaliy xlorid olinadi.
U saqlab qo’yilganda qovushib qoladi.
B) 40 % li kaliyli tuz. Kaliy xloridni maydalab tuyilgan silvinit yoki kalmid
bilan mexanik ravishda aralashtirib olinadi. Tarkibi va xossalariga ko’ra silvinit bilan
kaliy xlorid o’rtasida oraliq xolatni egallaydi.
Kaliyli tuz qand lavlagi va xashaki ildizmevalilar uchun juda samaralidir.
V) kaliy sulfat tarkibida kamida 48 % kaliy oksidi bor. Tashqi ko’rinishidan
kulrang tusli mayda kristall tuz. Deyarli suvda yaxshi eriydi. Tabiiy sulfatli kaliy
tuzlaridan kaliy sulfatni ajratish yo’li bilan olinadi. Kaliy sulfatning fizik xossalari
yaxshi, mushtlashib qolmaydi, gigroskopikligi juda kam. Har qanday tuproqda va
barcha ekinlarga ishlatish mumkin.
G) kaliy magneziya tarkibida 28-30 % kaliy oksidi va 8-10 % magniy oksidi
bor. Karpat oldi konidagi tabiiy sulfatli kali tuzlaridan qayta kristallash yo’li bilan
olinadi.
Kalimagneziya kartoshka, zig’ir va boshqa ekinlar uchun yaxshi kaliyli o’g’it
hisoblanadi.
3. Sanoat chiqindilari.
A) xlor - kaliy - elektrolit - solinamen karnalitdan magniy ishlab chiqarishda
olinadigan chiqindi, tarkibida 32 % dan 45 % gacha kaliy oksidi, 6-8 % magniy
oksidi, 6-8 % natriy oksidi va 50 % gacha xlor bo’ladi.
Asosiy o’g’it sifatida foydalaniladi va kuzgi haydov ostiga solinadi hamda
barcha ekinlarga solish mumkin.
B) kaliy karbonat, tarkibida 52-55 % kaliy oksidi bo’ladi.
Nefelindan alyuminiyni ishlab chiqarishda chiqindi sifatida olinadi, ishqoriy
reaktsiyaga ega, kuchli gigroskopik, suyuqlanib ketadi yoki kuchli qotib qoladi,
sochiluvchanligi yomon.
Tuproqqa solishdan oldin uni 1:1 nisbatda quruq torf bilan aralashtirish tavsiya
etiladi.
V) tsement changi - tarkibida karbonatlar, bikarbonatlar va kaliy sulfat holida
14 % dan 35 % gacha kaliy oksidi, 19 % kaltsiy oksidi 3-4 % magniy oksidi va 1 %
natriy oksidi bo’ladi.
Kartoshka, zig’ir, grekchikaga solinganda yaxshi natijalar beradi.
G) nefelin qoldig’i - mayda tuyilgan nefelin. Kola yarim orolidadagi
appatitlardan appatit kontsentrati ishlab chiqarishda olinadjigan chiqindi.
Tarkibida 5-6 % kaliy oksidi, 10-13 % natrik oksidi, 8-10 % kaltsiy oksidi
bo’ladi. Nefelin tarkibida kaliy miqdorining kam bo’lishi tufayli u uzoq masofalarga
tashib olib borilmaydi.
Nefelin qoldiqlarini ishlatish shu kon atroflaridagi tarqalgan kislotali torfli
tuproqlarda yaxshi samara beradi.
Barcha kaliyli o’g’itlar suvda yaxshi eriydi. Tuproqqa solinganda, ular tez erib
ketadi va tuproqning singdiruvchi kompleksi bilan o’zaro taosirlashadi:
kaliyli o’g’itlar tarkibiga kiruvchi kaliy va boshqa kationlar tuproqning kolloid
qismiga yutiladi, xlor esa tuproq eritmasida qoladi va shu sababli oson yuvilib ketadi.
Kaliy yutilgan holatga o’tishi natijasida uning tuproqdagi harakatchanligi
kamayadi va yuqilib ketishi to’xtaydi, singdirish sig’imi kichik bo’lgan qumli hamda
qumloq tuproqlar bundan mustasnodir.
Barcha kaliyli o’g’itlar - fiziologik kislotali tuzlardir, lekin ularning fizikologik
kislotaliligi ammoniyli o’g’itlarnikidan kam bo’lib, u ko’p miqdorda kaliy isteomol
qiladigan ekinlarga kungaboqar, grechixa, ildizmevalar, kartoshka, sabzavotlarga
uzoq vaqt sistemali ravishda solib turilgandagina namoyon bo’ladi.
Asoslarga to’yingan qora va bo’z tuproqlarda kaliyli o’g’itlarning salbiy taosiri
kuzatilmaydi.
Kaliyli o’g’itlar yengil qumli va qumoq mexanik tarkibli tuproqlarda eng
yaxshi samara beradi.
Tarkibida kaliy kam bo’lgan bunday tuproqlarda barcha qishloq xo’jalik
ekinlariga kaliyli o’g’itlarni solish kuchli taosiri qiladi.
Kaliyli o’g’itlarni samarali ishlatishning muhim sharti - bu o’simliklarni azot
va fosfor bilan yaxshi taominlashdir. Tarkibida azot va fosfor kam bo’lgan
tuproqlarda kaliy kutilgan natija bermaydi.
Odatda harkatchan kaliy ko’p bo’ladigan sho’rtob tuproqlarda kaliyni solish
bunday tuproqlarning yanada sho’rlanishiga olib keladi.
Azotli va fosforli o’g’itlar sistemali ravishda qo’llanilganda, kaliyli
o’g’itlarning samaradorligi ortadi va yildan-yilga ularga bo’lgan ehtiyoj ko’payib
boradi.
Tayanch iboralar
Kaliy-ozuqa manbai, moddalar almashinuvi, meristema, o’suv organlari,
fotosintez jarayoni, protoplazma, kolloidlar, kaliy yetishmasligi alomatlari, kaliy
ionlari, xom kalili o’g’itlar, kontsentratsiyali kaliyli o’g’itlar, tuproqning
singdiruvchanligi,
qurg’oqchilikka
va
sovuqqa
chidamlilik,
ekvivalent,
singdiruvchanlik, asoslarga to’yinmagan, asoslarga to’yingan, azot va fosfor bilan
yaxshi taominlash.
Nazorat savollari
1. Kaliyning o’simliklar uchun qanday ahamiyati bor?
2. Tuproqdagi kaliyning miqdori va shakllari qanday?
3. Kaliyning qishloq xo’jalik ekinlari hosiliga va uning sifatiga taosiri qanday?
4. Kaliy o’g’itlar ishlab chiqarishdagi xom ashyo bazalarini aytib bering.
5. Xos kaliyli o’g’itlar va ularning vakillariga qaysilar kiradi?
6. Kontsentrlangan kliyli o’g’itlar, ularning vakillari va tarkibidagi ozuqa
moddalarining miqdorini ayting.
7. Kaliyli o’g’itlar qaysi muddatlarda tuproqqa solinadi?
8. Kaliyli o’g’itlarning tuproq bilan o’zaro taosirlashuvini ko’rsating?
9. Kaliyli o’g’itlar tuproqning xossalariga qanday taosir qiladi?
10. Kaliyli o’g’itlar tarkibida kaliydan tashqari yana qanday komponentlar
bor?
Adabiyotlar
1.
Agroximiya. Pod. red . V.M.Klechkovskogo i prof. A.V,Peterburgskogo.
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964. 3-8 str.
2.
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989.
3.
Smirnov P.M. Agroximiya. O’qituvchi, T., 1984.
4.
Spravochnik po oborudovaniyam. Izd-vo “KOLOS” m., 1964.
12-MA’RUZA: MIKROO’G’ITLAR
REJA:
1. Mikroelementlarning o’simliklar oziqlanishidagi roli.
2. Tuproq tarkibidagi mikroelementlar
3. Mikroo’g’itlar, ularning turlari, normalari va foydlanish usullari.
4. Tayanch iboralar
5. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
6. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mikroelementlarning o’simliklar oziqlanishidagi roli.
Mikroelementlar - bu eng zarur oziq elementlari bo’lib, o’simliklarda mingdan
bir-yuz mingdan bir foizni tashkil etadi va o’simliklarning hayot faoliyatida muhim
funktsiyalarni bajaradi. O’simliklar xhayotida mikroelementlarning fiziologik
ahamiyati ochib berilgandan keyin dehqonchilikda ham mikroelementlarni
qo’llashning nazariy asoslari ishlab chiqildi.
O’simliklarning mikroelementlar bilan oziqlanishining nazariy va amaliy
masalalrini o’rganishda Ya.V.Peyve, M.V.Katalimov, M.Ya.SHkolnik va boshqa
olimlar o’zlarining katta xissalarini qo’shdilar. O’simliklarda mikroelementlarning
yetishmasligi natijasida bir qator kasalliklar kelib chiqadi va o’simliklarni halokatga
olib kelishi mumkin.
Amalda mikroo’g’itlardan foydalanish oqibatida o’simliklarning kasalliklari
bartaraf etish bilan birga yuqori sifatli hosil olishga imkon yaratadi.
Mikroelementlar o’simliklarda kechadigan oksidlanish-qaytarilish jarayonida,
uglevod va azot almashinuvida qatnashadi, o’simliklarni kasalliklarga va tashqit
muhitning noqulay sharoitlarining taosiriga chidamliligini oshiradi.
Mikroelementlar
o’simliklar
hujayralarining
membranalarini
o’tkazuvchanligiga va oziq elementlarini qabul qilnishiga taosir qiladi.
Masalan, marganets o’simliklarni tashqi muitdan ionlarni tanlab qabul
qilinishini, fosforni o’simliklarning qari barglaridan yosh barglariga qarab
harakatlanishini yaxshilaydi.
Temir - G’e. Temirsiz o’simliklarning bargida xlorofill hosil bo’lmaydi.
O’simliklar xloroz kasali bilan kasallanadi.
Temir yetishmasligi natijasida xlorofilning hosil bo’lishi kamayadi va
barglarning yashil rangi yo’qola boshlaydi. Lekin temirning o’zi xlorofillning
tarkibiga kirmaydi.
Ilgari xlorofillning sintezida G’e oksidlanish-qaytarilish jarayonini boshqaradi,
deb taxmin qilingan edi.
Bunday taxminga aniqlik kiritildi, yaoni xlorofillning paydo bo’lishija ishtirok
etadigan fermentlarda G’e bor ekan.
Bor - V. Borning eng ko’zga tashlanadigan roli o’simliklarda sodir bo’ladigan
changlanish hodisasida seziladi, yaoni borsiz o’simliklar gulidagi otaligi o’smaydi va
changlanmagan gullar to’kilib ketadi. SHuning uchun o’simliklarda bor yetishmasa,
urug’larining mahsuldorligi pasayib ketadi. Agar bor yetishmasa, zig’irda o’suv
nuqtasi quriydi, kartoshkada chirish kasalliklari rivojlanadi.
O’simliklar ildizi o’suv nuqtasining va o’simliklarning o’suv nuqtasining qurib
qolishi borning yetishmasligi bilan bog’liqdir.
Bor o’simliklarning hosil tarkibid ko’p bo’ladi.
Marganets. Hmma o’simliklarning tirik hujayralari tarkibiga kiradi. Marganets
o’simliklarda kechadigan oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida faol ishtirok etadi,
askorbin kislota sintezida ishtirok etadi.
Marganets yetishmasa, makkajo’xori, qand lavlagi, g’o’za, don-dukkaklilarda,
tamakida xloroz kasalligi ro’y beradi. Barglarining chetlari sarg’ayadi, yosh novdalari
qurib qoladi.
Marganetsning yem-xashaklarda yetishmasligi natijasida jo’jalarning oyoqlari
qiyshayadi. O’simliklar tarkibidagi marganetsning miqdori, quruq moddaga nisbtan
mg hisobida, 15 mg dan 400 mg gacha tashkil etadi.
Mis - oksidlovchi fermentlar tarkibida bo’ladi, masalan, polifenoloksidoza
fermenti tarkibiga kiradi. V guruh vitaminlarning aktivligini oshiradi mis
yetishmasaligi oqsil sintezini kamaytiradi.
O’simliklarni misli birikmalar bilan kam oziqlantirilsa, hayvonlarda kamqonlik
ro’y beradi, yosh hayvonlar raxit bilan kasallanadi, qo’y-echkilarda junning to’kilishi
ro’y beradi.
Molibden - Mo. O’simliklarda aminokislotalar va oqsil moddalarning sintezida
nitratlarning ammiakgacha qaytarilish jarayonida ishtirok etadi.
Mo ushbu jarayonni tezlashtiruvchi nitratreduktoza fermenti tarkibiga kiradi.
Mo tuganak bakteriyalari faoliyati ham muhim ahamiyatga ega. Agar Mo
yetishmasa, tuganak bakteriyalari atmosferadagi erkin azotni bog’lamaydi.
Rux - karbonangidraza fermenti tarkibiga kiradi va nafas olish jarayonini
tezlashtiradi.
Auksinlarning
hosil
bo’lishini
yaxshilaydi.
Ru
yetishmasa,
o’simliklarda oqsillarning parchalanishi sodir bo’ladi. O’simliklarning ruzga bo’lgan
talabi yorug’lik kuchayishi bilan ortadi.
Kobalt So. Bu mikroelementni ko’proq dukkakli ekinlar talab qiladi, chunki
kobalt tuganak bakteriyalaining faoliyatini kuchaytiradi.
Muhit reaktsiyasini nordonlashuvi natijasida, uning o’simliklarga qabul
qilinishi kuchayadi. Kobaltning ozuqa eritmasidagi optimal dozasi 1 l ga 0,06 mg nm
tashkil etadi.
CHorva hayvonlarining ozuqasida kobalt yetishmasa, yirik shoxli
hayvonlarning va qo’ylarning ishtahasi keskin pasayadi hamda ularing mahsuldorligi
kamayadi.
2. Tuproq tarkibidagi mikroelementlar.
O’simliklarni mikroelementlar bilan taominlanishida ularning tuproq
tarkibidagi miqdorlari ham muhim ko’rsatkich hisoblanadi.
Bunda tuproq tarkibidagi mikroelementlarning umumiy miqdori emas, balki
o’simliklarga o’zlashadigan harakatchan shakllarining mavjud bo’lishi muhim rol
o’ynaydi.
Mikroelementlarning
tuproqdagi
harakatchanligi,
shuningdek
ularni
o’simliklarga o’zlashishida tuproqning kislotaliligi, uning oksidlanish -qaytarilish
reaktsiyalari va boshqa sharoitlar taosir qiladi.
Temir - G’e. Unumsiz tuproqlar tarkibida ham 2-3 % gacha bo’ladi. Ko’pchilik
hollarda, dala sharoitida G’e ni yerga o’g’it sifatida solishga hojat qolmaydi.
Qishloq xo’jalik ekinlaridan eng yuqori hosil olinganda ham hosil juda ozdir,
chunki temir birikmalarining harakatchanligi kamdir. Kislotali muhitga ega bo’lgan
tuproqlarda temir birikmalarining eruvchanligi ortadi, baozi hollarda o’simliklar
temirning xloridli yoki sulfatli tuzlarining taosirida ezilib qolishi mumkin.
Bor - V. Borning tuproq tarkibidagi umumiy miqdori 100 g tuproqda 0,15 mg
dan 5,5 mg gacha bo’ladi. Bor alyumosilikatlar tarkibida to’planadi.
Bor O’rta Osiyodagi boshqa tuproqdarga nisbatan bo’z tuproqlar va
serchirindili o’tloqi tuproqlarda ko’proq, yaoni bir kg tuproqda 250 mg ni tashkil
etadi. Borli birikmalar tuproqqa organik o’g’itlar, pech qumi va baozi bir kaliyli
o’g’itlarni solganda tushadi.
Marganets Mn. Tuproq tarkibidagi marganets 0,01-0,4 % ni tashkil etadi.
Tuproqning chirindili ustki qatlami va illyuvial qatlamida to’planadi.
Og’ir mexanik tarkibli hamda serchirindi to’proqlarda ko’proqdir.
O’zbekiston hududidagi bo’z tuproqlarda bu element 0,6-0,07 % to’q tusli
o’tloqi tuproqlarda bu elementning miqdori bundan ham ko’proqdir.
Marganetsning suvda eriydigan nitratli, xloridli, sul’fatli birikmalari
tarkibidagi marganetsni o’simliklar oson o’zlashtiradi.
Mis Cu. Tuproqdagi organik mineral birikmalar ko’rinishida bo’lib, chirindi
qatlamida to’planadi.
Kislotali tuproqlarda mis eruvchan shaklda bo’lib, ammo neftral va ishqoriy
reaktsiyaoli tuproqlarda esa mis o’simliklar uchun uncha yetarli bo’lmaydi.
Tuproqlarda mis o’rtacha bo’lib, Ye.M.Kruglovaning maolumotiga ko’ra,
Mirzacho’ldagi ekin ekilmagan och tusli bo’z tuproqlarning chirindili qatlamida
0,002 % bo’lib, sug’oriladigan och tusli bo’z tuproqlarning yuqori qatlamida 0,003%,
tipik bo’z tuproqlarda 0,003%, sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlarda 0,0048%, o’tloqi
tuproqlarda esa 0,003-0,004% ni tashkil etadi.
Molibden - Mo. Tuproq tarkibidagi molibdenning umumiy miqdori juda oz
bo’lib, 100 g tuproqda 0,02 dan 0,75 mg gacha. Kislotali muhitda molibdenning ko’p
qismi uch valentli kationlar bilan bog’langan, bu tuproqlarda uning harakatchanligi
juda past, shuning uchun bu tuproqlarda dukkakli ekinlar, gul karam va boshqa
ekinlar ekilganda, molibden tanqisligi sezilib qoladi.
Rux -Zn. 100 g quruq tuproq tarkibidagi miqdori 2,5-6,5 mg ni tashkil etadi.
Rux, asosan, chirindili qatlamda ko’proq to’planib, chirindi bilan birgalikda
murakkab birikmalar hosil qiladi. SHuningdek rux mineral kolloidlarga singdirilgan
holatda va turli minerallar tarkibida uchraydi.
E.M.Kruglovaning maolumiga ko’ra, bo’z tuproqlarda rxningumumiy miqdori
0,006-0,012 % ni tashkil etadi.
Kobal’t - So. Tuproqdagi turli alyumosilikatlar tarkibida va kolloid
zarrachalarga singldirilgan hamda turli organik-mineral birikma holida bo’ladi.
Kobal’t miqdori tuproqda o’rtacha 3 % ni tashkil etadi. Qora, kashtan va bo’z
tuproqlarda bu element miqdori ko’proqdir. Kislotali muhitga ega bo’lgan
tuproqlarda o’simliklar kobaltni yaxshi o’zlashtiradi, chunki tuproqning kislotaliligi
ortgan sari kobaltning harakatchanligi kuchayadi. Kislotali tuproqlarni ohaklaganda,
kinlar uchun kobalt yetishmasligi seziladi.
3. Mikroo’g’itlar, ularning turlari, normalari va foydalanish usullari.
O’simliklarga juda oz miqdorda kerak bo’ladigan, tarkibida mis, rux, bor,
marganets, molibden va kobalt bo’lgan birikmalarga mikroo’g’itlar deyiladi.
1. Borli mikroo’g’itlar. Bor o’simliklarga juda oz miqdorda kerak bo’ladi.
Lekin tuproq trkibidagi o’simliklarga o’zlasha oladigan shakli yetishmaydi.
Bunday holatda qishloq xo’jalik ekinlaridan ko’zlangan hosilni olib bo’lmaydi.
Quyidagi borli o’g’itlar foydalaniladi.
1. Bor dotolitli un (....................)
Voskrens kimyo kombinati ishlab chiqaradi. Tarkig’bida suvda xeruvchan 1,5-
2 % bor mavjud, och kul rangli poroshok. Bu o’g’itni turli xil usulda ishlatish
mumkin.
Bu o’g’itni yerga ekin ekilgunga qadar solinadigan bo’lsa, 1 ga maydonga kg
hisobida: qan lavlagi - 1,5 kg, kartoshka va sabzavot - 1 kg, grechixa - 1 kg, zirk - 0,5
kg solish lozim.
Erga solishdan oldin bu o’g’it boshqa o’g’itlar bilan yaxshilab aralashtiriladi,
tuproqqa bir tekisda tushishi uchun. Ekish bilan birga berilganda mikroo’g’itlarning
dozasi ikki marta qisqartiriladi. Ekish bilan birga borli superfosfat solinsa, yaxshi
samara beradi.
2. Borli superfosfat, donador holda ishlab chiqariladi, tarkibida 0,17-0,34 %
bor va 15-18 % fosfor bor yoki 1-1,3 % bor va 36 % gacha fosfori bo’ladi.
O’simliklarning eng yaxshisi, suvda to’la eriydigan o’g’itlar bilan oziqlantirgan
maoqul. Bunday borli o’g’itlarga barat kislota kiradi, tarkibida 17,5 % bor mavjud.
Bura, tarkibida 11,3 % bor mavjud.
Bor - magniyli tuz, tarkibida 0,9-5,3 % bor va 70-75 % magniy sulfat bor.
Borli mikroo’g’itlardan haydov ostiga solish uchun uning suvda erimaydigan,
lekin o’simliklarga o’zlashadigan shakllaridan foydalanish lozim.
Bunday borli o’g’itlarga cho’ktirilgan borat-magniyli tuz kiradi. Tarkig’ida 1,5
% va 19 % gacha magniy mavjud.
2.Marganetsli mikroo’g’itlar.
Marganetsli o’g’itlar sifatida marganetsli ruda sanoatiing chiqindisidan
foydalaniladi. Bu chiqindilar tarkibida 10-18 % marganets mavjud. Tshqi ko’rinishi
to’q kul rang yoki qora rangli poroshok. SHuningdek, tarkibida marganetsi bor
boshqa chiqindilar ham borki, ulardan ham qimmatli marganetsli o’g’it sifatida
foydalanish mumkin.
Buar jumolasiga: ferromarganets changi, tarkibida 26-32 % marganets oksidi,
marten shlagi, tarkig’ida 10-14 % marganets oksidi bor. Bu suvda erimaydigan
moddalarni tuproqqa solinganda, ulardan marganets asta-sekin ajraladi va
o’simliklarga o’zlashadigan shaklga o’tadi.
2. Marganetsli superfosfat. Oddiy superfosfatga nodadorlashtirishdan oldin 10-
15 % marganetsli shlam qo’shiladi. Bu o’g’itda 18-19 % fosfor oksidi va 1,5-2,5 %
marganets bo’ladi.
3. Marganets sulfat.
Qishloq xo’jaligida zarur bo’lgan marganetsli o’g’itlarning 30 % ga yaqinnini
marganets sulfati tashkil etadi.
Marganets sulfatdan urug’larni ekishdan oldin ishlashda va bargidan
oziqlantirishda ishlatiladi.
50-100 g marganets sulfat 300-400 g tal’p bilan aralashtirilib, qand lavlagi,
bug’doy, makkajo’xori, arpa, no’xat, kungaboqarning 100 kg urug’i bilan
aralashtiriladi. Yemevali daraxtlarga sepish uchun har gektariga shunday
aralashmadan 600-1000 g sarflanadi.
3. Misli mikroo’g’itlar.
1. Misli mikroo’g’itlardan eng ko’p tarqalgani sulfat kislota sanoatining
chiqindisi pirit ogarogi, trkibida 0,3-0,6 % mis mavjud. Buning tarkig’ida misdan
tashqari kobalt, molibden, rux va 50 % gacha temir ham bo’ladi.
Bu o’g’itni 4-5 yilda bir marta har gektar hisobiga 500-600 kg dan kuzgi
haydovostiga yoki bahorda ekishdan oldin kultivatsiya bilan tuproqqa solinadi.
4. Molibdenli mikroo’g’itlar.
Molibdenli mikroo’g’itlarga, asosan ammoniy molibdek kiradi. Tarkibidagi
mlibden 35 % ni tashkil etadi.
Molibdenli o’g’it sifatida mis, elektrolampa ishlab chiqarish, molibden ishlab
chiqarish sanoatining chiqindilaridan foydalaniladi. Molibdenli o’g’itlardan
foydalanishning samarali va iqtisodiy tomondan tejamli usuli - bu urug’larni ekishdan
oldin ishlashidir.
5. Ruxli mikroo’g’itlar.
Ruxli mikroo’g’itlarni shunday sharoitlarda ishlatish lozimki, ruxning
harakatchan shakli, 1 kg tuproqda, noqoratuproq mintaqada 0,2-1,0 mg, qoratuproq
zonada 0,3-2,0, kashtan va bo’z tuproqlarda 1,4-1,8 mg dan kam bo’lganda
foydalanish mumkin. Ruxli o’g’it sifatida rux sulfat sanoatining chiqindisidan va
ruxli
bo’yoqlar
ishlab
chiqarishdagi
zavodlarning
chiqindisi
-
polimikroudobreniyadan foydalaniladi. Uning tarkibida 19,6 % rux oksidi, 17,4 %
rux silikat, 21.1 % alyuminiy oksidi va oz miqdorda mis va marganets ham bo’ladi.
Makkajo’xori uchun har ga ga 20 kg dan MPU-7 solinadi.
6. Kobaltli mikroo’g’itlar.
Kobaltli mikroo’g’itlarni qora tuproqlarda, madaniylashtirilgan chimli podzol
tuproqlarda, Markaziy Osiyoning kashtan va bo’z tuproqlarida ishlatish yaxshi
samara beradi. O’simlik mahsulotlarining parhezlik hususiyatini oshirishda bu
o’g’itlardan foydalanish muhim ahamiyatga egadir.
Agarda 1 kg quruq pichan tarkibida kobaltning miqdori 0,07 mg dan
kamaysa,, charvo hayvonlari okobal’toz kasalligi bilan og’riydi. SHuning uchun
kobal’tli o’g’itlarda yaylovlarni, o’tloqlarni oziqlanishda foydalanish lozim, qaysiki
tuproqlari kobalt bilan yaxshi taominlanmagan mintqalarda.
Yuqorituproq mintqaning har bir kg quruq tuproq tarkibida 1,0-1,1 mg, qora
tuproq mintaqasida 0,6-2,0 mg, Markaziy Osiyoning kashtan va bo’z tuproqlarining
har bir kg da 1,-1,5 mg kobalt bo’lsa, kobaltli o’g’itlarning samaradorligi yuqori
bo’ladi.
Ildizdan tashqari oziqlantirish va urug’larni ekishdan oldin ishlash uchun
kobalt sulfatning 0,01-0,1 % li eritmasidan foydalaniladi.
Tayanch iboralar iboralar
Mikroelementlar, fermentlar tarkig’iga kiruvchi, modda almashinuvi,
oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari, uglevod azot almashinuvi, fotosintez jarayoni,
mikroo’g’itlar, mikroelementlar, oksidlanish, marganets, molibden, kaliy, natriy,
temir, kobalt, kobaltli mikroo’g’itlar, ildizdan tashqari oziqlantirish.
Nazorat savollari
1. Mikroelementlar deb nimaga aytiladi?
2. Mikroelementlar o’simliklarda kechadigan qanday jarayonlarda aktiv
ishtirok etadi?
3. Qaysi mikroelementlar qishloq xo’jaligi sohaida qo’llaniladi?
4. O’simliklar hayotidagi temirning ahamiyatini gapiring.
5. O’simliklar hayotidagi marganetsning roli.
6. Mining o’simliklarga taosiri.
7. Molibdenning o’simliklar hayotidagi roli?
8. O’simliklardagi ruxningmiqdori va rux yetishmasligi qaerlarda uchraydi?
9. Nima uchun dukkakli ekinlar ko’proq kobaltni talab qiladilar?
10. Mikroelementlarning tuproq tarkibidagi miqdorlarini ko’rsating.
11. Bor qanday tuproqlarda ko’p bo’ladi.
12. Kelajakda qishloq xo’jaligining misli mikroo’g’itlarga bo’lgan talabini
qanday moddalar qondiradi?
14. Molibdenli o’g’itlardan foydalanish usullarini gapiring.
15. Kobaltli mikroo’g’itlar, asosan qaerlarda ishlatiladi va ularning ahamiyati
qanday?
16. Rux sulfati, asosan qanday maqsadda foydalaniladi?
17. Kobaltli mikroo’g’itlarga misollar ayting.
18. Molibdenli o’g’itlarga misollar ayting.
Adabiyotlar
1.
Agroximiya. Pod. red . V.M.Klechkovskogo i prof. A.V.Peterburgskogo.
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964.
2.
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989.
3.
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984.
4.
Agroximicheskie metodi issledovaniya pochv. M., 1975.
5.
Piroxunov T., Kariev A. Effektivnost’ primeneniya molibdena i tsinka pod
xlopchatnika i lyutsernu. T., 1974.
MA’RUZA 13: ODDIY, ARALASH VA MURAKKAB MINERAL O’G’ITLAR.
KOMBINATSIYALANGAN VA SUYUQ MURAKKAB O’G’ITLAR.
REJA:
1. Oddiy mineral o’g’itlar
2. Aralash mineral o’g’itlar
3. Murakkab mineral o’g’itlar
4. Kombinatsiyalangan yoki murakkab aralashgan mineral o’g’itlar
5. Suyuq kompleks o’g’itlar
6. Tayanch iboralar
7. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
8. Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Oddiy mineral o’g’itlar.
Kimyo sanoatining ishlab chiqarayotgan o’g’itlarning yarmidan kupi oddiy
mineral o’g’itlar xissasiga to’g’ri keladi. Tarkibida oziqa elementlaridan biri bo’lgan
mineral o’g’itlarni oddiy minerallar deb atash qabul qilingan.
Amalda esa o’simliklarning oziqlanishini yaxshilash uchun, oziq elementlariga
bo’lgan talabini bir vaqtda qondirish maqsadida birdaniga bir necha oddiy mineral
o’g’itlar aralashtirilib solinadi.
CHunki qishloq xo’jalik ekinlariga har bir oddiy mineral o’g’itlarni alohida -
alohida solinganda, juda ko’p mehnat, yonilg’i-moylash materiallari va qat sarf
bo’ladi.
Bu esa iqtisodiy tomondan ham samarali emas. SHundan kelib chiqib, o’g’itlar
aralashmasini tayyorlash zarurati tug’iladi.
2. Aralash mineral o’g’itlar.
Aralash mineral o’g’itlarning tayyorlanishi ularning tuproqa solishdagi sarf
harajatlarni kamaytiribgina qolmasdan, balki ushbu o’g’itlarning fizik xususiyatlarini
ham yaxshilaydi. Aralash mineral o’g’itlar ikki yoki uch xil oddiy donadorlashtirilgan
yoki donadorlashtirilmagan o’g’itlarni maxsus o’g’it aralashtirish zavodlarida,
agrokimyo markazlarida yoki bevosita xo’jaliklarda aralashtirish yo’li bilan olinadi.
Bunda o’g’itlar solishga ketadigan vaqt hamda mehnat o’g’itlarni alohida alohida
solishdagiga nisbatan ancha tejaladi va ularning samaradorligi ortadi, chunki barcha
zaruriy o’g’itlar birdaniga solinadi. Ular dala bo’ylab bir meoyorda taqsimlanadi va
ayrim oziq elementlari har bir joda ham bo’ladi.
O’g’it solinadigan ekinning ehtiyojiga va tuproqni xossalariga bog’liq holda
o’g’itlar aralashmalarining tarkibi N:R:K nisbati turlicha bo’lishi mumkin.
SHu jihatdan olganda ular tarkibidagi ozuqa moddalarning miqdori har xil
tuproqlardagi ekinlarga solish uchun doim ham to’g’ri kelavermaydigan kompleks
o’g’itlardan ustun turadi. Ldekin har qanday o’g’itni ham bir biri bilan aralashtirib
bo’lmaydi, chunki ular orasida sodir bo’ladigan kimyoviy reaktsiyalar natijasida
ko’ngilsiz o’zgarishlar - fizik xossalarining yomonlashuvi, eruvchanligining
kamayishi yoki zaruriy oziq moddalarning yo’qolishi hollari sodir bo’lishi mumkin.
Aralashtirish yo’li bilan o’g’itlarning mushtlashib qolishini kamaytirish va
sochiluvchanligini yaxshilash mumkin. Misol tariqasida, ammiqakli selitra, pretsipitat
va kaliy sul’fatdan iborat o’g’itlar aralashmasini olib ko’raylik. Ammiakli selitra
nomini o’ziga tez tortib oladi, gigroskopikligi kuchli va tezda qotib qoladi. Yerga
solishdan oldin uni albatta maydalash lozim bo’ladi.
Pretsipitat va kaliy sulfat esa gigroskopik emas, qotib qolmaydi.
Ammiakli selitraning ular bilan aralashmasi yaxshi fizik xususiyatga ega
bo’ladi, yaoni aralashma yaxshi sochiladi, dalaga bir tekisda tushadi.
Mayda kristall holida kaliy xlorid ham juda gigroskopikdir.
Kaliy xloridni fosforit uni bilan aralashmasi uning fizik xususiyatini
yaxshilaydi. Huddi shunday ammiakli selitra bilan fosforit unining aralashmasida
ham shunday holatni kuzatish mumkin.
Aralash mineral o’g’itlarni xo’jaliklarning o’zidja ham tayyorlash mumkin.
Lekin xo’jaliklarda mineral o’g’itlarni talab darajasida aralashtiradigan mexanizmlar
mavjud emas.
SHuning uchun xo’jaliklarda odamlar o’g’itlarni yerga solishdan oldin qo’lda
aralashtirib, keyin soladilar. Ammo bunda o’g’itlar bir tekis aralashmaydi va ko’p
mehnat talab qiladi. O’g’itlar va insektofungitsidlar ilmiy tekshirish institutining
maolumotiga ko’ra, lavlagi ekiladigan rayonlarda va Markaziy Osiyoning paxta
yetishtiradigan mintaqalarida o’g’itlarga ketgan sarf-xarajatlarning 50 % qismini
o’g’itlarni aralashtirish uchun ketgan sar harajatlar tashkil etar ekan.
O’g’itlar aralashmalarini tayyorlashda maolum bir cheklanishlar mavjudki,
hamma o’g’itlar ham bir-biri bilan aralashavermaydi. Bu ham xo’jalik sharoitida
ishning murakkablashuviga olib keladi.
O’g’itlar aralashmasini zavodlarda tayyorlab solinadigan tuproq sharoitlarini
o’simliklarning biologik xususiyatlarini hisobga olib, ishlab chiqarish maqsadga
muvofiq bo’lar edi.
O’g’itlar aralashmasini tayyorlashni mexanizatsiyalash ularning tannarxini
keskin pasaytiradi.
O’rta Osiyo Respublikalarida 40-yillardayoq azotli va fosforli o’g’itlardan
aralashmalar tayyorlash yo’lga qo’yilgan edi.
AQSH, Angliya, Frantsiya va boshqa rivojlangan mamlakatlarda ishlayotgan
o’g’itlarning yarmidan ko’pi aralashma holida foydalaniladi. Qanday aralashmalar
ishlab chiqarish kerak, degan muammo ko’ndalang bo’ladi, chunki aralashmalarning
tarkibi 3 shartni qondirishi lozim. Birinchidan, tuproq tarkibidagi o’simliklarga
o’zlashadigan shakldagi ozuqa elementlari bilan tuproqning taominlanganlik
darajasini hisobga olish lozim. Ikkinchidan, aralashma o’g’itlanayotgan ekinning
talabiga, ozuqa elementining shakli va nisbatiga javob berishi kerak.
Bu esa nafaqat hosil miqdoriga, balki uning sifatiga o’g’itning samarali
taosirini belgilaydi. Uchichidan, aralashmani tayyorlayotganda, uni asosiy o’g’it
sifatida, ekish bilan birga beriladimi yoki o’suv davridagi oziqlantirishda
ishlatiladimi, shularni ham hisobga olish lozim.
3. Murakkab mineral o’g’itlar.
Murakkab mineral o’g’itlarga shunday kimyoviy birikmalar kiradiki, ularning
tarkibida 2 yoki 3 ta ozuqa elementlari mavjud bo’ladi, qaysiki, ular o’simliklar
uchun eng kerakli bo’lgan ozuqa elementlaridir. Eng yaxshi murakkab mineral
o’g’itlardan biri - bu ammofosdir.
Bu o’g’itda ballasti yo’q.
Bu tuzni tashkil etgan ammoniy va fosfat ionlari hamma o’simliklarga kerak va
ular hamma tuproqlarda o’simliklar tomonidan oson o’zlashadi. Ammofos tarkibida
11-12 % azoti va 46-60 % atrofida o’zlashuvchan fosfori bor.
Ammofosni ishlab chiqarish texnologiyasi juda soddadir, yaoni ammiakni
fosfor kislota bilan neytrallashga asoslangan.
Ammofos yuqori kontsentratsiyali o’g’it bo’lib, undan foydalanganda juda
katta iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.
Fosfoammomagneziya - yoki magniy - ammoniy - fosfat, kam eruvchan
murakkab o’g’it, tarkig’ida 8 % azot va 40 % fosfori mavjud.
Bu o’g’itning tarkibidagi ammoniyni nitrifikatsiya jarayoni ham sulfat va nitrat
ammoniylarniki kabi tez boradi. Asosiy o’g’it sifatida foydalaniladi, hatto katta
dozalarda ham o’simliklarga zararli taosir ko’rsatmaydi. Bu o’g’itning tarkibiga
marganets, mis, rux kabi mikroelementlarni ham qo’shish mumkin. Natijada
berkitilgan yoki yopilgan tuproq sharoitida ham foydalanish mumkin bo’lgan o’g’itga
aylanadi.
4. Kombinatsiyalangan yoki murakkab aralashgan mineral o’g’itlar.
Nitrofosforlar va nitrofoskalar appatit yoki fosforitni nitrat kislota bilan
parchalanish orqali olinadi. Bunda kal’tsiyli selitra va kal’tsiy monofosfat aralashgan
dikal’tsiyfosfat olinadi.
Kaltsiy nitrat juda gigroskopik bo’lganligi sababli bunday aralashma tezda nam
tortib qoladi. O’g’itni fizik xossalarini yaxshilash uchun ortiqcha kaltsiy eritmadan
ajratib olinadi, buning uchun kaltsiy nitrat boshqa birikmalarga aylantiriladi.
Bu ish turli usullar bilan amalga oshiriladi. Qaynoq pul’pa aralashmasiga
ammiak yoki sul’fat kislota yoki ammoniy sul’fat qo’shiladi. Bunda kal’tsiy nitrat
o’rniga gigroskopikligi kamroq bo’lgan ammoniy nitrat va gips hosil bo’ladi.
Sul’fat kislotali va sul’fatli nitrofoslar dikal’tsiy fosfat, ammoniy fosfat,
ammoniy nitrat va gpsdan tarkib topadi. Ammoniy sulfatning yoki sulfat kislotaning
miqdoriga qarab, o’g’it tarkibidagi suvda eriydigan fosfor miqdori turlicha bo’ladi.
Boshqa usulda eritmadan ortiqcha kal’tsiyni ajratib olish uchun pul’paga ammiak va
ancha arzon karbonat kislota qo’shiladi. Bunda dikal’tsiy fosfat, ammoniy nitrat va
kal’tsiy karbonatdan iborat karbonatli nitrofoska olinadi.
Kal’tsiy nitratni muzlatish va so’ngra ammiak hamda sul’fat kislota
aralashmasi bilan ishlov berish usuli ham qo’llaniladi. Bunda ammoniy nitrat,
dikal’tsiy fosfat va ozroq miqdoridagi ammoniy fosfat aralashmasidan iborat
muzlatilgan nitrofos olinadi.
Fosforli nitrofoska ballastsiz va juda kontsentrlangan o’g’it tarkibida 50 %
oziq moddalar bo’ladi.
Uning tarkig’idagi fosforning 50 % i suvda eriydigan shaklda bo’ladi. Bu
o’g’itni ekishdan oldin va ekish bilan birga ishlatiladi. Demak, nitrofoskalarda azot
va kaliy oson eruvchan birikmalar holida bo’ladi. Fosfor esa, asosan kal’tsiy fosfat va
qisman suvda eriydigan ammoniy fosfat hamda kal’tsiy monofosfat holida bo’ladi.
Karbonatli nitrofoskada suvda eriydigan fosfori bo’lmaydi, shuning uchun u
faqat kislotali tuproqlarda asosiy o’g’it sifatida ishlatiladi.
Nitrofoskalarning xrakteristikasi
markasi
azot, %
o’zlashtiriladigan
fosfor 5-oksid
kaliy oksidi, %
A (16:16:13)
16-14
16-17
13-14
B (13:16:13)
12,5-13,5
8,5-9,5
12,5-13,5
V (12:12:12)
11-12
10-11
11-12
Nitrofoskalar donador holda, donachalarining o’lchami 2,5-4 mm yoki 1,65-2,8
mm qilib chiqariladi, qog’oz qoplarga joylanadi. Nitrofoska asosiy o’g’it sifatida
ekishgacha tuproqqa solinadi, tarkibidagi fosforning ko’p qismi suvda eruvchan
shaklda bo’lganlari esa ekish vaqtida qatorlarga va uyalarga hamda oziqlantirish
maqsadida solinadi.
Nitroammofoslar va nitroammofoskalar
Nitrat hamda fosfat kislotalar aralashmasining ammiak bilan neytrallab olinadi.
Monoammoniy fosfort asosida olinadigan o’g’it nitroammofos, kaliy qo’shilganda
esa nitroammofoska deyiladi, diammoniy fosfat asosida olingan o’g’it-tegishlicha
diammonitrofos va diammonitrofoska deyiladi. Bu kompleks o’g’itlar tarkibida oziq
moddalarning ko’pligi bilan boshqa o’tish yeridan farq qiladi, ularni olish paytda esa
tarkibidagi azot, fosfor va kaliyni orasidagi nisbatni o’zgartirish uchun katta
imkoniyat bo’ladi.
Nitroammofoslar azotning miqdori 10-30 % va fosfor 14-30 % oralig’ida qilib
chiqarilishi mumkin.
Karboammofoslar yoki tarkibidagi azot amid va ammiak shaklida, fosfor esa
suvda eriydigan shaklda bo’ladi.
Ularni ishlab chiqarish mochevinaning fosfat kislota bilan yoki ammofos
hamda diammofos bilan kompleks birikmalar hosil qilish xususiyatiga asoslangan.
O’g’itlar tarkibida 24-48 % azot, 48-18 % fosfor bo’lishi mumkin.
Uchlamchi kombinatsiyalngan o’g’it olish uchun kaliy xlorid qo’shiladi.
Karboammofoskalarda oziq moddalarning umumiy miqdori 60 % gacha bo’ladi.
Karboammofoskalar azot-fosfor - kaliyning nisbatlari quyidagicha qilib
chiqariladi: 1:1:1; 1,5:1:2; 2:1:1 va 1:1.5:1.
Nitroammofosfatlarning harakteristikasi
o’g’itlar
azot, %
fosfor
oksidi,
%
kaliy oksid,
%
nitroammofos
a markasi (1:1)
23
23
-
b markasi (1:1.5)
16
24
-
nitroammofoska
1-navi (NRK-50 %)
16
16
18
2-navi (NRK - 44 %)
14
14
18
karboammofos
30
30
-
karboammofoska
1-navi (NRK - 60 %)
20
20
20
Ammoniy polifosfatlar - polifosfat kislotani ammiak bilan neytrallash orqali
olinadi.
Polifosfat, boshqacha aytganda superfosfat kislota orto-piro va ozroq
miqdordagi polifosfat kislotalar aralashmasidan tarkib topgan bo’lib, tarkibida 75 %
atrofida fosfori bor.
Ammoniy polifosfatda esa 17 % azot, 60 % fosfor bo’ladi. Bu o’g’itlarning
fizik xossalari yaxshi, barcha ekinlarga ishlatish mumkin, o’g’itlar aralashmasi uchun
va suyuq kompleks o’g’itlar tayyorlashda yaxshi komponent hisoblanadi.
5. Suyuq kompleks o’g’itlar.
Qishloq xo’jaligiga ko’plab miqdorda suyuq azotli o’g’itlardan ammiakli suv
yetkazib berilmoqda.
Bu o’g’itni ishlatish uchun germetik berkiladigan idishlar zarur, aks holda ko’p
miqdorda azotni yo’qotish mumkin.
Bu o’g’itning tarkibida faqat ammiak ko’rinishidagi azot bor, xolos.
Suyuq kompleks o’g’itlar tarkibida esa 2 yoki 3 ta ozuqa elementlarining
eritmasi bo’ladi. Ularga ikkinchi darajali ozuqa elementlari va mikroelementlarni
ham qo’shish mumkin.
Tajribalar qattiq va suyuq kompleks o’g’itlarning o’simliklarga taosiri deyarli
bir xil ekanligini ko’rsatgan.
Suyuq kompleks o’g’itlar perspektivali o’g’itlar turiga kiradi.
Bu o’g’itlarni olishning printsipial sxemasi fosfor kislotani ammiak bilan
neytrallashga asoslangan (rN=6,5 gacha).
Suyuq kompleks o’g’itlarning 2 turi mavjud bo’lib, ularni ishlab chiqarishda
foydalanilayotgan fosforning shakliga qarab farqlanadi:
1. Ortofosfor kislota
2. Superfosfor kislotasi
Ularning tarkibg’ida azotn ko’paytirish maqsadida ammiakli selitra, mochevina
yoki mochevina va ammiakli selitra aralashmasi qo’shiladi.
Termik fosfor kislota asisda olingan suyuq kompleks o’g’itlar - tiniq, rangsiz
suyuqlikdir.
Issiq aralashtirishda fosfor va polifosfor kislotalar gaz holidagi va ammiakli
suv bilan neytrallanadi, shuningdek olingan aralashmaga oldindan tayyorlangan
komponentlar ham qo’shiladi va ular ham eritiladi.
Azotli va kaliyli komponentlar sifatida ko’proq mochevina ammoniy-nitratli
eritmalar va kaliy xlorid qo’shiladi.
Sovuq aralashtirib tayyorlashda esa oldindan tayyorlangan komponentlar
mexanik ravishda bir-biri bilan aralashtiriladi.
Sovuq aralashtirishda ammoniy fosfat va qattiq diammoniyfosfat eritmalaridan
foydalaniladi.
Polifosfor kislota asosida olingan suyuq kompleks o’g’itlar tarkibidagi ozuqa
elementlarining miqdori 40 % dan ko’pdir.
Bunday eritmalar tarkibida 3 ta elementi bo’ladigan subq kompleks o’g’itlar
ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Ularning tarkibi har xil bo’lib, ularga
mochevina, ammiakli selitra va kaliy xlorid qo’shiladi.
Bu o’g’itlarning zichligi 1,35-1,40 ga teng, kristallanish harorati 18 S. Ular
uzoq aqt saqlanganda har xil nuqsonlar paydo bo’lmaydi.
Suyuq kompleks o’g’itlarda erkin ammiak bo’lmaydi. SHuning uchun ularni
tuproq yuzasiga bemalol sepish mumkin va uni har xil tuproqqa solinadi.
Suyuq kompleks o’g’itlar maxsus agregatlar yordamida har qanday ekinlarga
solinishi mumkin.
Bu o’g’itlarni sug’orib dehqonchilik qilinadigan joylarda ham qo’llash
mumkin.
Suyuq kompleks o’g’itlar bilan birga gerbitsidlarni, insektitsidlarni,
mikroelementlarni
va
har
xil
o’simliklarni
o’sishini
tezlashtiruvchi
biostimulyatorlarni ham qo’shib ishlatish mumkin. Bunday operatsiyalar esa juda
katta iqtisodiy samara beradi.
Tayanch iboralar iboralar
Oddiy mineral o’g’itlar, aralash mineral o’g’itlar, fizik xususiyatlari, iqtisodiy
samaradorligi, aralashmalar tarkibi, mineral o’g’itlar, murakkab mineral o’g’itlar,
azot
va
fosfor
o’rtasidagi
nisbat,
ammiakni
to’yintirish,
diammofos,
kombinatsiyalangan
o’g’itlar,
sul’fatli
sxema,
ikkinchi
darajali
ozuqa
elementlari,termik ortofosfor kislota, azot fosforli suyuq kompleks o’g’itlar, issiq
aralashtirish, sovuq aralashtirish.
Nazorat savollari
1. Oddiy mineral o’g’itlar deb qanday o’g’itlarga aytiladi?
2. Aralash mineral o’g’itlar deb qanday o’g’itlarga aytiladi va ularning
ahamiyati.
3. Murakkab mineral o’g’itlar deb qanday o’g’itlarga aytiladi?
4. Ammofos va diammofosning ahamiyati va kamchiliklarini ayting.
5. O’g’itlarni aralashtirishda qanday omillarni hisobga olish zarur?
6. O’g’itlar aralashmalarining tarkibi qanday shartlarni qondirish kerak?
7. Murakkab o’g’itlardan qanday o’g’it sifatida foydalaniladi?
8. Kombinatsiyalangan yoki murakkab aralashgan o’g’itlarga qaysilar kiradi?
9. Suyuq kompleks o’g’itlar necha xil bo’ladi?
10. Issiq aralashtirish usulini ayting.
11. Sovuq aralashtirish usulini gapiring.
12. Suyuq kompleks o’g’itlardan qanday foydalaniladi?
Adabiyotlar
1.
Agroximiya. Pod. red . V.M.Klechkovskogo i prof. A.V,Peterburgskogo.
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964.
2.
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989.
3.
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984.
4.
Spravochnik po oborudovaniyam. Izd-vo “KOLOS” m., 1964.
MA’RUZA 14: MINERAL O’G’ITLARNI SAQLASH, TASHISH VA TUPROQQA
SOLISH. MINERAL O’G’ITLAR BILAN ISHLASHDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI
REJA:
1. Mineral o’g’itlarni saqlash
2. Mineral o’g’itlarni tashish
3. Mineral o’g’itlarni tuproqqa solish
4. Mineral o’g’itlar bilan ishlashda texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi.
5. Tayanch iboralar
6. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
7. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mineral o’g’itlarni saqlash.
O’g’itlarni saqlash, tashish va tuproqqa solishni to’g’ri tashkil etish
isrofgarchiliklarni kamaytirish va o’g’itlarning samaradorligini oshirishda muhim
ahamiyatga ega.
Mineral o’g’itlar tipovoy loyqalar asosida qurilgan, temir yo’l stantsiyalari
yaqinidagi,
shuningdek
bevosita
xo’jaliklarining,
ulardagi
kgrokimyoviy
punktlaridagi maxsus omborlarda saqlanadi.
Mineral o’g’itlar ochiq, jihozlanmagan maydonlarda saqlanganda ularning
anchagina qismi isrof bo’ladi va sifati buziladi. Ngam tortadi, mushtlabi qoladi,
tarkibidagi oziq moddalar miqdori kamayadi.
Yomg’ir qor va gurunt suvlari oqib chiqib ketadigan qilib ishlangan, maxsus
tayyorlangan, asfalt bosilgan yoki betonlangan oziq maydonlarda o’g’itlarni
polietilen qoplarda texnogen holda saqlashga ruxsat etiladi.
Bunda qoplarni yog’och taglikka taxlash kerak va ustidan brezent yoki
polietilen plyonka yopib qo’yiladi.
O’g’itlarni omborlarda saqlash zaruriyati ularning mavsumiy ishlatilishi va yil
davomida notekis kelishi bilan bog’liq. Omborlarning tiplari va o’lchamlari turlicha
bo’ladi, ular o’g’itlarning yil davomida kelib ketishini hisobga olgan holda maolum
sig’imiga mo’ljallangan bo’ladi. Temir yo’llar yonidagi va stantsiyalardagi
omborlarning sig’imi xo’jaliklarning omborlariga nisbatan ancha katta bo’ladi.
Omborlarning binosi temir-beton va yengil yog’och konstruktsiyalardan, shuningdek,
g’isht va boshqa mahalliy qurilish materiallaridan quriladi. Ular turar joy, jamoat va
ishlab chiqarish binolaridan kamida 200 m uzoqlikda bo’ladi.
Temir yo’l va stantsiya yaqinidagi omborlar sig’imi shu ombor xizmat
ko’rsatadigan xo’jaliklarning soniga, ularning ombordan uzoq yaqinligiga, kelajakda
o’g’itlarga yillik ehtiyoj qancha bo’lishiga qarab, shuningdek, ombor qurishga hamda
o’g’itlarning xo’jaliklarga tashishga sarflanadigan minimal sarf-xarajatlarni hisobga
olgan holda aniqlanadi.
Temir yo’l yaqinidagi omborlarda mintaqaviy sharoitlarga bog’liq holda
o’g’itlarning yillik kelib ketishi ikki, uch va to’rt martagacha borishi mumkin.
Xo’jalik omborining o’lchamlari uning kelajakda mineral o’g’itlarga
bo’ladigan ehtiyojiga va ularning keltirish-sarfldash koeffitsientiga bog’liq bo’ladi.
Kelajakda o’g’itlarga ehtiyoji 1-2 ming tonnadan kam bo’lgan xo’jaliklarda
mineral o’g’itlarning xo’jaliklararo omborlarini qurish maqsadga muvofiqdir.
Tipovoy loyixalar bo’yicha qurilgan omborlar quidagi asosiy talablarga javob
berishi kerak:
o’g’itlarga atmosfera yog’in sochinlari, qor, va gurunt suvlari tegmasligi.
Omborda mikroiqlim yaratilishi lozim.
O’g’itlarni yuklash - tushirish ishlarini mexanizatsiyalashga imkon berishi
lozim.
Idishlarga joylanmagan o’g’itlarni tushirish uchun omborda qabul qurilmasi
bo’lishi, omborning tagi albatta beton yoki asfatl bo’lishi shart.
Idishlarga joylangan hamda joylanmagan o’g’itlar omborlarda aloxida aloxida
saqlanadi. Ular turiga va shakliga qarab maxsus xonalarga joylashtiriladi yoki
idishlarga solinmagan o’g’itlar ko’chma to’siqlar bilan ajratib qo’yiladi. Xonaning
yoki sektsiyaning old tomoniga o’g’itning nomi, tarkibidagi oziq moddalarning
miqdori, olingan vaqti yozilgan yorliqlar osib qo’yiladi.
Idishlarga joylanmagan o’g’itlar 2-3 m balandlikdagi uyum holida saqlanadi.
Polga sochilgan o’g’itlar yig’ishtirib olinadi. Idishlarga joylangan o’g’itlar yassi yoki
ustunlarga o’rnatilgan tagliklarga joylashtiriladi. Har bir taglik uch qavat va besh
qatordan iborat bo’ladi.
Namlik yetarli darajada va ortiqcha bo’ldigan joylarda idishlarga joylangan
o’g’itlarni panjara tagliklarga va stelajlarga joylashtirigan maoqul.
Joylashtirish vaqtida ehtiyoj bo’lish mumkin. Idish yirtilib -buzilganda o’g’itni
darhol boshqa idishga joylashtirilishi lozim. Ammiakli selitraning o’t olish xavfi bor,
shuning uchun u maxsus jihozlangan ajratilgan sektsiyalarda yoki alohida omborgda
saqlanadji.
Ammiakli selitra solingan paketlarni stelajlarda yoki korroziyalanmaydigan
ustunli tagliklarda 10 qavat qilib taxlangan holda saqlangan maoqul.
Taxlangan joy bilan devor orasidagi masofa 1m, uyumlar orasida esa 3 m
gacha bo’lishi kerak.
2. Mineral o’g’itlarni tashish.
Mineral o’g’itlar zavoddan temir yo’l yaqinidagi omborlarga temir yo’l
transportida, bu omborlardan xo’djaliklarni omborlariga es avtotransportlar tashiladi.
Mineral o’g’itlarni temir yo’l transporida tashish va vagonlarni bo’shatish
vaqtida isrofgarchilikni kamaytirish maqsadida quyidagilarga rioya qilish zarur:
topish uchun faqat butun vagonlardan foydalanish lozim;
maqsadlarga mo’ljallangan usti yopiq temir yo’l vagonlarida, asosan paketlarda
hamda vagonlarga yaxshi o’rnatilgan ustunli tagliklarda tashish lozim, vagonlardan
paketlardagi o’g’itlarni tashib ketish uchun vagon eshiklari keng bo’lishi kerak.
Idishlarga joylashmagan donador o’g’itlarni yaxshi ixtisoslashgan o’z-o’zidan
tushiriladigan vagonlarda yoki eshiklari o’z-o’zicha zich berkiladigan, to’siqlar bilan
jihozlangan usti yopiq umumiy vagonlarda tashigan maoqul.
Fosforit uni va ohak temir yo’l tsisternalarida - tsementavozlarda yoki maxsus
o’zi to’kadigan vagonlarda tashiladi.
O’g’itlarni avtotransportda tashishda yopiq kuzovli maxsus avtomashinalardan,
odatdagi avtomashinalar bilan tashishda esa kuzov ustini to’kmaydigan material bilan
qoplash lozim.
O’g’itlar tushirib olingandan keyin avtomobillarning kuzovlarini yaxshilab
tozalash kerak. Mineral o’g’itlarni tuproqqa solish uchun tayyorlashda, ularni dalaga
tashib olib boishda va yerga solishda iloji boricha o’g’itni isrof qilmaslik lozim.
O’g’itni solishga tayyorlash, ularni maydalash va aralashtirish ishlari
maydalagich va o’g’it aralashtirish mashinalaridan foydalangan holda bevosita
omborning o’zida bajariladi, maydalagich va aralashtirgichlar bo’lmaganida esa bu
ilar qulda-albatta asfalt yoki beton maydonchalarda bajariladi.
O’g’itni dalaga tashib borish va ularni solish ishlari to’g’ri oqimi va ag’darma
texnologiya bo’yicha bajarilishi mumkin.
Birinchi holda o’g’itlar bitta mashinaning o’zi bilan tashiladi va tuproqqa
solinadi.
Ikkinchi holda esa o’g’itlar dalaga avtotransport vositalari bilan olib boriladi va
dala chetidagi maxsus tayyorlangan maydonchalarga ag’darib kelinadi va so’ngra
o’g’itlar sogichlarga yuklanadi. Avtotransport kuzovlarining teshiklari yaxshilab
berkitilishi lozim.
3. Mineral o’g’itlarni tuproqqa solish.
Mineral o’g’itlarni tuproqqa turli usullarda solish mumkin.
O’g’itlarni tuproqqa solishda, ayniqsa aviametod bilan solishda o’g’itlanadigan
maydondantashqariga to’kilishi hisobiga ular isrof bo’lishi mumkin.
Markazdan qochirma soggichlardan foydalanilganda, o’g’itni uzatib beradigan
qurilma uzib qo’yilganda, o’g’itlar tarqalilarga o’z-o’zini to’kilishi, shuningdek, dala
bo’ylab notekis taqsimlanishi yo’l qo’yiladigan normadan ortib ketishi mumkin. Bu
esa ularning samaradorligini kamaytiradi.
O’g’itlar solishning optimal dozalari, muddatlari va solish usullariga rioya
qilinmaganida, tuproqqa o’g’itlar solingandan keyin ham oqar suvlar olib ketishi va
pastki qatlamlarga yuvilib ketishi natijasida o’g’itlardagi oziq mddalar isrof bo’lishi
mumkin.
Isrofgarchiliklarni kamaytirish uchun o’g’itlarni agrokimyo xizmatining va
ilmiy tashkilotlarning tavsiyalariga muvofiq holda foydalanish, ularni kuzgi-qishki va
erta bahorgi davrlarda ortiqcha namlangan tuproqlarga hamda tekislanmagan rel’efi
dalalarga solinishiga yo’l qo’ymaslik, bahorgi ekinlar va ko’p yillik o’tlarga bahorgi
oziqlantirish maqsadida solish ishlarining qor erib ketganidan va tuproq yuzasidagi
hamda ichidagi erigan qor suvlari oqib ketgandan keyin amalga oshirish kerak.
O’g’itlarni dalaga iloji boricha bir meoyorda taqsimlanishiga erishish zarur,
buning uchun markazdan qochma sochgichlarni to’g’ri boshqarish, burilishlarda
o’g’it mashinalari ish organlarini o’z vaqtida uzib ulashni qatoiy nazorat qilib turish
kerak.
Samolyotlardan foydalanilganda aniq signalizatsiya sistemasini taominlash,
o’g’itlanadigan maydon chegaralarini belgilash va shamol bo’layotgan vaqtda o’g’it
sepmaslik muhim ahamiyatga ega. O’g’it va zahar ximikatlar sepish uchun aviatsiya
ishlatish harakatlarini ko’paytirsa ham, lekin dalalarga tez kimyoviy ishlov berish
zarur bo’lganda yoki juda namlangan dalalarda mashinalardan foydalanish mumkin
bo’lmagan hollarda muhim ahamiyatga ega. Bunda o’g’it va zaharli kimyoviy
vositalar ishlatishga qilingan ortiqcha xarajatlar ishlarni bajarishning optimal
muddatlariga rioya qilish natijaida olinadigan qo’shimcha hosil hisobiga qoplab
ketadi.
SHu sababli o’g’itlarni mashinada va aviatsiyada solish bir-birini to’ldirish
lozim. Ikkala usulda bajariladigan ishlar hajmining nisbatlari konkret zonal
sharoitlarga qarab belgilanadi.
Sug’orib dehqonchilik qilinadigan bizning sharoitimizda mineral o’g’itlar
tuproqqa asosan yer ustki agregailari bilan solinadi. Asosiy o’g’itlarni kuzgi haydov
ostiga solish uchun NRU-500, RUM tipidagi sochish agregatlaridan foydalaniladi. Bu
agregatlar mineral o’g’itlarni tuproqning yuzasiga bir tekisda sepadi.
Qolgan holatlarda mineral o’g’itlar asosan oziqlantirgich kultivatorlar bilan
solinadi.
Ekishdan oldin tuproqqa ishloq berish paytida mineral o’g’itlarni chizel -
kultivatorlar bilan 18-20 sm chuqurlikka solinadi. Ekish bilan birga beriladigan azotli
va fosforli o’g’itlar ekish chizig’idan 5-6 sm yonboshga va 10-12 sm chuqurlikka
solinadi. Asosiy qishloq xo’jalik ekini hisoblangan g’o’zani oziqlantirishda ham
o’g’itlarni KRX tipidagi kultivator oziqlantirgichlar bilan tuproqqa bir necha
oziqlantirishlarda solinadi:
g’o’zani birinchi oziqlantirish 2-4 ta chin barg chiqarganda amalga oshiriladi.
Bunda mineral o’g’itni g’o’za qatoridan 12-15 sm yoniga va 14-16 sm chuqurlikka
solinadi. Bunda azotli o’g’itlar solinadi.
4. Mineral o’g’itlar bilan ishlaganda xavfsizlik texnikasi va mehnat
muhofazasi.
Mineral o’g’itlar bilan ishlashda ishlovchilarning hammasi xavfsizlik texnikasi
va mehnat muhofazasi qoidalariga qatoiy rioya qilishlari lozim.
O’g’itlar va ohakli materiallar bilan ishlashga 18 yoshdan kichik bo’lmagan
shaxslargagina ruxsat etiladi.
Ishlovchilarning hammasi o’g’itlar bilan ishlashni boshlashdan oldin texnika
xavfsizligi va mehnat muhofazasiga oid instruktajdan o’tishlari zarur. O’g’itlar bilan
ishlashdagi texnika xavfsizligi va sanitariya qoidalari ombor binosiga ilib tso’yilgan
bo’lishi kerak.
Ombor ichida va ombor tashqarisida o’g’itlar bilan ishlashda barcha ishchilar
shu xildagi ishlar uchun tavsiya etilgan maxsus kiyim: kamenzon, qo’lqoplar,
ko’zoynak, raspiratorlar yoki protivogazlar kiyib olishlari kerak.
Ammiakli selitrani saqlashda yong’inga qarshi qoidalarga rioya qilish zarur.
Uni ombor tashqarisida uyum holida va yonuvchan moddalar bilan birgalikda
saqlash mumkin emas. Ammiakli selitra saqlanadigan omborda chekish, ochiq
alangadan foydalanish va qizdirish vositalaridan foydalanish taoqiqlanadi.
O’t chiqib ketganida uni faqat suv sepib o’chirish darkor.
O’t o’chirish vaqtida ajrab chiqayotgan azot oksidlaridan zaharlanib qolmaslik
uchun protivogazdan foydalanish lozim. Suyuq ammiak bilan ishlashda, ayniqsa
ehtiyot bo’lish kerak.
O’g’itlar bilan to’xtovsiz ishlashda respiratordan foydalanilayotgan bo’lsa, har
yarim soatdan keyin 5 minut tanaffus qilish tavsiya etiladi.
Ish kunining oxirida, ish tugagandan keyin yuvinish lozim.
Ish joyida doimo toza suv zapasi va dori-darmonlar qutichasi bo’lishi kerak.
O’g’itlar ko’zga tushganda, uni darhol ko’p miqdordagi toza suv bilan yuvish va
tezlik bilan tibbiy punktga murojaat qilish, kuygan hollarda esa kuygan joyni kuchli
suv oqimida yuvish, spirtni 5 % li eritmasi bilan artish va doka bog’lab qo’yish kerak.
Mineral o’g’itlar saqlanadigan omborlardan oziq-ovqat mahsulotlarini, don
mahsulotlarini
saqlashda,
uy-ro’zg’or
buyumlarini
saqlashda
foydalanish
taoqiqlanadi.
Tayanch iboralar
Mineral o’g’itlarni saqlash ombori, agrokimyo punktlari, isrofgarchilikning
oldini olish, maxsus maydonchalar, omborlarning o’lsamlari va sig’imi, temir yo’l
yonidagi ombor, mineral o’g’itlarni tashish, temir yo’l vagonlari, tsisternalar,
avtotransport, mineral o’g’itlarni tuproqqa solish, avia usul, yer ustki agregatlaridan
foydalanish, texnika xavfsizligi qoidalari, mehnat muhofazasi.
Nazorat savollari
1. Mineral o’g’itlar saqlanadigan omborlar qanday asosiy talablarga javob
berishi kerak?
2. Turli xil mineral o’g’itlar omborlarda qanday saqlanadi?
3. Mineral o’g’itlarni tashishda isrof bo’lish sabablari va uni oldini olish
tadbirlari.
4. Mineral o’g’itlarni tuproqqa solishning usullarini gapiring.
5. Mineral o’g’itlarni tuproqqa solishdagi isrofgarchiliklar va ularni bartaraf
etish yo’llarini ayting.
6. Mineral o’g’itlar bilan ishlaganda qanday texnika xavfsizligi qoidalariga
rioya qilish lozim?
7. O’g’itlar bilan ishlashda texnika xavfsizligi qoidalari buzilganda yoki
zaharlanganda qanday birinchi yordam ko’rsatish lozim?
Adabiyotlar
1.
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989.
2.
Petuxov M.P. Panova Ye.A., Dudina N.K. Agroximiya i sistema udobreniya.
M., Kolos, 1979.
3.
Smirnov P.M., Muravin E.A. Agroximiya. T., 1981.
4.
SHayxov EROZIYa va bilan. Paxtachilik. T., Mexnat. 1990.
5.
Islomov M. va bilan. Tuproq, paxta va hosildorlik. Farg’ona, 1993.
MA’RUZA 15: BAKTERIAL PREPARATLAR, ULARNING TURLARI VA
FOYDALANISH USLUBLARI.
REJA:
1. Bakterial preparatlar, ularning turlari va ulardan foydalanish uslublari.
2. Azotni biologik bog’lanishining mohiyati.
3. Azot bog’lovchilarning asosiy vakillari.
4. Ildiz tuganak bakteriyalari, ularning turlari va ahamiyati.
5. Tayanch iboralar
6. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
7. Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Bakterial preparatlar, ularning turlari va ulardan foydalanish uslublari.
Tuproqning foydali mikroorganizmlarining tarkibini yaxshilash va aktivligini
oshirish uchun bakterial preparatlar qo’llaniladi.
Mineral va organik o’g’itlarni tuproqqa solgandja, o’simlik uchun
o’zlashadigan yoki o’zlasha oladigan shaklga o’tadigan ozuqa moddalari tushadi.
Bakterial preparatlarni tuproqqa solganda, ozuqa moddalar emas, balki
o’simliklar oziqlanish sharoitini yaxshilovchi turkum tuproq mikroorganizmlari
tushadi.
Bakterial preparatlarning quyidagi turlari mavjud:
1. Nitragin bakterial preparatlar
2. Azotobaktrin bakterial preparatlar
3. Fsoforobakterin bakterial preparatlar
4. AMB bakterial preparatlar
1. Nitragin - aktiv tuganak bakteriyali bakterial preparatdir.
Tuganak bakteriyalari o’zlariga xos xususiyatga egadir, yaoni ular maolum bir
dukkakli ekinlar ildizida tuganak hosil qiladi, xolos.
Ulardan birlari faqat bedaning ildizida tuganak hosil qilsa, boshqalari esa
no’xatning, yana boshqalari loviya va soyaning ildizida rivojlanadi va tuganak hosil
qiladi. Baozi hollarda tuganak bakteriyaning o’ziga xos xususiyatlari shunday kuchli
namoyon bo’ladiki, hatto bir turdagi o’simliklar ildizlaridagi tuganak bakteriyalar shu
turning ichidagi boshqa o’simliklarning ildizida rivojlanadi. Tuganak bakteriyalari
o’zlariga xosliklaridan tashqari yana virulentlik va aktivligi bilan ham farq qiladi.
Virulentlik - tuganak bakteriyalariening dukkakli ekinlar ildiz tolalaridan
ularning ildizlariga kirib, tuganaklar hosil qilish xususiyatidir.
Tuganak bakteriyalarining aktivligi esa ularning atmosfera azotini o’zlashtirish
qobiliyatidir.
Bu bakteriyalarning faqat aktiv guruhlari dukkakli ekinlarni azot bilan
taominlaydi.
Aktiv bo’lmaganlari esa hatto o’simliklari halok qilishi mumkin. Dukkakli
ekinlar ildizmevalariga virulentlik xususiyatiga ega bo’lgan bakteriyalarni
yuqtirganda ham aktiv bo’lmagan bakteriyalar tuganak hosil qiladi. Lekin atmosfera
azotini bog’lamaydi.
Eskidan haydalik kelinadigan, madaniylashgan tuproqlarda tez-tez dukkakli
ekinlar yetishtirilib kelinayotgan bo’lsa, dukkakli ekinlarning ildizlarida hatto
nitragin solinmasa ham tuganaklar hosil bo’laveradi.
Lekin ilgari dukkakli ekinlar o’stirilmagan joyga ular ekilsa, ularning
ildizlariga nitragin yuqtirilmasa, tuganak bakteriyalari ildizlarida tuganak paydo
bo’lmaydi. Dukkakli ekinlarning ildizlarida tuganak paydo qiluvchi bakteriyalarning
xususiyatlariga ko’ra guruhlari.
Bakteriyalarning
xususiyatlari
bo’yicha
guruhlari
ildizida tugunaklar hosil bo’ladigan o’simliklar
1.
yo’o’ng’ichka
2.
no’xat, china, chechvitsa
3.
beda, donnik, trigonella
4.
lyupin va seradella
5.
soya
6.
loviya
7.
mosh
8.
eryong’oq
9.
jut
10.
espartset
11.
oq akatsiya
12.
sariq akatsiya
Kislotali muhitga ega bo’lgan tuproqlarda tuganak bakteriyalari kam aktiv
shaklga o’tadilar. Botqoq tuproqlarda ular umuman bo’lmaydilar. SHuning uchun
bunday tuproqlarda dukkakli ekinlarni yangi ekkanda, nitragin yuqtirish lozim.
Tuganak bakteriyalarining virulentligi va aktivligi tashqi muhit taosirida
kuchayishi va passayishi mumkin. Kislotali tuproqlarga ohak solganda, organik,
fosfor, kaliyli va mineral mikroo’g’itlar solinganda, tuproqning namligini optimal
darajagacha yetkazilganda, tuganak bakteriyalarning aktivligi va virulentligi ortadi,
azotli o’g’itlar solinganda esa pasayadi.
Ilgari tuproqni tuganak bakteriyalari bilan boyitish maqsadida oldin dukkakli
ekinlar ekilgan maydondagi tuproqdan olib, yangidan dukkakli ekinlar ekilayotgan
maydonning tuprog’iga tuganak bakteriyalarning yuqtirishni tavsiya etiladi. Bu esa
yangi maydonga tuganak bakteriyalaridan tashqari har xil bakteriyali va virusli
kasalliklarni kelishigiga ham sabab bo’lardi.
Keyinchalik bu usul taoqiqlandi. Tuproqlarning tuganak bakteriyalari bilan
boyitishning eng ishonchli va samarali usuli - bu nitragindan foydalanishdir.
Nitraginni maxsus zavod laboratoriyalarida tayyorlanadi.
Bir gektar maydondagi dukkakli ekinlarga tuganak bakteriyalarini yuqtirish
uchun bitta yarim litrlik shishadagi nitragin yetarlidir.
Nitragin tayyorlangan kundan boshlab 9 oy saqlanadi. Uzoq vaqt saqlanganda
esa tuganak bakteriyalarining aktivligi pasayib ketadi.
Nitraginni yadoximikatlar saqlanadigan xonalarda, omborlarda saqlash
qatoiyan man etiladi.
Nitgarinni tuproqqa dukkakli ekinlarning urug’lariga yuqtirish yo’li bilan
solinadi. Buning uchun dukkakli ekinlar ekiladigan kuni toza idishga kerakli
miqdorda preparat solinadi.
Uning ustiga 10 kg urug’ning ustiga 2 stakan toza suv quyiladi, 20 kg urug’iga
bir stakan suv quyilib, yog’och tayoqcha bilan 3-5 minut davomida nitragin suvga
aralashtiriladi. Aralashmani tindirib qo’ymasdan, tezlik bilan taxta pol yoki brezent
ustiga yoyib qo’yilgan urug’lar namlanadi.
Urug’larning hammasi birday namlanguncha ular aralashtiriladi.
Urug’lar qurishi bilan ular qoplarga solinib, ekiladigan joylarga yuboriladi.
Nitraginlash soyada olib boriladi.
Agar dukkakli ekinlarning urug’lari formalin bilan zaharlangan bo’lsa, urug’lar
yaxshilab quritiladi, shamollatiladi va undan so’ng tuganak bakteriyalari yuqtiriladi.
Agar urug’lar gronozan bilan zaharlangan bo’lsa, nitragin faqat ekishdan oldin
yuqtirilishi mumkin.
Nitragin nafaqat urug’lar bilan birga, balki tuproqqa aralashtirib ham yerga
solish mumkin. Buning uchun dukkakli ekinlar ekiladigan maydonda 300-400 kg
tuproq olinib, har gektariga sarflanadigan nitragin miqdori bilan yaxshilab
aralashtiriladi va bu aralashma yerga sepiladi.
Xo’jaliklarda tayyorlanadigan nitragin quyidagicha tayyorlanadi: kuzda,
kasalliklarga chalinmagan, yaxshi hosil bergan dukkakli ekinlar ekilgan yerlardagi
ildizlar terib, to’planib olinadi va yaxshilab tozalanadi hamda mayalanadi. SHunday
ildizlarni tanlab olish lozimki, ulardagi tuganaklari yirik -yirik bo’lishi kerak.
Quritilgan ildiz yaxshilab maydalanadi va 1 mehnat muhofazasi li elakdan
o’tkaziladi.
SHunday poroshok nitragin sifatida foydalanish mumkin.
Bunday nitragin 2 yilgacha saqlanishi mumkin.
1 g shunda nitraginda 8-19 mln tuganak bakteriyalari bo’ladi.
2. Azotobakterin - tarkibida azotobakteri bo’lgan preparatdir.
Azotobakter - tuproqda erkin yashovchi va aerob guruhiga kiruvchi azot
bog’lovchi bakteriyalardir. Bu bakteriyalarning tuganak bakteriyalaridan farqi
shundaki, bu bakteriyalar ildizning ichiga kirmaydi, ildizning yaqinida erkin holda
yashaydi. Azotobakter o’zining rivojlanishi uchun o’simliklar ildizlari ajratmalaridan
va ildizning chirigan qismidan foydalanadi, ildiz atrofi tuprog’ini azot bilan
oziqlanishini yaxshilaydi. Azotobakterin tuproqli, torfli va agarli bo’ladi. Tuproqli
yoki torfli azotobakterin chiqindili tuproq dagi yoki kuchli parchalangan neytral
reaktsiyali torfdagi ko’paytirilgan azotobakteriyalardir.
Bunday azotobakterin g’allali ekinlar, sabzavot va texnika ekinlari urug’lariga
har gektariga 3 kg dan, kartoshka va sabzavot ekinlari ko’chatlariga 6-9 kg dan
ishlatiladi.
Urug’lar poyaga yoki brezent ustiga yoyiladi va suv bilan 30-40 kg urug’
uchun 1 l suv sarflanadi.
SHundan keyin kerakli miqdordagi azotobakterin bilan aralashtiriladi. Agar
azotobakterin urug’larga yopishmasa, ular yana qaytadan namlanadi. Namlanganda
urug’lar bir-biriga yopishib qolsa, ular shamollatib,sergitiladi. Azotobakterin
yuqtirilgan urug’lar 24 soat ichida ekib yuborilmasa, ularga yana azotobakterin
yuqtiriladi.
Azotobakterinni kartoshkaga yuqtirib, ekish uchun kartoshka ekiladigan yerdan
azotobakterin miqdoriga nisbatan 8-10 barobar ko’p bo’lgan tuproq bilan
aralashtiriladi. Keyin bir gektarga yetadigan kartoshka urug’i 15 l suv bilan
namlanadi va tayyorlangan azotobakterin tuproq aralashmasi sepiladi va yaxshilab
aralashtiriladi.
Sabzavot
ekinlari
ko’chatlarining
ildizlarini
torfli
azotobakterindan
tayyorlangan quyuq eritmaga botirib olib ekiladi. Agarli azotobakterin shishalarda
tayyorlanadi. Urug’larni ekishdan oldin azotobakterin bor shishaga 200 ml suv
quyiladi va bir sutkada 5-6 marta chayqatiladi. Urug’lar ekiladigan kuni tayyorlangan
aralashma suv bilan suyultiriladi. Urug’lar uchun 1 ga ga 1 l, kartoshka uchun 10 l
hisobida suyultiriladi. Eritmalar urug’lar bilan, kartoshka bilan yaxshilab
aralashtiriladi.
3. Fosforobakterin - tuproqdagi fosforli organik birikmalarni minerallashtirish
xususiyatiga ega bo’lgan mikroorganizmlardan iborat bakterial preparatdir.
Urug’lar bilan tuproqqa tushgan fosforobakterin o’simlik ildiz sistemasi
yaqinida rivojlanadi va fosforli organik birikmalarni o’simliklarga yaxshi o’zlasha
oladigan mineral shakliga o’tkazadi. Fosforobakterin suyuq va quruq holda
ishlatiladi.
Suyuq fosforobakterin shisha idishlarda bo’ladi. G’allali, sabzavot va texnik
ekinlari urug’lari uchun 1 gektariga 50 ml, kartoshka, bo’za urug’lari va lavlagi
uchun 100 ml sarflanadi.
Ekiladigan urug’lar fosforobakterin bilan ekishgacha ozroq muddat qolganda
ishlanadi.
Fosforobakterinning kontsentratsiyali eritmasi iliq suv bilan suyultiriladi.
Mayda urug’lar uchun 50-70 kg ga va yirik urug’lar uchun 100-200 kg ga suv
sarflanadi, 10-20 l suv 1,5-2 t kartoshka uchun sarflanadi.
Fosforobakterin yuqtirilgan urug’lar yaxshilab aralashtiriladi, 20-25 sm
qalinlikda yoyiladi va havoda quritiladi. Kartoshka urug’i quritiladi. Poroshok
holidagi fosforobakterin 1 gektariga 250 gr sarflanadi.
Ishlashidan oldin suv bilan suyultiriladi, bu eritma yaxshilab 5-6 marta
chayqatiladi, xona haroratida 2-3 soat qoldiriladi. Qolgan jarayonlar suyuq
fosforobakterindan qanday foydalanilgan bo’lsa, shunday amalga oshiriladi.
AMB - kombinatsiyalangan bakterial preparati bo’lib, tuproqdagi chirindini
minerallashtirib, o’simliklar uchun oson o’zlashadigan ozuqa moddalari hosil qiladi.
AMB preparati yordamida tuproq chirindi moddasining parchalanish va chirish
jarayonlarini tezlashtirishi mumkin.
2. Azotni biologik bog’lanishining mohiyati.
Atmosfera molekulyar azotining bog’lanishi favqulodda murakkab jarayondir.
Atmosfera azotining bog’lanishini S. N. Vinogradskiy, S. Kostichev, J.
Busengo, M. Breynik, G. Gel’riger, G. Vil’fort, M. S. Voronin, V. L. Omelyanskiy,
D. N. Pryanishnikov, kabi juda ko’p g’taniqli olimlar tomonidan o’rganilgan.
D. I. Mendeleev va KALIY. A. Timiryazev ham atmosfera azotining biologik
bog’lanishiga g’oyat katta ahamiyat bergan edilar.
Tuganak bakteriyalarini 1866 yilda birinchi bo’lib M. S. Voronin aniqlagan
edi.
Keyinchalik M. Breynik (1888) ozuqaviy muhitdan ajratib oldi va mikrobiolog
hamda fiziologlar tomonidan har tomonlama o’rganildi. Bakteriyalar dukkakli
ekinlarning ildiziga ildiz tukchalari orqa tushadi va ildizning yauqurroq, ichki
qavatlariga parenximasiga kiradi, hujayralarni kuchli bo’linish va o’sishga hosil
qiladi.
Boshlanishida bakteriyalar o’simlikning ozuqa moddasini isteomol qiladi,
o’zlashtiradi va shuning uchun o’simlikning rivojlanishini susaytiradi. Keyinchalik
tuganakning o’sishi, kattalashishi bilan bakteriya va dukkakli o’simlik o’rtasida
simbiotik hayot boshlanadi.
Bakteriya o’simlikdan uglerodli oziq moddalarni va mineral moddalarni oladi,
o’rniga o’simlikka azotli birikmalarni beradi. S. N. Vinogradskiyning fikriga ko’ra,
atmosfera azotining tuganaklarda va erkin yashovchi azot to’plovchilarda
bog’lanishining boshlang’ich mahsuloti fermentlar taosirida atmosfera azotining
aktiv vodorod bilan qaytarilishi natijasida hosil bo’lgan ammiakdir.
S.P.Kostichev ham atmosfera molekulyar azotning bog’lanish ximizmi ammiak
hosil bo’lish orqali amalga oshiriladi, deb aytgan edi. S.Vinogradskiy va Kostichelar
bo’yicha atmosfera molekulyar azotining to’g’ridan-to’g’ri qaytarilishi quyidagi
sxema bo’yicha amalga oshadi:
D. N. Pryanishnikov atmosfera molekulyar azotni bog’lanishini ikki yo’li
to’g’risida yozgan edi:
1) amiakni qaytarilish orqali hosil bo’lishi avval gidratatsiya, yaoni azotning
gidrat birikmalarini hosil bo’lishi bilan;
2) hosil bo’lgan azotning gidrat birikmalarini gidroksilamingacha qaytarilishi
orqali amalga oshadi.
Qaytarilish jarayonlari uchun zarur bo’lgan vodorod manbai - bu organizmdagi
moddalar almashinuvi jaranida sodir bo’ladigan uglevodlar va boshqa birikmalarning
biokimyoviy o’zlashishidir.
Er yuzining har gektar quruqligi va suvlik qismining yuzasi ustida 80 ming
tonna azot mavjuddir, qaysiki bu azot ko’pchilik o’simliklar uchun atmosfera
azotining o’zlashtiradigan va to’playdigan maxsus tuproq bakteriyalari alohida
ahamiyatga ega.
3. Azot bog’lovchilarinng asosiy vakillari.
Atmosferadagi
erkin
molekulyar
azotni
o’zlashtiradigan
tuproq
bakteriyalarining ikki turi mavjud:
1. Erkin yashovchi aerob va anaerob bakteriyalar
2. Dukkakli ekinlar ildizida ular bilan birgalikda yashaydigan tuganak
bakteriyalaridir.
Tuproqda aerob sharoitda yashaydigan azot o’zlashtiradigan azotobakter
krokokkum va azotobakter agiliy singari bakteriyalarning hayot kechirishlari uchun
tuproqning harorati 25-30 S, tuproq muhitining reaktsiyasi neytral bo’lishi eng qulay
sharoit hisoblanadi.
Tuproqdagi kislorodsiz muhitda ham hayot kechiradigan azot to’plovchi
kristridium paterianum bakteriyasi mavjudki, bu bakteriyalar tashqi muhit sharoitiga
unchalik talabchan emas.
Kislorod yetarli muhitda o’sayotgan dukkakli ekinlar ildizida yashaydigan
Psevdomonas radikikola deyiladigan aerob tuganak bakteriyalarning turi ham ko’p
uchraydi.
4. Ildiz tuganak bakteriyalari, ularning turlari va ahamiyati.
Ko’pchilik yashil o’simliklar va mikroorganizmlar atmosferadagi juda ko’p
miqdordagi molekulyar erkin azotdan foydalanadi. SHuning uchun atmosfera azotini
o’zlashtiradigan va to’playdigan maxsus tuproq bakteriyalari alohida ahamiyatga ega.
Kislorod yetarli sharoitda o’sayotgan dukkakli ekinlar ildizida yashaydigan
Psevdomonos radikikola deyiladigan aerob tuganak bakteriyalarining turi ham ko’p
uchraydi. Har qaysi dukkakli ekin ildizida o’ziga xos tuganak bakteriyalar yashaydi.
Bu mikroorganizmlarga sebarga bakteriyasi, beda, yo’ng’ichka, no’xat, loviya
bakteriyalari, soya bakteriyalari va boshqalar kiradi.
Havoda va tuproqda namlikning yetishmasligi, harakatning keskin o’zgarishi,
tuproq kislotaliligining ortishi azot bog’lovchi bakteriyalar akitvligini kuchli darajada
pasaytiradi. Tuganak bakteriyalari tuproqning neytral va kuchsiz ishqoriy muhitida
(RN=6-7) yaxshi rivojlanadi.
Kislotali tuproqlarni ohaklash tuganak bakteriyalari hayot faoliyatini
yaxshilaydi, ularning aktivligini oshiradi va ularning ko’payishini kuchaytiradi.
Tuganak bakteriyalarining aktivligi tuproqning ouqa moddalari bilan
taominlanishiga bog’liq. Tuproqni yuqori darajada organik moddalar bilan, fosfor va
kaliyning xarakatchan shakllari bilan taominlanishi tuganak bakteriyalarning
aktivligini oshiradi.
ukkakli ekinlarning o’sishi va rivojlanishi bilan asta-sekin tuganak
bakteriyalarining aktivligi ortib boradiva gullash davrida kelib ularning aktivligi eng
yuqori darajaga ko’tariladi.
Atmosfera azotining bog’lanishi o’simlikning yoshidan ko’ra tuganaklarning
kattaligiga ham bog’liq.
D.N.Pryanishnikovning maolumotiga ko’ra, bir yilda yo’ngichka 150-160 kg,
lyupin 160-170 kg, beda 250-300 kg, soya - 100, vika, loviya, no’xat 70-80 kg dan
azot to’playdilar.
Tuganak bakteriyalari o’zlashtirgan a organik birikmalar holida bo’lgan azot
ular nobud bo’lgandan keyin parchalanib, o’simlik ildiziga oson singadigan azot
tzlarini hosil qiladi.
Lekin tuproq tarkibidagi organik moddalarning parchalanishi va atmosfera
azotini bog’lash natijasida hosil bo’lgan azot bilan ekinlarning hosildorligini oshirish
uchun dukkakli ekinlar o’g’itlarni qo’llashni birga qo’shib olib borish kerak.
Tayanch iboralar
Bakterial preparatlar, tuproq turkum mikroorganizmlari, nitragin, azotobakter,
fosforobakterin, tuganak bakteriyalari, bakteriyalarning virulentligi, bakteriyalarning
aktivligi, dukkakli ekinlar, 9 oy, yadoximikat omborlari, erkin yashovchi, aerob
guruhiga kiruvchi atmosfera azotining bog’lanishi, simbioz,kuchli ishqoriy, kislotali
muhit, kisloatli tuproqlarni ohaklash.
Nazorat savollari
1. Bakterial preparat nima va u nima uchun tuproqqa solinadi?
2. Nitragin qanday preparat?
3. Tuganak bakteriyalarining o’zlariga xos xususiyatlarini ayting?
4. Tuganak bakteriyalarning virulentligi nima?
5. Tuganak bakteriyalarining aktivligi nima?
6. Qanday holatda nitragin tarkibidagi tuganak bakteriyalari o’simlik ildiziga
tez va katta miqdorda kiradi?
7. Tuganak bakteriyalari qanday sharoitda kam aktiv holatga o’tadilar?
8. Tuganak bakteriyalarining virulentligi va aktivligi qachon, qanday sharoitda
kuchayadi?
9. Zavodda tayyorlangan nitraginning miqdori qancha va uning saqlanish
muddatini ayting?
10. Nitragin qanday joyda saqlanishi kerak?
11. Nitraginni xo’jalikda tayyorlashni gapiring.
12. Ildiz tuganak bakteriyalari va ularning ahamiyatini ayting.
13. Atmosferadagi erkin molekuyar azotni o’zlashtiradigan tuproq bakteriyalari
necha xil bo’ladi?
14. Atmosfera molekulyar azotini bog’lashning mohiyatini ayting.
Adabiyotlar
1.
Agroximiya. Pod. red . V.M.Klechkovskogo i prof. A.V,Peterburgskogo.
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964.
2.
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989.
3.
Bahodirova M., Rasulov A.M. - Tuproqshunoslik. T., 1975.
MA’RUZA 16: ORGANIK O’G’ITLAR VA ULARNING TURLARI. GO’NGNING
KIMYOVIY TARKIBI. GO’NGNING ISHLATILISHI VA UNING TUPROQ
UNUMDORLIGIGA HAMDA EKINLAR HOSILIGI TAOSIRI
REJA:
1. Organik o’g’itlar, ularning turlari va ahamiyati.
2. Go’ng, uning turlari va tarkibi.
3. Go’ngning tuproq xususiyatlariga va o’simliklarga taosiri.
4. Turli tuproq-iqlim sharoitlarida go’ngning samaradorligi va undan
foydalanishning xususiyatlari.
5. Go’ngni tuproqqa solish muddati va chuqurligi.
6. Sapropel nima?
7. Tayanch iboralar
8. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
9. Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Organik o’g’itlar, ularning turlari va ahamiyati.
Qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligini oshirish uchun organik o’g’itlarni
qo’llash katta ahamiyatga ega.
Organik o’g’itlar deb, yangi yoki biologik qayta ishlangan, kelib chiqishi
jihatidan o’simliklar yoki hayvonlar chiqindilaridan bo’lgan, tuproqqa solinganda
uning unumdorligini va ekinlar hosildorligini oshiradigan moddalar kompleksiga
aytiladi. Organik o’g’itlarga go’ng, torf, parranda qiyoi, suyuq go’ng, najas, turli xil
kompostlar, ko’kat o’g’itlar, yirik aholi punktlari va shaharlarning chiqindilari va
boshqalar kiradi.
Bularning hammasi mahalliy o’g’itlar ham deyiladi, chunki ular xo’jaliklarning
o’zida to’planadi, tayyorlanadi va yashil o’g’itlar yetishtiriladi.
Tuproqning biologik xususiyatlari organik o’g’itlar ishlatish xhisobiga tubdan
yaxshilanadi. Tuproqning haydalma qavatida doimo yashab, o’simliklarning normal
o’sishi uchun sharoit yaratib beradigan mikroorganizmlarning miqdori gektariga 4-5 t
ni tashkil etadi. Mikroorganizmlarning taosiri ostida doimo tuproq unumdorligini
oshiradigan jarayonlar kechadi va ularning faoliyati tufayli tuproqdagi foydali
birikmalar miqdori ortib boradi.
Organik o’g’itlar ishlatilganda mikroorganizmlarning umuiy soni ortadi va
ulardagi turli xil guruhlarning ham o’zaro rivji va nisbati yaxshilanadi.
SHunga ko’ra, organik o’g’itlar tuproqdagi chiqindi moddasi miqdorini
oshirishda asosiy rol o’ynaydi.
Olib borilgan tajribalarning natijasilarga qaraganda, har gektariga 150 kg azot,
100 kg fosfor va 50 kg kaliy ishlatilganda, tuproqdagi chirindi miqdori 15-18 % ga
ortadi, go’ng ishlatilganda esa uning miqdori ikki martaga ko’payadi.
Tuproq unumdorligini oshirishda unda mavjud bo’lgan juda ko’p xildagi
fermentlarning ahamiyati ham kattadir.
Fermentlar tuproq tarkibidagi oziq moddalarni o’simliklar o’zlashtira oladigan
shaklga aylantirib beradi, o’simliklarda modda almashinuvini tezlashtiradi. Tuproqqa
organik o’g’itlar solinganda shu xildagi fermentlarning miqdori 3-4 marta ortgan.
Organik o’g’itlar ishlatilganda mikroorganizmlar hayot faoliyatining
jadallashishi evaziga tuproqdagi biologik aktiv moddalarning turi va miqdori
ko’payadi. Biologik aktiv moddalardan hisoblangan auksinlar, geteroauksinlar,
organik moddalar va aminokislotalar, vitaminlar o’simliklar tomonidan juda oz
bo’lsa ham o’zlashtirilishiga qaramasdan, unda kechadigan modda almashinuv
jarayonlarini tezlashtiradi.
Natijada o’simliklar tomonidan ko’p miqdorda mineral o’g’itlar o’zlashtiriladi,
ekinlarning hosildorligi ortadi va mahsulotlarning sifati sezilarli darajada
yaxshilanadi.
Olib borilgan ko’p sonli tajribalarda kompost qilingan go’ngda va organik
o’g’it solingan tuproqlarda vitamin V12, riboflavin, nikotin kislotasi, biotin,
pentsillin, streptomitsitin, terramitsin kabi fiziologik aktiv moddalar bo’lishi
aniqlangan.
Tuproqda penitsillin, streptomitsin, terromitsin kabi antibiotik mddalarning
bo’lishi, birinchidan, undagi kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlarni yo’qotsa,
ikkinchidan, o’simlik tomonidan oz miqdorda o’zlashtirilishiga qaramay uni turli xil
kasalliklarga duchor bo’lishidan saqlaydi. SHu sababli, organik o’g’itlar solingan
maydonlardagi o’simliklar sog’lom bo’lib, hosildorligi hamisha yuqori bo’ladi.
Organik o’g’itlar tuproqning oziq rejimini ham sezilarli darajada yaxshilaydi.
Organik o’g’itlar tarkibida 0,5 % gacha azot, 0,25 % fosfor va 0,5 % atrofida kaliy
bo’ladi.
Bulardan tashqari, organik o’g’itlar tarkibida yana molibden, bor, rux,
marganets, kobalt va mis kabi boshqa bir qancha foydali mikroelementlar ham
bo’ladi. Organik o’g’itlar tuproqning oziq rejimiga bevosita taosir ko’rsatishdan
tashqari yana bilvosita ham taosir etadi. Masalan, mikroorganizmlar o’z hayoti
faoliyati davomida azotli o’g’itlarni o’zlashtirib, ularni o’z tanasida saqlab turadi.
Natijada azotli o’g’itlarning tuproqdagi aktiv harakati ancha pasayadi va u
o’simlikning ildiz sistemasi joylashgan qatlamida uzoq muddatgacha saqlanib turadi.
Demak, organik o’g’itlarni ishlatish azotli o’g’itlarning yo’qolishini sezilarli
darajada kamaytiradi va ularning samaradorligini ancha oshiradi.
Organik o’g’itlarning fosforli o’g’itlar xususiyatigaga ko’rsatadigan taosiri
alohida ahamiyatga ega. Bunda, birinchidan, mikroorganizmlar o’g’itlar tarkibidagi
fosforni o’zlashtirib, uni tuproqdagi tuzlarning kimyoviy taosiridan saqlab turadi.
Natijada tuproqqa solingan fosforli o’g’itlarning ko’pchilik qismi qiyin eriydigan
shakllarga o’tib qolishdan saqlanadi.
Ikkinchidan esa organik o’g’itlar va tuproqda ularning taosirida paydo bo’lgan
chirindi fosforni o’rab olib, uni o’simlik qiyin o’zlashtiradigan shaklga o’tib
qolishdan saqlaydi.
Uchinchidan, tuproq fermentlari, mikroorganizmlarning nafas olish davrida
ajralib chiqadigan karbonat angidrid gazi hamda organik o’g’itlarning parchalanishi
natijasida paydo bo’ladigan organik kislotalar taosiri ostida tuproq tarkibida bo’lgan
fosforning eruvchanligi kuchayib, o’simlik oson o’zlashtira oladigan shaklga aytiladi.
Organik o’g’itlar taosirida tuproq zarrachalarining shimuvchanlik qobiliyati
oshadi, natijada sho’r yerlarda tuzlarning o’simlik ildiziga ko’rsatadigan zararli
taosiri ancha kamayadi.
SHunday qilib, organik o’g’itlar tuproq xususiyatlariga turlicha va sezilarli
darajada taosir ko’rsatar ekan. Tajribalarda aniqlanishicha, organik o’g’itlar katta
normada ishlatilganda o’simliklarning yuqori dozada berilgan mineral o’g’itlardan
samarali foydalanishi uchun muvofiq sharoit vujudga kelar ekan.
1 tonna organik o’g’itlar tarkig’idagi ozuqa moddalar miqdori,
kg hisobida
Organik o’g’itlar
1 t tarkibida, kg
azot
fos.
ksi.
kaliy
oks.
Kal’ts.
ksi.
yarim
chirigan
go’ng
5,0
2,5
6,0
7,0
suyuq go’ng
2,5
0,6
3,6
0,6
yuqorida
hosil
bo’lgan torf, namligi
70 %
3,0
0,3
0,3
0,9
pastda hosil bo’lgan
torf, namligi 70 %
9,0
1,2
0,6
1,2
har xil chiqindilar
6,0
3,0
2,0
1,0
2. Go’ng, uning turlari va tarkibi.
Go’ng - organik o’g’itlarning asosiy mahalliy turi hisoblanadi. Go’ngning
tarkibida azot, fosfor, kaliy va mikroelementlar hamda juda ko’p miqdorda turli xil
mikroorganizmlar bo’lganligi uchun hamma vaqt unda biologik jarayonlar davom
etadi. Bu jarayonlar natijasida go’ng tarkibidagi organik va mineral moddalar
shaklan o’zgaradi, parchalanadi. Natijada go’ngning sifati yaxshilanadi. Go’ng
o’simliklarning oziqlanishi uchun eng muhim ozuqa manba hisoblanadi va undan
foydalanish duhda ozuqa moddalar aylanishini tartibga solishda katta ahamiyat kasb
etadi. Go’ngning ana shu ulkan ahamiyatini hisobga olgan D. N. Pryanishnikov
“mamlakatda mineral o’g’itlar qanchalik ko’p ishlab chiqarilmasin, go’ng hech
qachon o’z ahamiyatini yo’qotmaydi, qishloq xo’jaligida asosiy o’g’itlardan biri
bo’lib qolaveradi”, - deb yozgan edi.
CHorvachilikdan olinadigan go’ng bilan birga tuproqqa o’simliklar uchun
kerak bo’lgan hamma makro va mikroelementlar tushadi.
SHuning uchun go’ng
to’laqonli o’g’it hisoblanadi.
20 tonna go’ng tarkibidagi ozuqa moddalarning miqdori 250 kg superfosfat,
200 kg kaliy xlorid va 300 kg ammiakli selitra tarkibidagi ozuqa moddalar miqdoriga
tengdir.
Yirik shakli hayvonlardan olingan go’ngning har bir tonna quruq moddasi
tarkibida 20 kg azot, 10 kg fosfor, 24 kg kaliy, 28 kg kaltsiy, 6 kg magniy, 4 kg
oltingugurt, 25 kg bor, 230 go’ng marganets, 20 gr mis, 100 gr rux, 1,2 gr kobal’t, 2
gr molibden va 0,4 gr yod bo’ladi.
Go’ng o’simliklar uchun faqat mineral oziqlanish manbaigina bo’lib qolmay,
balki karbonat angidrid bilan taominlash manbai hamdir.
Tuproqqa go’ng solinganda, uning chirishi, parchalanishi natijasida ko’plab
miqdorda karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi va bu o’simliklarning havodan
oziqlanishini fotosintez jarayonini yaxshilaydi. Agar tuproqqa 30-40 t go’ng solinsa,
uning intensiv parchalanish davrida, o’g’it solinmagan yerga nisbatan, har kuni 1 ga
hisobiga 100-200 kg karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi.
CHorva mollarini boqish texnologiyasiga qarab, to’shalmali go’ng,
to’shalmasiz, suyuq go’ng va go’ng shaltog’i kabi go’ng turlari mavjud bo’lib, ular
bir biridan tarkig’biga, saqdlash va foydalanish usullariga qarab farq qiladi.
1. To’shalmali go’ng va uning tarkibi.
To’shalmali go’ng hayvonlarning qattiq va suyuq ajratmalaridan hamda uning
ostiga solingan to’shamadan iborat.
Uning tarkibi va o’g’itlilik qimmati chorva mollarining turiga, to’shamaning
sifati va miqdoriga hamda go’ngning saqlash usuliga bog’liq bo’ladi.
Hayvonlarning qattiq va seroq holdagi ajratmalarining miqdori, tarkibi, o’zaro
nisbati, hayvonlarning ayrim turlari bo’yicha sezilarli darajada farq qiladi.
Masalan, otlarda qattiq ajratmalari suyug’iga qaraganda 3,5 baravar, qo’y va
qoramolda 2,5 baravar ko’p, cho’chqalarda esa aksincha jaratadigan siydigi
go’nggiga nisbatan ikki baravar ham ko’proqni tashkil etadi.
Suyuq holdagi ajratmalarda oziq elementlari yaxshi eruvchan hamda o’simlik
tomonidan oson o’zlashtirila oladigan bo’ladi. Hayvonlarning quruq va suyuq holdagi
ajratmalari tarkibi va o’zaro nisbati ular tomonidan isteomol qilinadigan yem-
hashaklarning miqdori hamda sifatiga bog’liq bo’ladi. SHirali ozuqalar ko’p va
ularning namligi yuqori bo’lsa, hayvonlarning suyuq ajratmalari shunchalik ko’p
bo’ladi. Hayvonlar oxzuqasi qanchalik oson xazmlanadigan bo’lsa, hayvonlarning
qattiq ajratmasi tarkibida quruq modda miqdori shuncha kam bo’ladi. Hayvonlarga
beriladigan kontsentrant ozuqa miqdori ham ortib boradi.
Hayvonlar tomonidan isteomol qilinadigan yem-hashakdan go’ngga o’rta
hisobda organik moddalarning 40 %, azotning 50 %, fosforing 80 % va kaliyning 95
% o’ta
Hayvonlarning turi va to’shamasiga qarab go’ngning tarkibi, %
go’ngning tarkibi
somonli to’shamada
torfli
to’shamada
aralash
sigir
ot
qo’y
cho’chq
a
sigir
ot
suv
organik
modda
75
77,3
71,3
64,6
72,4
77,5
67,0
umumiy azot
21
20,3
25,4
31,8
25,0
-
-
ammiakli azot
0,15
0,14
0,19
-
0,20
0,18
0,28
fosfor oksid
0,25
0,23
0,28
0,23
0,19
0,22
0,25
kaliy oksid
0,60
0,50
0,63
0,67
0,60
0,48
0,53
kal’tsiy oksid
0,35
0,40
0,21
0,33
0,18
0,45
0,44
magniy oksid
0,15
0,11
0,14
0,18
0,09
-
-
Hayvonlar ostiga to’shama sifatida solish uchun boshoqli don ekinlarining
solishni, torf yoki torf qirqimlaridan foydalaniladi.
Xo’jalikda olinadigan go’ngning miqdori hayvonning turiga, umumiy soniga
va ularni og’ixonada boqio’ davriga, yem-xashak miqdoriga va qo’llaniladigan
to’shalmaning turiga bog’liq bo’ladi. Xo’jalikda olinadigan go’ngning miqdorini
quyidagi formula bilan hisoblab chiqarish mumkin.
K
N = (--------- + p) 4
2
N - go’ng miqdori
Kaliy - oziq tarkibidagi quruq modda
p - to’shama miqdori
4- koeffitsient (xo’l go’ngning massasi ozuqadagi quruq modda massasiga
qaraganda 4 barobar ko’p).
Bir yilda turli hayvonlardan olinadigan go’ngning miqdori,
t hisobida
og’ilxonada
boqish
davri, kun
qoramol
yoki
2
yoshli
gacha
bo’lgan
buzoq/
otlar
qo’ylar
200
dan
220 gacha
7-8
5-6
0,8-0,9
180
dan
220 gacha
6-7
4-5
0,6-0,8
180
dan
kam
4-5
2,5-3
0,4-0,5
2. To’shamasiz (suyuq) go’ng.
To’shama sifatida foydalaniladigan materiallar chegaralangan hollarda
tarkibida 85-87 % gacha suv bo’lgan suyuq go’ng olinadi.
To’shama unchalik ko’p bo’lmagan holda tshplangan go’ng va siydik
aralashmasi chorvachilik fermasini tozalash ishlarini to’liq mexanizatsiyalash
imkonini beradi, lekin yarim suyuq holdagi go’ng transport vositalarida tashish va
yerga solish uchun noqulay fizik xossaga ega bo’ladi. Bunday go’ngdan azot ko’p
nobud bo’ladi va uni dalaga chiqarib solishdan oldin torf yoki tuproq bilan
kompostlash talab qilinadi. Yirik chorvachilik fermalari hamda chorvachilik
komplekslarida chorva mollarini to’shamasiz boqish tajribasi qo’llanilib, bunda
suyuq holatdagi harakatchan go’ng aralashmasi olinadi.
Yirik chorvachilik komplekslarida suyuq holatdagi go’ngning chiqishi yil
davomida, o’rta hisobda, tarkibidagi suv 90 % bo’lganda, 2000 bosh sigir uchun 40
%, 10 ming bosh buqachalar uchun 100 t ni tashkil etadi. Bu miqdor cho’chqalarda
har 100 ming bosh cho’chqa uchun 100 t ga boradi.
Bunday miqdordagi suyuq go’ngdan foydalanishga faqat chorvachilik
fermalarida go’ngni transport vositalarida tashish, saqlash va undan foydalanish
jarayonlarini to’la ravishda mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish yo’li
bilangina erishish mumkin.
Suyuq go’ngning chiqishi va uning tarkibi.
ko’rsatkichlar
qoramol
cho’chqa
har bir bosh hisobiga sutkada
go’ng siydik chiqishi, kg
55
50
tarkibi, %
suv
88,5
89,5
quruq modda
11,5
10,5
organik modda
8,6
5,2
umumiy azot
0,40
0,50
ammiakli azot
0,25
0,35
fosfor oksidi
0,20
0,25
kaliy oksidi
0,45
0,24
magniy oksidi
0,10
0,10
kaltsiy oksidinatriy
0,15
0,20
natriy oksidi
0,12
0,10
3. Go’ngning tuproq xususiyatlariga va o’simliklarga taosiri.
CHala chirigan go’ng tarkibida organik moddalarning ko’p miqdorda bo’lishi
tuproqning fizik, fizik-kimyoviy va biologik xossalariga ijobiy taosir etadi. Go’ng
muntazam ishlatilgan maydonlarda tuproq tarkibidagi chirindi va umumiy azot
miqdori ortadi, almashinuvchi va gidrometrik kislotaliligi pasayadi, xarakatchan
shakldagi alyuminiy va marganets miqdori kamayadi, asoslar bilan to’yinish darajasi
ortadi.
Qumli va qumoq tuproqlar bir muncha qovushqoq bo’lib qoladi, ularning
singlirish xususiyati va buferligi ortadi, bu esa ularda suv va oziq moddalarning
saqlanishiga imkon beradi.
Go’ng yerga mantuzam solinib turilganda, faqat tuproqning kislotaliligi
pasayibgina qolmasdan, balki o’simliklarning kaltsiy, magniy, oltingugurt va
mikroelementlar bilan oziqlanishi ham yaxshilanadi.
Tuproqqa solingan 30-40 t go’ngning parchalanishidan har kuni 35 kg dan 65
kg gacha karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi, bu o’simliklarning uglerod bilan
oziqlanishini ancha yaxshilaydi.
Go’ng bilan tuproqqa juda ko’p miqdorda mikroorganizmlar ham tushadi.
Go’ng tarkibidagi organik moddalar tuproq mikroflorasi uchun eng yaxshi oziq va
energiya manbai hisoblanadi.
SHunga ko’ra yerga go’ng solinganda tuproqdagi mikroorganizmlar faoliyati
kuchayadi va undagi ozuqa moddalar zonasini o’simliklar uchun jalb etish
jadallashadi.
Go’ngning o’g’itlilik qimmati uning tarkibidagi umumiy va ammiakli azot
miqdoriga qarab aniqlanadi.
Go’ng tarkibidagi azot, fosfor va kaliydan ikkinchi yili o’simliklarning
foydalanishi quyidagicha bo’ladi: azot 15-20 %, fosfor 10-15 , kaliy 10-15 %,
uchinchi yili esa azot 10-15 %, fosfor 5-10 % va kaliy 0-10 % ni tashkil etadi.
Almashlab ekishning rotatsiyasi davrida go’ngdagi ozuqa moddalardan
foydalanish azot bo’yicha 50-60 %, fosfor bo’yicha 50-60 % va kaliy bo’yicha 80-90
% ni tashkil etadi.
Bu mineral o’g’itlardan foydalanish darajasiga yaqin keladi.
4. Turli tuproq-iqlim sharoitlarida go’ngning samaradorligi va undan
foydalanishning xususiyatlari.
Go’ngning bevosita yerga solingan birinchi yili va undan keyingi yillarda
taosiri go’ngning sifatiga va uni yerga solish normasiga, shuningdek tuproq-iqlim
sharoitlariga bog’liq bo’ladi.
Yaxshi chirimagan somonli go’ng birinchi yili ikkinchi va uchinchi
yillardagiga qaraganda yaxshi taosir ko’rsatmaydi. Go’ng o’sha mintaqa uchun
belgilangan normada va o’z vaqtida solib turilsa, uning bevosita hamda keyingi
yillardagi taosiri shunchalik kuchli bo’ladi.
Soz mexanik tarkibli tuproqlarda yerga solingan go’ng juda sekin parchalanadi,
keyingi yillarda ekiladigan ekinlarga uning taosirini oltinchi -ettinchi yillarda ham
kuzatish mumkin. Qumloq mexanik tarkibli tuproqlarda esa go’ng tez parchalanadi
va keyingi yillarda ekilgan ekinlarga ko’rsatadigan taosiri ham uch-to’rt yildan
oshmaydi. Nam iqlimli sharoitda, go’ng qurg’oqchil mintaqalarga nisbatan tez
chiriydi, chunki janubiy va janubiy sharqiy mintaqalarda nam yetarli bo’lmaydi,
natijada go’ng sekin parchalanadi.
SHunga ko’ra noqora tuproq mintaqada go’ngning birinchi yilgi ekinga
ko’rsatadigan bevosita taosiri, qora tuproq mintqasidagiga qaraganda yuqori, ikkinchi
va uchinchi yilgi ko’rsatadigan taosiri esa past bo’ladi. Qurg’oqchil janubiy va
janybiy sharqiy mintaqalarda go’ngning keyingi yillarda ekilgan ekinlarga
ko’rsatadigan bevosita taosiri birinchi yilgi ekiladigan ekinga qaraganda ustunlik
qiladi.
Tuproqqa solingan go’ng nam bilan yetarli darajada taominlangan. Noqora
tuproq mintaqaning shimoliy g’arbiy va markaziy rayonlarida qora tuproq
mintaqaning shimoliy rayonlarida eng yuqori samara beradi. Ana shu joylarda
tuproqqa solinadigan go’ngning yillik normasi har gektariga 20-40 t ni tashkil etadi.
Qurg’oqchilik rayonlarida namgarchilik nisbatan yuqori bo’lgan joylardagiga
qaraganda go’ngning samaradorligi past bo’ladi. Bunday joylarda tuproqqa o’z
vafqtida va sifatli ishlov berish, namni iloji boricha ko’proq saqlab qolish va boshqa
ko’plab agrotexnik tadbirlar qo’llanilganda go’ngning samaradorligi ortib boradi.
Go’ngning yillik normasi uning sifatiga va miqdoriga, o’g’itlanadigan ekinning turiga
bog’liq bo’ladi. Go’ngning samaradorligini oshirishad uni mineral o’g’itlarga qo’shib
solish alohida ahamiyatga ega.
Ko’pgina olib borilgan tajribalarning natidjalarining guvohlik berishicha,
go’ngning mineral o’g’itlarga qo’shib ishlatilganda olinadigan qo’shimcha hosil
miqdori. Ana shu o’g’itlarni alohida alohida ishlatgandagiga nisbatan 20 % dan 60 %
gacha ortadi.
Buni go’ng mineral o’g’itlarga qo’shib solinganda o’g’itlar alohida
berilgandagiga nisbatan o’simliklarning oziqlanishi uchun qulay sharoitlari vujudga
kelishi bilan tushuntirish mumkin.. Yaoni mineral o’g’itlar hisobiga o’simliklarning
vegetatsiya davri boshlarida normal oziqlanish taominlanadi. Go’ng esa tuproqda asta
sekin parchalanib o’simliklarning ozuqa moddalariga bo’lgan ehtiyojini eng kerak
bo’lgan davrda qondiradi.
5. Go’ngni tuproqqa solish muddati va chuqurligi.
Go’ngxoanalrda va daladagi shtablarda turgan go’ngni yuklagich mexanizmlari
bilan go’ng sochadigkan mashinalarga yuklanadi va dalaga bir tekisda sochiladi.
Go’ngning yillik normasi mashinalarni yonboshidagi shkalalardan tegishli sonni
tpopib, maxsus richagni o’sha songa to’g’rilash bilan aniqlanadi.
T yuzasiga sepilgan go’ng tezlik bilan haydalishi lozim. Aks holda tuproq
yuzasida qoldirilgan go’ngdagi ammiakli azot yo’qoladi va go’ngning samaradorligi
pasayadi.
Tuproq-iqlim sharoitlariiga qarab go’ng tuproqqa 10-14 sm dan 20-25 sm
gacha chuqurlikka solinadi. Lekin namlik yetarli bo’lmagan qurg’oqchil mintaqalarda
va namlikni sug’orish yo’li bilan saqlaydigan joylarda go’ngli tuproqni sernam
chuqurroq qatlamlariga solinadi.
Almashlab ekish tixzimida go’ngni birinchi navbatda sabzavot va dala
ekinlariga shuningdek, kuzgi don ekinlariga solinishi lozim. CHunki ular qo’shimcha
oziqlantirishga talabchan bo’ladi va boshqa ekinlarga nisbatan ko’p miqdorda
qo’shimcha hosil beradi.
Go’ngni mineral o’g’itlar bilan birga ishlatishda ularni bitta maydonga bir
yo’la solish mumkin. Lekin ular turli muddatlarda solinishi mumkin. Masalan,
go’ngning yillik normasini hammasi kuzgi haydov ostiga solinadi. Huddi shu kuzgi
haydov ostiga yana fosforli va kaliyli o’g’itlarning yillik normasini ko’p qismi ham
solinadi.
Fosforli va kaliyli o’g’itlarning hamda azotli o’g’itlar o’simliklarning keyingi
rivojlanishi bosqichlarida tuproqqa solinadi. Bunday usul o’simliklarning butun
vegetatsiya davrida ozuqa moddalarga bo’lgan talabini bir tekisda taominlash
imkoniyatini yaratadi.
6. Sapropel’ nima?
Sapropel’ bu suv xvzalarini o’t bosishi natijasida vujudga kelgan ko’l va torf
yotqiziqlaridir. Sapropel’ tuproq aralashmasidan iborat massa organik moddalarga
boy bo’lib, minrallanish darajasi va minerald qismining tarkibi bilan farqlanadi.
Sapropel’ni tepa qavati kuchli namlangan bo’ladi. Huddi shu joyda kimyoviy ,
biologik jarayonlar natijasida o’lgan planktonlardan sapropel’ paydo bo’lishi kechadi.
Sapropel’ning qatlami qfalinlashgan sari undagi biologik jarayonlar so’nadi va uning
kuchli zichlanishi ro’y beradi.
Suv xavzalarida sapropel’ jinslarni ko’plab to’planishi natijasida u tezda
qariydi, yaoni evtrofiyaga uchraydi. SHuning shuning uchun sapropel’ qazib
chiqarish o’z oldiga ikki maqsad qo’yali.
1) tuproq unumdorligini oshirish uchun organik o’g’ olish.
2) suv xavzalarining ekologik holatini yaxshilash.
Ko’llilik darajasi past bo’lgan sapropel’ eng qimmatli hisoblanadi. Ko’llilik
darajasiga qarab sapropel’ quyidagilarga bo’linadi.
1. Ko’li kam, o’rtacha ko’mlik yuqori ko’lli, o’ta yuqori ko’lli 85 % dan ortiq
ko’llilikka ega bo’lgan sapropelli jinslar il deyiladi.
Sapropel’ ning hajmiy massasi 1,02-1,08 t/m3. Sapropel’ muzdan tushgandan
keyin tezda quriydi va bo’sh hoga o’tadi.
Sapropel’ning ranggi turli tuman bo’lib, uning tarkibidagi organik va anorganik
moddalarning miqdoriga bog’liqdir.
Sapropel’da o’simliklarga qiyin o’zlashadigan azotli birikmalar bor. Fosfor
miqdori kam, kaliyniki esa juda kam.
Sapropel’ tarkibiga quyidagi mikroelementlar kiradi: marganets - 200-1000
mg, rux - 10-400 mg, bor - 10-2000, mis - 2-60 mg, molibden - 2-20 mg, va kobalt 2-
15 mg.
Sapropel’ni g’allali ekinlarga har gektariga 30-40 t chopi qumlar talab
ekinlarga esa, 50-100 t solinadi.
Tayanch iboralar
Organik o’g’itlar, mineral o’g’itlar, mahalliy o’g’itlar, fermentlar, antibiotiklar,
go’ng, to’shalma go’ng, chala chirigan go’ng go’nning yillik normasi, sapropel’.
Nazorat savollari
1. Organik o’g’itlar debbnimga aytiladi va uning qanday turlari maqjud?
2 Organik o’g’itlarning ahamiyati haqida gapiring.
3. Go’ng nima va uning turlari haqida gapiring.
4. To’shalmali go’ng va uning tarkibi.
5. To’shalmasi go’ng va uning tarkibi.
6. Go’ng tuproqning qanday xususiyatlariga taosir qiladi?
7. Go’ngning o’simliklarga ko’rsatadigan taosirini gapiring.
8. Sapropel’ nima?
9. Sapropel’ ko’llilik darajasiga qarab necha hilga bo’linadi?
10. Sapropel’ tarkibidagi asosiy oziq moddalarning miqdorini gapiring.
11. Go’ng tuproq qaysi muddatlarda va chuqurliklarga solinadi?
12. Sapropel’ qanday normada solinadi?
Adabiyotlar
1.
Agroximiya. Pod. red . V.M.Klechkovskogo i prof. A.V,Peterburgskogo.
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964.
2.
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989.
3.
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984.
4.
Skryabin F.A. navos v sisteme doriyaniya xlopchatnika. T., 1971.
5.
Vasilev V.A. flipiva N.V. spravochnik po organicheskim udrobreniyam.
Rosagrogromizdat’, M.: 1988.
6.
Roziqov Q. M., Hamraev K. Paxtachalikda organik o’g’itlar. T. 1977.
MA’RUZA 17: ORGANIK O’G’ITLAR JAMG’ARISH VA SAQLASH TURLARI.
KOMPOST TAYYORLASH USULARI VA ULARNI FOSFOR HAMDA KALIY
BILAN BOYITISH.
REJA:
1. Organik o’g’itlar jamg’arish va saqlash usullari.
2. Fosforit uni qo’shib kompost tayyorlashning samaradorligi
3. Go’ngning chirish darajasiga ko’ra turlari
4. Kompost tayyorlash uslublari, ularni fosfor va kaliy bilan boyitish.
5. Tayanch iboralar
6. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
7. Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Organik o’g’itlar jamg’arish va saqlash usullari.
Go’ngning miqdori va uning sifati ko’p jihatdan go’ng saqlash usuliga bog’liq
bo’ladi. Go’ngni saqlash davrida mikroorganizmlar taosirida go’ng tarkibida azot va
azotli organik moddalar parchalanadi.
Mochevina va boshqa azotli organik birikmalar chorva mollarining suyuq
ajratmasi tarkibida bo’lib, u gaz holatidagi ammiakka aylanadi, go’ngdan
yo’qoladigan azoting asosiy manbai hisoblanadi. Mochevina urobakteriyalar
tomonidan ajratiladigan urlaza fermentlari taosirida ammoniy karbonatga aylanadi, u
esa ammiakka, karbonat angidrid gazi va suvga oson parchalanadi.
Hayvonlarnin qattiq ajratmasi tarkibidagi azotli birikmalar va to’shamasi
asosan oqsilli moddalardan iborat bo’ladi, odatda u ammiak jaratishi bilan bir vaqtda
juda ham sekin parchalanadi.
Go’ngning azotsiz organik moddalari, asosan, kletchatka va oson
parchalanadigan
boshqa
organik
birikmalardan
iborat
bo’ladi.
Go’ng
qanchaliksersomon bo’lsa, uning tarkibida azotsiz organik moddalar shunchalik ko’p
bo’ladi. Agar unga havo kirib qolsa, go’ng karbonat angidrid gazi va suvgacha
parchalanib, bunda harorat ham 50-70 S gacha ko’tariladi. Anaerob sharoitlarda esa
kletchatka parchalanib, karbonat angidrid gazi va metah hosil bo’ladi.
Go’ngning tarkibida oson parchalanadigan organik moddalar ko’p bo’lsa, havo
yaxshi kirib turadigan sharoitda ularning parchalanishiintensiv ravishda boradi.
Go’ngni saqlash sharoitiga qarab organik moddalarning parchalanishi turli xil
tezlikda kechadi va turli xil sifatga ega bo’lgan go’ng hosil bo’ladi. Go’ng
saqlashning ken foydalaniladigan usullariga qo’yidagilar kiradi:
1. Hayvonlar ostida saqlash
2. Zichlangan usulda saqlash
3. Bo’sh zichlangan usulda saqlash
4. Bo’sh usulda saqlash.
1. Hayvonlar ostida saqlash.
Bu usul chorva hayvonlari bo’sh yuradigan joylarda keng qo’llaniladi. CHorva
fermerlari hovlilaida va hayvonlar sayr qiladigan maydonlarida hayvonlar ostiga
solinadigan to’shama uzoq vaqt uchun birdainga ko’p va qalin qilib solinadi va keyin
ustiga oz-ozdan qo’shib boriladi. Ularning ostida to’plangan go’ng esa har kuni
olinmaydi, bir necha haftadan so’ng yoki bir necha oydan so’ng to’planib olinadi.
CHorva hayvonlari bo’y yuradigan fermalarda torfdan pol qilinadi.
Buning uchun hayvonlar yuradigan paydonlar 30-50 sm chuqurlikd qilib
tekislanadi va torf to’ldriladi. Uning ustidan yaxshilab shibbalanadi.
Mana shunday torfdan qilingan pol ustida chorva mollari bir necha oy yuradi
va ulardan ajralib chiqqan suyuq ajratmalaring hammasini torf shimib oladiyu hosil
bo’lgan torfli go’ng maolum muddatlardan keyin yig’ishtirilib olinadi va to’g’ridan-
to’g’ri dalaga olib borilib, haydov ostiga solish mumkin yoki shtabelga to’planadi.
Bunday usul shimoliy mintaqalarda qo’llaniladi.
Bunday sharoitda torfli to’shama bir oyda bir marta 3-4 marta almashtiriladi.
CHorvachilik
fermalaridan tashqari,
chorva
mollari
sayr
qiladigan
maydonlarda ham, dala sharoitidagi chorva hayovnlari bo’sh haydalib saqlanadigan
joylarda ham go’ngni to’plash va jamg’arish mumkin. Bunday joylarda torfni yoki
maydalangan somonni 40-50 sm qalinlikda to’shaladi. CHorva hayvonlari bunday
to’shama ustida yuradi va uni yaxshilab ezadi hamda to’shamani bir tekisda
o’zlaridan chiqadigan suyuq ajratmalar bilan namlaydi va bosib zichlaydi.
Go’ngni anaerob sharoitda chirishi, parchalanishi uchun sharoit yaratadi.
Go’ngni chorva hayvonlari ostida saqlaganda, jamg’arilgan go’ng ancha
arzonga tushadi, chunki uni har kuni tozalanmaydi, aqlash va jamg’arish uchun
maxsus go’ngxonalar kerak emas, to’shamaning ko’pligi uchun suyuq ajratmalar
hammasi to’lasiga to’shamada qoladi, ammiakli azot yo’qolmaydi.
2. Zichlangan usulda saqlash.
Go’ngni bunday usulda saqlash uchun uni go’ngxoanalarga joylanadi yoki
dalada bo’lsa, shtabellarga qavat-qavat qilib, har bir qavatdan so’ng yaxshilab
bosiladi, zichlanadi.
Birinch qavatning kengligi 3-4 m, balandligi 1 m bo’ladi va uzunligi sharoitga
qarab belgilanadi.
SHtabelning
balandligi
2-2,5
m
bo’lgunga
qadar
qavatlab
zichlanadi.shtabelning usti qirqilgan somon yoki torf yoki tuproq bilan 15-20 sm
qalinlikda yopiladi.
Go’ng zichlangan usulda saqlanganda qirish jarayoni anaerob sharoitda boradi
va unda doimiy namlik saqlanib turadi. Qishda shunday usulda saqlanganda
shtabeldagi harorat 20-25 S, yozd esa 30-35 S bo’ladi.
SHuning uchun go’ngni bunday usulda saqlanishi “sovuq usulda saqlash”
deyiladi. Zichlangan usulda saqlanganda go’ngning hamma teshiklari karbonat
angidrid gazi va suv bug’lari bilan to’la bo’ladi. Bu esa ammoniy karbonatni ammiak,
karbonat angidrid gazi va suvgacha parchalanishiga yo’l qo’ymaydi. Bunday usulda
saqlanganda organik moddalarning va azotning yo’qolishi boshqa usullarga nisbatan
ancha kam bo’ladi. Zichlangan usulda go’ngni saqlanganda yarim chirigan go’ng
olinadi va 3-4 oyda tayyor bo’ladi. Yaxshi chirigan go’ng olish uchun esa
jamg’arilgan go’ng 7-8 oy turishi kerak.
3. Bo’sh zichlangan usulda saqlash.
Bu usulda go’ng quyidagicha saqlanadi: yangi usulda go’ng oldin 1 m
qalinlikda bo’sh holda joylanadi, zichlanmaydi, qachonki, ushbu qavatda go’ngning
harorati 60-70 S bo’lganda, kuchli darajada zichlanadi. Bu zichlangan qavatning
ustiga yana 1 m qalinlikda bo’sh, zichlanmagan go’ng joylanadi, uning ham harorati
60-70 S darajaga yetganda, bu qavat ham kuchli zichlanadi.
Go’ngni yaxshlab zichlangandan so’ng harorat 30-35 S darajaga tushadi va
go’ng kyinchalik anaerob sharoitda parchalanadi.
Bunday usulda saqlanganda go’ng tezda parchalanadi. Yarim chirigan go’ng
1,5-2 oyda tayyor bo’ladi. Bu usul nisbatan qisqa muddatda ko’proq chirigan go’ng
olish uchun yoki veterinar vrach go’ngdan oshqozon -ichak kasalliklarining
qo’zg’aluvchilarini topganda, saqlanayotgan go’ngning tarkibida ko’p miqdorda
poxol to’shama bo’lganda qo’llaniladi.
4. Bo’sh usulda saqlash.
Go’ng bunday usulda saqlanganda, shtabelga to’plangan go’ng bosilmasdan,
zichlanmasdan shunday bo’sh holda qoldiriladi.
SHuning uchun go’ng to’plangan shtabel aerob sharoit yuzaga keladi, ko’p
miqdorda organik moddalar va azot yo’qoladi hamda go’ngdagi suyuqliklar ajralib
chiqadi. Bunday holat go’ng tartibsiz saqlanganda ro’y beradi.
Yuqorida aytib o’tilgan go’ng saqlash va jamg’arish usullari aniq sharoitdan
kelib chiqib, har xil usulda saqlanigi mumkin.
Go’ngni chorvachilik fermalari yaqinida joylashgan go’ngxonalarda yoki
o’g’itlanishi lozim bo’lgan dalaning o’zida ham saqlash mumkin.
5. Go’ngni go’ngxonalarda saqlash.
Xo’jaliklarda mavjud go’ng saqlaydigan va jamg’ariladigan joyda talab
darajasidagi sifatli va har xil kompostlar tayyorlash imkoniyatini beradigan go’ngni
jamg’arish mumkin.
Go’ngxonalar 2 xil tipda bo’ldi:
1. Kotlovan tipidagi go’ng saqlaydigan joylar.
2. Yer ustida go’ng saqlaydigan joy.
Qurg’oqchilik sharoitga ega bo’lgan joylarda, ochiq shtabellarda go’ng
saqlanganda, jamg’arilgan go’ng tezda qurib qoladigan bo’lsa, go’ngni kotlovan
usulida saqlash mumkin.
Er soti sizot suvlari yaqin joylashgan bo’ls, go’ngni yerning ustida shtabel qilib
saqlanadi.
Go’ngni kotlovan tipidagi go’ngxonalarda saqlanganda, anaerob sharoiti
yaratish ancha oson bo’ldi, go’ngning tarkibidagi azot va organik moddalar kam
yo’qoladi.
Har qanday go’ng saqlanadigan joy quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1) jamg’arilgan go’ng tarkibidagi chuyuq go’ngning yo’qotmaslik uchun
go’ngxonalarning osti asfat’tlangan yoki betonlargan bo’lishi kerak.
2) go’ngxonalarning bir tomonida suyuq go’ng yig’iladigan joyi bo’lishi kerak.
3) Go’ngxonalarning asfal’tlangan yoki betonlangan ostiki qismi suyuq
go’ngni to’planadigan joyga qiya qilinishi kerak.
4) go’ngxonaning uzunasiga ketgan ikki tomonini tashqarisidan yomg’ir va
boshqa suvlar oqib ketadigan ariqchalar bo’lishi kerak.
5. Go’ngxonalardagi jamg’arilgan go’ngni olib ketish uchun transport
vositalariga qulay sharoit bo’lishi kerak.
6) go’ngxonalarni quruq va baland joyga qilish kerak. CHorvachilik
fermalaridan 50 m, aholi yashaydigan punktdan 200 m uzoqlikda bo’lishi kerak.
Go’ngxonalarni botqoqliklarda, suv toshib chiqib ketadigan joylarda, daryo,
ko’l, buloqlarning yaqinida qurish mumkin emas.
Go’ngxonalar quriladigan joy chorvachilik fermasining veterinar vrachi va
sanitariya eidemiologiya tantsiyasining vakili bilan birgalikda tanlanadi.
6. Go’ngni dalada ugomlarda saqlash.
Xo’jaliklarda transport juda badnligini hisobga olib, tayyorlangan va
to’plangan go’nglarni qishda dalaga tashib, ugom holida saqlash mumkin.
Buning uchun dalaning balandroq suv bosmaydigan qismi tanlanadi, qori
tozalanadi va qirqilgan somon yoki torf bir qavat qilib solinadi.
Go’ngni iloji boricha katta uyumlarga yig’iladi va uni muzlab qolishidan va
azoltni yo’qolmasligini oldini olish uchun yaxshilab zichlanadi.
Uyumning kengligi 3-4 m va balandligi 2-2,5 m bo’ladi.
Go’ngni muzlab qolishini oldini olish uchun har bir uyumlarni 1-2 kun ichida
tayyorlab, ustini 20-25 sm qalinlikdagitorf yoki qirqilgan somon bilan yopish kerak.
Yangi yoki yarimchirigan go’nglarniYu, dala sharoitida, kichik kichik
uyumlarda saqlash mumkin emas. Ular qishda muzlaydi, bahor va yozda esa qurib
qoladi va ko’p miqdordagi ammiakli azot yo’qotiladi.
Uyumlarning ustiga 9-9,5 g/*m2 normadagi simazin sepilsa, yovvoyi o’tlar
ko’karmaydi.
7. Go’ngni saqlash vaqtida uning tarkibidagi ozuqa moddalarning
yo’qolishini oldini olish.
Go’ngni saqlash va jamg’arish vaqtida yuzaga kelgan noqulay sharoitlar
taosirida uning tarkibidagi ozuqa moddalari yo’qolib, o’g’itlilik xususiyati pasayadi.
Go’ngning chirish jarayonida birinchi navbatda azot ammiak ko’rinishida
yo’qoladi. Hayvonlarning suyuq ajratmalarini va uyumdan sizib chiqadigan suyuq
go’ngni atrofga oqib ketishi yoki uyum turgan joyda tuproqqa singib ketishi
natijasida uning tarkibidagi kaliy yo’qoladi.
Bunday yo’qolishlarning oldini olish uchun ko’proq miqdorda to’shama solish,
to’shama sifatida torf va qirqilgan poxol bo’lakchalaridan foydalanish va go’ngni
zichlangan usulda saqlash kerak. CHorvachilik fermalarida va go’ngxonalarda suyuq
go’nglarni to’playdigan xovuzlar qurish loxim.
2. Fosforit uni qo’shib kompost tayyorlashning samaradorligi.
Serpoxol go’nglarda fosfor yetishmasligi fosfor natijasida mikroorganizmlar
yaxshi rivojlana olmaydilar.
Go’ngga fosforit unining qo’shilishi natijasida go’ngda fosfor miqdori
ko’payadi, mikrobiologik jarayonlar kuchayadi, gumifikatsiya jarayoni tezlashadi va
go’ngni saqlash davrida ammiakli azotning mikroorganizmlar tomnidan singdirilishi
keskin kuchayadi.
Bularning hammasi go’ngni saqlashda azotning yo’qolishini kamaytirishga olib
keladi.
Go’ngni fosforli o’g’itlar bilan kompost qilishning undagi organik moddalar va
azotning yo’qolishini kamaytirishga taosiri (Mamchenkov)
kompost qilish usullari 4 oy saqlangan go’ngdan
oldingi holatiga nisbatan
yo’qolishi, %
organik
moddalar
azot
go’ngning o’zi fosforli
o’g’it qo’shilmasi
58,1
19,6
3
%
fosforit
uni
qo’shib
kompost
qilingan
42,6
5,4
2
%
superfosfat
qo’shib
kompost
qilingan
41,4
3,3
Go’ngni fosforit uni qo’shib kompost tayyorlash go’ngning sifatini oshiribgina
qolmasdan, balki arzon, lekin qiyin eriydigan o’simlikga yomon o’zlashadigan
fosforli o’g’it - fosforit uninig samaradorligini xam oshiradi.
Go’ngning parchalanishi, chirishi natijasida hosil bo’lgan ko’mir va organik
kislotalar taosirida fosforit unining tarkibidagi fosfor o’simliklarga oson
o’zlashadigan shaklga o’tadi.
Fosforit uni tarkibidagi fosforning bir qismi kompost qilinganda
mikroorganizmlar tomonidan singdiriladi va vaqtincha bakteriya plazmasida organik
shaklga o’tadi.
Bu fosfor mikroorganizmlarning tanasi minerallashgandan so’ng o’simliklarga
o’zlashadigan bo’ladi.
Go’ngni fosforit uni qo’shib kompost qilinganda 1 t go’ngga 10-40 kg,
ko’pincha esa 20-30 kg fosforit uni qo’shiladi.
Kompost qilinganda go’ngga qo’shilgan superfosfatning miqdorini oshirib
berilishi undagi azoting yo’qolishini keskin kamaytiradi.
Superfosfatning dozasi
go’ng tarkibidagi azotning
boshlang’ich miqdorini 4
oydan keyingi kamayishi,
%
superfosfat
qo’shilmagan
46,4
1
%
superfosfat
qo’shilgan
31,5
2
%
superfosfat
qo’shilgan
23,5
3
%
superfosfat
qo’shilgan
11,3
4
%
superfosfat
qo’shilgan
3,1
Fosforit unining go’ngga tayyorlashdan Toshkent tuproqqa solgungacha
bo’lgan davrda qochon solinsa ham bo’laveradi. Lekin ikkala o’g’itning bir biriga
aralashuvi va ular o’rtasildagi o’zaro taosirlashuv qanchalik ko’p bo’lsa, shuncha
yaxshi kompost tayyorlanadi.
SHuning uchun fosforit unini, chiqaradigan go’ngning miqdorini bilgan holda,
o’sha chorvachilik fermasidagi hayvonlar yuradigan joyga sepsa ham bo’laveradi.
Go’ng - fosforit unidan tayyorlangan kompostlarni kuzgi va bahorgi haydov
ostiga solinadi.
Agarda ularga azotli o’g’itlar qo’shilsa, ularning samaradorligi juda ham
yuqori bo’ladi.
3. Go’ngning chirish darajasiga ko’ra turlari.
Go’ng chirish darajasiga qarab bir necha turga bo’linadi.
1. Yangi go’ng
2. Yarim chirigan go’ng
3. CHirigan go’ng
4. CHirindi modda.
1) yangi yoki kuchsiz darajada chirigan go’ng deb shunday go’ngga aytiladiki,
unda to’shama sifatida ishlatilgan poxol o’zining sariq rangini va qattiqligini
yo’qotmagan bo’ladi.
2) yarim chirigan go’ngda to’shama poxol o’zining qattiqligini yo’qotadi va
rangi to’q jigarrang tusga kiradi
Bunda go’ngning massasi oldingi holatiga nisbatan 20-30 % ga kamayadi.
3) chirigan go’ng - qora rangli bo’lib, uning tarkibidagi poxol bo’lakchalari
bo’linmaydi.
Bunda go’ngning massasi oldingi holatiga nisbatan 50 % ga kamayadi.
4) chirindi - bir xil tarkibga ega bo’lgan, organik moddalarga boy, qora rangli
tuproqsimon massa.
Bunda go’ngning massasi oldingi holatiga nisbatan 75 % ga kamayadi.
Go’ngni oxirgi chirindi holatiga kelgunga qadar bo’lgan stadiyalarni
o’tashgacha olib kelmaslik kerak, chunki bu jarayonda juda ko’p organik moddalar
va azot yo’qoladi.
Tuproq-iqlim sharoitiga ko’ra, ko’proq yarim chirigan yoki chirigan holatdagi
go’ng ko’proq ishlatiladi.
Janubiy-sharqiy quruq iqlimli sug’orilmaydigan sharoitga ega bo’lgan
mintaqalarda chirigan go’ngdan ko’proq foydalaniladi.
Sug’orib dehqonchilik qilinadigan, go’ngni oldindan kuzgi haydoq ostiga
tashlanadigan va vegetatsiya davri ekinlar yetishtiriladigan mintaqalarda yangi
go’ngdan foydalansa ham bo’laveradi, lekin ko’pincha yarim chirigan go’ngdan
foydalanish yuqori masara beradi.
4. Kompost tayyorlash uslublari, ularni fosfor va kaliy qo’shib boyitish.
Kompost tayyorlash - mahalliy, organik o’g’itlarni va o’g’itlarning masani
oshirishning muhim usulidir.
Kompost qilish bir organik o’g’it parchalanganda uning tarkibidagi ozuqa
elementlarini yo’qolishini kamaytirish uchun va boshqasini tarkibidagi ozuqa
elementlarini o’simliklarga o’zlashishini kuchaytirish uchun zarurdir.
Kompost mikroorganizmlarning parchalanishiga chidamliligi jihatidan 2 xil
komponentdan iborat bo’ladi. Bulardan biri, masalan, torf, poxol, chimli yer va
boshqalar, bular namni va ammiakni o’zlariga yaxshi singdiradi, va kompost
qilinmasa, qiyin parchalanadi.
Ikkinchi komponent esa mikroorganizmlarga boy, tarkibida yetarli miqdorda
yengil parchalanadigan azotli organik birikmalari bor jimslardir.
Bunday kompost tayyorlashda, birinchi komponent ikkinchisiga nisbatan
ko’proq olinadi.
Bunday kompost tayyorlash biologik kompost tayyorlash deyiladi.
Bu arzon va inert materiallardan, o’zlarining o’g’itlilik sifati past bo’lgan
organik moddalardan ko’plab miqdorda yuqori sifatli organik o’g’itlar tayyorlash
imkoniyatini beradi.
Bunday kompostlarga: torf-go’ngli, torf-najasli,torf-suyuq go’ngli, poxol va
boshqa qiyin parchalanadigan organik materiallarning najas va suyuq go’ng bilan
qilingan kompostlari kiradi.
Bunday organik kompostlar tarkibiga mikroorganizmlarni bakteriyal
preparatlar ko’rinishad ham qo’shish mumkin.
Go’ngni kompost qilishdan asosiy maqsad - uning miqdorini ko’paytirish va
tarkibidagi azot hamda go’ng suyuqligini saqlab qolishir.
Torfni go’ng, suyuq go’ng va najas bilan kompost qilinadi.
Kompost qilishning 2 xil usuli mavjud:h
1. Qatlam-qatlam qilib kompost tayyorlash.
Bunday kompost tayyorlashda shtabelning yoki uyumning kengligi - enining
kengligi 3-4 m bo’ladi va go’nghamda rof yoki boshqa mahalliy materiallar
navbatma-navbat qavat -qavat qilib, balandligi 2,0-2,5 m bo’lgunga qadar joylanadi.
Go’ng tarkibidagi suyuqliklar yerga singib ketmasligi uchun shtabelning eng ostiga
50 sm qalinlikda torf yoki boshqa shunga o’xshash materiallar tashlanadi.
2. Go’ngni markazga olib kompost tayyorlash.
Bunda avval torfdan 50-60 sm qalinlikda shtabel qilinadi va uning o’rtasiga
enining fqalinligi 1-1,5 m, qalinligi 70-80 sm qilib, go’ng qavati hosil qilinadi. Keyin
go’ngning atrofi va usti 50-70 sm torf bilan yopiladi. Bunday kompost tayyorlash
ko’proq sovuq iqlimli mintaqalarda qo’llaniladi.
3. Dalada buldozer bilan torf-gli kompost uyumini tayyorlash.
Buning uchun avval o’g’itlanayotgan dala boshiga avtosamosval yoki traktor
pritseplarida torf olib chiqiladi va ular oralig’i 5 m dan qilib to’kiladi va ularning
oraig’iga go’ng tashlanadi. Ana shunday 3 ta qator qilinadi. Keyin ikki chekkadagi
qatorlarni o’rtadagi qatorga to’planadi. So’ngra hosil bo’lgan bir qatorni qarama-
qarshi tomonlaridan surib, uyum hosil qilinadi. Bunda torf va go’ng juda yaxshi
aralashadi va ular uyumga yaxshilab joylanadi.
Bunday usulda tayyorlangan kompostlar bosilmaydi, zichlanmaydi. Bu esa
ularning tarkibidagi organik moddalarni parchalanishini tezlatadi, go’ng tarkibidagi
ammiakli azotni to’lig’icha torf singdirib olganligi uchun u to’lig’icha kompost
qoladi.
Tajribalarning ko’rsatishicha, kompostlarga kaliyli o’g’itlarning qo’shilishi
torfdagi azotli birikmalarning xarakatchanligini oshiradi.
Tayanch iboralar
Go’ngni saqlash usuli, gaz holidagi ammiak, go’ngning azotsiz organik
birikmalari, go’ngni hayvonlar ostida saqlash, zichlashgan usulda saqlash, bo’sh
zichlashgan usul, anaerob sharoit, shtabel, sovuq usul, yarim chirigan, go’ngning
muzlab qolishi, kotlovin, chirigan go’ng, yangi go’ng, komponental, biologik
kompost, kompost turlari, kompost qilish usullari.
Nazorat savollari
1. Go’ngni saqlash davrida qanday jarayonlar sodir bo’ladi?
2. Go’ngni hayvonlar ostida saqlash va uning ahamiyatini gapiring.
3. Go’ngni zichlangan usulda saqlashni va uning ahamiyatini gapiring.
4. Go’ngni bo’sh zichlangan usulda saqlashni va uning ahamiyatini gapiring.
5. Go’ngni bo’sh usulda saqlashni va uning ahamiyatini gapiring.
6. Sovuq usulda saqlash deganda nimani tushunasiz?
7. Kotlovan tipidagi go’ngxonalardan qanday sharoitda foydalaniladi?
8. Go’ngxonalarni qanday joylarda qurish mumkin emas?
9. Go’ngxonalar quriladigan joylar kimlar tomonidan tanlanadi
10. Go’ng tarkibidagi ozuqa moddalarning yo’qolishini oldini olish uchun
qo’llaniladigan tadbirlarni ayting.
11. Go’ngga fosforit uni qo’shib kompost tayyorlashning ahamiyatini gapiring.
12. Bioloik kompost tayyorlash deb qanday usulga aytiladi?
13. Go’ngxonalar chorvachilik fermalari va aholi punktlaridan necha metr
uzoqlikda bo’lishi kerak?
14. Go’ngni kompost qilishdan asosiy maqsad nima?
15. Kompost qilish usullarini gapiring.
Adabiyotlar
1.
Agroximiya. Pod. red . V.M.Klechkovskogo i prof. A.V,Peterburgskogo.
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964.
2.
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989.
3.
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984.
4.
Spravochnik po udobreniyam. M., Kolos. 1964.
MA’RUZA 18: TORF, UNING TURLARI VA XUSUSIYATLARI. TORFNING
KIMYOIY TARKIBI VA UNING QISHLOQ XO’JALIGIDA FOYDALANISHI.
REJA:
1. Torfning paydo bo’lishi va turlari.
2. Torfning xususiyatlari
3. Torfning kimyoiy tarkibi
4. Torfning qishloq xo’jaligida foydalanishi
5. Quritilgan torfzor torfidan o’g’itlar sifatida foydalanish
6. Torfli kompostlar
7. Tayanch iboralar
8. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
9. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Torfning paydo bo’lishi va turlari.
Torf katta miqdordagi botqoqlik o’simliklarni ortiqcha namlik va havo
yetishmasligi sharoitida halok bo’lishi hamda chala chirishi natijasida hosil bo’ladi.
Har qanday torf kam chirigan o’simlik qoldiqlaridan, chirindi va mineral
aralashmalardan iborat bo’ladi. Torfning turlari va tiplari sifati bo’yicha turli xildir.
SHuning uchun uning o’g’it sifatida foydalanish bir xil emas. Torfni o’g’it
sifatidatoza holda ishlati bo’lmaydi, uni boshqa komponentlar bilan birga
foydalaniladi.
Torfning 90 % dan ortig’i Rossiyaning noqora tuproq mintaqasida joylashgan.
Torfli maydonlar 80 mln ga ni tashkil etadi. Torf zahirasi quruq holitai
hisoblanganda, 160 mlrd t ni tashkil etadi, bu dunyodagi torf zaxirasining 66 % ni
tashkil etadi.
Torfning turlari uning paydo bo’lish sharoitlari, rel’ef elementlari bo’ylab torfli
botqoqlarning joylashishiga bog’liqdir. Torfning turi uning tarkibiga kiruvchi
qoldiqlarga qarab belgilanadi.
Torfli botqoqliklarning paydo bo’lishi sharoitiga qarab 3 turga bo’linadi.
1. Balandlikda hosil bo’lgan torf.
2. Pastlikda hosil bo’lgan torf.
3. O’tish holatidagi torf.
Balandlikda hosil bo’lgan torf relefning balandlik qismidan sfagnum moxidan
va boshqa o’simliklardan paydo bo’ladi. Bu o’simliklar ozuqa va namlikka kam
talabchan bo’ladi.
Pastlikda hosil bo’lgan torf relefning pastki qismida sizot suvlari taosirida
paydo bo’ladi.
Bu torfning paydo bo’lishida har xil moxlar, qamishlar, olxa, qayinlar, yel’,
sasna, tol va boshqa namsevar hamda ozuqaga talabchan o’simliklar muhim rol
o’ynaydi.
O’tish holatidagi torf oraliq holatni egallab, uning ustki qavati balandlikdagi
torfga, pastgi qavati pastlikdagi torfga yaqindir.
Torf paydo bo’lishida ustunlikka ega bo’lgan o’simlik turining nomi so’zning
oxiriga va torf paydo bo’lishida 2-darajali bo’lgan o’simlikning nomi so’zning
boshida keladi.
Agar torfning tarkibidagi o’simlik qoldiqlari, asosan sfagnum moxidan iborat
bo’lsa, u vaqtda torfning o’g’itlik sifati past, agar qiyoqlar o’simliklarning yog’ochliq
qisamidan iborat bo’lsa, bu xildagi torf ancha qimmatli hisoblanadi.
2. Torfning xususiyatlari.
Torfning xar xil turlari va tiplarini agronomik jihatdan baholashda uning
botanik tarkibi, parchalanish darajasi, ko’llilik darajasi, ozuqa moddalar miqdori,
kislotaliligi, nam sig’imi kabi xususiyatlari muhim ahamiyatga ega.
Botanik tarkibi.
Torfning agronomik jihatdan sifatini xarakterlovchi muhim belgisidir.
Masalan, balandlika hosil bo’lgan sfagnum moxidan hosil bo’lgan torf ozuqa
moddalarning kamligi, ko’llilik xususiyatlarining kamligi, kislotali reaktsiyaga
egaligi va gumifikatsiyaning pastligi bilan ajraib turadi.
O’g’it olinadiga material sifatida foydalaniladigan torfni baholashda undagi har
xil organik birikmalarning tarkibi va nisbatining ahamiyati kattadir. Torf tarkibiga
kiruvchi ligninlar, bitumlar, smolalar, yog’ kislotalari, mikroorganizmlarning
parchalashlariga juda chidamlidir.
Balandlikda paydo bo’lgan torfning tarkibi ularning miqdorining ko’p bo’lishi
uning tuproq tarkibi parchalanishini susaytiradi. Pastlikda hosil bo’lgan torfda gumin
moddalari ko’p. Bunday torfning gumin moddalari kaltsiy bilan kuchli bog’langan.
Torfning parchalanish darajasi.
Torfning parchalanish darajasi qancha katta bo’lsa, uning o’g’itlik ahamiyati
shuncha yuqori bo’ladi.
1. Torfning tarkibida 5-25 % gacha gumifikatsiyalangan moddasi bo’lsa, u
kuchsiz parchalangan torf deyiladi.
2. Agar torf 25-40 % gacha parchalangan moddalari bo’lsa, bunday torf
o’rtacha parchalangan torf deyiladi.
3. O’simliklardan paydo bo’lsa, torf katta parchalanish darajasiga ega.
Torfning kulliligi.
Bu torfning qishloq xo’jaligida foydalanishda muhim ko’rsatkich hisoblanadi.
Torf normal va yuqori ko’llilik darajasiga ega bo’ladi.
Agar torfning ko’lliligi 12 % bo’lsa, bu normal kulli torf deyiladi.
Agar torfning kulliligi 12 % dan yuqori bo’lsa, bunday torflar yuqori kulli torf
deyiladi.
Balandlikda paydo bo’lgan torfda 5 %, o’tish holatdagi torfda 10 %, pastlikda
paydo bo’lgan torfda 8-12 % kuli mayjud bo’ladi.
Torfning kislotaliligi.
Bu torfdan qishloq xo’jaligida foydalanish usulini va uni tashqi aniqlashda
muhim ko’rsatkichdir. Agar torfning tuzli so’rimining rN = 5,5 dan past bo’lsa, uning
o’g’it sifatida to’g’ridan-to’g’ri foydalanib bo’lmaydi.
Uni avval go’ng bilan ohak va fosforit uni bilan kompost qilish kerak.
Balandlikda paydo bo’lgan torfning kislotaliligi yuqori bo’lib, pastlikda paydo
bo’lgan torfning kislotaliligi pastdir.
Torfning nam sig’imi va singdirish qobiliyati.
Torfning bu xususiyatlari uning to’shalma sifatida foydalanishda muhim rol
o’ynaydi.
Eng yuqori nam sig’imiga ega bo’lgan torf bu balandlikda paydo bo’lgan
torfdir va uning nam sig’imi absolyut quruq moddaga nisbatan 1000-1800 % ni
tashkil etadi.
Pastlikda paydo bo’lgan torfda esa bu ko’rsatkich 500-1000 % ni tashkil etadi.
Torfning singdirish sig’imi juda yuqori. 100 gr quruq moddaga nisbatan, 100-
200 mg/ekv. ni tashkil etadi.
3. Torfning kimyoiy tarkibi.
Torfning har xil turi va tipida ularning miqdori bir xil emas. Torf darajasi ham
go’ngdagi kabi tarkibida o’simliklar uchun zarur bo’lgan ozuqa elementlarining
hammasi mavjud, lekin ularning nisbati bir xil emas, azot, fosfor va kaliy kabi ozuqa
elementlarining orasida torfning tarkibida azot ko’p miqdorni tashkil etadi.
Absolyut quruq massaga nisbatan balandlik torfida 0,7-1,5 %, pastlik torfida
esa 2,5-3,5 % ni tashkil etadi.
Lekin tuproqdagi azotning asosiy qismi organik shaklda bo’lib, o’simliklarga
minerallashganan so’ng o’zlashishi mumkin.
Torfdagi birdan-bir o’zlashadigan azot bu ammiakli azotdir.
Uning miqdori pastlik torfida 0,09 % ni, balandlikda paydo bo’lgan torfda esa
0,035 % ni tashkil etadi. SHuning uchun torf o’simliklar uchun azotli oziqlanish
manbai bo’ladi. Qachonki, unga biologik taosir ko’rsatganda, yaoni unga go’ng
suyuq najas bilan kompost tayyorlaganda uning tarkibi azotni o’simliklar yaxshi
qabul qiladi.
Fosfor normal kulli torfda azotga nisbatan ancha ozdir.
Kaliy.
Torfda kaliy kam. Absolyut quruq moddasida 0,0,5-0,2 % ni tashkil etadi.
Lekin kaliy torfdan suv bilan oson ajratib olinadi va unda o’simliklarga oson
o’zlashadigan shaklda bo’ladi.
Torfning kimyoiy tarkibi
tofrlar
Absolyut quruq modda nisbatan miqdori, %
org.mod kuli
azot
fos-for kaliy
kaltsiy
balandlikda
paydo
bo’lgan torf
95-98
2-5
0,7-1,5
0,0,5-
0,15
0,05-
0,10
0,2-0,4
pastlikda
paydo
bo’lgan torf
85-92
8-15
2,5-3,5
0,20-
0,60
0,15-
0,20
2-6
o’tish holatidagi
90-95
5-10
1,2-2,5
0,15-
0,25
0,10-
0,15
0,4-2
4. Torfning qishloq xo’jaligida foydalanishi.
Torf qishloq xo’jaligida juda xilma xil soxalarda ishlatiladi.
U chorva fermalarida to’shama uchun ishlatiladi.xar xil konpastlar tayyorlashda
ishlatiladi.
1. Torf to’shama uchun juda yaxshi materialdir.uning yuqori nam sig’imi
hayvonlar, suyuq ajratmalarining to’la singdirib olish imkoniyatini beradi.
To’shama uchun eng yaxshi torf bu parchalanish darajasi 25%bo’lgan va
kullilik 10% dan kam bo’lgpn torf xisoblanadi.
2. Torfdan kompostlar tayyorlash - bu yuqori sifatli organik o’g’itlar tayyorlash
usulidir.
Kompost tayyorlashda torfdga ohak, fosforit uni, yaxshi eriydigan mineral
o’g’itlar, go’ng, suyuq go’ng, shaltog’i, najas va boshqalar qo’shiladi.
Ohak, fosforit uni yoki kul bilan kompost tayyorlashda rN=5 ga teng, kullilik
darajasi 10 % dan kam, parchalanish darajasi 40-25 dan past bo’lgan torfdan
foydalanish kerak.
3. Torf- chirindili tuvakchalar yasash.
Torf sabzavotchilikda ko’chatlar o’tkaziladigan ozuqali tuvakchalar yasash
uchun foydalaniladi. Tuvakchalar yasash uchun foydalaniladigan aralashmalar
tarkibida har xil organik moddalar mineral o’g’itlar va neytrallovchi qo’shimchalar
kiradi. Ko’chat o’tkazuvchi tuvakchalar yasash uchun eng yaxshisi pastlikda paydo
bo’lgan torflardan yoki o’tish stadiyasida turgan neytral yoki kuchsiz kislotali
muhitga ega bo’lgan 30-40 % parchalanish darajali va kulliligi 3-15 % bulgan torfdan
foydalaniladi.
4. Torfni kompost qilmasdan o’g’it sifatida ishlatish.
Bunday maqsad uchun kuchli parchalangan pastlikda paydo bo’lgan yuqori
kulli torfdan foydalaniladi.
To’g’ridan-to’g’ri o’g’it sifatida ishlatish uchun shuningdek, rN 5,5 dan ortiq,
kulliligi 10 % dan yuqori, kaltsiy 4 % dan yuqori, parchalanish darajasi 40-50 % dan
kam bo’lmagan torfdan ham foydalanish mumkin.
5. Torfdan mul’chalashda foydalanish.
Torfdan mevali va sabzavot ekinlarini mul’chalashda foydalaniladi. Ekinlarni
mul’chalashdan maqsad ekinlar ekilgan tuproqning ustki qatlamida suv, harorat va
ozuqa rejimini yaxshilash, qatqaloq oldini olish va begona o’tlardan saqlash uchun
foydalaniladi.
Haydoq oldidan torfni parchalashni tezlatish maqsadida oz miqdorda go’ng,
suyuq go’ng va najas qo’shiladi va haydab yuborila.i
5. Quritilgan torfzor torfidan o’g’it sifatida foydalanish.
Torflar torfzorlar bevosita quritilgandan keyin yoki qisman yer yuzida
qavatma-qavat qilib qayta ishlangandan so’ng bevosita yem-xashak halla va sabzavot
ekinlari o’stirishda, shuningdek, ekiladigan o’tloq va yaylovlar barpo etishda
o’g’itsifatida ishlatiladi. Torfli o’tloqlar tarkibida kaliy elementi kam saqlashi va
ko’pincha fosfor tutishi bilan farq qiladi. SHunga ko’ra torfzorlardan o’tloqi
yaylovlar yoki bo’lmasa, ekin dalalari sifatida foydalanish uchun kaliyli va fosfor
kaliyli o’g’itlardan foydalanish birinchi navbatdagi vazifalardan hisoblanadi.
Torfzorlarnino harakterli xususiyatlari shundan iboratki, ularda o’simliklar
uchun layoqatli bo’lgan misning tanqisligi hisoblanib, shunga ko’ra ana shu
tuproqlarda mis elementining qo’llanilishi ekinlardan mo’l hosil olishning eng zarur
shartlaridan biri hisoblanadi.
Torfni o’g’it sifatida ishlatish uchun tayyorlash.
Toza holda yaxshi parchalangan tarkibida ko’plab kul moddalarini saqlovchi
pastlik torfini ayniqsa ohakka va fosforga boy bo’lgan torflarni bevosita o’g’it
sifatida ishlatish mumkin. O’g’i sifatida torflardan samarali foydalanishdja ularni
tayyorlashni to’g’ri tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Eng yaxshisi torfni o’g’it
uchun yoz davomida yuza qatlamli usulda tayyorlanish foydalidir. Ana shu usulda
namligi 50-60 % ga boradigan uvoqli torf olini, bunga torf tayyorlashdagi
bajariladigan barcha ishlarni to’liq mexanizatsiyalashtirish mumkin bo’ladi.
Torfni qish djavomida tayyorlashda enldigina qazib chiqarilgan torfning
namligi juda yuqori bo’lib, 80-90 % ga yetadi. Bunday torfni boshqa torflarga
qaraganda yerga 2-3 barobar ko’p solishga to’g’ri keladi.
Masalan, absolyut quruq torfni gektariga 10 t miqdorida ishlatish
mo’ljallangani holda, namligi 50 % bo’lgan torfdan 20 t namligi 80 % li torfdan 50 t
solish kerak. Yaxshi qurimagan va namligi yuqori bo’lgan yangi torf hatto har
gektariga 50-100 t dan ishlatilganda ham, odatda sezilarli natija bermaydi, buning
ustiga bu xildagi torfni qish davomida tayyorlash yozdagiga qaraganda ancha
qimmatga tushadi.
6. Torfli kompostlar
Kompost tayyorlash uchun pastlik va o’tish holatidagi, shuningdek, bir oz
parchalanadigan yuqori torflardan ham foydalanish mumkin. Torf tarkibidagi
azotning asosiy qismi o’simliklar uchun kam o’zlashuvchan organik holda va faqat 2-
3 % esa ammiak va nitrat holdagi mineral birikmalardan iborat bo’ladi.
Torft tarkibigi organik mineral moddlar mikrobiologik parchalanishga juda
chidamli bo’lib, azot organik birikmalarining minerallanishi ham juda sekin boradi.
Torfning ko’pchilik turlari nordon reaktsiyalidir. Bu es ularning tuproqda
parchalanishini qiyinlashtiradi.
Torfning samaradorligi uni biologik aktiv organik o’g’itlar, go’ng , suyuq
go’ng, go’ng shaltog’i, najaz va fosforitni, ohak kul va boshqalardan iborat bo’lgan
mineral o’g’itlar bilan birga qo’shib kompost qilinganda ortadi.
Torf
go’ngli
kompostlar.
Torf go’ng bilan kompost qilinganda mikroorganizmlar bilan boyiydi. Uning
kislotaliligi pasayadi. Kompostlarda mikrobiologik jarayonlar kuchayadi. Organik
moddalarning parchalanishi intensiv boradi va tarkibidagi o’simliklar uchun layoqatli
bo’lgan azot miqdori ortadi. Bu hildagi torf yuqori singdirish qobiliyatiga ega
bo’lganligidan organik moddalarning parchalanishidan hosil bo’ladigan ammiakni
to’liq bog’laydi.
Torfning parchalanish darajasi qanchalik yuqori bo’lsa kompost tayyorlash
uchun torfning shunchalik kaliyli o’g’itlarp va go’ngni kamroq olish kerak.
Kompostni qish tayyorlash uchun bir qism torfga bir qism go’ng bahorgi yozgi
kompostlashda torfni go’ngga nisbatan 2-3 qism va undan ham ko’proq olinadi.
Odatda torf tayyorlashda torf va go’ng qavatma-qavat qilib uyiladi, yoki go’ngni
kompost qatlamlari orasiga to’p-to’p qilib, joylab kompostlash usuli qo’llaniladi.
Birinchi holda torf va go’ng qalinligi 25-30 sm dan qilib navbati bilan qavatma-qavat
joylanadi. Bunda har qaysi qavat orasiga har bir t kompost hisobiga 20-30 kg fosforit
uni sepib ketish tavsiya etiladi. CHunki bunda kompostning sifati yaxshilanadi.
Qishda kompost qavatma-qavat qilib uyilganda u yetarli darajasi qizimaydi. SHtabel
muzlab qoladi, natijada torf tarkibidagi organik moddalar parchalanmaydi va
kompostlashdan qo’tsilgan maqsadga erishilmaydi. SHunga ko’ra kompostni qishda
tayyorlash uchun go’ngni to’p-to’p qilib joylash usulini qo’llash foydildir.
Torf go’ng shaltoqli kompostlar.
Xo’jalikda to’planadigan go’ngshaltog’idan torf bilan kompostlash uchun
foydalaniladi. Unda go’ng shaltog’i tarkibidagi azotning nobud bo’lishi keskin
kamayadi va torfning o’g’itlilik sifati ortadi. Go’ng shaltog’i bilan kompostlash
uchun ohakni torflardan tashqari hamma turdagi torflardan foydalanish mumkin.
Har bir t quruq torfni namligiga qarab 0,5 t dan 1 t gacha go’ng shaltog’i
qo’shiladiyu.
Torf go’ng shaltoqli kompostlar odatda u solinadigan dala unchalik uzoq
bo’lmagan joyda qish va yozda tayyorlanadi. Buning uchun uyilgan torf shtabelidan
chuqurligi 50-60 sm va eni 1 m atrofida go’ng shaltog’i oqib turadigan ariq qaziladi.
Go’ng shaltog’i shimilib ketgandan keyin ariq torf bilan to’ldiriladi. SHuningdek,
yana torfni 40-50 sm qalinlikda qavatma-qavat uyilib har qaysi qavat orasiga go’ng
shaltog’i quyiladi.
Torf go’ng shaltoqli kompostlar kompostlash uchun qo’yilgandan 1-1.5 oy
o’tgach yerga solinishi mumkin. SHundagina samaradorligi jihatdan go’ngdan
qolishmaydi.
Torf najasli kompostlar. Najas tarkibida azot go’ngdagiga qaraganda ko’p
bo’ladi, 1 t najas tarkibida 8-10 kg azot, 2-4 kg fosfor va 2-3 kg kaliy bo’ldi. Uning
tarkibidagi azot asosan ammiak va mochuvina holida bo’lib, mochuvina
parchalanishida ammiakka aylanib, osongina havoga uchib nobud bo’ladi.
Torf najas bilan kompostlanganda torfdan ham va najasdan ham o’g’it sifatida
ratsional foydalanilgan bo’ladi. Bunda najas zararsizlanadi. Azotning nobud bo’lishi
keskin kamayadi. Torfda bo’lgan azot va boshqa ozuqa moddalarning o’simliklar
tomonidan oson o’zlashtiriladigan holga o’tishi kuchayadi.
Torf qanchalik nam bo’lsa, kompostlashish uchun najas shunchalik kam
ishlatiladi.
Erning yuqori va o’rta qismidagi har bir tonna hisobiga 2 tonna najas, 1 tonna
pastlik torfi uchun esa, 1 t najas solish kerak.
Torf najasli kompostlar bilan o’g’itlanadigan dalalarda torf qatlami 20-25 sm
dan qilib uyilib har qaysi qatlamiga qquyiladi. Va shu tartibda balandligi 2-2,5 m
gacha uyib chiqiladi.
Torf qanchalik Namangan bo’lsa, kompostlash uchun najas shunchalik kam
ishlatiladi. Lekin kompostlash uchun namligi 40-50% bo’lgan torfdan foydalanish
maqsadga muvofiq.
Erning yuqorigi va o’rta qismidagi har 1 t torf hisobiga 2 t najas, 1 t pastlik
torfi uchun esa 1 t najas olish kerak. Torf - najasli kompostlar bilan o’g’itlanadigan
dalalarda torf qatlami 20-25 sm dan qilib uyulib, har qaysi qatlamiga najas quyiladi
va shu tartibda balandligi 2-2.5 m ga yetguncha uyub chiqiladi.
Uyulgan torf -najasli kompostlar kamida 1,5-2 oy saqlanib, keyin asosiy o’g’it
sifatida don ekinlariga har gektariga 10-15 t, kartoshka va silos ekinlariga 20-30 t
hisobida solinadi.
Nazorat savollari
1. Torf qanday paydo bo’lgan?
2. Torfni tarqalish hududlari va zahiralarini ayting?
3. Torf turlarining paydo bo’lishiga qanday omillar taosir qiladi?
4. Torf necha turga bo’linadi?
5. Torfning botanik tarkibi haqida gapiring?
6. Torfning parchalanish darajasi, ahamiyatini gapiring.
7. Torfning kullilik darajasini gapiring.
8. Torfning kislotaliligi nima?
9. Torfning nam sig’imi va singdirish qobiliyatini ahamiyatini gapiring.
10. Torf tarkibidagi azot va uning miqdori.
11. Torf tarkibidagi fosfor, kaliy va ularning miqdori.
12. Torf qishloq xo’jaligida qanda maqsadlarda foydalaniladi?
13. Quritilgan torfzorlarning torfdan qanday foydalaniladi?
14. Torf o’g’it sifatida foydalanish uchun qanday tayyorlanadi?
15. Qanday torfli kompostlar tayyorlanadi?
Adabiyotlar
1.
Agroximiya. Pod. red . V.M.Klechkovskogo i prof. A.V,Peterburgskogo.
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964.
2.
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989.
3.
Agroximiya. P.M.Smirnov, E.A.Muravin. Toshkent, O’qituvchi, 1984.
4.
Roziqov Q. M., Hamraev K. Paxtachalikda organik o’g’itlar. T. 1977.
5.
Spravochnik po udobreniyam. M., Kolos. 1964.
6.
Skryabin F.A. navos v sisteme doriyaniya xlopchatnika. T., 1971.
MA’RUZA 19: KO’KAT O’G’ITLAR
REJA:
1. Ko’kat o’g’itlar va ularning ahamiyati
2. Ko’kat o’g’itlarni yetishtirish usullari
3. Ko’kat o’g’itlardan keng foydalanadigan mintaqalar
4. Ko’kat o’g’itlarning samaradorligi
5. Ayrim sideratlarni yetishtirish va ulardan foydalanish usullari.
6. Tayanch iboralar
7. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
8. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ko’kat o’g’itlar va ularning ahamiyati
Ko’kat o’g’itlar bu tuproqni organik moddalar va azot bilan boyitish uchun
haydaladigan yangi ko’kat o’simliklar massasidir.
Bu usulni ko’pincha sifratsiyalash ham deyiladi. O’g’itlash uchun
yetishtiriladigan o’simliklarni esa sideratlar deb ataladi. Sideratlar sifatida ko’proq
dukkakli ekinlar va shuningdek, kuzgi javdar roj perko kabilar ekiladi.
Ko’kat o’g’itlar boshqa xar qanday organik o’g’itlar singari tuproqni
hususiyatiga har tomonlama ijobiy taosiri qiladi. Lekin ko’kat o’g’itlar o’zlarining
alohida afzalliklariga egadir.
Ko’kat o’g’itlar, avvalo, tuproqni organik moddalar va azot bilan boyitadi.
Ko’kat o’g’itlar yerga xaydalganda tuproqni xaydov qatlami ko’p miqdorda
azot va boshqa ozuqa moddalar to’planadi. Sideratlar hamma kul elementlarini
ildizlari bilan tuproqning pastki qatlamlaridan tortib so’rib loadilar go’ng
yetishmagan sharoitlarda ko’kat o’g’itlar uni o’rnini ancha bosishi mumkin.
Sideratlarning ko’k massasi tarkibidagi azotning miqdori go’ngning tarkibidagina
teng yoki hatto undan ko’p xam bo’lishi mumkin. Lekin fosfor va kaliy anchagina
kamdir.
Go’ng va sideratlarning ko’k massasi tarkibidagi asosiy ozuqa moddalarining
miqdori, %
O’g’ilar
N
R
2
O
5
K
2
O
SaO
Aralash
go’ng
0,50
0,34
0,55
0,70
lyupinning
ko’k massasi
0,45
0,10
0,17
0,47
donning
ko’k massasi
0,77
0,05
0,19
0,97
Go’ng va sideratlarning ko’k massasi tarkibidagi asosiy ozuqa moddalarining
miqdori ko’kat o’g’itlardagi fosfor va kaliyning yetishmagan qismini fosforli hamda
kaliyli o’g’itlarning sideratlarning o’zlariga yoki uni xaydashda tuproqqa solib
to’ldirish mumkin.
O’simliklarning ko’kat o’g’itlardagi azotni o’zlashtirish koeffitsienti
go’ngdagiga nisbatan 2 barobar ko’pdir. Ko’kat o’g’itlarni xaydaganda ularning
tarkibidagi azot xech yo’qolmaydi.
Sideratlar tuproqda boshqa tarkibida ko’p miqdorda klechatka bo’lgan organik
o’g’itlarga nisbatan tez parchalanib ketadi. Tuproqqa xaydalgan ko’kat o’g’itlar
uning
kislataliligini
pasaytiradi.
Alyuminiyning
xarakatchanligini
kamaytiradi.Buferligini singdirish sig’imi non sig’imini suv o’tkazuchanligini
oshiradi. Tuproq strukturasini yaxshilaydi.
Ko’kat o’g’itlar tuproqdagi mikroorganizmlar hayot faoliyatini keskin
yaxshilaydi. Tuproq dagi mikrobiologik jarayonlar xali sideratlar o’sayotgan
davrdayoq kuchayadi. Xuddi shu o’suv davrida ularning ildizlaridagi tuganak
bakteriyalarning faoliyati kuchayadi.
Tuproq mikroorganizmlari uchun yana ham sharoitlari sideratlarni
xaydagandan so’ng yaratiladi.
Tuproqda xaydalgan ko’kat o’g’itlarning parchalanishi natijasida tuproq va
tuproq ustki havosida SO2 gazi ko’payadi. Tuproqda o’simliklar o’zlashtira oladigan
kul elementlari ko’p miqdoda to’planadi.
Ko’kat o’g’itlar unimdorligi past ayniqsa qumli va qumloq mexanik tarkibli
tuproqlarning unimdorligini oshirishda muxim vosita xisoblanadi.
2. Ko’kat o’g’itlarni yetishtirish uslublari
Sideratlarni yetishtirish va foydalanish uslublari bir necha xil bo’ladi. Ular
sho’lari toza holda boshqa ekinlar bilan birga ekilishi bilan birga ekilishiga qarab 2xil
uslublarda ekiladi.
1. Mustaqil.
2. Boshqa ekinlar bilan birga aralash ekish.
Sideratlar o’zlari toza holda mustaqil ekilganda dalaning qatorasiga 1-2
mavsumga yoki bir necha yilga egallashi mumkin.
Sideratlarning aralash ekish uslublari.
Masalan, unumdorligi past bo’lgan qumli va qumoq mexanik tarkibli yerlarda
ekilgan ko’p yillik lyupin shu tuproqlarning unumdorligini yaxshilash maqsadida shu
dalada 3-4 yil qatorasiga ekilishi mumkin.
Bitta maydonda asosiy ekiladilan ekinlar bilan yoki sideratlar boshqa
ekinlarlarning qator oralariga ekiladi. Ko’kat o’g’itlar uchun yetishtirilgan o’simlik
asosiy ekinlarni yig’ishtirib olgandan keyin xaydaladi.
Sideratlar dalaning yoppasiga egallashi yoki uning bir qismini polosa
ko’rinishida egalashiga qarab yoppasiga ekilgan va kulis ko’rinishida ekilgan
sideratlarga bo’linadi.
Kulis ko’rinishidagi sideratlar ko’ptncha bog’larning qatorlari orasiga choy va
tsitrus ekinlari plantatsiyalari orasiga ekiladi.
Baozi hollarda esa oldin yoppasiga ekiladi va keyin kumis hosil qilinib, orasiga
boshqa ekinlar ekiladi.
Sug’orilb dehqonchilik qilinadigan Markaziy Osiyo Respublikalarida
sideratlarni kuzda, sentyabr-oektyabr oylarida ekilib, yuahorda asosiy ekinlar
ekilgunga qadar ular haydaladi va so’ngra asisy ekinlar ekiladi.
Ko’kat o’g’itlardan foydalanishga qarab, ular 3 xilga bo’linadilar:
1. To’liq ko’kat o’g’itlar
2. O’rib ishlatiladigan ko’kat o’g’itlar
3. Sideratlarni o’rib olingandan keyin chiqqan o’simtalardan foydalanish.
1. To’liq ko’kat o’g’itlar - ular yetishtirilgandan so’ng to’lig’icha yerga
haydabyu yuboriladi.
2. O’rib ishlatiladigan ko’kat o’g’itlar deb, boshqa dalada yetishtirilgan
sideratlarni o’rib olib kelib boshqa dalaga sepish va uni tuproqqa haydash
tushuniladi.
3. Sideratlarni o’rib olgandan keyin ulardan yana yangi o’simtalar o’sib chiqadi
va ana shu o’simtalarni tuproqqa ko’kat o’g’itlar sifatida haydaladi.
3. Ko’kat o’g’itlardan keng foydalaniladigan mintaqalar.
Ko’kat o’g’itlardan keng miqyosda foydalanadigan mintaqalarga noqoratuproq
mintaqada joylashgan chirindi va ozuqa elementlari bilan juda kam taominlangan
chilim podzol tuproqlar kiradi. Ko’kat o’g’itlarning qumli va qumoq mexanik tarkibi
ushbu tuproqlarni unumdorligini oshirishda jeuda ahamiyati kttadir. Bunday
tuproqlarda bir yillik va ko’p yillik lyupindan, sho’rtob va kuchsiz ishqoriy
tuproqlarda danakdan foydalanish yaxshi samara beradi.
Uzoq SHarq mintaqasida bir yillik va ko’p yillik lyupindan ko’kat o’g’itlar
sifatida foydalaniladi.
Sug’oriladigan paxtachilik mintaqalarida ko’kat o’g’itlar sifatida ko’k no’xat,
no’xat, burchoq, mosh, qizil sebarga, shabdar kabi dukkakli ekinlar va kuzgi javdar,
raps, va perkadan foydalaniladi.
Sug’orilib dehqonchilik qilinadigan rayonlarda sideratlarni asosiy ekinlarrni
yig’ishtirib olgandan so’ng yoki bahorda asosiy ekinlar ostiga ekish tavsiya etiladi.
4. Ko’kat o’g’itlarning samaradorligi.
Ko’kat o’g’itlarning samaradorligi sideratlarning hosiliga bog’liqdir. Tuproqqa
qancha ko’p va yuqori sifatli ko’p massa haydalsa, ko’kat o’g’itlarning taosiri va
keyingi taosiri shunchalik ko’p bo’ladi.
Sideratlarning haydash muddati bir qator sharoitlarga bog’liqdir. Agar
tuproqning qurib qolish xavfi bo’lsa sideratlarni yerga haydashni kechiktirib
bo’lmaydi. Sideratlarni juda kech tuproqqa haydalsa, tuproq unga ekin ekilib,
sug’orilib, ular unib chiqqandan so’ng cho’kadi.
Bu esa ekilgan g’alli ekinlarning changlashadigan qismini yalang’ochlab
qo’yadi va ularni qishga chidamsiz qilibqo’yadi. Tuproqqa haydalgan ko’kat
o’g’itlarning parchalanish tezligi ularning haydash chuqurligiga, sideratlarning
yoshiga, tuproqning mexanik tarkibiga va namligiga bog’liqdir.
Sideratlar qanchalik chuqur haydalsa, ularning yaoni ular yetishib pishgan
bo’lsa, tuproqning mexanik tarkibi og’ir bo’lsa, sideratlar bunda sharoitda juda sekin
parchalanadi. Aksincha ular sayoz haydalsa sideratlar yosh bo’lsa, tuproqning
mexanik tarkibi yengil bo’lsa, ularning parchalanish shunchalik tez boradi.
Dukkakli sideratlar bilan birga qiyin parchalandigan torf poxol qo’shib
haydalsa ham ularning parchalanish sekinlashadi.
Dukkakli sideratlarning azotli oziqlanishiga bo’lgan ehtiyojini asosan tuganak
bakteriyalari faoliyati bilan bog’lash lozim. Bu bakteriyalar o’zlariga xos
hususiyatlarga xos bo’lib, ular faqat bitta ekin ildizida faolit ko’rsatib, tuganak hosil
qiladi va boshqa dukkakli ekinlarning ildizida rivojlanmaydi. Tuganak bakteriyalar
yana o’zlarining virulentligi va aktivligi bilan ham bir birlaridan farq qiladi.
Tuganak bakteriyalarning virulentligi bu bakteriyalarning ildiz tukchalari
orqali ildizning ichiga kirib tuganak hosil qilish xususiyatidir. Tuganak
bakteriyalarning aktiqvligi esa bu ularning atmosfera erkin molekulyar azotini
o’zlashtirish qobiliyatidir.
Bunday bakteriyalarning faqat aktiv guruhi dukkakli ekinlarni azot bilan
taominlaydi, aktiv emaslari esa hatto o’z o’simliklarini halok qilishlari ham mumkin.
5. Ayrim sideratlarni yetishtirish va foydalanish usullari.
Eng ko’p tarqalgan sideratlar jumlasiga lyupin, seradella va donnik kiradi.
Lyupin. Noqora tuproq zonada tarkibi har xil miqdorda alkalodillari mavjud
bo’lgan lyupin yetishtiriladi. Bu yerdagi lyupin 1 yillik yoki ko’p yillikdir. Tarkibida
alkaloidi bor bo’lgan lyupin o’g’it uchun yetishtiriladi, alkaloidi bo’lmagan lyupinni
yer ustki qismi chorva hayvonlariga ozuqa sifatida ildizi va ang’iz qoldiqlar esa
o’g’it uchun foydalaniladi. Lyupinni yetishtiradigan asosiy mintaqalarga
Belorussiya, Ukraina va Rossiyaning noqora tuproq mintaqasi kiradi.
Lyupinning hamm turlari ham ko’p miqdorda ko’p massa berish va juda
unumdorligi past tuproqlarda ham ko’p miqdorda azot to’plash qobiliyatiga ega.
Lyupin boshqa dukkaklilardan farq li o’laroq kislotali muhitda ham o’saveradi.
Kislotali tuproqlarga solnadigan ohak lyupinni qiyin erimaydigan fosfatlar tarkibidan
fosforni o’zlashtirishini kamaytiradi. SHuning uchun lyupin ekiladigan maydonlarga
ohakni va fosforti unini qatlamlarga bo’linib solinishi lozim.
Noqora tuproq mintaqaning shimoliy qismida sideratlar sifatida 1 yillik ko’k va
sariq lyupin yetishtiriladi. 1 yillik lyupin toza holda va boshqa ekinlarga aralashtirib
ekilishi mumkin.
Uni bosh poyasida yaltiroq dukkaklari paydo bo’lganda tuproqqa haydash
lozim. CHunki huddi mana shu paytda eng ko’p azot to’planadi.
Seradella. Bir yillik dukkakli ekinlar. Ko’kat o’g’itga nisbatan seradella
to’lig’icha foydalaniladi yoki to’liq ko’kat o’g’it hisoblanadi. Bundan tashqari
seradellani asosiy ko’k mevasini ozuqaga, keyingi chiqqan o’simtasini o’g’it sifatida
ham foydalaniladi.
Seradella - namsevar o’simlik hisoblanadi. Kuchsiz nordon reaktsiyali yengil
tuproqlarda yaxshi o’sadi.
Birinchi 4-6 xaftada uning ildiz sistemasi rivojlanadi va yer ustki massasiv
sekin rivojlanadi. Qumli va qumoq tuproqlarda kaliyli va magniyli o’g’itlarni yaxshgi
qabul qiladi.
Seradella fosforit uni tarkig’idagi fosforni yaxshi o’zlashtiradi.
Donnik. Bu ekin kaltsiyga boy bo’lgan neytral reaktsiyali tuproqlarda yaxshi
o’sadi. Ohak solingan chimli podzol tuproqlarda lyupinga qaraganda ko’p ko’k massa
beradi.
Donnik bir yillik va ikki yillik oq va sariq bo’ladi. Oq donnik yuqori hosilli,
lekin sariq donnik erta nishadi.boshqa dukkakli ekinlarga qaraganda ildiz sistemasi
kuchli rivojlangan. SHuning uchun donnik qurg’oqchilikka chidamli va o’g’itlilik
qimmati yuqori hisoblanadi. Donnikni ham ozuqa sifatida ham ko’kat o’g’itlar
sifatida foydalaniladi. Ko’kat o’g’itlar uchun 2 yillik donni kaliy yetishtiriladi.
Donnik turli maqsadlarda foydalaniladi.
- kuzgi g’allali ekinlar uchun o’g’it sifatida tuproqqa haydash maqsadida
shudgorni band qiluvchi mustaqil ekin sifatida;
- kompleks maqsadlarda, gullash boshlangandjan yer ustki qismini ozuqaga va
o’rimdan keyinchiqqan o’simtalarini o’g’bit uchun haydash;
- birinchi o’rimdagi ko’k massani o’g’it uchun , ikkinchi o’rimdagi ko’k
massani ozuqaga;
Kuzgi javdar.
Bizning paxtachilik bilan shug’ulanadigan sug’orilib dehqonchilik qilinadigan
sharoitda asosan ko’kat o’g’itlar sifatida kuzgi javdardan foydalaniladi. Kuzgi javdar
sentyabr oyining ikkinchi yarmida ekiladi va imkoniyatga qarab sovuq tushguncha
oziqlantiriladi. Yoki erta bahorda oziqlantiriladi. Asosiy ekinlar ekilgunga qadar
yaxshi rivojlanib, ko’k miqdorda massa to’plydi. Uning yer ustki ko’k massasini
chorva hayvonlariga ozuqa sifatida o’riladi. O’rimdan chiqqandan keyin chiqqan
yangi o’simtalari ildiz sistemasi va ang’iz qoldiqlari esa o’g’it sifatida foydalaniladi.
Nazorat savollari
1. Ko’kat o’g’itlar - qanday o’g’itlar?
2. Ko’kat o’g’itlar uchun yetishtiriladigan ekinlarga qaysilar kiradi?
3. Ko’kat o’g’itlarni nima maqsadda ishlatiladi?
4. Ko’kat o’g’itlardan ko’proq qanday sharoitda foydalaniladi.
5. Ko’kat o’g’itlar qanday afzalliklarga ega?
6. Ko’kat o’g’itlar tuproq mikroorganizmlarga ega?
7. Ko’kat o’g’itlar qanday usullarda yetishtiriladi?
8. Sideratlarni toza holda, mustaqil ekish usulini bayon eting.
9. Aralash ekish usulini bayon eting.
10. To’liq ko’kat o’g’itlar qanday o’g’it?
12. O’rib ishlatiladigan ko’kat o’g’itlardan foydalanishni bayon eting.
13. Ko’kat o’g’itlardan keng foydalaniladigan mintaqalarga qaysilar kiradi?
14. Ko’kat o’g’itlarning samaradorligini oshirish uchun qo’llaniladigan
tadbirlarni ayting.
Adabiyotlar
1.
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989.
2.
Spravochnik po udobreniyam. M., Kolos. 1964.
3.
Skryabin F.A. navos v sisteme doriyaniya xlopchatnika. T., 1971.
4.
Vavilov P. P. I dr. Rastenievodstvo. M., kolos. 1979.
5.
Vasilev V.A. Filipova N.V. spravochnik po organicheskim udrobreniyam.
Rosagrogromizdat’, M.: 1988.
6.
Romanov X. S., i dr. Virashenie soi. T., Mehnat. 1990.
MA’RUZA 20: EROZIYAGA UCHRAGAN YERLARNI O’G’ITLASH.
REJA:
1. Tuproq eroziyasi to’g’risida tushuncha
2. Eroziyani keltirib chiqaradigan omillar
3. Eroziyaning tuproq turlari
4. Eroziyaga uchragan yerlarda o’g’itlarning yillik meoyorlari va shakllari
5. Tuproq eroziyasiga qarshi kurash tadbirlari.
6. Tayanch iboralar
7. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
8. Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Tuproq eroziyasi to’g’risida tushuncha.
Havo tiniq va musaffo. Quyosh atrofida nur sochib turibdi. Lekin birdaniga
xavoning avzoyi buzilib, shamol turadi, chang-to’zon ko’tariladi, tezda osmonni
bulut qoplab, jala quya boshlaydi. Bular hammasi go’zal tabiatning injiqliklaridir.
Qattiq shamol, dovul, bo’ronlar, jala va sellar taosirisiz o’tib ketmaydi, ular
ko’pincha katta-katta maydonlardagi ekinzorlarni, paxtazorlarni, bog’-rog’larni
nobud qiladi, sug’orish tarmoqlarini ishdan chiqaradi, xatto butun-butun qishloq va
shaharlarni vayron qiladi.
Tuproqni suv va shamol taosirida yemirilishiga eroziya deyiladi.
Eroziya sodir bo’lgan maydonlarda suv va shamol tuproqning ustki unumdor
qatlamini yemirib, bir joydan ikkinchi joyga olib borib tashlaydi. Natijada tuproqning
unumdorligi pasayib, bunday yerlarga ekilgan ekinlarning hosildorligi nihoyatda
pasayib ketadi.
2. Eroziyani keltirib chiqaradigan omillar.
Tuproq eroziyani keltirib chiqaradigan qator omillar mavjudki, ushbu omillar
taosirida eroziya yuzaga keladi.
Bunday omillar jumlasiga: yog’ingarchilikning kam bo’lishi, tuproq mexanik
tarkibining yengil bo’lishi, tuproqda chirindining kam bo’lishi, tuproq strukturasining
buzilishi, tuproq tarkibida sulfat va karbonatli tuzlarning ko’payishi, joyning relefi,
tuproqqa ishlov berishning buzilishi ekin dalalarining yiriklashtirilishi ekin
ekiladigan dalalar atrofidagi nishab joylardagi daraxtlarning qirqib tashlanishi yangi
o’zlashtirilayotgan yerlarda eroziyaga qarshi kurash choralari ko’rilmasdan yerlarni
yoppasiga haydab yuborilishi, ekinlarni sug’orish qoidalarini buzilishi va boshqa
ko’pgina omillar ham borki, ular tuproq eroziyasini keltirib chiqaradi.
3. Tuproq eroziyasining turlari.
Tuproq eroziyasi yuzaga keltiradigan omillarga qarab, bir necha turga
bo’linadi.
1. Suv eroziyasi
2. SHamol eroziyasi
3. Jarlik eroziyasi
4. Xarbiy eroziya.
Biz quyida eroziyaning suv va shamol eroziyalari to’g’risida fikr yuritamiz.
Suv eroziyasi. Yon bag’irdan oqayotgan suv muayyan miqdorda kinetik
energiyaga ega bo’ladi. Bu energiyaning kuchi suvning miqdoriga hamda yon
batg’irning niashbligiga bog’liq. Ana shu sababli bu suv tuproqning ayrim zarralarini
yoki hatto butun butun agregatlarni ko’chirib yuborishi va ularni maolum tezlikda
oqizib ketishi mumkin. Yomg’ir tomchilari tuproq yuzasiga urilganda tuproq sezilarli
darajasi parchalanadi va atrofga schiladi.
Tuproqni suv taosirida yuvilishi 2 xil bo’ladi: yoppasiga va uzunasiga yuvilish.
Yoppasiga yuvilish. Butun yon bag’ir yuzasidan oquvchi kichik oqimlar
tuproqni yoppasiga yuvadi. Bunday oqim nishab yonbag’irdan zarralarni olib ketadi.
Va yonbag’irning nishabi kamaygan jolarida sekinlashib, tuproq zarralarini yotqizadi.
Keltirilib yotqizilgan material yuvilib kelib o’tirgan tuproqni hochsil qiladi. Tuproq
qatlami bo’lmagan yonbag’irliklardan keltirilgan materiaol delyuvial oqiziqni
vujudga keltiradi.
2. Uzunasiga yuvilish. Uzunasiga yuvilish yonbag’irni yuvib ketib erozion
egatlarni, chuqurlar va jarlarni hosil qiluvchi suv oqimlari tufayli ro’y beradi.
Uzunasiga yuvilish vaqtida faqat tuproq qatlamlarigina emas, balki yonbag’irliklar
ham yuviladi. Bunda melkozyom jinslar btunlay oqizilib ketiladi.
3. Sug’orish irrigatsion eroziyasi. Sug’orilib dehqonchilik qilinadigan tog’
yonbag’irliklarida adirliklarda ekinlarni sug’orish texnikasiga yetarli darajada eotibor
berilmasligi oqibatida kelib chiqadi. Bu eroziya tufayli suv jo’yaklarini yuvib daladan
juda ko’p miqdorda mayda zarralarni oqizib ketadi, natijada, tuproq unumdorligi
tapasayadi. Hamda bdunady joylarda o’simliklar yaxshi rivojlanmaydi. Suv
eroziyasining kelib chiqishiga ichki va tashqi omillar taosir qiladi.
Tashqi omillarga yog’in miqdori va uning tez yoki sekin yog’ishi yil fasllarida
taqsimlanishi, iqlim sharoitiga qarab qor va muzliklarning erishi, joyning nishabligi,
yer yuzasini o’simliklar bilan qoplanganlik darajasi, o’rmon va daraxtzorlarning
mavjudligi, ularning zichligi, yaylovlardan to’g’ri foydalanish, yerni to’g’ri ishlash
va boshqa ko’pgina omillar sabab bo’ladi.
Ichki omillarga tuproqning o’zining xossalari, jumladan, uning strukturasi,
mexanik tarkibi, suv o’tkazuvchanligi, namlik darajasi kimyoviy tarkibi, chirindi
miqdorini oz ko’pligi va boshqalar kiradi.
Agar tuproq strukturali bo’lib, tarkibida chirindi ko’p va suqv
o’tkazuvchanligi yaxshi bo’lsa, suvda oson eriydigan tuzlar tuproqda qanchalik kam
bo’lsa, eroziya jarayoni shuncha kam rivojlanadi.
Jarlik eroziyasi. Eroziyaning bu turi O’rta Osiyo hududida keng tarqalgan.
Keng tarqalgan bo’lib, qishloq xo’jaligiga yaroqli bo’lgan yer fondining kamayib
yaroqsiz holga kelib qolishiga sabab bo’lmoqda. Jarliklar katta miqordagi suvlardan
noto’g’ri foydalanish natijasida ularning o’z yo’nalishlarini o’zgartirib, boshqa
yo’nalishlardan ketishi va u joylarda tuproqning chuqur atlamlarigacha buzilishi,
yemirilishi bilan bog’liqdir.
2. SHamol eroziyasi. Insonning ishtirokisiz, taosirisiz ro’y beradigan shamol
eroziyasi geologik eroziya deyiladi.
Er yuzida inson paydo bo’lgach, yerlardan foydalana boshlangan odamlar
yerning unumdorligini oshirish bilan qadimdan shug’ullanganlar.
Erdan noto’g’ri foydalanilsa, uning xususiyati, tuzilishi yomonlashib, eroziya
jarayonlari kuchayadi. Masalan, AQSH olimlaridan T. Konke bilan A. Bertonning
asarlarida yozilishicha, Amerika kontinentiga oq kolonizatorlar kelgandan buyon
yerning 7,5 sm lik tuproq qatlami nobyuud bo’lgan. X. X. Bennetning yozishicha va
hisoblashicha, 2,5 sm qalinlikda tuproq qatlami hosil bo’lishi uchun 300 yildan
ko’proq vaqt kerak bo’lar ekan.
SHamol eroziyasidan jahondagi bir qancha mamlakatlar jumladan Kanada,
Hindiston, Afg’oniston, Eron, Hitoy hamda Avstraliya va Afrika qitoasidagi bir
qancha mamlakatlar zarar ko’radi.
Bunday eroziya tufayli ko’pincha tuproqning ustki unumdor qatlamini
shamoluchirib ketadi. SHamol eroziyasi tufayli tuproqning mayd zarrali qismi hamda
undagi chirindi va ozuqa moddalar yo’qoladi. Natijada tuproq unumdorligi nihoyatda
pasyib ketadi. Bunday yerlarda ekinlarning hosildorligi ham juda kamayib sifati
buziladi.
G’arbiy Farg’onada eroziyaga uchramagan o’tloq botqoq tuproqlarda chirindi
miqdori 1,5-2 % ni eroziyaga uchragan tuproqlarda esa 0,4-0,5 % ni tashkil etadi.
Eroziya va unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqqan hamda amaliyotga
tadbiq etishda juda ko’p horijiy va vatinimiz olimlari ilmiy izlanishlar olib borganlar.
Bular jumlasiga Pallas, Mikendorf, Vasilevskiy, Sovetov, Solomonov, V.
Dokuchaev, Bletskiy, Visotskiy, Sokolov, Bichexin, Obruchev, Zaxarov,
Konstantinov, pankov, Yakubov va boshqa ko’pgina olimlar kiradilar.
O’zbekistonda shamol eroziyasidan zarar ko’radigan rayonlarga: Farg’ona
vodiysi, Zarafshon vohasi, Mirzacho’l, Dalvarzin cho’li, Andijon, Buxoro,
Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyati kiradi.
Farg’ona viloyatining Beshariq (O’zbekiston), dang’ara, uchko’prik, Bog’dod,
Oxunboboev, Yozyovon, Oltiariq, Quva tumanlari;
Buxoro viloyatining Vabkent, G’ijduvon, Buxoro, Roliton, SHofirkon,
Qorako’l, Peshku tumanlari;
Qashqadaryo viloyatining Qarshi, Koson, G’uzor tumanlari;
Toshkent viloyatining Bekobod, Sirdaryo viloyatining Xovost, Yangier
tumanlari shamol eroziyasidan katta zarar ko’radilar.
4. Eroziyaga uchragan yerlarda o’g’itlarning yilik meoyorlari va shakllari
SHamol va suv eroziyasi natijasida tuproqda oziq moddalar juda kamayib
ketganligidan yerning unumdorligini oshirish talab etiladi. CHunki eroziyaga qarshi
kurash o’simliklarning ildizi orqali oziqlanishi hamda eroziyaga uchragan yerlarni
tug’ri o’g’itlash masalalarini ham o’z ichiga oladij.
Eroziyaga uchragan yerlar o’g’itga muhtoj bo’ladi lekin o’g’it o’simliklarga
oziqa bo’lib qolmay balki tuproqning mikrobiologik xususiyatlariga ham yaxshi
taosir ko’rsatadi. Ozuqa moddalarning o’simlik oson o’zlashtiradigan holatga
keltiradi. O’simlikning o’sishi va rivojlanishiga yordam beradi hosilini ko’paytiradi
va sifatini yaxshilaydi. Buxoro viloyatining shamol eroziyaga uchragan o’tloq
alyuvial soz tuproqlarda olib borilgan ko’p yillik tajribalar quyidagicha ilmiy
xulosalar chiqarishga imkon beradi.
Kuchsiz shamol eroziyasiga uchragan ushbu tuproqlarda mineral o’g’itlarning
yilik meoyori har gektariga azot 250 kg, fosfor 175 kg, kaliy 125 kng dir.
Bedadan keyin 4-5 yilda har gektariga 20 t organik o’g’it qo’shib beriladi.
O’rtacha shamol eroziyasiga uchragan tuproqlarda esa har gektariga azot 300
kg, fosfor 200 kg, kaliy 125 kg, bedadan keyin 3 yilda gektariga 30-45 t organik
o’g’it qo’shib sollinadi.
Eroziyaga uchragan yangidan o’zlashtirilgan ushbu tuproqlarda fosforning 250
kg kaliyning 150 kg lik meyorlari fonida azotning 3 xil meoyori o’rganildi.
125, 250, 375 kg.
Eroziyaga uchragan tuproqlarda azotli o’g’itlarni solish muddatlari
quyidagicha bo’ladi. Azotning yillik normasi 50 %, bahorgi haydov yoki chizel ostiga
25-50 kg ekish bilan birga qolgan qismi esa shonalash va gullash davrida beriladi.
Fosfornig yillik normasi 1560 kg bo’lsa, shundlan 100 kg haydov ostiga 50 kg
ni azotga qo’shib kultivator bilan 12-16 sm chuqurlikka solinadi va borona qilinadi.
Kuchli shamol eroziyasiga uchragan yangidan o’zlashtirilgan yerlarda 1981-
1988 yillar mobaynida mineral o’g’itlarning optimal yillik meyorlarini aniqlash
bo’yicha dala tajribalari olib borildi. Bunda azotning 250, 350, 450 kg fosforning
150, 200, 300 kg, kaliyning 85 va 175 kg li meyorlari olindi. Tajriba shamol
eroziyasiga qarshi kurash choralari fonida olib borildi.
Olib borilgan tajribaning natijalaridan shunday ilmiy xulosaga kelindi. Kuchli
shamol eroziyasiga uchragan yerlarda mineral o’g’itlarning optimal meyorlari
quyidagicha bo’lishi kerak. Azot 350, fosfor 250, kaliy 170 kg va uarga 40 t go’ng
yoki 60 t vignil qo’shish lozim.
Huddi mana shu sharoitda organik o’g’itlarning haydash chuqurliklarini
o’rganilgan va 350 kg azot 250 kg fosfor va 170 kg kaliyga 45-60 t go’ng yoki lignin
qo’shib solinadi.
Sug’orish eroziyasiga uchragan yerlarni o’g’itlash.
Erlarni noto’g’ri sug’orish natijasida ham eroziya jarayoni boshlanadi. Buni
sug’orish yoki irrigatsiya eroziyasi deyiladi. Sug’orish eroziyasi respublikamizning
asosan bo’z tuproqli mintaqasi ro’y beradi. O’zbekistonda 250 ming gektar maydon
sug’orish eroziyasidan zarar ko’radi. O’zbekistonda sug’orish eroziyasini o’rganish
uni oldini olish ishlari bilan juda ko’p olimlar shug’ullanib eroziyaga qarshi kurashish
yo’llarini belgilab berdilar. Bular jumlasiga Yesenin, Suchkov, Kamaev, Gussak,
Maksudov, Protasov, Mayliboev, Mirzajonov va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
Sug’orish eroziyasi avj olgan joylarda tuproqning loyqasimon chirindili qismi
yuvilib ketadi. Natijada qiyalikning yuqori qismida tuproqning mexanik tarkibi
yengillashadi. Bunday joydagi ekinlar chanqayverib tez-tez sug’orishni tuproq esa
o’g’itlashni ko’p talab qiladi. Qiyalikning pastki qismiga yuvilgan loyqallar oziq
moddalarni to’planaverganligi natijasida undagi ekinlar azot va fosforni kamroq talab
qiladi va tez chanqamaydi.
Sug’orish eroziyasi ro’y bergan joylarda o’stirilgan g’o’zaning hosili ham har
xil bo’ladi. Qiyalikning yuqorisida paxta tez ochilsada, chirtak va hosili kam bo’ladi.
Qiyalikning pastki qismida esa ozuqa moddalari va suv nihoyatda ko’p
bo’lganligidan g’o’zalar g’ovlab ketadi va paxta kech pishadi. Sug’orish eroziyasi avj
olgan joylarda paxta hosili 30-40 % va undan ham kamayibyu ketadi. Bning ustiga
paxtaning sifati buziladi. Tolaning uzunligi va pishiqligi kamayadi.
Sug’orish eroziyasiga uchragan yerlar xususan yonbag’tirlar azot va fosforga
juda muhtoj bo’ladi. Bunday yerlarning unumdorligini o’g’it slib oshirish mumkin.
Azotli o’g’itning yillik meyori 200 kg dan va undan ko’proq qilib belgilangan
bo’lsa, kuchli yuvilgan yerda bu normaning 50 % ni chigit ekishdlan oldin solish,
yillik norma 150 kg/ga bo’lgan hollarda esa chigit ekishdan oldin 30 % ni solish
tavsiya etiladi.
O’g’it yonbag’irga nisbatan ko’ndalang yo’nalishda solinadiyu. Ao’ yerni
haydashdan oldin yoki haydalgandan keyin 15-18 sm chuqurlikka ko’miladi,
shuningdek chigit ekish vaqtida ham solinadi. Fosforli va kaliyli o’g’itlar
shudgorlashdan oldin tuproq yuzasiga sepilib, 28-30 sm chuqurlikka solinadi.
Sug’orish eroziyasiga uchragan va qiyalikning har xil darajada yuvilgan
qismlarida azotli o’g’itlarnig har xil shakllari sinab ko’rilgan va quyidagi xulosalarga
kelingan.
Qiyalikning kuchsiz yuvilgan qismida mochevina va ammoniy sulfati yaxshi
natija bergan.
2. O’rtacha yuvilgan joyda sulfat ammoniy va kaltsiy tsianamid
3. Kuchli yuvilgan qismida esa sulfat ammoniy va kaltsiy tsianamid yaxshi
natija bergan.
4. qiyalikning pastki qismida yaoni yuvilib tushgan loyqa va ozuqa moddalar
to’plangan joyda ham ao’ning yuqoridagi shakllari yaxshi natijalar beradi.
5. Tuproq eroziyasiga qarshi kurash tadbirlari
Tuproq yemirilishidan saqlash uchun quyidagi agrokompleks tadbirlarni
amalga oshirish zarur.
1. Tog’li rayonlarda nishabi kuchli bo’lgan yerlarni ko’ndalangiga haydash. Bu
yerlarga har xil serildiz va mevali daraxtlarni ekish.
2. Tog’li joylardagi yaylovlardan to’g’ri foydalanish.
3. Tog’li joylarda dehqonchilik qilishda yerlarni terrasalar shaklida tekislab
dalalar atrofida mevali daraxtlar va toklar ekish.
4. Nishabligi kuchli bo’lgan yerlarni ko’ndalangiga haydash va sug’orish
ishlarini to’g’ri tashkil etish.
5. Jarliklar yoqasiga daraxtlar ekib, jarlik eroziyasini kengayishiga, sug’orish
maydonlardan jarliklarni suvning oqib ketishiga yo’l qo’ymaslik va har xil to’siqlar
hamda suv yig’adigan xavzalar barpo etish.
6. Sug’orish eroziyasining oldini olish uchun tuproqning fizikaviy va kimyoviy
xususiyatlarini hamda yerning nishabligini nazarda tutib, ilg’or suvchilar tajribasidan
foydalangan holda ekinlarni to’g’ri sug’orish, jo’yakka beradigan suvning miqdorini
to’g’ri belgilash va sug’orish eroziyasiga moyil yerlarda suvni jildiratib sug’orish
g’oyat muhim ahamiyatga ega.
O’zbekiston shariotida shamol eroziyasining oldini olish va unga qarshi
kurashda quyidagi choralar muhim ahamiyatga ega.
1. Tuproqning haydalma qatlamini chuqurlashtirish
2. Tuproq strukturasini mustahkamlash.
3. Organik va mineral o’g’itlardan ratsional foydalanish
4. Tuproq namini oshirish
5. Bo’yi baland bo’lib o’sadigan o’simliklardan kulislar barpo qilish
6. Tuproqni palasa-palasa qilib haydash.
7. Uchar qumlarni kimyoviy va fitomeliorativ yo’l bilan mustahkamlash.
8. Ixota daraxtzorlarini barpo etish
9. Yaylovlardan to’g’ri foydalanish
10. Yangi o’zlashtirilgan kuchli shamol eroziyasiga uchragan turli dahalarda
qum tuproqlar va qumliklarning yuzasini yoppasiga qoplab o’sadigan ekinlar ekish.
Nazorat savollari
1. Tuproq eroziyasi deb nimaga aytiladi?
2. Tuproq eroziyasi necha hil bo’ladi?
3. Eroziyani keltirib chiqaradigan ichki omillarga nimalar kiradi?
4. Eroziyaga sabab bo’luvchi tashqi omillarga qaysilar kiradi.?
5. Yoppasiga yuvilish nima?
6. Uzunasiga yuvilish nima?
7. Sug’orish eroziyasi qanday sodir bo’ladi?
8. Geologik eroziya deb nimaga aytiladi.
9. SHamol eroziyasi tartsqalgan mamlakatlarni ayting.
10. Kuchsiz shamol eroziyasiga uchragan yerdagi mineral va organik
o’g’itlarinng yillik meyorlari.
11. O’rtacha shamol eroziyaiga uchragan yerlardagi mineral va oragink
o’g’itlarning yillik meyorlari.
12. Kuchli shamol eroziyasiga uchragan joylarda mineral va organik
o’g’itlarning yillik meoyorlari.
13. Qiyalik va yonbag’irlar yuvilish darajasiga qarab, necha qismga bo’linadi?
14. Qiyalikning eng pastki tekislik qismiga nima uchun mineral o’g’itlarni kam
solinadi yoki solmasa ham bo’laveradi?
Adabiyotlar
1. Pankov M. A. Tuproqshunoslik. T., 1963.
2. Rasulov A. M. Povqshenie ilodorodiya chopv xlopkovoy zonq. M., 1976.
3. Mirjajonov Q. M. Vetrovaya eroziya oroshaemqx pochv Uzbekistana i
borg’ba s ney. T., 1973.
4. Mirzajonov K. M. Nauchnqe osnovq borg’bq s vetrovoy eroziey na
oroshaemqx zemelyax Uzbekistana. T., 1981.
5. Mirzajonov Q. M., To’raev M. Sug’oriladigan yerlardagi eroziya. T., 1971.
6. Nasriddinov M. N., Xamraev M.B., Nasriddinov M.R. Intensifikatsiya
ispol’zovaniya pustinnix pochv. T., 1989.
7. Alijonov O.A., Mayliboev S.S., Mirzajonov K.M. Udobrenie xlopchatnika
na erodirovannix pochvax. T., 1977.
MA’RUZA 21: O’G’ITLARNI QO’LLASH SISTEMASI VA UNING
VAZIFALARI. QISHLOQ XO’JALIK EKINLARINING O’G’ITGA BO’LGAN
TALABINI ANIQLASHNING FIZIOLOGIK ASOSLARI
REJA:
1. O’g’itlarni qo’llash sitemasi va uning vazifalari.
2. Qishloq xo’jalik ekinlarining o’g’itga bo’lgan talabini aniqlashning
fiziologik asoslari:
a) ozuqa moddalarni o’simliklarga har xil o’suv dasrida qabul qilinishi;
b) ozuqa moddalarni qishloq xo’jalik ekinlari hosili bilan chiqib ketishi;
v) o’simliklarni tuproqdagi ozuqa moddalardan foydalanishi;
g) o’simliklarni organik va mineral o’g’itlardagi ozuqa moddalarni
o’zlashtirishi;
d) qishloq xo’jalik ekinlarining ang’iz va ildiz qoldiqlarining tuproq ozuqa
rejimiga taosiri.
3. Tayanch iboralar
4. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
5. Foydalanilgan adabiyotlar
1. O’g’itlarni qo’llash sitemasi va uning vazifalari.
Xo’jalikning tabiiy va tashkiliy iqtisodiy sharoitlariga javob beruvchi ratsional
o’g’itlash sistemasi -hosildorlikni oshirishda va uning sifatini yaxshilashda, tuproq
unumdorligini oshirishda yetakchi omillardan biridir. O’g’itlash sistemasining
rivojlanishi jarayonin 2 etapga bo’lish mumkin.
1. O’g’itlarni qo’llash bo’yicha iqtisodiy jihatdan asoslangan tavsiyanoma
hujjatlarni tuzish;
2. Ushbu hujjatni xo’jalik miqyosida amaliyotda qo’llash;
Brinchi etapdagi almashlab ekishda o’g’itlar sistemasini organik va mineral
o’g’itlarning qo’llanish rejasi deyish mumkin, qaysiki, unda alohida ekinlar uchun
o’g’itlarning turi, dozasi, solish muddatlari va usullari tuproq-iqlim sharoitlarini
hisobga olgan holda ko’rsatiladi.
Xo’jaliklarda shunday rejani o’g’itlar bo’yicha mutaxassis, yaoni agronom-
agrokimyogarlar tuzadilar.
Buning uchun mutaxassisning qo’lida qishloq xo’jalik ekinlaridan 3-5 yil
mobaynida olingan hosildorlik va keyingi 2-3 yilga mo’ljalangan hosildorlik,
almashlab ekish rejasi, xo’jalikning agrokimyoviy kartogrammasi, tuproq xaritasi va
organik o’g’itlarning jamg’arishi rejalari bo’lishi kerak. Ko’pincha shunday
hujjatlarni, xo’jaliklarga, ilmiy tekshirish tashkilotlari tomonidan ishlab beriladi.
2-Etap. O’g’itlarni qo’llash rejasini xo’jaliklarda amaliyotga joriy etish muhim
ahamiyatga egadir.
Bu etapda tashkiliy va agrotexnik tadbirlar komplesini amalga oshirish kerak.
Xo’jalik almashlab ekish tiziidagi o’g’itlar sistemasi - bu o’g’itlardan
foydalanishning ilmiy asoslangan rejasini bajarishga qaratilgan tashkiliy xo’jalik,
agrokimyoviy va agrotexnik tadbirlar kompleksidir, qaysiki unda qishloq xo’jalik
ekinlariga beriladigan o’g’itlarning turlari, normalari, tuproqqa solish muddatlari va
usullari ko’rsatiladi.
Bu reja qishloq xo’jalik ekinlarining biologik xususiyatlarini, rejalashtirilgan
hosilning ko’p yoki oz ekanligini, tuproq-iqlim sharoitlarini, o’g’itlarning keyingi
beradigan taosirini, har bir yerning o’ziga xos xususiyatlarini, almashlab ekishdagi
ozuqa moddalar blansini, o’g’itlarni hosil sifatiga ko’rsatadigan taosirini va tuproq
unumdorligini oshirishini hisobga olgan holda tuziladi.
O’g’itlash sistemasining eng muhim bo’g’inlaridan biri - uning iqtisodiy
samaradorligidir.
O’g’itlarni qo’llash sistemasining vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. Qishloq xo’jalik ekinlaridan olinadigan hosilni ko’paytirish va uning sifatini
yaxshilash;
2. Yerlarning unumdorligini oshirish va asta-sekin bir xil darajaga yetkazish,
baozi holatlarda esa hozirgi unumdorligini saqlab qolish;
3. O’g’itlardan samarali foydalanish, dehqonchilikni intensifikatsiyalash
darajasini oshirish va atrof-muhitni himoya qilish.
Xo’jaliklarning qanday yo’nalishda ixtisoslashganligiga qarab, almashlab ekish
dalalarining chorvachilik fermalari yoki sanoat chorvachilik komplekslaridan uzoq
yaqinligiga qarab, 3 xil o’g’itlash sistemasini joriy etish mumkin:
1. Organik va mineral o’g’itlarni birga ishlatishga asoslangan go’ng - mineral,
organo-mineral yoki kombinatsiyalangan o’g’itlash sistemasidir.
2. Faqat mineral o’g’itlardan foydalanishga asoslangan mineral yoki go’ngsiz
o’g’itlash sistemasidir.
3. Sanoat - chorvachilik yo’nalishidagi xo’jaliklarga xos bo’lgan organik yoki
go’ngli o’g’itlash sistemasidir.
2. Qishloq xo’jalik ekinlarining o’g’itga bo’lgan talabini aniqlashning fiziologik
asoslari:
a) ozuqa moddalarni o’simliklarga har xil o’suv dasrida qabul qilinishi.
O’simliklarning yoshiga qarab ozuqa elementlarini qabul qilinishi o’zgarib
turadi. U yoki bu ozuqa elementlarini o’simliklar tomonidan qabul qilinishi 2 xil
davrga bo’linadi: 1. Ozuqa elementlarini qabul qilishning tig’iz davri.
2. Ozuqa elementlarini eng ko’p qabul qilish davri.
1) ozuqa elementlarini qabul qilishning tig’iz, eng kerakli davri shundayki,
agar o’simliklar o’sishi va rivojlanishining maolum bir paytda ozuqa muhitida
qandaydir element yetishmay qolsa, bu yetishmovchilikning o’rnini keyinchalik shu
ozuqa elementlaridan ko’p miqdorda berilsa ham to’ldirib bo’lmaydi.
Tekshirishlarning ko’rsatishicha, qishloq xo’jalik ekinlarining fosfor va azotga
bo’lgan tig’iz davri yosh nihollar paydo bo’lgandan keyin 10-15 kun o’tgandan
boshlanadi.
O’simliklar rivojlanishining boshlang’ich fazalarida kaliyning keskin
yetishmaligi ha keyinchalik hosildorlikni pasayib ketishga sabab bo’ladi. Lekin
keyinchalik kaliyli o’g’itlarning yetarli miqdorda berilishi natijasida hosildorlikni
sezilarli darajada oshirish mumkin. Ammo fosforning va azotning o’simliklar
rivojlanishining boshlang’ich faz-asidagi yetishmoqchiligini keyingi oziqlantirishlar
yo’li bilan to’ldirib bo’lmaydi.
Dala sharoitlarida o’simliklarning mineral oziqlanishiga nisbatan tig’iz davri,
odatda
tuproq
organik
moddalarini
minerallashtiruvchi
mikroorganizmlar
aktivligining pasaygan vaqtiga to’g’ri keladi.
Bu erta bahorda, past harorat tuproqdagi mikrobiologik faolyatni
sekinlashtirgan vaqtda ro’y beradi.
2) o’simliklarning oziqlanishidagi taksimal, ozuqa elementlarini eng ko’p
qabul qiladigan davri shunday davrki, bu paytda o’simliklarning bir kecha-
kunduzdagi ozuqa elementlarini o’rtacha isteomol qilishi eng ko’p miqdorni tashkil
etadi.
O’simliklarning ozuqa elementlarini eng ko’p qabul qiladigan davri ularning
ancha ko’p qabul qiladigan davri ularning ancha keyin o’suv fazalariga to’g’ri keladi.
Ko’pincha bunday holat o’simliklarda hosil elementlari paydo bo’layotgan va
shakllanayotgan davriga to’g’ri keladi. O’simliklar oziqlanishidagi davriylik ularga
o’g’itlarni bo’lib- bo’lib solish nazariyasining asosli ekanligini ko’rsatadi.
b) ozuqa moddalarning qishloq xo’jalik ekinlari hosili bilan chiqib ketishi.
Tuproqdan o’simliklar ozuqa elementlarini har xil miqdorda va nisbatda qabul
qiladi. Ekinlarning ozuqa moddalarga bo’lgan ehtiyoji to’g’risidagi ko’rsatkichlar
ozuqa moddalarni umumiy hosil bilan chiqib ketishi yoki asosiy mahsulotdagi hosil
birligiga to’g’ri keladigan ikkilamchi qismini hisobga olish bilan belgilanadi.
O’simliklarda mineral oziqlanish elementlarining to’planishi pishish davrining
boshlanishida eng ko’p miqdorni tashkil etadi.
Rivojlanishning oxirgi fazalarida barglarning tushishi, moddalarning ildiz
sistemasidan tuproqqa o’tishi natijasida o’simliklarda elementlarning yo’qotilishi
kuzatiladi.
Ozuqa elementlarining chiqib ketishi biologik, xo’jalik va qoldiq olib chiqib
ketish turlariga bo’linadi.
Ozuqa moddalarni biologik yo’l bilan chiqib ketishi - bu ozuqa moddalarning
shunday miqdoriki, u o’simliklar o’z hosilining biologik massasini tuzish uchun,
paydo qilish uchun sarflagan ozuqa moddalar miqdoridir.
Ozuqa moddalarning biologik olib chiqib ketishi deganda, yerlarni
o’simliklardan to’la tozalanishi maydondan to’la yig’ishtirib olib chiqib tashlanadi.
Biologik olib chiqib ketish xo’jalik va qoldiq olib chiqib ketishlarga bo’linadi.
Xo’jalik yo’li bilan olib chiqib ketilgan ozuqa moddalar - bu ozuqa
moddalarning qishloq xo’jalik ekinlari tovar mahsuloti tarkibiy qismidir.
Agar qishloq xo’jalik ekinlarining tovar bo’lmagan qismi shu ekinlar
yetishtirilgan maydondan olib chiqib ketilmasa, ularning tarkibidagi ozuqa
moddalarning miqdori xo’jalik yo’li bilan olib chiqib ketiladigan miqdoriga
qo’shilmaydi.
Ozuqa moddalarning olib chiqib ketilishining qoldiq qismi - bu dalada qolgan
chirindi, ildiz qoldiqlari va boshqalardan tuproqqa o’tgan ozuqa elementlarining
miqdoridir.
v) o’simliklarni tuproqdagi ozuqa moddalardan foydalanishi.
O’simliklarning tuproq tarkibidagi ozuqa elementlaridan foydalanish
koeffitsienti quyidagi formula bilan hisoblanadi:
a
K = --------- 100 %
v
a - o’g’itlanmagan yerdan hosil bilan chiqib ketgan ozuqa elementlarining miqdori,
ga/kg;
v - haydov qatlamidagi ozuqa elementlarining harakatchan shaklining miqdori, ga/kg.
Haydov qatlamidagi ozuqa elementlarining miqdori kartogramma bo’yicha 100
gr tuproq hisoblash koeffitsientiga ko’paytirish yo’li bilan topiladi.
Masalan, kartogramma bo’yicha harakatchan fosforning 100 gr tuproq
tarkibidagi miqdori 10 mg bo’lsa, qayta hisoblash koeffitsienti 30 ga teng bo’lsa, har
gektariga 10x30=300 kg fosfor (R
2
O
5
) kerak bo’ladi.
Ozuqa moddalarning harakatchan shakllarini tuproqdan o’zlashtirish
koeffitsienti nafaqat ekinlarning biologik xususiyatlaridan, balki atrof muhitning
o’zgarishiga ham bog’liqdir. Bu ko’rsatkichlar o’g’itlarning yillik hisob normalarini
aniqlshda ancha qiyinchilik tug’diradi.
Tuproq tarkibidagi ozuqa elementlarining o’zlashadigan shakllari qanchalik
ko’p bo’lsa, o’simliklarning ulardan foydalanish koeffitsienti shunchalik past bo’ladi.
Organik va mineral o’g’itlar hamda ohakni yerga solganda, tuproqdagi ozuqa
moddalarning qabul qilinishi kuchayadi va o’simliklarning ulardan foydalanish
koeffitsienti ortadi.
Har xil tuproqlar tarkibidagi harakatchan fosfor va kaliydan qishloq xo’jalik
ekinlarining o’rtacha foydalanish koeffitsienti, % hisobida
Ekinlar
Tuproqlar Machigin usulida
analiz qilinganda
fosfor (5)
oksidi
kaliy oksidi
makkajo’xo
ri silosiga
15 15 -
7
7
-
makkajo’xo
ri doniga
30 30 -
10
10 -
kungaboqar 30 30 -
20
15 -
g’o’za
-
20 20
-
10 10
g’alali
ekinlar
15 15 15
5
5
5
qand
lavlagi
-
-
-
-
-
-
g) o’simliklarni organik va mineral o’g’itlardagi ozuqa moddalarni
o’zlashtirishi.
O’simliklarni organik va mineral o’g’itlar tarkibidagi ozuqa moddalaridan
foydalanish koeffitsienti quyidagi formula bilan hisoblanadi.
Vu-Vo
K = ------------ 100 %
S
Vu - o’g’itlangan maydondagi hosil bilan olib chiqib ketilgan ozuqa moddalar,
ga/kg;
Vo - o’g’itlanmagan, nazorat qilinayotgan maydondagi hosil bilan olib chiqib
ketilgan ozuqa moddalar miqdori, ga/kg;
S - o’g’it bilan solingan ozuqa elementlarining miqdori, ga/kg.
O’simliklarning o’g’itlar tarkibidagi ozuqa moddalaridan foydalanish
koeffitsienti ham tuproq xususiyatlariga, iqlim sharoitlariga, ekinlarning biologik
xususiyatlariga, ishlatilayotgan o’g’itlarning shakllariga va ularning solish usullari
hamda boshqa omillarga qarab o’zgarib turadi.
O’simliklarning o’g’itlar tarkibidagi ozuqa moddalardan foydalanishning o’rtacha
koeffitsientlari, %
Taosir
organik o’g’itlardan mineral
o’g’itlardan
q-sh yill.
N
R
2
O
5
K
2
O
N
R
2
O
5
K
2
O
o’g’itlarning past va o’rtacha normalaridan
1-yil
20-25 25-30 50-
60
60-
70
15-
20
50-
60
2-yil
20
10-15 10-
15
-
10-
15
15-
20
3-yil
10
5
-
-
5
-
to’l.al.ek.
rotats-si
50-55 40-50 60-
75
60-
70
30-
40
65-
85
o’g’itlarning yuqori normalaridan
1-yil
15-20 15-25 40-
50
45-
55
10-
15
40-
50
2-yil
15
10
10
-
5-10 10-
15
3-yil
10
5
-
-
5
-
to’l.al.ek.
rotats-si
40-45 30-40 50-
60
45-
55
20-
30
50-
65
d) qishloq xo’jalik ekinlarining ang’iz va ildiz qoldiqlarining tuproq ozuqa
rejimiga taosiri.
Qishloq xo’jalik ekinlarining ang’iz va ildiz qoldiqlari tuproq ozuqa rejimiga
sezilarli darajada taosiri qiladi.
Dukkakli ekinlarning ang’iz va ildiz qoldiqlari ulardan keyin ekiladigan
ekinlarning oziqlanishiga va tuproqning ozuqa rejimiga eng ko’p taosir qiladi.
Dukkakli ekinlar ang’iz va ildiz qoldiqlaridagi uglerodning azotga nisbati
yaxshi chirigan go’ngdagi kabidir. SHuning uchun dukkakli va don dukkakli
ekinlarning ang’iz va ildiz qoldiqlarining minerallashuvi tez boradi, dukkakli
ekinlardan keyin ekiladigan qishloq xo’jalik ekinlarining dukkaklilari ang’iz va ildiz
qoldiqlari tarkibidagi ozuqa moddalardan foydalanish koeffitsienti huddi organik
o’g’itlarning tarkibidagi azotning keyingi taosirini hisobga olish zarur.
Dukkakli ekinlarning ang’iz va ildiz qoldiqlari tarkibidagi azotdan foydalanish
koeffitsienti ulardan keyin birinchi ekilgan ekinlar 20-25 %, ikkinchi ekilgan ekinlar
15-20 % va uchinchi ekilgan ekinlar esa 5-10 % ga tengdir.
Ko’p yillik dukkakli va don dukkakli ekinlarning ang’iz va ildiz qoldiqlari
ko’rinishidagi 1 t pichanda 10-15 kg azot bo’ldi.
Dukkakliklardan keyingi birinchi ekin ang’iz va ildiz qoldiqlari tarkibidagi
azotdan 25 % yoki 30 kg dan foydalanadi, bu esa don hosilini har gektariga 1 t ga
oshirish imkoniyatini beradi.
Don dukkakli ekinlar ang’iz va ildiz qoldiqlari tarkibidagi azotning miqdori
qishloq xo’jalik ekinlari hosili bilan chiqib ketadigan azotning 0,5 qismiga tengdir,
birinchi yili foydalanilayotgan ko’p yillik dukkakli ekinlar tarkibidagi azotning
miqdori ham yuqoridagi ko’rsatkichga teng yoki hatto 1,5 marta ortiqdir.
Har xil ekinlarning ang’iz va ildiz qoldiqlarining miqdori va ulardagi ozuqa
moddalarning miqdori
Ekinlar
asosiy
mahsulo
t
haydov
qatlamda
gi quruq
an
ang’iz
va
ildiz
qoldiqlaridagi
ozuqa
moddalarnig miqdori,
hosili
g’iz
va
ildiz
qoldiqlari
N
R
2
O
5
K
2
O
1-yilgi beda
2
3,6
78
22
37
2-yilgi beda
5,6
5,0
106
30
47
no’xat
2,5
2,2
40
8
24
kuzgi
bug’doy
2,2
2,5
27
5
14
arpa
2
2,5
22
6
14
makkajo’xo
ri
-
4,6
29
12
72
kartoshka
-
1,3
11
3
32
kanakunjut
-
2,
12
4
13
karam
-
1,3
17
5
6
pomidor
-
1
16
5
6
bodring
-
0,8
11
3
4
sabzi
-
0,8
9
3
5
piyoz
-
0,5
6
2
2
Tayanch iboralar
O’g’itlash sistemasi, birinchi etap, o’g’itlarni qo’llanish rejasi, ikkinchi etap,
almashlab ekish tizimidagi o’g’itlash sistemasi, iqtisodiy samaradorlik, o’g’itlash
sistemasining vazifalari, hosil elementlari, tig’iz davr, xo’jalik va qoldiq chiqib
ketish, ang’iz qoldiqlari, ang’iz va ildiz qoldiqlari, ozuqa moddalar, dukkakli ekinlar,
ildiz qodiqlari, mineral o’g’itlar, organik o’g’itlar.
Nazorat savollari
1. O’g’itlash sistemasining rivojlanishi necha etapga bo’linadi?
2. O’g’itlash sistemasining rivojlanishi birinchi etapda qanday tadbirlar amalga
oshiriladi?
3. O’g’itlash sistemasining rivojlanishi ikkinchi etapida qanday tadbirlar
amalga oshiriladi?
4. O’g’itlash sistemasining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
5. Necha xil o’g’itlash sistemasi bor?
6. Ozuqa elementlarini qabul qilishning tig’iz davri o’simliklar rivojlanishining
qaysi davriga to’g’ri keladi?
7. Ozuqa elementlarini eng ko’p qabul qilish davri qanday davr?
8. Azot va fosforga hamda kaliyga bo’lgan tig’iz davrlar va ular o’rtasidagi
farq nimadan iborat?
9. Ozuqa moddalarning qishloq xo’jalik ekinlari hosili bilan chiqib ketishi
necha turga bo’linadi?
10. O’simliklar tuproq tarkibidagi ozuqa moddalarning qanday shakllaridan
yaxshi foydalanilar?
11. O’simliklar organik va mineral o’g’itlar tarkibidagi ozuqa moddalardan
qanday sharoitda yaxshi foydalanadilar?
12. O’simliklarning ang’iz va ildi qoldiqlari tuproq ozuqa rejimiga qanday
taosir qiladi?
Adabiyotlar
1.
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989.
2.
Agroximiya. Pod. red . V.M.Klechkovskogo i prof. A.V,Peterburgskogo.
Izd-vo. Kolos. Moskva. 1964.
3.
Spravochnik po udobreniyam. M., Kolos. 1964.
4.
Mirzajonov Q. M. Agronomichevkie osnovq vqsokogo urojaya. T., 1986.
MA’RUZA 22: TURLI XIL OMILLARNING ORGANIK VA MINERAL
O’G’ITLAR SAMARADORLIGIGA TAOSIRI.
REJA:
1. Tuproq xususiyatlarining taosiri
2. Agrotexnik sharoitlari
3. Iqlim sharoitlari
4. Organik va mineral o’g’itlarni birgalikda ishlitilishi
5. Ayrim ekinlar oziqlanish xususiyatlarining ahamiyati va almashlab ekish
harakteri.
6. Tayanch iboralar
7. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
8. Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Tuproq xususiyatlarining taosiri.
Qishloq xo’jalik ekinlariga berilayotgan o’g’itlarning samarali taosiri
o’simliklarni yetishtirishda qo’llaniladigan agrotexnik tadbirlarga, tuproqning
xususiyatlari, iqlim sharoitiga va boshqa omilga ko’p jihatdan bog’liqdir.
O’simliklarga solinayotgan o’g’itlarning taosiri tuproqning bir qator xususiyatlariga
bog’diqdir.
Tuproqning bunday xususiyatlari jumlasiga: tuproqning tipi va turi, mexanik
tarkibi, kimyoviy tarkibi madaniylashganlik darajasi, muhit reaktsiyasi, tarkibidagi
o’simliklarga o’zlasha oladigan ozuqa moddalar miqdori va boshqalar kiradi. Har xil
tipdagi tuproqlargasolingan ayrim o’g’itlarning taosiri turlicha bo’ladi.
Masalan, qora tuproqlarda anchagina katta va ko’p miqdorda fosforli o’g’itlar
ishlatiladi. CHimli-podzol tuproqlarda to’laqonli o’g’it sifatida azotning ahamiyati
kattadir.
Torfli mintaqalarda kaliy ahamiyati jihatdan birinchi o’rinda turadi.
Tuproqning mexanik tarkibi o’g’itlarning harakatlanishi, singdirilishi va ushlanib
qolishiga, bu esa o’z navbatida o’simliklarning o’g’itlar tarkibidagi ozuqa
moddalardan foydalanish xarakteriga taosir qiladi. Tuproqning mexanik tarkibini
o’g’itlarning normasini, solish moddalari va usularini belgilayotganda hisobga olish
lozim.
Og’ir
mexanik
tarkibli
tuproqlarda
o’g’itlarning
singdirilishi
va
mustahkamlanib qolishi kuchli bo’ladi, suv bilan birga harakatlanishi sekin bo’ladi,
bu jarayonlar yengil mexanik tarkibli tuproqlarda ancha tez o’tadi.
O’g’itlarning samaradorligiga tuproqlarning madaniylashganlik darajasi katta
taosir qiladi.
Madaniylashgan tuproqlarning fizik kimyoviy xususiyatlari yaxshi bo’ladi,
shunday tuproqlarda mikrobiologik jarayonlar intensiv o’tadi, bu esa o’g’itlarning
samaradorligiga ijobiy taosir qiladi.
Madaniylashgan tuproqlarning ko’zga tashlanadigan ko’rsatkichlaridan bir -
ularda o’simliklarga yengil o’zlashadigan ozuqa elementlarining borligidir.
O’g’itlardan tuproq xususiyatlarini hisobga olgan holda ratsional, tabaqalashtirib
foydalanishda yuqorida aytilgan tuproq xususiyatlarini bilish kerak.
Buning uchun tuproqlarni tekshirish va xo’jaliklarning tuproq xaritasini
tuziladi, xaritada tuproqning almashlab ekish dalalaridagi alohida turlari, ularning
xarakteristikasi, mexanik tarkibi, organik moddalar miqdori, haydov qatlamining
chuqurligi va boshqa xususiyatlari ko’rsatiladi.
Tuproqning ayrim xususiyatlari juda sekin o’zgaradi, tuproqni tekshirish
jarayonida olingan bunday ko’rsatkichlar shu tuproq turi uchun uzoq vaqt xizmat
qilishi mumkin.
Tuproq xaritasidan tashqari, xo’jaliklarda agrokimyoviy kartogrammasi ham
mavjudki, ularda tuproq tarkibidagi arakatchan ozuqa moddalarning miqdori,
kislotaliligi, tuproq singdirish kompleksining asoslari bilan to’yinganlik darajasi va
boshqa tez o’zgarib turadigan ko’rsatkichlar keltiriladi.
2. Agrotexnika sharoitlari.
Qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirishda qo’llaniladigan agrotexnik tadbirlar
ham organik va mineral o’g’itlarning o’simliklar tomonidan samarali foydalanishga
taosir ko’rsatadi.
Agrotexnik tadbirlar jumlasiga: tuproqlarga o’z vaqtida va sifatli qilib ishlov
berish, qishloq xo’jalik ekinlarini eng yaxshi va qulay agrotexnik muddatlarda ekish
ekinlarning eng yaxshi o’tmishdoshlarini tanlash, almashlab ekish qoidalariga rioya
qilish, qishloq xo’jalik ekinlari zararkunandalari, kasalliklari va begona o’tlarga
qarshi kurash hamda boshqa omillar ekinlarga solinayotgan o’g’itlarning
samaradorligiga sezilarli darajada taosir ko’rsatadi.
Tuproqlarga o’z vaqtida va sifatli ishlov berish tuproqda yaxshi suv xhavo va
mikrobiologik rejimlarni yaxshilaydi, o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun
yaxshi sharoit yaratadi, ildiz sistemasining tuproq va o’g’itlar tarkibidagi ozuqa
elementlaridan foydalanishni kuchaytiradi.
O’tmishdosh ekinlarning alohida taosiri shundan iboratki, ular tuproqda ko’p
miqdorda ildiz qoldiqlari qoldiradilar, o’tmishdoshlar o’zlarining o’suv davrlarida har
xil miqdorda oziqlanadilar, ozuqa va suvdan har xil miqdorda foydalanadilar, bu esa
tuproqning suv va ozuqa rejimiga, uning mikrobiologik aktivligiga, kasallik va
zararkunandalar bilan zararlanishi hamda ularning rivojlanishi kabi tartiblariga
turlicha taosir qiladi. Tuproqdagi o’simliklarga qiyin o’zlashadigan ozuqa
moddalaridan yaxshi foydalanadigan baozi bir qishloq xo’jalik ekinlari ildiz
qoldiqlarining minerallashuvi natijasida qiyin eriydigan moddalarni o’simliklarga
oson o’zlashadigan shaklga o’tkazadi.
Ertangi ekinlar, kechkin, vegetatsiya davri uzoq bo’lgan ekinlarga nisbatan
ozuqa elementlaridan kam foydalanadilar va ular erta yig’ishtirilib olinadi. Natijada
ulardan kein tuproqdagi ozuqa moddalardan o’simliklarning foydalanishi uchun
yaxshi sharoit yaratiladi.
Madaniylashgan tuproqlardagi dukkakli ekinlar nafaqat o’zlarini azot bilan
taominlaydilar, balki tuproqni ham azot bilan boyitadi.
SHuning uchun dukkakli ekinlardan keyin ekiladigan ekinlarga azotli o’g’itlar
juda kam yeriladi yoki berilmasa ham bo’laveradi. Lekin dukkakli ekinlar o’zarining
o’suv davrlarida tuproqdagi fosfor va kaliyning ko’p miqdorini sarf qiladilar, yaoni
ularni ko’p miqdorda qabul qiladilar.
SHuning uchun bulardan keyin ekiladigan ekinlar uchun fosfor va kaliy
yetishmasligi sezilishi mumkin.
Ko’p yillik dukkakli ekinlarni o’z vaqtida haydalishi to’plangan chimli
qatlamni chirishi uchun yaxshi sharoit yaratadi va natijada tuproqda harakatchan
ozuqa moddalarning to’planishi, ayniqsa, azotning ko’p to’planishi uchun imkoniyat
yaratilajdi. Tuproqqa ishlov berish usullari, u bilan bog’liq holda o’g’itlarni tuproqqa
solish chuqurligi o’simliklar oziqlanishida muhim rol o’ynaydi.yu
o’g’itlarni
tuproqning
nami
qurib
qolmaydigan
qatlamiga
tushishi
o’simliklarning oziqlanishi sharoitlarini yaxshilaydi va ishlatilayotgan o’g’itlarning
samaradorligini oshiradi.
Bundan tashqari, tuproqqa o’z vaqtida va sifatli ishlov berilishi begona o’tlarga
qarshi kurashdir. Begona o’tlarning soni qanchalik kam yoki ular yo’q bo’lsa,
borayotgan o’g’itimizdan o’simliklarning foydalanish shunchalik yaxshi bo’ladi.
Tuproqqa ishlov berisho’ bilan haydalma qatlam chuqurligi ham ortadiyu natijada,
o’simliklarda kuchli, baquvvat ildiz sistemasi rivojlanadi va tuproqning ancha chuqur
qatlamlaridan ham ozuqa moddalarni qo’shimcha ravishda so’rib oladi. Ekilayotgan
ekinlar navining biologik xususiyatlariga bog’liq holda maolum bir ozuqa
elementlarining roli, ahamiyati ham o’zgarib turadi. O’simliklarning mahsuldor
navlari katta miqdordagi ozuqa moddalarni talab qiladi.
Tuproqqa soliayotgan o’g’itlarning miqdori ekinlarning ekish normalari va
muddatlari bilan monand bo’lishi kerak.
Optimal ekish muddatlarining o’zgarishi, shuningdek, ko’chat qalinligining
kamligi ham o’g’itlar samaradorligiga salbiy taosir ko’rsatadi.
Sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida sug’orish rejimiga qatoiy amal qilish
kerak.
Sug’orilganda o’g’itlarning samaradorligi 1,5 -2 marta ortadi, ayniqsa azotli
o’g’itlarniki.
Tuproqqa solinadigan organik va mineral o’g’itlarning samaradorligi kislotali
tuproqlarni ohaklaganda va sho’r, sho’rtoblarni gipslaganda yana ham yaqqol
bilinadi.
3. Iqlim sharoitlari.
Iqlim sharoitlari ham o’g’itlar samaradorligiga katta taosir qiladi.
O’simliklarning o’suv dari davomida tushadigan yog’ingarchilikning intensivligi va
miqdoriga bog’liq bo’lgan tuproqning suv rejimi, fizik xossalari hosildorlikni
belgilovchi eng muhim omillardan hisoblanadi.
Tuproqda namlikning keskin kamayishi o’g’itlardan kutilgan samarani
bermaydi va hatto o’simlikning o’sishi va rivojlanishiga zararli taosir ko’rsatishi
mumkin.
Tuproq tarkibida namlik yetarli bo’lsa, o’simliklar o’g’itlardan ancha unumli
foydalaniladi.
O’g’itlash tizimini tuzatayotganda iqlimiy xususiyatlarini, ayrim ekinlar uchun
o’g’itlarni tuproqqa solish muddatlari va usullarini hisobla olish zarur.
Yog’inlar kam yog’adigan , iqlimi quruq mintaqalarda o’g’itlarni tuproqning
chuqurroq qatlamlariga solish tavsiya etiladi.
O’g’itlarning taosiri nafaqat yog’inlarning yillik miqdorgagina emas, balki
o’suv davrida oylar bo’yicha taqsimlanishiga ham bog’liqdir.
Yuqri haroratli davrda o’g’itlarning tuproqqa sayoz solinsa ularning
samaradorligi kam bo’ladi. SHuning uchun g’o’zani oziqlantirishda o’g’itlarni 16-18
sm chuqurlikka solish kerak.
Haddan tashqari yuqori xharoratda oziq moddalarning o’simliklarga qabul
qilinishi kamayadi.
O’simliklar rivojlanishiining boshlarida harorat past bo’lsa, ularning azot va
fosfor bilan oziqlanishiga salbiy taosir ko’rsatadi.
Agar kuz va qish oylarida ko’p miqdorda yog’in tushsa, kelgusi yilda azotli
o’g’itlarning samaradorligi ortadi.
Organik o’g’itlar maolum miqdordagi hosilni paydo bo’lishida suv sarfini 10-
20 % ga kamaytiradi va qurg’oqchilikning halokatli taosirini kamaytiradi.
4. Organik va mineral o’g’itlarning birgalikda ishlatilishi.
Organik va mineral o’g’itlarning birgalikda ishlatilganda ularning alohida-
alohida ishlatilanga qaraanda ko’p samara beradi.
Bu qo’shimcha samaraga eng avvalo tuproqda bo’ladigan mikrobiologik
jarayonlar natijasida erishiladi, yaoni tuproq va go’ng tarkibidagi organik moddalar
intensiv suroatda parchalanadi, chiriydi. Mineral o’g’itlar tarkibidagi fosforning
tuproqda qiyin o’zlashadigan shaklga o’tish darajasi kamayadi.
Go’ng bilan birga tuproqqa anchagina miqdorda mikroelementlar ham tushadi.
Yoyirik shoxli hayvonlar go’ngning har tonna quruq moddasi tarkibida 20 kg azot, 10
kg fosfor, 24 kg kaliy, 28 kg kaltsiy, 230 gr marganets, 20 gr mis, 100 gr rux, 1,2 gr
kobalt, 2 gr molibden va 0,4 gr yod bor. Go’ngning chirishi natijasida karbonat
angidrid gazi ajralib chiqadi va havoning yerga yaqin qatlamini karbonat angidrid
gazi bilan boyitadi, bu bilan esa o’simliklarda bo’ladigan fotosintez jarayonining
mahsuldorligini ko’paytirai.
Go’ng va mineral o’g’itlarning birga qo’shib ishlatilishi tuproq eritmasining
yuqori kontsentratsiyasini qo’tara olmaydigan, lekin o’suv davrida nisbatan ko’p
o’g’it talab qiladigan ekinlarda yaxshi samara beradi.
Organik va mineral o’g’itlar tuproq tarkibidagi chirindi miqdoriga ham taosir
qiladi.
Ko’p yillik tajribalarning guvohlik berishicha, uzoq vaqt mobaynida tuproqqa
o’g’it solmasdan qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish natijasida tuproq tarkibidagi
chirindi miqdori anchagina kamaygan.
Tuproq tarkibdagi chirindi miqdorini kamayib ketishini to’xtatish uchun har
yili tuproq tipiga qarab, 10-20 tonnadan organik o’g’itlar solib turish kerak.
Go’ngni eng avvalo chopiq talab ekinlarga solish zarur. CHunki qator oralarga
ishlov berilganda, organik moddalarning minerallanishi kuchayadi va o’simliklar
go’ngdagi ozuqa moddalardan to’la foydalanadi, bu ayniqsa, uzoq vegetatsiya
davriga ega bo’lgan ekinlar uchun foydalidir.
5. Ayrim ekinlar oziqlanish xususiyatlarining ahamiyati va almashlab ekish
harakteri.
Qishloq xo’jalik ekinlari vegetatsiya davrining uzoqligi bir xilda bo’lmagan
holda, shuningdek, asosiy oziq elementlari - azot, fosfor va kaliyni o’zlashtirish
miqdori jihatdan har xil bo’lganligidan hosilni shakllantirish, ularni umumiy
o’zlashtirish hajmi bo’yicha bir-biridan katta farq qiladi.
Ozuqa elementlariga bir muncha talabchan ekinlarni har anday bir xil
sharoitda ham biroz katta norma bilan o’g’itlash zarur. U yoki bu turdagi ekin naviga
ko’ra oziq rejimiga va o’g’itga talabchanligi jihatidan ham bir biridan farq qilishi
mumkin.
Tez pishar navlar kech pishar navlarga qaraganda oziq moddalarni nsbatan
qisqa davr ichida o’zlashtira olishi va oziqlanish sharoitiga bir muncha talabchanligi
bilan harakterlanadi.
Erga solingan o’g’it o’simlikning butun vegetatsiya davri davomida ularning
talabiga muvofiq ravishda eng yaxshi oziqlanish sharoiti bilan taominlanishi kerak.
O’g’itlash sistemasini ishlb chiqishda, tuproqni o’g’itlash normasi, miuddatlari
va qo’llash usullarini belgilashda har qaysi tur ekinning ayniqsa yosh davrida, tuproq
eritmasidagi ozuqa moddalar kontsentratsiyasiga taosirchanligini, ildiz sistemasining
o’zlashtirish qbiliyatini va uning rivojlanishi harakterini, muhit reaktsiyasiga
talabchanligini hisobga olish zarur.
Azotli, fosforli va kaliyli o’g’itlarni qo’llashda ular o’rtasidagi nisbatni to’g’ri
belgilash juda muhimdir.
Faqat azotli o’g’itlar bilan bir tomonlama oziqlantirilganda, ekinlarning
vegetativ organlarini g’ovlab ketishiga olib keladi, hosilning tovar qismini
shakllanishi kechikishiga olib keladi, don ekinlari yotib qoladi.
Ekinlarni tez yetishtirishda katta normada fosforli o’g’itlar o’g’it solish yaxshi
samara beradi. O’g’itlash sistemasi ekinlardan faqat yuqori v barqaror hosil
yetishtirishnigina emas, balki shu bilan birga olinadigan qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini saqlash muddatini va sifatini oshirishni ham talab qiladi.
Almashlab ekishda o’g’itlash sistemasini to’g’ri tuzish uchun turli ekinlarning
agrotexnika va xalq xo’jaligidjagi ahamiyatini ham hisobga olish zarur.
Har bir almashlab ekishda iloj topshiriqlarni bajarishda muhim rol
o’ynaydigan muhim asosiy ekin bo’ladi. SHunday ekinlar qatoriga noqoratuproq
mintaqasida texnika ekinlaridan zig’ir, ukrainada qand lavlagi va kuzgi don ekinlari,
O’rta Osiyo respublikalarida g’o’za, shimoliy Kavkaz va Pol’shada donli ekinlar,
chorvachilik yo’nalishidagi xo’jaliklarda makkajo’xori , ildizmeva, shakar qamish,
shahar atrofidagi xo’jaliklarda kartoshka sabzavot sholi ekinlari va boshqalar.
Almashlab ekiladigan asosiy ekinlarga o’g’itlar birinchi navbatda va katta
normada berilishi kerak.
Ekinlarni to’g’ri navbatlab ekish tuproqdagi ozuqa moddalardan birmuncha
unumliroq foydalanishni va organik hada mineral o’g’itlarning samaradorligini ancha
oshirishni taominlaydi.
Almashlab ekishda ayrim ekinlarni o’g’itlash oldingi ekilgan ekin turiga, uing
hosiliga, shuningdek, tuproqlda qolgan ildiz va ang’iz qoldiqlariga hamda undagi
ozuqa elementlariga bog’liq. Almashlab ekish dalasida o’stirilayotgan ekinlarning
turiga va ularning navbatlashishiga qarab, dalalarni ohaklash va o’g’itlash masalasini
bir xilda hal etib bo’lmaydi. Masalan, almashlab ekish dalasida, asosan, kartoshka,
ildizmevali, silosbop va kaliyli o’g’itlarga talabchan boshqa ekinlar yetishtirilayotgan
bo’lsa bunday holarda kliyli o’g’itlarga talab ortadi va ularning samaradorligini
oshiradi. CHimli-podzol tuproqlarda almashlab ekish dalasi lyupin bilan band
qilingan bo’lsa, bunday hollarda fosforit unining samaradorligi ancha yuqori bo’ladi.
CHunki lyupin o’simligi tuproqdagi qiyin o’zlashadigan birikmalar tarkibidagi
fosforni yaxshi o’zlashtira olish xususiyatlariga ega.
CHopiq talab ekinlardan keyin o’g’itlarning samaradorligi va ulardan keyin
ekiladigan va ulardan keyin ekiladigan ekinlarning o’g’itlarga bo’lgan talabi ortadi,
chunki chopiq talab ekinlar yaxshi parvarish qilingandan keyin dalalar begona
o’tlardan tozalanadi, shu bilan birga ular tuproqdan ko’p miqdordagi oziq
elementlarini oladi va hosili nisbatan keyinroq yig’ib olinadi.
SHunday qilib almashlab ekish dalasiga o’g’itlarning taqsimlanishi har bir
ekinning xalq xo’jaligidagi va agrotexnika ahamiyatiga, ularning almashlab ekishda
tutgan o’rniga, oldingi ekilgan ekinlarning harakteriga va har qaysi dalaning qanday
darajada o’g’itlanganligiga ko’p jihatdan bog’liqdir.
Nazorat savollari
1. Tuproqning xususiyatlari o’g’itlarning samaradorligiga qanday taosir qiladi?
2. Tuproqning madaniylashganlik darajasi nima va uning o’g’itlar
samaradorligiga taosiri?
3. Nima uchun xo’jaliklarning tuproq xaritasi va agrokimyoviy kartogrammasi
tuziladi?
4. Qanday agrotexnik tadbirlarni bilasiz va ularning o’g’itlar samaradorligiga
taosiri qanday?
5. Tuproqqa o’z vaqtida sifatli qilib ishlov berish berishning ahamiyatini
ayting.
6. O’tmishdosh ekinlar va o’g’itlar samaradorligi o’rtasida aloqadorlik.
7. O’g’itlar samaradorligiga dukkakli ekinlarning taosiri qanday?
8. O’g’itlar samaradorligini ortishida sug’orishning ahamiyati?
9. Iqlim sharoitlarining o’g’itlar samaradorligiga taosirini gapiring?
10. Organik va mineral o’g’itlarni birga qo’shib ishlatishning ahamiyatini
gapiring?
11. Karbonat angidrid gazining ahamiyatini gapiring.
12. Almashlab ekish tizimida asosiy almashlab ekiladigan ekin deganda nimani
tushunasiz va bu ekinning almashlab ekish tizimidagi o’g’itlashda tutgan o’rni?
Adabiyotlar
1.
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989.
2. Muhammadjonov M.V., Zokirov A. G’o’za agrotexnikasi. T., 1988.
3. Paxtachilikdan spravochnik. T., 1989.
4. SHayxov E. T. va b. Paxtachilik. T., 1990.
5. Ermatov A. Sug’oriladigan dehqonchilik. T., 1983.
MA’RUZA 23: O’G’ITLARNING YILLIK NORMASI, DOZASI, TUPROQQA
SOLISH USULLARI VA MUDDATLARI
REJA:
1. O’g’itlarning tuproqqa solish usullari va mudatlari. O’g’itlarning yillik
normasi va dozasi.
2. O’g’itlarni haydov ostiga solish. Haydov ostiga solinadigan asosiy
o’g’itlarning normalari.
3. O’g’itlarni ekish bilan birga solish.
4. O’simliklarni o’suv davrida oziqlantirish. Qator orasiga solinadigan
o’g’itlarning tarkibi va normasi.
5. O’g’itlarni donadorlashtirish va uning ahamiyati.
6. Mineral o’g’itlardan foydalanishni rejalatishrish va o’g’itlash normasini
belgilash.
7. Tayanch iboralar
8. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
9. Foydalanilgan adabiyotlar.
1. O’g’itlarning tuproqqa solish usullari va mudatlari. O’g’itlarning yillik normasi va
dozasi.
O’g’itlarni tuproqqa solishning uch xil usuli bo’ladi.
1. Ekishgacha (asosiy o’g’itlash)
2. Ekish vaqtida (qatorlarga, uyalarga, chuqurlarga)
3. Ekishdan keyin (vegetatsiya davrida oziqlantirish).
O’g’itlarni bir necha muddatlarda solinadi.
1. Kuzda (haydov ostiga)
2. Bahorda (ekishdan oldin va ekish bilan)
3. Yozda (oziqlantirishda).
O’g’itlarni plugning ostiga, kultivator - oziqlantirgichlar bilan va diskali
boronalar bilan solinadi.
O’g’itlarni haydov ostiga solish uchun traktorlarga osib ishlatiladigan
agregatlar bilan tuproq yuzasiga sepiladi va plug bilan 35-40 sm chuqulikka ag’darib
haydaladi.
O’g’itlarni ekish bilan birga va oziqlantirish davrida kultivator oziqantirgichlar
bilan tuproqning maolum bir chuqurligiga solinadi.
O’g’itlarning yillik normasi bu qishloq xo’jalik ekinlariga ishlatiladigan
o’simliklarning butun vegetatsiya davri uchun mo’ljallangan o’g’itlarning umumiy
miqdoridir. Bu norma bir gektar yerga solinadigan o’g’itlarning kg hisobidagi
miqdoridir.
O’g’itlarning dozasi bu qishloq xo’jalik ekinlarini bir marta oziqlantirishda sarf
bo’ladigan o’g’itlar miqdori bo’lib, har gektarga kg hisobida belgilanadi.
O’g’itlarning tuproqqa shunday solish keraki, ular o’suv davri eng ko’p
miqdorda o’simliklarga o’zlashadigan bo’lsin. Ildiz sistemasining rivojlanadigan
qatlamda bo’lib, tuproq bilan kamroq bog’lansin. Tuproqning chuqurroq nam
qatlamiga solingan o’g’itdan o’simliklar butun vegetatsiya davrida yaxshi
foydalanadi. Mexanik tarkibi yengil tuproqlarda o’g’itlarni mexanik tarkibi og’ir
tuproqlarga nisbatan chuqurroqqa solish kerak.
O’g’itlarni
chuquroqqa
solishda
ularni
tuproq
qatlamlari
bo’ylab
harakatlanishini ham xisobga olish lozim.
Nam iqlimli mintaqalardagi mexanik tarkibi yengil tuproqlardan sezilarli
darajada yuviladi. Nitratlarning ko’p yuvilishi tuproq yuzasini o’simliklar
qoplamagan paytda, erta bahorda va kech kuzda sodir bo’ladi. Issiq iqlimli
mintaqalarda sug’orilib dehqonchilik qilinadigan mintaqalarda azotli o’g’itlar solinib,
ekinlar sug’orilib bo’lgandan keyin tuproqdagi kapillyar naychalarning tiklanishi va
parchalanishi oibatida egatlarning yon boshida va pushtaga nitratlarning ko’tarilishi
ro’y beradi.
Fosforli o’g’itlar solingan qatlamda turadi, ular tuproq qatlamlari bo’ylab,
deyarli harakatlanmaydi.
Kaliy to’g’risida ham shunday hulosaga kelish mumkin. CHunki kaliy ham
almashinuvchi arakterda tuproqqa singdiriladi va u bog’langan tuproqlarda yaxshi
tutib turiladi.
Bunday jarayonlar ayniqsa kislotali muhitga ega bo’lgan podzol, chimli podzol
tuproqlarda kuchli sodir bo’ladi. CHunki bu tuproqlara ko’p miqdorda temir va
alyuminiy oksidlari bo’lib, ular bilan temir va alyuminiy fosfatlar hosil qiladi. Bu
birikmalarni amalda o’simliklar o’zlashtira olmaydilar.
2. O’g’itlarni haydov ostiga solish. Haydov ostiga solinadigan asosiy o’g’itlarning
normalari.
O’g’itlarni haydov ostiga solish bu qishloq xo’jalik ekinlarini butun o’suv
davrida ozuqa elementlari bilan bir tekisda taominlash demakdir.
CHuqur haydov ostiga solingan o’g’itlar o’simliklar rivojlanishining eng zarur
davrida, yaoni o’simliklarning tez o’sayotgan va rivojlanayotgan davrida ozuqa
elementlarini eng ko’p isteomol qiladigan davrida kerak bo’ladi.
SHning uchun xaydov ostiga solinadigan o’g’itlar asosiy o’g’itlar deyiladi.
Bunday usulda o’g’itlar yillik normasining ko’p qismi solinadi.
Asosiy o’g’itlarni tuproqqa solish muddatini aniqlash tuproqning mexanik
tarkibiga iqlim sharoitlariga va o’g’itlarning o’zlarini xususiyatlariga bog’liqdir.
Nitratli va ammiak nitratli azotli o’g’itlarni nam iqlimli sharoitlarda chimli-
podzol, o’rmon sur tusli ishqorsizlangan qora tuproqlarda bahorda solinadi. Bu
sharoitda azotli o’g’itlarni ko’pgina kultivator bilan solinadi. Ammiakli azot issiq
bahor oylarida 2 haftada to’liq nitrat shakliga o’tadi.
Bunday sharoitda azotli o’g’itlarni bahorda tuproqning ustk qatlamiga solinsa,
namgarchilik bo’lmasa tuproq quriydi va o’g’itlarning samaradorligi pasayadi.
Fosforli va kaliyli o’g’itlar ko’pchilik asosiy tuproqlar sharoitida kuzda haydov
ostiga solinadi.
Kaliyli o’g’itlar faqat qumli va qumoq tuproqlar sharoitida, nam iqlimli
mintaqalarda, bahorda solinadi.
Go’ng asosan kuzda haydov ostiga solinadi.
O’g’itlarni notekis solinishi 15-20 % dan ortmasligi kerak.
1. Haydov ostiga solinadigan asosiy o’g’itlarning normalari quyidagicha
bo’ladi.
Fosforli o’g’itlarning yillik normasining 70 %, agar kaliyli o’g’itlarning yillik
normasi 100 kg gacha bo’lsa, hammasi solinadi, 100 kg dan ko’p bo’lsa, 50 -60 %
haydov ostiga qolgani esa oziqlantirishda beriladi.
2. Eroziyaga uchragan yerlarda azotning yillik normasini 50 % ni bahorgi
haydov ostiga yoki chizel ostiga solinadi. Qolgan qismi ekish bilan va oziqlantirishda
beriladi.
Fosforning 65-70 % haydov ostiga solinadi.
3. Sug’orish eroziyasiga uchragan joylarda o’g’itlarning yillik normasini 4545-
65 % ni yonbag’irning kuchli yuvilgan joyiga 22-23 % ni yonbag’irning o’rtacha
yuvilgan joyiga, qolgan qismini esa yonbag’irning pastki qismiga yaoni yuvilib
tushgan loyqa va oziq moddalarni to’plangan joyiga solish lozim.
3. O’g’itlarni ekish bilan birga solish.
O’g’itlarni ekish bilan birga berishda o’g’it va urug’lar alohida-alohida
qutilardan tukoprovodlar orqali tuproqqa solinadi. Bunday holatda o’g’itlarni yerga
solganda ekilayotgan urug’lar o’g’itdan yupqa tuproq qatlami bilan ajralib turadi.
O’g’itlarni bunday usulda solish shuning uchun yaxshiki, unayotgan yosh
nihollar tuproq eritmasidagi yuqori kontsentratsiyasini juda sezuvchan bo’ladi.
O’g’it bilan urug’larning o’rtasidagi tuproq qatlami ajratib turadi. Va bu o’g’itlardan
yosh nixhollarni foydalanishi 40-60 % ga yetadi.
Ekish bilan solinadigan o’g’itlar ekinlarning dastlabki rivojlanish djavrlarida
oziq elementlariga bo’lgan talabini qondirish maqsadida beriladi.
SHuning uchun bunday usulda o’g’itlarning ozroq dozada beriladi.
O’simliklarning
yosh
vaqtida
noqulay
sharoitlarga
xususan
ozuqa
elementlarining yetishmasligiga sezuvchan bo’ladi. Ekish bilan bilan irga beriladigan
oz dozadagi mineral o’g’itlar yosh nihollarning oziqlanishi uchun qulay sharoit
yaratadi.
Buning natijasida ular tez rivojlanaadi va noqulay sharoiti yengil o’tkazadi.
O’simliklar rivojlanishining dastlabki davrida yaratilgan qulay sharoit qisqa
muddatda baquvvat ildiz sistemasining rivojlanishiga keyinchali esa tuproq va asosiy
o’g’itlar tarkibidagi ozuqa elementlaridan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat
yaratadi.
Urug’lar bahor paytida ekiladi.
Maolumki, bu paytda tabiatda ham xar xil ofatlar ro’y beradi, yaoni jala,
shamol, qatqaloq hosil bo’lishi, haroratning keskin pasayishi sodir bo’ladi.
Ozuqa bilan yaxshi taominlangan yosh nihollar yuqoridagi kabi salbiy
hodisalarga chidamli bo’ladi. Ekish bilan birga beriladigan o’g’itlarning dozasi 15-20
kg ni tashkil etadi.
Ekish bilan birga, asosan, fosforli va azotli o’g’itlar solinadi. Bunda
donadorlashtirilgan superfosfat, kompleks o’g’itlardan ammofos, diammofos,
nitrofos, nitrofoska, nitroammofoslardan foydalaniladi.
4. O’simliklarni o’suv davrida oziqlantirish. Qator orasiga solinadigan o’g’itlarning
tarkibi va normasi.
Ilmiy-tadqiqot muassasalarida olib borilgan tajribalarning natijalariga
qaraganda ko’pchilik hollarda oziq moddalarning yuvilishi juda kam bo’lgan o’rtacha
va og’ir mexanik tarkibli tuproqlarda azotli o’g’itlarni ham oziqlantirish uchun
ajratilishi hosilni kamayishiga olib kelgan. Bunday holat shu bilan tushuntiriladiki,
o’simliklarni oziqlantirishda beriladigan o’g’itlar kultivatorlar bilan quruq tuproqqa
va sayoz solinadi. SHuning uchun bu o’g’itlardan o’simliklar yomon foydalanadilar.
SHuning uchun oziqlantirishni tuproqda nam yetarli bo’lganda va o’g’itlarni
chuqur qatlamlarga solish bilan olib borish lozim. Sug’orilibyu dehqonchilik
qilinadigan sharoitda esa o’g’itni tuproqqa solgandan keyin darhol sug’orish kerak.
Oziqlantirishda ayniqsa kaliyli va fosforli o’g’itlarni tuproqqa solish maqsadga
muvofiq ema. CHunki kaliy va fosfor tuproq profili bo’yicha deyarli
harakatlanmaydi. Azotli o’g’itlarning nitrat anioni hxarakatchan bo’lgani sababli
tuproqqa solingandan boshlab pastki qatlamlarga qarab harakatlanadi. SHuning
uchun undan o’simlik foydalanadi.
O’simliklarning o’suv davrida ozilantirish bir qator omillarga bog’liqdir.
1. Agar qishloq xo’jalik ekinlariga beriladigan o’g’itlarning yillik normasi katta
miqdorda bo’lsa,
2. Ekilayotgan qishloq xo’jalik ekinlarining biologik xususiyatlariga bog’liq.
3. Tuproq tarkibidagi ozuqa moddalarning miqdoriga bog’liq.
4. Qishloq xo’jalik ekinlariga qo’llaniladigan o’g’itlarning shakllariga bog’liq.
5. Qo’llaniladigan o’g’itlarning tuproq tarkibidagi xarakatchanligiga va
ularning tuproqda mustahkamlanib ushlanib qolishiga bog’liq.
6. Tuproq-iqlim sharoitiga bog’liq.
7. Qishloq xo’jalik ekinlarining vegetatsiya davrining uzun qisqaligiga va har
xil o’suv fazalarida oziq elementlariga bo’lgan talabining turlicha bo’lishiga va
boshqalar.
O’g’itlarni qator oralarga solib oziqlantirish, masalan, g’o’za 2-4 ta chin barg
chiqargan davrdan boshlanadi.
Agar azotning yillik normasi har gektarga 250 kg fosforlik ham 250 kg
kaliyniki esa 100 kg bo’lsa, fosforning 180 kg kaliyning 50 kg kuzgi haydovda
azotning 20 kg ekishdan oldingi ishlovda, 20 kg azot va 20 kg fosfor ekish bilan birga
beriladi.
O’g’itlarnin oziqlantirishda qanday sharoitlarida beriladi:
1. Ekishgacha bo’lgan davrda. O’g’itlar solinmagan yoki yetarli darajada
solinmagan bo’lsa.
2. CHopiq talab ekinlarga yuqori dozalarda mineral o’g’itlar ajratilgan bo’lsa.
3. Oziqlantirishda azotli o’g’itlarning tuproqda xarakatchan bulgan shaklaridan
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
5. O’g’itlarni donadorlashtirish va uning ahamiyati.
Mineral o’g’itlarni donador qilishdan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:
1. Ular mushtlashib qolmaydi.
2.
Donadorlashtirilgan
o’g’itlarni
tuproq
yuzasiga
sochiluvchanligi
yaxshilanadi va tuproq yuzasiga bir tekisda tushadi.
3. Boshqa o’g’itlar bilan aralashmalar tayyorlaganda bir tekisda aralashadji.
4. Donadorlashtirilgan o’g’itlarning taosiri poroshok holidagi o’g’itlarnikiga
nisbatan ancha yaxshi bo’ladi.
5. Donadorlashtirilgan o’g’itlarning gigroskopikligi kristall va poroshok
holidagi o’g’itlarnikiga nisbatan ancha kam bo’ladi.
6. Mineral o’g’itlardan foydalanishni rejalashtirish va o’g’itlash normasini belgilash.
Almashlab ekishda o’g’itlar sistemasini ishlab chiqishda eng muhim va
murakkab
maqsadlardan
biri
o’g’itlash
normasini
belgilashdir.
Ekinlar
hosildorligining ortishi o’g’itlarnming normasi ortishi bilan qishloq xo’jalik
ekinlarini hosildorligi ham bevosita ortadi, bunda olinadigan mahsulot sarflangan
oziq moddalarni ancha ortig’i bilan qoplashga erishiladi. Bunday intervalda
normadan ortiq solingan o’g’it hisobiga ham, shuningdek o’g’it birligi hisobiga ham
ortadi.
O’g’itlash normasini yanada oshirish gektaridan olinadigan osilni ko’paytirish
mumkin. Lekin oshirilgan norma evaziga olingan qo’shimcha hosil va o’g’it birligi
hisobiga olingan maxsulot asta sekin kamayib boradi. Gektaridan olinadigan hosil
maksimal arajga aylangandan keyin kelgusida o’g’itlash normasini oshirishning
hojati yo’q. O’g’itlash normasini oshirish qo’shimcha solingan o’g’itlar miqdori
bilan bog’ldiq barcha sarf haraatlar olingan qo’shimcha hosil qiymati ortig’i bilan
qoplangandagina u iqtisodiy jihatdan foydil hisoblanadi.
Solinadigan o’g’itlardan foydalanish eng asosiy qulay normasini belgilash va
o’g’itdagi oziq moddalarning nisbatini planlashtirishda dala tajribasi natijalari asosi
qilib olindi.
Respublikamizning
turli
tuproq-iqlim
sharoitlarida
jolashgan
tajriba
stantsiyalarida qishloq xo’jaligi sohasidagi ilmiy tekshirish institutlarida va zonal
agrokimyo laboratoriyalarida yagona sxema asosida o’g’itlash bo’yicha dala
tajribalari o’tkaziladi.
Geografik dala tajribalari natijalari umumlashtirilib olingan maolumotlar
asosida tuproq-iqlim sharoitlari agrotexnik usullar va boshqa omillarni hisobga olgan
holda o’g’itlardan foydalanish bo’yicha tavsiyanomalar ishlab chiqiladi.
Geografik dala tajribalari natijalari o’g’itlar taosirining asosiy qonuniyatlarini
aniqlashga o’g’itlarning turi va nisbatiga qrab ekinlarga turli normada solinganda
ulardan olinadigan barqaror qo’shimcha hosil miqdorni belgilashga: o’g’itdan
agronomik va iqtisodiy jihatdan maksimal foyda olish uchun asosiy oziq
elementlarining optimal normasi va nisbatini aniqlashga, mamalkatimizni tabiiy
iqtisodiy rayonlari va viloyatlari bo’yicha o’g’itlarga bo’lgan talabni aniqlashga,
ularni davlat mifqyosida ishlab chiqarishni rejalashtirishga va taqsimlashga imkon
beradi.
Belgilangan miqdordagi hosilni olish uchun agrokimyo xizmati tomonidan tavsiya
qilingan ozuqa elementlarining
nisbati va o’g’itlash normasi
Ekinlar ekiladigan
mintaqalar
umumlashtir
ilgan
tajribalar
ozuqa
moddalar- ning
optimal
normasi
azot, fosfor,
kaliyning o’zaro
nisbati
Kuzgi bug’doy
shimoliy kavkaz
131
140
1:1:0.3
markaziy qoratul vil.
52
140
1:1,2:1,2
Donetsk - predneprovk
426
135
1:1,4:1
janubiy g’arbiy
276
255
1:1,3:1
janubiy
205
130
1:1,2:0.7
Kartoshka (orgnik o’g’it solingan, 200-250 kg/ga)
markaziy
229
205
1:0,7:0,8
janubiy-g’arbiy
170
225
1:0,7:0,8
belorussiya
210
225
1:1,4:1,4
Qand lavlagi (gektaridan 250-300 ts)
markaziy qoratuproq
141
200
1:2,5:1,1
shimoliy kavkaz
70
155
1:1,3:1,1
donetsk - predneprovsk
298
200
1:1:0,8
janubiy-g’arbiy
386
220
1:1,1:1,1
G’o’za (getaridan 25-30 ts)
O’zbekiston
39
340
1:0,7:0,14
Tojikiston
70
340
1:0,7:0,3
Turkmaniston
54
290
1:0,6:0,2
Ozarbayjon
162
275
1:1:0,5
Mineral o’g’itlar birinchi navbatda xalq xo’jaligida muxim ahamiyatga ega
bo’lgan ekinlarga va tuproq-iqlim sharoiti maolum darajada cheklangan joylarga
ajratiladi.
Sug’oriladigan va namgarchilik ko’p bo’ladigan mintaqalarga ko’proq o’g’it
yetkazib berish rejalashtiriladi. Bunday joylarda o’g’itga ketgan harajatlar tezda
ortig’i bilan qoplanadi. Asosan g’o’o’za, qand lavlagi, kartoshka, uzun tolali zig’ir,
shuningdek sabzavot va poliz ekinlari kabi muhim texnika ekinlari ekiladigan
rayonlarga yuqori normalda o’g’it berish rejalashtiriladi.
Mamlakatimizning ayrim zonalari bo’yicha tavsiya qilinadigan o’rtacha
o’g’itlash normalari u yoki bu zonaning haqiqatda o’g’itlar bilan qanchalik
taominlanganligiga va tuproqning unumdorligi darajasiga qarab rejalashtiriladi.
Tuproqning agrokimyoviy ko’rsatkichlari bilan o’g’itlarni samaradorligi
orasida o’zaro munosabatni aniqlash bo’yicha mamldakatimizdagi zonal agrokimyo
laboratoriyalari va ilmiy tekshirish tashkilotlari muntazam ravishda keng ko’lamda
eksperimental kuzatishlar o’tkazib turadilar. Bunday tajribalarda aniqlangan o’zaro
bog’liqliklarga asoslanib tuproq agrokimyoviy ko’rsatkichlarini hisobga olgan holda
rejalashtiriladigan hosilga o’g’it qo’llash bo’yicha tavsinomalar ishlab chiqiladi.
Tayanch iboralar
Ekishgacha, ekish vaqtida, ekishdan keyin, haydov ostiga, bahorda, yozda,
plug, kultivator, oziqlantirgich, yillik norma, doza, o’suv davri, o’g’itlarni tuproqqa
solish, kapillyar naychalar, eroziya, shonalash, gullash, o’g’itlarni donadorlarshtirish,
o’g’itlar normasi, kimyolashtirish darajasi.
Nazorat savollari
1. O’g’itlarni tuproqqa qanday usulda solinadi?
2. O’g’itlarni tuproqqa qaysi muddatlarda solinadi?
3. O’g’itlarning yillik normasi deb nimaga aytiladi?
4. O’g’itlarning dozasi nima va uning o’lchov birligi?
5. O’g’itlarni tuproqqa qanday solish kerak?
6. Haydov ostiga solinadigan o’g’itlarning normalarini gapiring?
7. O’g’itlarni nima uchun ekish bilan birga solinadi va uning ahamiyati.
8. O’simliklarning o’suv davrida nima uchun oziqlantiriladi?
9. O’simliklarni o’suv davrida oziqlantirishni belgilovchi omillar?
10. O’g’itlar nima uchun donador qilinadi?
Adabiyotlar
1.
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989.
2. SHayxov E. T. va b. Paxtachilik. T., 1990.
3. Ermatov A. Sug’oriladigan dehqonchilik. T., 1983.
4. Spravochnik po udobreniya. M. Kolos. 1964.
MA’RUZA 24: ASOSIY QISHLOQ XO’JALIK EKINLARINI O’G’ITLASH
REJA:
1. Kuzgi bug’doyni o’g’itlash
2. Makkajo’xorini o’g’itlash
3. Kartoshkani o’g’itlash
4. Qand lavlagini o’g’itlash
5. G’o’zani o’g’itlash.
6. Tayanch iboralar
7. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
8. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kuzgi bug’doyni o’g’itlash.
Kuzgi bug’doy asosiy oziq-ovqat ekinlaridan biridir. Kuzgi bug’doy
yetishtiriladigan asosiy mintaqalarga shimoliy kavkaz va ukraina respublikasi kiradi.
Bu yerlarda u donli ekinlar strukturasida qariyb 70 % ni tashkil etadi. Bundan
tashqari, kuzgi bug’doy Roissiyaning markaziy qora tuproq va noqora tuproq
mintaqalarida va Belorussiyada anchagina katta maylonlarga ekiladi.
Tuprog’i ohaklangan agrotexnika qoialariga qatiy rioya qilingan va yaxshi
o’g’ilangan yerlarda ulardan yuqori xosil olinadi. Kuzgi bug’doyning ildizi popuk
ildiz bo’lib, asosan tuproqning haydov qatlamida joylashgan. Kuzgi bug’doy asosan
kuzda va bahorda tuplanadi. Kuzgi bug’doy kislotali muxitga ega bo’lgan tuproqlarda
juda yomon o’sadi va neytralga yaqin va neytral muhitli tuproqlarda yahxshi
rivojlanadi.
Kuzgi bug’doy qumli va qumoq tuproqlarda yaxshi rivojlanmaydi va
o’tmishdosh ekinga talabchandir.
Kuzgi bug’doyning 1 t donida somoni bilan birga 35 kg azot 12 kg fosfor va 26
kg kaliyni olib chiqib ketadi. Kuzgi bug’doy azotga juda talabchandir. Ozuqa
elementlarini isteomol qilish asosan kuzgi ekinlarda gullash davrida tugallanadi. Eng
ko’p ozuqa elementlarini tuplanish va nam o’rash davrida qabul qiladi. Kuzgi
bug’doyni shu fazalarda ozuqa elementlari bilan yaxshi taominlanishi muhim
ahamiyatga egadir.
Kuzgi bug’doyning ozuqa elementlariga bo’lgan talabi
rivojlanish davri
azo
t
fosfor kaliy
tuplanish
32
20
23
nay o’rash
56
37
78
gullashi
85
79
100
mum pishiqlik
100 100
84
Kuzgi bug’doy organik o’g’itlarga ham juda talabchan bo’lib, har gektariga 20-
30 t solinadi.
Organik o’g’itlarni haydov ostiga solinadi. Bunda yarim chirigan go’ngdan
foydalaniladi. Kuzgi g’allali ekinlarning, xususan, kuzgi bug’doyning hosiliga
mineral o’g’itlarning taosiri tuproq-iqlim sharoitiga bog’liqdir. Fosforli va kaliyli
o’g’itlarni to’g’ri qo’llash, kuzgi bug’doyni qishki sovuqqa chidamliligini oshiradi va
yotib qolish xususiyatini kamaytiradi. Yosh o’simliklarda qand moddalarini
to’planishini ko’paytiradi.
Azotli o’g’itlar unumdorligi past tuproqlarda ko’chli taosir ko’rsatadi. Azotli
o’g’itlar asosiy o’g’it sifatida plug ostiga solinadi yoki kultivator va diskali borona
bilan tuproqqa ko’miladi. Kuzgi bug’doyni azot bilan ortiqcha oziqlantirish natijasida
o’simlikda qand moddalarini to’planishini kamaytiradi va qishlovga chidamliligini
kamaytiradi.
Qishi iliq bo’ladigan, bahori issiq, tuprog’i tez qurib qoladigan va azotli
o’g’itlarning yuqilish xavfi bo’lmagan janubiy mintaqalarda organik o’g’itlarning
to’liq normasini haydov ostiga solsa ham bo’laveradi. Qatorlarga solinadigan
fosforning dozasi har gektariga 10 kg bo’lib, donadorlashtirilgan superfosfat beriladi
yoki tarkibida kompleks o’g’itlardan foydalaniladi.
Geografik dala tajribalarini natijalariga qaraganda har gektariga toza holda 10
kg yoki o’g’it ko’rinishida 50 kg superfosfat ekish bilan berilganda chimli podzol
tuproqlarda har gektardan 3-4 ts sur tusli tuproqlarda 2,8 ts, azotdagi janubiy va
ishqorsizlangan qora tuproqlarda 1,8 ts karbonatli qora tuproqlarda 3,7 - 4 ts
qo’shimcha hosil olingan.
Kuzgi bug’doyni bahorda oziqlantirilganda ammiakli selitra ammoniy sulfat va
mochevinadan foydalaniladi. Erta bahorda kuzgi bug’doyni ammiakli selitra bilan
oziqlantirilganda eng yaxshi samaradorlikka erishiladi. CHunki kuzgi bug’doyning
azotdan foydalanishi yaxshi kechadi yaoni selitradagi ammoniy azot tuproqning yuza
qatlamida ushlanib tursada, nitrat anioni yuvilib ildiz tarqalgan qatlamga tushadi.
Kuzgi bug’doydan sug’orilmaydigan sharoitda 50-55 ts har gektaridan hosil olish
uchun chimli podzol tuproqlarda: go’ng har gektariga 30-40 va 120-170 kg azot, 70-
100 kg fosfor, 40-60 kg kaliy solinadi, ko’p yillik o’tlardan keyin azot 120-170 kg,
fosfor, 150-180 kg, kaliy 120-150 kg, ishqorsizlangan, fosfor va kaliyning
harakatchan shakllari bilan yuqori darajada taominlangan qora tuproqlarda 30 t
go’ng, 50-90 kg azot va 40-70 kg fosfor, toza shudgorda azot 60-1000 kg, fosfor 80-
120 kg, kaliy 60-90 kg, har gektariga sug’orilib dehqonchilik qilinadigan sharoitda
tuproq-iqlim sharoitini va agrotexnik fonlarni hisobga olgan holda azot 60-120 kg,
fosfor 60-90 kg, kaliy 30 kg solinadi.
2. Makkajo’xorini o’g’itlash.
Makkajo’xori ham silos uchun ham don uchun ham yetishtiriladi.
Makkajo’xorini don uchun quyidagi mintaqalarda yetishtiriladi. SHimoliy kavkazda
markaziy qoratuproqning janubiy qismida, Quyi Volga bo’yida, O’rta Osiyo
respublikalarida.
Nam yetarli bo’lmagan sharoitlarda makkajo’xorining o’tmishdoshlari kuzgi
g’allali ekinlar va don dukkakli ekinlar makkajo’xori oziqlanish rejimiga ancha
talabchandir. Makkajo’xori yaxshi havo almashinadigan yengil mexanik tarkibli va
neytral muhitga ega bo’lgan tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Ildizning eng ko’p
massasi asosiy haydov qatlamida joylashadi. Makkajo’xori oziq moddalarni butun
vegetatsiya davomida yaoni doni dumbul bo’lgunga qadar talab qiladi. Lekin ro’vak
chiqarishdan gullashgacha bo’lgan davrda ozuqa moddalarni aynpiqsa ko’p talab
qiladi. Makkajo’xori sut pishiqlik davriga kelib 90 % ozuqa moddalarni va 20 %
quruq mddalarni to’pldaydi. Makkajo’xorining doni dumbul bo’lganda ozuqa
elementlari miqdori maksimal darajga yetadi. Har gektardan 100 ts doni va
ikkilamchi mahsulotlar bilan birga olinganda 34 kg azot, 12 kg fosfor va 37 kg kaliy
chiqib ketadi. 100 ts ko’k massa bilan 25 kg azot, 12 kg fosfor va 45 kg kaliy chiqib
ketadi.
Makkajo’xori organik o’g’itlarni solishga juda talabchandir.
Organik o’g’itlar chimli podzol tuproqlarda har gektarga 40-50 t, o’rmon dasht
zonasmida 20-30 t, dasht zonasida 20 t soldinadi. O’rmon dasht zonasidagi
tuproqlarda har gektariga 20 t go’ng solinganda olingan qo’shimcha hosil donidan 4-
9 ts, silosdan esa 90 ts gacha tashkil etadi.
Namgarchilik yetarli yoki ortiqcha bo’lgan mintaqalarda azotli o’g’itlarni
bahorda kultivatorlar bilan beriladi.
Fosforli va kaliyli o’g’itlarni haydov ostiga solinadi. Faqat namgarchilik ko’p
mintaqalarda yengil mehanik tarkibli tuproqlarda kaliyni bahorda sepiladi. Kaliy
yetishmasligi oqibatida makkajo’xorining yotib qolishi kuzatiladi.
Makkajo’xorida birinchi oziqlantirishni uning balandligi 15-20 sm ga yetganda
o’tkaziladi. O’g’it kultivator oziqlantirgichlar bilan olib boriladi. O’g’itni
makkajo’xori qatorining har ikki tomonida 10 sm uzoqlikda solinadi. Ohak solingan
tuproqlarda hamma turdagi azotli o’g’itlar makkajo’xori hosiliga bir xil taosir qiladi.
Sug’oriladigan sharoitlarda esa ammiakli selitra va mochevina ancha yaxshi taosir
ko’rsatadi.
3. Kartoshkani o’g’itlash.
Kartoshka muhim oziq-ovqat va texnik ekinidir. Kartoshka asosan Rossiya,
Ukraina va Belorussiyada yetishtiriladi. Kartoshka kuchsil kislotali muhitda ancha
chidamli bo’lsa ham, uning uchun optimal reaktsiya rN=5,5-6 ga teng. Kuchli va
o’rtacha kislotali muhitga ega bo’lgan tuproqlar meyorida ohaklansa kartoshka yaxshi
o’sib rivojlanaveradi. Lekin kislotali yerlar to’liq normada oxaklansa kartoshka
parish kasaliga uchraydi. Kartoshkaning ildizi popuksimon bo’lib, asosan haydov
qatlamida joylashadi. Gullash davrining oxiriga kelib kartoshkaning palagi to’la
shakllanib olganda umumiy ozuqa moddalarning 2/3, 3/4 qismini o’zlashtiradi.
Asosiy kartoshka ekiladigan zonalarda ekinni yuqori agrotexnika asosida parvarish
qili har 100 ts tuganak va shuncha miqdorda palak va palak yetishtirish uchun 40-60
kg azot, 15-20 kg fosfor va 60-90 kg kaliy sarf bo’ladi. Kartoshkaning ildiz sistemasi
nisbatan kuchsiz rivojlanadi. O’suv davrining boshlarida tuproqdan qiyin eriydigan
oziq moddalarni yaxshi o’zlashtira olmaydi.
Kartoshkaning tezpishar navi g’unchalash va gullash davrida o’rta pishar va
kechpishar navlari esa palagi jadal o’sayotgan va tuganaklar hosil bo’la boshlagan
paytda ozuqa elementlarni eng ko’p miqdorda talab qiladi. O’simliklarni ayni shu
paytda hamma turdagi ozuqa elementlari bilan yetarli darajada taominlash hosilning
shakllanishida nihoyatda katta rol o’ynaydi.
Tuganak hosil bo’lish vaqtida kartoshka tuproqdan o’g’it tarkibidagi
shuingdek palagida olinroq hosil bo’lib to’plangan ozuqa moddalardan foydalanadi.
Kartoshka palagi, tuganaklarni o’sishi va ozuqa moddalarni to’lanishi (Lorx navi), %
Rivojlanish
fazalari
-
oylar
palagi tugana
gi
azot fosfor kaliy
iyun
38
6
27
23
20
iyul
100
31
67
75
80
avgust
94
50
91
85
98
sentyabr
86
100
100 100
100
Kartoshka ekiladigan yerga go’ng solishning o’rtacha normasi: chimli - podzol
tuproqlarda gektariga 30-40 t, qora tuproqli yerlarda 15-20 t solinadi.
Ko’pgina dala tajribalarining maolumotlariga qaraganda, chimli-podzol
tuproqlarda, har gektariga 120 kg azot 120 kg fosfor va 90-120 kg kaliy solinganda,
olingan hosil 195-226 ts ni tashkil etadi. Qo’shimcha hosil 72-85 ts ni tashkil etadi.
Och sur tusli va sur tusli o’rmon tuproqlarda har gektariga 120 kg azot, 90 -120
kg fofor va 120 kg kaliy solinganda, olingan hosil har gektariga 172 -200 ts ni,
qo’shimcha hosil esa 62-82 ts ni tashkil etdi.
Ishqorsizlangan qora tuproqlarda va to’q sur tusli azot, 60-120 kg fosfor va 90-
120 kg kaliy solinganda, olingan hosil har gektar hisobiga 165-209 ts ni tashkil etgan.
4. Qand lavlagini o’g’itlash.
Qand lavlagi turli tuproq-iqlim sharoitlarida yetishtiriladi, lekin sanoat asosida,
asosan Rossiyaning Markaziy Qora tuproq mintaqasida va Ukrainaning o’rmon dasht
mintaqasida ko’p yetishtiriladi.
Qand lavlagi uchun tuproqning mo’otadil reaktsiyasi neytralga yaqin yoki
kuchsiz ishqoriy bo’ladi.
Qand lavlagi uchun eng yaqin yaxshi o’tmishdosh ekin bu yaxshi o’g’itlangan
kuzgi g’allali ekinlardir. Tuproqdag ozuqa moddalarni olib chiqib ketishiga ko’ra
qand lavlagi ancha oldingi o’rinlarni egallaydi. Har gektaridan 100 ts ildizmeva
yetishtirilganda, 50-60 kg azot, 15-20 kg fosfor, va 60-90 kg kaliyni olib chiqib
ketadi. Qand lavlagining ildizi yo’g’onlashgan bonitrovka qismidan va ingichkalashib
boradigan qismdan iborat bo’ladi. Yonboshga 40-50 sm va 2-2,5 m chuqurlikka kirib
boradi. Qand lavlagi yetishtirladigan maydonlarni tarkibida bor elementi bo’lgan
o’g’itlar bilan o’g’itlash maqsadga muvofiqdir. CHunki bor yetishmasa qand
lavlagining o’zagida chirish kasali paydo bo’ladi. Qand lavlagi avgustning
boshlanishiga qadar ozuqa moddalarning 70 % ni isteomol qiladi. Bu vaqtga kelib 60
% quruq modda hosil bo’ladi. Qolgan 30 % ozuqa moddalar keyingi 1,5 oyda qabul
qilinadi va ildizining hosili shakllanadi yoki ildizi kattalashadi.
Qand lavlagining tig’iz oziqlanish davri barglarinig paydo bo’lish djavriga
to’g’ri keladi va shu vaqtda umumiy ozuqa moddalarning 25-30 % ni qabul qiladi.
Qand lavlagi uchun organik fosforli va kaliyli o’g’itlar kuzgi haydov ostiga
solinadi. Namgarchilik yetarli bo’lmagan sharoitlarda azotli o’g’itlarni ham kuzda
haydov ostiga solish mumkin. Sug’oriladigan sharoitlarda 2-3 marta oziqlantirish
mumkin. Bunda har gektariga 20-40 kg dan azot va 20-40 kg dan kaliy solinadi va
sug’oriladi.
Ekish bilan birga qatorga 15-20 kg fosfor donador superfosfat ko’rinishida
beriladi. Agar sistemali ravishda o’g’itlarni yuqori dozalarda ishlatilsa, o’g’itlarni
qatorlarga solishga hojat qolmaydi.
Go’ngning o’rtacha normasi har gektariga 20 -30 t ni tashkil etadi. Kuzgi
haydov ostiga solinadi.
Qand lavlagi uchun eng yaxshi azotli o’g’it natriyli selitradir. Kaliyli
o’g’itlarning orasida silvinit yaxshi samara beradi. Fosforli o’g’itlardan esa nordon
reaktsiyali muhitga ega bo’lgan tuproqlarda fosforit uni va pesipitatdan foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
Sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida qand lavlagidan 500-600 ts ildiz hosili
olish uchun har gektarga 20-30 t go’ng va 90-150 kg azot, 40-90 kg fosfor va 40-60
kg kaliy solish kerak. Sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida fosforli, kaliyli o’g’itlar
va go’ng kuzgi haydov ostiga azotli o’g’itlar esa ekishdan oldin kultivatsiya bilan va
oziqlantirishda beriladi.
5. G’o’zani o’g’itlash.
G’o’za O’rta Osiyo respublikalarida bo’z, g’o’z-o’tloqi, o’tloq va o’tloq-
botqoq tuproqlar sharoitida yetishtiriladi. Bu tuproqlarda chirindining o’rtacha
miqdori 1-4 % ni tashkil etadi. Sug’oriladigan yerlarda g’o’zaning ko’p qismi bo’z
tuproqli, shuningdek o’tloq va o’tloq-botqoq tuproqli yerlarga ekiladi. Bu tuproqlar
almashinuvchi kaliy bilan ancha yaxshi taomilangan harakatchan fosfor bilan kam
taminlangan g’o’za neytral va ishqoriy muhitli sharoitda yaxshi o’sadi.
G’o’zaning ildizi o’q ildiz bo’lib, asosiy ozuqa bilan taminlovchi ildizlar 0-60
sm qatlamda joylashgan bo’lib, 1,5-2 m gacha tushib boradi.
G’o’za gullash davrida umumiy oziq moddalarning 80-90 % ni isteomol qiladi.
1 t paxta hosilini olish uchun 60 kg azot, 20 kg fosfor, va 50 kg kaliy sarf bo’ladi.
G’o’zaning fosfor va azotga nisbatan tig’iz oziqlanish davri yosh nihollarning
paydo bo’lishidan 2-4 ta chin barg chiqargunga bo’lgan davr hisoblanadi. Kaliy bu
vaqtda sezilarli darajada ahamiyatga ega emas. Nihollar paydo bo’lgandan keyin azot
yetishmasligi sodir bo’lsa keyinchalik g’o’zada hosilsiz monopodial shoxlar ko’p
paydo bo’lib, hosildorlikning pasayishiga olib keladi. Kaliy g’o’zada hosil
elementlari paydo bo’lish va pishish davrida muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
G’o’zaga o’tmishdosh ekin bu bedadir. Almashlab ekishda asosiy almashlab
ekiladigan ekin bu g’o’za hisoblanadi. SHuning uchun asosan g’o’za beda almashlab
ekish sistemasi qo’llaniladi. Bunda 2-3 dalasi beda qolgan 7-8 dalasiga g’o’za ekiladi.
Almashlab ekishdan keyin tuproq organik moddalar va azot bilan boyiydi. Keyingi
ekiladigan ekin uchun g’o’zaga fosfor va kaliy tanqisligi sezilishi mumkin.
G’o’zaning ozuqa elementlari va quruq moddani to’plashi, % hisobida.
Rivojlanishi
fazalari
quru
q
mod
da
N
R
2
O
5
K
2
O
shonalash
2
4
3
3
gullashning
boshlanishi
12
18
13
18
to’liq gullash 30
50
36
55
pishish
100 100 100
100
Paxtachilik mintaqasida beda uchun birinchi darajali o’g’it fosforli o’g’it
hisoblanadi. Organik o’g’itlar almashlab ekishdan keyin yoki bedadan keyin 4-5-
yillari gektariga 30-40 t kuzgi haydov ostiga solinadi. Bedadan keyingi 1-2- yillarda
g’o’za uchun solinadi azot 3-4-yilarga nisbatan 1-1,5 barobar kam bo’ladi.
Azotli o’g’itlar g’o’zaga birnecha marta soldinadi. Ekishdan oldin ekish bilan
va oziqlantirishda.
Agar azotning yillik normasi har gektariga 100 kg bo’lsa uni faqat
oziqlantirishda beriladi.
Azotning yillik normasi uning miqdori ko’p bo’lsa, uning 20-30 % ekishgacha
bo’ladigan ishlovda beriladi qolgan qismi esa ekishda va oziqlantirishda beriladi.
Fosforli o’g’itlarning normasi tuproq tarkibidagi harakatchan fosfor miqdoriga
qarab belgilanadi. Agar tuproq xarakatchan fosfor bilan past darajada taminlangan
bo’lsa fosforning normasi aralashgan gektariga 150 kg o’rtacha taminlangan bo’lsa
100 kg, qoniqarli va yuqori taminlangan bo’lsa 50 kg solinadi. G’o’za uchun eng
yaxshi fosforli o’g’it bu superfosfatdir. G’o’za ekiladigan maydonlar kaliy bilan
ancha yaxshi taminlangan bo’lsa ham uzoq vaqt dehqonchilik qilinishi va bir necha
yil qotorasiga g’o’za ekilishi natijasida kaliyga ham ehtiyoj seziladi. Agarda kaliyli
ekinlarning yillik normasi 100 kg gacha bo’lsa hammasi haydov ostiga solinadi.
Agarda yilning norma 100 kg dan ko’p bo’lsa, 50-60 % haydov ostiga qolgan qismi
shonalash fazasida beriladi. G’o’zani ekish bilan birga 15-20 kg azot, 20-25 kg fosfor
beriladi. O’g’itlar ur3ug’ qatoridan 5-7 sm yonboshga va 10-12 sm chuqurlikka
solinib urug’ bilan o’g’itni tuproq qatlami ajratib turiladi. Vegetatsiya davrida 3
marta kultivator oziqlantirgich bilan oziqlantiriladi va sug’oriladi.
Keyingi yillarda keng qatorlab g’o’za o’stiriladigan maydonlar tobora kengayib
bormoqda. SHunga ko’ra g’o’zani o’g’itlash usuli va texnikasidan ham odatdagi tor
60 sm qatorlab ekilgandagiga nisbatan bir oz farq bor, agar g’o’za 3 marta
o’g’itlanadigshan byuo’lsa dastlabki 2 marta o’g’itlash tor qatorlab o’stirilgan
g’o’zanikidan farq qilmaydpi, lekin 3-oziqlantirishda o’g’it g’o’za tupidan 30-35 sm
yonboshga va sug’orish egati tubidan 4-5 sm chuqurga berilsa u qatorning o’rtasiga
solinganga nisbatan yaxshi natija beradi.
Er osti suvlari yaqin joylashgan o’tloq, botqoq va o’tloq botqoq tuproqlarda 1-
2- oziqlantirishlar bir yo’la kultivatsiya bilan birga olib boriladi va talab qilinmasa
sug’orilmaydi.
Yer
osti
suvlari
chuqur
joylashgan
bo’z
tuproqlarda
oziqlantirilagnadan so’ng tezlik bilan sug’oriladi. G’o’zani o’g’itlashda o’g’itlarning
belgilangan chuqurlikka tushishiga eotibor berish lozim. Ayniqsa, bu ekish bilan
birga solishda o’suv davrida, o’g’itlashda juda muhimdir. Buning uchun o’g’itlagich
soshniklari aniq kenglikka o’rnatilishi o’g’it hamma tukoprovodlardan bir meyorda
tushishini muntazam ravishda nazorat qilib turishi kerak.
Tayanch iboralar
Kuzgi bug’doy, ohaklangan tuproq, kislotali muhit, o’tmshdosh ekin,
to’planish va nay o’rash, organik o’g’itlar, fosforli o’g’bit, kaliyli o’g’itlar, qatorlarga
solish, bahorda oziqlantirish, sug’orilib, dehqonchilik qilinadigan sharoit,
makkajo’xori, ozuqa moddalar, vegetatsiya davrida, ko’vak chiqarish, gullash, sut
pishiqlik davri, namgarchilik yetarli mintaqalar yotib, qolish, madaniylashgan,
kartoshkani o’g’itlash, parsh kasalli7gi, popuksimon gullash davri, guganak hosil
bo’lish davri, karbonat angidrid gazi, qo’shimcha hosil, qand lavlagi, neytral va
neytralga yaqin, ildiz meva va chirish kasali, g’o’zani o’g’itlasho’, o’q ildiz, 1 t paxta
hosili olish uchun azot yetishmasligi, almashlab ekish, be, oziqlantirish, tuzatish
koeffitsienti , tuproqni harakatchan fosfor bilan taominlanishi, keng qatorlab o’stirish,
yer osti sulari yaqin joylashgan o’g’itlarngi talab qilgan chuqurlikka tushishi.
Nazorat savollari
1. Kuzgi bug’doyni yetishtiradigan mintaqalarni ayting?
2. Kuzgi bug’doy qanday sharoitda xshi o’sad?
3. Kuzgi bug’doyning oziq modalarini eng ko’p qabul qilish davri qachon.
4. Kuzgi bug’doy uchnu organik va fosfor kaliyli o’g’itlar qachon solinadi?
5. Kuzgi bug’doy uchun fosforli va kalyili o’g’itlarni to’g’ri qo’llashning
o’ziga hos xususiyati nimadan iborat?
6. Kuzgi bug’doyga azotli o’g’itlarni qo’llash texnologiyasini gapiring.
7. Kuzgi bug’doyni erta bahorda qaysi o’g’itlar bilan oziqlantiriladi.
8. Makkajo’xori qanday ekin va u qaerlarda yetishtiriladi.
9. Makkajo’xori qanday tuproq sharoitida yaxshi rivojlanadpi.
10. Makkajo’xori oziq moddalarni eng ko’p qabul qiladi.
11. Tuproq iqlim sharoitiga qarab azotli o’g’itlar qanday qo’llaniladi?
12. Oraginik fosforli va kaliyli o’g’itlar qanday qo’llaniladi?
13. Kartoshka qanday tuproq sharoitida o’sadi?
14. Kartoshka oziq moddalarni eng ko’p qachon qabul qiladi?
15. Katoshka uchun organik va mineral o’g’itlarning yillik normalarini ayting.
Adabiyotlar
1.
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989.
2. SHayxov E. T. va b. Paxtachilik. T., 1990.
3. Ermatov A. Sug’oriladigan dehqonchilik. T., 1983.
4. Spravochnik po udobreniya. M. Kolos. 1964.
MA’RUZA 25: AGROKIMYOVIY TADQIQOT USULLARI. DALA TAJRIBASI.
REJA:
1. Dala tajribalari va ularning turlari
2. Dala tajribalarini o’tkzishga qo’yiladigan asosiy talablar
3. Dala tajribasini o’tkazish uchun joy tanlash va tayyorlash
4. Dala tajribasini joylashtirish
5. O’g’itlar bilan qilinadigan dala tajribalarining sxemalarini tuzish
6. Dala tajribasining tadqiqot dasturi
7. Xo’jalik shartnomalarini o’tkazish va o’g’itlar taosirini hisobga olish.
8. Tayanch iboralar
9. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
10. Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Dala tajribalari va ularning turlari.
Agrotexnik tekshirishlarda qo’llaniladigan asosiy usullar ikki guruhga
bo’linadi.
1. Biologik usullar
2. Laboratoriya usullari
Bu usullar deyarli bargalikda qo’llanilib, bir-birini to’ldirib boradi.
Biologik usul: dalada tajribalar olib borish, vegetatsion tajribalar olib borish va
mezimetrik usullarga bo’linadi.
O’g’itlar bilan qilinadigan dala tajribalari - bu dala sharoitida o’tkaziladigan
qishloq xo’jalik ekinlarining hosiliga uning sifatiga, shuningdek tuproq
unumdorligiga o’g’itlarning taosirini aniqlash uchun olib boriladigan tajribalardir.
Biologik tekshirish usuli sifatida dala tajribasining xususiyati shundan iboratki,
madaniy o’simliklarni ishlab chiqarishga yaqin sharoitda o’rganiladi. Yaoni
o’rganilayotgan oboektga to’g’ridan to’g’ri taosir qiladigan tuproq-iqlim agrotexnik
va ishlab chiqarish omillarining mujassamlangan taosiri ostida o’rganiladi.
Dala tajribasi olib borish usuli agrokimyoda keng qo’llaniladi va o’g’itlar
taosirini o’rganishda ulardan ratsional foydalanish usularini ishlab chiqish va asoslab
berish, qishloq xo’jaligida o’g’itlar sistemasini tuzishda keng foydalaniladi. O’g’itlar
bilan qilinadigan dala tajribalari tabiiy dala sharoitida alohida ajratilgan uchatskalarda
o’tkaziladi ularning natijalari amaliy maqsadlar uchun foydalaniladi, qishloq xo’jaligi
ishlab chiqarishi uchun qo’llaniladi. Dala tajribalarining natijalariga asoslanib
mineral o’g’itlar ishlab chiqarish va xo’jaliklarga yetkazib berish bo’yicha ilmiy
asoslangan davat tadbirlari ko’rsatmalari beriladi. Tajribaning o’rni va o’tkazilish
sharoiti, maqsadi, uning qancha davom etish va o’rganiladigan omillaning oz,
ko’pligiga qarab, o’g’itlar bilan qilinadigan dala tajribalari quyidagi turlarga
bo’linadi.
1. Ishlab chiqarish dala tajribalari - to’g’ridan-to’g’ri ishlab chiqarish sharoitida
katta maydonlarda olib boriladi va o’g’itlarning qishloq xo’jalik ekinlari hosiliga va
uning sifatiga taosirini aniqlashga imkon beradi.
2. Statsionar dala tajribalari - bir necha yillar mobaynida bir joyda yoki
almashlab ekish dalasida ekinlarni almashtirilmagan holda doimiy ravishda o’g’itlar
solinib, ularning taosirini o’rganiladi.
3. Bir omilli tajribalarda - biror usulning o’zgarmas agrotexnik sharoitda
qo’llaniladigan o’g’itlarning turlari yoki shakllari yohud normalarining shuningdek,
boshqa sharoitlar bir xil bo’lganda biror agrotexnik omilning taosiri o’rganiladi.
4. Ko’p omilli tajribalarda bir vaqtning o’zida bir necha omilning va ularning
birgalikda qo’llangandagi taosirini o’rganiladi.
5. Qisqa muddatli dala tajribalari. Bunday tajribalar 2-3 yil mobaynida
o’g’itlarning qishloq xo’jalik ekinlari hosili va uning sifatiga taosirini o’rganadigan
dala tajribalaridir.
6. Yakka dala tajribalari bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda alohida
paykallarda har xil sxema bo’yicha o’tkaziladi. Ularning har biri o’zining alohida
dasturi va tadqiqot usullariga ega bo’ladi.
7. Ommaviy dala tajribalari yagona mavzu va sxemalar asosida bir vaqtning
o’zida bir qancha paykallarda o’tkaziladi. Ommaviy dala tajribalari o’g’itlar va
boshqa
agrousullarning
tuproq-iqlim
sharoiti
bog’liq
bo’lgan
taosiridagi
qounniyatlarni aniqlash maqsadida geografik printsip bo’yicha butun mamlakat
hududi maqsadida ham tabiiy iqtisodiy viloyatlar miqyosida ham o’tkaziladi.
8. Tajribalarning geografik turi - bu mamlakatning har xil geografik zonalarda
kelishilgan dastur asosida tajriba o’tkazish tashkilotlari tomonidan olib boriladigan
dala tajribalari majmuidir.
9. Mayda delyankali dala tajribalari. Bundy dala tajribalarining umumiy
maydoni 10 m kv dan oshmaydigan kichik kichik delyankalarda olib boriladi.
10. O’g’itlar bilan o’tkaziladigan mikrodala tajribalari. Tabiiy yoki to’ldirilgan
haydalma qatlamli, dala sharoitida mikrodelyankalarda olib boriladigan tajribalardir.
2. Dala tajribalarini o’tkazish uchun qo’yiladigan asosiy talablar.
Dala tajribasining o’ziga xos tomonlaridan biri o’simlikning tuproq iqlim va
agrotxnik unsurlar majmuida o’rganilishidir. SHu sababdan ham har qanday dala
tajribasini oldiga bir qator uslubi talablar qo’yiladi va ulardan eng asosiylari
quyidagilardan iborat:
1. Tajribaning tipikligi
2. Faqat bitta belgi bilan farqlanish printsipligi
3. Tajribani maxsus ajratilgan maydonlarda o’tkazish
4. Tajribaning aniqligi va to’g’riligi
5. Dala tajribasi bo’yicha yuritiladigan hujjatlarning mavjudligi.
Tajribaning tipikligi
Tajribadan olinadigan natijalarni aynan u o’tkazilgan joyning o’zida
qo’llanilishida tajribaning tipikligi deyiladi. Ayrim hollarda tipiklik tajribaning
tipikligi deyiladi. Ayrim hollarda tipiklik tajribaning reprezentativligi degan ibora
bilan ham ifodalanishi mumkin. Tadqiqotlarda tabiiy -tashkiliy xo’jalik va agrotexnik
sharoitlarga nisbatan tipiklik farqlanadi.
Faqat bitta belgi bilan farqlanish printsipligi.
Uslubiy jihatdan to’g’ri tashkil qilingan tajribaning muhim sharoitlaridan biri
mantiqan bitta belgi bilan farqlanish printsipidir. Boshqacha qilib aytganda
taqqoslanadigan variantlar bir-birlaridan faqatgina bitta o’rganiladigan belgisi bilan
farq qilishi kerak. Masalan, azotli o’g’itlar dozalari ustida o’tkaziladigan
tadqiqotlarda variantlar o’rtasidagi bir-biridan farqlanadigan belgi bu o’g’itlarning
dozasidir.
Boshqa barcha sharoitlar tuproq sharoitlari, o’tmishdosh ekinlar, tuproqni
ishlash usullari, nam, ekish, o’g’itlash muddati, usullari, shuningdek, parvarishlash
barcha variantlarda bir xilda bo’lishi kerak.
Tajribalarni maxsus ajratilgan maydonlarda o’tkazish.
Dala tajribalarini maxsus ajratilgan maydonchalarda o’tkazish faqat bitta belgi
bilan farqlanish printsipining mantiqiy davomi bilan bu talab ham har qanday dala
tajribasida albatta bajarilishi shart.
Tarixiy maolum bo’lmagan maydonlarda amalga oshirilgan tajribalarning
natijalarini ham faqatgina shu tuproq tipi tarqalgan hududda qo’llanilish lozimligini
taqozo qiladi.
Boshqacha qilib aytganda tajribada rejalashtirilgan barcha yumushlar hamma
variantlarda bir kunda bajarilishi kerak. Birorta sabab bilan navbatdagi
rejalashtirilgan ishni bir kunda tugatishni imkoni bo’lmasa, bitta takrorlikni barcha
variantlarida birinchi kungi qolgan takrorliklani esa ikkinchi kuni bajariladi.
Bundan tashqari, tuproqni ishlash, ekish va nihollarni parvarishlashda
qo’llaniladigan barcha moslamalar, birinchidan, zamonaviy, ikkinchidan, barcha
variantlarda bir xilda bo’lishi kerak.
Tajribaning aniqligi va to’g’riligi.
Qishloq xo’jalik ekinlarining hosili va maxsulot sifati tajribada o’rganilayotgan
variantlarning eng hosil ko’rsatkichlaridir. Hosilni hisobga olish yili bilan tajriba
variantlarida o’rganilayotgan omillarning taosiri miqdori aniqlanadi. O’tkazilagn
tajriba haqqoniy bo’lgandagina xosilni hisobga olish va uning sifatini baholash
maolum bir qimmatga ega bo’ladi. Tajriba haqoniy bo’lishi uchun uning sxemasi,
o’tkazilish uslubiyoti, o’tkaziladigan joy va o’tkazilish shart sharoitlari tadqiqotning
oldiga qo’ygan maqsad va vazifalariga mos kelishi kerak.
Tajribalarning aniq va to’g’riligi bir-biriga bog’liq, lekin mustaqil
tushunchalardir.
Aniqlik tajribadan olingan natijalarni o’ziga hos riyozat usullari bilan hisoblab
topiladi.
Dala tajribalarida uchraydigan xatoliklarni 3 toifaga bo’lish mumikn.
1. Tasodifiy xatolik. Juda ko’p unsurlarning o’zaro taosiri natijasida yuzaga
keladi. Tasodifiy xatoliklar tajribaning aniqligiga sezilarli -sezilmas taosir ko’rsatadi.
Har bir dala tajribasida tasodifiy xatoliklarni yuzaga keltiradigan elementlar mavjud.
2. Sistematik xatoliklar - maolum bir sababing faqatgina bitta yo’nalishdagi
doimiy taosiri natijasida yuzaga keladi. Masalan, unumdorligi jihatidan bir jinsli
bo’lmagan maydonni va riontlarga bo’lib tajriba o’tkazilganda, tuproq unumdorroq
bo’lgan yerdagi hosildorlik boshqa variantlarga nisbatan sezilarli darajada yuqori
bo’ladi.
Qo’pol xatoliklar.
Dala tajribalari oldiga qo’yiladigan talablarning buzilishi oqibatida kelib
chiqadi.
Dala tajribsi bo’yicha yuritiladigan hujjatlarning mavjudligi va ularning diqqat
bilan rasmiylashtirilishi.
Dala tajribalari haqidagi jurnal asosiy hujjat hisoblanadi.
Bu jurnal belgilangan forma asosida tajriba sxpemasi va ish dasturiga muvofiq
keladigan barcha maolumotlar tajriba dalasini tavsifi, qilingan barcha ishlar va
kuzatishlar, hisob kitob va o’lchash ishlari yozib boriladi.
Dala tajriba jurnaliga bu maolumotlar tajribalar bajarilgan vaqtning o’zida
yoki dala tajribalari kundaligi asosida yozib qo’yiladi.
3. Dala tajribasini o’tkazish uchun joy tanlash va tayyorlash.
Dala tajribalari o’tkaziladigan maydonlar bir qator talablarga javob berishi
kerak. Bu talablarni asosan ikkiga bo’lish mumkin.
1. Tajriba maydonchasi tipik bo’lishi kerak. Bu degani tajriba maydonchasi
o’zining xhossalari, unumdorligi va relefi jihatidan tajriba o’tkazilayotan tuman
tuproqlariga aynan mos bo’lish kerak.
2. Tuproq qoplamini bir jinsli bo’lishidir.
Tajriba maydonchasining tarixi. Xo’jalik faoliyati nuqtai nazaridan tarixiy
nomaolum bo’lgan maydonlarda dala tajribalarini o’tkazib bo’lmaydi.
Tajriba uchun tanlab olinadigan maydonda keyingi 3-4 yil ichida bir xil ekin
ekilgan bo’lishi shart. SHuningdek, o’g’itlash va ishlov berish ham maolum bir tizim
asosida amalga oshirilgan bo’lishi kerak. Ayniqsa, tuproqqa solingan ohak, fosforli
o’g’itlar va go’ng uzoq vaqtgacha o’zlarining taosirini saqlab qolishni unutmaslik
kerak.
Tajriba maydonchasining relefi. Dala tajribalarida joyning relefiga
qo’yiladigan talablar tadqiqotlarning maqsadi va yetishtiriladian ekin trlaridan kelib
chiqadi.
Sug’orilib dehqonchilik qilinadigan sharoitda dalaning umumiy qiyaligi 0,05-
0,01 ga teng bo’lishi kerak.
Yuqorida ko’rsatilgan tadbirlar amalga oshirilib bo’lingandan keyin, tajribani
joylashtirish rejasi tuziladi, tajriba variantlarining va qaytarilishlari aniqlanadi,
delyankalarning minimal o’lchamlari va eng samarali shakllari tanlanadi.
4. Dala tajribasini joylashtirish.
Uchastkani
tanlab
va
tayyorlangandan
so’ng
tajriba
variantlarini,
qaytarilishlarini va delyankalarni joylashtiriladi.
Tajribadagi variantlarning soni olib boriladigan tadqiqotning maqsadi va
vazifalar soniing ko’payishi tajriba uchun ajratilgan maydonning kengayishiga,
tuproqning unumdorligi bo’yicha har xilligini kamayishiga olib keladi. Dala
tajribasining sxemasidagi variantlarning soni tajriba o’z oldiga qo’ygan vazifalarini
to’g’ri va aniq bajarilishiga imkon yaratishi lozim.
Variantlarning optimal soni 12-16 ta bo’lishi mumkin. Bundan ortib ketishi esa
tajribani olib borish uslubiyotini murakkablashtiradi.
Tajribadagi bir xil variantlarni bir-biri solishtirish variantlar ulardan aniq,
ishonarli natiejalar olish uchun, ular bir necha marta, tajriba dalasini qamrab oladigan
darajada, takrorlanib keladi.
Bizning sharoitimizda asosan dala tajribalarida 4 marta qaytarilish, baozi
hollarda 3 qaytarilishlar qo’llaniladi. Yuqori aniqlik talab qilinadigan tajribalarda 6-8
qaytarilishlardan foydalaniladi.
Ikki marta qaytarilishlar ko’pincha ishlab chiqarish tajribalarida qo’llaniladi.
Tajribalarni qo’yishda kerak bo’lgan tajriba qaytarilishlari quyidagi formula bilan
hisoblanadi.
n =
Υ
ςα
2
Υ
- variatsiya yoki o’zgaruvchanlik koeffitsienti,
ςα
- o’rtacha nisbiy hatolik.
V. P. Peregudov maolumotlariga asosan variatsiya koeffitsienti 100 m kv.
delyankalar 10 % ga yaqin, 300-500 m kv delyankalar uchun 5-6 %,
madaniylashgan, tekis relefli joylarda, eotibor berib, olib borilgan tajribalarda esa
variatsiya koeffitsienti 5-8 % bo’lishi kerak.
Tajriba dalasidagi delyankalarning umumiy soni N = ln formula bilan
aniqlanadi. Bunda N - delyankalarning umumiy soni l - variantlar soni, n -
qaytarilishlar soni.
Tajriba delyankalarining maydoni yuzaga keladigan shart- sharoitlarga qarab 1
m kv dan 1000 m kv gacha o’zgarib turishi mumkin. Lekin shuni har doim esda tutish
lozimki, delyankalarning katta kichikligi to’g’risida rasmiy hujjatlar mavjud emas.
Delyankalarning maydoni aniq sharoitdan kelib chiqqan holda tajribadan to’g’ri
variantlar ishonarli natijalar olinishini hamda tajribada ishlatiladigan qishloq xo’jaligi
mashinalarini hisobga olgan holda tanlanadi.delyankalarning maydoni umumiy
variantlar xisobga olinadigan maydonlarga bo’linadi.
Agar delyankalarning kattaligi 50 m kv dan ortiq bo’lsa, cho’zinchoq
shaklidan, agar delyankalarning maydoni 10-20 m kv ni tashkil etsa, kvadrat
shaklidan foydalanish kerak. Tajriba dalasining umumiy shakli kvadrat shakliga ega
bo’lgani maqsadga muvofiqdir.
Agar tajriba variantlari yoki delyankalari qaytarilishlar bitta rsga joylashtirilsa,
har bir qaytarilishda variantlar sistemali tartib bilan joylashaveradi. Bundan tashqari
yana tajriba variantlarini variantlar delyankalarni qaytarilishda joylashtirishning
favqulodda yoki rendomizatsiya usuli ham bor. Bunday usulda variantlarni
joylashtirish uchun variantlarning nomerlari yozilgan tablitsalar tuziladi va shu
tablitsadan favqulodda bita son tanlanadi va shu son variantga nomer qilib qo’yiladi.
Bitta xaltachaga variantlarning nomerlari yozilgan chiptalar solinadi. Qo’lni shu
xaltaga chiqib to’g’ri kelgan chiptani olinadi variantlar undagi sonni variantga nomer
qilib qo’yiladi.
5. O’g’itlar bilan qilinadigan dala tajribalarining sxemalarini tuzish.
Dala tajribalarini sxemalarini tuzayotganda variantlar sonini kam bo’lishiga
intilish kerak.
Azotli, fosforli va kaliyli o’g’itlarning taosirini o’ranish uchun 8 variantli
tajriba sxemasidan foydalaniladi.
1. Kontrol o’g’itsiz variant
2. Faqat azotli o’g’itlar solinadi
3. Faqat fosforli o’g’itlar solinadi
4. Faqat kaliyli o’g’itlar solinadi
5. Azotli + fosforli o’g’itlar solinadi
6. Azotli + kaliyli o’g’itlar solinadi
7. Fosfor + kaliyli o’g’itlar solinadi
8. Azotli + fosforli + kaliyli o’g’itlar solinadi.
Bunday sxemada qo’yilgan tajriba mineral o’g’itlarning alohida-alohida
variantlar ularni birgalikdagi taosirini o’rganish imkonini beradi. Lekin bunday ko’p
variantli tajribalarni olib borish ancha qiyinchiliklarni tug’diradi. Tajribani
kattalashtirib yuboradi, olinadigan natijalarni aniqligiga salbiy taosir ko’rsatadi.
6. Dala tajribasini tadqiqot dasturi.
Tajriba dasturida hamma qilinadigan ishlar mufassal yoritilib yoziladi.
1. Tanlangan mavzuning qanday darajada o’rganilganligi to’g’risida.
2. Tanlangan mavzuni variantlar vazifalari, maqsadi qanday nazariy va ilmiiy
ahamiyatga ega ekanligi., tajriba sxemasi beriladi.
3. Ilmiy jihatdan qanday yangilik ekanligi.
4. Tajriba o’tkazishning usullari yoziladi
a) tuproqning agrokimyoviy xususiyatlarini o’rganish
b) tuproqning agrofizikaviy xususiyatlarini o’rganish
v) ekilayotgan ekin uchun fenologik kuzatuvlar, yaoni o’sish va rivojlanishini
maolum bir muddatlarda kuzatib borish kalendari beriladi.
g) ekilayotgan ekinning fiziologik xususiyatlarini o’rganish
d) tajriba uchun ekilgan ekindan olingan hosil natijalari
e) ishlatilan o’g’itlarning yoki boshqa har xil agrotexnik tadbirning iqtisodiy
samaradorligini hisoblash kabi bir qator tadbirlar yoziladi.
7. Dala tajribasini qo’yish va olib borish.
Dala tajribasini qo’yishda va olib borishda uslubiy sharoitlarni bajarish
aniq natijalar olishni muhim shartidir.
Uchastkani tajriba qo’yishga tayyorlangandan keyin dala tajribasini rejada
tuziladi. Rejada tajribaning variantlari qaytarilishlar va ularning qanday joylashtirish
delyankalarning katta kichikligi va shakli himoya zonalari aks ettiriladi.
Tajriba olib borish qoidalari, talablarini to’la saqlagan holda tajriba rejasiga
qarab rejadagi tajribani dalaga ko’chiriladi va tajriba dalasining chegaralari
aniqlanadi. Tajriba dalasini bo’lib bo’lgandan keyin o’g’itlar solinsa, haydalsa va
boshqa agrotexnik tadbirlar o’tkazilsa, qoziqchalar turiladi va shu variantda ish
tugagandan so’ng yana o’z joyiga qoqib qo’yiladi.
8. Xo’jalik sharoitlarida ishlab chiqarish dala tajribalarini o’tkazish va o’g’itlar
taosirini hisobga olish.
Ko’pgina xo’jaliklarda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida fan va
ilg’or tajribalarni keng tadbiq qilish uchun kompleks ilmiy ishlab chiqarish tajribalari
olib boriladi. Ularning vazifalariga ilmiy tekshirish muassasalari tomonidan tavsiya
etilgan qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini oshirishning yangi usularini oldindan
sinab ko’rish kiradi.
Ishlab chiqarish tajribalari to’g’ridan to’g’ri xo’jaliklar sharoitida olib boriladi
va fanda erishilgan yutuqlarni va kashfiyotlarni qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida
muvaffqaiyatli qo’llashga tadbiq qilishga ishlab chiqarishni rivojantirishga imkoniyat
yaratadi. Eng yaxshi agrotexnik usullarni va ularni samaradorligini aniqlashga
imkoniyat yaratadi. Ishlab chiqarish tajribalarida variantlar va qaytarilishlar soni ko’p
bo’lmaydi.
Tadqiqot
dasturida
tajribada
olib
boriladigan
jarayonlarni
mexanizatsiyalashni inobatga olish juda muhimdir. Yaoni yerlarni ekishga
tayyorlash, ekish, ishlov berish va hosilni yig’ishtirib olish kabi jarayonlar shular
jumlasiga kiradi.
Nazorat savollari
1. Dala tajribalari olib borish usulini o’ziga xos xususiyatlari
2. Dala tajribasi olib borish usuli agrokimyoda qanday maqsadlarda
qo’llaniladi?
3. Dala tajribasi olib borish usuli necha turga bo’linadi?
4. Dala tajribasini tipikligi deganda nimani tushunasiz?
5. Tajribaning aniqligi nima?
6. Xatoliklar necha xil bo’ladi?
7. Tajriba maydonchasining tipikligi nima?
8. Tajriba maydonchasining tarixini o’rganishni bayon eting?
9. Rekognostirovka ekin ekish nima?
10. Dala tajribasining varianti, uning soni va ahamiyati?
11. Dala tajribalaridan qaytarilish nima va ularning ahamiyati? 12.
Delyankalarning katta-kichikligiga, o’lchamiga qanday omillar taosir qiladi.
13. Himoya zonasi nima va uning ahamiyati nimadan iborat?
14. Rendomizatsiya usuli qanday usul?
15. Ishlab chiqarish dala tajribalari qaerlarda va nima maqsadda olib boriladi?
16. Dala tajribalaridagi qaytarilish nima va ularning ahaiyati nimadan iborat?
17 Tajriba delyankalarining maydoni, uning o’lchamlari va turlari.
18. Tadqiqot dasturida nimalar yoritiladi?
19. Tajriba rejasi nima va unda nimalar aks ettirilishi kerak?
Adabiyotlar
1.
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989.
2.
Metodika polevqx opqtov s xlopchatnikom. T., 1981.
3.
Dospexov B. A. Metodika polevogo opqta. M., Kolos. 1979.
4.
Musaev B. S. Tajriba ishlari uslubiyoti. T. 1995.
MA’RUZA 26:.V YEGETATSION VA MIZEMETRIK TAJRIBALAR.
REJA:
1. Vegetatsion tajribalarning mohiyati va turlari.
2. Tuproqli vegetatsion tajribalar.
3. Qumli vegetatsion tajribalar.
4. Suvli vegetatsion tajribalar.
5. Ozuqa aralashmasini tayyorlash.
6. Lizimetrik tajribala va lizimetrlarning turlari.
7. Tayanch iboralar
8. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
9. Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Vegetatsion tajribalarning mohiyati, ahamiyati va turlari.
Vegetatsion tajribalar olib borish uslublari agrokimyoda keng qo’llaniladigan
uslub bo’lib, bunda o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun muhim bo’lgan
omillar namlik harorat yorug’lik ozuqlanish va boshqalarni boshqarish va xisobga
olish anchagina qattiq tartib ostida olib boriladi.
Agrokimyoda vegetatsion tajribalar olib borish uslubliyotining rivojlanishining
Bussengo, Timiryazev, Pryanishnikov,Kossovich,Gedroyts va boshqa ko’pgina
olimlarning olib borgan ishlari bilan bog’liqdir. Agrokimyoviy tekshirishlarda
vegetatsion uslubni vazifasi jarayonlarning mohiyatini ochish va aloxida omillarning
ahamiyatini, birinchi galda o’simlik , tuproq va o’g’itlarning rolini, ana shu rolni
aniqlashga imkon beradigan qulay sharoitlarda aniq bilib olishdan iboratdir, degan
edi D.N. Pryanishnikov.
Tadqiqot maqsadlariga qarab vegetatsion uslub mustaqil yoki dala tajribalariga
qushimcha ravishda o’tkazilishi mumkin. Vegetatsion tajribalar suniy yoki yarim
suniy sharoitlarda o’tkaziladi va ularda o’simliklarning oziqlanishi, tuproqlarning suv
rejimi hamda ularda sodir bo’ladigan ayrim kimyoviy, fizik-kimyoviy va fiziologik
jarayonlar o’rganiladi.
Vegetatsion tajribalarda o’rganish obekti bo’lib, o’simlik, tuproq va o’g’it
xizmat qiladi.
J. Bussengo birinchilardan bo’lib, tajriba o’tkazishning vegetatsion usulidan
foydalangan va aytish mumkinki, shu usulning asoschilaridir biridir.
K. A. Timiryazev vegetatsion tajribalarni o’simliklarning oziqlanishini
o’rganishdagi muhim usul sifatida yuqori baholagan edi.
Tuproq , o’simlik va o’g’itlar orasidagi o’zaro taosir jarayonining alohida
xususiyatlarini bilish, o’rganish uchun yana ham aniqroq maolumotlar olish uchun
vegetatsion
tajribalardan
foydalaniladi.
Vegetatsion
tajribalar
yordamida
o’simliklarning oziqlanishi, o’g’itlardagi oziq-moddalarning o’zlashtirilishi, tuproq
unumdorligi, yaoni dehqonchilikda moddalar aylanishini chuqurroq ochib beradi.
Vegetatsion tajribalarda olib borilayotgan ishlarning maqsad va vazifalariga
qarab, yetishtirilayotgan ekinlar bir necha kungacha yoki to’liq pishguncha ham
turishi mumkin. Ko’p yillik tajribalarda esa byuir necha yillargacha ham
yetishtirilishi mumkin.
Bunday tajribalar sunoiy sho’aroitda, maxsus va vegetatsion uylarda, idishlarda
olib boriladi.
Vegetatsion tajribalar bir necha xil bo’ladi:
- tuproqli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish;
- qumli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish;
- suvli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish;
- oqib turadigan eritmalarda ekin o’stirish.
- alohida ajratib qo’yilgan sharoitda oziqlantirish va boshqalar.
Lekin bu ularning orasida, asosan uch turidan ko’proq foydalaniladi:
- tuproqli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish;
- qumli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish;
- suvli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish;
Har xil ko’rinishdagi vegetatsion tajribalarni olib borish uchun: vegetatsion
uychalar, issiqxonalar, turli pavil’onlar, sunoiy iqlim joriy qilish, fitotronlar va
boshqa qurilmalardan foydalaniladi.
2. Tuproqli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish
Tuproqli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish o’simlik, tuproq va o’g’it
sistemasidagi o’zaro munosbatlarni o’rganishda muhim ahamiyatga egadir. Tuproqli
muhitda olib boriladigan vegetatsion tajribalar o’simliklarni o’g’itga bo’lgan talabini
tezkor aniqlash usuli sifatida ham qo’llaniladi. Tuproqli muhitda olib boriladigan
vegetatsion tajribalarning yana bir muhim tomoni shundaki, dala tajribalarida
uchraydigan turli hodisalarning sabablarini aniqlash maqsadida qo’llanishdir. Lekin
vegetatsion tajribalar hech qachon dala tajribalarining o’rnini bosa olmaydi. CHunki
bu 2 xil ko’rinishdagi tajribalarni amalga oshirishdagi shart sharoitlar bir-biridan farq
qiladi.
Bu borada bitta omilni ko’rsatib o’tishning o’zi kifoya qiladi, yaoni dala
tajribasidagi ekilgan ekinlar ozuqa moddalarni ham haydov qatlamidan, ham haydov
osti va undan ham chuqur qatlamlardan oladilar, vegetatsion tajribalar uchun esa
tuproq namunalari faqat haydov qatlamidan olinadi, xolos.
Qtda o’simlikning butun o’sish va rivojlanishi davrlarida meoyoridagi namlik
saqlanadi va shunga mos ravishda ozuqa elementlarining mobilizatsiyasi ham dala
sharoitidagidan tamomila farq qiladi.
Idishlarga solingan tuproqning harorati ham tamomila boshqacha bo’ladi, bu
o’z navbatida tuproqda kechadigan jarayonlarning dinamikasiga taosir qiladi.
Tuproq strukturasi, uning suv va havo o’tkazuvchanligi, undagi ildiz
sistemasining rivojlanishi ham dala sharoitidagidan tamomiyla farq qiladi. D. N.
Pryanishnikov o’zining 1940 yilda chop etilgan “Agroximiya” darsligida shunday
degan edi: “Dala tajribasining asosiy vazifasi dala sharoitida o’g’itlarning taosir
doirasini o’rganish bo’lsa, vegetatsion usulning vazifasi ayrim omil va jarayonlarni
o’simlik, tuproq, va o’g’itlarga ko’rsatadigan taosirini nisbatan qulay sharoitlarda
ko’rsatib berishdir”.
Tuproqli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish o’simliklarning oziqlanish
rejimini, o’g’itlarning neytrallnish xususiyatlarini o’rganishda aniq natijalar olinadi.
Bunday usulda vegetatsion tajribalar olib borish oddiy, arzon va aniq iyosiy natijalar
beradi, vegetatsion tajribalarning ushbu ko’rinishi ilmiy tekshirish muassasalarida
keng miqyosda qo’llaniladi.
Tuproqli muhitda olib boriladigan vegetatsion tajribalar uchun o’g’itlar dozasi, g/kg
tuproq uchun
Ekinlar
azot
fosfor
kaliy
g’alladoshlar
0,15
0,10
0,10
dukkakdoshlar
0,10-0,15
(0,02-0,04)
0,10-0,15
0,10-0,15
kartoshka
0,12
0,20
0,28
qand lavlagi
0,15
0,22
0,22
zig’ir
0,05-0,07
0,10-0,12
0,06-0,1
kanakunjut
0,20-0,30
0,20-0,30
0,20-0,30
g’o’za
0,24
0,36
0,06-0,09
tamaki
0,20-0,30
0,10-0,20
0,20-0,30
sabzavotlar:
karam
0,15-0,20
0,20-0,25
0,20
pomidor
0,10-0,15
0,10-0,15
0,20-0,35
bodring
0,15-0,20
0,15-0,20
0,20-0,25
sabzi
0,15-0,20
0,20-0,25
0,20-0,25
piyoz
0,10-0,20
0,10-0,15
0,10-0,15
lavlagi
0,15-0,20
0,20-0,25
0,20-0,25
3. Qumli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish.
Qumli muhitda olib boriladigan vegetatsion tajribalarni ham huddi tuproqda
qanday qilib olib borilsa, o’shanday tartibda olib boriladi. Ularning farqi shundaki
qumli sharoitda vegetatsion tajribalar olib borilsa, ozuqa moddalar ozuqa
aralashmalari ko’rinishida beriladi. Qumni tajriba olib borish uchun quyidagicha
tayyorlanadi.
Qum tarkibidagi har xil arlashmalarni eritib yo’qotish uchun qumga
kontsentrlangan xlorid kislota quyiladi. Keyin qum tarkibidan xlorid kislotani
vodoprovod va distsillangan suv bilan ko’p marta yuvilib, to’la tozalanadi.
Tozalanganligini bilish uchun yuvilgan suvdan olib, unga kumush nitrat taosir
ettiriladi. Agar eritmada oq cho’kma hosil bo’lmasa, qum xlorid kislotadan
tozalangan bo’ladi.
Qumni shunday yo’l bilan tozalangandan so’ng qolgan ishlar tuproq bilan
vegetatsion tajribalarni qo’yish va olib borish kabi amalga oshiriladi.
Faqat shuni eslatib o’tish kerakki, qumda vegetatsion tajribalardagi ekinlarga
ozuqa moddalar tayor ozuqa aralashmalari ko’rinishida beriladi.
4. Suvli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish usuli.
Suvli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish uchun 3,5-5 l hajmga ega
bo’lgan shisha yoki polietilen idishlardan foydalaniladi.
Suvli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish uchun substrat distillangan suv,
alohida
maxsus
tajribalarda,
masalan,
mikroelementlarning
xususiyatlarini
o’rganishda, bidistillangan suvdan, baozan esa vodoprovod suvidan foydalaniladi.
Suvli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish foydalaniladigan oziq
aralashmasidagi tuzlarning cho’kmaga tushib qolmasdan to’la erib ketishiga erishish
kerak.
Buning uchun tuzlar navbat bilan, shisha tayoqcha yordamida, aralashtirilgan
holida eritiladi.
Har bir tajriba uchun ko’zp miqdorda oziq aralashmasi kerak bo’lishini hisobga
olib, aralashma bir yo’la ko’p miqdorda tayyorlanadi va og’gi mahkam
berkitiladigan, qora yoki jigar rang tusli idishlarda saqlanadi.
Vegetatsion tajribalar olib borish uchun foydalaniladigan idishlarning 3/4
qismigacha distilangan suv quyiladi. Keyin o’lchov tsilindri yoki pipetka yordamida
tajriba sxemasida berilgan miqdorda oziq aralashmalaridan olib, idishdagi suvga
qo’shiladi va o’sha tajriba olib borish uchun mo’ljallangan idishni yuqori qismidagi
o’lchov belgisigacha suv bilan yetkaziladi va yaxshilab aralashtiriladi. Keyin
taxtadan qilingan, 4-5 ta diametri 1,-2 sm keladigan teshiklari bo’lgan qopqoq bilan
yopiladi.
Suvli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish uchun ishtirok etadigan
o’simliklarning urug’lari avvaldan namlangan doka gazlamada, filtr qog’ozda yoki
qumda yohud termostatda undirib olinadi.
Nihollarning ildizlari 5-7 sm bo’lganda, ularni ehtiyotlik bilan idish
qopqog’idagi teshikchalar orqali oziq aralashmalariga tushiriladi va o’simlikning o’zi
paxta yoki paralon qiyqimlari bilan teshikka mahkamlanadi.
Qopqoqdagi teshiklardan biriga shisha nay o’rnatiladi, bu shisha naydan havo
berib turiladi, o’rtadagi teshikka esa ekilgan o’simliklarni mahkam ushlab turish
uchun karkaslar qo’yiladi. Bunday qopqoqlarni shisha idishlarga mahkam yopishib
turishi uchunularning pastki qismi idish diametridan 0,5 sm kam qilib yasaladi.
SHisha idishlarga 2 qavat g’ilof kiydiriladi yoki qoplanadi.
Birinchi qavat qora metaldan bo’ladi, bu oziq eritmasini va o’simlikning
ildizini yorug’likdan saqlaydi, uning ustidan esa oq rangli qalin material qoplanadi,
bu idini qizib ketishdan saqlaydi.
Bu qoplama g’iloflarni tashqi tomondan mahfkam bog’lab qo’yiladi. Bu
mahkam g’ilof idishning og’zidagi taxta qopqoqni ham yaxshilab berkitish lozim.
Ozuqa eritmasida o’simlik ildizining normal rivojlanishi uchun har kuni shisha
naychadan havo berib turiladi. Suvli muhitda sistemali doimiy ravishda tajriba olib
borilsa, eritma parlanishi mumkin.
SHuning uchun uning belgisigacha distillangan suv bilan to’ldirilib turiladi va
muhit reaktsiyasi tekshirib turiladi.
Butun vegetatsiya davrida ozuqa eritmasi 3-4 marta almashtiriladi.
5. Oziq aralashmalarini tayyorlash.
O’simliklarni sunoiy suhitda yetishtirish masalasi birinchi marta 1842 yilda
Vigman va Pol’stroflar tomonidan izohlab berildi. Ular platinadan tigelga platina sim
qiyqimlarini solib urug’ ekdilar va distillangan suv bilan muntazam ravishda sug’orib
turdilar.
Maolum bir fursat o’tgach, urug’ tarkibidagi zahira ozuqa moddalar
tugagandan so’ng, o’simlik nihollari qurib qoladi. Boshqa bir idishdagi nihollar vaqti-
vaqti bilan kul elementlarining eritmasi bilan sug’orilib turilganda, o’simliklar yaxshi
o’sib rivojlanadi.
1857 yilda botanika fanining namoyondalaridan biri Saks o’simliklarning ildiz
tizmi bo’yicha o’z ilmiy ishini eolon qilib, o’simliklarni oddiy suvda ham gullash
davrigacha o’stirish mumkinligini bayon qildi. Lekin bunda kuzatishlar yirik urug’li
o’simliklar ustida olib borilganligi va ular tarkibida ko’p miqdorda zahira ozuqa
moddalari bo’lishi tadqiqotchining eotiboridan chetda qolgan edi.
1858 yilda Saks va Knop bir vaqtning o’zida bir-birlaridan bexabar holda
o’simliklarni meorida o’sib rivojlanishi uchun yaroqli bo’lgan oziq aralashmalarining
tarkibini eolon qildilar. Bunday oziq aralashmalaridan o’simliklarni suvli va qumli
muhitlarda
yetishtirishda
keng
foydalaniladi.
Oziq
aralashmalari
tuzlar
aralashmasining eritmasidan iborat bo’lib, tarkibida o’simliklar hayoti uchun zarur
bo’lgan barcha makro va mikroelementlarni tutadi.
Oziq aralashmalarini tayyorlashda o’simliklarni ayrim elementlarni kation
holida ayrimlarini anion holda o’zlashtirishini hisobga olgan holda tuzlar tanlab
olinadi.
Bu maqsadda ko’pchilik hollarda kaltsiy nitrat, kaliy nitrat, ammoniy nitrat,
fosfat kisltaning kaliyli va kaltsiyli tuzlari, kaliy sulfat va magniy sulfatlardan
foydalaniladi. CHunki ularning har biri o’z tarkibida ikkitadan oziq elementlarini
tutadi. Elementlar o’rtasidagi maolum nisbatni saqlash uchun bitta oziq elementini
tutgan
tuzlardan
ham
foydalaniladi.
Oziq
aralashmalarini
tayyorlashda
mikroelementlarini eng qulay va eruvchan tuzlari ishlatiladi.
O’simliklarga eng kerakli mikroelementlardan biri - bu temirdir.
Temir xlorid, temir sulfat kabi tuzlar shu maqsadda eng talabga javob
beradigan tuzlardan hisoblanadi.
Temir fosfat yoki temir gidroksidning cho’kmaga tushib qolmasligi uchun
hozirgi paytda temir tsitrat yoki temir tartrat tuzlaridan foydalanish tavsiya etilgan.
Marganets, mis va rux odatda sulfatli yoki xloridli tuzlar holida, molibden esa
molibden kislotaning nitratli yoki ammoniyli tuzlari shaklida, bor borat kislota
shaklida beriladi.
Aralashma tarkibda marganets va borning kontsentratsiyasi 0,1-1,0 mg/l, mis
rux va molibdenning kontsentratsiyasi esa 0,01-0,1 mg/l atrofida bo’lishi talab etiladi.
Har bir oziq aralashmalari barcha ozuqa elementlarini maolum miqdor va nisbatda
tutishi bilan bir vaqtda, undagi vodorod ionlarining kontsentratsiyasi ham mo’tadil
bo’lishi kerak. Ko’pchilik qishloq xo’jalik ekinlari uchun bu ko’rsatkich 5,5-7,8
oralig’ida bo’lishi lozim.
Suvli va qumli muhitlarda o’stiriladigan o’simliklar uchun oziq aralashmalari, bir l
suvda mg hisobida
Aralashma tarkibi
Gel’rigel
’
oziq
ara-
lashmasi
knop
oziq
aralashm
asi
Pryanishni
kov
oziq
aralash-
ma.
Belousov
oz.aral.
yagodin
Grechixa
uchun
oz.ar.
kaltsiy nitrat suvsiz
492
1000
1100
ammoniy nitrat
240
343
kaliy di- gidrofosfat
136
250
360
263
kaliy fosfat
430
kaliy sul’fat
166
temir sul’fat eritmasi
40
kaltsiy gidrofos fat
suvli eritma.
172
Magniy sulfat suvsiz
60
250
60
54
magniy sulfat suvli
716
kaliy xlorid
75
120
160
temir (3) xlorid
25
izi
25
10
natriy xlorid
100
N
3
VO
3
5
2,86
kaltsiy sulfat suvli
344
mis kuporosi
0,197
rux sulfat suvli
0,44
marganets sulfat svli
5
2,63
kobalt sulfat suvli
0,095
Na
2
Mo
4
2N
2
O
0,077
kaltsiy karbonat
500,5
kaltsiy
karbonat
(qo’shimcha)
55,5
20 kundan keyin
Distillangan suv faqatgina vodorod ionini tutgani sababli uzoq muddat
o’simliklar ni sug’orish uchun yaramaydi. Muvozanatlashtirilgan oziq aralashmalari
tarkibidagi kation va anionlarning yig’indi kontsentratsiyalari tahminan 30 ni tashkil
etishi lozim. Oziq aralashmalarining turi hozirgi kunda anchagina bo’lib, ularning
ko’p tarqalanlari jualasiga Knop, Gel’rigul’, D. N. Pryanishnikov, Xogland-Snayders
oziq aralashmalarini kitritish mumkin. G’o’z ustida olib borilagigan tajribalarda
M.A.Belousov taklif etgan oziq aralashmasidan keng foydalaniladi.
Makroelementlar, 1 l svda gr. Mikroelementlar, 1 l suvda mg.
Kaltsiy nitrat suvsiz - 1,11
N
3
VO
3
- 2,0
kaltsiy gidrofosfat suvsiz -
0,20
marganets sulfat - 20
kaliy gidrofosfat - 0,12
mis sulfat - 0,3
kaliy xlorid - 0,075
rux sulfat - 0,5
magniy sulfat - 0,12
(NN
4
)
2
MoO
4
- 0,1
temir (III) - 0,027
kobal’t nitart - 0,1
6. Lizimetrik tajribalar va lizimetrning turlari.
Lizimetrik tajribalar bu o’simlik hayot faoliyatini va tuproq xususiyatlarini
dalada maxsus uskunalar lizimetrlar yordamida tadqiq qilish usulidir. Lizimetr tabiiy
sharoitda tuproq tarkibdagi suvning xarakatini va dinamikasini o’rganish imkonini
beradi. Lizimetrik tajribalar ham dala va vegetatsion tajribalar olib borish usullari
kabi biologik tekshirish usullari qatoriga kirib, bir qator tabiiy falar sohasida keng
qo’llanilmoqda. Lizimetrlar bilan birinchi bo’lib ingliz olimi Dj.Dalton 18-asrning
oxiri va 19-asrning boshlarida tajribalar olib borgan hamda. Atmosferadan tushadigan
yog’in suvlaridan sizot suvlarining oziqlanishidagi roli ochib bergan edi. Yaoni
tushayotgan atmosfera yog’inlarining yerga singishi natijasida sizot suvlarining
ko’payishi, ko’tariligi kabi aloqadorlikni ochib bergan.
Lizimetrda suv sizib o’tadigan tuproq qatlami 20-25 sm dan bir necha m gacha
bo’ladi. Ammo eng ko’p tarqalgan lizimetrlarning konstruktsiyasi bir metrlik tuproq
qatlamida ilashga mo’ljallangan.
Lizimetrlar konstruktsiyalarining xususiyatlariga qarab quyidagilarga bo’linadi.
1. Betonli yoki g’ishtli.
2. Metalldan qilingan.
3. Lizimetrik voronkalar
4. Plastmassa plyonkali lizimetrlar.
1. Betonli yoki g’ishtdan qilingan lizimetrlar odatda ko’p yllik tajribalarni olib
borish uchun foydalaniladi. Ularning yuza maydoni 1, 2, 4 m kv. bo’ladi.
2. Metaldan qilingan lizimetrlar har xil shaklda bo’ladi: tsilindrsimon, kub,
parallelopipet va boshqa shakllarda va hajmlarda bo’ladi. Bunday lizimetrlar ham
tuproqni to’ldirish yo’li bilan ishlatiladi.
3. Lizimetrik voronkalardan faqat tabiiy holdagi tuzilishga ega bo’lgan
tuproqlar uchun foydalaniladi.
Tayanch iboralar
Vegetatsion tajribalar, sunoiy sharoitlar, makro va mikroelementlar, dala
tajribalari, azotli o’g’itlar, mineral o’g’itlar, bahor, yoz, kuz, plastmassa yoki shisha
idishlar, tuzlarni eritish, tsilindr, distsillangan suv, tajribalar, tadqiqotlar, lizimetrlar,
lizimetrik tajribalar, lizimetrik voronkalar, betonli yoki g’ishtli, metalldan qilingan,
plastmassa plyonkali lizimetrlar, Dj.Dal’ton, ozuqa moddalar, oziq aralashmalar,
o’g’itlardan ratsional foydalanish.
Nazorat savollari
1. Vegetatsion tajribalar olib borish usularining moxhiyati, ahamiyati va
turlarini ayting?
2. Vegetatsion tajribalar qanday sharoitlarda olib boriladi?
3. Tuproqli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish tarkibini ayting?
4. Tuproqli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish uchun tuproqlar qachon
va qaerlardan olinadi?
5. Tuproqli muhitda vegetatsion tajribalar olib borishni dala tajribalari usuli
o’rtasidagi o’xshashlik va faqrni ko’rsating?
6. Tuproqli muhitda vegetatsion tajribalar qanday idishlarda olib boriladi? Bu
idishlar qanday bo’ladi?
7. Qumli muhitda vegetatsion tajribalar olib borishni ayting?
8. Qumni qanday qilib tozalanadi?
9. Suvli muhitda vegetatsion tajribalar olib borish usulini gapiring?
10. Idishlarga nihollar qanday o’rnashtiriladi?
11. Nima uchun vegetatsion idishlarning usti qalin materiallar bilan qoplanadi?
12. Necha xil oziq aralashmalarini bilasiz?
Adabiyotlar
1.
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989.
2.
Mednis M.P. - O metodika polevogo i vegetativnogo opita. M., 1941. №5.
3.
Metodika polevqx opqtov s xlopchatnikom. T., 1981.
4.
Dospexov B. A. Metodika polevogo opqta. M., Kolos. 1979.
4. Musaev B. S. Tajriba ishlari uslubiyoti. T. 1995.
MA’RUZA 27: TAJRIBA NATIJALARINI MATEMATIK YO’L BILAN
ANIQLASH USULI.
REJA:
1. Tajriba natijalarini V. P. Peregudovning dispersion analiz usuli bilan
aniqlash.
2. Tayanch iboralar
3. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
4. Foydalanilgan adabiyotlar.
Tajriba natijalarini V. P. Peregudovning dispersion analiz usuli bilan aniqlash.
Tajriba natijalarini matematik yo’l bilan aniqlaning bir necha usullari mavjud.
Bular jumlasiga A.V.Sokolyovning bir necha usullari, B.V.Dospexov usuli va
V.T.Peregudovning dispersion analiz usullari kiradi.
Biz quyida V.T.Peregudovning dispersion analiz usulini ko’rib chiqamiz.
1. Tajribadan olingan hosil delyankalar va qaytarishlar bo’yicha ko’rib
chiqiladi. Bunda hosil ko’rsatkichlari 0,1- aniqlikkacha ko’riladi, yaoni verguldan
keyin bitta son qo’yiladi.
1-jadval
Paxta hosili
tajriba varianti
qaytarilish bo’yicha
yig’indi
o’rtachasi
kontrol’
20,5
20,2
22
23,3
86,86
21,5
№120
34,8
35,1
36,7
37
143,6
35,9
№120 R
2
O
5
-45 36,5
37,4
37,6
38,1
149,6
37,4
№120 R
2
O
5
-90 37,8
38,2
38,9
40,3
155,2
38,8
R=
129,6
130,9
135,2
138,7
Q=534,4
M=3,4
2. Variantlar bo’yicha summasi S hisoblanadi. Qaytarilishlar bo’yicha
yig’indisi R hisoblanadi, Q - variantlar va qaytarilishlar bo’yicha umumiy yig’idisi,
M - tajribadan olingan o’rtacha hosil. Mana shu jadvalda variantlar bo’yicha umumiy
yig’indisi bilan qaytarilishlar bo’yicha olingan umumiy yig’indini qo’shganimizda,
ularning umuiy ko’rsatkichi bir xil bo’lishi kerak.
3. Variantlar bo’yicha o’rtacha hosildorlikni qaytarilishlar bo’yicha berilgan
hosil ko’rsatkichlari bir-biriga qo’shib, qaytarilishlar soniga bo’lamiz va variantlar
bo’yicha o’rtacha hosildorlikni olamiz.
4. Endi tajribadagi eng yuqori hosilni va eng past hosilni olamiz, ularni
qo’shamiz va 2 ga bo’lamiz.
a = (20,0+40,0):2=30,0 ga teng.
Endi jadvaldagi ko’rsatkichlardan kelib chiqib, 2-jadvalni tuzamiz.
2-jadval
tajriba
variantlari
qaytarilishlar
bo’yicha
S
kontrol
-
9,5
-9,8 -8,0 -
6,7
-34,0
№120
4,8 5,1
6,7
7,0 23,6
№120 R
2
O
5
-45
6,5 7,4
7,6
8,1 29,6
№120 R
2
O
5
-90
7,8 8,2
8,9
10,
3
35,2
R =
9,6 10,9 15,2 18,
7
Q=54,4
5. 2-Jadvaldagi hisob-kitobning to’g’ri ketayotganligi tekshirish uchun
quyidagini amalga oshirish kerak. 30 ni qaytarilishlar soniga ko’paytirib, 2-jadvaldagi
S ni ishorasiga qarab ayiriladi yoki qo’shiladi. SHunda birinchi jadvaldagi S ni
ko’rsatkichlari chiqishi kerak.
30*4-34=86 yoki 30*4+23,6=143,6
30*4-29,6= 149,6 yoki 30*4+35,2=155,2
6. Endi 2-jadvaldagi ko’rsatkichlarni kvadratga ko’tariladi va 3-jadval tuziladi.
3-jadval
tajriba
variantlari
qaytarilishlar bo’yicha
S
kontrol
90,3 96,0 64,0 44,9
1156,
0
№120
23,0 26,0 44,9 49,0
557,0
№120 R
2
O
5
-45
42,3 54,8 57,8 65,6
876,2
№120 R
2
O
5
-90
60,8 67,7 79,2 106,1 1239,
0
R
2
=
92,2 118,
8
231,
0
349,7
=
791,7
3828,
2
U
2
=
216,
4
244,
0
245,
9
265,6
=
9071,
9
7.
Σ
r
2
=791,7 Q
2
=54,4
2
=2959,4
Σ
u
2
=971,9
Σ
S
2
=3828,2
8. Olingan natijalar quyidagicha tartibda yoziladi:
Q
2
=2959,4
Keyingi hisoblashlar quyidagi formulalar bilan olib boriladi. Kvadratlarning
umumiy formulasi:
Σ
u
2
-(Q
2
:nm) = 971,9-184,9=787.
9. Dispersion analiz jadvali tuziladi.
4-jadval
dispersiya
turlari
stepeniy
svobodq
kvadratlar
yig’indisi
o’rtacha
kvadrat
umumiy
15
787
qaytarilish 3
13
δ
2
0 21
=
,
variantlar
3
772
qoldiq
9
1,9
δ
2
0 21
=
,
10. Qoldiq o’rtacha kvadratni ildiz ostiga chiqaramiz.
δ
=
=
0 21
0 46
,
,
11. Tajribaning aniqligiga umumiy harakteristika beriladi
Ε =
δ
n
tajriba bo’yicha o’rtacha hosildorlik o’rtasidgi xatolikni
belgilaydi.
12. Har xil variantning orqasidagi o’rtacha hosildorlik farqini aniqligini,
ishonchligini baholash uchun ushbu farqni “E”ning uch marta ko’paytirilgandagi
ko’rsatkichiga solishtiriladi. Agar ikkita taqqoslanayotgan variantlarning olingan
o’rtacha hosildorliklar o’rtasidai farq 3 “E” dan katta bo’lsa, demak, olingan natijalar
to’la ishonli deb hisoblanadi.
Bizda 3E = 0,29x3=0,69 ts. Demak, 1,4 ts dan kichik, ishonchli.
Nazorat savollari
1. Variantlar bo’yicha summa qanday hisoblanadi?
2. Qaytarilishlar bo’yicha yig’indisi R qanday hisoblanadi?
3. O’rtacha hosildorlik qanday hisoblanadi?
4. Hisoblashlarning to’g’riligini qanday aniqlanadi?
5. Kvadratlarning umumiy formulasini yozing.
6. Qaytarilishlar kvadratlariing yig’indisi formulasini yozing.
7. Variantlar kvadratilinng yoig’indisi?
8. Variatsiya koeffitsienti qaysi formula bilan aniqlanadi?
9. O’rtacha hosildorliklar o’rtasidagi farq qaysi formula bilan aniqlanadi?
10. Tajribaning aniqligi qaysi formula bilan aniqlanadi?
11. 3 Ye nima?
Adabiyotlar
1.
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. Moskva, Agropromizdat. 1989.
2.
Metodika polevqx opqtov s xlopchatnikom. T., 1981.
MA’RUZA 28: TUPROQLARNI KIMYOVIY MELIORATSIYALASH
USULLARI.
REJA:
1. Nordon tuproqlarni ohaklash
2. Qishloq xo’jalik ekinlarini tuproq reaktsiyasi va ohaklashga munosabati.
3. Ohakning tuproq bilan o’zaro taosiri
4. Ohakli o’g’itlar va ularning normasini aniqlash. Ohakni tuproqqa solish
usullari
5. SHo’rtoblar va sho’rtobli tuproqlarni gipslash
6. Gipsning tuproq bilan o’zaro taosiri
7. Tuproqni gipslash uchun ishlatiladigan materiallar. Gipsning normasi,
tuproqqa solish muddati va usullari.
8. Tayanch iboralar
9. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
10. Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Nordon tuproqlarni ohaklash.
Nordon reaktsiyali tuproqlarda katta miqdorda singdirilgan holda vodorod va
alyuminiy ionlari, sho’rtoblarda esa natriy kationi mavjud bo’lib, ular tuproqlarning
fizikaviy, fizik-kimyoviy va biologik xususiyatlarini keskin yomonlashtiradi,
unumdorligini pasaytiradi. Bunday tuproqlarni holatini tubdan yaxshilash uchun
ularni boshqa agrotexnik tadbirlar bilan birga kimyoviy melioratsiyalash ishlarini olib
borish kerak.
Nordon va sho’rtob tuproqlarni kimyoviy melioratsiyalash usullari tuproq
mingdirish kompleksiga kationlar tarkibini kislotaliligini neytrallash va
unumdorligini oshirish uchun asosiy tadbir ohaklash, sho’rtob tuproqlarning
xossalarini yaxshilash va yuqori ishqoriyligi yo’qotish uchun gipslash kerak.
Ohakli o’g’itlar qadimdan ishlatilib kelingan. Britan va Golli orollarining
dehqonlari mergel’ va bo’rdan bundan 2000 yil oldin foydalanganlari maolum.
16-18-Asrlarda ohakli o’g’itlar g’arbiyEvropa mamlkatlarida juda keng
miqyosda ishlatilgan, lekin o’sha paytda ohakni qanday qilishni bilmaganlar.
Tuproqlarning xususiyatlarini yaxshilagani sababli uni katta normalarda go’ng
o’rnida ham ishlatganlar. Bu esa baozi hollarda salbiy oqibatlarga ham olib kelgan.
Tuproqlarni kislotaliligini yo’qotish maqsadid ohakdan foydalanish faqat
o’tgan asrning oxirlarida boshlandi. Ohakning samaradorligini aniqlashda birinchi
dala tajribalari D.I.Mendeleev rahbrligida 1867-1868 yillarda olib borilgan edi.
Keyingi yillarda ushbu yo’nalishdagi ishlarni A.Engelgradt, P.A.Kostichev,
P.S.Kossovich, K.K.Gedroits, D.N.Pryanishnikov va boshqalar olib bordilar.
Tadqiqot ishlarining natijalari asosida ohakning tuproqqa taosir qilish
mexanizmi chimli-podzol tuproqlarda yuqori samaradorligi anqlandi va ohakli
o’g’itlarning qo’llashni eng samarali usullari ishlab chiqildi.
2. Qishloq xo’jalik ekinlarini tuproq reaktsiyasi va ohaklashga munosabati.
Ko’pchilik madaniy ekinlar va tuproq mikroorganizmlari kuchsiz nordon va
neytral reaktsiyasi muhitda yaxshi rivojlanadi, ishqoriy va ortiqcha nordon muhit
ularga salbiy taosir ko’rstadi. Har xil o’simliklar muhit reaktsiyasiga turlicha
munosabatda bo’ladi.
O’simliklarni muhit reaktsiyasi va ohaklashga bo’lgan talabiga qarab bir necha
guruhga bo’linadilar:
1. Tuproqning kislotaliligini o’ta sezuvchan o’simliklar, bularga: g’o’za, beda,
espartset, qand va xashaki lavlagi, kanakunjut va karam kiradi.
2. Yuqori kislotalilikni sezuvchi o’simliklarga arpa, baxorgi va kuzgi bug’doy,
makkajo’xori, soya, beda, kungaboqar, bodring, piyoz va boshqalar kiradi.
3. Tuproqning kuchli kislotaliligini kam sezuvchan o’simliklarga javdar, suli,
tariq. Grechixa, tifeka, rediska va sabzi kiradi.
4. Zig’ir va kartoshka ohaklashga faqat kuchli kislotali tuproqlarda ehtiyoj
sezadilar. Kartoshka nordon reaktsiyani kam sezuvchan bo’lganligi uchun kislotali
tuproqlarda ham yaxshi o’sadi.
5. Ko’k va sariq lyupin, seradella, cho butalari, nordon tuproqlarda yaxshi
o’saveradi. Ishqoriy va neytral muhitda yomon o’sadilar. Tuproqning kislotali
muhitga va ohaklashga nafaqat qishloq xo’jalik ekinlarining o’zlari, hatto ularning
navlari ham har xil munosabatda bo’ladilar. Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, kelib
chiqishi jihatdan janubiy mintaqalardagi neytral muhitli tuproqlarda yetishtirilgan
ekinlar kislotali muxitga ega bo’lgan chimli podzol tuproqlarda o’stirilganda ohak
solishga suhtojlik sezadilar.
Yuqori kislotali muhitning salbiy taosiri tuproq tarkibidagi alyuminiy va
marganetsli birikmalarning eruvchanligini kuchayishi bilan ham bog’liqdir. Tuproq
eritmasida 1 l darajasi 2 mg alyuminiy bo’lsa, ko’pgina o’simliklarga salbiy taosir
qiladi.
Tuproq
eritmasida
alyuminiy
kontsentratsiyasining
ortib
borishi
o’simliklarning hosilini pasaytirib hatto nobud qilishi ham mumkin.
Alyuminiyning ko’payishi o’simliklar ildizini kalta dag’al qilib qo’yadi. Rangi
qorayadi va ildiz tolalari kamayib ketadi. Alyuminiy va marganetslarning
o’simliklarga ortiqcha qabul qilinishi ulardagi uglevodli, azotli, fosforli moddalarning
almashinuvini buzadi.
O’simliklarda reproduktiv organlarning paydo bo’lishini yomonlashtiradi.
Alyuminiy va marganetsning salbiy taosiri o’simliklarning boshlang’ich rivojlanish
davrlarida kuchli seziladi.
N. S. Avdenin o’simliklarni albminiyga sezuvchanligiga qarab 4 guruhga
bo’ladi.
1. Alyuminiyga o’ta chidamli o’simliklar suli, timofeenka.
2. Alyuminiyga o’rtacha chidamli lyupin, kartoshka, makkajo’xori, tariq
o’simliklari.
3. Alyuminiyga juda sezuvchan o’simliklar zig’ir, no’xat, loviya, grechixa,
arpa, bug’doy.
4. Alyuminiyga chidamsiz o’simliklar qand lavlagi, beda, kuzgi bug’doy,
javdar.
Tuproq eritmasida kaltsiy kationining kontsentratsiyasi yuqori bo’lsa,
o’simliklarning ildizlariga alyuminiy va vodorod ionlarining qabul qilinishi
sekinlashadi va ularning salbiy taosiri pasayadi. Agar tuproq eritmasida kaltsiy
bo’lsa, o’simliklar anchagina kislotali muhitga ham chidaydilar. Tuproqning yuqori
kislotaliligini doimiy ravishda fosforli o’g’itlar solish bilan ham pasaytirish mumkin.
CHunki tuproqqa ko’p miqdorda va doimiy ravishda fosforli o’g’itlar
solinganda tuproq tarkibidagi alyuminiy va temir ionlari ularning ko’p qismi fosfor
bilan birikib alyuminiy va temir fosfatlarni hosil qiladi va salbiy taosirlari kamayadi.
3. Ohakning tuproq bilan o’zaro taosiri.
Ohakni tuproqqa solinganda tuproq eritmasi tarkibidagi karbonat angidrid gazi
taosirida sekin asta eruvchan kaltsiy yoki magniy bikarbonatga aylanadi.
Kaltsiy bikarbonat kal’tsiy va gidrokarbonat ionlariga dissotsilanadi va qisman
gidrolizga ham uchraydi.
Tuproq eritmasidagi kal’tsiy gidrokarbonat kal’tsiy ioni va gidroksil
ionlarining kontsentratsiyasini oshiradi. Kal’tsiy kationi tuproq singdirish
kompleksidan vodorod ionini siqib chiqaradi va tuproq kislotaliligi neytrallanadi.
Ohak erkin holdagi chirindi va organik kislotalar va nitrifikatsiya jarayonida
hosil bo’lgan azot kislota bilan ham o’zaro taosir etadi va ularni neytrallaydi.
Ohakning yillik to’la normasini solinsa tuproqning aktual va almashinuvchi
kislotaliligi bartaraf etiladi. Gidrolitik kislotaliligi ancha pasayadi. Tuproq eritmasida
kal’tsiy ioni miqdori ko’payadi. Tuproqning asoslari bilan to’yinish darajasi ortadi.
Tuproqqa solinadigan ohakning normasi qanchalik katta bo’lsa, uning
kislotaliligi shuncha kuchli pasayadi va tuproqning asoslar bilan to’yinishi ortadi.
Ohak bilan solingan kal’tsiy ioni tuproq kolloidlarini koagullaydi, strukturasini
yaxshilaydi va agregatlarni suvga chidamliligini oshiradi.
Ohakning taosirida tuproqning suv o’tkazuvchanligi, havo almashinuvi
yaxshilanadi, qatqaloq hosil bo’lish imkoniyati kamayadi va og’ir tuproqlarga ishloq
berish ancha yengillashadi. Tuproqqa ohak solinishi natijasida qishloq xo’jalik
ekinlarining azot, fosfor, kaliy va mikroelementlar bilan oziqlanishi yaxshilanadi.
4. Ohakli o’g’itlar va ularning normasini aniqlash. Ohakni tuproqqa solish usullari.
Ohakli materiallar, ohakli jinslar, ohaktosh, dolomit, melni ezish, tuyish yoki
kuydirish yo’li bilan olinadi yoki yumshoq ohakli jinslardan va ohakka boy bo’lgan
sanoat chiqindilaridan foydalaniladi.
1. Qattiq ohakli jinslar. Qattiq ohakli jinslar tarkibida kal’tsiy karbonat va
magniy karbonat, shuningdek erimaydigan loy va qumdan iborat qoldiqdan tashkil
topadi.
Kal’tsiy oksidi va magniy oksid miqdoriga qarab, bu jinslar quyidagi
guruhlarga bo’linadi.
A) ohaktoshlar tarkig’bida 55-56 % kal’tsiy oksidi, 0,9 % gacha magniy kosidi
bor.
B) dolomitlangan ohaktoshlar tarkibida 42,55 % kal’tsiy oksid, 0,9-9,0 %
magniy kosid bor.
V) dolomitlar tarkibida 30-32 % kal’tsiy oksid va 18-20 % magniy kosidi bor.
Tarkibidagi loy, qum va boshqa aralashmalarning miqdoriga qarab qattiq
ohakli jinslar quyidagi guruhlarga bo’linadi.
Toza ohakli jinslar ohaktosh va dolomit tarkibida 5 % gacha aralashmalari bor.
Mergelli yoki qumsimon ohakli jinslar tarkibida 5-25 % aralashmasi bor.
Mergel yoki qumli ohakli jinslar tarkibida 25-50 % loy yoki qum bo’ladi.
Ohakli jinslar tarkibida ko’p miqdorda aralashmalarning mavjudligi ularning
sifatini pasaytiradi. Tarkibida 15-20 % dan ortiq aralashmasi bo’lgan
jinslarniqachonki toza ohakli jinslar bo’lmagan hollarda o’g’it sifatida ishlatish
mumkin.
Ohaktosh va mel kelib chiqishi jihatdan dengiz cho’kindisidir. Ohaktosh
asosan kal’tsiy karbonat mineralidan va magniy karbonatdan iborat bo’ladi.
2. Yumshoq ohakli jinslar.
A) Ko’l ohagi tarkibida 80-95 % kal’tsiy karbonat bo’ladi. Bu jinslar ilgari
ko’p miqdorda kal’tsiy ioni bo’lgan, suv to’plangan va keyinchalik suvi qurib qolgan
berk suv xavzalarida paydo bo’ladi.
Ko’l ohagi yengil sochiluvchan va tuyiluvchan zarrachalarning o’lchami 0,25
mm bo’lgan ohakli o’g’itdir.
B) Mergel tarkibida 25-50 % kal’tsiy karbonat va kam miqdorda magniy
karbonat bo’ladi.
V) pastlikda paydo bo’lgan torf ohakka boy. Tarkibida 10 -70 % gacha kal’tsiy
karbonat bor. Qimmatbaho torfli ohakli o’g’itdir.
G) talbiiy dolomit uni tarkibida kal’tsiy karbonat va magniy karbonat mavjud.
Kal’tsiy karbonatga aylantirib hisoblaganda 5 % gacha.
3. Sanoatning ohakli chiqindilar.
A) slanesli kul tarkibida 30-48 % kal’tsiy oksid va 1,5 - 3,8 % magniy oksid
bor.
B) defekat tarkibida 60-75 % kal’tsiy karbonat, 10-15 % organik moddalar ,
0.2-0,7 % azot, 0,2-0,9 % fosfor oksidi va 0,3-1 % kaliy oksidi.
V) domna va marten pechi shlaklari tarkibida 30-50 % kal’tsiy oksid, 12-37 %
qum, 10-15 % alyuminiy (3) oksid, 2-10 % magniy oksid, 0,4-5,6 % marganets
oksidi, 0,1-3,5 % fosfor oksidi mavjuddir.
G) oq ohakli shlak. Tarkibida 50-68 % kal’tsiy oksid, 6-15 % magniy oksid,
15-25 % qum, shuningdek fosfor, marganets, oltingugurt va boshqalar mavjud.
D) dolomit changi asosan kal’tsiy oksid va magniy osiddan iborat bo’lib,
saqlaish davrida asta sekin kal’tsiy karbonat va magniy karbonatga aylanadi.
E) belitli ularning - bu alyuminiy sanoatining chiqindisi bo’lib, tarkibida 45-50
% kal’tsiy oksid, 25 % natriy va kaliy oksidi, 30 % gacha qum, 2,9 % ftor oksidi, 0,4
% marganets oksidi, 3,4 alyuminiy oksidi mavjud.
Tuproqlarning baozi bir belgilariga qarab ohaklashga bo’lgan ehtiyojini
aniqlash mumkin.
Tuproqlarning kislotaliligini ancha aniq bilish uchun agrokimyoviy aalizlar
o’tkazish kerak.
Almashinuvchi kislotalilikni aniqlash asoslar bilan to’yinganlik darajasiga
qarab, tuproqlarni ohaklashga bo’lgan ehtiyojini quyidagicha aniqlanadi:
1) rN= 4,5 ga teng va undan past bo’lganda,
2) rN=4,6 dan 5,0 gacha bo’lganda, o’rtacha,
3) rN=5,1 dan 5,5 gacha bo’lsa, kuchsiz,.
4) rN=5,5 dan yuqori bo’lsa, ohaklashga ehtiyoj sezilmaydi.
Asoslar bilan to’yinganlik darajasiga qarab, quyidagicha bo’ladi:
1) asoslar bilan to’yinganlik darajasi 50 % bo’lsa, ohaklashga kuchli ehtiyoz
seziladi
2) 50-70 % bo’lsa, o’rtacha
3) 70 % va undan yuqori bo’lsaYu, kuchsiz
4) 80 % dan yuqori bo’lsa, ohaklashga ehtiyoj sezilmaydi.
Tuproqlarga solinadigan ohakning normasi tuprqning gidrolitik kislotaliligiga
qarab belgilanadi va quyidagi formula bilan hisoblanadi:
SaSO
3
normasi =
Dostları ilə paylaş: |