Hr
Hr
500 3000000
1000000000
1 5
*
* ..
=
Hr- gidrolitik kislotalilik ko’rsatkichi, 1,5- koeffitsient.
500 mg - 1 kg tuproqdagi gidrometrik kislotalilikni neytrallash uchun kerak bo’lgan
ohak miqdori.
3000000 - 1 gektardagi tuproq haydalma qatlamining massasi, kg.
1000000000 - milligramning tonnaga aylantirish ko’rsatkichi.
5. SHo’rtoblar va sho’rtobli tuproqlarni gipslash.
SHo’rtoblar va sho’rtobli tuproqlarni kimyoviy melioratsiyalash uchun
tuproqqa gips solish tuproqlarni gipslash deyiladi.
SHo’rtoblar va sho’rtobli tuproqlar janubiy qora tuproqlar mintaqasida 3 mln
ga ni va kashtan qo’ng’ir tuproqlar mintaqasida esa 35 mln ga maydonni tashkil etadi.
Singdiruvchi kompleksda natriy kationi ko’p bo’lgan tuproqlar sho’rtoblar
deyiladi. SHo’rtoblar va sho’rtobli tuproqlarning singdirish kompleksida ko’p
miqdorda natriy borligi va tuproq eritmasining ishqoriy reaktsiyasiga ega ekanligi
bilan harakterlanadi.
Qaysiki, bu tuproqlarning noqulay fizik, fizik-kimyoviy va biologik
xususiyatlariga ega ekanligini ko’zrsatadi.
Singdirish sig’isiga nisbatan singdirilgan natriy miqdoriga qarab bu tuproqlar
quyidagi 5 guruhga bo’linadi.
1. Agar tuproq singdirish sig’imiga nisbatan singdirilgan natriy miqdori 3-5 %
dan ortmasa sho’rtoblanmagan tuproqlar bo’ladi.
2. Agar tuproq singdirilgan natriy miqdori 5-10 % ni tashkil etsa, kuchsiz
sho’rtoblar.
3. Singdirilgan natriy miqdori 10-20 % ni tashkil etsa, o’rtacha sho’rtobli
tuproqlar.
4. Singdirilgan natriy miqdori 20-30 % ni tashkil etsa, kuchli sho’rtobli
tuproqlar.
5. Singdirilgan natriy miqdori 30 % dan ko’p bo’lsa sho’rtoblar deyiladi.
SHo’rtoblar tadqiqot sho’rlanish harakteriga ko’ra sodali, soda sul’fat xloridli
va xlorid sulfatli sho’rtoblarga bo’linadi.
SHo’rtoblar sizot suvlarining chuqurligiga ko’ra 3 guruhga bo’linadi.
1. O’tloqi sho’rtoblar (5 m gacha)
2. O’tloqi dasht sho’rtoblar (5-8 m gacha)
3. Dasht sho’rtoblar (8-m dan chuqur).
SHo’rtoblar tuzli qatlamining chuqurligiga qarab sho’rtob tuzi. Qatlam
chuqurligi 30 sm gacha. SHo’rtobsimon tuzli qatlam chuqurligi 30-80 sm. SHo’rtob
tuproqlar sho’rtobsimon gorizontining joylashish chuqurligiga qarab.
1. Qatqaloqli sho’rtobsimon gorizont (7 sm).
2. O’rtacha ustunli sho’rtobsimon gorizont (8-15 sm).
3. CHuqur ustunli sho’rtobsimon gorizont (15 sm dan chuqur) bo’ladi.
6. Gipsning tuproq bilan o’zaro taosiri.
Tuproqqa gips solganda, tuproq eritmasidagi soda yo’qotiladi, singdirilgan
natriy sifib chiqariladi va kal’tsiy bilan o’rin almashinadi, natijada, yaxshi eriydigan
tuz natriy sulfati hosil bo’ladi.
Tuproq eritmasida ozroq miqdorda hosil bo’lgan natriy sulfat o’simliklarga
zararli taosir ko’rsatmaydi. Lekin sho’rtoblarni gipslashda agar ularning tarkibidagi
natriy 20 % dan ortiq bo’lsa, ko’p miqdorda natriy sulfat hosil bo’ladi. Bu natriy
sulfatni esa sug’orish yo’li bilan tuproq tarkibidan chiqarish kerak.
SHo’rtob tuproqlarga solingan gips ularning ishqoriy reaktsiyasini yo’qotadi.
Singdirilgan natriyni kal’tsiy bilan almashinishi natijasida tuproq kolloidlari
koagulyatsiyalanadi, o’simlik qoldiqlarining chirishi natijasida hosil bo’lgan chirindi
kal’tsiy ishtirokida tuproq zarrachalarini bir-biri bilan biriktiradi, tuproqda
mustahkam g’ovak struktura hosil qiladi. Uning fizik xususiyatlari, su
o’tkazuvchanligi yaxshilanadi, ishlov berish yengillashadi.
Gips solinganda tuproqlarning ishqoriyligini yo’qolishi fizik xususiyatlarning
yaxshilanishi natijasida tuproq mikroorganizmlarining yashashi va faoliyati uchun
qulay sharoit yaratiladi.
SHunday qilib gipslash taosirida sho’rtob tuproqlarning unumdorligi ortadi,
ular sharoitga talabchan bo’lgan madaniylashgan ekinlarni yetishtirishga ham yaroqli
bo’lib qoladi. Qishloq xo’jalik ekinlarining olinadigan hosili ko’payib, ularning sifati
ham yaxshilanadi.
7. Tuproqni gipslash uchun ishlatiladigan materiallar. Gipsning normasi, tuproqqa
solish muddati va usullari.
SHo’rtob tuproqlarni gipslash uchun gipsning tabiiy konlaridan olinadigan xom
ashyolardan hamda xar xil sanoat chiqindilaridan foydalaniladi.
1. Tuyilgan gips. Uni tabiiy konlardan olingan gipsning tuyish yo’li bilan
olinadi. U oq yoki kulrang poroshok bo’lib, tarkibida 71-73 % kal’tsiy sulfat bor.
Suv kam eriydi, tuyilganda uning zarrachalarini kichlikligi muhim ahamiyatga
ega. Qabul qilingan standartm=ga muvofiq tuyilgan gipsning hamma zarrachalari 1
mm li elakdan o’tishi kerak.
Tuyilgan gipsning namligi 8 % dan ortmasligi kerak. Aks holda qotib qoladi.
2. Olebastr - qurilish materiali bo’lib, gipsni 120-130 S darajasi qizdirish
natijasida olinadi. Gipslash uchun kam ishlatiladi.
3. Fosfogips - fosforli o’g’itlar ishlab chiqarish sanoatining chiqindisi. Oq yoki
kulrangli, juda mayda poroshok. Tarkibida 70-75 % gips va 2-3 % fosfor oksidi
bo’ladi.
Fosfogips tarkibida fosfori borligi bilan tabiiy gipsdan ustundir. Gips va
fosfogips yorug’, nam tegmaydigan joyda saqlanishi kerak.
4. Loyli gips - uni tabiiy konlardan olinadi. Tabiiy ko’rinishda bo’sh yumshoq
bo’ladi, tugashga hojat qolmaydi, tarkibida 60 % dan 90 % gacha kal’tsiy sulfat va 1
% dan 11 % gacha loy bo’ladi.
Tuproqqa gips shunday solinishi kerakki, uning tarkibidagi singdirilgan
natriyni ortiqcha qismini kal’tsiy ioni bilan almashtirish mumkin bo’lsin.
1 gr tuproq tarkibidagi almashinuvchi natrining ortiqchasini kal’tsiyga
almashtirish uchun 0086 gr gips kerak bo’ladi.
Erni gipslash normasini quyidagi formula bilan aniqlanadi.
SaSO
4
2N
2
O (ga/t)=0,086 (Na-KT)Hd, bu yerda
0,086 - mg.ekv. SaSO
4
2N
2
O, g.
N - melioratsiyalanadigan qatlam chuqurligi, sm
d - melioratsiyalanadigan tuproq qatlamining hajmiy massasi, g/sm3
Na - almashinuvchi natriyning umumiy miqdori, 100 gr tuproqda
T - melioratsiyalangan qatlamning almashinuvchi sindrishi sig’imi, 100 gr
tuproqda
K - tuproqdagi almashinuvchi natriyning mumkin bo’lgan miqdori.
Baozi sho’rtoblarda sho’rtob qatlamdan so’ng uning ostidan, 35-45 sm dan
so’ng, gispga boy qatlam uchraydi.
Bunday holda sho’rtob ostidagi gips qatlamidan sho’rtob tuproqlarni o’zini-
o’zi gisplashda, yaoni sho’rtoblar 50-55 sm chuqurlikda pluglar bilan haydaladi va
sho’rtoblar ostidagi gips sho’rtob qatlam bilan to’la yoki qisman aralashadi.
Nazorat savollari
1. Kislotali tuproqlarni ohaklash qachon boshlangan?
2. Ohaklashning samaradorligini aniqlash borasidagi ilmiy izlanishlar qachon
va qaysi olimlar tomonidan olib borilgan?
3. Ohaklashga muhtoj tuproqlarga qaysilari kiradi?
4. O’simliklar muhit reaktsiyasi va ohaklashga bo’lgan talabiga qarab necha
guruhga bo’linadi va har bir guruhga mansub ekinlarni ayting.
5. Tuproq eritmasining yuqori kislotaliligi o’simliklarga va uning ildiz
sistemasiga qanday taosir ko’rsatadi?
6. O’simliklarga alyuminiyning taosirini gapiring va o’simliklar alyuminiyga
sezuvchanligiga qarab, necha guruhga bo’linadi?
7. Ohakning tuproq bilan o’zaro taosirini gapiring.
8. Ohakli o’g’itlarga qaysilar kiradi, ularni solish usullari va muddatlarini
ayting.
9. Ohakning normasini aniqlash formulasini yozing va ixohlang.
10. Gipslash ishlari qanday sharoitd olib boriladi?
11. Singdirish sig’imiga nisbatan singdirilgan natriy miqdoriga qarab sho’rtolar
necha guruhga bo’linadi?
12. SHo’rtoblar sho’rlanish xarakteriga ko’ra necha xil bo’ladi?
13. SHo’rtoblar sizot suvlarining chuqurligiga qarab, necha guruhga bo’linadi?
14. SHo’rtoblar tuzli qatlamning chuqurligiga qarab necha guruhga bo’linadi?
15. Gipsning normasi qaysi formula yordamida aniqlanadi?
16. Gipsni tuproqqa solish usullarini gapiring?
17. Tuproqni gipslashning ahamiyatini gapiring.
18. Gipsni tuproq bilan o’zaro taosirini gapiring.
19. SHo’rtobsimon gorizontning joylashish chuqurligiga qarab necha guruhga
bo’linadi?
20. Mavzu bo’yicha xulosa chiqaring.
Adabiyotlar
1.
Agroximiya. Pod. red. B.A. Yagodina. M, Agropromizdat. 1989.
2.
Spravochnik po udobreniyam. M, Kolos. 1964.
3.
Pankov M.A. Tuproqshunoslik. T., 1963.
4.
SHederov S.G. Osnovnqe voprosq izvestnovaniya kislqx pochv. M., 1970.
|